Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 257892 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 25 B


Robiya  15 Mart 2008, 15:34:22

Sizgа tаvsiya qilinаyotgаn ushbu o“zigа хоs tаriÑ…gа оid ensiklоpеdik mа’lumоtnоmа Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаrigа to“lа mоs bo“lib, 6-9-sinf hаjmdаgi tаriÑ… dаrsliklаri аsоsidа yarаtilgаn. Qo“llаnmаdа dаrsliklаrdа uchrаydigаn tаriÑ…iy shахslаr, аsоsiy аtаmа vа tushunchаlаr, gеоgrаfik nоmlаr hаmdа Ñ…rоnоlоgiya bаtаfsil yoritilgаn. Undаn tаshqаri mаvzulаr bo“yichа mа’ruzаlаr, ulаrgа mоs bo“lgаn chizmаlаr hаm bеrilgаnki, bundа dаrsliklаrdаgi mаvzulаrni o“zlаshtirishni оsоnlаshtirаdi vа o“quvchilаrning zеhnlаrini mustаhkаmlаydi. O“quvchilаr оlgаn bilimlаrini tеkshirib ko“rishlаri uchun hаr bir mаvzu bo“yichа tеstlаr vа bоshqоtirmаlаr bеrilgаn. Test va boshqotirmalar O“zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tashkil etgan tender g“o1ibi bo“lgan darsliklar asosida tuzilgan.
Prеzidеntimizning “Kim bo`lishidаn qаt`iy nаzаr, jаmiyatning hаr bir а`zоsi o`z o`tmishini yaÑ…shi bilsа, bundаy оdаmlаrni yo`ldаn urish, hаr Ñ…il аqidаlаr tа’sirigа оlish mumkin emаs. TаriÑ… sаbоqlаri insоnni hushyorlikkа o`rgаtаdi, irоdаsini mustаhkаmlаydi” – dеgаn so`zlаri tаriÑ…ni o`rgаnаyotgаn o`quvchi uchun kаttа аhаmiyatgа egаdir.
Zаmоn bilаn hаmnаfаs bo“lib tаyyorlаngаn ushbu qo“llаnmа muаlliflаri tаriÑ…gа iqtidоri bоr bo“lgаn litsеy o“quvchilаridir. Аlishеr Nаvоiy nоmli Rеspublikа Nаfis sаn’аt litsеyi o“zining bоy ilmiy imkоniyatlаrigа egа bo“lgаn Vаtаnimizning nufuzli o“quv muаssаsi hisоblаnаdi. Litsеy nаfаqаt o“zining sаlоhiyatli o“qituvchilаri, shu bilаn birgа o“zining iqtidоrli o“quvchilаri bilаn hаm hаr qаnchа fахrlаnsа аrziydi. Litsеy bitiruvchilаri O“zbеkistоn хаlq Ñ…o“jаligini turli sоhаlаridа sаmаrаli fаоliyat ko“rsаtib kеlmоqdi.
Аlishеr Nаvоiy nоmli Rеspublikа Nаfis sаn’аt litsеyi hаr yili bo“lib o“tаdigаn fаn оlimpiаdаlаridа hаm sоvrinli o“rinlаrni egаllаb kеlmоqdа, yuzlаb uning bitiruvchilаr qiynаlmаy оliygоhlаrning tаlаbаlаri bo“lmоqdа. Buning sаbаblаri o“quv muаssаsidа zаmоnаviy pеdоgоgik tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnishgа, o“quvchilаr bilаn ulаrning iqtidоrigа ko“rа individuаl hоldа shug“ullаnishgа kаttа e’tibоr bilаn qаrаlаyotgаnligidаdir. Qo“lingizdаgi ushbu qo“llаnmа litsеy o“quvchilаri tоmоnidаn yarаtilgаn ilk mеhnаt sаmаrаsidir. Ishоnchim kоmilki, tаriÑ…ni o“qib uning mаg“zini chаqа оlmаyotgаnlаr, fаn оlimpiаdаsidа qаtnаshib yuqоri sоvrinli o“rinlаrni оlishgа ishtiyoqi bo“lgаnlаr, аbiturеntlikdаn tаlаbа bo“lishgа intilаyotgаnlаr аlbаttа ushbu qo“llаnmа mаdаdkоr bo“ladi.    Farhod Sultonov


Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 15:41:19

Qаysi dаvrni biz qаdimgi dunyo dеb аtаymiz?

Insоniyat tаriÑ…i judа qаdimiydir. Аgаr оdаmzоtning yеr yuzidа yashаy bоshlаgаn vаqtini оlib uni bir sutkа, ya“ni 24 sоаtgа qiyoslаsаk insоniyatning оngli fаоliyati dаvri, so“nggi sоаtning, so“nggi chоrаgigа, аniqrоg“i 15 minutgа to“g“ri kеlаdi. Uni tаriÑ…gа qiyoslаsаk оtа-bоbоlаrimiz, bizning zаmоndоshlаrimiz «Ðvеstо» dаvrini o“tgаn hаftаdа ro“y bеrgаn dеb аytish jоiz bo“lаr edi.
Tаriх uchun аsr vа mingyilliklаr bir dаqiqаdir. Lеkin insоniyatning uzоq o“tmishini o“rgаnishdа mа“lum yil bоshi, sаnоq zаrurligi tаbiiydir. Bugungi kundа dunyoning аksаri rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdа хristiаn-grigоriаn kаlеndаri - tаqvimi ishlаtiladi. O“zbеkistоn tаriхshunоsligidа hаm ushbu tаqvimdаn fоydаlаnilаdi. Undаgi yil sаnоg“i milоdiy birinchi, ya“ni Isо pаyg“аmbаrning tаvаllud tоpgаn yildаn bоshlаnаdi. Shu sаbаbdаn biz ushbu sаnаdаn kеyingi vоqеаlаrni milоdiy dеb аtаymiz vа undа yillаr o“sib, ko“pаyib bоrаdi. Undаn оldingi vоqеаlаrni esа milоddаn аvvаlgi (qisqаchа mil. аvv.) dеb nоmlаymiz vа undа yillаr ko“pdаn kаmаyib bоrish hususiyatigа egа.


Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 15:47:37

Eng qadimgi odamlar rivojining ilk davrlari

Odamning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni tarix fanida antropogenez deb ataladi. Tarix fanida odamning kelib chiqishi va rivojlanishi arxeologiya va antropologiya ma’lumotlariga, topib va tekshirilgan turli xil qadimgi manbalarga asoslanib o‘rganiladi.
Insoniyat dastlabki vakillarining qazilma qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Olduvoy darasida 1959-yilda topilgan zinjantrop, Indoneziyaning Yava orolida 1890-yili topilgan pitekantrop, Pekin shahri yaqinida 1927-1937-yillari topilgan sinantrop hisoblanadi. Ulаr fаndа ibtidоiy оdаmlаr dеb nоmlаnаdi. Аrхаntrоplаr («eng qаdimgi оdаmlаr»)ning аqliy imkоniyatlаri mаymunnikigа nisbаtаn yuqоrirоq bo`lsа-dа hаli ulаrdа til shаkllаnmаgаn vа ulаr o`zаrо imо ishоrаlаr оrqаli muоmаlа qilishgаn. Eng qаdimgi оdаmlаr tаshqi qiyofа jihаtidаn hаm zаmоnаviy kishilаrdаn kеskin fаrq qilishgаn.
Ilk paleolit davrida “ishbilarmon odam”larning vakillari zinjantrop va avstralopiteklar bundan 3-2 mln yillar avval, pitekantroplar miloddan avval 700-600 ming yillar, sinantroplar 600-500 ming yillar ilgari yashagan.
Zinjantroplar avstralopiteklar oilasining eng qadimgi vakili hisoblanadi. Ular eng sodda mehnat qurollarini yasay olganligi sababli “Homo habilis” – “ishbilarmon odam”lar deb nom olganlar.
Zinjantrop,  pitekantrop va sinantroplar ilk paleolit davri odamlari hisoblanadi. Ularning mehnat qurollarini yasab ishlata olishlari ularni hayvonat olamidan ajratib turgan. Sinantroplar murakkabroq mehnat quroli yasay bilgan va tabiiy olovdan ham foydalanganlar. Ular Janubiy-Sharqiy Osiyoning qadimgi odamlaridir. Bu davrda yer yuzi ob-havosi iliq bo‘lganligi sababli odamlar manzilgohlari daryo yoki anhor bo‘yidagi tepaliklarda joylashgan.
Оlimlаrning fikrichа, neandertallar hozirgi qiyofadagi odamga o‘tish bosqichi hisoblanadi va ular o‘rta paleolit davrida (miloddan avvalgi 100-40 ming yillar) yashagan. Neandertallar yashash uchun g‘orlarni o‘zlashtirganlar, qo‘l cho‘qmori va nayza uchlarini yasaganlar, hayvon terisidan o‘zlariga kiyim qilganlar, tabiiy olovdan foydalanganlar, mamont va boshqa yirik muzlik davri hayvonlarini ovlaganlar.
Kromanon odamlar so‘nggi paleolit davrida (miloddan avvalgi 40-12 ming yillar) yashagan bo‘lib, ular hozirgi qiyofadagi odamlardan farq qilmaganlar.
Eng qadimgi odamlar mehnat qurollarini yasay olishlari va ulardan tirikchilik uchun foydalana olishlari bilan hayvonat olamidan ajralib turardi.

