Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi  ( 37333 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Sherqulov  19 Fevral 2009, 19:33:32

Зарифа Саидносировани "Менинг Ойбегим" асаридан бир парчани келтирмокчимат.Бу парча маданист мавзусига хам тугри келади менинг фикримча.Зарифа Саидносирова Тошкетлик, Кимё сохаси буйича олим , Мусо Тошмухаммад угли Ойбекни хотини булган.
Бу асар уларнинг танишуви,севги тарихи хакида.
Унда Зарифа Саидносировани шундай гаплари бор -"Хозирги ёшларимиз севги деб хаё чегарасидан чикиб кетишмокда, Ойбек туйгача бирор марта хам менинг ёногимдан упмаган (У хар доим пешонамдан упар сди), севги пок булганда чиройли булади."
Хулоса чикариш сиздан Азиз укувчи.

p.s. Шу китобни укишни хамма хамага маслахат бераман.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Fevral 2009, 19:42:23

Uzr, lekin Oybek domla ham juda sho'x bo'lgan ekanlar  : )
Унда Зарифа Саидносировани шундай гаплари бор -"Хозирги ёшларимиз севги деб хаё чегарасидан чикиб кетишмокда, Ойбек туйгача бирор марта хам менинг ёногимдан упмаган (У хар доим пешонамдан упар сди), севги пок булганда чиройли булади."

Zarifa opa ham hayoni o'zlaricha tushungan ekanlar.
Nomahram ayolning peshonasidan o'pish hayo chegarasidan chiqish emasmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2009, 16:55:16

Faqat, buguningnigina o‘ylashni tashlab, umringdan samarali foydalanishga urin. Shu qisqagina umrda insonlarga yordamlash, ishla, harakat qil, qozonib-sarfla, ish top, turmush qur, keksayib qarilik gashtini sur. Biroq, unutmaginki, sen bu dunyoga na turmush qurgani, na qarilik gashtini surgani va na o‘lgani kelgansan...

* * *

 «Insonlar ko‘pincha o‘zlariga berilgan mansub bo‘lishlik» qobiliyatini yanglish yo‘lda qo‘llaydilar. Juda qiymatli bu sarmoyani o‘tkinchi, keraksiz masalalarga sarflab, yo‘q qiladilar. Falonchining uyi, pistonchining mashinasi, anavining mansabi, manovining dala-hovlisi deya, dunyoviy sarvat va maqomlarni dunyo ahliga mansub qilish bilan vaqtlarini zoe ketkazadilar...

"Haqiqat nima?"dan (Muallifi: Alouddin Bashar)

Qayd etilgan


imlaah  21 Fevral 2009, 08:26:11

O.H oshimovning "Tushda kechgan umrlar" va "Ikki eshik orasi" kitoblari va M.Ismoiliyning "Farg'ona tong otguncha" kitoblarini o'qishlikni tavsiya qilgan bo'lar edim .

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Fevral 2009, 08:59:19

Alixonto'ra Sog'uniyning "Tarixi Muhammadiy" kitobida men uchun ta'sirli, yig'latadigan o'rinlar ko'p. Bugun ertalab o'qigan ana shunday o'rin haqida: "Yana bu g'azotga kirgan xotunlarning birisi Ummu Ayman Barakadur. Bu xotun ersa, Rasulullohni kichiklarida ko'tarib boqqan, otalari Abdullohdin meros qolgan dodaklari erdi. Rasululloh buni asrandi o'g'illari Zayd ibn Horisaga nikohlab berdilar. Bundan Usoma ibn Zayd tug'ildi. Mu'ta g'azotida besh ming askarga bu o'g'ilning otasi Zaydni bosh qo'mondon qilgan edilar. Bu muborak xotun yaradorlarga suv bermak niyati bilan Madinadan chiqayotganlarida, Uhud urushidan qochquvchilarga qarshi keldi. Alarning yuz-ko'zlariga qum tuproq sochib:
  - Ey o'limdan qo'rqqan nomardlar, Rasulullohni dushmanlar qo'liga qoldirib, uyalmay nechuk kelursiz, yo'q ersa, xotunlardek egirchak olib egiringlar, QILICH NAYZALARINGIZNI BIZ XOTUNLARGA TOPSHIRINGLAR, - deb shundaoq so'zlar bilan alarni qattiq uyaltirdi.

