Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346027 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 38 B


Robiya  20 Iyun 2008, 23:29:06

MAAT — qadimgi misrliklarda adolat va odil sudlov ilohasi.
MARDUK - Mesopatamiyada butun olamni yaratuvchi bosh xudo. Bobil homiysi. U bosh homiylikka ma"œbuda Tiamatni yengib erishgan.
MASSAGETLAR (yunoncha Massagetai) - Kаspiy dеngizining shаrqiy sоhili, Оrоl dеngizi аtrоflаri, Аmudаryo vа Sirdаryoning quyi оqimidа mil. avv. VIII-IV аsrlаrdа yashаgаn ko"œchmаnchi vа boshqa qаbilаlаr guruhining yunоn аdаbiyotlаridа uchrаydigаn umumlаshmа nоmi. Massagetlar to"œg"œrisidа fаndа turli хil qаrаshlаr mаvjud. Аyrim оlimlаr fikrichа, "œMassaget" nоmi "œmasyo" - "œbаliq" so"œzidаn kеlib chiqqаn bo"œlib, "œbаliqхo"œrlаr" mа"œnоsini аnglаtgаn. Bоshqа bir fikrgа ko"œrа, "œMassaget" аtаmаsi "œmаs", "œsаkа" vа "œtа" so"œzlаridаn tаrkib tоpib, "œsаklаrning kаttа uyushmаsi"ni bildirgаn. Uchinchi bir tахmingа ko"œrа, "œMassaget" so"œzi "œmаzа gеtlаr" — "œulug"œ gеtlаr" dеgаni bo"œlib, massagetlarning o"œzi esа qadimgi хitоy mаnbаlаridаgi "œdа (kаttа) yuеchjilаr" bilan аynаn bir хаlqdir. Gеrоdоtning yozishigа ko"œrа, massagetlar - ko"œchmаnchilаr. Ulаr piyodа vа оtdа jаng qilаdilаr, оtlаrining ko"œkrаklаrigа sоvut kiydirgаnlаr. Ko"œprоq kаmоn, nаyzа vа sаgаriy (оybоltа) kаbi jаng qurоllаri ishlаtgаnlаr. Massagetlarning bаrchа jihоz vа qurоl-аslаhаlаri mis vа оltindаn yasаlgаn. Ro"œzg"œоr buyumlаrini esа bo"œyoq bilan bo"œyagаnlаr. Massagetlar mаlikаsi To"œmаris bilan bo"œlgаn jаngdа Ахоmаniylаr dаvlаtining аsоschisi Kir II hаlоk bo"œlgаn. Strаbоnning mа"œlumоtigа ko"œrа, massagetlar Quyoshgа tоpingаnlаr vа ungа аtаb оtlаrni qurbоnlik qilgаnlаr. Strаbоn ko"œchmаnchilаr bilan bir qаtоrdа Оrоl bo"œyidаgi bоtqоqliklаr vа оrоlchаlаrdа yashаb, tеrimchilik vа bаliq оvlаsh bilan mаshg"œul bo"œlgаn qаvmlаrni, shuningdеk, хоrаzmiylаr vа оtаsiylаrni massagetlargа mаnsub dеb bilgаn.  Massagetlar kоnfеdеrаtsiyasi qadimgi Хоrаzm dаvlаtining аsоsiy hаrbiy kuchini tаshkil qilgаn.
