Muallif Mavzu: Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi  ( 34757 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Sevib o`qigan asaringizning eng ta'sirli qismi
« : 25 Iyun 2006, 07:47:37 »
Assalomu alaykum!
Har birimiz asarlar, romanlar, qissalar o’qimiz.
Shunday asarlar borki ularni qancha o’qisangiz yana o’qigingiz kelaveradi.
Kulgili qismini qayta qayta o’qisangiz kulgingiz keladi, yig’latadigan qismini qayta qayta o’qisangiz yana yig’layverasiz.

Bu bo’limda sizlarga yoqqan, yoki siz o’qigan ma’lum bir asrdan aynan sizga juda ta’sir qilgan qismini joylashtirishingiz mumkin.
Bu bilan biz o’sha asradan parcha o’qimiz, va kelajakda qiziqib butun asarni ham o’qishimiz hech gap emas……..

Hatto manga o’hshagan kitob o’qishni yoqtirmaydiganlar ham :D


Birinchi bo’lib o’zim boshlayman

"… Adabiyot o’qituvchisi jurnalni stol ustiga qo’ydi-da, dumaloq ko’zoynagini burni uchiga qo’ndirib, sinfga razm soldi.
- Demak, gap bunday: o’ttizinchi yillar adabiyotini o’rganishni kechiktiramiz. RayONOdan topshiriq bo’ldi, bugun siz bizga “Baxtli bolalik” degan mavzuda erkin insho yozib berasiz.
- Hamma yozadimi?
- Bu nima deganlari bo’ldi, Zoirali bo’tam, sizga alohida taklif lozimmi, yo?
- Inshoni erkin deyabsiz-ku?
- Nomi shunaqa, bo’tam. Qani, qog’oz olib, ish boshlanglar. Vaqt ketmasin.
- Samad aka biz bolalikdan o’ttik-ku, nimasini yozamiz?
Hali o’tib bo’lganingizcha yoq, Zoirali bo’tam, endi o’tayabsiz. Qilayotgan ishingizga o’zingiz to’g’ri baho bera olgan oningizdan boshlab bolaligingiz bilan vidolashasiz. Ha, ha aynan vidolashasiz. Bolalik qaytmas bo’lib ketadi. Bolalik sizning hotirangizga ko’chadi. Vaqti kelib, bu hotira vijdon azobiga soladi, vaqti kelib nimalarnidir qo’msashga majbur qiladi. Xullas, sizni har ko’yga soladi. U bilan vidolashishga oshiqmang. Bolalik-hayotning asl pallasi, undan ko’proq bahramand bo’lishga intiling. Asaldan keyin turli achchiqliklarga duch kelasiz.
- Samad aka, shularni yozsak-chi? “Baxtli bolalik” emas, “Alvido bolalik” desak-chi?
- Bo’tam, ko’p aqilli bolasiz-ku, biroq ayrim vaqtlarda kaltafahmlik qilib qo’yasiz. Tushuning, “Baxtli bolalik” menga emas, RayONO ga kerak. Shu bois men bilan tortishmang. Ishni boshlang.
Bolalarni sizlab, yumshoq gapiruvchi bu odam ko’pincha o’z ishini o’zi qiyinlashtirardi. Bolalar uni bo’shang deb bilib, baravar tortishishdan tap tortishmasdi. Ba’zan butun dars tortishuv bilan o’tardi. Kitob o’qishni jonidan ham ortiq ko’radigan Zoir ko’pincha baxs boshlab qolardi.
Samad aka bugungi baxsga barham berish uchun deraza oldiga bordi-da, qo’lini orqasiga qilib, hovliga tikilib oldi.
Sinfda shivir-shivir, qog’ozlar shitiri boshlandi.
Asror daftar orasidan ikki varaq yirtib olib “Baxtli bolalik” deb yozdi-da, o’yga toldi:
“Zoir tog’ri aytdi. Insho keyin bo’lganidan keyin hammani majbur qilishning nima keragi bor? Hamma o’zini baxtli deb hisoblaydimi? Ana, Turob, akasining jasadini Afg’onistondan olib kelishdi. Onasi bunga chidolmay jinni bo’lib qoldi. Hozir jinnixonada. Etti bola otasining o’ziga qolgan. “Men baxtliman…” deb boshlaydimi inshosini. Manzura-chi? Otasi ketib qolgan. Onasi ikkovi turadi. U nima deb yozadi? Otaullaga ham qiyin. “Men baxtliman, chunki otamning puli ko’p”deya olmaydi. Aslida-ku, ular pulning ko’pligini baxt deb bilishadi. Lekin ochiq ayta olishmaydi. Pul dengiz bo’lib mavjlanadi ularning uyida. Biroq, o’zlari xohlagancha ishlata olishmaydi. Bu baxtmi yoki baxtsizlik? Harholda nima deb yozarkin, u boyvochcha? Bunaqa gaplarga Zoir usta qotirib tashlaydi. Umuman, baxtli bola u. Ota-onasi injener, uyda o’zi-yu singlisi. Gazetaga habar yozadi. Nima istasa shunga erishadi. Ergash-chi? Otasi aravakash. Dars tugashi bilan somonbozorga yuguradi. Shuni yozadimi? Agar Dilfuzalarga ham shu mavzu berilsa u nimani yozadi? Ikki oyog’I qirqib tashlangan otasining injiqliklari, onasiz qolishning naqadar baxtsizlik ekanini bayon qiladimi? Hosh, o’zim-chi? O’zim nimani yozay, kechagi voqeanimi yo otam bilan to’yma-to’y yurishimnimi? Otamning o’yinchi xotinga suykalishinimi? Ming la’nat!” Asror hayo’liga kelgan fikrdan titrab, o’zini tutolmay qoldi. Ruchkani stol ustiga taq etib urdi. O’ziga tikilgan nigohlarni tuyib, boshini egdi. U sinfda o’tira olmasligini sezib, shart o’rnidan turdi-da, chiqib ketdi…"

