Muallif Mavzu: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi  ( 34465 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #60 : 08 Noyabr 2010, 09:52:23 »
— Бу бизнинг кенжа сингил бўлади, Турсун ошна. Олтинчи синфда Ñžқийди. Ўзиям аълочи.
— Ҳа-а. Содиқовнинг синфиданмисан?
— Ҳа.
— Қалай, дам олишлар яхши ўтяптими?
— Кўриб турибсиз-ку.
— Йўқ, иш қийин эмасми дейман?
— Иш бўлади-ÑŽ, осон бўладими, муаллим.
— Ҳа энди, дам олиш вақтлари ота-оналарга ёрдам бериш ҳам керак-да.
— Бир дам олишда эмас, йил — ўн икки ой шундай. Даҳо уст-бошлари кир Сорага тикилди.
"Ана, бўлажак чала-чулпа халқ! Сони бор-у, салмоғи йўқ халқ! Бу халқ ҳали вояга етмасданоқ пачоқ бўлиб қолади".

* * *

Чол-кампирлар ўзи емай-ўзи ичмай, сизларни Ñžқитади. Шулар Ñžқиб келиб, турмушимизни яхшиласин, еримизга қарасин, дейди. Сизлар эса тайёрига — шаҳарга чопасизлар.
Бу азалдан бор гап. Уккағарлар Ñžқиб, битталаб шаҳарга қочади. Оқибат, қишлоқларимиз аввал қандай бўлса, шундайлигача қолиб кетади!

Тоғай Муроднинг «ÐœÐ¾Ð¼Ð¾ Ер қўшиғи» қиссасидан.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Muvahhid

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 679
  • -oldi: 249
  • Xabarlar: 72
  • Jins: Erkak
Re: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #61 : 20 Dekabr 2010, 00:09:54 »
Imom G'azzoliy o'zining, "O'limdan so'ng" nomli kitobida shunday yozadi:

"Ey inson! Birorta ibodatni kichkina deb bilma. Chunki, Alloh taolo O'z roziligini toati ichiga yashirgan. Qayerdan bilasan, balki sen haqir sanayotgan ibodatda Allohning roziligi bordir. Mayli, u bir yaxshi so'z yoki yaxshi niyat yoxud shunga o'xshash ibodatlar bo'lsin!"
« So'nggi tahrir: 24 Dekabr 2010, 02:40:42 muallifi Muvahhid »

yoqutxon

  • "Har qanday bilimdondan ustun Bilimdon zot bor." (yusuf surasi,76-oyat)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1087
  • -oldi: 1223
  • Xabarlar: 1249
  • Jins: Ayol
Re: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #62 : 26 Yanvar 2011, 20:48:06 »
 :as:

"Halok bo'lgan qahramonlar so'zlashadi"..... kitobining har bir bettini juda qattiq ta'sirlanib o'qiganman. Anchagacha o'zimga ham kelolmay yurganman. O'sha  kitobni o'qiganimdan so'ng bugungi kunga , tinchligimizga ming bora shukur keltirib, uning qadriga yanada ko'proq yetishni boshlaganman. Bu kitobda 2 jahon urushida halok bo'lgan insonlarning hayotlaridagi ohirgi o'lim oldidan yozgan xatlari chop etilgan mana shu xatlardan birini ruschadan tarjima qildim.
" Men uchun qorong'u , daxshatli daqiqalar yaqinlashmoqda.Sog' joyim qolmadi- qo'llarim, oyoqlarim.....Lekin oh faryodsiz bu dunyoni tarj etayapman. 22 yoshda jon berish naqadar qo'rqinchli.Ehh qanchalar shunchalar yashagim kelyaptiki!Barcha bizdan keyingi insonlar tinchligi, Vatanim tinchligi uchun jon berayapman. Gulla yashna, go'zal bo'lgin hayot biz uchun ham....... Pasha . Yanvar 1944-yil"
 

"Tiriklik shubxasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"
                           
                                  Jaloliddin Rumiy.

Zamiraxon

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1144
  • -oldi: 872
  • Xabarlar: 1176
  • Sajdaga bosh egdim Allohim...
Re: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #63 : 26 Mart 2011, 05:54:00 »
 :as:

                                                    :bs1:

"Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidagi sut bilan sug‘orurmiz, yana sizlar uchun ularda (yunglaridan kiyim to‘qish, minish kabi) ko‘p foydalar bordir. Shuningdek ular (ning go‘sht-yog‘lari) dan yeysizlar" («Mu’minun», 21).
Oyatda insonlarning hayvonlardan oladigan foydalari haqida gapirilganda, "Qornidagi sut bilan sug‘orurmiz" deyilgan. Tasavvur qiling, sigirning qornida yegan ovqati, ichgan suvi, tomirlarida aylanayotgan qoni, ichki a’zolari bo‘ladi. Shuncha aralash narsalar ichidan mazali, vitamin va oqsillarga to‘la oppoq sutning ajralib chiqishi Allohning mo‘jizasi emasmi? Alloh taoloning cheksiz ilmiga yana bir isbot: bu oppoq rangdagi sigir sutining manbai yashil o‘tlar, qurigan sariq, jigar rangdagi yem-xashaklardir.
Allohning sut beruvchi hayvonlar jismini yaratishdagi cheksiz qudrati dag‘al hashak va yashil rangdagi o‘tlardan suyuq va oppoq ne’mat — sut chiqishida ham namoyon bo‘ladi.