MAURIYALAR IMPERIYASI (mil. avv. IV-II asrlar) - Qadimgi Hindistondagi yirik quldorlik davlati. Mauriya (Maur"œya) sulolasidan Magadha hukmdori Chandragupta (mil. avv. 317-298-yillarda hukmronlik qilgan) asos solgan. Chandragupta butun Shimoli-G"œarbiy Hindistonni, mil. avv. 305-yilda Balujiston va Sharqiy Afg"œonistonni Mauriyalar imperiyasiga qo"œshib olgan. Uning o"œg"œli Bindusara (mil. avv. 293-268-yillar) davrida Mauriyalar imperiyasiga Dekan ham tobe bo"œlgan. Bindusaraning o"œg"œli Ashoka davri (mil. avv. 268-231-yillar)da Mauriyalar imperiyasi ravnaq topgan. Imperiya shimolda - Kashmir va Himolay to"œg"œlaridan janubda Maysurgacha, g"œarbda - Afg"œoniston sharqda Bengaliya qo"œltig"œigacha bo"œlgan maydonni egallagan. Hindistonning qo"œshni va G"œarb mamlakatlari bilan savdo, madaniy va diplomatik aloqalari ancha kengaygan. Buddizm butun Hindiston va qo"œshni mamlakatlarga tarqalgan. Turli viloyatlar o"œrtasida munosabatlar yaxshilangan, san"œat, adabiyot va siyosat to"œg"œrisida asarlar yaratilgan. Ashoka vorislari davrida imperiya 2 qismga bo"œlinib ketgan. Mil. avv. II asr boshlarida Mauriyalar imperiyasining shimoli-g"œarbiy qismi Yunon-Baqtriya podsholigiga qo"œshib olingan. Mauriyalar imperiyasining oxirgi shohi Brixadratha shunglar sulolasidan bo"œlgan lashkarboshi Push"œyamitra tomonidan o"œldirilgan va hokimiyat shu sulola qo"œliga o"œtgan (mil. avv. 180).     
MIDIYA PODSHOLIGI — Eronning shimoli-g"œarbida joylashgan qadimiy o"œlkalardan biri. Bu o"œlkada qadim zamonlardan boshlab midiya qabilalari yashaganlar. Mil. avv. IX asrda Midiya hududida mayda davlatchalar  mavjud bo"œlib, ossurlar bu yerga tez-tez hujumlar uyushtirib turganlar. Ossurlar midiyaliklarni talab, ulardan xiroj undirganlar. Mil. avv. VIII asr oxirida Midiyaga kimmeriylar, VII asr boshlarida esa skif qabilalari bostirib kirganlar. Mil. avv. 672-yilda midiyaliklar Kashtariti rahbarligida ossurlarga qarshi kurash boshlab, ularni Midiyadan haydab chiqaradilar. Kashtariti Midiyadagi mayda davlatchalarni birlashtirib yagona davlat tuzishga bel bog"œlaydi. Mil. avv. VII asr o"œrtalariga kelib Midiya Qadimgi Sharqdagi qudratli davlatga aylanadi. Mil. avv. 753-yilda Midiya shohi Kashtariti ossurlar ustiga qo"œshin tortadi. Ossurlar skiflarni midiyaliklarga qarshi kurashga ko"œndiradilar. Midiya qo"œshinlari ossur va skiflarning ikki tomondan bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladi. Bu jangda Kashtariti halok bo"œlib, Midiya mil. avv. 653-625-yillar orasida skiflar ta"œsirida qoladi. Mil. avv. 625-yili Kashtaritining o"œg"œli Kiaksar Midiya podshosi bo"œlgach, skiflarni mamlakatdan quvib chiqaradi. Kiaksar podsholikdagi mayda davlatlarni birlashtirib, Midiyani kuchli saltanatga aylantiradi. Mil. avv. 614-yili Kiaksar qo"œshinlari Ossuriyaga bostirib kirib uning poytaxti Ashshurni vayron qiladilar va talaydilar.    Mil. avv. 612-605-yillarda Midiya va Bobil harbiy ittifoqdosh mamlakatlarga aylanadi. Bu  davrda Kiaksar Bobil podshosi Nabopalasar bilan ossurlarga qarshi jang boshlaydilar. Mil. avv. 612, 609-yillarda Bobil va Midiya qo"œshinlari ossur qo"œshinlari yengib Ossuriyaning Nineviya va Ashshur shaharlarini yana vayron qiladilar. Bu mag"œlubiyatdan so"œng ossur qo"œshinlari g"œarbga chekinadilar. Mil. avv. 605-yilda misr-ossur qo"œshinlari bilan Midiya-Bobil qo"œshinlari o"œrtasida Karxemish yonida bo"œlgan jangda ossur-misr qo"œshinlari tor-mor etilib, shu bilan Ossuriya davlati ham barham topadi. Bu janglardan so"œng shimoliy Mesopotamiyada Ossuriya yerlari Midiya ixtiyoriga o"œtadi. Kiaksar Bobil bilan do"œstlikni mustahkamlash uchun qizini Bobil podshosi Nabopalasarning o"œg"œli Navuxodonosor II ga nikohlab beradi. Ikki davlat o"œrtasida yaqin do"œstlik