  O'zi Uhud maydoniga qarab jo'nadi, ko'rdiki bu urush musulmonlar ziyoniga aylanibdur. Rasulullohning vujudi-shariflari, bosh-oyoqlari degudek, bir ancha joylari yaralanibdur, buni ko'rib toqat keltirolmay, qilich olib urushga kirdi. Kofirlar tomonidan Habbob degan kishi bu muborak xotunni nishonga olib o'q otdi, arablar odaticha, xotun va bolalarni o'lja olish bo'lsa ham, alarni urish, o'ldirish yo'q edi. Ammo u nomard otgan o'qi Ummu Aymanga kelib tegib, yiqildi.
  Har kimning ham qo'lidan kelavermaydigan bunday mardona ishga Ummu Aymandek muborak inson bel bog'lab kelganliklari, Payg'ambarimizning (sav) yaralarini ko'rib, o'zlarini shahid qilganlari har qancha ta'sirli qilib o'qishga arzigulik, fikri ojizimcha.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Mart 2009, 07:23:11

Ulug‘ dohiy tovarish Xon Man Menning hayoti va ijtimoiy faoliyatiga bag‘ishlangan tantanali fotoko‘rgazma majlisxonaga yondosh uzun bir tolor bo‘ylab namoyish qilindi. Hamma suratda — ulug‘ dohiy va sevinchu baxtiyorliklaridan yuzlari gul-gul yonib turgan xalq vakillari, hammasida — ulug‘ dohiy va ishlab chiqarish ilg‘orlari. Ko‘pchiligida dohiy xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga bevosita rahbarlik qilayotgani, qimmatli yo‘l-yo‘riq, maslahatlar berayotgani aks ettirilgan. Lekin manzara deyarli bir xil: u zot qo‘lini paxsa qilib nimadir demoqda, orqasidagi bloknotu ruchka ko‘targan bir to‘p odam shosha-pisha yozib olmoqda. (Keyin bildim, televizorda ertadan kechgacha takrorlanadigan axborotlarda ham xuddi shu ko‘rinish ekan: qo‘l o‘sha-o‘sha paxsa, atrofda o‘sha-o‘sha bloknotchilar.) Ba’zi suratlarda dohiy qiziqroq gap qilganmi, barcha chapak chalib uni olqishlamoqda. Biroq suratlarning bari yuksak sifatli, tahsinga loyiq saviyada olingan va ishlangan. Muhimi — benuqson! (Bu so‘zning izohini mavridi kelganda bilib olasiz.) Qandoq eplashdi ekan?..
("Chapaklar yoxud chalpaklar mamlakati", Erkin A'zam)

Qayd etilgan


Mashhura  27 Mart 2009, 09:10:18

U.Hamdamning "œIsyon va itoat" asaridan parcha.

O’shanda dars vaqti edi. Bitiruvchi sinf bolalaridan bir nechtasi darsga kirmay tennis o’ynashayotgan ekan. Oldilariga kelib, o’yinni to’xtatib, darsga kirishlarini talab qildim. Shunda o’sha"¦Sadr «kirmaymiz, bir haftadan keyin maktabni bitiradigan bo’lsak, o’qidik nima-yu, o’qimadik nima?» dedi. Jalim chiqsa-da tushuntirmoqchi bo’ldim. Intizom, maktabga, o’n yil ta’lim-tarbiya bergan o’qituvchiga hurmat haqida gapirdim. Befoyda. Qaytaga oshkora kibr bilan «Qo’lingizdan nima keladi, men darsga kirmayman» dedi. To’g’risi, yetti-sakkiz yildan beri maktabga ishlab o’quvchidan bunaqa muomala ko’rmagandim. Dadil borib, qo’lidagi roketkani olmoqchi bo’luvdim ko’kragimdan shunaqa turtib yubordiki, orqamga ketib toyib yiqildim. Sheriklari piqillab, u esa xoxolab kulishdi. Men dovdirab qoldim. O’sha asnoda go’yo ikkiga bo’linib ketdim. Bita parcham bu holatni — o’z o’quvchisi tomonidan haqoratlanib tuproqqa belanib yotgan o’quvchini ko’rib turardi va aynan shu parcham yaralangan sherdek na’ra tortgancha oldinga tashlandi. Hushimga kelganimda Sadr yerda ag’anib yotardi. Sheriklarini aytishicha, men bir tarsaki qo’ygan ekanman. Sudda bo’lsa"¦
-   Sadrning otasini bilmasmiding, uchiga chiqqan firibgar, muttaham. Bolasi ham shunday-da. Ular atayin ham shunaqa mojaro qidirib yurishadi. Sen esa shartta ilinib o’tiribsan.
-   Ha ustoz, buni keyin"¦pul talab qilishganda tushundim. Shunda bergan arizamizni qaytarib olamiz deyishdi. Men bir so’m ham bermadim. Otasi ikki-uch keldi, «shu pulni bergin-da qutilgin, yosh joningni aya, juvonmarg bo’lib ketmagin», dedi. «Pulsiz ham arizangizni qaytib olaversangiz-chi, axir bir joyning, bir mahallaning odamimiz-ku!» desam, «Yaxshilikcha bersang berding, bo’lmasa, amaldor ukamga aytib umringni qamoqda chiritaman!"¦» deydi palit.
-   Hm"¦shunaqa deganmidi"¦- tabib boshini sarak-sarak qildi. Tushundim, o’g’lim, tushundim. Yetar, ortiq gapirma. Tur o’rningdan, yana bir bag’rimga bosay, - tabib o’ziga ikkita keladigan alpqomat Akbarni egib quchoqladi, so’ng peshonasidan o’pdi-da «yo’lga chiqishing kerak, o’g’lim!» dedi..


