Muallif Mavzu: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan  ( 37057 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
« Javob #105 : 21 Noyabr 2007, 18:48:15 »
Bu o't
Qayda dard eli bo'lsa mubtalo Uvaysiyman...

Kim bilar bu hayotda qay taqdir a’lo bo'lg'ay,
Shoirga o'z yuragi bir umr balo bo'lg'ay,
Qayda dard eli bo'lsa shoir mubtalo bo'lg'ay,
Menam bilmam, dunyoga g'ammi, nurman, momojon,
Mubtalolik dardiga merosxo'rman, momojon.

Garchand zikr etganlari bulbul bo'lgan, gul bo'lgan,
Garchand har ash’orig'a minglab yurak qul bo'lgan,
Bedilni bilardingiz, dili yonib kul bo'lgan,
Nechuk sizam shu o'tga ko'p shoshdingiz, momojon,
Ko'ra-bila o't bilan o'ynashdingiz, momojon.

Hazrati Navoiy-ku nazm bobida shoh o'tdi,
Mangu takror o'lmag'ay endi bu yangroq, o'tdi.
Ammo ko'ngil uyida yoqmasdan chiroq o'tdi;
Ammo bu sohir ko'ngil dog' o'tdi-ku, momojon,
Yorab, shoh yigit umri toq o'tdi-ku, momojon.

Nodirai Davron-ku surardilar davronni,
She’r ila kuylatardi xalqi-yu, Umarxonni.
Nechun kun kelib u ham jallodga berdi jonni,
Hatto Mohlaroyimday oyim bebaxt, momojon,
Ayting, kimga baxt bergan bu she’riy taxt, momojon.

Yo'q-yo'q, garchand to abad dilga og'riq hamrohdir,
She’r o'zi eng buyuk baxt, bunga tarix guvohdir.
She’r nurin payqamagan qay qalb bor-ki, gumrohdir,
Baxt yo bir e’tiqodda mahkamlikmi, momojon,
Bir dardimand yurakka malhamlikmi, momojon.

Pushkin she’rda ozodlik ka’balarin tikladi,
So'ng on o'adar xor-zorni suyadi, qo'ltiqladi.
Sobit turib beshafqat o'z o't ko'ksin tig'ladi,
Avval-oxir shoirni o'tda ko'rdim, momojon,
Azal shoir dardini katta ko'rdim, momojon.

Bu o't menga ham sachrab har xush damni yondirdi,
Na har xush dam, har bitta hujayramni yondirdi.
Haq, she’r qoldi, qolgan bor ortiq-kamni yondirdi,
Qo'llang, menam shu o'tni jonda tuyay, momojon,
Qo'llang, to ro'zi mahshar unda kuyay, momojon.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
« Javob #106 : 16 Mart 2008, 17:10:18 »
Dorilamon kunlar keldi…

Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Quyosh boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor.
Olcha gulni ko’zlaringga surtasan behold.
“Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
So’lg’in-so’lg’in lablaringdan ucharkan shu so’z,
Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad.
Dorilamon kunlarga qayt, onam, yumib ko’z
O’ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat.
Bu tabiat suyumlidir ham ko’zlari ko’r,
Goh sharobdan, goh og’udan qilar bizni mast.
Belginangga tirak bo’lay, onajonim, tur.
Dorilamon quyoshga boq, unga qasdma-qasd.
Yuzing ardoqli quyoshday issiq va mahvash.
Ko’zlaringda umid yonar tikilgan oni.
Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi g’ash,
Qizg’ish, lola rang qonlaydir bu kun dunyoni.
Bu dunyoning qir-darasi mo’l,
Yerni yalang oyoq bossang yayraydi taning.
Yashamoq – bir tansiq taom, unga ursang qo’l,
Brogan sari ochiladir ishtahang saning.
Bog’lardagi yetilgusi har mevali shox,
Rizqdir bizga, rizqqa doim dil ilinjlikdir.
O’g’lonlaring kelar ana, ochishib quchoq,
O’g’lonlaring meva qadar bir shirinlikdir.
Onaginam!
O’zing tortma davralardan, el chorlaganda,
“Tiriklikning bayrami”, deb sozlaganda tor,
O’zing so’lg’in lablar bilan pichirlaganda:
“Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.




Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
« Javob #107 : 16 Mart 2008, 17:11:50 »
Shunchaki

Men shunchaki o’ylagim kelmas,
Xayol-sharob misol qilsin sarxush, mast.
Men shunchaki kuylagim kelmas,
Ovoz pardalarim chidab bersa bas.

Qo’lingga tusharkan jajji chaqaloq,
Shunchaki sevmoqda qanday lazzat bor.
Kerak chinqirtirib o’pib, tishlamoq,
Biz ham go’daklikda topganmiz ozor.

Shunchaki sevilmoq-baxti qoralik,
To’la tole uchun bu kemtik, bu kam.
Mening qalbim shunday sevgiga molik,
Bir charsillab yonay, so’ngra so’nsam ham.

Ohangga shunchaki solmasdan quloq,
Tarjima qilib yoz sim sadolarin.
Axir buloqmasmish tog’dagi buloq,
Ko’z yoshlarimish u ishq gadolarin.

Shunchaki kulmoq ham istehzodek gap,
Birdan qah-qah uray, cho’chib ketsinlar.
Boshlariga osmon tushganday qulab,
G’aflat bandalari yoqa tutsinlar.

Shunchaki yig’lash ham yarashmas bizga,
Uni eplar faqat yuragi toshlar.
Shunday yig’lay, hojat qolmasdan so’zga,
Qurg’oq ko’zlardan ham to’kilsin yoshlar.

Shunchaki yozmoqchi, ko’ngil to’lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo’lim.
Shunchaki yozganga chidab bo’lmaydi.
Shunchaki yozmoq bu – shoirga o’lim.


Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Halima Xudoyberdiyeva. Saylanma

Muallif ЖАМШИДЖОНBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 71767
So'nggi javob 05 Avgust 2009, 09:09:01
muallifi ЖАМШИДЖОН
Halima Ahmedova. Tungi marvaridgullar

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3129
So'nggi javob 05 Fevral 2011, 15:02:03
muallifi AbdulAziz
Halima Ahmedova. Umid soyasi

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4622
So'nggi javob 05 Fevral 2011, 17:17:39
muallifi AbdulAziz
Halima Qoraboyeva. Qaytmas daqiqalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1297
So'nggi javob 28 Noyabr 2012, 13:39:46
muallifi AbdulAziz