Tohir Malik
“ALVIDO…BOLALIK” (qissa)
Toshkent. “Yosh gvardiya nashriyoti” 1989 yil
« So'nggi tahrir: 25 Iyun 2009, 20:23:05 muallifi Foniy »

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #1 : 27 Iyun 2006, 05:30:13 »
* Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.

* Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi.

Tohir Malik
"Mehmon tuyg'ular" kitobidan

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #2 : 28 Iyun 2006, 06:36:28 »
Assalomu alaykum!
Man juda sevib o'qigan "Saodat asri qissalari" kitobida (Ahmad Lutfiy) payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. va sahobalar hayoti haqida juda ta'sirli hikoyalar berilgan.

Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollolohu alayhi vasallamning zamondoshlari, Islomning taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan buyuk sahobalardan biri Umar ibn Hattobdir. Musulmon olamida bu zotni tanimaganlar yo‘q. Zero, payg‘ambarimiz SAVning “Allohim, bu dinga Umar ibn Hattob bilan yoxud Amr ibn Xishom bilan quvvat ber”, deb qilgan duolari ijobat bo‘lgan edi. Ha, Umar ibn Hattob orqali Islom ancha quvvatlangan edi. To qiyomatga qadar Islom ummati o‘z xutbalarida Umarni yod etajak, uning xizmatlarini unutmagay, uni o‘z akasiday, inisiday sevgay. Ha, bu zotlar qanchalik yaxshi ko‘rishga arzirli!

