Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi  ( 57339 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Kumush  01 Iyun 2009, 09:04:20

Rahmatlik shoirimiz Muhammad Yusufning "Osmonning ohiri"dostonidan:

Vokzal qayerdan boshlanadi?..
Vokzal — chiptaxonadan.
Tayyoragoh — pasportni izlashdan.
Xo`sh, bozor-chi, bozor qayerdan boshlanadi?
Hazilkashroq kishi cho`ntakni kavlashdan, deyishi mumkin.
Jiddiyrog`i xomcho`tdan, deydi.
Hammasi to`g`ri. Chunki bozorga hamma har xil xayolda boradi-da.
Kimdir shunchaki zerikib.
Kimdir dam olish uchun.
Birov to`y taraddudi ila.
Xullas, bozorga hammaning o`z so`qmog`i bor.
Menimcha, bozor darvozadan boshlanadi.
O`z darvozangdan chiqib, xarid qilishni ko`zlaganing bozor darvozasidan xatlashinga hamon o`garadi-qoladi.
Bozorda, ayniqsa, Sharq bozorida, o`zingga qo`shilib yana bir juft qo`l cho`ntagingga kirib chiqayotgandek go`yo.
Bir zumda non ushoqlariga qo`ling tegib qoladi.
Koreys kampirning xushbo`y karamlaridan totib ko`rish hissi paydo bo`ladi.
Arab qizlarining yuzlaridek lo`ppi xurmolar yonidan ko`z yumib o`tib ketolmaydi odam.
Tarvuzlar o`zlari yumalab oyog`ing ostida o`yinga tushadi.
Navbatda turib g`irt suyak go`sht olasan. Ichinda esa "meni tanidi, suyak qo`shmadi", degan yolg`on tasalli.
Inqillab avtobus bekatiga kelasan. Shundagina uydan olib chiqqan maoshing yodga tushadi.
Yopiray, nahotki barini ishlatdim?..
Xurmoni nega oldim?
Tarvuz uyda bor edi-ku!
Ana shunaqa gaplar.
Xo`sh, bozor qayerdan boshlanar ekan? Bilmadim, bilmadim.
Bilganim — bozor nima bilan tugashi.
Xotin ila janjal bilan tugaydi.

...Oltiariqlik turpfurush choldan so`radim.
Otaxon, bilmaysizmi, osmonning oxiri qaterda?
Chol meni imlab yoniga chaqairib olib, qulog`imga shivirladi:
Torozixonda, bolam!..

(Hudo rahmatiga olsin)

Qayd etilgan


Hadija  03 Iyun 2009, 18:25:24

Bahor quyoshining nurlari ko'k dengiziga sig'may toshadu. Keksa nok daraxtining gullari oppoq qorday uchqunlanadi. Unsin tumorcha shakilli hovliga namat yozib, kursida o'tirib mahsi tikadi. Yupqa devor bilan hovlidan ajralgan do'konxonada Shokir ota ishlaydi. Ba'zi vaqt uning qo'shig'i Unsinning qulog'iga yetadi. Chol xasta ovoz bilan kuylaydi. Ovozini bir qo'yib, yana to'satdan jim bo'ladi: "Puf-Puf" - suv purkaydi va ko'va bilan do'q-do'q urib, charmni tekislaydi... So'ng birdan yana kuyni boshlaydi. Ammo uning qo'shig'i, yig'i kabi, yuragining bir parchasini o'lim uzib ketgan, g'arib, dardkash odamning yo'qlashi kabi tuyuladi. Unsin diqqat bilan tinglab, mana shu misralarni uqib oladi:
Ko'rmasaydim bu umr sahrosini,
Chekmagaydim ko'kka o'tlik ohini.
Pora-pora yirtdi ko'ksimni sitam,
So'rg'uvchi bormi ko'ngilning zorini?..

