Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Hazrati Ali ibn Abu Tolib r.a. hayotlaridan hikoyalar

(1/2) > >>

Mahdiyah:
Xushu’ va xuzu’ xosiyati

Janglarning birida Hazrati Alining oyog’iga o‘q tegdi. O‘q oyoq suyagiga ham ancha botgani uchun chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirdilar. Tabib Hazrati Aliga qarab shunday dedi:
— Bu o‘qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo‘ladi. Yo‘qsa, oHriqqa chidayolmaysiz.
Hazrati Ali aytdilar:
— Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo‘q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti kirsin. Men namoz o‘qiy boshlaganimda olib tashlaysiz.
Namoz vaqti kirdi. Hazrati Ali namozga turdilar. Tabib Hazrati Alining oyoHini yorib, o‘qni chiqardi. Yarani bog‘lab qo‘ydi. Hazrati Ali namozlarini bitirib, tabibdan so‘radilar:
— O‘qni chiqardingizmi?
— Ha, chiqardim, — dedi tabib.
— Men hech narsa  sezganim yo‘q, — dedilar Hazrati Ali roziyalloqi anqi.
Namozdagi xushu’-xuzu’ Hazrati Alini go‘yo boshqa olamga olib ketgandek edi. Shuning uchun ham vujudlaridagi og’riqni aslo sezmadilar.

Mahdiyah:
Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman!
Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...

Mahdiyah:
Bir kuni Hazrati Ali (karramullohu vajhahu) masjidga namoz uchun kirayotib, eshik oldidagi bir kishiga xachirlarini tutib turishni iltimos qildilar. Namozni ado etib chiqarkanlar, haliga kishiga xizmati uchun ikki dinor berishni ko’ngilga tugdilar. Chiqib qarasalar, xachirlari turibdi, ammo u odam yuganni o’g’irlab qochib ketibdi. So’ng xodimlariga o’sha ikki dinorni berib, xachirga yugan sotib olishni buyurdilar. Xizmatkor bozorga tushib, o’g’ridan aynan o’sha yuganni sotib oldi. Olib kelgach, Hazrati Ali (r.a.) o’zlarini yuganlarini ko’rib hayron qoldilar va: "œBanda halol rizqini harom qilib oldi", dedilar.

Mahdiyah:
Bir yaxshilikka o’n savob

Bir kuni Hazrati Fotima roziyallohu anho betob bo’lib, ko’ngillari anor yeyishni tusadi. Bu haqda sohiblari Hazrati Aliga aytgan edilar, u zot borib, bozordan bir dona anor xarid qildilar. Chunki pullari faqat bitta anorga yetdi. Qaytayotganlarida bir gado yo’liqib, o’sha anorni berishlarini so’radi. Hazrati Alining hayo va iymonlari "œyo’q" deyishga yo’l qo’ymay, anorni ikkiga bo’lib, yarmini gadoga tutqazdilar. Uyga kelganlaridan keyin ayollariga uzr aytib, voqeani so’zlab berdilar. Fotima roziyallohu anho: "œAlloh sizdan rozi bo’lsin, ajringizni bersin", deb xursand bo’ldilar. Shunda bir oz fursat o’tib, eshik taqqiladi. Ali roziyallohu anhu eshikni ochib qarasalar, Salmon Forsiy turibdilar. Qo’llaridagi idishda to’qqiz dona anor. Idishni uzatib: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam berib yubordilar", dedilar. Hazrati Ali shunda aytdilarki: "œYo’q, agar Rasululloh berib yuborgan bo’lsalar, o’nta bo’lishi kerak. Chunki Alloh taolo bir yaxshilikka o’nta savob va’da qilgan". Bu gapdan keyin Salmon Forsiy cho’ntaklaridan o’ninchi anorni ham chiqarib: "œBarokat uchun olib qolgan edim", dedilar.

Musulmonlar taqvim kitobi IV son, 1999 (1420) yil

Mahdiyah:
Hazrati Ali va millat moli

Qish kelib qoldi. Mo’minlarning xalifasi, Amiral-mo’minin Hazrati Ali yozlik kiyim kiygan. Xalifa dir-dir titraydi. Unga Baytul-moldan  - davlat xazinasidan, millat boyligidan qishlik bir kiyim olishni taklif etdilar. Hazrati Ali roziyallohu anhu:
- Bo’lmaydi. Bu yozlik kiyimda yurish siz taklif etgan ishdan xayrlidir. Chunki millat molida yetimlarning haqqi border, - dedi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version