Muallif Mavzu: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan  ( 30204 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #45 : 13 Mart 2008, 10:39:31 »

* * *
Qarang, sahnadagi telba soqovni,
U mening jasadim, u mening aksim.
Kunlarim eslatar o‘ljasiz ovni,
Hayotim qamramas hech biron tasnif.

Mana, ko‘rgazmada siniq basharam,
Uch nutfdan yaralgan ilohiy xilqat.
Ming bir parchalardan tirilgan adam1
Aslida Elohim tuqqan odamzod.

Kun kecha sadoqat bildirdim No‘hga,
Muso ham xafamas aslida mendan.
Isoning aksi deb siqindim cho‘pga,
O‘zimni topay deb qaysi bir dindan.

O, Zardo‘sht, unutdim ezgu fikrni,
Koinot nisbida amal o‘ta sust.
Asrlar tinmayin qildim zikrni,
Haqni inkor qilib bo‘ldim kommunist.

Qarang, sahnadaman dilim yalonqoch,
Avratim berkitib turmoqda vijdon.
Ayt, yarim oy, bugun, sen aytgin, ey xoch,
Qaysing ato qilding bu adamga jon.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #46 : 13 Mart 2008, 10:39:37 »
* * *
Bir kechada soqol o‘sib,
Bir kechada oqardim.
Bo‘qzimdagi selni to‘sib,
O‘zni o‘tda yoqardim.

Huzurim yo‘q, halovat yo‘q,
Dod desang telba derlar.
Kuyla, vijdon, sen bir o‘t yoq,
Qulasin so‘nggi dorlar.
Dor ipini o‘ynar maymun,
Jallod bilan ishi yo‘q.
Buni ko‘rgan elga qiyin,
El muqombir, el buyuk.

Kim kishanin uzib otsa,
Kulbasini yo‘qlaydi.
Kishan hatto oltin bo‘lsa,
Qayta boshni tiqmaydi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #47 : 13 Mart 2008, 10:39:45 »
* * * 
Bo‘sh xona, atrofim jim-jit, sukunat,
Ruhingiz sharpasin yonimda sezdim.
Xona to‘la motam, qirq kunlik muhlat,
Otajon, ayriliq baqrimni ezdi.

Saharda aytilgan nolali azon
Sonsiz namozlarni eslatdi menga.
Rixlatga yo‘l olib siz ketgan zamon
Osmonning parchasi uzildi yerga.

Soatning millari imillab bir hol,
Chiq-chiqlab jonsarak ketib boradi.
Ko‘kdan mungli qarar yarimta hilol,
Singlimning qo‘lida singan bargagi.
Ukamlar bo‘qzida ohini yutib,
Mungg‘ayib yuzimga tikiladi jim.
Bizlar ham abadiy visolni kutib,
Hayot qovlariga qilamiz hujum.

Ilk bora tobutni yelkaga olib,
Chayqalgan dunyoni ko‘tardim boshga.
Kaftlardan tuproqni etakga solib,
Nabiralar ohi uchar quyoshga.

Jolali ko‘z yoshlar tugaydi oxir,
Faqat xonangizda lipillaydi sham.
Oyatlar xulosa chiqarar — taqdir,
Ayriliq dardidan hamon ko‘ksim nam.

Insonga belanchak ona tabiat,
Qo‘yningda yolvorib o‘qiyin duo.
Ollohim, otamga atagin jannat,
Ushbu iltijomni qabul qil, Xudo.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #48 : 13 Mart 2008, 10:39:52 »
* * *
Aytishga oson gap, ha,
Bir kun kelib daryolar
O‘zanlardan chiqarmish.
Odamlarni ilonlar
Davo uchun chaqarmish.
Suv o‘rniga sut oqib,
Isrof bo‘lgan bir zamon.
Insonlar ko‘kka boqib,
Ollohdan qilgan gumon.
Savdo degan tushuncha
Sahrolarda bo‘lmagan.
Tun — qorong‘u tushganda
Uyga mehmon kelmagan.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #49 : 13 Mart 2008, 10:39:59 »

* * *
Osmon gumbazining gardishi yerda,
Samandar bulutlar cho‘qiydi tog‘ni.
Bevatan yurtlarni kezgan habashga
Tunda oy eslatar suyuk dudog‘ni.

Ko‘nglim qalmoqlarning yurtida kezar,
Alpomish singgari Barchinni izlab.
Yuragim yalmog‘iz kampirni sezar,
Vujudim negadir yig‘laydi bo‘zlab.

Birdan seskanaman oy jilvasidan,
Uyushib ketadi butun borlig‘im.
Kechib yuborganman aysh xolasidan,
G‘am tinmay o‘tkazar nashtarsiz zug‘um.

Hayron nazar soldim o‘tmish, kelajak,
Na unda, na bunda ma’no topmadim.
Tarmashganim bo‘ldi quloq, solinchak,
Sekin qo‘lga olib sharob ho‘pladim.