Qayd etilgan


Hadija  03 Iyun 2009, 18:47:33

Yo'lchi boshini qimirlatib, ko'z uchi bilan boqdi-da zaharxanda qildi.
-Saxovatli boylar! -achchiq kulib davom etdi Yo'lchi. -Ular qani? Man ko'rmadim, mulla aka. Balki topilib qolar bitta-yarimta shunday be'mani. Lekin ularning u ro'zadan, bu ro'zaga beradigan sadaqasi daryodan tomchi emasmi? Boyning zakoti bilan kun kechiradigan bitta oila bormi?.. Yo'q. Boylar kambag'aldan shilishga usta. Xayr ishga beli og'riydi. Boylarning "hiylai shar'iy" degan o'yinlari bo'lar ekan. Man buni o'z ko'zim bilan ko'rdim. Bunday nayrangga hali ham hayron qolaman. Mana: o'tgan yil ro'zada bir kun kechqurun Mirzakarimboy Yormatga izvoshni qo'shtirdi. Keyin mahallaning so'fisini chaqirtirdi. So'fi, kambag'al odam, keldi. Mirzakarimboy: "Mana bu ot-arava sizniki, sizga berdim, qani, o'tirib bir javlon qilib keling", dedi. So'fi kulib izvoshga o'tirdi. Yormat haydab ketdi. Bir ozdan keyin, aftidan, katta ko'chani bir aylanib, qaytib kelishdi. Boy, izvoshdagi so'figa yaqinlashib, bir o'n so'mlik qog'ozni ko'rsatdi, sekingina shunday dedi: "So'fi ot-aravangizni bizga soting. Mana bahosi". O'n so'mni so'figa qistirdi. Men hech narsa tushunmadim bu hangamadan... Ertasi Yormatdan so'radim. U har baloni biladi. "Xiylai shar'iy" zakot berish degani shu dedi u. Hammasini tushuntirdi, ot-arava besh ming so'm turadi. Boy uni go'yoki so'figa berdi, keyin o'n so'mga yana sotib oldi. Shu bilan boy ikki yuz ming so'm uchun beradigan zakotdan qutuldi... Buni qarang ikki yuz ming so'm uchun o'n so'm zakot! Yana shunaqa hiylalar bilan hamma zakotdan boy qutiladi, lekin bu yilgi hiylasi juda antiqa bo'ldi, deb Yormat ham taajjublandi. Abdushukur aka, buni ko'zim ko'rmasaydi, ishonmasdim. Ammo, ko'rdim. Xo'p, bordi-yu hamma boylaringiz zakotini to'g'ri beradigan bo'lsin, lekin sadaqa bilan yashagandan ko'ra o'lgan yaxshi emasmi? Siz butun xalqni gadoy, tilanchi qilmoqchimisiz?! -Yo'lchi kinoya, istehzo bilan Abdushukurga tikildi, Abdushukur boshini bazo'r ko'tardi va sekingina mingirladi:...

Qayd etilgan


Hadija  03 Iyun 2009, 19:05:56

Gulandom o'ylamasdanoq, dutorni chertib yengil, sho'x ashulani boshladi. Uning ovozi mayin, toza ovoz edi.
Ashulani bitirib dutorni devorga suyab qo'ydi.
-Qornim to'ygani uchun yaxshi aytolmadim, -kuldi Gulandom.
-Nima dedingiz? Qorin och bo'lishi kerakmi! -hayron bo'lib so'radi Tantiboyvachcha
-Bilmadim, men bir vaqtlar uyda qarindoshlarimiz orasida, ashula aytgan edim. -Gulandomning ko'zlari bir onda dard bilan suzildi, vinodan bir qultum yutib, davom etdi. -Dadam keldi: "Bolam, qorning to'q ekan, ovozing xira chiqdi", dedi. Biz tushunmadik. Keyin o'sha narsani hikoya qilib berdi, hali ham yodimda. Bir zamonda, -dedi dadam, -Aflotun degan bir hakim o'tgan ekan. U hech tinmasdan fikr qilar ekan. Lekin fikr qilganda, soqolini bitta-bitta yulib olaverar ekan. Qo'lini band qilish uchun bir nima o'ylab chiqarishga urunibdi. Axir bir tanbur yasabdi. Tanburi jaranglamabdi. Hayron bo'lib o'tirgan ekan, ko'chadan hali baland ovoz bilan ashula aytib o'tgan yigitlar, yana ashula bilan qaytishibdi. Lekin, yigitlarning ovozi endi juda sust, bo'g'iq eshitilibdi. Aflotun yugurib eshikka chiqibdi, yigitlarni to'xtatib so'rabdi:
-Bolalarim debdi, hali ovozlaring, juda baland, yangroq edi, endi nimaga sust bo'lib qoldi? -Yigitlar kulib shunday javob berishibdi: "Hali qornimiz och edi. Ziyofatga borib, ko'p edik, ko'p ichdik. Qornimiz to'yib ovozimiz pasaydi". Aflotun darrov uyga kiribdi. Tanburga qarab, qorning to'q ekan, debdi-da, tanburning ichini kavlabdi. Ana shundan keyin tanbur jaranglab chalinibdi. Aflotun tanburni chalib, soqolini yulmasdan, fikrga sho'ng'ibdi... Qalay? Dadam bunday gaplarni juda ko'p bilar edi, bizlarni hech zeriktirmasdan...