Islom o‘ta johil, beshafqat, hatto, “Otajon, meni o‘ldirsangiz, soqolingizni kim taraydi? Yuzlaringizni kim tozalaydi?”, deya aytib, nozik ko‘zlari bilan iltijo nazari ila boqqan qizini ham tiriklayin yerga ko‘mgan vahshiy Umarni yumshoq, muloyim qilib qo‘ygandi. Hatto shayton ham uning yoniga kelishga qo‘rqadigan Umar (r.a.) juda ko‘p yig‘lardilar. Hatto yuzlarida yoshning tarnovi hosil bo‘lgandi. Xalifa bo‘lganlarida ham kamtarona hayot kechirdilar. Butun olamlarga ibrat namunasi o‘laroq Islom iarixida o‘chmas o‘rin qoldirdilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #3 : 28 Iyun 2006, 06:36:52 »
Bir kuni Umar qavatiga olti yoshlar chamasidagi qizini olib, Makkadan tashqariga yo‘l oldi.
Xilvat bir joyga keldilar. Umar yelkasidan belkuragini oldi va chuqur qaziy boshladi.
— Nima qilyapsiz, otajon? Nega qaziyapsiz bu chuqurni?! — dedi qizi atrofida girdikapalak bo‘lib.
— Bu yerga seni ko‘maman, — deb javob qildi Umar. Qizchaning rangi oqarib ketdi. Otasini yaxshi odam deb o‘ylardi. Ayni choqda, otasining biron gapni zoe gapirmaydigan odam ekanligini ham juda yaxshi bilardi.
Ko‘zyoshlariga to‘lgan nigohlari otaga qadaldi:
— Otajon, meni o‘ldirmang!..
— Sen xiqillamay tur!
Bu so‘zlardan keyin ham yolvorish bexuda edi. Yagona chora qochish edi. Jon shirin, qizcha o‘lishni istamasdi.
Peshonasidai oqayotgan terlarni arta-arta chuqur qaziyotgan Umar, birdan: «To‘xta, qochma!» deb baqirdi va qizining orqasidan chopa ketdi.
Jonholatda qochayotgan qiz bechoraning ortidan yetib kelgan ota dag‘al qo‘llari bilan sochlaridan tutib, qat’iy siltab to‘xtatdi. Shundan keyin sudrab-sudrab, chuqurning yoniga olib keldi.
Qazish davom etar, go‘dakning ko‘zyoshlari ham beto‘xtov yerga yumalanar edi.
Shu asnoda Umar qo‘lidagi belkurakni yerga qattiq urdi va natijada bir siqim tuproq sochilib, Umarning yuz-ko‘zi changga belandi. Yerga o‘tirib qoldi va ko‘zlarini ishqalay boshladi.
Otasini bu holatda ko‘rgan qizcha sakrab o‘rnidan turdi:
— Otajon, meni o‘ldirsangiz, soqolingizni kim taraydi? Yuzlaringizni kim tozalaydi?! — deya barmoqlari bilan Umarniig soqollarini taray boshladi.
Umar uni ilkis itarib yubordi. Sapchib o‘rnidan turib, yana qaziy boshladi.
Bir oz o‘tgach, Umar to‘xtab qoldi. Boshini egdi, bir muddat o‘yga toldi. Yig‘layotgan qizchasiga ko‘zi tushdi. Olti yilga yaqin silab-siypalab, erkalab kelgan jigari edi u. Bunday yaqin kishisining joniga qasd qilish oson emasdi...
Orada ko‘ngliga bu ishdan voz kechish fikri ham keldi. Qizchasining qo‘lidan tutib, Makkaga qaytishni ham o‘yladi. Shunday qilganida, qanchalar sevinardi bu ma’suma go‘dak... yana hayotga qaytgandek bo‘lardi. Kim biladi, hozir uyda qanday alamli damlar kechayotgan ekan, qanchalar ohlar chekilayotgan, ko‘z yoshlar to‘kilayotgan ekan?!
Ammo bu ishning boshqa jihati ham bor edi. Umar qizini olib ketdi, qo‘llari titrab orqaga qaytarib olib keldi, deb ustidan birodarlari kulishmaydimi? Umr bo‘yi qizi oldidagi vijdon azobiga qanday chiday oladi?
Bir necha soniya vaqt shunday fikrlar og‘ushida o‘tdi. Soatlar, hatto kunlarga tatirli bir-biriga zid fikrlar yashin tezligida miyasidan o‘tdi. Shundan so‘ng yana belkurakka yopishib, chuqur qaziy boshladi.
Yetarli darajada qaziganiga ishonch hosil qilganida, yerda faryod urib yotgan qizcha ham daxshatli fojia soati yetib kelganini sezdi, yalinchoq nigohlarini otasiga qadadi.
Ammo otaning ko‘zlaridan olov sachrardi. Qiz yana tez o‘rnidan sakrab turdi va takror qocha boshladi.
Umar yana qizining ortidan yugurdi, yetib olib qattiq ushladi. Endi qutulish chorasi qolmagan edi. Qizcha hadeb «Otajon, otajon!» deya chinqirar, siltanar edi.
Bir latta kabi uloqtirilgan ma’sum vujud chuqurning chetlariga tegib pastga yumalab ketdi. Umarning baquvvat qo‘llari tuproq uyumini chuqurga tashlar ekan, oyoklari so‘nggi kuchini yig‘ib chuqurdan chiqib ketishga urinayotgan go‘dakni bosib turardi. Boshiga shuvillab tuproq to‘kilib, ko‘zlari ham tuproqqa to‘lgan qizcha bir-ikki chiranishdan so‘ng harakatlari bo‘shashdi, ketma-ket ustiga tushayotgan tuproq uni tobora bosib, nafasini siqa boshladi.
Oyoqlari ostidagi vujudning nihoyat chiranishdan to‘xtaganini anglagan Umar yengil nafas oldi. Peshonasidagi terlarni artib tashladi va qolgan-quttan tuproqni ham chuqur ustiga tashlab, ishini tugatdi.
O‘sha kecha uyda hech kimning ovozi chiqmadi. Umar har doimgidan ham asabiy edi. Uning bu qo‘rqinchli holati uyda biron kimsaning churq etib og‘iz ochishiga yo‘l qo‘ymadi. Faqat, qo‘llar ora-sira ko‘zlardan yumalangan yoshlarni artardi...

"Saodat asri qissalari"
Ahmad Lutfiy
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #4 : 04 Iyul 2006, 04:00:09 »
farzonochka:

Ikrom ota og`lini kordi... ko`rdiyu, turgan joyida qotib qoldi. Uni quvlashga tushgandi Tursunboy qochishga harakat qildi! Shunda Ikrom ota qo`lidagi miltiq bilan unga qarata o`q uzdi.... va o`ladi"xayriyat tegmadi" Tursunboyning boshqa qochishga madori qolmagandi, ochlik, alam, oriyat uni batamom so`ndirib bo`lgandi! U cho`kka o`tirdiyu, so`ng holsizlanib yotib qoldi. Va jimgina hon berdi..... Ikrom ota esa o`z og`liga alamzada va unsiz faryod ila og`liga bir qo`lda hassa bilan go`r kavlashga tushdi( Urushda 1 qo`lini sindirib kelgan)..... Uni qabrga zor-zor yig`lab ko`mdi... Shu noshud og`ilni deb onaizor ham 1 necha kun oldin olamdan o`tgandi... Hijron kunlarida esa yolg`iz Ikrom ota qolgandi...