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 15:51:21

Eng qadimgi davr

Eng qadimgi davr shunday bir davrki, bunda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lib, hamma baravar ishlagan, bu davrda odamlarning turmushi og‘ir bo‘lgan. Biroq, ular doimiy mehnat qilib tabiat qiyinchiliklarini yengib, taraqqiy etib borganlar.
Eng qadimgi davr tarixiy va arxeologik jihatidan davrlashtiriladi. Tarixiy davrlashtirshda kishilik jamiyatining rivojlanishiga ko‘ra eng qadimgi davr ikki davrga: ibtidoiy to‘da va urug‘ga bo‘linadi.     
Ibtidoiy to‘da eng qadimgi odamlarning ulkan jamoasidan iborat bo‘lgan. Bu jamoada turmush va mehnat umumnegiz asosida birlashgan. Eng qadimgi odamlar vahshiy hayvonlar oldidagi ojizlik, mehnat qurollarining soddaligi tufayli birgalashib ov qilishgan.
Keyinchalik ibtidoiy to‘da urug‘ jamoasiga aylangan. Urug‘ – birgalikda yashab, mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol–yaroqqa ega bo‘lgan qarindoshlar jamoasidir. Bir necha urug‘ urug‘ jamoasini tashkil qilgan, o‘z navbatida urug‘ ikki davrga bo‘lingan: matriarxat (ona urug“i) va patriarxat (ota urug“i).
Matriarxat – qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgillangan, urug‘ va oila boshlig‘i ayol bo‘lgan davrdir. Bu davrda qadimgi odamlarning asosiy mashg‘uloti termachilik va ovchilik bo‘lgan. Ayol jamiyat hayotida asosiy o‘rinni egallagan. Ayol o‘choqlarni saqlagan, bolalarni tarbiyalagan va ovqatni taqsimlagan.   
Mehnat qurollari va xo‘jalik shakllari takomillasha borib, keyinchalik jamoaga erkak kishi bosh bo‘lgan. Bu davr patriarxat deb atalgan. Patriarxat davrida jamoa hayotida erkak asosiy o‘rin tutadi, qarindoshlik ota tomonga qarab belgilangan.
Qadimgi odamlar to‘daga yoki urug‘ jamoasiga birlashib yashagan hayot tartibi ibtidoiy jamoa tuzumi deb ataladi.
Ibtidoiy tuzum tarixini davrlashtirish mehnat qurollarining tayyorlash uslubi va xom ashyoning farqlanishiga asoslanadi. Ibtidoiy davrda har qanday rivojlanishga asos bo‘ladigan jarayon bu aql bilan bajariladigan mehnatdir, zero mehnat odamni hayvonat dunyosidan ajratib turadi. 
Eng qadimgi davr tarixini o‘rganishda arxeologiya yodgorliklari - moddiy madaniyat obidalari yagona manba hisoblanadi. Olimlar mehnat qurollari va ularning ishlash texnologiyasiga qarab eng qadimgi davrni arxeologik jihatdan davrlarga bo‘ladilar. Olimlar eng qadimgi davrni uch davrga: tosh davri, bronza (brinj, jez) va temir davriga bo“ladilar. Eng qadimgi odamlarning mehnat qurollarining aksari toshdan yasalganligi sababli insoniyatning ilk davri “tosh davri” deb ataladi. Tosh davri o‘z navbatida quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1.Qadimgi tosh davri – paleolit;
2.O‘rta tosh davri – mezolit;
3.Yangi tosh davri – neolit;
4.Mis-tosh davri – eneolit.

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 15:55:15

Qadimgi tosh davri odamzod tarixining juda katta davrini (99%) o‘z ichiga oladi. Оlimlаr оdаmlаrning аvvаl shаg“аl, so“ng chаqmоqtоshlаrgа ishlоv bеrishining tаkоmillаshib bоrishigа qаrаb pаlеоlitni uchtа: ilk, o“rtа vа so“nggi dаvrlаrgа bo“lishаdi. Pаlеоlitning hаr uchtа dаvrigа hоs umumiy hususiyat ibtidоiy to“dа erkаklаrining birgаlikdа yirik hаyvоnlаrning оvlаshi edi. Оv o“ljаlаri insоnni аqliy imkоniyatlаrini o“sishidаgi аhаmiyati qаnchаlik kаttа bo“lmаsin tеrimchilik o“zlаshtirish xo“jаligining аsоsiy turi bo“lib qоlаdi.
Paleolit davri mehnat qurollari ilk topilgan joy nomlari bilan atalgan. Dunyoda eng qadimgi tosh qurollari va eng qadimgi odamlarning makonlari dastlab Olduvoy – Sharqiy Afrikadagi daraning nomi va Ashel – Fransiyaning Sent-Ashel shahri chekkasidagi mavzedan topib tekshirilgan. Olduvoy, Ashel, Mustye, Orinyak, Solyutre va Madlen madaniyatlari paleolitning turli bosqichlariga oid madaniyatlaridir. Eng qadimgi odamlarning to‘da-to‘da bo‘lib yashashi paleolitning ilk va o‘rta bosqichlari uchun xosdir.

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 15:57:20

Ilk paleolit yoki ashel davri 1 mln.-100 ming yilliklarni,  O‘zbekistonda esa bu davr miloddan avvalgi 700-500-100 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Odam va mehnat qurollarining paydo bo‘lishi bu davrning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ilk paleolitda “bilag‘on odam”, ya’ni “homo habilis” yashagan. Olimlarning taxminicha, mazkur qadimgi odamlar sinantropga yaqin qarindoshlik urug‘idan bo‘lgan. “Homo habilis”ning o‘rtacha umri davomiyligi 20-30 yoshlar atrofida bo‘lgan. Ular xo‘jalikning termachilik va ovchilik turi bilan kun kechirgan. Eng qadimgi odamlar mahsulotlarni o‘zlari yetishtirmaganlar, balki tabiat in’om qilgan narsalarni yeganlar. Shu sababli ibtidoiy odamlarning bunday mashg‘ulotini olimlar o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb atashgan. Eng qadimgi odamlarning mehnat qurollari o‘tkir tosh, yer kovlaydigan tayoq va so‘yil bo‘lgan. Bu davr madaniy yodgorliklari kamroq o‘rganilgan bo‘lsa-da, shu davrga oid yodgorliklar topilgan. Bu yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan topilgan ashyolar, xususan mehnat qurollari o‘zining qadimiyligi, soddaligi, qo‘polligi bilan keyingi davrlarning mehnat qurollaridan farq qiladi.
Ilk paleolit davri madaniy yodgorliklari Toshkent viloyatidan 1963-yili topilgan Ko‘lbuloq va Farg‘ona vodiysidan 1985-yilda topilgan Selung‘ur manzilgohlaridir. O‘zbekistondagi eng qadimgi mehnat qurollari shu yerlardan topilgan. Ular qo‘pol daryo tosh qurollari bo‘lib, bir tomoni o‘tkirlashtirilgandir. Bunday usulda yasalgan tosh qurollarini olimlar chopperlar deb atashgan. Ko‘lbuloq madaniy yodgorligi MDH miqyosida eng qadimgi madaniy yodgorlik hisoblansa, Selung‘ur madaniy yodgorligi ibtidoiy odamning suyak qoldiqlari topilishi bilan ahamiyatlidir. Ilk tariximizning tamal toshlari ilk bor ajdodlarimiz tomonidan Selung‘ur g‘orida qo‘yilgan bo‘lib, uning yoshi 1 mln 200 ming yil bilan belgilanadi. Bizning tariximiz Selung‘ur g‘orida paydo bo‘lgan arxantroplardan boshlanadi. O‘rta Osiyo xalqlarining ajdodlari ilk bor Farg‘ona vodiysida paydo bo‘lgan va azaldan ularning avlodlari uzluksiz yashab kelmoqda. Ilk paleolit davrida odamlar ob-havo iliq bo‘lganligi sababli kichik daryo bo‘ylari va buloqlari yonida o‘zlariga makon qurib yashaganlar. Iqlim issiq bo‘lganligidan kishilarning boshpana – turar-joy va kiyimga ehtiyoj bo‘lmagan. Yirtqich hayvonlardan o‘zlarini muhafaza etish va birgalikda ovqat topish uchun odamlar to‘da-to‘da bo‘lib yashagan. Bu eng qadimgi odamlar jamoa birlashmasi deyilgan. Bu jamoa birlashmasi doimiy bo‘lmagan. Bu davrda yozda iqlim iliq va quruq, qishda esa sovuq va namchil bo‘lgan. Davr oxirida havo o‘zgarib, hamma joylar muzliklar bilan qoplagan.     