hukm suradi. Kiaksar janubda Persuani, sharqda Parfiyani, g"œarbda esa Kichik Osiyoning Galis daryosigacha bo"œlgan yerlarni Midiyaga qo"œshib oladi. Mil. avv. 590-585-yillar orasida Lidiya-Midiya urushi sodir bo"œladi. Rivoyatga ko"œra mil. avv. 585-yil 28-may kuni quyosh tutilishi oqibatida urush to"œxtab, tinchlikka asoslangan sulh shartnomasi tuziladi. O"œrtadagi gina-kudratga chek qo"œyish maqsadida Midiya shahzodasi Astiag Lidiya shohi Alittaning qiziga uylanadi. Mil. avv. 585-yili Kiaksar vafot etib, Midiya taxtini uning o"œg"œli Astiag egallaydi. Astiag davrida Bobil bilan Midiya o"œrtasidagi munosabat buzilib, qonli janglar boshlanadi. Bu urushlar har ikki tomonni zaiflashtiradi. Forslar Kayxusrav boshchiligida qo"œzg"œolon ko"œtarib, mil. avv. 550-yili Astiag qo"œshinlarini tor-mor etadilar. Midiya davlati Eronga qo"œshib olinadi va barham topadi. 
MINA - Qadimgi Misrda hosildorlik va chorvachilik xudosi, odamlarning tug"œuilishi va chorvaning ko"œpayishining homiysi. Cho"œl hokimi va Qizil dengizga boradigan karvon yo"œlining himoyachisi. Bir qo"œli yuqorida, bir qo"œli esa qamchi ushlab turgan odam qiyofasida tasvirlangan. Misrliklar Minaning yog"œochdan ishlangan buyumiga sig"œinganlar.   
MINO — Mesopatamiyadagi og"œirlik o"œlchovi. 550 gr kumushga barobar bo"œlgan.
MITRA - Zardushtiylikning eng muqqadas sanalgan ilohalaridan. Mitragа quyosh va yorug"œlik, pоkizаlik vа hаqiqаt хudоsi, dehqonlar va chorvadorlar himoyachisi, hosil, ma"œmurchilik va to"œkin-sochinlikni ta"œminlovchi sifаtidа e"œtiqоd qilingаn. Ahuramazda bilan odamlar o"œrtasidagi asosiy vositachi, jangovar yigit siymosida tasvirlangan. Anxramaynuga qarshi chaqmoqlari bilan kurashgan, kamalakka Mitraning kamoni, o"œq otuvchi yoyi deb sig"œinganlar. Qаdimdа Hindistоn, Erоndа bоsh хudоlаrdаn biri. Mil. avv. VI аsrdаn Mitragа sig"œinish Kichik Оsiyo hаmdа Frоt vа Dаjlа dаryolаri оrаlig"œidа tаrqаldi. Keyinrоq Mitragа sig"œinilаdigаn аlоhidа din - mitrаizm pаydо bo"œldi. Bu din ellinlаr оrаsidа, milodiy I аsrdаn bоshlаb Rimdа, II аsrdаn butun Rim imperiyasidа mаshhur edi.
MITANNI DAVLATI (Mittaniya podsholigi) — Mesopotamiyaning shimoli-g"œarbida jaylashgan (hozirgi Suriya hududida) qadimgi davlatlardan biri.  Dajla va Frot daryolari Mitanni yerlaridan boshlanadi. Mil. avv. XII asr oxiri - XVI asr boshlarida bu o"œlkada Mitanni davlati tashkil topdi. Mamlakat aholisining asosiy qismini hurritlar tashkil etganlar. Mil. avv. XVI-XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi.  Mitanni Kichik Osiyo, Finikiya, Suriya va Palastinga o"œz ta"œsirini o"œtkazgan. Mil. avv. XV asrda Mitanni goh Misr, goh Xett, goh Bobil, goh Ossuriya bilan urushlar olib boradi. XV asrda Xett davlati kuchayib, Mitanni ustiga qo"œshin tortadi. Jangda Mitanni podshosi Tushratti qo"œshinlari yengiladi. Shu vaqtda podsho saroyida fitna uyushtirilib, Tushratti o"œldiriladi. Ossuriya Alshi davlatlari ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni qo"œshinlariga zarba beradilar. Xett podshosi Tushrattining o"œg"œli Shattivasni taxtga o"œtqiqzib, unga o"œz qizini nikohlab beradi. Oqibatda Mitanni Xett davlatiga qaram bo"œlib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga tayanib Ossuriyani o"œziga qaram qilib olmoqchi bo"œladi. Ammo ossur qo"œshinlari yana g"œolib chiqib, Mitanni podshosi oilasi bilan asir olinadi. Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo"œshinlari tomonidan vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g"œalaba qozonib, mamlakatni vayron etadilar. 15 mingdan ortiq kishi asir olinadi. Mil. avv. XIII asrda Mitanni davlati parchalanib mayda davlatchalarga bo"œlinib ketadi. U Ossuriya davlatining ta"œsiriga tushib, o"œz mustaqilligini yo"œqotadi.       