Said Ahmad "Ufq"-"Hijron kiunlarida" nomli qismida

Mashhura

  • Mehmon
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #5 : 20 Iyul 2006, 18:31:30 »
    Машхура

           «Камокхона - бу – кучли ва ожизнинг ит-мушук буладиган жойи экан. У ерда инсоният яратган маданиятдан асар хам йук эди. Инсон унинг эшигини очиб кирар экан, тугилгандан шу ёшгача узига юктира олган неки эзгулик бор хаммасини ечиб ташлаб, ичкарига ялангоч бадан, кайнок кон окиб турувчи вужуд билан кирар эди».
       «Исён ва итоат» Роман. Т-2003. 10 б

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #6 : 07 Yanvar 2007, 02:16:27 »
«O’zingdan baland amaldor nima desa — ana shuni bajar. So‘zsiz bajar. Ahmoqona bo‘lsa-da, bajar. Ablahona bo‘lsa-da, bajar. Ko‘r-ko‘rona bajar. Ana shunda — o‘sasan!
O’zingdan baland amaldordan... qo‘rqib yasha. O’zingdan katta amaldor.. yetti pushtingni haqorat etib so‘ksa, sen... kechirim so‘ra!
«Hammamiz uchun hurmatli va aziz» qo‘shimchasi bilan ataluvchi amaldorni... Munkar-nakir deb bil! «Muhtaram zot», «ulug‘ zot» «vich-vich» qo‘shimchalari bilan ataluvchi amaldordan qo‘rq. Qo‘rqmasang-da, o‘zingni qo‘rqqanga ol. Boisi, amaldor zoti... hayiqib turuvchi odamni yoqtiradi. Amaldor zoti qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turuvchi odamni yaxshi ko‘radi.
Bir qudratli amaldor... otalig‘ida bo‘l. Ana shu amaldorga qo‘l ber. Ana shu amaldorni pirim — shefim, deb bil. Ana shunda — ko‘tarilasan!»

Tog‘ay Murodning "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi" romanidan.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #7 : 14 Mart 2007, 11:27:31 »
     - Yodingda bo’lsa, senga dadam haqida, bobong to’g’rilarida gapirib bergan edim. U paytda yosh eding, balki uncha e’tibor bermagandirsan. Dadam ziyoli odam edilar. Texnikumda o’qituvchilik qilardilar. Hali esimdan chiqmaydi. O’shanda 38-yilning aynan hozirgiga o’xshagan kuz fasli edi. Ertalab hammamiz nonushta qilib bo’lganimizdan keyin dadam ishga, akam bilan men maktabga bormoqchi bo’lib turgandik. Birdan eshik taqillab qoldi. Men borib ochdim. Qarasam, charm kamzul kiygan ikkita begona odam. Dadamni so’rashdi. Shunda yuragim noxush bir narsani sezgandek bo’ldi. Ular hovliga kirishdi. “Xavotir olmanglar, tezda qaytib kelaman”, dedilar dadam onamning sarosimaga tushib qolganliklarini ko’rib. Lekin o’zlarining ham ranglari oqarib, hammamizga bir-bir qarab qo’ydilar-da, haligilar bilan chiqib ketdilar. Otamizni oxirgi marta ko’rganimiz shu bo’ldi. Amakim, tog’alarim ko’p yugurishdi. Lekin foydasi bo’lmadi. Oradan ikki oy o’tgandan keyin dadamni xalq dushmani sifatida qamashganini eshitdik.
      O’shandan keyin halovatimiz yo’qoldi. Maktabda hatto yaqin o’rtoqlarim ham o’zlarini bizdan chetga oladigan bo’lib qolishdi. Akam o’qishni a’loga bitirgani bilan hech qaysi institutga hujjatlarini qabul qilishmadi. Urush boshlanganda men 18 yoshda, akam yigirmaga to’lgan edi. Ikkalamiz ham ko’ngillilardan bo’lib frontga ketdik. Qirq to’rtinchi yilda men og’ir yarador bo’lib uyga qaytdim. Oradan uch oy o’tgach esa kamdan qora xat keld.
      Xotiralar daftarini bir-bir varaqlayotgan Sobirjon aka so’zlashdan to’xtab bir muddat xayolga cho’mib turdi-da:
      - O’g’lim, - dedi og’ir tin olib. urushdan keyin tortgan qiyinchiliklarimni ham bir-bir aytaversam, hali-beri gapim tugamaydi. Aytmoqchimanki, o’sha og’ir kunlarda irodasizlik qilib ichkilikka ruju qo’yganimda oqibati nima bo’lardi? Xudoga shukr, men hammasini sabr-bardosh bilan yengdim. Xullas, gapim shuki, o’zingni tut. Hayotga endi qadam qoyyapsan. Haqiqiy o’g’lim bo’lsang, “Bundan buyon ichkilikni umuman og’zimga olmayman”, deb menga so’z ber.
      - Meni kechiring, dada, - Tolibjon boshini ko’tardi. – Bu hol endi hech qachon takrorlanmaydi.
      - Ishonaman, o’g’lim. Bilaman, sen bir so’zli yigitsan, - Sobirjon aka shunday degach, o’rnidan qo’zg’aldi. – Tur endi, nonushta qilaylik.