Qayd etilgan


shmuslima  01 Aprel 2009, 02:35:29

Зарифа Саидносировани "Менинг Ойбегим" асаридан бир парчани келтирмокчимат.Бу парча маданист мавзусига хам тугри келади менинг фикримча.Зарифа Саидносирова Тошкетлик, Кимё сохаси буйича олим , Мусо Тошмухаммад угли Ойбекни хотини булган.
Бу асар уларнинг танишуви,севги тарихи хакида.
Унда Зарифа Саидносировани шундай гаплари бор -"Хозирги ёшларимиз севги деб хаё чегарасидан чикиб кетишмокда, Ойбек туйгача бирор марта хам менинг ёногимдан упмаган (У хар доим пешонамдан упар сди), севги пок булганда чиройли булади."
Хулоса чикариш сиздан Азиз укувчи.

p.s. Шу китобни укишни хамма хамага маслахат бераман.
Bu asarni men ham o'qiganman.Juda yaxshi hayotiy asar.Ibrat oladigan joylari juda ko'p.Albatta Oybekni Zarifaga bo'lagan munosabatida ba'zi joylarida biroa yengillik bordir,chunki o'sha davr muhiti uchun bu oddiy hol hisoblangan bo'lsa kerak.shahsan men bu joylariga uncha e'tibor bermadim.chunki asarda bundan ham muhimroq va qiziqarliroq hayotiy voqealar kup.

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Aprel 2009, 14:06:00

 :as:
 :bsm:
Kecha kechga borib shu kunlarda o'qiyotgan - Mukoshafat ul-qulubni (Abu Homid G'azzoliy) qo'limga olib, qolgan joyimdan o'qidim. Bir qisqagina rivoyat nafaqat menga ta'sir qilgan joy, balki Ollohning buyukligiga yana bir bor amin bo'lishimga sababchi bo'ldi. Ey Olloh, Sen eng Hakim, eng kuchli aql Egasidirsan.
Bir odam ovqatni chap qo'li bilan yeyayotgan edi. Payg'ambarimiz unga:
 - O'ng qo'ling bilan ye! - deb buyurdi.
U odam:
 - O'ng qo'lim bilan yeyolmayman! - dedi.
Payg'ambarimiz:
 - Yeyolmaysan!.. - dedi va ilova qildi: - Bu kishi kibri tufayli o'ng qo'li bilan taom yemaydi.
Bu hodisadan keyin u odamning qo'li falaj bo'ldi, keyin qo'lini butunlay ko'tarolmay qoldi.

Chapaqayligim tufayli chap qo'lda ovqat yerdim. Mana shu jumlalarni o'qish jarayonida achchiq ko'z yoshlarim butun yuzimni ho'l qildi... Ey Olloh...

Qayd etilgan


Shokir63  29 May 2009, 18:03:00

"Choliqushi" romanidan

"Eshshak kompotning ta'mini qayerdan bilsin"

Bugun dinimizga, mo'min va muslimalarga tuxmat toshlari otib din arkonlaridan ayb qidirayotganlar uning go'zalligini qanday ko'rsin, zero qidirganlari u emas. Har kim qidirganini topadi.

Choliqushini bundan 10 yil oldin, 1999 yil 17 fevral kuni o'qigan edim. lekin shu jumla hali-hali yodimda.

Qayd etilgan