Yuqoridagi parchalar bari ko'pchiligimizga ma'lum, Oybekning "Qutlug' Qon" romanidan.

Qayd etilgan


Foniy  25 Iyun 2009, 20:05:27

...
Eng keyingi vido’lashish kuni yetdi. Otabek, Qutidor va Oftob oyim qabristonining ikki tup qurig‘an chinor yog‘ochi orasig‘a turg‘uzilg‘an yangi xishtin sag‘ana qarshisida to‘xtadilar. Sag‘ananing o‘ng boshidag‘i toshdan o‘yib yasalg‘an lavha ko‘zga chaqilib turar edi:

La ilaha illa-Ollohu Muhammadu-rasul-ulloh
Hazihil markadul munavvaratu lil mazlumatil
mashhudati al-mag‘furati.
Kumushbibi binti Mirzakarim Marg‘inoniy, tarixi tavalludi 1248.
Vafoti 1269-yil hijriy, jumod-ul-avval.
Bu lavha bir dilporadan husn sanamiga yodgordir.
Bunda madfun kundash balosining namoyon bir qurbonidir.
Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,
Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.
Hayotim lolazoridin ayurding,
Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding.

Bechora ona chidalmadi, qabrni quchog‘lab uvvos tortdi. Otabek ham qabr yonig‘a tiz cho‘kib, ko‘z yoshisi bilan tuproqni loy qila berdi... Qutidor lavha qarshisida edi. Lavhani o‘qub chiqgandan keyin ul ham piq-piq yig‘lab yubordi. Yarim soat chamasi shul holda qoldilar.
Qur’on o‘qushg‘a hech kimda majol yo‘q edi.
Qarshidag‘i binoga Yusufbek hoji tarafidan qo‘yilg‘an qori bularning holiga tushundi. Sekin-sekin qorixonadan chiqib keldi va narida o‘lturib Qur’on o‘qudi. Oftob oyimning nolasi bosilsa ham, lekin ko‘z yoshisi tiyilmadi. Bir ulgina emas, anovlar ham shu holda edilar. Fotiha tortilg‘andan so‘ng Qutidor va Oftob oyim qorig‘a pul berdilar. Qori ketkandan keyin har qaysilari o‘zlarini bosib alohida-alohida Qur’on o‘qub bag‘ishladilar, so‘ngra ohista-ohista yo‘l olib qabr bilan vido’lashdilar. Go‘yo Kumush «mendan rozi bo‘ling!..» deb onasig‘a xitob qilar, Oftob oyim orqasig‘a qaray-qaray yig‘lab kelar edi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 08:08:29

— Qizim, bir narsa menga ma’lumki, yetimning qahri qattiq bo‘ladi. Qancha urinma, o‘zingni ularga ona sifatida tan oldirolmaysan. Senga bir narsa aytaymi? Yetimg‘esirsiz, qaynonasiz, bolasiz oilaga kelin bo‘lishing kerak. Nega o‘zingni zaxmatga urasan,el qilmaganni qilasan?
— Ho‘sh, unda bu bolalar nima bo‘ladi, ona? Bironta o‘zini bilmaydigan kelib har xil zulmlar o‘tkazsa, bechora bolalarning hoai ne kechadi, ularning aybi nima, ona?
— Senga nima, Fotima? Birovning bolasi bo‘lsa, o‘ylagan narsangni qara. Qancha chidaysan, bir hafta, bir oy sabr qilding, xo‘sh, oxiri nima bilan tugaydi? Bir kun kelib boshqacha o‘ylab qolasan. Pushaymon bo‘lasan, hayoting so‘ngigacha ularning dardiga o‘ralashib o‘zini jabr qilasan, yo Sanixaga o‘xshab, og‘izlariga urib, tashqariga quvib, haydaysan. Bundan boshqa yo‘l bormi?
- Bor, ona. Ularni o‘z farzandimday o‘stirib, savob olish bor. O’z bolasini parvarish qilish hayvonning ham qo‘lidan keladi. Inson bir pog‘ona ustun bo‘lishi kerakmasmi? Insonning xayvovdan ustunligi g‘arib yetimni bolasiday bag‘riga bosa olishida emasmi? Zulmning har qanday turi ham yomon, ammo yetimga qilingam zulm, zolimni, ya’ni zulm qilguvchi insonni hayvondan pastroq tushirib ko‘ysa kerak.