Hayvonot olami sababli bahramand bo‘linayotgan ne’matlardan yana biri, o‘zi kichik, lekin energetik quvvati kuchli bo‘lgan tuxumdir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bir kunda bitta tuxum iste’mol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan ateroskleroz bilan kasallanmas ekanlar. Inson tanasiga bir kunda 300 mg. xolesterin kerak, ana shunda asab tolalari yaxshi ishlar ekan. Bitta tuxumda 70 mg. xolesterin bor. Bundan tashqari tuxumda xotira va aql yuritish faoliyatini mustahkamlovchi xolin moddasi mavjud ekan.
Inson uchun ana shunday muhim vitamin va minerallar manbai bo‘lgan tuxumning bizlarga yetib kelishida o‘ziga xos mo‘jiza bor. Hech qanday aqli bo‘lmagan tovuq xar kuni tuxum qo‘yadi va qo‘ygan tuxumini extiyotkorlik bilan bosib yotadi. Tuxum ichidagi suyuqlik qanday qilib uning qobig‘i atrofida to‘plangani yoki hech qanday teshigi bo‘lmagani holda qobiq ichida qanday qilib suyuqlik paydo bo‘lganini o‘ylash Allohning yaratish san’atiga bo‘lgan hayratni oshiradi.


"Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati"
Chun koinot zubdasi ojiz ko'rib o'zin,
Hamd etolmas oncha balog'at bila senga.
                                 Abu Homid G'azzoliy

yoqutxon

  • "Har qanday bilimdondan ustun Bilimdon zot bor." (yusuf surasi,76-oyat)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1087
  • -oldi: 1223
  • Xabarlar: 1249
  • Jins: Ayol
Re: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #64 : 20 Iyul 2011, 21:15:03 »
 :asl3:

Aynni kunlarda o'qiyotgan "Rasullulloh sallollohu alayhi vassalam" kitobidan.Oisha r.a hali yosh qizaloq bo'lgan paytlarda.......
"Rasululloh SAW Tabuk yoki Haybar urushidan qaytib keldilar. Uyning tokchasida parda bor edi. Shamol turdi va pardaning bir tarafini ko'tarib, Oishaning o'yinchoq qizlarini ochdi. Shunda u zot
"Bu nima yo Oisha?"- dedilar.
"Qizlarim"- dedim
Ularning orasida quroqdan qilingan ikki qanotli otni ko'rdilar va
"Ularning orasida ko'rayotganim mana bu narsa nima?"- dedilar.
"Ot"-dedim.
"Uning ustidagi mana bu narsa nima?"-dedilar.
"Ikkita qanot"-dedim.
"Otning ikkita qanoti bo'ladimi?"-dedilar.
"Sulaymoning qanotli otlari bo'lganligi haqida eshitmaganmisiz?"- dedim
Bas, u zot kuldilar  va hattoki , men oziq  tishlarini ko'rdim"
Abu Dovud rivoyat qilgan.
p/s nimagadir mana shu hadisni o'qiganimda yig'lab yubordim..........
"Tiriklik shubxasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"
                           
                                  Jaloliddin Rumiy.

albatros

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 84
  • -oldi: 100
  • Xabarlar: 130
  • Jins: Erkak
  • Beshikdan qabrgacha ilm izla. (Hadis)
    • Ko'ngilga tashrif
Re: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #65 : 03 Oktyabr 2012, 13:14:07 »
*        *        *

Bu eshikdan kirib kelganida hech vaqosi yo'q edi.
Bir parcha matoga o'rab beshikka soldilar.
O'sdi.Ulg'aydi.Mol dunyo topdi.Antiqa jihozlar oldi.Uy soldi.Bir qavatli.Ikki qavatli.Uch qavatli...Mashina oldi. "Volga", "Neksiya", "Mersedes", "Yaguar" ...Dacha qurdi.Saunasi bilan.Basseyni bilan.Massajxonasi bilan.Maishat qildi...
Birovga yaxshi ko'rindi.Birovga yomon ko'rindi...
U eshikka kirib ketayotganida hech vaqosi yo'q edi.
Bir parcha matoga o'rab "beshik"ka soldilarda, so'ngi manzilga eltib qo'ydilar.

