TOG'ORA
Ayol yosh vaqtidayoq eridan ayrilib, undan qolgan yolg'iz o'g'lini tarbiyalab o'stirish
uchun tish-tinog'i bilan harakat qildi. Uning orzusi bu o'g'lini hech kimga muhtoj qilmay
o'qitish edi. Kunlarini shu niyat bilan kechirdi. Yosh va go'zal edi, ammo turmush qurish
haqidagi takliflarni ortga surib keldi, yoshligini o'g'lini boshqa o'llarga qaratmaslik uchun
qurbon qilmoqchi bo'ldi. Birovlarning kirini yuvdi, lekin bolasini hech kimga muhtoj
qilmadi. O'g'lini o'qitmoqchi, kasb egallagach, qolgan umrini uning yonida egallamoqchi
bo'ldi. Shu hayollar bilan oradan yillar o'tdi... .
Nihoyat o'g'li huquqshunoslik fakultetini bitirib, hakamlik vazifasida ish boshladi.
Onaning sevinchi yeru ko'kka sig'amasdi. Navbat o'g'liga munosib kelin topishga keldi.
Shu orzusi tezroq amalga oshsa edi... . Uni rosa ahtardi, izalb-izlab topdi. U zohiran o'zi
izlagan qiz edi, botinan esa noma'lum. Ko'rinishi yahshi, Ichini kim bilsin. Kelinini o'z
farzandiday yahshi ko'rar, bir soat bo'lsa ham oldinroq to'y bo'lishini hohlardi. Go'yo o'zi
turmush qurayotganday. Bir lahza bo'lsin avvalroq kelinini tushirmoq, yangi uylariga
ko'chmoq istardi. Bir go'shaga chekinib nabiralarini erkalashni istardi. Hotiralariga, shirin
hayollarga cho'mishni istardi... Nikoh kuniga bir oy qolgan edi. Kuyov kelinni olib yangi
uyga joylashadigan ashyolarni o'rinlari o'lchovi, mo'ljalini olmoq uchun kelishdi. Yangi uy
go'zaltus oldi. Bo'lajak kelin qaylig'iga:
- Jahonbey, hammasi chiroyli, yahshi bo'ldi, ammo shu tog'orani qayerga
joylashtiramiz? - dedi. Yigit ajablandi:
- Shunday katta uyda bitta tog'oraga joy topolmayapsanmi? Peshtahta ostiga
qo'yaqol, - dedi.
- Yo'q, bo'lmaydi.
- Ravoqqa qo'yrsan. Bo'lajak kelin bosh chayqadi. - Hech bo'lmasa eshik tagiga qo'y.
- U yerga to'g'ri kelmaydi.
- Bitta tog'orani joylashtirolmaysanmi?
- Uni emas, jonim, tog'ora deb onagizni aytyapman, onangizni!
Yosh qizdan bunday gaplarni eshitgan yigit muzlab qoldi. Hayotida boshini to
bo'lgan onajonisi, o'g'li uchun el eshigida ishlagan, onasi tog'ora o'rnida ko'rilmoqda
Demak onasi tog'ora, mayda chuyda narsa tashlanadigan quti. Nahot o'sh jafokash
fidokor ayolni joniday sevgan onasini joylashtirish uchun o'rin yo'q. Bo'lajak yostiqdosh
onasini tog'ora, bir quti o'rnida ko'rmoqda... .
Jahon hech narsa demadi. Uyga qaytgach ham gapirmadi. Bechora ona bo'laja
kelinini o'zi haqidagi fikrlarini bilmay, tinmay uni so'rar va maqtardi. O'g'il bu holg
achchiq jilmayish bilan javob qildi. Nihoyat nikoh kuni keldi. Hozirliklar ko'rildi. Mashinal
qatorlashdi. Salon odamga to'ldi. Odamlar kelin-kuyovni ko'rish ishtiyoqida. Va nihoya
Ma'mur kelindan so'radi:
- Qizim, Ahmad o'g'li Jahonni zavjalikka qabul qildingizmi?
- Ha, qabul qildim.
- Yahshi. O'g'lim siz Zaynab qizi Zalihani zavjalikka qabul qildingizmi?
- Yo'q!... Yo'q! Qabul qilmadim.
Bu so'zdan hamma oyoqqa turdi. Hayrat bilan hamma kuyovga qarar edi. Ma'mu
hayajonlanib, shoshib qoldi.
- Ho'sh, hozirgacha qayerda edingiz? - Taqsir, otamdan erta qoldim. Ularni vafotidan keyin onam meni ota bo'lib
ulg'aytirdi. Bu yo'lda birovlarning eshigida ishladi. Meni muhtoj qilmaslik uchun kechani
kecha, kunduzni kunduz, issiqni issiq, sovuqni sovuq demay ishladi. Yemay yedirdi,
kiymay kiydirdi, meni o'qitdi, odam qildi. Onam endi mening yonimda o'tirib rohat
ko'radigan huzur topadigan paytlarda siz ko'rib turgan mana bu kelin onamni tog'oraga,
qutiga(ahlat qutisi deyolmadi)tenglashtirib, unga o'z uyidan joy berishni hohlamadi.
Onamni tog'ora deb uni hohlamadi. Mening onamni hohlamagan unga bunday muomala
qilgan ayolni men ham hohlamayman! Marhamat qilib onasini tog'ora degizadiganga
tegsin!- dedida o'rnidan turib, onasini qo'ltiqlab hayratlar va ko'zyoshlar aro to'yhonadan
chiqib ketdi...
Bu hodisadan keyin qiz uyiga qaytdi. Oradan 20yil o'tdi. Hali hanuz
turmushgachiqmadi, chiqolmadi. Hanuz boshi ochiq.
Vijdon azobi. Amina Shanliko`g`li