"O’gay ona" Ahmad Lutfi Qozonchi

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Sentyabr 2009, 08:17:48

      Mеning esа ko’z yoshlаrim tinmаsdi. Bеchоrа оtа-оnаm оldimdа tоng оttirаrdi. Ulаr to’хtоvsiz yig’i jigаrini ezib qo’yadi, dеb qo’rqishаrdi. Bir pаyt Rаsul аlаyhissаlоm uyimizgа kеldilаr. Sаlоm bеrib, оldimdа o’tirdilаr.
Mish-mishlаr tаrqаlgаndаn buyon оldimdа hеch o’tirmаgаn edilаr.
U kishigа bu vоqеа хususidа bir оy vаhiy tushmаy turdi. Rаsul аlаyhissаlоm o’tirgаnidа аvvаl tаshаhhud аytdilаr vа shundаy dеdilаr: «Ey Оishа, sеn hаqingdа mеngа fаlоn-fаlоn хаbаr yеtdi. Аgаr sеn аybsiz bo’lsаng, Аllоh sеni pоklаydi. Аgаr sеn gunоh ish qilgаn bo’lsаng, Аllоhgа istig’fоr аyt vа untа tаvbа qil. Аlbаttа, bir bаndа gunоhini e’tirоf etib, so’ng Аllоhgа tаvbа qilsа, Аllоh uning tаvbаsini qаbul qilаdi».
Rаsul аlаyhissаlоm so’zini tugаtib bo’lgаch, ko’z yoshim birdаn to’хtаdi.
Оtаmgа qаrаb: «Mеning o’rnimgа Rаsulullоh аytgаn gаpgа jаvоb bеring», dеdim.
Оtаm: «Bungа nimа dеyishni bilmаymаn», dеdi.
Оnаmgа qаrаb: «Mеning o’rnimgа bir nаrsа dеng», dеdim.
U hаm nimа dеyishni bilmаsdi.
Shundа mеn: «Аllоhgа qаsаmki, bu gаp qаlblаringizgа o’rnаshib, ungа ishоngаndаy bo’lib turibsizlаr. Аlbаttа mеn sizlаrgа bundаy ish qilmаgаnmаn dеsаm, (Аllоh buni qilmаgаnimni bilаdi) mеning bu gаpimgа ishоnmаysizlаr. Аgаr sizlаrgа bu ishni qilgаnmаn dеydigаn bo’lsаm, (Аllоh bundаy qilmаgаnimni bilаdi) аlbаttа mеngа ishоnаsizlаr. Shuning uchun sizlаrgа Yusufning оtаsi аytgаn so’zdаn bоshqа birоr misоl tоpа оlmаdim: «Endi (mеning ishim) chirоyli sаbr qilmоqdir. Sizlаr so’zlаyotgаn bu nаrsа (аyriliq - musibаt) ustidа mаdаd so’rаlаdigаn Zоt yolriz Аllоhdir» (Yusuf, 18).        
Shundаn so’ng qаyrilib to’shаgimgа yotib оldim. Mеn аybdаn pоk edim. Аllоh mеni bu аybdаn pоklаshigа qаttiq shpоnаrdim. Lеkin... mеhribоn Аllоh mеning bu ishim хususidа tilоvаt qilinаdigаn Qur’оn оyatlаrini tushirаdi, dеb sirа o’ylаmаgаn edim. Mеn bu ishni gаpirishgа аrzimаs nаrsа dеgаn fikrdа edim. Fаqаt Rаsul аlаyhissаlоmning tushlаridа Аllоh tаоlо оdаmlаr tаrqаtgаn аybdаn pоk ekаnimni оshkоr etishini umid qilаrdim.
        Shundаn kеyin Rаsul аlаyhissаlоm vа nа аhli bаytdаn birоntаsi tо оyat nоzil bo’lmаgunchа оldimgа chiqmаdilаr. Аmmо bir kuni Rаsul аlаyhissаlоm jilmаyib kirib kеldilаr. U kishining birinchi аytgаn so’zlаri mаnа bundаy buldi: «Ey Оishа! Аllоh аzzа vа jаllа sеni pоklаdi».
Shundаn so’ng оnаm mеngа: «Rаsulullоhgа tаshаkkur аyt», dеdi.
Mеn: «Yo’q, fаqаt Аllоh аzzа vа jаllаgа hаmd аytаmаn», dеdim.
O’shаndа mаnа bu оyat nоzil qilingаn edi: «Shаk shubhаsiz bu bo’htоnni (vujudgа) kеltirgаn kimsаlаr o’zlаringizdаn bo’lgаn bir to’dаdir. Uni sizlаr o’zlаringiz uchun yomоnlik dеb o’ylаmаnglаr, bаlki u sizlаr uchun yaхshilikdir. Ulаrdаn (ya’ni buhtоnchilаrdаn hаr bir kishi uchun o’zi kаsb qilgаn gunоhgа yarаshа jаzо) bоrdir. Ulаrnnng оrаsidаgi (gunоhning) kаttаsini ko’tаrgаn kimsа uchun  ulug’аzоb bоrdir» (Nur, 11).