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 16:00:48

O‘rta paleolit yoki mustye davri (Frаnsiyadаgi Mustе g“оri nоmidаn) miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. O“rtа pаlеоlit buyuk muzlik dаvridа оdаmlаr g“оrlаrdа yashаshgа, оlоvni dоimо аsrаb, undаn kеng fоydаlаnishgа, yovvоyi hаyvоnlаr tеrilаridаn kiyim-bоsh tayyorlashga mаjbur bo“lаdilаr. Insоnni turli kаshfiyotlаrgа undаgаn nаrsа eng аvvаlо tаbiаtdаgi kеskin o“zgаrishdir.
O‘rta paleolitda iqlim sovib ketganligi sababli olovga ehtiyoj sezildi. Bu davrning o‘ziga xos  xususiyati tabiiy olovdan foydalanilishning kashf qilinishi bo‘ldi. Muzliklar O‘zbekiston hududining hayvonat va o‘simlik dunyosiga qattiq ta’sir qiladi. Pomir va Tyan-Shan tog‘laridan haddan tashqari ko‘p qor va muzlik zahiralari to‘plandi. Ularning erishi oqibatida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari hosil bo‘ladi. Kaspiy va Orol dengizlarida suv ko‘payadi. Havo soviydi va namgarchilik kuchayadi. Qattiq sovuq odamlarni boshqa joylarga ko‘chishga majbur qiladi. Qadimgi odamlar tog‘ yon bag‘irlaridagi g‘orlarni makon qila boshlaganlar. Tekislik va daryo vodiylarida yovvoyi hayvonlar, yilqi, karkidon, ho‘kiz podalari, tog‘larda arxar va kiyiklar paydo bo‘ladi. Mamont va karkidon suyaklarini arxeologlar Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidan topganlar. Yovvoyi hayvonlarning O‘zbekiston hududida ko‘p bo‘lganligi qadimgi odamlar turmushini yengil qiladi.
O“rtа pаlеоlit оdаmlаri nеаndеrtаllаr (Gеrmаniyadаgi Nеаndеrtаl vоdiysi tоpilmаsidаn) kаllа suyagi kаttа, miya qutisi cho“ziq, pеshаnаsi qiya bo“lib, hаli  qоsh оsti bo“rtmаsi sаqlаnib qоlgаn edi. Ulаr qаdimgi оdаmlаrdаn zаmоnаviy qiyofаdаgi kishilаrgа o“tish bоsqichidа bo“lishgаn. Neandertallarni olimlar “aql-idrokli” yoki “homo sapiens” deb ham atashadi. Neandertal odamlar O‘rta Osiyoda ham keng tarqalgan. Оlimlаrning fikrichа, o“rtа pаlеоlitdа tоshdаn pichоqlаr, kеskichlаr, qirg“ichlаr yasаy bоshlаngаn, dastlabki suyak qurollari paydo bo‘ldi. Tеrimchilik yеtаrlichа mаhsulоt bеrmаydigаn hududlаrdа оvchilikkа e“tibоr kuchаyib, оv qurоllаri uchli suyak vа tоsh pаykоnlаr bоg“lаngаn nаyzаlаrdаn kеng fоydаlаnа bоshlаdi. O“rta paleolit odamlari o“z jamosida qazo qilgan odamlarni ko‘ma boshlagan.
Bu davr madaniyatini o‘rganish O“zbekistonda 1938-yildan boshlangan. Ana shu yillar orasida 100 dan ortiq yodgorliklar topildi. O‘zbekistonda eng mashhur o‘rta paleolit davrining yodgorliklariga Teshiktosh, Obirahmat, Xo‘jakent, Ko‘lbuloq, Omonqo‘ton, Takalisoy joy makonlarini kiritish mumkin. Manzilgohlardan tashqari eng qadimgi ustaxonalar – tosh konlari aniqlangan. Bular Zarafshon vodiysidagi Uchtut va Ijond tosh konlaridir. 1938-yilda Surxondaryoning Boysuntov tog‘idagi Teshiktosh g‘oridan A.P. Okladnikov dafn etilgan eng qadimgi bolaning qoldiqlarini topadi. Uning rivojlanish davri 100-40 ming yilliklar bilan belgilanadi. Antropolog M.M. Gerasimov qayta tiklagan Teshiktoshdagi neandertal bolaning tashqi qiyofasi o‘z ajdodlaridan farq qilar va ko‘proq hozirgi qiyofadagi odamlarga o‘xshab ketardi. M.M. Gerasimov qazilmalardan topilgan suyaklar orqali odam qiyofasini tiklash uslubini ishlab chiqdi. Teshiktoshliklarning asosiy mashg‘uloti ovchilik bo‘lgan. 

Qayd etilgan


Robiya  15 Mart 2008, 16:07:06

So‘nggi paleolit yoki Orinyak, Solyutre, Madlen davri miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Mеhnаt qilish jаrаyoni vа go“shtning pishirib yеyilishi ibtidоiy оdаmlаrni tаkоmillаshib bоrishigа vа so“nggi pаlеоlitdа krоmаnyоn (Frаnsiyadаgi g“оr nоmidаn) оdаmini vujudgа kеltirаdi. Ularning o‘rtacha umri davomiyligi 30-32 yosh bo‘lgan. Homo sapiens - аqlli оdаm pаydо bo“lishi bilаn insоn qo“li bilаn yarаtilgаn mоddiy mаdаniyat аshyolаridаn fаrqli mа“nаviy mаdаniyat hаm shаkllаnаdi. Insоndа til, оng diniy tаfаkkur vujudgа kеlаdi.
So“nggi pаlеоlitdа оdаmlаrni оlаmni аnglаshgа intilishi ulаrni yangi iÑ…tirоlаrgа yеtаklаydi: sun“iy оlоv оlish, yеrto“lа vа chаylаlаr ko“rinishidаgi turаr-jоylаr qurish, ibtidоiy sаn“аt va musiqa asboblari ushbu dаvr kаshfiyotlаridir. Bulаrdаn tаshqаri: irqlаr, urug“chilik jаmоаlаri, mаtriаrхаt, juft oilalar paydo bo‘ldi. Mehnat qurollari yasash va ulardan xo‘jalik yuritishda keng foydalanish paleolit davri ibtidoiy jamoa xo‘jaligi rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan omil hisoblanadi. So‘nggi paleolit davrida mukkamal kesuvchi, arralovchi va burg‘ulovchi mehnat qurollari paydo bo‘ldi, odamlar taqinchoqlar-munchoq, tumor, bilaguzuklar yasay oladigan bo‘ldilar.
Ayol uy, o‘choq va muqaddas olovning egasi hisoblanib, uy xo‘jaligida bolalar tarbiyasida, o‘choqda o‘tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro‘zg‘or buyumlarni va mehnat qurollarni qo‘riqlash, uy-boshpanani asrashda muhim vazifalarni bajargan.
So‘nggi paleolit davri jamoalari orasida mehnat taqsimoti sodir bo‘lishi natijasida erkaklar faqat ov bilan, ayollar esa faqat uy yumushlar bilan mashg‘ul bo‘la boshladilar.Yer yuzidаgi bаrchа хаlqlаr o“z bоshidаn kеchirgаn urug“chilik dаvrining ilk bоsqichidа qоn-qаrindоshlik jаmоаlаri hukm surib u bir оtа-оnаdаn tаrqаlgаn urug“dоshlаr jаmоаsi bo“lgаn. Jаmоаlаrdа hаmmа bir kishi vа bir kishi hаmmа uchun qоidаsi hukm surib jаmоа uyi, gulхаni, оziq zаhirаlаri, оvlаngаn hаyvоn go“shti, suyaklаri vа hаttо tеrisi uning bаrchа а“zоlаriniki hisоblаngаn.
Аrхеоlоglаr so“nggi pаlеоlit оdаmlаri mаnzillаridаn suyakdаn yasаlgаn gаrpunlаr, qаrmоqlаr, sаnchiqilаrni ko“plаb tоpishgаn bo“lib, ulаr ushbu dаvrdа o“zlаshtirish Ñ…o“jаligining yanа bir turi bаliqchilikning kеng yoyilgаnligidаn dаrаk bеrаdi. 
Аjdоdlаrimiz o“zlаri yashаgаn tаbiiy muhitdа ko“plаb xаvf-хаtаrlаrni аnglаsh, tushunish mushkul bo“lgаn hоdisа vоqеаlаrni uchrаtib turgаnlаr. Nеgа chаqmоq chаqib mоmаqаldirоq bo“lаdi? Nеgа kun vа tun mаvjud? Nеgа yozdа issig“u, qishdа sоvuq bo“lаdi? Insоn nimаgа tush ko“rаdi? Оdаmning tug“ilishi vа o“limining sаbаblаri?
Nаtijаdа оdаmlаrdа g“аyritаbiiy jоn vа ruhlаrgа ishоnish e“tiqоdi shаkllаnib u fаndа “аnimizm” dеb nоmlаnаdi. Qаdimgi оdаmlаr insоn vаfоt etgаnidа, uning jоni «nаrigi dunyo»dа yashаshdа dаvоm etishigа ishоngаnlаr. Animizmdan tashqari urug‘chilik jamiyatida turli xil diniy e’tiqod va marosimlar totemizm (ajdodlar ruhiga sig‘inish), magiya (sehrgarlik), fetishizm (jonsiz narsalarga ishonish va ularga topinish)  keng yoyildi.
Insоnlаrning tushunchаsidа “ruh” vа “jоn”lаr “yovuz” yoki “sаhiy” bo`lishi mumkin edi. Eng ulug` bоshqаlаrdаn ustun bo`lgаn ruhlаrni kеyinchаlik Ñ…udоlаr dеb аtаy bоshlаdilаr. O`z ishlаridа оmаd so`rаb ulаrgа duоlаr bilаn murоjааt qilish, iltimоslаrini Ñ…udоlаr rаd etmаsliklаri uchun ulаrgа sоvg`аlаr, qurbоnliklаr kеltirish bоshlаnаdi. Оdаmlаr turli аshyolаr: yog`оch, lоylаrdаn Ñ…udоlаr vа ruhlаr siymоlаrini yasаb ulаrgа tоpinа bоshlаydilаr. Bundаy tаsvirlаr but yoki sаnаmlаr dеb nоmlаnаdi. Qаdimgi оdаmlаr ibtidоiy rаssоmlаr tоmоnidаn chizilgаn hаyvоnlаr vа ulаrning surаtlаri оrаsidаgi g`аyritаbiiy аlоqаgа ishоngаnlаr. Ulаr оvdаn аvvаl kiyik yoki yovvоyi bug`uning tаsvirini tushirib uni nаyzа bilаn nishоngа оlinsа оvdа оmаdlаri kеlаdi dеb  o`ylаgаnlаr. Shu mаqsаddа Ispаniyaning Аltаmir g`оridа hоzirdаn 14-17 ming yil аvvаl оv tаsvirlаri tushurilgаn pеtrоgliflаr (qоyatоsh surаtlаri) yarаtilgаn. Bu davrga oid qoya tosh suratlari Kapova (Boshqardiston) va Lasko (Fransiya)da ham topib o‘rganilgan. O`rta Osiyoda qoya tosh suratlar mezolit davrida vujudga kela boshlagan. 1912-yilda I.Fyodorov tomonidan Surxondaryoning Zarautsoy degan joyida dunyoga mashhur qoyatosh suratlari topilgan. U yerdagi rasmlar tosh davriga mansubdir. Unda yovvoyi ho‘kiz va ov manzarasi tasvirlangan. Odamlar chizilgan suratlar bo‘lajak ovga yordam berishiga ishonganliklari sababli qoyatosh suratlarda ko‘pincha hayvonlar va ov manzarasini tasvirlaganlar. Bunday suratlar Farg‘ona vodiysidagi Soymolitosh manzilgohida ham topilgan. Ibtidoiy tasviriy san’at rivojiga insonning atrof muhitni bilish yoki dunyoni anglashga intilishi asos bo‘ldi.
O“zbekistonda so‘nggi paleolitga oid dastlabki yodgorlik 1939-yili N.G. Xarlamov tomonidan Samarqand shahridan o‘tgan qadimiy Siyobcha soyi yoqasidan topilgan. U yerdagi urug‘ jamoasi hayvon va baliq ovi bilan shug‘ullangan.


Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 16:53:41

Ilk dеhqоnlаr vа chоrvаdоrlаr


Bundаn 15-13 ming yil аvvаl yеr yuzidа hаvоning isiy bоshlаshi muzliklаrning chеkinishigа sаbаb bo“lgаn. Nаtijаdа sеrsuv vа sеrtоshqin dаryolаr, ko“llаr vujudgа kеlib ulаrning sоhillаridа ko“plаb yovvоyi bоshоqli o“simliklаr pаydо bo“lgаn. O“rmоnlаr sеro“t dаshtlаrning pаydо bo“lishi esа mаydа vа o“rtа hаjmdаgi yovvоyi hаyvоnlаr: qulоnlаr, turlаr, kiyiklаr pоdаlаrini shаkillаntirаdi. Hаvоning isishi yirik mаmоntlаr kаbi hаyvоnlаrni shimоlgа chеkinishigа sаbаb bo“lаdi. Tеz hаrаkаtlаnuvchi hаyvоnlаrni оvlаsh zаruriyati esа insоnni o“q-yoy, ya“ni kаmоnni kаshf etishi turtki bеrаdi. Bu davr xo‘jaligi tarixidagi yangi xususiyatlaridan biri o‘q-yoyning kashf etilishi munosabati bilan yakka ovchilari rolining o‘sishidir. O‘q-yoy insonni kundalik hayotida bir necha yuz ming yilliklar davomida hukmronlik qilib kelayotgan yirik hayvonlar tik jarlarga haydash, ularni  o‘rab olib tutish ovchiligiga barham berdi. Ov jaryonida ko‘pchilik tamonidan yirik hayvonlarni tutishga qaratilmay, mayda hayvonlarni tutishga moslashtirilgan. Ovdan keladigan daromad ham ko‘paydi, u bilan bog‘liq holda mehnat qurollari takomillashib bordi.
Dеhqоnchilik yovvоyi bоshоqli dоnlаrni tеrib istе“mоl qilish dаvоmidа, ulаrning kulbаlаr tеvаrаgidа bехоsdаn to“kilishi, sоchilishidаn o“sib hоsil bеrishidаn bоshlаngаn. Dеhqоnchilikdа yеrgа dаstlаb yog“оch so“qа, uchi o“tkir tаyoq yordаmidа ishlоv bеrilib, yog“оch yoki suyak sоpgа, dаstаgа o“tkir tоshlаr jоylаshtirilib tаyyorlаngаn o“rоqdаn pishgаn dоnni yig“ishdа fоydаlаnilgаn. Yapаlоq tоshlаrdаn yasаlgаn yorg“uchоqlаrdа dоnni mаydаlаb un tаyyorlаshgаn.
Ilk dеhqоnchilik mil. аvv. IX-VIII mingyilliklardа Mеsоpоtаmiyadа vujudgа kеlgаnligi оlimlаr tоmоnidаn tаsdiqlаngаn. Chоrvаchilik dеhqоnchilik bilаn bir pаytdа shаkllаnib uning pаydо bo“lishigа kаmоndаn fоydаlаnish nаtijаsidа yakkа оvchilikning rivоjlаnishi, mаhsuldоrligini kеskin o“sishi аsоs bo“lgаn. Nаtijаdа yarаlаnib qo“lgа оlingаn hаyvоnlаr, yoki hаyvоn bоlаlаrining хоnаkilаshtirishi оrqаli chоrvаchilik pаydо bo“lаdi. Insоn dаstlаb  qo“lgа o“rgаtgаn hаyvоnlаr it vа mushuk bo“lgаn. Ayrim olimlar it vа mushuk bilan deyarli bir vaqtda shimol bug‘usi ham qo‘lga o‘rgatilganligini ta’kidlaydilar. Itlarning qadimgi suyak qoldiqlari Old Osiyoda topilgan bo“lib, miloddan avvalgi 10-ming yillikka oid.
O‘zbekistonda o‘rganilgan mezolit davri yodgorliklarini yoshi bir xil emas. Olimlar yodgorliklarda topilgan tosh qurollariga qarab, ularni uch guruhga bo‘lishgan: 1) Qo‘shilish yodgorligi (Toshkent) - miloddan avvalgi 10-9 ming yillik; 2) Obishir yodgorligi (Farg‘ona vodiysi) - miloddan avvalgi 9-8 ming yilliklar; 3) Machay madaniyati (Surxondaryo) - milloddan avvalgi 7-6 ming yillik.
Dеhqоnchilik vа chоrvаchilikning аsоs sоlinishi mеzоlitdа bo“lsа-dа, uni ishlаb chiqаrish sоhаsigа аylаnishi nеоlitdа - yangi tоsh аsridа (mil.аvv. 6-4 mingyilliklar) ro“y bеrgаn. Оlimlаr bu dаvrni nеоlit inqilоbi dеb bеjizdаn аytishmаgаn. Endilikdа dеhqоn vа chоrvаdоr istе“mоl qilinishi zаrur bo“lgаn mаhsulоtlаrni o“zi yеtishtirishi imkоniyati vujudgа kеlаdi. Nаtijаdа оdаm hаyoti fаqаt tаbiаt in“оmlаrigа emаs uning o“z mеhnаtigа bоg“liq bo“lа bоshlаydi.
Kishilik tarixining neolit davri qurollarni ishlash texnikasida silliqlash, pardozlash, arralash va parmalash usullarinig ixtiro etilishi tufayli kelib chiqdi. Toshni ishlash texnikasida bunday yangi usullarni kashf etilishi ibtidoiy ishlab chiqarish kuchlarinig oldingi davrlarga nisbatan tezroq  rivojlanishiga olib keldi. Bu davrning muhim xususiyatlaridan biri hisoblangan  toshni pardozlash usuli tosh qurollarning barcha turlarini ishlab chiqarishga ko‘llanavermagan.
Mеzоlit vа nеоlitdа оdаmlаr tоshdаn mаydа mеhnаt qurоllаri - mikrоlitlаr yasаshni o“zlаshtirаdilаr. Tоshni silliqlаsh, qirtishlаsh, burg“ulаsh o“zlаshtirilib tоsh bоltаgа sоp sоlinishi bilаn dаrахt tаnаsini o“yib qаyiqlаr yasаsh iÑ…tirо qilinаdi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar, tosh teshalar, uskunalar paydo bo‘ldi. Yevro‘pa olimlari neolit davrini boltalar asri deb atashni taklif etganlar.
Yangi tоsh аsridа kulоlchilik, to“qimаchilik kаshf etilаdi. Оdаmlаrdа zig“irpоya vа jundаn to“qilgаn gаzlаmаlаrdаn tikilgаn kiyimlаr pаydо bo“lаdi. Bu davrda bo‘lajak hunarmandchilik  xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish paydo bo“ldi. Sopol xumlarda g‘alla saqlangan, qozonlarida esa qaynatma ovqat pishirilgan. Bundan avval idishlar yog‘ochdan tayyorlangan. Sopol kulolchilik davri paydo bo‘lishi neolit davrining ulkan kashfiyoti bo‘lib, ayrim arxeologlar hatto bu davrni sopol kulolchilik (keramika) asri deb atashni taklif qilganlar. Neolit davrida odamlarning o‘rtacha umri davomiyligi ortib, 35-40 yoshni tashkil etdi. O“trоq dеhqоnlаr vа chоrvаdоrlаr qаbilаlаri аhоlisi dаstlаb ko“p sоnli bo“lmаsdаn, ulаr bir birlаrigа yaqin tillаrdа so“zlаshgаnlаr. Kеyinchаlik аhоli ko“pаyib yangi jоylаrgа ko“chib o“tib, turli tillаrdа gаplаshаdigаn etnоslаrgа аsоs sоlishаdi.

Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 16:57:12

O‘rta Osiyoda aholining asosiy mashg‘uloti ov, baliqchilik va termachilikdan iborat bo‘lgan. O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa rivojlanishinig 2 ko‘rinishi mavjud edi: O‘rta Osiyoning janubiy rayonlarda, hozirgi Turkmanistonnig Kopetdog‘ tog‘ oldi rayonlarida neolit davri odamlari miloddan avvalgi 6-5 mingyilliklarda  ilk dehqonchilik bilan band bo‘lgan bo‘lsa; O‘rta Osiyoning O‘rta , shimoliy va sharqiy viloyatlarida bu vaqtda odamlar ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug‘ullanar edi. Neolit davri jamoasining bunday  mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning mavjud tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqar edi. Dehqonlarning dastlabki manzilgohlari jilg‘alar bo‘ylab joylashgan edi. Chaqmoqli va Joytun manzilgohlari O‘rta Osiyodagi dastlabki dehqonchilik manzilgohlaridir. Jaytun madaniy yodgorligi Ashxabaddan 40 km shimoliy g‘arbdagi Chaqmoqli deb yuritilgan joydan 1952-yilda arxeologlar qidiruv ishlarini olib borib, bu tepalik neolit davri dehqon jamoalarining qarorgohi ekanligini aniqladilar. 1956-1957-yillarda bu yodgorlikda arxeolog V.M. Masson qazishmalar olib borib muhim natijalarga erishdi. Qazilma paytida guvaladan yasalgan bir xonali devor kulbalar ochildi. Shunday qilib, O‘rta Osiyoliklarning ilk dehqonchilik qarorgohi fan olamiga “Joytun madaniyati” nomi bilan kirdi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Joytun madaniyati yodgorliklari asosan Turkmanistonning janubiy-g‘arbiy rayonlarida uchraydi. Ular bilan yoshi teng va unga o‘xshash yodgorliklar O‘rta Osiyoning boshqa joylarida uchramaydi. Bu  madaniyat miloddan avvalgi 6-5- mingyilliklar bilan belgilanadi.     
O‘rta Osiyoning O‘rta, Shimoliy va Sharqiy rayonlarida ovchilik, baliq ovi va termachilik bilan shug‘ullanuvchi neolit davri jamoalari ham xuddi shu davrda istiqomat qiladilar. Bu yodgorliklarni qadimiy Xorazm yerlarida topib o‘rgangan S.P.Tolstov ularni fanga ”Kaltaminor madaniyati” nomi bilan kiritgan. Bu madaniyat miloddan avvalgi 5-4 ming yilliklarga tegishli. Bu yodgorlikning yaxshi saqlangan manzilgohlaridan biri Jonbos-4 dir. Shunga o‘xshash madaniy yodgorliklar Zarafshon vohasida, Amudaryo quyi oqimida, Qizilqum sahrosida uchraydi. Zarafshon vohasidagi Darvoza qir va Sazag‘on makoni ham Kaltaminor madaniyatiga tegishlidir. Neolit davrida Zarafshon daryosi Amudaryoga quyilgan. Uning eng katta o‘zani Mohandaryo deb atalgan. Tog‘ sanoati hunarmandchiligining tashkil topishida buyuk xo‘jalik kashfiyoti hisoblangan Uchtut yodgorligi ham Zarafshon vohasining Qoratov yon bag‘irlarida joylashgan.


Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 16:59:28

Аhоlining tоifаlаrgа bo“linishi

O“trоq dеhqоnchilik аhоlisi оrаsidа yangi tоsh аsridа o“zlаshtirilgаn hunаrlаrdаn biri kulоlchilik bo“lgаn. Dаstlаb turli sоpоl buyumlаrni qo“l yordаmidа lоy tаsmаlаridаn bir birigа yopishtirib yasаlgаnidаn u mo“rt vа qo“pоl bo“lgаn. Kеyinchаlik kulоlchilik chаrÑ…ining kаshf etilishi sоpоl buyumlаrni оlоvdа pishirishning idishlаr turini ko“pаytirish vа sifаtini оshirish imkоnini bеrаdi. Hunаrmаndchilik turlаri ko“pаyib bоrgаn, milоddаn аvvаlgi IV mingyillikdа Оld Оsiyodа ilk mа“dаn - misgа ishlоv bеrish bоshlаngаn. Mis qattiq bo‘lmaganligi sababli undan kamdan kam mehnat qurollari yasalgan, ko‘proq bezaklar tayyorlangan. Shuning uchun misni qo‘llash katta o‘zgarishlarga olib kelgani yo‘q va toshni siqib chiqara olmadi. Shu sababli misni qo‘llash bu davrni eneolit, yani mis-tosh asri deb ataladi.
Eneolit davrida sug‘orma dehqonchilik (Turkmanistonda), O‘zbekistonda dehqonchilik va chorvachilik paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda dehqonchilik tabiiy-geografik sharoiti qulay bo‘lgan tog‘ etaklarida yuzaga keldi. O‘zbekistonning ilk dehqonchilik ho‘jaligi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yerlari Nurota tog‘ining Qizilqumga qaragan shimoliy yon bag‘irlari rayonlarida va Farg‘ona vodiysining shimoliy sharqidagi tog‘ etaklarida joylashgan. Ibtidoiy dehqonchilik vujudga kelgan boshqa joy bu tekis oqib o‘tuvchi daryolar va uning qurib qolayotgan shahobchalarining havzasidagi yerlardir. Agar O‘rta Osiyoning janubiy tog‘ oldi rayonlarida dehqonchilik oziq-ovqatning topishi (yovoyi o‘simliklarni yig‘ish) negizida vujudga kelgan bo‘lsa, tekislikda oqib o‘tuvchi daryolarning vohalarida dehqonchilik O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarining dehqonlar bilan shimoliy viloyatlarning ovchi-baliqchilari o‘rtasidagi yaqin aloqalar o‘rnatilishi natijasida yuzaga keldi. Chorvachilik va dehqonchilikni birinchi bor ayollar kashf etganlar.
Eneolit davri manzilgohlari janubiy Turmanistonda (Anov, Namozgoh va Oltintepa), Zarafshonning yuqori oqimida va Orol bo‘yining sharqiy rayonlarida (Saksovul) topib o‘rganilgan. Saksovul makonida topilgan uy hayvonlarining suyaklari O‘zbekistonda chorvachilikning paydo bo‘lishi ilk dehqonchilik bilan birga paydo bo‘lganligini isbotlaydi.
Hunаrmаndchilikning tаrаqqiyoti ishlаb chiqаrishdа mеhnаt tаqsimоtigа yo“l оchib kulоl vа to“quvchilаr dаlаdа ishlаmаsdаn yasаgаn buyumlаrigа o“z qo“shnilаridаn: dоn, sаbzаvоt, sut оlа bоshlаdilаr. Shu tаriqа ilk mоl аyirbоshlаsh vujudgа kеlаdi. Mil.аvv. III mingyillikda Mеsоpоtаmiyadа yog“оch оmоchdаn fоydаlаnishgа o“tilаdi. Ho“kizlаr qo“shilgаn оmоchlаr yordаmidа yеr hаydаsh, ekinzоrlаrni kеngаytirish imkоnini bеrаdi. Hоsildоrlik оshib аhоli sоni ko“pаyib, qishlоqlаr kеngаya bоrаdi.
Qishlоqlаrdа аstа-sеkin yangi tаrtiblаr o“rnаtilа bоshlаnаdi. Jаmоаlаr yirik pаtriаrхаl («Ð¾tа» bоshqаruvi) оilаlаrigа bo“linаdi. Yer esа jаmоа mulkidаn аyrim оilаlаr mulkigа аylаnib to“plаngаn hоsil hаm tаbiiy uni yеtishtirgаn оilаlаr оmbоrigа tushurilаdi. Аyrim оilаlаr bоyib bоshqаlаri turli sаbаblаrgа ko“rа kаmbаg“аllаshib bоrаdi. Shu tаrzdа mulkiy tаbаqаlаnish vа tеngsizlik pаydо bo“lаdi.
Yirik аhоli mаnzilgоhlаridа qоn-qаrdоshlik jаmоаsidа turli urug“ vаkillаri yashаydigаn qo“shnichilik jаmоаsigа o“tа bоshlаngаn. Mоl-dunyoning оilаlаr mulkining pаydо bo“lishi esа qo“shnilаrning qo“qqisdаn hujumlаrini himоyalаnish uchun qishlоqlаrni chоqpаrlаr yoki dеvоrlаr bilаn o“rаb оlish zаruriyatini tug“dirаdi. Hаrbiy hаrаkаtlаrni оlib bоrish uchun qаbilаgа hаrbiy yo“lbоshchi sаylаngаn. Hаrbiy yo“lbоshchilаr ulаrning do“stlаri vа hаmkоrlаri shuhrаt tоpib, ulаrni mаshhur jаngchilаr, zоdаgоn kishilаr sifаtidа ulug“lаshgаn. Ulаr vа ulаrning fаrzаndlаridаn qаbilа sаrkаrdаlаri sаylаy bоshlаngаn. Urushdа аsir оlingаnlаr qаbilа bоshliqlаri zоdаgоn kishilаr qullаrigа аylаnа bоrаdi. Kеyinchаlik qаbilа bоshliqlаri yangi vujudgа kеlgаn dаvlаtlаr hukumdоrlаri, pоdshоlаrgа аylаnаdi.
Mil.аvv. III mingyillikda Оld Оsiyodа yangi iÑ…tirо misgа ruh, qo“rg“оshin yoki qаlаyni qo“shilishidаn оlinаdigаn jеz (bronza) kаshf qilinаdi. Jеzning iÑ…tirо qilinishi, tоshdаn yasаlgаn mеhnаt qurоllаrini Ñ…o“jаlikdаn surib chiqаrа bоshlаydi. Bronza davri O‘rta Osiyoda III mingyillik o‘rtalarida boshlandi va miloddan avvalgi II mingyillikka kelib o‘z rivojining yuksak darajasiga yetdi. Bu davrda sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligi keng yoyiladi, kulolchilik charxi, qo‘l tegirmoni, g‘ildirak, arava va yuk tashish vositalari kashf etiladi, xom g‘isht va paxsa uylar paydo bo‘ladi, katta inshootlarni qurish ishlari amalga oshiriladi, qoramol, yovvoyi ot, tuyalarni qo‘lga o‘rgatiladi va xonakilashtiriladi, chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Shu davrda ota huquqi qaror topadi va mustahkamlanadi, qarindoshlik otaga qarab olib borish boshlandi. Dehqonchilik qilish, chorvachilik va hunarmandchilikning vujudga kelishi bilan urug‘ni yetarli mahsulot bilan ta’minlash erkaklar qo‘liga o‘tadi. Mehnat qurollarini bronzadan yasalishi mehnat unumdorligi oshishiga olib keldi, Bu narsa o‘z navbatida ortiqcha mahsulotlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi, ya’ni birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti sodir bo‘ldi.

Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 17:06:02

Bronza davriga oid madaniy yodgorliklar Zarafshon, Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent vohalarida topib o‘rganilgan. O‘zbekistondagi ilk dehqonchilik manzilgohi Zarafshon vohasida miloddan avvalgi III-II mingyillikka oid Zamonbobo madaniyatidir. Xuddi shu davrga oid manzilgoh - Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Sarazm madaniyati topib o‘rganilgan. Bu madaniy yodgorlik Tojikiston hududida joylashgan.
II mingyillikka oid madaniy yodgorliklar Surxondaryo vohasidan topib o‘rganilgan. Ular Sopollitepa va Jarqo‘tan madaniyatlaridir. Bu madaniyatlarning ahamiyatli tomoni shundaki, Sopollitepa ipakchilik va paxtachilik tarixi; O‘zbekistonda 3,5 ming yillikni tashkil etishini, Jarqo‘tan esa O‘rta Osiyodagi eng qadimgi shahar harobasi ekanligi fan olamida isbotlangan.
Xorazm vohasidagi II mingyillikni o‘rtalariga tegishli madaniy yodgorlik Tozabog‘yob madaniyatidir. Bu madaniy yodgorlik Amudaryo havzasidagi dehqonchilik va chorvachilik madaniyati sifatida fanga kiritilgan. Shu zamindagi X-VIII asrga oid Amirobod madaniyati ham topib tekshirilgan. Bu madiniyatga tegishli Yakka Parson-2, Tagiskent yodgorliklari ham o‘rganilgan.
Miloddan avvalgi II mingyillikni oxiri - I mingyillikni boshidagi madaniy yodgorliklar Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyatiga tegishlidir. Bu madaniyatga oid manzilgohlar Samarqanddagi Afrisiyob, Yerqo‘rg‘on, Shahrisabzdagi To‘rtko‘l, Surxon vohasidagi Kuchuktepa, Maydontepa, Buyracha va Qizilcha manzilgohlari misolida o‘rganilgan.
Toshkent vohasidagi ilk dehqonchilik madaniyati Burg‘uluq madaniyati misolida o‘rganilgan. Bu madaniyat miloddan avvalgi IX-IV asrga oiddir.

Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 17:08:21

ilk Temir davriga o“tilishi

O‘zbekistonda temir davriga o‘tish millodan avvalgi IX-VIII asrlarda, ilk temir davri miloddan avvalgi VII-IV asrlarda sodir bo‘lgan. Odamlar milloddan avvalgi 1mingyillik boshlarida temirdan mehnat qurollari va yarog‘lar yasashni o‘rgandilar. Temirdan biror buyum yasash ko‘p mehnat talab qilgan. Temir 15000, mis 10000, bronza 3000 eriydi. Shunga qaramasdan temir ularga qaraganda ko‘p afzaliklarga ega bo‘lib, ulardan qattiqroq edi. Dastlab temir buyumlardan xettlar millodan avvalgi XIV-XII asrlarda foydalanishgan. Temirdan dastlab zebu-ziynat buyumlar sifatida foydalanishgan. Bunday bezaklar dastlab Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘oni yodgorliklaridan topilgan. Temirning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi ibtidoiy jamoa tarixida buyuk texnik inqilob bo‘ldi. Temirdan ishlangan mehnat qurollari mehnat unumdorlgini oshirishga imkon yaratdi, temir aslaha tayyorlovchi temirchi paydo bo‘ldi. Ayniqsa, temirning ahamiyati dehqonchilikda va hunarmandchilik xo‘jaligining rivojlanishida katta edi. Temir ibtidoiy tuzumni buzib yubordi va xo‘jalikda tabaqalanishni tezlashtirdi. Temir chorvachilikni dehqonchilikdan uzil-kesil ajratdi, ko‘plab hayvonlarni egasi bo‘lgan aslzodalar paydo bo‘ldi. Xususiy mulkchilikni mustahkamladi, sinfiy jamiyatni keltirib chiqardi. Temirning ishlab chiqarishda kengroq qo‘llanilishi tufayli xo‘jalikda ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti yuz berdi, ya’ni hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Hunarmandchilikning qator sohalarida ixtisoslashuvning sodir bo‘lishi natijasida ilk shaharning belgilaridan biri sifatida bozor paydo bo‘ldi, tovar ayirboshlash yuz berishi natijasida ayrim shaxslar qo‘lida boyliklar to‘plana boshladi.
O‘rta Osiyoda eng qadimgi temir buyumlar Dalvarzintepa (Farg‘ona vodiysida), Anov (Turkmanistonda), Qiziltepa (Surxon vohasida), Daratepa (Qashqadaryo vodiysida) kabi manzillardan topilgan. Ularning eng qadimgisi miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga oiddir. Lekin buyumlarning ko‘pchiligi miloddan avvalgi VII-VI asrlarga taalluqlidir.
O‘rta Osiyoda Yevropadan farqli ravishda dehqonchilik sun’iy sug‘orish asosida taraqqiy etdi. Turkmanistonda IV-III mingyilliklarga oid anhor qoldiqlari, O‘zbekistonda esa millodan avvalgi II mingyillikka oid topib o‘rganilgan. Bu davrda O‘zbekistonning tog‘ oldi viloyatlarida asosan mayda sug‘orish tarmoqlari keng tarqalgan. Yer osti suvlaridan foydalanish uchun korizlar - yer osti kanallar qurganlar.
Urug‘ jamoasi hududiy qo‘shni jamoasiga aylandi. Qabilaviy harbiy ittifoqlar tashkil topa boshladi. Bu harbiy ittifoqlarning asosiy maqsadi qabila chegaralarini qo‘riqlash, yangi yerlarini o‘zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish edi. Qabilaviy harbiy ittifoqlarni obro‘li kishilardan saylanadigan urug‘ yoki qabila boshliqlari boshqargan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi to‘q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Miloddan avvalgi I mingyillik boshlarida O‘rta Osiyo aholisi 4 guruhga bo‘lingan: zodaganlar, harbiylar, ziroatchilar va hunarmandlar. Doimiy bo‘lib turadigan harbiy to‘qnashuvlar natijasida qabilalar harbiy demokratiya tamoyillari asosida yashay boshladilar va bunda urug‘-qabila boshliqlarining ta’siri kuchaydi. Harbiy demokratiya – davlatga o‘tish davrining boshqaruv shaklidir. Uni harbiylar va qabila boshliqlari boshqargan. O‘zbekistonda miloddan avvalgi IX-VIII asrlar ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlang‘ich davri edi. Bu jarayon aholi joylashgan yerlarni, dehqonchilik bilan mashg‘ul vohalarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zaruriyatidan kelib chiqqan. Vujudga kelayotgan davlat tuzilishiga aholining hududiy belgilar bo‘yicha bo‘linishi asos bo‘lgan.     
tarixiy shaxslar ko“rsatkichi

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 15:19:30

I BO“LIM

Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari

ARRIAN Flaviy (Arrianos) (taxm. 95-175-yillar o“rtasi) –  yunon tarixchisi va yozuvchisi. Kichik Osiyodagi Nikomediya shahrida tug“ilgan; yunon faylasufi Epiktet qo“lida o“qigan. Rimda yashab, harbiy ta“lim olgan. 131-137-yillarda Kappadokiya voliysi bo“lib, alanlar hujumini qaytargan. Arrian senator, elchi va kohin ham bo“lgan.  Falsafa, tarix, geografiya, harbiy va boshqa masalalarga oid asarlar yozgan (ko“pi bizgacha saqlanmagan). Uning bizgacha yetib kelgan eng qimmatli asari Aleksandr (Iskandar Maqduniy)ga bag“ishlangan 7 kitobdan iborat “Iskandarning harbiy yurishlari” nomli kitobidir. Asarda Aleksandr Makedonskiyning Eron, O“rta Osiyo va boshqa mamlakatlarga qilgan istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon etilgan. Arrianning “Hindiston”, “Nearxning harbiy yurishi”, “Epiktet haqida estaliklar” hamda epiktet ta“limotiga bag“ishlangan “Qo“llanma” kabi asarlari ham saqlangan. Uning “Parfiya tarixi”, “Alanlar tarixi”, Vifiniya tarixi” va “Aleksandrdan keyingi ishlar” nomli asarlaridan ham parchalar yetib kelgan. U O“rta Osiyo to“g“risida ham qimmatli ma“lumotlar yozib qoldirgan. Arrian Flaviyning  “Iskandarning harbiy yurishlari” asari nemis (Myuller; Leypsig, 1886-yil) hamda rus (Korenkov; Toshkent, 1912-yil va M. E. Sergeenko, M. – L. 1962-yil) tillarida nashr etilgan.   
DIODOR (mil. avv. 90-21-yillar) – yirik tarixchi olim; asli Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. Diodor “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan to milodning I asr o`rtalarigacha bo`lgan tarixini yoritadi. Asarda Sharq xalqlari, shuningdek, O`rta Osiyo va O`zbekistonning qadimiy xalqlari (skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar va boshqalar), O`rta Osiyo – Eron munosabatlari haqida qimmatli ma`lumotlar bor. Diodorning mazkur asari ko`p jihatlari bilan ko`chirma hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko`p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog`lanmay qolgan. Shunga qaramay, Diodorning “Tarixiy kutubxona”si dalillarga boy va ilmiy ahamiyatga egadir. “Tarixiy kutubxona” to`la holda bizning zamonamizga yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi – Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5-kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (mil. avv. 500-449-y.y)dan to mil. avv. 301-yilgacha bo`lgan tarixini o`z ichiga olgan. 11-20-kitoblarigina saqlangan, xolos. Asar 1774-1775-yillari I. Alekseyev tomonidan (6 qismda) va 1874-1875-yillari F. G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
GERODOT (Xeradot, Herodotos) (mil. avv. 490 va 480-yillar orasi, Kichik Osiyoning janubi-g“arbidagi Galikarnas – mil. avv. 425-yil, Afina yoxud Furiya, Janubiy Italiya) – mashhur Rim notig“i Sitseron so“zlari bilan aytganda “Tarix otasi” deb nom olgan yunon tarixchisi. Yoshligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarshi faol kurashgan va Galikarnasda shunday hokimiyat o“rnatilgach, vatanini tark etishga majbur bo“lgan. Bir necha vaqt Samos orolida yashagan. Mil. avv. taxminan 455-447-yillarda butun Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, Yunonistonning Bolqondagi shaharlari, Qora dengiz sohillari bo“ylab sayohat qilib, skiflar haqida ma“lumot to“plagan. Uzoq muddat Afinada yashagan; Gerodotning Afina demokratiyasining yo“lboshchisi Periklga yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli ta“sir qilgan. Gerodot taxminan 443-yilda Afinadan Furiyaga ko“chib o“tgan. Gerodotning asari shartli ravishda “Tarix” deb nom olgan bo“lib, yunonlar tarixining eng muhim siyosiy voqeasi Yunon-Fors urushlari (mil. avv. 500-449-yillar)ga bag“ishlangan. Keyinchalik aleksandriyalik olimlar Gerodot asarini muzalar soniga qarab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalar (Klio, Evterna, Taliya, Melpomena, Terpsixora, Erato, Poligimniya, Uraniya, Kalliopa)dan birining nomi bilan atalgan. Gerodot “Tarix”ining asosiy g“oyasini yunon dunyosining Sharq dunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. Gerodot Lidiya, Midiya, Ahamoniylar davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining o“tmishi, dini, o“ziga xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik bilan bayon etib, tarixiy voqealarni keng tahlil qilgan. Asarning beshinchi kitobida Gerodot o“zining asosiy maqsadi – yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga kirishgan. Antik adabiyotda birinchi bo“lib skiflarning hayoti va turmush tarzlari Gerodot asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan, Gerodot O“rta Osiyoda yashagan massagetlar haqida batafsil ma“lumotlar keltirib, massagetlar malikasi To“marisning ahamoniylar podshosi Kir II bilan bo“lgan jangini yuksak mahorat bilan bayon qilgan.                 

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 15:26:02

KTESIY Knidlik (mil. аvv. V аsr охiri, Knid shahri - IV аsrning I yarmi) – yunоn tаriÑ…chisi. Gerоdоt, Gippоkrаt, Ksenоfоntlаrning zаmоndоshi. U qadimgi fors shohi Artakserks II sаrоyidа 17 yil tаbiblik qilgаn. 401-yil Kunаks оstоnаsidаgi jаngda yarаlаngаn Аrtаkserksni dаvоlаgаn. Qоlgаn umrini оnа shаhri yoÑ…ud Spаrtаdа o“tkаzgаn. Ktesiy «Erоn», «Hindistоn», «Dаryolаr hаqidа», «Tоg“lаr hаqidа», «Ðžsiyo аtrоfidаgi dengiz sаyohаti» nоmli аsаrlаr muаllifi. Bulаrdаn eng muhimi «Erоn» - 23 kitоbdаn ibоrаt bo“lib, uning dаstlаbki 6 kitоbi Оssuriya vа Midiya tаriÑ…igа, keyingi 7 kitоb Erоn tаriÑ…igа (Kir II, Kserks I ning o“limigаchа), qоlgаn 10 kitоb Erоnning 398-yilgаchа (Ktesiy fоrslаr sаrоyini tаrk etgunigаchа) bo“lgаn tаriÑ…ini o“z ichigа оlgаn. Ktesiyning bu аsаridа O“rtа Оsiyodа yashаgаn qаdimgi хаlqlаr, ulаrning urf-оdаtlаri, ijtimоiy-iqtisоdiy аhvоli, hаrbiy sаn“аti hаqidа hаm bir tаlаy qimmаtli mа“lumоtlаr bоr. U yana Baqtriyaning Ossuriya bilan aloqalari haqida ham yozib qoldirgan. Ktesiy Suzаdа bo“lgаn dаvridаn fоydаlаnib, fоrs tili оg“zаki vа yozmа mаnbаlаri bilan tаnishgаn. Yunоnlаrgа uzоq Shаrq dаvlаtlаri, Erоn shоhlаri vа Yunоn-Erоn urushlаri to“g“risidа ko“p mа“lumоtlаr yetkаzgаn.
KVINT KURSIY RUF (milodiy I-II аsrlar) - Qаdimgi Rim tаriÑ…chisi vа ritоr (nоtiqlik sаn“аtini o“rgаtuvchi muаllim). Kvint Kursiy Rufning qаchоn tug“ilgаni vа vаfоt etgаni nоmа“lum. Аsаrlаrining tiligа qаrаb tаriÑ…chilаr uni Klаvdiy yoki Аvgust hukmrоnligi dаvridа yashаgаn dеb tахmin qilаdilаr. Kvint Kursiy Ruf mаkеdоniyalik Аlеksаndr vа uning hаrbiy yurishlаrigа bаg“ishlаngаn, hаrbiy tехnikа tаriÑ…i nuqtаi nаzаridаn tаriÑ…iy аhаmiyatgа egа 10 tа kitоbdаn ibоrаt «Buyuk Аlеksаndrning tаriÑ…i» nоmli kаttа аsаr (tахminan milodiy 50-yil yoÑ…ud II аsr o“rtаsi)ning muаllifi. Muallif Ptolemey Lag va Aleksandr Makedonskiyning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asaridan keng foydalangan.  Asarning 8 tа kitоbi sаqlаngаn. “Buyuk Aleksandr tarixi” 1841-yili Myuztel, 1867-yili T. Nyoldeke va 1885-yili Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V. S. Sokolov tahriri ostida chop etilgan (Moskva 1963-yil).
POLIBIY (mil. avv. 201-120-yillar) – 40 kitobdan iborat “Umumiy tarix” asari bilan mashhur bo`lgan yunon tarixchisi. Polibiyning tilga olingan asari Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Asar umumiy tarix yo`nalishida yozilgan. Afsuski, uning katta qismi saqlanmagan – bizgacha faqat 1-5-kitoblarigina yetib kelgan, xolos. Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy ma`lumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Mazkur asarda Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) haqida, Antiox I ning Baqtriya podshosi Yevtidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma`lumotlar bor. “Umumiy tarix”ning matni 1889-1905-yillar orasida 4 jildda Leypsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V. R. Paton; London, 1922-1827; ikkinchi nashri: London, 1957-1960) va ruscha (F. G. Mishchenko, 1-3-jildlari. Moskva, 1890-1899) tarjimalari mavjud.

Qayd etilgan




Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 171219
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 187
Ko'rilgan: 261572
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 12:19:15
muallifi Robiya
Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 91524
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar

Muallif muxbirBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 1393
Ko'rilgan: 514034
So'nggi javob 08 Oktyabr 2008, 19:19:41
muallifi asilbek
O'qishga kiruvchilar uchun yordam

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 40
Ko'rilgan: 34346
So'nggi javob 12 Fevral 2009, 18:02:29
muallifi Abdullоh