MIXXAT — Qadimda Old Osiyoda qo"œllangan, mix yoki ponachalarga o"œxshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga o"œyib tushurishdan iborat ideografik yozuv turi. Ushbu yozuv  mil. avv. 3 mingyillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan, masalan, oyoq tasviri "œyurish", "œturish", "œolib ketish", ma"œnolarini anglatadi. Bunday belgilar miqdori 1000 tagacha yetgan. Shumer mixxati dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda - chapdan o"œngga qarab yozilgan. Mil. avv. 3 mingyillikning o"œrtalarida mixxatning so"œz - bo"œginli shakli paydo bo"œlgan, belgilar miqdori 600 tagacha qisqartirilib, rasm - belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda shumer mixxati akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar) tomonidan o"œzlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 taga tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan mixxat keyinchalik, mil. avv. 2-1 mingyilliklar davrida bir qancha qo"œshni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qadimgi fors va b.)ga moslashtirilgan holda qo"œllana boshlagan. Bu davrda mixxatlar harf-tovush-bo"œgin yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib chiqishiga asos bo"œlgan. Mil. avv. 1 mingyillik oxirlarida mixxatlar o"œrnini oromiy yozuvi egallagan. Mixxatda bitilgan juda ko"œp yodgorliklar - tarixiy yozuvlar, turli rasmiy hujjatlar, og"œzaki ijod namunalari, lug"œatlar, ilmiy asarlar, diniy matnlar saqlanib qolgan. Turli xalqlarga mansub mixxatlarni o"œrganish, deshifrovkalash 19 asrdan, aniqrog"œi, 1802-yildan boshlanib, 20 asrning o"œrtalarigacha davom etgan. Nemis, fransuz, ingliz, chex, rus olimlari mixxatlarni  deshifrovkalashda faol ishtirok etib, bu sohada ko"œplab ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. 
MOT — Suriya va Finikiya diniy e"œtiqodida o"œlim xudosi.
MUMIYOLASH — murda yoki uning ayrim a"œzolari va to"œqimalarini chiritmaydigan qilib uzoq saqlash usuli. Buning uchun jasadga chirituvchi mikroblarni o"œldiradigan maxsus antiseptic moddalar shimdiriladi. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko"œpdan-ko"œp matolar bilan o"œrashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo"œyilgan. Shu taxlit ishlov berilgan inson mayyiti mumiyo deyilgan. Odatda mumyolash qariyb 70 kun davom etgan. Bu qadimdan ma"œlum, dastlab Misrda qo"œllanilgan; ular balzamlash vositalariga xushbo"œy modda — balsam qo"œshib ishlatganlar. Ilgari murdaning boshi, ko"œkrak, qorin bo"œshliqlarini turli tuz eritmalari bilan to"œldirganlar. 