"OISHA roziyallohu anho"

Qayd etilgan


siddiqa  23 Noyabr 2009, 08:54:06

T.Malik talvasa asarlarini tasir qilgan nuqtalaridan biri .

Hayot beshik va tobut orasidagi tor bir yo’l va yo’lchilikdir ,Dunyo hayoti so’ngsizlik ichida bir sovun ko’pigi kabidur ."Insonlar idrok qilgan hayot nimadan iborat"?degan savolga yerning zahi va qabrtoshlarining qattiqligi eng to’g’ri javob bo’lar edi .
 
Qahramonimiz bo'ron tilidan

Tutqunlikda yashayman tanho ,
Bironta ham hasratdoshim yo’q,
O’z o’ylarim ichra men ado ,
So’zlasharga suhbatdoshim yo’q,
Ahtaraman parvardigorni ,
Duch keladi nuqul boshqalar.

Qayd etilgan


Muslima.bgm  02 Dekabr 2009, 12:06:54

Yaqinda Tog'ay Murodning "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi" nomli asarini o'qib chiqdim. Juda xam ta'sirli, ko'zingizga yosh kelmay o'qib bo'lmaydigan asar ekan. Asarni o'qib xozirgi sharoitlarga , eyishga nonimiz(barcha eguligimiz)borligi uchun Allohga mingdan ming shukronalar ayttim . Asarning deyarli barcha satrllari ta'sirli yozilgan.Shulardan ayrimlarini keltirib o'tmoqchiman.......

Ona bir eshakli o'tkinchiga kaftlarini uzatdi.
- Mana shu qizaloqni olib keting, katta bo'lsa eshigingizni supuradi, bir hovuch kepakka almashaman, bir hovuchgina. O'tkinchi o'zini eshitmaslikka oldi....
-Ena nooo-on...
Ona bolasini silkib silkib oldi, shapatillab urib oldi.


Botir firqa biqinini changallab qimirladi. O'rtoq Komandir ular tirik. tirik
- Xa hozircha tirik, lekin ertaga baribir o'ladi
-O'rtoq komandir tiriklarni ko'mish qanday bo'ladi
- Endi zamon shunday, ocharchilikni bartaraf etmasak bo'maydi.
- Ammo lekin tirikda, tirik. Ana bag'ridagi bolasi xam tirik.
- Rais bovaa iltimos non beriiiiing. Bolam non so'rayaptiiii, nooo-on........ :2