“Yigit yig’lamasin dunyoda” yoki “Qasos” Nosir Zohid. 2004 (51-52 betlar)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #8 : 14 Mart 2007, 11:32:22 »

     Omadi chopganidan xursand bo’lgan Tolibjon o’rindiqdan joy oldi. Odatda notanish odam bilan hamroh bo’linganda avvaliga gap-gapga qovushishi qiyinroq bo’ladi. Og’ziga talqon solgandek lom-lim demay ketish yana noqulay. Baxtiga yoshi taxminan qirqlar atrofida bo’lgan istarali haydovchi – hamrohi dilkashgina ekan. Bir-birlariga ismlarini xizmat vazifalarini aytib tanishgach, suhbatlari tezda qovushib ketdi. Qapchug’aydan o’tib Rishtonga yaqinlashganlarida, chorrahadagi svetoforning zangor yonishini kutib bir daqiqa to’xtashdi. Shunda asfal’t yo’lning narigi yuzida gandiraklab zo’rg’a ketayotgan kishiga ko’zlari tushdi. Hamrohi mast odamga bir qarab qo’ygach, taassuf bilan bosh chayqab yana yo’lda davom etdi.
      - Qarang, haligi odam uyiga shu holatda kirib borsa xotini, farzandlari qanday kutib olarkin?, - dedi Tolibjon uzilib qolgan suhbatni davom ettirish maqsadida. Hamrohi indamadi. Bir ozdan keyin unga bir qarab qo’ydi-da:
      - Uka bundan uch yil oldin men ham haligi odamdan ham battar ahvolda edim, - dedi xijolatli ohangda.
      Tolibjon chehrasidan nur yog’ilib turgan mana shu yigit nahotki yaqingacha ichib tentirab yurgan bo’lsa deb ajablandi. Yoki og’irroq dardga chalingandan keyin noiloj ichkilikni tashlaganmikin? Yo’g’-e, dard tortgan odamga sirayam o’xshamaydi. Vujudidan kuch-quvvat yog’ilib turibdi.
      - Hayron bo’layapsiz-a? – dedi hamrohi uning fikrini uqqandek. So’ngra bir kulib qo’ygach, so’zida davom etdi, - to’g’ri gapiryapman yashirib nima qilaman. Bitta gap aytsam ishonasizmi?
      Tolib jon nima deyishini bilmay taraddudlanib qoldi.
      - Ichkilikni bas qilishimga o’n ikki yashar o’g’lim sabab bo’lgan, - dedi hamrohini yanada ajablantirib, - ota-onamning, qarindosh-urug’larning nasihatlarini quloqqa olmaganman. Lekin, o’g’lim sabab bo’lib, aroqni bir umrga tashladim.
     Haydovchi yigit shunday deya bir muddat indamay yo’lda davom etgach, nihoyat sardaftarini ochdi.
     - Yolg’iz o’gilman, - deya gap boshladi mashinani biroz sekinlatgach. – Mendan katta ikkita opam bor. Xudoga shukr ota-onam hayot. 80- yillar edi. Institutni bitirib savdo bazasiga ishga tushdim. Topishim yomon emas edi. Uylandim, ketma-ket ikkita o’g’il ko’rdim. Ota-onam meni yeru-ko’kka ishonmasdi. Pulim ko’paygandan keyin ulfatchilik ham avjiga chiqa boshladi. Kunda, kun ora oshxo’rlik. Buni ustiga haftada gap yeymiz. Biror o’tirish ichkiliksiz o’tmasdi. Bora bora uyga hafta o’tmay kayf bilan keladigan bo’lib qoldim. To’g’ri, biror marta ham mast bo’lib ko’chada yotib qolmaganman, lekin aroqqa o’rganib qoldim. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, qattiq mast bo’lib qolgan kunlarim otamni, onamni, xotinimni so’karkanman. Ertasi kuni xotinim “Kecha dadamni xaqorat qildingiz, xudoga nola qilib yig’ladilar, ayamni turtib yuborganingizda ostonaga o’tirib qoldilar, hayriyat biror joylari lat yemadi” desa ishonmasdim. Chunki mastlikda, meni kim olib kelganini, kimga nima deganimni eslolmasdim. Mana shunday ko’ngilsiz voqealardan keyin ota-onamdan kechirim so’rab, minba’d og’zimga olmaslikka ahd qilardim. Lekin irodam uzog’i bilan bir hafta o’n kunga yetardi. Keyin yana o’sha ahvol… Ichkilikning kasofati oqibatida ishxonadagi hurmat-e’tiborim yo’qola boshladi. Obro’sini bilgan do’stlarimdan ba’zilari mendan o’zlarini olib qochadigan bo’lib qolishdi.
Yo’ldan ko’zini uzmay sarguzashtlarini hikoya qilib borayotgan hamrohim bir oz sukut saqlab turgach yana so’zida davom etdi.
      - … 20-mart edi. Ishdan vaqtliroq qaytdim. Sababi, tug’ilgan kunim edi. Aytsam aytmasam ulfatlarim baribir kelishardi. Dasturxon tuzab aroq, kon’yaklarni chiroyli qilib terib qo’ydim. Shu payt ichkari uydan chiqqan o’g’lim mehmonxonaga kirib bir chetdagi stulga o’tirdi.
      - Dada, - dedi bir ozdan keyin stoldagi ichimliklarga ko’z yugurtirib, - O’rtoqlaringiz kelib ichishadi, a?
      - Ha, endi, ozgina-ozgina olishadi-da, - dedim jerkib berishdan o’zimni tiyib. O’g’lim “Siz ham ichasiz-a?”- deb yana savol berdi.
      - O’zing bilasan bugun tug’ilgan kunim. Bizam mehmonlar bilan qittak-qittak qilamizda, - dedim. Shunda u “Katta bo’lsam men ham ichaman, a?” deb qoldi. Jonim chiqib ketdi. “Nima deb valdirayapsan, jinni bo’ldingmi”, - dedim. O’g’lim beg’ubor ko’zlari bilan menga tikildi. Shunda kipriklariga ilinib turgan ko’z yoshlarini kp’rib g’alati bo’lib ketdim. “Ichib kelib men ham sizni yig’latamanmi?” – dedi ko’zlaridan duv ko’z yosh o’qib, - kecha mast bo’lib hammamizni so’kkaningizda opoqim, buvim yig’ladilar…”