Butun tomirlarim larzaga keldi,
Miyam qobig‘idan sidirildi g‘am.
Eng topgan falsafam beg‘amlik bo‘ldi,
Nahot dardlarimga beo‘ylik malham?
15.01.07

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #50 : 13 Mart 2008, 10:40:05 »

* * *
Kirib keldim, mana, chang qishlog‘imga,
“Bobom keldi” deya chopar jujuqlar.
Men ham chopar edim bola chog‘imda,
Bobolar maqtardi “Yashang, puchuqlar”.

Mana, navbat kelib bular chopmoqda,
Qishloqqa yarashgan ismlari ham.
Birin ismi Elbek, biri Sher, Parda...
Bunisi Tog‘ay-u, bunisi hamdam.

Xursand ko‘ngil bilan qaytaman shahar,
Bunda yoshlar chopmaydi yo‘limni to‘sib.
“Oshga” otlanaman erta tong-sahar,
Qay bir Mirmahmud-la yelkamni qisib.
Shaharning o‘zicha ziyosi baland,
Quloqqa qoqilar tinmayin simlar.
Mana bu Mirg‘ozi, mana bu Ahmad.
Bu joylarda tanqis turkiy ismlar.

Ancha hayron bo‘lib xayol suraman...,
Qo‘shnim Furqat o‘g‘li galvars Nikolay...,
Jalol nevarasin atapti Jimmi...,
Sof turkiy ismlar qolar, har qalay....
23.08.006.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #51 : 13 Mart 2008, 10:40:11 »
AFSUS
Dunyo shirin ekan chinqirib keldim,
Onam ko‘kragidan ayrildim, afsus.
Yoshlik o‘taverdi hayqirib yeldim,
Uning etagidan tutmadim, afsus.

Go‘zallik rom qildi bir kuni meni,
Qatra tuyg‘ularni ushlab qolmadim.
Chanqoq so‘rgan edim sanam labini,
Bu lazzat neligin hech bilolmadim.

Mana, etagimdan tortar jujuqlar,
Farzand quvonchiga topolmadim so‘z.
Dunyo bu g‘alati, yig‘lar injiqlar...,
O‘limga oltinlar bo‘lolmaydi ko‘z.

Kuzu qish, bahorni quvdim qayoqqa?
Vaqt bilan muloqot qurmadim maxsus.
Umrimni bo‘yapman qonli bo‘yoqqa,
Yo‘qotgan vaqtlarim, sizlarga afsus.
29.08.06

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #52 : 13 Mart 2008, 10:40:19 »
* * *
Yillar o‘tib, har kuni
Yerga singib boraman.
Suvday oqib har yilim,
Suvday tinib boraman.
Hayot degan ne ekan?
Ko‘rday ketib boraman.
Oxirgi so‘z bolamga,
Nelar aytib beraman?
So‘nggi safar chog‘ida,
Nimalarni teraman?
Tanglo Tangrim so‘rasa,
Neni aytib beraman?
11.03.07.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #53 : 13 Mart 2008, 10:40:25 »

* * *
Butun vujudimla seni o‘yladim,
Seni har dam yonib-yonib kuyladim,
Faqat senga mungli dardim so‘yladim,
Sen-chi o‘z yo‘lingda ravonasan, yor,
Menga-chi, o‘zgalar qo‘y yig‘lama der.
Bag‘ring meni bunda chorlagan edi,
Balki safarim ham adog‘in yedi,
Ortimdan lolalar ergashib keldi,
Faqat sen kelmading, bag‘ri tosh baxtim,
Nahot, izsiz qolar hayotim, taxtim.

Oyni anglagancha quyosh bag‘rida,
Umrni boy berdim yoshlik davrida,
Xom hisni quvladim sevgi jabrida,
Sen eding aslida yig‘latgan armon,
Sening hur tuprog‘ing jonimga darmon.

Karvon qatorida bugun nor o‘zing,
Jahonda ilk bora yangradi so‘zing,
Endi yashirmagin quralay ko‘zing,
Yurtim, bayrog‘ingda lablarim izi,
Quvvat ber, yangrasin Mahmudning so‘zi.
02.09.06

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #54 : 13 Mart 2008, 10:40:35 »
* * *
Ko‘p yillar hayotni tikon ustida
Harorat bilmayin kuzatdim ma’yus.
Kimlar kutar edi shafqat do‘stidan,
Boshqalar deyardi do‘stiga: “dayus”.

Birda yaxshilarning ortidan chopdim,
Aslida olardim yomondan saboq.
Meni qarg‘agandan sof saboq topdim,
Xatodan to‘xtagan paytim yuzim oq.

Maqtadim, maqtaldim, aldangan paytlar
Savobu gunohning rangin topmadim.
O‘ta go‘zal chiqdi afsusli baytlar,
Yashirib o‘qidi ularni mardum.

Shuning-chun Ollodan jannat so‘rmadim,
Shaytonga aytmadim: «qitiqlama», deb.
Bori o‘zimniki, o‘zlik amalim,
Tangri adolatli, adolat – xitob.
06.09.06

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #55 : 13 Mart 2008, 10:40:43 »
* * *
Men dunyoning qaysi burchidan,
Oyoq olib senga intildim.
Ip aylanib urchuq yonidan,
Men o‘zimni izlamoq bo‘ldim.
 