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  29 Dekabr 2009, 06:45:13

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Opa, sizga bir gap aytaymi?
— Ayt, Ismoil.
— Kechqurun otam meni mozorga olib bordi. Menga onamning qabrini ko‘rsatdi. «Qara,o‘g‘lim, bu yerda onang yotibdi. O’qi!» — dedi.
— O’qidingmi?!
— «Fotiha» o‘qidim, opa, «Alham»ni. Ammo, rosa yig‘ladim.
U Fotimaga bu gaplarni ayta turib ko‘zlariga kelgan yosh tomchilarini to‘xtatolmadi.
Ketmoqchi bo‘lib, o‘rnidan turdi. Fotima darhol qo‘llaridan tutdi.
— Qayoqqa borasan, Ismoil? Mening bilan shunchagina o‘tirasanmi? Odam opasining yonidan ham shuncha tez ketadimi?
Ismoil Fotima opasining ko‘nglini ko‘tarish uchun yana qaytib o‘tirdi. Sal fursat o‘tgach:
— Endi ketay, opa, — deb qo‘zg‘aldi.
— Mayli, bor. Ammo yana kel, kutaman.
Ismoil chiqdi. So‘ng qayoqqa ketganini hech kim bilmaydi. U ancha vaqt mahallada
ko‘rinmadi.
Agar go‘rkov o‘sha kuni joyida bo‘lganida, olti-yetti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, shosha-pisha qabriston oralab ketganini ko‘rgan bo‘lardi. Bu bola o‘sha tunda ziyorat qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuproqdagidek taftni hech yerdan, hatto otasidan ham topaolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan o‘zi o‘rtasida begonalik paydo bo‘lganidan bu yerga keldi. Chopib keldi. Har kim ko‘ngilxushlik uchun shoshgan bayram ayyomida to‘yib-to‘yib yig‘lamoq, yillar ko‘ngliga cho‘ktirgan dardlarining bir qismini yengillatmoq uchun kelgandi Ismoil...
Bayram o‘n besh kecha-kunduz bo‘ldi. O’gay onaning Ismoil to‘g‘risida bergan ma’lumoti otani o‘ylantirib qo‘ydi. Uning aytishicha, Ismoil tez-tez qayoqlargadir ketar, yarim soat, bir soatgacha hech kim uni ko‘rmasmish. O’zidan so‘ralsa:
— O’ynadim, — deb ko‘ya qolar, boshqa javob olinmasdi.
Yangi xotinning ra’yiga qarab bugungacha o‘z o‘g‘liga o‘gay ota qatorida bo‘lmoqdan boshqa narsa ko‘lidan kelmagan otani o‘y bosdi. Bola qayoqqa ketishi mumkin? Boshqa mahallalarga o‘ynagani borib, u yerda bolalardan tayoq yeb qaytgani esiga tushdi. Ezildi. Ismoil o‘zi uchun muglaqo xuzursiz bu uydan uzoqlashishi tabiiy emasmi?! Ikkinchi marotaba uylanganidan keyin ota sifatida o‘g‘li uchun hech narsa qilmadi. Ota buni ilk bora bugun xis etdi va o‘z qilmishlarining kechirilmas gunoh ekanligini anglaganday bo‘ldi. Uni ichidan qaynab chiqayotgan bir nido ezardi: vijdonli bir o‘gay ota Ismoilga sendan ko‘ra yaxshiroq muomala qilar, mehrliroq bo‘lardi. Turdi. Tashqariga chiqdi. Ko‘zyoshlarini sidirmoqdan boshqa bir chora topaolmayotgandi.
Ikkn kun o‘tdi. Havo ancha ilib qoldi. Do‘konlarning eshiklari ochildi. Ko‘kraklarni
to‘ldirib-to‘ldirib bahor xavosini oladigan zavqli damlar boshlandi. Bir do‘stinikida
