U.Hamdamning "œIsyon va itoat" asaridan parcha.
O’shanda dars vaqti edi. Bitiruvchi sinf bolalaridan bir nechtasi darsga kirmay tennis o’ynashayotgan ekan. Oldilariga kelib, o’yinni to’xtatib, darsga kirishlarini talab qildim. Shunda o’sha"¦Sadr «kirmaymiz, bir haftadan keyin maktabni bitiradigan bo’lsak, o’qidik nima-yu, o’qimadik nima?» dedi. Jalim chiqsa-da tushuntirmoqchi bo’ldim. Intizom, maktabga, o’n yil ta’lim-tarbiya bergan o’qituvchiga hurmat haqida gapirdim. Befoyda. Qaytaga oshkora kibr bilan «Qo’lingizdan nima keladi, men darsga kirmayman» dedi. To’g’risi, yetti-sakkiz yildan beri maktabga ishlab o’quvchidan bunaqa muomala ko’rmagandim. Dadil borib, qo’lidagi roketkani olmoqchi bo’luvdim ko’kragimdan shunaqa turtib yubordiki, orqamga ketib toyib yiqildim. Sheriklari piqillab, u esa xoxolab kulishdi. Men dovdirab qoldim. O’sha asnoda go’yo ikkiga bo’linib ketdim. Bita parcham bu holatni — o’z o’quvchisi tomonidan haqoratlanib tuproqqa belanib yotgan o’quvchini ko’rib turardi va aynan shu parcham yaralangan sherdek na’ra tortgancha oldinga tashlandi. Hushimga kelganimda Sadr yerda ag’anib yotardi. Sheriklarini aytishicha, men bir tarsaki qo’ygan ekanman. Sudda bo’lsa"¦
- Sadrning otasini bilmasmiding, uchiga chiqqan firibgar, muttaham. Bolasi ham shunday-da. Ular atayin ham shunaqa mojaro qidirib yurishadi. Sen esa shartta ilinib o’tiribsan.
- Ha ustoz, buni keyin"¦pul talab qilishganda tushundim. Shunda bergan arizamizni qaytarib olamiz deyishdi. Men bir so’m ham bermadim. Otasi ikki-uch keldi, «shu pulni bergin-da qutilgin, yosh joningni aya, juvonmarg bo’lib ketmagin», dedi. «Pulsiz ham arizangizni qaytib olaversangiz-chi, axir bir joyning, bir mahallaning odamimiz-ku!» desam, «Yaxshilikcha bersang berding, bo’lmasa, amaldor ukamga aytib umringni qamoqda chiritaman!"¦» deydi palit.
- Hm"¦shunaqa deganmidi"¦- tabib boshini sarak-sarak qildi. Tushundim, o’g’lim, tushundim. Yetar, ortiq gapirma. Tur o’rningdan, yana bir bag’rimga bosay, - tabib o’ziga ikkita keladigan alpqomat Akbarni egib quchoqladi, so’ng peshonasidan o’pdi-da «yo’lga chiqishing kerak, o’g’lim!» dedi..