“Yigit yig’lamasin dunyoda” yoki “Qasos” Nosir Zohid. 2004 (53-55 betlar)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #9 : 14 Mart 2007, 11:37:45 »

      Lobar apil-tapil kiyinarkan ukasining “og’irlashib qoldilar” degan gapini eslab joni halqumiga kelgandek bo’ldi. “Bir oydan beri kasalxonada yotgan ekan, nima uchun unga xabar berishmadi. Ukasini oxirgi marta qachon ko’rganini eslolmaydi. Lekin onasi ikki oy kelishganda dadasi haqida hech nima deyishmagan-ku.” Biroq sho’rpeshona ayol shu lahza bir narsadan – otasi kasalxonada og’ir ahvolda yotganda “bu yerdaligimni Lobarga aytmanglar, kelmasin ko’rishni xohlamayman”, - deganidan xabari yo’q.
      …Mashuna hovlilariga yetmasdan yigirma metrcha berida to’xtadi. Shunda kimdir ko’cha eshik tagiga suv sepayotganligini ko’rib Lobarning qo’l-oyoqlari bo’shashdi. “Nahotki!” U tez-tez yurib ichkariga kirishi bilan ro’paradagi so’rida o’tirgan onasi bilan opasiga ko’zi tushdi.
      - Dadam qaysi uydalar?
      - Mexmonxonada. Onasi uni bag’riga bosarkan ko’zlarida duv yosh to’kildi.
      Lobar ohista uyga kirdi-yu xona to’ridagi divan-krovatda yotgan dadasiga ko’zi tushdi. U sekin otasini boshiga keldi. “Uxlayaptilar, shekilli. Odam ham shunaqngi ozib ketadimi? Bir burda bo’lib qolibdilar.” U yig’lab yubormaslik uchun kaftlari bilan og’zini berkitdi. Shunda quyilib kelayotgan ko’z yoshlaridan ikki tomchisi dadasi bosh qo’ygan yostiqqa tomdi. “Mana, uni dunyoga keltirgan, yelkasida opichlab katta qilgan dadajonisi. Qizaloqligida ona qizim, biyron qizim deb uni doimo erkalatgan suyangan tog’I hozir bir og’iz so’z aytolmay joni ajobda. Nima desin? Dadajon, ko’zingizni oching, baxti qaro, yuzingizni yerga qaratgan qizingiz keldi, desinmi? Yo qo’llarini o’pib, oyoqlariga bosh urib rozi-rizolik tilasinmi? Yo’q, aytolmaydi”.
      - Dada, dadajonim. U hiqillab otasining peshonasini, yuzlarini siladi. Qodirali aka sekin ko’zlarini ochib qiziga qattiq tikildi. Shunda Lobar dadasinig so’nib borayotgan nigohida mehr, rizolik alomatlarini emas, iztirob, qahr ifodasini ko’rib, “dod” devoray dedi. “Nega kelding, ko’rishni xohlamayman, degan edim-ku”, - derdi uning ko’zlari. “Diydor qiyomatga qolyapti. Lekin parvardigor oxiratda ham seni yuzingni menga ko’rsatmasin”.
      - Jonim dadam, meni kechiring, - dedi Lobar rozi-rizolik tilashga tili bormay.
      Qodirali aka bir muddat tikilib turdi-da sekin ko’zlarini yumib qizidan yuzini o’girdi. Bu holatga chidayolmay Lobar o’kirib tashqariga otildi. Uning ahvolini ko’rgan onasi, ukasi, yaqin qarindoshlari shoshilib mehmonhonaga kirishdi. Oradan o’n daqiqa o’tgach opasining alamli faryodi hovlini zir titratdi. “Oxiriyam tashlab ketdingiz-ku, suyangan tog’im, dadajonim…’

“Yigit yig’lamasin dunyoda” yoki “Qasos” Nosir Zohid. 2004 (248-249 betlar)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #10 : 14 Mart 2007, 11:40:35 »