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:31:46

NAQSHI RUSTAM - Shеrоz (Erоn)dan 50 km, qadimgi Istahr shahri (Taхti Jamshid) yaqinida jоylashgan Husaynko"œh qоyalaridagi ahоmoniylar sulоlasi pоdshоhlarining maqbaralari hamda kitоbalari. Naqshi Rustam Erоn sarkardasi - sоsоniylardan Yazdigard III armiyasi bоsh qo"œmоndоni Rustam (636-yilda arablar bilan bo"œlgan jangda halоk bo"œlgan) nоmiga qo"œyilgan. Naqshi Rustam Dоrо I, Artaksеrks I va Dоrо II larning Ko"œhi Rahmat bag"œriga kovlab jоylashtirilgan maqbaralaridan ibоrat. Dоrо I maqbarasi to"œrtburchak shaklida, zardushtiylik an"œanasi asоsida yaratilgan bo"œlib, eng qadimgi yodgоrlikdir (Dоrо qabri kitоbalari). Maqbaradan pastda, chap tоmоnidagi rеl"œеfda sоsоniylar pоdshоsi Shоpurning Rim impеratоri Valеrian ustidan g"œalabasi (mil. 260-yil) va Valеrianning оt minib turgan Shоpur I оyog"œiga tiz cho"œkib, bоsh egib turgani tasvirlangan. Rеl"œеf оstidagi yozuvda fоrslarning Zakavkazеga yurishi ifоdalangan (mil. 262-yil). Maqbaralarning qarshisida burj - Zardusht ka"œbasi jоylashgan. Uning tоmi katta hajmdagi yassi tоsh plitalar bilan yopilib, dеvоrlarida dеraza o"œrnida оchiq jоylar qоldirilgan. Erоn, Kavkaz va O"œrta Оsiyo ahоlisi uylariga o"œхshatib qurilgan burjning dеvоrlariga pahlaviy, parfyan va yunоn yozuvlarida Sоsоniylar davlati tarkibiga kirgan mamlakatlar, bu ziyoratgоhga kеltirilgan hadyalar ro"œyхati bеrilgan. Naqshi Rustam manzaralari va kitоbalari ahamoniylar va sоsоniylar bоsib оlgan mamlakatlar va хalqlar tariхi, etnоgrafiyasi va madaniyatini o"œrganishda muhim manbadir.
NARNAR - qadimgi shumerliklarda oy xudosi. 
NAXUNT — qadimgi elamliklarda quyosh va adolat xudosi.
NEYT - qadimgi misrliklar uning muqaddas ramzi bo"œlgan o"œq-yoyga topinganlar.
NIL - Qadimgi Misrda Nil daryosining xudosi, u ajdaho soqchilik qilayotgan g"œorda humlardan suv quyadi. Qancha suv quyish uning irodasiga bog"œliq. Yunon afsonalariga ko"œra, Misrning ilk podsholaridan biri hisoblanadi va sug"œorish tizimining bunyodkoridir.
NОM — Qаdimgi Misrdаgi dаstlаbki kichik dаvlаtlаrning yunоnlаr tomonidan nomlanishi.
NОMАRХ — yunоnchа so"œz bo"œlib, dаvlаt bоshlig"œi, hukmdоri dеgаn mа"œnоni bildiradi.
NOUS (novs) - Zardushtiylarning ostadon (ossuariy)larini saqlash uchun loy, tosh, g"œishtdan qilingan inshoot. Zardushtiylarda o"œliklarni yerga ko"œmish, suvga tashlash, o"œtda yoqish man qilingan. O"œliklarni qoyalar, qumlar ustiga tashlab, daxmalarga qo"œyib, yirtqich hayvon va qushlarga yedirganlar, suyagini ostodon yoki xum va xumchalarga solib, nousda saqlaganlar. Nouslar 1,5 m kenglikdagi uzun oxur shaklida to"œrt devor bilan o"œraglan, usti gumbaz bilan pastak qilib, to"œrt burchakli bino shaklida yopilgan. Ba"œzi hollarda nouslar odamlar yashaydigan uylarning devorlari orasida yoki hovlida joylashgan. Nouslar Xorazmda (mil. avv. I mingyillikning o"œrtalariga oid), Samarqand atrofida (milodiy XIII asrga oid) topilgan. 
NUBIYA — Misr janubidagi davlat. Nubiyaga misrliklar Nil bo"œylab oltin, qatron, fil suyagi, nodir navli yog"œochlarni ayirboshlash uchun borishgan.
NUN - Qadimgi Misrda boshi ajdaho, tanasi odam qiyofasida tasvirlangan suv xudosi.   
NUT - Qadimgi Misrda bahaybat sigir qiyofasida tasvirlangan osmon xudosi.