mehmondorchilikda o‘tirib, choyning oxirgi yutumini ho‘plarkan ko‘zlari birdan katta-katta ochilib ketdi. U ko‘chada yugurib ketayotgan Ismoilni ko‘rib qoldi. Mezbon bilan xayr xo‘shlashishga ham sabri chidamasdan Ismoilning ortidan tushdi. Ismoil orqasiga qaray demasdi. Besh daqiqalardan so‘ng qabriston eshigidan avval olti yoshlardagi bola, undan keyin bir kishi kirdilar. Uning qaydaligi endi ma’lum edi. Avval mozorchiga uchradi. Mozorchi bu bola bir ikki haftadirki, qabristonga serqatnov bo‘lib qolganini, shoshapisha, hatto yugurib kelishi va birozdan so‘ng qaytishini aytdi. Mozor boshlarida hech kim ko‘zga tashlanmasdi. Ota ajablangan ko‘yi Ismoilni axtara boshladi. O’g‘li hadeb ko‘zga tashlanavermagach, Fotiha o‘qib ketishuchun marhuma xotinining qabri tomon yo‘naldi. O’n odimcha masofa qolgan ediyamki, mozorning narigi tarafidagi g‘alati butaga ko‘zi tushdi. Butaga yaqinlashib, shoxni ko‘tarish uchun egilishi bilan hayratdan dong qotdi. Ko‘zlari kosasidan chiqkuday bo‘lib, bir hamlada buta shoxini chetga tortdi. Buta tagida Ismoilning zaif vujudi ko‘rindi. Chuqurligi bir qarichcha keladigan, yotganda Ismoilning bo‘yiga mos bir joy qazilgan. Ismoil shu chuqurda og'zi mozorga tegar darajada yotibdi, yuziga bo‘z parchasi yopilgan. Ustidan buta olinishini sezar-sezmas Ismoil yotgan joyidan irg‘ib turdi. Qarshisida otasini so‘rdi. Sakrab turarkan birinchi qilgan ishi yuzidagi bo‘z tarchasini cho‘ntagiga solmoq bo‘ldi. Har ikkisi kutilmagan bu uchrashuv hayajoni ichra qo‘rquv va hayrat aralash bir-biriga tikilib qoldilar.
Ismoil oyoq tovushlarini eshitgan, biroq ziyoratchi uni sezmasdan o‘tib ketishiga ishonib, jim yotgan edi. Ko‘rdiki qarshisida otasi turibdi. Shu onda tuproqqa aylangan onasi va yetimlik jamiki ozorlarini chekishiga sabab bo‘lgan otasi orasida edi u. Qochish kerakmikan? Nima qilsa ekan? Ismoil hozir bu savollarga javob bera oladigan holatda emasdi.
— Bu yerda nima qilyapsan, o‘g‘lim?
— Onamning kuchog‘ida yotibman.
— Shunday ham bo‘ladimi, bolam? Onango‘lganiga necha shil bo‘ldi?! Axir u tuproqqa aylanib ketganku
— Mayli. Men unnng tuprog‘ini ham yaxshi ko‘raman. Endi bu yer mening uyim, — dedi u qo‘li bilan qazilgan koyga ishora qilib.
Ota boshqa chidayolmadi, Onasining tuprog‘idan boshqa o‘kinadigan yeri va kimsasi qolmaganini anglagan bolasini bag‘riga bosib xo‘ng-ho‘ng yig‘lay boshladi.
Bir muddat shunday yig‘lagach:
— Yur, o‘g‘lim, ketamiz, — deb ko‘lidan tutdi va u yerdan chiqdilar. O’n-o‘n besh qadam tashlagach bir nima esiga tushib so‘radi:
— Yuzingta yopib olganing nimaydi, o‘g‘lim?
— Ismoil kissasidan bo‘z parchasini chiqardi:
Onamning ko‘ylagidan uzib oldim. Bunda uning hidi bor.
Tush, Quyosh harorati kuchayganida qabristondan naqadar gunohkor va bemehrligini anglagan ota hamda uniig ota mehridan maxrum bo‘lgani uchun ona xokini yuzga surtib, ona tuprog‘iga bosh urushdan boshqa chorasi qolmagan tolesiz o‘g‘li chiqishmoqda.
Tunda, Ismoil uyquga ketgach, bu hodisalarni bir-bir anglatgan ota xotiniga murojaat qildi:
— Bir narsaga aqlim yetmayapti. Ismoil onasi o‘lganda uni taniydigan holda emasdi. Uning ko‘ylagi qayoqdan bildi?
Sanixaxonim javob berdi:
— Kecha uyni yig‘ishtirayotganda eski kiyimlarni taxlayotib unga onasining ko‘ylagini ko‘rsatgandim. U olib uni ko‘liga oldi, ko‘zlari yoshlandi. Men ortiqcha ahamiyat bermasdan ko‘ylakni uning ko‘lidan olib ko‘ydim.
U taxmonni titkilab o‘sha ko‘ylakni topdi. Bu ko‘ylakning naq ko‘ksidan bir parcha qirqib olingan edi.

O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Ollohim har bir mo'min va mo'minaga ikki dunyo saodatini bersin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan