Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346026 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 38 B


Robiya  14 Iyun 2008, 15:25:11

CHAN — mil. avv. XII asr boshlarida hulmronlik qilgan chjou qabilalari hukmdori. U "œMa`rifatparvar hukmdor" nomi bilan ham mashhur bo`lgan.
CHANDRAGUPTA - Qаdimgi Hindistоndаgi Mаgаdxа dаvlаti pоdshоsi, Mаuriyalаr sulоlаsi аsоschisi (mil. avv. 317-298-yillar). Yoshligidа nаndlаr (Mаgаdhа pоdshоlаri) sаrоyidа хizmаt qilgаn, kеyinchаlik ulаr bilan tахtgа egаlik qilish uchun kurаsh bоshlаgаn, mаg"œlubiyatgа uchrаb mаmlаkаtning shimoli-g"œаrbigа kеtgаn. U yеrdа Hindistоngа bоstirib kirgаn Аlеksаndr (Iskаndаr) qo"œshinigа qo"œshilgаn vа uni nаndlаrgа qаrshi gij-gijlаgаn. Аlеksаndr Hindistоndаn kеtgаch, Chandragupta mil. avv. 318-yildan boshlab yunоn-mаkеdоn qo"œshinlarini mаmlаkаtdаn butunlаy quvib chiqаrish uchun bоshlаngаn kurаshgа rаhbаrlik qilgаn. Bundа аnchа yutuqlаrgа erishgаn Chandragupta Mаgаdhа uchun kurаshni qаytа bоshlаgаn, Dхаn Nаnduni tахtdаn аg"œdаrib hоkimiyatni qo"œlgа оlgаn. Shimoliy Hindistоnni tоbе etib Mаuriyalаr impеriyasigа аsоs sоlgаn. Mil. avv. 305-yilda Sаlаvka I Nikаtоr bоsqinini qаytаrgаn, u bilan tuzilgаn sulhgа ko"œrа, Chandragupta 500 tа fil evаzigа Hind dаryosi g"œаrbidаgi kаttа hudud (hоzirgi Bаlujistоn vа Аfg"œоnistоnning bir qismi)ni оlgаn vа Sаlаvkaning qizigа uylаngаn. Аyrim mа"œlumоtlаrgа ko"œrа, Chandragupta mil. avv. 293-yilda jаynizmni qаbul qilib, tоju tахtdаn vоz kеchib rоhiblikni qabul qilgan.
CHANDRAGUPTA I — milodiy 320-335-yillarda hukmronlik qilgan Magadxa davlati hukmdori. Guptalar sulolasidan. Uning davrida Magadxa davlati ancha kuchayib, Himolay tog"œlaridan Madras shahri oralig"œidagi yerlarni bosib oladi.
CHANDRAGUPTA II - 380-415-yillarda hukmronlik qilgan Magadxa davlati hukmdori. Guptalar sulolasidan. Uning davrida Guptalar sulolasi davlati gullab-yashnagan. Chandragupta II podsholigi davrida Hindistonning yerlari Panjob, Hind vohasi hisobiga kengaygan. Hindistonda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ayniqsa savdo-sotiq nihoyatda rivoj topadi. Chandragupta II podsholik qilgan yillar Hindiston tarixida "œGuptalarning oltin asri" deb madh etilgan.
CHEN TAN — mil. avv. XVIII asrda Xitoyda davlat tuzib, yangi sulolaga asos solgan hukmdor. Uni o"œz qabilasi Shan nomi bilan ataydi.
CHEN SHEN — Chu podsholigida "œUlug` Chu qayta tiklanmog`i kerak" shiori ostida ko`tarilgan qo`zg`olon rahbarlaridan biri. Chen shahri qo`zg`olonchilar tomonidan bosib olingach, Chen Shen jamoa oqsoqollari tomonidan podsho qilib ko`tarilgan. Biroq, ko`p o`tmay Chen Shen janglarning birida halok bo`lgan.
CHJAN SYAN (? - mil. аvv. tаxm. 103) - xitоylik diplоmаt vа sаyyoh. Mil. аvv. 138-yil impеrаtоr U-Di tоmоnidаn g"œаrbgа, yuеchjilаr bilan hunnulаrgа qаrshi ittifоq tuzish mаqsаdidа yubоrilgаn. Hunnulаr qo"œligа tushib qоlib, fаqаt 10 yil o"œtgаchginа qоchishgа muvаffаq bo"œlib sаyohаtini dаvоm ettirgаn. Qаytishdа yanа hunnulаr qo"œligа tushgаn, lеkin tеz оrаdа qоchishgа erishgаn. Mil. аvv. 115-yilda elchilаrgа bоsh bo"œlib Xitоy chеgаrаlаridаn g"œаrbdаgi ko"œchmаnchi usun qаbilаsi hukmdоri (gunmо) huzurigа jo"œnаtilgаn. Chjan Syan uni Xitоy bilan ittifоq tuzishgа ko"œndirgаn. Chjan Syan tоmоnidаn Xitоydаn O"œrtа Оsiyogа bоsib o"œtilgаn yo"œl kеyinchаlik Еvrоpаdа Buyuk ipаk yo"œli nоmini оlgаn. G"œаrbiy o"œlkаlаr - O"œrtа Оsiyo vа Shаrqiy Turkistоn Chjan Syan sаyohаtigаchа xitоyliklаrgа nоmа"œlum bo"œlib kеlgаn. Xitоyning G"œаrbiy o"œlkа bilan diplоmаtik аlоqаlаr o"œrnаtishigа аsоsiy sаbаb mil. аvv. II аsrning 1-yarmidа hunnulаr bilan yuеchjilаr (tоxаrlаr) o"œrtаsidаgi urush bo"œlgаn. Bu urushdа yuеchjilаr еngilib, ulаrning аksаri qismi hоzirgi Gаnsu vilоyatidаn Yettisuvgа ko"œchgаn, birоq bu еrdа hаm hunnulаr ulаrgа tinchlik bеrmаy quvg"œin qilgаnlаr. Ulаr O"œrtа Оsiyoning jаn.gа, Bаqtriyagа kеtishgа mаjbur bo"œlishgаn, u yеrdа Yunоn-Bаqtriya pоdshоligini vаyrоn etishdа bоshqа qаbilаlаr bilan ishtirоk etishgаn. Kеyinchаlik yuеchjilаrning аvlоdlаri Kushоn pоdshоligini bаrpо etishgаn. Yuеchjilаr hunnulаrgа qаrshi kurаshdа o"œzlаrigа ittifоqchi izlаshgаn. Xitоyning Xаn sulоlаsi hаm hunnulаrgа qаrshi kurаsh оlib bоrmоqdа edi. Chjan Syan g"œаrb sаfаridа ungа hun yo"œlbоshlоvchisi Tаni Xunugаnfu hаmrоhlik qilgаn. Birоq yo"œldа u hunnulаr tоmоnidаn qo"œlgа оlinib ulаrning hukmdоri huzurigа kеltirilgаn. Chjan Syanni hunnu qizgа uylаntirgаnlаr, undаn bir o"œg"œil fаrzаnd ko"œrgаn. Lеkin qulаy fursаt kеlishi bilan u hаmrоhlаri bilan аsirlikdаn qоchib, sаyohаtini dаvоm ettirgаn. U qаd. Fаrg"œоnа - Dovongа kеlgаn. Dаvаn hоkimi  Xitоy  bilan  diplоmаtik аlоqаlаr o"œrnаtish niyati bоrligini аytgаn. Chjan Syan Dаvаn аhоlisi mаshQulоti hаqidа qimmаtli mа"œlumоtlаr qоldirgаn. Impеrаtоr U-Digа, аyniqsа, Dovon tulpоrlаri yoqib qоlgаn. Chjan Syan Dovondаn Kаngyuygа (Qаng dаvlаti) o"œtgаn, so"œng jаnubgа Dаxya (Bаqtriya)gа bоrgаn. U yеrdа bir yil turib оrqаgа qаytgаn, lеkin yo"œldа yanа hunnulаr qo"œligа tushib qоlgаn. Birоq 1 yildаn kеyin, hunnulаr o"œrdаsidаgi ichki nizоlаrdаn fоydаlаnib Xitоygа qоchib bоrishgа muvаffаq bo"œlgаn. Uning G"œаrbiy o"œlkаlаrgа qilgаn 1-sаyohаti 13-yil dаvоm etgаn. U bilan yo"œlgа chiqqаn 100 tа hаmrоhidаn аtigi 2 kishi - o"œzi vа  yo"œlbоshlоvchisi sоg"œ-sаlоmаt qаytib  kеlishgаn. Xitоygа qаytib kеlgаch, Chjan Syan impеrаtоrgа bаtаfsil hisоbоt tаyyorlаgаn. O"œz hisоbоtidа O"œrtа Оsiyodаgi dаvlаtlаr, mulklаr - Dаvаn, Usun, Kаngyuy, Dаxya, Yantsаy, Kаttа Yuеchji hаqidа mа"œlumоt kеltirgаn.
CHJAN SZYAO
— 184-yilda Xan saltanatiga qarshi ko"œtarilgan "œSariq ro"œmollilar" qo"œzg"œoloni rahbari. U mashhur tabib bo"œlib, zamondoshlari uni "œoqil va sahiy muallim" deb atashgan. Chjan Szyao xalqqa murojaat qilib, podsholikni ag"œdarib tashlashga va farovon hayot qurishga da"œvat etgan. Chjan Szyao boshliq qo"œzg"œolonchilar o"œz raqiblaridan ajralib turish uchun sariq ro"œmol o"œrab jangga kirganlar. Sariq rang xitoyliklarda farovon hayot ramzi ham bo"œlgan. Shu tufayli bu harakat "œSariq ro"œmollilar" qo"œzg"œoloni nomi bilan mashhur bo"œlgan. Chjan Szyao qo"œshini 300 ming kishidan iborat bo"œlib, 36 qismga bo"œlingan. Qo"œzg"œolonni bostirish uchun 40 mingdan ortiq hukumat qo"œshinlari yuborilgan. 184-185-yillardagi janglar natijasida Chjan Szyao halok bo"œlgan, qo"œzg"œolonchilar esa mag"œlubiyatga uchragan.
CHJAN XEN — milodning II asrida yashab ijod etgan xitoylik astronom. Uning astronomiya va matematikaga oid asarida 124 yulduz turkumi, 2500 yulduzlarning nomi eslatib o"œtilgan.
CHJI-CHJI — shimoliy xunnlar boshlig"œi. Uning boshchiligida shimoliy xunnlar g"œarb tomon siljiganlar. Lekin xitoy qo"œshinlari ularni ta"œqib qilib borib tor-mor etganlar.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 21:06:05

ATAMA VA TUSHUNCHALAR

ADITINANI — Qadimgi hindlar "œhammaning onasi", "œhamma narsaning mohiyati", "œabadiyat", "œyaratilgan va yaratuvchi" kabi nomlar bilan ulug`langan hosildorlik xudosi.
AGNI — Qadimgi hindlarda olov xudosi.
AGUSHAYYA HAQIDAGI DOSTON - Qadimgi Mesopotamiya adiblari tomonidan yaratilgan doston. Dostonda ma"œbudalar Ishtar bilan Saltu o"œrtasidagi mojaro hikoya qilinadi. Donishmandlik xudosi Ea bu ikki ma"œbudani Agushayya iltimosiga ko"œra yarashtirib qo"œyadi. Doston Agushayya, Ishtar va Saltularni maqtab, ular o"œrtasida ittifoq hukm surishini kuylash bilan tugaydi. 
AHAMONIYLAR - Ahamoniylar davlatini boshqargan qadimgi fors podshohlari sulolasi (mil. avv. 558-330-yillar). Ahamoniylar sulolasi qadimgi fors urug"œidan boshlanib, bu urug"œ asoschisi Axomandir. Qadimgi Sharqning ko"œpgina mamlakatlarini bosib olgan Kir II Ahamoniylar saltanatini barpo etgan. Ahamoniylarning katta tarmog"œi Kambis II vafoti (522-yil) bilan tugagan. Kichik tarmoqqa Doro I asos solgan. Ahamoniylar sulolasi: Kir II (550-530) (Fors va Anshanda 558-yildan hokimlik qilgan), Kambis II (530-522), Doro I (522-486), Kserks I (486-465), Artakserks I (465-4240), Kserks II (424), Sug"œdiyon yoxud Sekudian (424-423), Doro II (423-404), Artakserks II (404-358), Artakserks III (358-338), Arses (338-336), Doro III (336-330).     
AHAMONIYLAR DAVLATI -  Mil. avv. 558-330-yillarda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar idora etgan davlat. Ahomaniylar davlati hududi Eronni va Hind daryosidan Egey va o"œrta dengizgacha bo"œlgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va Bolqon yarimorolining bir qismini bosib olish natijasida tashkil topgan. Ahomaniylar davlatiga qadimgi fors podshohlari xonadoni — ahamoniylar vakili Kir II  asos solgan. Mil. avv. 558-yili Kir II fors qabilalari ittifoqiga rahbar bo"œlib, 553-yili Midiyaliklar hukmronligiga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtargan. Forslar 550-yili Midiyani egallab, 3 yil davomida uni tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar. Mil. avv. 546-yilda esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545-539-yillar oralig"œida Kichik Osiyoning katta qismi 538-yilda Bobil, 525-yilda Misr, 519-512-yillar or"œalig"œidagi Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoli-g"œarbiy qismi bo"œysundirilgan. Doro I ning ma"œmuriy-pul islohatlari bosib olingan mamlakatlar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi, davlat 20 ta harbiy-ma"œmuriy satrapiyalarga bo"œlinib, ularni tepasida maxsus amaldorlar-satraplar turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar (pul va natura holida) to"œlashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi — 8,4 g. oltin og"œirlikdagi  doroyi joriy qilingan. Sikl (1 drop 20 doroyi) mayda kumush tanga vazifasini o"œtagan. Turon xalqlari ahomaniylar davlatiga qarshi To"œmaris, Shiroq va Frada bposhchiligida qo"œzg"œolon ko"œtarishgan. Mil. avv. 330-yilda Aleksandr Makedonskiy  qo"œshini zarbalari ostida ahamoniylar davlati qulagan.
AHURAMAZDA (Hurmuzd) - Zardushtiylikning eng muqqadas sanalgan ilohalaridan. Ezgulik xudosi, buyuk va mutafakkir iloh, Zardushtning homiysi, nurdan yaratilgan. Ahuramazda yorug"œlik, obodonlik, salomatlik, tinchlik, farovonlik kabi barcha ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi deb tushunilgan. Unga qarshi zulmat-qorong"œulik, ochlik, vabo, ayoz, jang, zaxarli  jonvorlar kabi barcha yovuzliklrani yaratuvchi va boshqaruvchi Anixramaynu  (Ahriman) bo"œlib, doimo Axuramzda bilan kurashadi. Kurash Axuramazdaning g"œalabasi bilan tugaydi. Bu dualistik qarash zardushtiylik ta"œlimotining asosi Avesto uchun zamin bo"œlgan. Uning keyingi davrlarida yozilgan sahifalarida Ahuramazda yakka xudo darajasiga ko"œtarilib,tafhid ta"œlimotining asosini tashkil etgan. Turon va Eron xalqlarining qadimgi ilk asarlarida Hurmuzd - ezgulik uchun kurashuvchi, Axriman - yovuz timsoli tarzida tasvirlanadi.
AMON - Amon, xuddi Ra kabi, qadimgi Misr afsonasida - quyosh xudosi qirg"œiy boshli qiyofada tasvirlangan bo"œlib, u o"œz panohida asrovchi tangri hisoblangan. Amon umumiy Misr rasmiy xudosiga aylangan. Misrning ba"œzi yerlarida  Amon xotinini iloha ma"œbuda Amaunyat desalar, boshqa yerlarida ilohi Mut deganlar, ularning o"œg"œillari - xudo Xoxu deb atalgan. Amonda qo"œy va g"œoz muqaddas hayvon hisoblangan. Ancha so"œnggi davrlarga oid yozuvlarda - Amon o"œzida butun tabiatni gavdalantiradi, tabiatdagi turli ofatlar, uning namoyon bo"œlishi, deb hisoblangan.
AMON-RA — Qadimgi Misr xudolaridan biri. Amon - Ra ning e"œtiborini orttirish uchun uni qadimgi Quyosh xudosi Ra bilan tenglashtirilgan hamda unga xudolar podshosi fir"œavnning otasi sifatida e"œtiqod qilingan. Dastavval Amon-Ra ikkita xudo bo"œlgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so"œngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan.O"œrta podsholik davrida Amon-Ra ga sig"œinish rasmiy tus olgan. Mil. avv. XVI - XIII asrlarda podsholar urushlar olib borgan vaqtlarida Amon - Ra bosib oluvchilarning homiysi va g"œalaba keltiruvchi tangri sifatida mashhur bo"œlgan. Harbiy o"œljalarning talaygina qismi Amon-Ra ehromiga keltirib berilgan. Shu tufayli ruhoniylarning boyliklari va nufuzi osha borgan. 
AMORIYLAR (Amurru) - Qadimgi Arabistondan chiqqan somiy qabilalar. Mil. avv. 24-16 asrlarda Suriya dashtlarida yashagan. Amoriylar mil. avv. 2024-yilda elamiylar bilan birgalikda Urning III sulolasi davlatini tor-mor keltirib, mil. avv. 1894-yilda Bobilni bosib olib tarixda muhim o"œrin tutgan podsholikka asos solgan. Keyinchalik Ikki daryo oralig"œi, Suriya va Palastinning mahalliy aholisi bilan aralashib ketgan. Mil. avv. I mingyillikdan Amoriylar yerlari Suriya deb atala boshlagan.   
AMULET - qadimgi misrliklar fikricha, mabodo inson o"œzi bilan birga olib yursa, yovuz ruhlar va balo-ofatlardan himoya qiluvchi kichik buyumlar; tumor.
AN - Mesopatamiyada osmon xudosi.
ANAXITA - Zardushtiylik dinida obodonlik va farovonlik ma"œbudasi. Qadimgi dehqonlar yog"œingarchilik va hosildorlikni Anaxitaning mo"œjizasi deb hisoblashgan. Qadimgi haykaltaroshlar Anaxitani bir qo"œlida anor yoki olma ushlab turgan ayol shaklida tasvirlaganlar. Arxeologik qazishmalarda Anaxitaning sopoldan yasalgan haykalchalari ham uchrab turadi.   
ANIBUS — Qadimgi Misrda odam tanali, qora boshli shoqol qiyofasida tasvirlangan marhumlar va mumiyolar xudosi, mayyitlar posboni.
ANXRAMAYNU (fors tilidagi o"œrta asr manbalarida Ahriman, yunon adabiyotlarida Areimanios, Ariman) - Zardushtiylikda yovuz kuchlar, zulmat va o"œlim boshlig"œi, ahuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli. Avesto kitobining "œGatlar" qismida Anxramaynu nomi umuman eslatilmaydi: ularda yovuzlik ruhi va taxshilik ruki - tegishlicha badkorliklar va odilliklar yo"œllarini tanlagan egizaklardir. "œ"Kichik Avesto"da Anxramaynu - yovuz ruhlarni boshlab yuradigan "œjaholat hokimi"dir; u har xil gunohlar, sehru jodular qiladi, yomonlik timsoli sifatida sovuqlik va qoru muzlikni, o"œlim, kasallik, keksalik, zaharli hasharotlarni yuboradi, birinchi inson govamardni halok etadi. Odatda u, ahuramazdaga qarshi o"œz qo"œl ostidagi iblisona kuchlar - devlar yordamida kurashadi. Uning zo"œri bilan dunyo bir-biriga qarama-qarshi 2 taraf - yaxshilik va yovuzlik tarafiga bo"œlinib qoladi. Anxramaynu Avestoning "œDinkart" va "œZotsepro"œm" degan qismlaridagi rivoyatlarda tilga olinadi. Umuman Anxramaynuning yaxshilik va yorug"œlikka qarshi kurashi abadiy davom etadi. Lekin Anxramaynu Ahuramazdani yengishga ojizlik qiladi, chunki har doim yaxshilik g"œolib chiqadi.   
APIS — Memfis shahri xudosi Ptaxning yer yuzidagi qiyofasi. U peshonasi va belida oq qashqasi bo"œlgan qora ho"œkiz siymosida tasavvur etilgan.
ARD — Qadimgi Urartuda quyosh xudosi.
ATON - Qadimgi Misr dinida Quyosh xudosi. Fir"œavn Amenxotep IV (Exnaton) Atonni yogana oliy tangri deb e"œlon qilgan. Axetaton shahrida bu xudo sharafiga katta ibodatxona  qurilgan. 
AVESTO (Ovasto; parfiyoncha apastak - matn; ko"œpincha "œZend Avesto", ya"œni "œtafsir qilingan matn" deb ataladi) - Zardushtiylikning muqaddas kitoblari to"œplami. Ko"œpchilik tadqiqotchilar fikriga ko"œra, Avesto O"œrta Osiyoda, xususan Xorazmda mil. avv. I mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan. Avestoda keltirilgan geografik ma"œlumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan o"œlkalar sanab o"œtilar ekan, boyligi va ko"œrkamligi jihatidan Qadimgi Xorazm, Gava (Sug"œd), Marg"œiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo"œlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yoxud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. Avestodagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo"œlgan. Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma"œlumotlarning eng qadimgi qismlari mil. avv. II mingyillik oxiri - I mingyillik boshiga oid bo"œlib, og"œzaki tarzda avloddan-avlodga o"œtib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar qo"œshilib borgan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persipolda saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Bologes I davri (51-78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (III-VII asrlar)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. Avesto 21 nask (qisim)dan iborat bo"œlgan. Avesto hajmi katta kitob bo"œlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - "œKichik Avesto" (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (VII asr) zardushtiy ruhoniylarining bir  qismi Hindistonga ko"œchib o"œtgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay shahrida o"œ jamoalarida hozirgacha Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini o"œrganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771-yil). Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo"œlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispeped, Vendidat, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni o"œz ichiga oladi. O"œzbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO bosh konfirensiyasi 30-sessiyasi "œAvesto" yaratilganing 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999-yilning noyabr oyida). "œAvesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o"œrnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O"œzbekiston Respublikjasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e"œlon qilib (2000-yilning 29-martida), "œAvesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga ko"œra 2001-yilning oktabr oyida O"œzbekistonda xalqaro ilmiy konferensiya va tatanali bayram tadbirlari o"œtkaziladi.             

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 21:07:45

BAMBUK — Qadimgi Xitoyda iyeroglif yozuvi dastlab shu o"œsimlikka yozishgan. Xitoyliklar bambukni uzun-uzun taxtachalarga bo"œlaklab, uchi o"œtkirlangan yog"œoch tayoqcha bilan ularga iyerogliflarni daraxt sharbatidan tayyorlangan siyoh bilan yozishgan. Ingichka va uzun taxtachalarga faqat ustun tariqasida yozish imkoni bo"œlgan, shuning uchun ham yuqoridan pastga qarab yozish shakli keyinchalik saqlanib qoldi. Bambuk taxtachalarning yuqori qismida teshik parmalanib, ularni bir dasta qilib bog"œlashgan. Bambuk taxtachalar bog"œlami ayni mahalda eng qadimgi xitoy kitoblari ham edi. Faqatgina  bundan 2,5 ming yil muqaddam bambuk o"œrnida ipakdan foydalanishga o"œtildi. 
BAQTRIYALIKLAR - Qadimgi Baqtriya davlatida istiqomat qilgan aholi bo"œlib, ular mil. avv. VII-VI asrlarda Surxon vohasi, Afg"œoniston shimoli, Tojikistonnning janubiy hududlarida yashaganlar. Ularning yurti Avestoda Baxdi, Behistun bitiklarida Baktrish, yunon-rim mualliflari Baktriana deb yuritilgan.
BASTET - Qadimgi Misrda xotinlar va ularning chiroyi himoyachisi, qora mushuk qiyofasida tasvirlangan. 
BOBIL (shumercha Kadingirra, akkadcha Babilu, aynan «Xudolar darvozasi») — Mesopotamiyaning shimoliy qismida, Frot daryosi bo`yida joylashgan shahar; hozirda Xilla shahri (Iroq). Bobil dastlab Akkad shohi Sargon (mil. avv. 2364-2314-yillar) haqidagi afsonada va Ur davlatining III sulolasiga oid hujjatlarda tilga olingan. Bobil Birinchi Bobil sulolasi(mil. avv. 1894-1595-yillar) davrida katta rol o`ynay boshlagan, Hammurapi davri (mil. avv. 1792-1750-yillar)ga kelib esa nafaqat Mesopotamiyaning, balki butun Old Osiyoning yirik siyosiy, madaniy va xo`jalik markaziga aylangan. Mil. avv. 1595-yilda Bobil xettlar, so`ngra mil. avv. 1518-yilda kassitlar bosib olgan. XIII-XII asrlarda shahar Ossuriya podsholari Tukultininurti I va Tiglatpalasar I tomonidan ikki marotaba vayron etilgan. Mil. avv. I mingyillikning boshlarida Ossuriya va oromiy qabilalaridan xaldeylar o`rtasida Bobil uchun kurash bo`lgan. Mil. avv. 732-yildan Bobil Ossuriya davlati tarkibida bo`lgan. Mil. avv. 689-yilda shahar isyon ko`targanligi sababli Ossuriya podshosi Sinaxerib tomonidan butkul vayron qilingan. Mil. avv. 680-yilda Sinaxeribning vorisi Asarxaddon tomonidan qayta tiklangan. Mil. avv. 626-yilda  Bobildagi hokimiyatni xaldey Nabopalasar (626-604) egallab olgan. Navuxodonosor II (604-562) davrida shahar gullab yashnagan. 538-yili Bobilda Valtasar hukmronlik qilayotgan davrda forslar shohi Kir II mamlakatni bosib olgan. Mil. avv. 331-yilda Bobilni Iskandar Zulqarnayn zabt etgan. Mil. avv. 312-yilda Bobil Salavka qo`liga o`tgan. Shu paytdan e`tiboran Bobil yetakchilik mavqeini yo`qata borgan va mil. avv. II asrga kelib tarix sahnasidan uzil-kesil tushib ketgan.   
BRAHMA (sanskritcha Barahma) — Hinduizmda Vishnu va Shiva bilan birgalikda ilohiy uchlikni tashkil etuvchi xudolardan biri. Koinotni yaratuvchi va boshqaruvchi oliy xudo hisoblangan. Vedanta ta"œlimotiga ko"œra dunyoda faqat Brahma mavjud bo"œlib qolgan barcha hodisalar va narsalar Brahmaning soyasidir. Ko"œpincha 4 qiyofada, 4 qo"œlli oqqush ustida o"œtirgan shaklda tasvirlanadi.     
BRAHMANIZM (Brahmanlik) — Qadimgi hind dini. Veda dini asosida mil. avv. I mingyillikning boshida paydo bo"œlgan. Brahmanizmning muqaddas adabiyotiga vedalar va ularga yozilgan juda ko"œp sharhlar kiradi. Brahmanizmdagi veda dinidagi ko"œpgina xudolarning ta"œsiri deyarli yo"œqqa chiqib, asosan 3 xudo: Brahman, Shiva va Vishnu e"œtiborli hisoblangan. Brahma - olamni yaratuvchi va boshqaruvchi, Vishnu — olamlarni saqlab qoluvchi va muhofaza qiluvchi, Shiva — barcha mavjudotlarni yakson qiluvchi deb tushunilgan. Brahmanizmda sigirni, maymunlarni, ayrim o"œsimliklarni ilohiylashtirish mavjud. Mil. avv. VI-V asrlarda Buddizm vujudga keldi va Brahmanizmga qarshi kurash olib bordi. Buddizmga qarshi kurash jarayonida va uning bevosita ta"œsirida Brahmanizm asta sekin hinduizmga aylanib ketdi.
BRAXMANLAR — Qadimgi hind diniy to"œplamiga ko"œra, birinchi toifa — oliy varna-kastaga mansub bo"œlgan Xudo Braxma og"œzidan chiqqan hind ruhoniylari.
BUDDA — "œMa`rifatparvar", Buddaviylik dini asoschisi shahzoda Siddharthe Gautamaning taxallusi.
BUDDIZM (Buddaviylik) — shahzoda Siddharthe Gautama asos solgan din. Mil. avv. VI-V asrlarda Hindistonda paydo bo"œlgan. Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va uzoq Sharqda tarqalgan. Buddizm muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada deyarli butun Osiyo xalqlarining ma"œnaviy qadriyatlariga juda katta ta"œsir ko"œrsatgan. Boshqa dinlardan farqli ravishda buddizmda hech bir o"œzgarmas narsa yo"œq, hatto xudo ham o"œzgaruvchan deb uqtiriladi. Buddizm ta"œlimotiga ko"œra, inson doim azob-uqubatga maxkum va bunga o"œzi sabab bo"œladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun ko"œngil xush ko"œrgan barcha narsalardan tiyilish darkor. Buddizm oldingilardan inson mavqei tabaqalaridan ham jamiyatdagi o"œrnidan bog"œliq bo"œlmasligi bilan farqlanadi. Buddaviylar inson yolg"œon so"œzlamsligi, mol-davlat to"œplamasligi, tirik mavjudotlarning qonini to"œkmaslik kerak deb hisoblaydilar. Buddizm zaminida 3 narsa — Budda, Dxarma, Sangxaga e"œtiqod yotadi. Budda (Siddharthe Gautama) oliy haqiqatga erishishning yorqin timsoli. Dharma -  Gautama qoldirgan ta"œlimot. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat ko"œrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Buddizm tarixi 2500 yildan ortiq davrni o"œz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizmning va jaynizmning ta"œsiri kuchli bo"œlgan. Imperator Ashoka (mil. av. III asr) davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllanadi. IX asrda muvaffaqiyatli faoliyat ko"œrsatgan Buddizm Hindistonda inqirozga uchray boshlaydi va pirovardida bu yerda uning o"œrning hidduizm to"œliq egalladi. Dastlab Buddizmda xudo bo"œlmagan, keyinchalik Buddaning o"œzi xudoga aylandi.       
BUTUN DUNYO TO"œFONI HAQIDA AFSONA - Ikki daryo oralig"œidagi davlatlarda vujudga kelgan qadimiy afsona. Afsonada aytilishicha, odamlar xudolarni izzat-hurmat qilmay qo"œyadilar, shundan keyin xudolar odamlarni qirib tashlash uchun butun yer yuzini suvga g"œarq qilishga qaror qiladilar. Lekin donishmandlik xudosi Ea to"œfon bo"œlishi to"œg"œrisida qamishlarga aytib qo"œyadi, bir kishining kulbasi ana shu qamishlardan yasalgan edi. Qamishlar bu haqda kulbaning egasiga shivirlaydilar. Kulbaning egasi kattakon kema yasab, o"œz oilasini, hunarmandlarni, shuningdek xonaki va yovvoyi hayvonlarni shu kemaga joylashtiradi. Osmonni qora bulut qoplaydi; kunduz kuni xuddi kechasidagi kabi qorong"œu bo"œlib qoladi, dovul boshlanadi, yerga jala quay boshlaydi, suv yerni qoplaydi. Yerdagi hamma tirik zot halok bo"œladi. Olti kundan keyin bo"œron tinadi. Suv kamaya boshlaydi. Kemadan chiqarib yuborilgan qora qarg"œa quruq yerni topib borib qo"œnadi, keyin bu yerga odamlar va jonivorlar chiqib borishadi.     
BUYUK XITOY DEVORI (xitoycha «Vanli chongchang» - «10 mingli uzunlikdagi devor»), Saddi Chiniy - Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko`chmanchi xunnlarning hujumlaridan himoyalanish uchun bunyod etilgan Shimoliy Xitoydagi qal`a devori. Qadimgi Xitoy me`morchiligining ulkan yodgorligi. Qal`a devori sifatida dastlabki qismi mil. avv. IV-III asrlarda (tosh va g`ishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan to`ldirib, shibbalab) qurilgan. Mil. avv. II-I asrlarda G`arbga tomon  500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni ko`rish va mustahkamlash ishlari (engmuhimi XIV-XV asrlar) davom etgan. 1953-yilda Szyuyunguan qal`asi (Pekin) yaqinidagi qismi tamirlangan. Buyuk Xitoy devori Szyuyunguan qal`asi (Gansu viloyatining g`arbi) Shanxayguan (Lyaodun ko`rfazi qirg`og`i) qal`a-qo`rg`oni oralig`ida cho`zilgan; ko`tarilish joylari va tarmoqlari bilan uzunligi 5000 km ga yaqin (to`liq saqlanmagan). Xitoy arxeolog olimlarining 2001-yildagi ilmiy tadqiqotlariga ko`ra, Xitoyning janubiy-g`arbidagi sun`iy tepalik ham Buyuk Xitoy devoriga daxldorligi - uning davomi ekanligi aniqlandi. Bu bilan Buyuk Xitoy devorining umumiy uzunligi 530 km ga ko`paydi. Buyuk Xitoy devorining balandligi - 6,6 m (shinaklarining devorlari bilan 8-10 m gacha), kengligi - asosida 6,5 m dan yuqorisida 5 m gacha. Har bir necha yuz metrda soqchilar uchun to`rtburchakli burjlar (balandligi 10-12 m) qurilgan, har 10 km da kuzatish va xabar berish uchun  minoralari, tog`dagi muhim o`tish jylarida mustahkam qo`rg`onlari bo`lgan. Buyuk Xitoy devori me`moriy yodgorlik sifatida saqlanadi. Alisher Navoiyning  «Saddi Iskandariy» dostonida Buyuk Xitoy devori  «Saddi Chin» devori nomi bilan tilga olingan.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 21:09:55

DI — Qadimgi xitoyliklarda oliy xudo. U odamlarga qurg"œoqchilik, suv toshqinlari yuborgan yoki baxt ulashgan.
DINASTIYA (sulola) — birin-ketin hukmronlik qiluvchi podsholar urug"œi; sulola vakillari ko"œpincha bitta nom bilan aytilgan, masalan, Ahamoniylar, Sosoniylar.
DOROYI —  mil. avv. V asrda Ahamoniylar davlatida Doro I tomonidan muomalaga kiritilgan oltin tanga.
DUNYONING YARATILISHI HAQIDAGI DOSTON - Qadimgi Mesopotamiya adiblari tomonidan yaratilgan doston. Dostonda Bobil ruhoniylari tomonidan butun olamni yaratuvchi bosh xudo deb ta"œriflangan Marduk haqidagi hikoyalar o"œz ifodasini topgan.   
EA — Mesopatamiyada donishmandlik va suv xudosi.
EKBATAN — Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlaridan biri bo"œlgan shahar.
ELAM — Eronning janubi-g"œarbidagi qadimiy davlat. Bu yerda aholi mil. avv. IV mingyillikning oxiri va III mingyillikning boshlarida yashay boshlagan. Mil. avv. III mingyillik boshlarida u yerda poytaxti Suza bo"œlgan Elam davlati tashkil topgan. Mil. avv. XXI asrgacha u Shumer va Akkad davlatlariga qaram bo"œlib qolgan. Mil. avv. 2230-yilda Elam hukmdori Xita Akkad podshosi Naram-Suen bilan shartnoma tuzgan. Xita "œNaram-Suenning dushmani mening dushmanim, Naram-Suenning do"œsti esa mening do"œstim" deb e"œlon qilgan. Mil. avv. XXII asr boshlarida Kutik-Inshushinak Elamni birlashtirib, uni yagona davlatga aylantirgan. Shu vaqtda Elamning shimolida guteylar bostirib kirib, uni o"œzlariga tobe qilib olganlar. Ur III sulolasi davrida Elam Mesopotamiya hukmdorlariga tobe etilgan. Mil. avv. XXI asr oxirida Elam kuchayib, mustaqillikka erishib, Urni o"œziga qaratadi va Janubiy Shumerni bosib oladi. Bobil podshosi Hammurapi esa elamliklarni Shumerdan haydab chiqaradi. Mil. avv. 1730-1700-yillarda elam qo"œshinlari Mesopotamiyaga bostirib kirib, Akkadgacha bo"œlgan yerlarni bosib olganlar. Mil. avv. XIV asr o"œrtalarigacha Elam o"œz mustaqilligini saqlab qolgan. Keyinchalik Elam bobilliklarga tobe bo"œlib qolgan. Mil. avv. 1180-yilda Elam shohi Shutruk-Naxunta I Bobil qo"œshinlarini mamlakatdan quvib chiqargan. U Bobilga bostirib kirib bir qancha shaharlarni bosib olgan. U katta o"œljalar qatori Hammurapi qonunlari yozilgan toshni ham Suzaga olib kelgan. Mil. avv. 1155-1115-yillar Elam podsholigining gullagan davri hisoblanadi. Mil. avv. 1115-yili elamliklar bobilliklardan yengilib, mil. avv. VIII asrgacha o"œz mustaqilligini yo"œqotadilar. Mil. avv. VIII asrda Elam mustaqilligini tiklaydi va Bobil bilan ittifoq tuzib ossurlarga qarshi kurash boshlaydi. Mil. avv. 720-yili elam qo"œshinlari  Der yaqinidagi dahshatli jangda ossurlarni tor-mor etadilar. Elamliklar bobilliklar bilan ham ittifoq tuzib ossurlarga qarshi uzoq kurashadilar. Mil. avv. 639-yili Elam ossurlar, 596-yili bobilliklar va 549-yili eroniylar tomonidan bosib olinadi. Shu bilan mustaqil Elam davlati barham topadi. 
ELAM YOZUVI - qadimgi elamliklarning III mingyillikda vujudga kelgan 150 belgi-rasmdan iborat yozuvi. Keyinchalik 80 belgidan iborat yozuv kashf etilgan. Lekin mil. avv. XXIII-XXII asrlar davomida elamliklar shumer-akkad mixsimon yozuvidan foydalanganlar. Elamliklar mil. avv. VI asrda shumer-akkad mixxatini o"œzlashtirib va takomillashtirib 42 belgidan iborat o"œz alifbolarini yaratganlar. Ayni paytda ular aramey yozuvidan ham foydalanganlar.   
ENLIL - Mesopatamiyada havo xudosi.
ERITREY DENGIZI — Arab dengizining qadimiy nomi.
ETANA HAQIDAGI DOSTON - Mesopotamiyada yaratilgan qadimiy doston. Bu doston ham boshqa dostonlar kabi bir necha mustaqil qismdan iborat. Unda burgutning ilon bilan do"œst tutungani, burgutning do"œstiga xiyonat qilgani, ilonning undan qattiq o"œch olgani haqida hikoya qilinadi. Dostonda Etananing "œtug"œilish giyohi"ni va oliy podsholik hokimiyati alomatlarini qo"œlga kiritish maqsadida burgut qanotiga minib osmonga uchib chiqmoqchi bo"œlgani to"œg"œrisida hikoya qilinadi. Doston oxirida Etana osmonga uchadi. U shunday balandlikka ko"œtariladiki, yer va dengizlar unga kichik bir kulcha va savatdek bo"œlib ko"œrinadi. Etana vahimaga tushib, burgutdan uchishni to"œxtatishni so"œraydi. Burgut uchishdan to"œxtamaydi. Dadillik va jasoratdan mahrum bo"œlgan Etana yerga yiqilib halok bo"œladi.                         

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:15:34

FENIKS - Qadimgi Misr va yunon afsonalarida o"œlim yaqinlashadigan paytda o"œz uyasida go"œyo o"œzini o"œtda yondirib, so"œngra kulidan qaytadan dunyoga kela oladigan afsonaviy qush, abadiy qayta bunyod bo"œlish, yangilanish, navqironlik va uyg"œonish timsoli.   
FETIDA - Qadimgi Misrda dengiz ma"œbudasi.
FINIKIYA YOZUVI - mil. av. II mingyillik o’rtalarida Finikiyada paydо bo’lgan hamda finikiyaliklar va karfagеnliklar, qadimgi yahudiylar va mоavdiklar tоmоnidan mil. IV asrgacha fоydalanilgan kоnsоnant harf-tоvush yozuvi. Finikiya yozuvidagi grafеmalar sоni (22 ta) asоsiy manba yozuvdagiga (29-30 grafеma) nisbatan kamaygan. Unda faqat undоshlargina ifоdalangan, unlilar mutlaqо ifо-dalanmagan - Finikiya yozuvi sоf kоnsоnant yozuv bo’lgan. Harflar muayyan qat"œiy kеtma-kеtlikda jоylashgan, ya"œni alifbоni tashkil etgan. Har bir harf bеlgili nоmga ega bo’lgan va nоmlar ayni harf bildirgan tоvush bilan bоshlangan. Finikiya yozuvi o’ngdan chapga qarab gоrizоntal hоlatda yozilgan. Bu yozuvning paydо bo’lishi insоniyat tarixida yozuvni takоmillashtirishda оlg"œa qo’yilgan qadam bo’lgan, chunki birinchi marta sоf tоvush yozuvining, grafеmalar sоni aniq bo’lgan mukammal alifbоning yuzaga kеlishi jamiyatda yozuvni biladigan kishilar dоirasini nihоyatda kеngaytirib yubоrgan. Mil. av. 12 asrda to’la shakllangan Finikiya yozuvi finikiyaliklarning O’rta dеngiz bo’ylarida barpо qilgan mustamlaka yеrlarida tarqalgan. X-IX asrlarda Finikiya yozuvidan оrоmiy yozuvi (undan esa yahudiy, nabоtiy, arab; Оld va Markaziy Оsiyoning bоshqa alifbоlari, jumladan, bilvоsita gruzin va arman; sug’d, uyg’ur va mo’g’ul yozuvlari va b. yozuvlar) paydо bo’lgan. XI-VIII asrlarda esa yunоn, kеyinrоq lоtin, kirill alifbоlari, brahmi yozuvi (undan Hindistоn, Shimoli-Sharqiy Оsiyo va Tibеt yozuvlari) kеlib chiqqan. Ma"œlumоtlarga qaraganda, hоzirda bizga ma"œlum bo’lgan harf-tоvush tizimidagi alifbоlarning 4/5 qismidan ko’prоg’i Finikiya yozuvidan tarqalgan. Finikiya yozuvida bitilgan eng qadimgi yodgоrliklar mil. avv. XII-X asrlarga mansub bo’lib, Finikiyaning o’zidan emas, balki uning mustamlakalari hududidan tоpilgan (ular ko’p emas). Finikiya yozuvidagi yodgоrliklarning ko’pchiligi mil. avv. V asr - mil. II-III asrlarga mansub. Undan kеyingi davrda Finikiya yozuvi оrоmiy yozuvi tоmоnidan siqib chiqarilgan.       
FIR"œAVN - Qadimgi Misr podsholarining nomi. 2-suloladan boshlab podshoh unvoni. "œfir"œavn" so"œzi qadimgi misrcha "œper-o"dan olinib, dastlab "œShoh saroyi" ("œUlug"œ uy") ma"œnosini anglatgan. 18-suloladan boshlab, podshohning o"œzi fir"œavn deb atalgan. Mamlakatdagi barcha ekin yerlari fir"œavnlar mulki hisoblangan. Aholidan to"œplangan soliqlar, odatda, fir"œavnlarning shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflangan. Qadimgi Misr diniy tasavvurlariga ko"œra, fir"œavn - quyosh ma"œbudi, Gorning o"œg"œli, uning yerdagi in"œokosi va tabiat ma"œbudi Osirisning merosxo"œri bo"œlgan. Fir"œavn hokimiyatining qudratini, ulug"œvorligini ko"œrsatish uchun ularga bag"œishlab ehromlar qurilgan.
FRIGIYA PОDSHОLIGI — Kichik Osiyo g"œarbidagi quldorlik davlatlaridan biri. U Kichik Osiyo g"œarbiy qismining o"œrtasida joylashgan tog"œli mamlakat. Frigiyadan ko"œp irmog"œli Sangariy daryosi oqib o"œtadi. Frigiyada xettlarga mansub qabilalar ham yashaganlar. Mil. avv. II mingyillik o"œrtalarida Makedoniya va Frigiyadan juda ko"œp qabilalar ko"œchib kelib, ular o"œzlarini frigeylar deb atashgan. Mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida frigeylar Frigiya podsholigiga asos soldilar. Ular Yunon-Troya urushi davrida troyaliklar bilan yelkama-yelka turib yunonlarga qarshi kurashganlar. Toyaliklar yunonlardan yengilgach, Frigiya Troyani o"œz ta"œsiriga olgan. Mil. avv. XII asr oxirida Frigiya qo"œshinlarining sharqqa uyushtirgan hujumlari ossurlar tomonidan to"œxtatilgan. Mil. avv. X-VIII asrlarda Frigiya podsholigi kuchayadi. Sangariy daryosining o"œng sohilida joylashgan Gordion shahri podsholik poytaxti edi. Frigiyaliklar oddiy dehqondan chiqqan podsholari Gordiya bilan g"œururlanganlar. Gordiyaning o"œg"œli shoh Midas davrida Frigiya podsholigi o"œz kuch-qudratini saqlab turgan. U ilm-fan va madaniyat homiysi bo"œlgan shohlardan edi. Medas podsholik yerlarini kengaytirish uchun Sharq tomon yurish qilgan. Midas qo"œshinlari Ossuriya shohi Sargon II qo"œshinlari bilan tog"œlik joyda bo"œlib o"œtgan jangda yengilgan. Ossurlar 3000 qal"œa, 10 shahar, 2400 asir va behisob boyliklarni qo"œlgan kiritganlar. Midas Ossuriya hukmronligini tan olib, Ossur shohiga o"œlpon to"œlashga majbur bo"œlgan. Mil. avv. XIII asr oxirlarida atrofdan bo"œlgan qo"œshni qabilalarning to"œxtovsiz hujumlari natijasida Frigiya qo"œshinlari mag"œlubiyatga uchragach, shoh Medas o"œz joniga qasd qilgan. Mil. avv. VII asr boshlarida Frigiya podsholigi kuchsizlanib, dastlab Lidiya ta"œsiriga, keyinchalik eroniylar, yunon-makedonlar, rimliklar va vizantiyaliklar ta"œsiriga tushib qolgan.         

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:17:56

GALA PODSHOLIKLAR -  Qadimgi Xitoydagi mil. avv. VII-V asrlardagi davlatlar.
GANESHA -  Qadimgi Hindistonda boshi filnikiga o"œxshash bo"œlgan bosh xudo.
GEA - Qadimgi Misrda yer ma"œbudasi. 
GIKSOSLAR (giksоs so"œzi misrchа "œхеkоu хаsut" - "œcho"œpоnlаrning hоkimlаri", "œcho"œl mаmlаktining hukmrоnlаri") - Аrаbistоnning shimоliy-g"œаrbiy qismidаgi dаshtlаrdа sеmit vа хurritlаrdаn bo"œlgаn qаbilаlаr. Giksоslаr ko"œchmаnchi chоrvаdоr qаbilаlаr bo"œlib, хo"œjаlik vа mаdаniyat dаrаjаsi jihаtidаn misrlik yoki mеsоpоtаmiyaliklаrgа qаrаgаndа аnchа pаst bo"œlishgаn. Milоddаn аvvаlgi 19 аsrdа Аrаbistоnning shimоliy-shаrqidа giksоslаrning hаrbiy ittifоqi tаshkil tоpаdi. Ulаr Sinаy yarimоrоli, Pаlаstin vа Suriya dаvlаtining kаttа qismini bоsib оlаdilаr. Mеgiddо vа Kаdеsh shаhаrlаrini hаm o"œzlаrigа itоаt ettirаdilаr. Giksоslаr Misrdа mil. avv. 1710-1580-yillarda hukmrоnlik qilgаnlаr. 15-16-sulоlаgа mаnsub Misr pоdshоlаri giksоslаrdаn bo"œlgan. Giksоs pоdshоlаri Аvоаrisdаn turib mаmlаkаtni bоshqаrgаn. Giksоs pоdshоligi Хiаn dаvridа kuchаyadi.
GILGAMESH HAQIDAGI DOSTON - Mesopotamiya adabiyotining eng nodir namunalaridan biri. Doston mazmuni juda keng. Ulardan birida Gilgamesh bilan Enkidu ko"œrsatgan qahramonliklar, Enkiduning fojiali o"œlimi va Gilgameshning obi-hayot qidirib boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon etiladi. Dostonda jahon to"œfoni haqidagi afsona ham mavjud. Jahon to"œfoni haqidagi afsonada qahramon Gilgameshning otasi Ut-Nanshtimning donishmandlik xudosi Ea maslahati bilan qanday qilib kema yasaganligi, shu kemaga tushib, to"œfon vaqtida omon-eson qolganligi va bu bilan abadiy hayotga sazovor bo"œlganligi hikoya qilinadi. Shuni ta"œkidlab o"œtish lozimki, Gilgamesh afsonaviy qahramon emas, balki tarixiy shaxs. U Uruk shahri podshosi bo"œlgan.   
GIRKAN DENGIZI — Kaspiy dengizining qadimgi nomi.
GOR - Qadimgi Misrda fir"œavnlar homiysi. Osirisning hamda Isidaning o"œg"œli. Lochin boshli xudo qiyofasida tasvirlangan.   
GUPTALAR DAVLATI - Qadimgi hind imperiyasi (IV-VI asrlar). Taxminan 320-yilda Chandragupta asos solgan (o"œsha yildan boshlab Hindistonda Guptalar erasi hisobi boshlangan). Poytaxti - Pataliputra. Eng gullab yashnagan davri (Chandragupta II davri taxminan 380-415)da deyarli butun Shimoliy Hindiston va boshqa bir qancha hududlarni o"œz ichiga olgan. Skandagupta davri (455-467)da bo"œysundirilgan xalqlarning qo"œzg"œolonlari va saltanayning shimoli-g"œarbiy chegaralariga eftaliylarning hujumlari boshlangan. V asr oxirlaridan parchalana boshlagan. VI asr boshida eftaliylar Guptalar davlatining g"œarbiy qismini bosib olib, uni katta tovon to"œlashga majbur etishgan.  Guptalar davlati Markaziy Hindistondagi Mandasor davlati bilan ittifoq tuzib eftaliylarni mag"œlubiyatga uchratgan bo"œlsa-da, bu urushlar natijasida nihoyatda zaiflashgan va natijada VI asr oxirida barham topgan.     
GUTIYLAR (kutiylar, guteylar) — Mesopatamiyaning sharqidagi Zagros tog"œlari orasida (Hozirgi Eron yassitog"œligining g"œarbida) yashagan  yarim ko"œchmanchi chorvador qabilalar (mil. avv. III-II mingyillik).  Mil. avv. taxm. 2200-yilda (23 asr oxiri-22 asr boshlarida) Akkad podsholigiga bostirib kiradilar va uni o"œzlariga iitoat ettiradilar. Shu bilan Sargoniylarning Akkad podsholigi barham topadi. Mamlakatni mahalliy amaldorlar orqali boshqarganlar. Guteylar Mesopatamiyada 125 yil hukmronlik qiladilar va ularning urf-odatlari va madaniyatini qabul qilganlar. Mil. avv. I mingyillikda Mesopatamiya aholisi ulardan shimol va sharqda yashayotgan xalqlarni gutiylar deb atashgan.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:20:43

HALOKATGA UCHRAGAN KEMA HAQIDA HIKOYA — qadimgi misr adiblari tomonidan yaratilgan hikoya. Unda podsho konlariga qilingan mashaqqatli sayohat haqida so"œz yuritiladi. Hikoya qilinishicha, sayyohlar dengizda dahshatli dovulga duch keladilar. Dovul ularni "œruh oroli"ga uloqtirib tashlaydi. Orolda ulkan ilon qiyofasidagi oliyjanob podsho yashar ekan. Ilonshoh sayyohlarni yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko"œp oltin, kumush, fil tishlari, xushbo"œy narsalar, it va maymunlar berib Misrga kuzatib yuboribdi. 
HAMMURAPI QONUNLARI - Bobil podsholigining hukmdori Hammurapi tomonidan joriy qilingan qonunlar to"œplami. Hammurapi podsholikni o"œzi tuzgan qonunlar to"œplami asosida boshqargan. Hammurapining qonunlar to"œplami mixxat yozuvi bilan katta bazalt tosh ustuni sathiga yozilgan. Ustunning yuqori qismida taxtga o"œtirgan quyosh xudosi Shamesh Hammurapiga hokimiyat ramzi bo"œlgan tayoqni taqdim etayotgani ifoda etilgan. Ustunning boshqa joylariga qonunlar majmuasi bitilgan. U 247 moddadan iborat bo"œlib, kirish, qonunlar to"œplami va xulosadan iboratdir. Qonunning kirish qismida qonunlarni chiqarishdan maqsad - mamlakatda adolat o"œrnatishdir, deb ko"œrsatilgan. Unda podsho ulug"œlanib, ko"œklarga ko"œtarilgan. Qonunlar to"œplamining asosiy qismida mamlakat xo"œjaligi — dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, oilaviy munosabat, mehnatga munosabat, o"œg"œirlik va nopoklik masalalari bayon etiladi. Mamlakatda joriy qilingan qonun-qoidalarni buzgan kishilar Hammurapi qonunlari asosida sud qilinib jazolangan. Hammurapi qonunlari Mesopotamiya xalqlari tarixini o"œrganish uchun katta ahamiyatga ega bo"œlgan manba hisoblanadi. Hammurapi qonunlaridan namunalar: Men Hammurapi xudolar tomonidan qo"œyilgan rahbarman. Frot bo"œyidagi qishloq va shaharlarni itoat ettirgan podsholarning eng birinchisiman. Men mamlakatimizda haqiqat va adolat o"œrnatdim. Bundan buyon:  1) Agar kimki ibodatxona yoki podshoning mulkini o"œg"œirlasa , u o"œldirilishi lozim; o"œg"œirlik molni olgan kishi ham o"œldirilishi kerak. 2) Agar kimki qul yoki cho"œrini o"œg"œirlasa, u o"œldirilishi kerak.  3) Agar kimki qochoq qulni yashirsa, u o"œldirilishi kerak.  4) Agar kimki qulning tamg"œasini kesib tashlasa, uning barmoqlari kesilishi lozim. 5) Agar kimki birovning qulini o"œldirsa, u o"œlgan qul o"œrniga boshqa qul berishi kerak. 6) Agar kimki birovning ho"œkizini o"œldirsa, u o"œlgan ho"œkiz o"œrniga boshqa ho"œkiz berishi kerak. 7) Agar kimning qarzi bo"œlsa, uning xotini, o"œg"œli yoki qizi 3 yil qul qilinishi kerak, 4-yil esa ozod qilinishi kerak. 8) Agar kimki o"œziga teng kishining yuziga ursa, u jarima to"œlashi kerak. 9) Agar kimki o"œzidan yuqori mansabdagi kishini (ya"œni amaldorni, kohinni) ursa, u ho"œkiz terisidan to"œqilgan darra bilan olmish marta uriladi. 10) Agar o"œg"œri biror kimsaning uyini teshib kirib o"œg"œirlik qilsa, o"œg"œri shu teshik oldida o"œldirilishi kerak. 11) Agar bosqinchi o"œg"œri qo"œlga tushmasa, yetkazilgan zararning hammasini shu bosqinchi o"œg"œri yashaydigan joy to"œlashi kerak. Oxirida shunday deyilgan: "œMen, Hammurapi, adolatli podshodirman, menga qonunlarni Quyosh xudosining o"œzi yuborgan. Mening so"œzlarim bebaho so"œzlar, ishlarim tengi yo"œq ishlardir".
HINDAVIYLIK - Hindlarning braxmanlikdan ajralib chiqqan dini. Muqaddas kitoblari qayta ishlangan "œMahobhorata" va "œRamayana" bo`lgan.
HUMO QUSHI - Zardushtiylikda baxt va boylik ilohasi. Humo ko"œzga ko"œrinmas qush. Lekin u kimning boshiga soya solsa, o"œsha baxtli va boy bo"œladi, deb tushunganlar. Humo jannat qushi deb hisoblangan.               

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:23:20

IANNA - Qadimgi shumerliklarda Zuhra sayyorasi va hosildorlik xudosi.
ILK PОDSHОLIK DАVRI — Qadimgi Misrda mil. avv. 3100-2800-yillarni o"œz ichiga olgan podsholik davri. Bu podsholik davrida Misrni 1-2-sulola vakillari idora qilgan. Ikkinchi sulola namoyandalari podsholik qilgan davrdan boshlab Misr podsholari fir"œavn deb atalgan. Mamlakat poytaxti Memfis shahri bo"œlgan. Ilk podsholik davri sug"œоrish tаrmоqlаrining rivоjlаnishi, yangi yerlarning ochilishi, tоsh vа mis qurоllаrining mukаmmаllаshuvi, kulоlchilik chаrхining pаydо bo"œlishi, ichki va tashqi savdo rivojlanishi, аyirbоshlаsh sаvdоsining tаrаqqiy etishi bilan хаrаktеrlidir. Bu dаvrdа dаvlаt аppаrаti vа ungа хizmаt qiluvchi аmаldоrlаr - kоtiblаr tаbаqаsi shаkllаngаn, mа"œmuriy оkruglаr - nоmlаr tаshkil tоpib, ulаrni nоmаrхlаr bоshqаrgаn, muntаzаm rаvishdа bоsqinchilik yurishlаri uyushtirilib turilgаn, jumlаdаn, jаnubgа - Kush (Nubiya)gа,  shimoli-g"œаrbgа - liviyaliklаrgа vа Sinаy yarimоrolidаgi bаdаviylаrgа qаrshi (bu yеrdа mis kоnlаri bоr edi) yurishlаr qilingаn. Ilk podsholik davrida hukmronlik qilgan fir"œavnlar: 1-sulоlа: Mina (Mеnеs), Jеr, Dеn, Sеmеrхеt, Kа. 2-sulоlа: Хоtеp-Sехеmui, Nеbrа, Pеribsеn, Хаsехеm, Хаsехеmui.
INDRA — Qadimgi hindlarda momaqaldiroq xudosi. Keyinchalik hokim, hukmdor va podsholar homiysiga aylangan. Keyinchalik  Indra so"œzining o"œzi ham podsho, hokim, hukmdor kabi ma"œnoni anglata boshlagan.
IPAK — Dastlab iyerogliflarni bambukka yozib yurgan xitoyliklar bundan 2,5 ming yil muqaddam bambuk o"œrnida  ipakdan foydalanishgan. Ipakka tayoqcha bilan emas, mo"œyqalam bilan yozilar edi.  Endi  kitob uzun ipak parchasiga o"œxshar, uni o"œrama tarzida tayoqchaga o"œrashar edi.
ISIDA - Qadimgi Misr afsonalarida osmon va yer ilohasi, ayollar homiyasi, hosildorlik xudosi, xudolar va odamlarni o"œlimdan asrovchi; Osirisning singlisi va Geraning onasi, Kichik Osiyo, Suriya, Qadimgi Yunoniston   va Rimda ham Isidaga sig"œinishgan.   .
ISROIL-YAHUDIY PODSHOLIGI — Mil. avv. XIII asrda yahudiy qabilalari Palastinga bostirib kirganlar va Palastinga o"œrnashib Saul ismli kishini podsho qilib saylaganlar. U Isroil davlatini tuzib, filistimlar bilan kurash olib borgan. Jangda Saulning 3 o"œg"œli halok bo"œlgan. Bu fojiani eshitgan Saul o"œzini qilich tig"œiga tashlab o"œlgan. Saul vafotidan so"œng uning kuyovi Dovud (1000-965) Palastinni birlashtirib, Yahudiya podsholigini tuzgan. Dovud Saulning o"œg"œli Ishvaa"œlamni yengib Isroil-Yahudiy podsholigini tuzgan. Dovud davrida Isroil-Yahudiy podsholigi kuchayib, ravnaq topgan. Dovud vafotidan so"œng  taxtga uning o"œg"œli Sulaymon o"œtiradi. Sulaymon davrida Isroil-Yahudiy podsholigi kuchayib, qishloq xo"œjaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq va chorvachilik rivoj topdi. Sulaymon Tir shahridan temirchilarni, Bibl shahridan duradgorlarni chaqirib, mamlakatda qurilish ishlarini avj oldiradi. Tirdan qurilish buyumlari, Kilikiyadan ajoyib zodli otlarni keltirib, mamlakatda sotdirgan. U Janubdagi Ofir mamlakatidan yog"œoch, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, fil suyagi, maymun va tovuslar olib keltirtiradi. Sulaymon qurilish, davlat xarajatlari va qo"œshin uchun yangi soliq joriy qiladi. Bu esa xalq ommasi orasida noroziliklarni keltirib chiqaradi. Isroilliklar Ierovoam boshchiligida qo"œzg"œolon ko"œtaradilar. Qo"œzg"œolon shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ierovoam Misr fir"œavini Sheshonk huzuriga qochib ketadi. Mil. avv. 935-yilda Sulaymon vafot etadi, taxtga uning o"œg"œli Rovoam o"œtiradi. Ierovoam Misrdan katta qo"œshin bilan qaytib kelib, Rovoam qo"œshinlarini yengadi va Isroil podsholigini tiklaydi. Mil. avv. 930-yili Misr fir"œavni Shehonk qo"œshinlari Palastinga bostirib kirib, shahar va qishloqlarni talab, ularni vayron qiladi. Sharqdan esa mamlakatga Ossuriya qo"œshinlari bostirib kiradi. Ossuriya podshosi Salamansar va Sargon II davrlarida Isroil podsholigi ossur qo"œshinlari tomonidan tor-mor etiladi. Sargon II mil. avv. 722-yili Samariya shahrini bosib olib, Isroil podshosi Osiyani, 27290 isroilliklarni asir qilib olib ketadi va ularni Midiya va Mesopatamiyaga joylashtiradi. Isroilga esa aramey fuqarolarini joylashtiradi. Shu tariqa Isroil podsholigi barham topadi. Ammo keyinchalik Yahudiy podsholigi o"œz mustaqilligini biroz tiklab oladi. Biroq Yahudiy podsholigining mustaqilligi uzoqqa jo"œzilmaydi. Mil. avv. VII asr oxirida Palastin misrliklar tomonidan bosib olinadi. Mil. avv. 597-586-yillarda Palastin Bobil podshosi Navoxodonosor II qo"œshinlari tomonidan istilo qilinadi. Quddus shahri vayron etilib, aholining ko"œp qismi Ikki daryo oralig"œiga haydab ketiladi.       
ISHTAR - qadimgi akkadliklarda Zuhra sayyorasi hamda hosildorlik, muhabbat, urush va g"œalabasi ilohasi. Ikki yuzli xudo bo"œlgan. Bobilda Xudo Ishtarga atab darvoza bunyod etilgan bo"œlib, undan  mil. avv. VI asrga oid sirrush maxluqi — ajdahosi hamda sher tushirilgan tasvir topilgan.
IYEROGLIF (yunoncha hieros - muqaddas va qluphe - o"œyiq) - bir so"œz, bo"œgin yoki tovushni ifodalashga xizmat qiluvchi grafik ifoda. Iyerogliflarning eng qadimgisi Misr yozuvi belgilari bo"œlib, mil. avv. IV mingyillik oxirida qo"œllangan. Hozirda 5 mingga yaqin Misr iyerogliflari ma"œlum. Iyeroglif termini yozuvning boshqa tizimlariga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi (mil. avv. 2 minginchi yillar) va hozirda Xitoy yozuvi, xat yozuvining (mil. avv. II-I ming yillar) turli tasviriy (mixxat bo"œlmagan) belgilari va boshqalarga nisbatan qo"œllaniladi. Qadimgi yunonlar yozuvni shu nom bilan atashgan. Iyerogliflar "œtoshga chekilgan muqaddas bitiklar" ma"œnosini anglatadi. Misliklar  alifbosi 700 iyeroglifdan iborat bo"œlgan.
JEB
- Qadimgi Misr dehqonlari va aholisi ilohiylashtirgan "œmuqaddas yer" xudosi.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:25:18

KARSHARVAR — "œmamlakat", zardushtiylar ta`limotiga ko`ra, dunyo 7 ta tabiiy iqlim, karsharvar - qismlarga bo`lingan.
KASSITLAR — mil. avv. II-I mingyillikda hozirgi G"œarbiy Eron hududida yashagan tog"œlik qabilalar. Mil. avv. 16 asrda Bobilni egallab, 400 yilga yaqin hukmronlik qilgan kassit sulolasiga asos solishgan. Kassit tilining genetik aloqalari aniqlanmagan. Turli xalqlar bilan aralashib ketgan.     
KASTALAR (varna) -  Qadimgi Hindiston aholisi mashg"œulotlariga bog"œliq holda ajratilgan toifa. Qadimgi Hindiston aholisi Veda diniy to"œplamida 4 guruhga ajratilgan: brahman, kshatriya, vayshilar, shudralar. Bu toifalarga kirmagan chandallar bo"œlgan.
KAURILAR - Arabiston dengizi va Hind okeanida ovlanadigan mitti chig"œanoqlar. Bu chig"œanoqlarning bahosi ancha qimmat bo"œlgan. Ular savdo bitimlari tuzilayotganda to"œlov vositasi bo"œlib xizmat qilgan.
KAVI - Avestodagi mamlakat sardori.
KI - Mesopatamiyada yer xudosi.
KOHIN - Qadimgi Sharq (xususan, Misr, Bobil, Hindiston va O"œrta Osiyo)da, shuningdek, Yunoniston va Rimda tarqalgan dinlarning ruhoniylariga nisbatan qo"œllanilgan ibora. Kohinlar xudo va odamlar o"œrtasida vositachi bo"œlishgan.
KOMPAS — dastlab bu moslamani xitoyliklar ixtiro qilgan bo"œlib, u magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali kattakon qoshiqni eslatar edi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan zarhallagan yog"œochga o"œrnatishgan, uning dastasi esa hamma vaqt janubni ko"œrsatgan. Xitoyliklar kompasdan tegishli ishlarda quruqlik va dengizda foydalanishgan.
KSHATRIYALAR — Qadimgi hind diniy to"œplamiga ko"œra, ikkinchi toifaga mansub xudo Braxma qo"œllaridan bunyod etilgan jangchilar.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:27:07

LIDIYA - Kichik Оsiyoning g"œarbidagi qadimgi quldоrlik davlati. Asosan, Germ va Meandr daryolari vodiysida joylashgan. Meandr orqali Sharqqa muhim savdo yo"œllari o"œtgan. Lidiyaliklar Kichik Osiyoda ko"œchib kelgan turli elatlar ta"œsiriga uchramay, an"œanaviy turmush tarzlarini saqlab qolishgan. Frigiya davlati parchalangach, lidiyaliklarning roli kuchaygan. Ular kimmeriylarning hukmronligidan xalos bo"œlib, azaldan savdo va madaniy aloqada bo"œlib kelgan Kichik Osiyoning g"œarbiy qirg"œog"œida joylashgan yunon shaharlarini bo"œysundirganlar. Sardi shahri Lidiya davlatining poytaxti, hukmron sulola esa - Mеrmnadlar bo"œlgan (podshohlari Giges, Aliatt, Krez). Bu sulola vakillari o"œz  hokimiyatlarini Kichik Osiyoning sharqiga, Galis daryosigacha yoyganlar. 547-yilda forslar shohi Kir II Lidiya podshosi Krezni mag"œlubiyatga uchratgan va Lidiya Ahamoniylar davlatiga qaram bo"œlib qolgan. Lidiya zodagonlari savdo munosabatlari juda taraqqiy etganligi va mamlakatda boy oltin konlari mavjudligi tufayli ulkan boylikka ega bo"œlishgan. Tarixda lidiyaliklar birinchi bo"œlib tanga zarb etishgan — deb hisoblanadi. Mil. avv. 334-yilda Lidiya Aleksandr saltanati, Salavkiylar davlati, Pergam va Rim imperiyasi tarkibiga (Osiyo viloyatlarini bir qismini tashkil etgan) kirgan. Gerodotning yozishicha, lidiyaliklarning bir qismi Etruriyaga ko"œchib ketgan.
LOJUVARD - Ishlov berish juda qulay bo"œlgan hamda Qadimgi Misr va Qadimgi Mesopotamiya davlatlari tomonidan yuksak baholangan qimmatbaho tosh. Uning asosiy konlari Baqtriyada bo"œlgan. 

Qayd etilgan