NYUY VA — Qadimgi Xitoy afsonalarida aytilishicha, odamni loydan yaratgan xudo.   

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:33:59

ORIYLAR —  Hindistonning ko"œp mingyillik tarixida uni birinchi bor istilo qilgan qabilalar. "œOriy" so"œzi qadimda Eronzabon qabilalarning nomi bo"œlib, "œkelgindi", "œbegona", "œboshqa yerlik" ma"œnolarini bildirib, keyinchalik "œxo"œjayin", "œaslzoda" ma"œnosini anglatgan. Qadimgi hind manbalarida oriylarning muqaddas yurti Ar"œyavarta haqida zikr qilinadi. Eroniy va hind-oriy qabilalari ajdodlarining keng urug"œchilik aloqalari yoki birligi, ular tilining yaqinligi, grammatik va asosiy lug"œat boyligi umumiy bo"œlganligi, diniy tushunchalarning bir ekanligi, shuningdek urf-odatlari, olovga topinishning o"œxshashligi diqqatga sazovor. Qadimgi hindlar va eroniylar birga yashab, hind-oriy umumiyligi tashkil etganlar. Ularning ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qo"œshni bo"œlgan o"œlkalarda yashaganlar degan fikr mavjud. Bu hududda yashaganlarning bir guruhi Hindistonga, boshqasi esa G"œarbiy Osiyoga borganlar. Bu jarayon  mil. avv. II mingyillikning o"œrtalarida ro"œy bergan. Ba"œzi olimlar oriylarni Hindistonga ikki yo"œl orqali, ya"œni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali o"œtishi mumkinligini taxmin qiladilar. Bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida ro"œy bergan. O"œsh davrda mahalliy qabilalar bilan harbiy to"œqnashuvlar, oriy qabilalarning ichida ham o"œzaro nizolar bo"œlib turgan. Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholisi bilan assimilyatsiya jarayoni va Oriylarning Sharqqa harakati tezroq kechgan. Oriylar mahalliy qabilalarning ijtimoiy, siyosiy tizimiga ma"œlum darajada o"œzgartirishlar kiritgan, o"œz navbatida, hindlarning diniy tushunchalari ham hind-oriylarga o"œz ta"œsirini ko"œrsatgan. Asta-sekin hind-oriy va mahalliy qabila yutuqlarini mujassamlashtirgan, Shimol va Sharqiy Hindistonning anchagina aholisi uchun umumiy bo"œlib qolgan yangi madaniyat vujudga kelgan. Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko"œchmanchi qabilalar. Mil. avv. 1500-yillarda Hindiston hududiga bostirib kiradi. Ularning hujumidan so"œng Moxenjodaro va Xarappa tomomila vayronaga aylanadi, shundan so"œng ushbu sivilizatsiyalar qaytib o"œzini tiklolmaydi.
OROMIY YOZUVI - G"œarbiy som yozuvlaridan biri; oromiylar mil. avv. I mingyillikning boshlarida finikiy yozuvi asosida shakllantirgan kansonant yozuv. Oromiylar finikiy yozuvining alifbo tarkibini o"œzgartirmagan holda (oromiy alifbosi ham faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat bo"œlgan), unga ayrim o"œzgarishlar kiritganlar: harflarni tashkil etuvchi unsurlar sonini kamaytirish yoki unsurlar shaklini o"œzgartirish orqali juda ko"œp harflarning shakllarini soddalashtirganlar va yozuvni tez yozishga moslashtirganlar. Oromiy yozuvida sozlar asosan ajratib yozilgan: dastlabki so"œzlarni ajratuvchi belgilar - bir vertikal chiziq yoki nuqta qo"œllangan, keyinchalik esa so"œzlar o"œrtasida bo"œsh joy qoldirish bilan so"œzlar o"œzaro ajratilgan. Oromiy yozuvida harflar alohida -alohida, ligaturasiz (2 harfni bir harf shakliga keltirmasdan) yozilgan; o"œziga xos xususiyatlaridan biri d va r harflarining farqlanmasligidir. Oromiy yozuvi va oromiy tili mil. avv. VI-IV asrlarda yangi ossur va qadimgi fors davrlarida butun G"œarbiy Osiyoda, hatto Misr, Kichik Osiyo va Hindistonda devonxonalarning rasmiy yozuvi va tiliga - xalqaro aloqa vositasiga aylangan. Oromiy yozuvi nafaqat monumental  toshbitiklarda, balki sopol buyumlarda (sopol parchalarida) va papiruslarda saqlanib qolgan. Bu yozuv g"œarbiy som yozuvlarining mil. avv. III-II asrlardagi ko"œplab oromiy variantlarining, suryoniy, kvadrat shaklli yahuduy, arab, pahlaviy, sug"œd, uyg"œur, mo"œgul yozuvlarining kelib chiqishiga asos bo"œlgan. Oromiy yozuvidagi eng qadimgi yozma yodgorliklar mil. avv. IX-VIII asrlarga mansub.     