Daraxtlarning ma’yus barglari
Non tilagan devonalar bu.
Vujudimning titroq dardlari
Sen tomonga otilgan qayg‘u.

Yana nelar istaysan, hayot,
Hur sargardon aylading meni.
Kutma mendan hech qachon “Voy-dod”,
O‘zimga qo‘y, yutaman uni.

Men turgan joy dunyo kindigi,
Har bir giyoh jannatdan darak.
Bilarmisan o‘zing kimliging?
Men o‘zimni bilmog‘im kerak.
27.09.06.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #56 : 13 Mart 2008, 10:40:50 »
* * *
Bir anorni so‘ydim bag‘rin qon qilib,
Donalarga urdim jaholat tig‘in.
Asli nodon edim, buni shon bilib,
O‘z nafsim o‘yladim hammadan muhim.

Anor qonin to‘kib berardi sharbat,
Alvon yuzlaridan qon qochar edi.
Umrbod ko‘rgani behisob mehnat,
Bag‘ri kengligidan u ozor yedi.

Sharbat ta’min tatib, po‘chog‘in otdim,
Nordonu navsizlik — kamchilik topib,
Mijg‘ov boboy sifat kimga so‘z qotdim,
“Moya semya” ichdim qo‘shnimni o‘pib.

Anor qaydan bilsin og‘zim aroqdan,
Ta’m bilmay, mazadan mahrum bo‘lganin.
Jaholat boshlandi, bilsam, o‘zimdan,
Unutdim anorning mehnat qilganin.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #57 : 13 Mart 2008, 10:41:01 »
* * *
Oydin-oydin gul bo‘lib boqdim,
Hatto so‘qmoq yo‘llaring uzra.
Jilg‘a, ariq, daryoday oqdim
Qishu bahor, qaytuvchi kuzda.

Shirin-shirin orzularimdan
Senga atab afsona yozdim.
Orzularim mingdan biridan
Xabaring yo‘q, o‘zim yutqazdim.

Xat ixtiro qilgan odamzod,
Telefonu internetni ham,
O‘z ruhida o‘zidan ozod,
Imkon izlab o‘tadi hamon.

Tabiatning inju bolasi,
Sevib qolgan nihol, nozik qiz,
Muhabbatning qul mubtalosi,
Ba’zan sevib aytolmaymiz biz.
03. 06. 06.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #58 : 13 Mart 2008, 10:41:08 »

* * *
Bo‘m-bo‘sh bog‘lar boshin ko‘targan,
Daraxtlardan qochmoqda uyqu.
Bu holatdan qushchalar hayron,
Keng bo‘shliqqa bildirar tuyg‘u.

Atrof — bo‘shliq, ufq zanggori,
Boychechakning yuragi notinch.
Ariqdagi qorning oxori
Ko‘z yosh to‘kar tinmayin bilch-bilch.

Qor ko‘ziga tiqilgan loylar —
O‘rmalaydi jonsiz chuvalchang.
Boshlanadi endi voy-voylar,
Qon qaynaydi, ahvol bo‘lar tang.

Men bahorga hayron bo‘laman,
U shunday bir qudrat egasi.
Bahor olib keladi armon,
Nodonlarning qotar ensasi.
07.03.07.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan
« Javob #59 : 13 Mart 2008, 10:41:15 »
ALDAMANG
Tongda menga oqqan ohanglar,
Kunda menga yoqqan ohanglar,
Tunda meni yoqqan ohanglar,
Sizlar meni navolarga
O‘rab aldamang.
Tongda turib sayrar bulbullar,
Kunda hisga to‘lar bu gullar,
Tunda iffat izlar bu qo‘llar,
Sizlar mendan ishq savdosin
So‘rab aldamang.

Ishq, o‘tida yongan odamlar,
Hajr zahriga qongan odamlar,
Sizlar uchun buyuk bu damlar,
Mendan so‘rab ishqning suvrasin
Zo‘rlab aldamang.

Ishq — g‘aflat deb o‘tdi zamonlar,
Moziy asli qat-qat armonlar,
Nahot, bugun o‘chmas fig‘onlar?
Oshiqlarni ayriliqda
Xo‘rlab aldamang.

Inson asli oshiq bir gulga,
Baxt degani baxt bermoq dilga,
Baxtsiz dunyo qimmat bir pulga,
Bu jumboqlar javobini
Yo‘q deb aldamang.

 

Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 42297
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:02:40
muallifi AbdulAziz
Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 283
Ko'rilgan: 100105
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:00:12
muallifi AbdulAziz
Behzod Fazliddin she'rlaridan

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 39
Ko'rilgan: 20539
So'nggi javob 23 Sentyabr 2007, 17:33:02
muallifi shoir
Guljamol Asqarova she'rlaridan

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 36426
So'nggi javob 19 Noyabr 2007, 13:38:24
muallifi Muslimа
Pahlavon Mahmud

Muallif shoirBo'lim Sharq mumtoz she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17996
So'nggi javob 30 Iyun 2008, 17:03:41
muallifi shoir