      U katta-kichik qabrlarni ohista oralab o’ziga yaqin, qadrdon bo’lib qolgan sag’ana oldiga cho’kdi. Dadasining joyi jannatda bo’lishini Ollohdan tilab yuziga fotiha tortarkan ko’zlaridan duv yosh to’kildi.
      “Dadajonim, yuragim qon, zardobga to’lib yana yoningizga kelib turibman. Siz azob-uqubatlar bilan hayotdan ko’z yumgan kuningiz men ham o’lib ketsam bo’lmasmidi, jon dadajon! Ruhlar doimo uyg’oq, har joyda hoziru nozir, deyishadi. Men bunga ishonaman. Siz hamma gaplarimni eshitib turibsiz. Ayting, nima qilay?! Onamga “bu sharmandali yo’ldan qayting. Bir burda qotgan non bo’lsa ham halolu pok yo’l bilan topib yeylik” deb qaysi til, qaysi yuz bilan aytaman. Keyingi paytlarda ko’cha-kuyda yursam hamma meni qo’li bilan imlab ko’rsatayotgandek, ustimdan kulayotgandek tuyulyapti. Bunaqada adoyi tamom bo’lib, bir kuni aqldan ozib qolaman, dadajonim. O’zingiz yo’l ko’rsating, nima qilay?!
      Azamat to’lib-to’lib yig’lardi. Yuragidagi hadsiz dard-alam ko’z yoshlarga aylanib yonoqlarini yuvar, uyga qaytishni xayoliga ham keltirmas, otasi mangu maskan topgan shu tuproqqa bag’rini berib yotgisi kelar.
      “Ketishing kerak”. U bir seskanib atrofga alangladi. Kimdur qulog’i ostiga kelib shunday dedimi yoki bu ichki da’vat qalbidan otilib chiqdimi? “Qayoqqa ketaman?” Shu lahza kollejda bo’lib o’tgan uchrashuvdagi yigitning muloyim, lekin qat’iyatli chehrasi ko’z o’ngiga keldi. “Bolaligimda otamni ko’z oldimda pichoqlab o’ldirib ketishgan…”. “Ha”. Uning fikri birdan tiniqlashib xayolini bir joyga to’pladi. “To’g’ri, bu shahardan ketishim kerak. Lekin darbadar bo’lish uchunmas, o’qishga kirish uchun ketaman. Odamlar baland dor deb atashgan o’sha joyda o’qiman. Tavba, nimaga shu paytgacha bu fikr xayolimga kelmaganikin? Yo aqlim endi kiryaptimi?”
      Azamat sekin qaddini rostladi. U ko’z yoshlarini kaftlari bilan artib xuddi dadasi bilan yuzma-yuz turgandek shivirladi.
      “Qoshingizda qasam ichib aytamanki, poytaxtga borib o’qiyman. Avvalo parvardigor, undan keyin sizning ruhi pokingiz madadi bilan albatta ”

“Yigit yig’lamasin dunyoda” yoki “Qasos” Nosir Zohid. 2004 (240-241 betlar)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #11 : 14 Mart 2007, 11:44:18 »
      Azamatni yo’lak og’zida yig’idan ko’zlari qizargan Sadoqat kutib oldi.
      - Toshkentdan to’g’ri uyga kelmay qayerlarda yuribsiz? Aytgan edim-ku…
      - Tinchlikmi, aya tuzukmilar? Bu yerda nima qilib turibsiz? Yonlarida kim bor?
      - Fazilat xolam boshlarida o’tiribdilar, - dedi Sadoqat birgalikda yuqoriga ko’tarilarkan. – Bugun ertalabdan judayam betoqat bo’layaptilar. Hozir do’xtir kelib yana og’riqni to’xtatadigan ukol qilib ketdi. Marg’ilonga – yamaga ham telefon qildim.
      Azamat xonaga kirdi.
      - Keldingmi, bolam… Xudoyimga shukr, ko’rolmay qolamanmi deb…
      - Unaqa demang ayajon. Yaxshi bo’lib ketasiz. Azamat onasining qo’llarini ushladi. “Bir haftada yanayam ozib, cho’p bo’lib qolibdilar. O’shanda majburlab bo’lsayam kasalxonaga yotqizsam durustmidi? Vrachning aytgani to’g’ri chiqyapti… Judayam qiynalib ketdilar”.
      - Bir hafta bo’ldi, opoqingni, dadamni tush ko’rdim, - dedi Lobar tetik, hotirjam ohangda. – Katta mevazor bog’mish. Bog’ning panjarali darvozasining oldiga borsam, birdan dadam paydo bo’ldilar, “Ke qizim, qiynalib ketding”, dedilar menga qarab. – Chehralari ochiq, kulib turibdilar.
Shunday degach Lobarning ko’zlaridan duv yosh to’kildi. So’ngra o’z-o’ziga gapirayotganday shivirlardi. “Dadam meni kechirdilar…”
      Onasiga unsiz termilib mana shu so’nggi lahzalarda volidasining ko’nglidan nimalar kechayotganini sezgan Azamatning ham yuragi ezilib ketdi. “Nima desin? Ayajonim, hali sog’ayib ketasiz, unaqangi gaplarni gapirmang”, deb taskin, tasalli bersinmi? Yo’q, onasi taqdirga tan berib, qazoga rozi bo’lib turibdi.
      - Ayajon, bilmay sizga qattiq gapirgan bo’lsam kechiring, - dedi ko’zlaridan oqayotgan yoshlarni kafti bilan artarkan, bug’iq tovushda.
      - Sadoqatxon, qizim…
      - Ayajon… Sadoqat yaqinroq o’tirib Lobarning peshonasiga qo’lini qo’ydi.
      - Ilohim qo’sha qaringlar. Men… hammalaringdan roziman… U shunday degach ko’zlarini katta ochib alangladi: - Xolang qanila?
      - Shu yerdaman. Lobarning bosh tomonida o’tirib unsiz yig’layotgan Fazilatxon o’rnidan turib yaqinroq keldi.
      - Qo’lingizni bering, opajonim. Lobar og’ir-og’ir nafas olib Azamatga, Sadoqatga qaradi. – Xolangni xuddi meni hurmat qilgandek hurmat qilinglar, duolarini olinglar. Xolang – avliyo ayol!..
U bir muddat nafasini rostlab sukut saqlab turgach keliniga muloyim tikildi. – Qizim, siz Xurshidjonga qarang, men tuzukman.
      - O’g’lim, - dedi u Sadoqat chiqib ketgach Azamatga termilib. – Oxirgi gapimni eshit… Meni bu yerda qoldirmanglar… Qo’qonga olib boringlar… Lekin… dadangni oldiga qo’ymanglar. Agar opoqingni qabrlari yonida joy bo’lsa mayli, o’sha yerga…
      Onasining cheksiz iztirob, pushaymonlik o’tida qovurilayotganligini his etgan Azamatning vujudi zirqirab ketdi.
      Shu payt xuddi havo yetishmayotgandek Lobar og’zini ochib chuqur-chuqur nafas oldi-da oxirgi kuchini to’plab kalmia qaytardi: La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh. Ashhaduanla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh…

