Islomiy atamalar lug'ati: Birgalikda to'ldiramiz  ( 33408 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  07 Yanvar 2008, 08:22:38

Ahkomi ijtihodiyya

Qur'oni karim va hadisi sharifda ochiq bayon qilinmay, mujtahid olimlarning ijtihodlariga ko'ra bayon etgan hukmlari.   

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:49:59

Al-Fath

Jamoat bilan o’qilgan namozlarda imomning yanglish o’qishini tuzatish va yo unutgan oyatini eslatish ma’nosidagi fiqhiy atamadir.
"œFath" so’zi asosan "œochmoq, yo’l ko’rsatmoq, yordam qilmoq" ma’nolarida keladi. Namoz o’qib berayotgan imomning qiroati asnosidagi xatosini tuzatish yoki unutgan oyatini eslatish bir jihatdan uning oldini ochish va yo’llab yuborish demakligidan bu ish fiqh adabiyotlarida "œfath" (al-fath ala’l-imam) deya ifoda etilgan bu ishni qilgan kishilar esa, "œfotih" deyilgandir.
Ikkinchi va asosiy ma’nosini ko’pchilik biladi. Ya’ni, fath musulmonlarning o’lka va yo shaharlarni Alloh kalomini yoyish niyatida Islomiyatga ochishlarini, Islom davlati idorasiga olishlarini, Islom davlati idorasiga olishlarini anglatadigan atamadir.

"œIslom" qomusidan (12-jild, 467-b.)
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:50:49

Fosiq

Ilohiy amrlarga itoatdan ayrilib, osiy bo’lgan mo’min va yo kofir ma’nosida kalom va fiqh atamasi.
Lug’atda "œxurmo va unga o’xshash narsalar uchun qobig’ini yirtib chiqmak; belgilangan bir chegarani oshib o’tmak" ma’nosini bildiruvchi "œfisq" va yo "œfusuq" o’zagidan tarqalgan bir sifat bo’lmish "œfosiq" so’ziga turli mazhablarga mansub olimlar turlicha ta’rif berishgan. Shu bilan birga, atama sifatida "œhaqdan Adashgan, Allohning amrlariga itoatdan chiqqan osiy mo’min va yo kofir" deya tanitilsa bo’ladi.
"œFosiq" kalimasi johiliyat davrida qo’llanilmagani anglashiladi. Qur’oni Karimda o’zak holiday yeti, tuslangan fe’l sifatida o’n va "œfosiq" shaklida esa (ikkitasi birlikda, boshqalari ko’plikda) o’ttiz yeti joyda keladi. Ba’zi oyatlarda yahudiylar, xristianlar, mushriklar va munofiqlar haqida so’z borarkan, ko’plarining foziq ekanlari bildiriladi (mas.: Baqara, 99; Oli Imron, 110; Moida, 47, 59; Tavba, 67); boshqa ayrim oyatlarda esa, fisq va fusuq mo’minlarga nisbatan ham ishlatiladi (Baqara, 197, 282; Nur, 4). Oyatlarda ma’lum kishilarga ko’ra, Alloh fosiqlardan rozi bo’lmaydi, moliy ehsonlarini qabul etmaydi va o’zlarini hidoyatga erishtirmaydi. Ularni dunyoda jazolagani kabi, oxiratda ham jahannamga tashlaydi.

"œIslom" qomusidan (12-jild, 202-bet)
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Fevral 2008, 09:51:50

Sahoba

"œSuhbat" lug’aviy urfda "œyor-hamdam bo’lish" ma’nosida keladi, binobarin, yor va hamdamga "œsohib" deyiladi. "œSohib"ning ko’pligi "œsahb", yana ham ko’pligi "œAshob"dir. "œSahoba" ham ashob ma’nosini beradi. Sahobaning bir nafari ma’nosidagi "œsahobiy" so’zi ham sohib maqomida ko’p ishlatiladi. Bu yerda bahs mavzui bo’layotgan "œsahoba" ummatning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobimizning diydori kamollari ila musharraf bo’lib, rivoyatlari, muloqotlari, suhbatlari sobit bo’lgan baxtiyorlaridir.
Shar’iy istilohda "œsahobiy" Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni mo’min o’laroq ko’rgan va mo’minlikda vafot etgan kimsadir. Bu ta’rif, Hofiz ibn Hajar Asqaloniyning aytishicha, ta’riflarning eng sog’lomi bo’lib, Buxoriy bilan Shayx Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahumallohning va boshqa muhahqiqlarning qarashiga uyg’undir. Zotan, Ahmad ibn Hanbal: "œZoti Muqaddas Nabaviyyaga bir yil, biro y, bir kun, bir soat hamdam bo’lgan, hatto ko’rgan kimsa sahobiy", deganlar.

"œTajridi Sarihtarjimasiga Ahmad Naim muqaddimasidan
Musulmonlar taqvimi 1999 yil III chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2008, 15:51:48

Taqvim lug’ati

Pulsirot — odamning savob va gunohi o’lchanib bo’lgach, yuriladigan ingichka, qo’rqinchli yo’l-ko’prik. Uning oxirida Jannat, tagida do’zax joylashgan.

Kiroman kotibin — amallarimizni yozib boruvchi farishtalar.

Zikri aloniya — Alloh nomini ovoz chiqarib takrorlash.

Zikri hufya — Alloh nomini ovoz chiqarmay, dilda takrorlash, dil zikri.

Vojib — bajarilishi majburiy, zaruriy, lozim, shart.

Mag’firat — kechirish.

Roziyallohu anhu — Alloh undan rozi bo’lsin.

Zalolat — adashish.

Huri iyn — oq yuzli, qora sochli, qora ko’zli go’zal qiz.

Kuruh — masofa o’lchovchi, taxminan 2 km gat eng.

Emin — xavfsiz.

Tamavvuj — mavjlanish, to’lqin.

Xozin — xazinabon.

Maxzan — xazina.

Anduh — g’am, hafalik.

Zavraq — qayiq.

Shohin — lochin, shunqor.

Maqorin — yaqin, yaqinlashgan.

Musulmonlar taqvim kitobi 1997 IV - chorak

Qayd etilgan