Muallif Mavzu: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan  ( 31131 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #90 : 13 Mart 2008, 10:46:42 »

* * *
Men qishloqqa qaytar emishman,
Bayroq qilib yurakni bir kun.
Shaharlarda butun erishgan
Yutuqlarim bo‘larmish kukun.

Oxirgi bor yo‘lga chiqqanda,
Kuzatarmish sozanda shahar.
Nafosatin qilmayin kanda,
Qaytish kuyin chalarmish sahar.

Uvillarmish o‘jar shamollar,
Taranglashib liftlar asabi,
Bozorlarda yotgan qovunlar,
Gung tillarda aytar kesati.

Tinglab ko‘rsam qaytish kuyini,
Yuragimda uvillaydi mung.
Yozilgan bu taqdir o‘yini,
Yechimsiz bir jumboqli tugun.

Vujudimning qonin qaqshatib,
Ayro tushib ketarmi tanam.
Harbir she’rim asfaltga tushib,
Shaharlikka aylanib ketgan.
23.10.99.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #91 : 13 Mart 2008, 10:46:49 »
* * *
Adashgan bandangni kechirgin o‘zing,
Qilgan xatolardan toshdayin qotdim.
Hamma ayblarimga sababchi o‘zim,
Ammo xatolardan men seni topdim.
01.05.07

 

Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 43980
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:02:40
muallifi AbdulAziz
Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 283
Ko'rilgan: 103176
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:00:12
muallifi AbdulAziz
Behzod Fazliddin she'rlaridan

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 39
Ko'rilgan: 20960
So'nggi javob 23 Sentyabr 2007, 17:33:02
muallifi shoir
Guljamol Asqarova she'rlaridan

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 37251
So'nggi javob 19 Noyabr 2007, 13:38:24
muallifi Muslimа
Pahlavon Mahmud

Muallif shoirBo'lim Sharq mumtoz she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 18187
So'nggi javob 30 Iyun 2008, 17:03:41
muallifi shoir