“Yigit yig’lamasin dunyoda” yoki “Qasos” Nosir Zohid. 2004 (302-303 betlar)

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #12 : 20 Mart 2007, 10:51:22 »
Birodarlar, bizning Surxonda mana bunday gap bor: ot olsang, Oboqlidan ol, ayol olsang, Irg‘alidan ol!
Buning mag‘zi shuki, ot deganlari dev! Ot bepoyonlikni deydi. Ot masofa nimaligini bilmaydi. Ot qahraton qishda-da dasht-biyobonlarda chopib o‘sadi. Ana shunda dirkillagan ot bo‘ladi! Qo‘l­tiqlari cho‘ziladi, ko‘kraklari enlik bo‘ladi! Uchqur keladi! Bedov ot bo‘ladi!
Oboqli ana shunday dasht!
Irg‘ali deganida qiz bor! Irg‘alining qizlari zuvalasi pishiq keladi. Kiymagani yettinchi kalish kiyadi! Barining beli baquvvat, bo‘limli bo‘ladi. Irg‘alining qizlarini quchoqlasa, qo‘yin to‘ladi! Irg‘alining qizlari ko‘rgan farzand-da alpomish-kelbat bo‘ladi. Boisi, Alpomish ayni shu Irg‘alida o‘tgan-da!
Ana, bildingizmi, elning gapi qayoqqa bora­yapti?
Men ikki kun ot sayladim. Oboqli dashti gala-gala ot! Dasht changitib chopib yuribdi! Bir yashar qulunlar, uch yashar toylar, to‘rt yashar g‘o‘nonlar, besh yashar do‘nonlar! Sag‘risiga uy tiksa bo‘ladigan baytallar! Haybatli ayg‘irlar!..
Birovini ushlab, old tuyoqlarini juftladim. Tuyoqlari orasidan musht urdim. Mushtim o‘t­madi. Bordi-yu o‘tsa, yaxshi ot bo‘ladi. Qo‘yib yubordim. Yana birovini ko‘rdim. Durustgina-yu, faqat qorni yo‘q. Bor bo‘lsa-da, juda tor. Buniyam qo‘yib yubordim, bo‘lmaydi!
Birodarlar, ot olsang, ho‘kiz qorindan ol, ho‘kiz olsang, ot qorindan ol!

"Ot kishnagan oqshom"dan, Tog'ay Murod
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #13 : 20 Mart 2007, 21:52:48 »
Bu dunyoda esa... yashasa bo‘ladi! Bu dunyo — yashash uchundir! Sen yashaguvchi dunyoga kelding. Sen hayot zavqini totuvchi dunyoga keling. Sen umr gashtini suruvchi dunyoga kelding.
Bu dunyoga keddingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Alp-alp odim otib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi? Endi chida! Dunyo — chidaganniki! Oxirigacha chida, xudo bergan kungacha chida!»

Tog‘ay Murodning "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi" romanidan.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Sevib o'qigab asaringizning eng ta'sirli qismi
« Javob #14 : 02 May 2007, 17:46:14 »
U shunchalik qatdiq ishlardiki o'zining qishloqdoshlari uchun hatto jonini ham berishga tayyor edi. Charchab holdan toyib yiqilib qolsa ham ishlardi. Chunki u o'zining qishloqdoshlari uchun jonini ham berishga tayyor edi.
Kunlarning birida shunday ishlayotgan paytda uning ustiga shunaqangi katta tosh tushib ketduki u o'zidan ketib qoldi. Hamma uning oldiga yugirib keldi. Uning esa oyoqlari singan va juda holdan toygan edi. Bu ham ollohning bir irodasi bo'lsa kerak.



                         "Farg'ona tong otguncha" dan bir lavha.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Yoshlikda biz sevib tomosha qilgan multfilmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 165
Ko'rilgan: 99479
So'nggi javob 05 Mart 2013, 09:09:06
muallifi Muxsiya
Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar

Muallif maknunaBo'lim Kino olami

Javoblar: 55
Ko'rilgan: 36589
So'nggi javob 08 Avgust 2010, 15:03:34
muallifi AL_laziz87