*      *      *

Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangiz, shularni ziyorat qiling:hayot abadiy emasligini o'ylab taskin topasiz.
Xonadoningizda go'dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz...Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangizda, go'dakni bag'ringizga bosing:hayot abadiy ekanligi ni o'ylab taskin topasiz.

*      *      *

Odam hamma narsaga to'yishi mumkin: Boylikka...Amalga...Shon - shuhratga...Xudoning o'zi kechirsinku, hatto... hayotga ham...Qarib churiganida "omonatingni ola qol, yaratgan Egam", deydiganlar chin dildan gapiradi...
Odam hamma narsaga to'yishi mumkin.Faqat bir narsaga - Mehrga to'ymaydi.Bu masalada shohu gado barobar.
Holbuki, dunyoda bundan arzon narsa yo'q.Bir og'iz shirin so'z, bir chimdim Mehr kimni o'ldiribdi! Biz esa shuni ham bir - birimizdan ayaymiz ...

O'.Hoshimov " Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
Qololmas jahon ichra mangu kishi,
Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi. (Sa'diy)

Bechora_Bandang_

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 40
  • Xabarlar: 97
  • Jins: Erkak
  • Bizni o'zingga qul deb qabul et!
Javob: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #66 : 27 Mart 2013, 08:59:51 »
Biz ko‘rib turgan bu olamga «Koinot kitobi» deyiladi. har sahifasi, har satri, har bir harfi juda ko‘p
ma’nolarga to‘la kitob. Inson u kitobdan bir so‘z, bir jumla. Ammo aqlli, ongli, shuurli jumla. Ilm,
iroda, qudrat, eshitish, ko‘rish kabi sifatlar taqilgan jumla. Ham o‘zini, hamda boshqa yozuvlarni
sinchiklab o‘qiy oladigan jumla. Yozilgan kitobni tomosha qiladigan, undagi sirlarni kashf etishni
istagan g‘ayratli va maroqli jumla. Ana shu jumla haqiqatni topmoqchi bo‘lsa, eng avval o‘zinig
«jumla» ekanini «yozilganini» bilishi kerak, boshqa yozuvlarni ham shunday baholashi lozim. O‘zi ham
ichida yozilgan kitobning satrlari orasida yo‘qolib ketmasligi darkor! Undagi ilm bir Olimdan, hikmat
bir Hakimdan, qudrat bir Qodirdan kelganini anglamog‘i shart. Aks holda inson dunyo hayotining
muammolari va iztiroblari ostida ezilib, qorishiqlik va g‘ala-g‘ovur ichida sarson-sargardon bo‘lib yuraverdi..

                                                                                       
                 
                                                                                                                         Alouddin Bashar (Haqiqat nima?)
Bilmaganlarimni bilganim sari hali hech nimani bilmasligimni bildim...

albatros

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 84
  • -oldi: 100
  • Xabarlar: 130
  • Jins: Erkak
  • Beshikdan qabrgacha ilm izla. (Hadis)
    • Ko'ngilga tashrif
Javob: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #67 : 31 Avgust 2013, 14:45:32 »
"Тутинган" ўғил
(Бир дўстимнинг иқрори)


Амал курсисида ўтирганингда ким энг кўп товонингни яласа, курсудан тушганингда ўша биринчи бўлиб, сендан юз ўгиради, деганлари қанчалик тўғри эканига ўзим ишонч ҳосил қилдим.
Бир қадрдоним бор эди. Кунора қўнғироқ қилиб, ҳафтага келиб турар, шифохонага тушиб қолсам, “овора бўлманг”, дейишимга қарамай ҳаммадан аввал етиб борар, таътил пайтида Ўзбекистоннинг қайси бурчагига дам олмай, топиб борар, “бир чўқимгина” ош қилмаса, кўнгли жойига тушмас эди… Буниси ҳам майли, икки гапнинг бирида “мен сизни отам деганман, сиз менинг отамсиз”, деб, Худони ўртага солиб қасам ичарди…
Мансабим жиндай ўзгарган эди, “боламни” йўқотиб қўйдим. Суриштирсам бошқа ота излаб юрган экан…

Ўткир Ҳошимов
"Дафтар ҳошиясидаги битиклар" китобидан
Qololmas jahon ichra mangu kishi,
Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi. (Sa'diy)

 

Yoshlikda biz sevib tomosha qilgan multfilmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 165
Ko'rilgan: 98274
So'nggi javob 05 Mart 2013, 09:09:06
muallifi Muxsiya
Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar

Muallif maknunaBo'lim Kino olami

Javoblar: 55
Ko'rilgan: 36206
So'nggi javob 08 Avgust 2010, 15:03:34
muallifi AL_laziz87