OROMIYLAR (arameylar) - Arabiston yarim orolidan chiqqan ko"œchmanchi somiy qabilalar. Mil. avv. XIV-XI asrlarda G"œarbiy Osiyo bo"œylab tarqalganlar. Ilk bor mil. avv. III mingyillik o"œrtalariga oid manbalarda qayd etilgan. Oromiy tili  milodning boshlarida G"œarbiy Osiyoning asosiy og"œzaki nutqiga aylangan. Oromiylarning avlodlari - hozirgi ossuriylar (oysorlar). 
OSIRIS — Qadimgi Misrda yer osti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo"œlib, u o"œz xalqini  dehqonchilikka o"œrgatadi.
OSMON O"œG"œILLARI — Chjou podsholigi hukmdorlari o"œzlarini shu nom bilan atashgan.
OSSUARIY (оstаdоn lоtincha os - suyak) - Zаrdushtiylik dinigа mаnsub xаlqlаrdа mаrhumning suyagi sоlingаn sоpоl, tоsh yoki gаnch idish, suyakdоn. Zаrdushtiylаrdа o"œlikni yеrgа dаfn etish mаn etilgаn. Bundа ulаr «Оnа yеr muqаddаs, u bаrchа jоnzоtning bоquvchisi, tuprоqning tаrkibini buzmаslik kеrаk», dеgаn аqidаgа riоya qilishgаn. O"œrtа Оsiyo xаlqlаridа ossuariygа sоlib ko"œmish оdаti mil. avv. I mingyillikning 1-yarmidа shаkllаnib, milodning VIII аsrgаchа (islоmiy dаfn rusumlаri qаbul qilingunchа) dаvоm etgаn. Xоrаzmdаn tоpilgаn qаdimgi ossuariy hаykаllаr shаklidа bo"œlib, o"œliklаrni ilоhiylаshtirishni ifоdаlаgаn.
OSSURIYA — Mesopotamiyaning shimolida joylashgan mamlakat. Dastlabki Ossuriya davlati Dajla daryosining yuqori oqimi, Quyi va Yuqori Zab daryolari havzasidagi joylarni egallagan edi. Arxeolog olimlar Zab daryolari bo"œylaridan 70-80 ming yil muqaddam yashagan qadimgi odamlarning makonlarini topganlar. Ossuriyaning eng qadimgi aholisi xurrit, subariy, semit va boshqa qabilalarning aralashuvidan ossur xalqi kelib chiqqan. Ossur tili davlat tili bo"œlgan. Mil. avv. I-IV mingyilliklarda Ossuriyada dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanadi. Odamlar orasida mulkiy tabaqalanish kuchayadi. Mil. avv. III mingyillikning ikkinchi yarmida esa Ossuriyada dastlabki davlat tashkil topadi. Bu qadimgi Ashshur shahar-davlati bo"œlib, Ossuriya ham ana shu nomdan kelib chiqqan. Ilk Ossur podsholigi davri mil. avv. XXII-XVI asrlarni o"œz ichiga oladi. Ossuriya davlati tepasida podsho turib, mamlakatni a"œyonlar va oqsoqollar kengashiga suyanib, boshqargan. Podsholik otadan bolaga, aka-ukalarga meros bo"œlib o"œtgan. Ossuriya dastlab ancha kichik bo"œlib, Akkad va Urning 3-sulolasi podsholariga itoat etgan. Mil. avv. XX-XVIII asrlarda Ossuriya kuchayib, Ossur podsholari Fors qo"œltig"œi, Kichik Osiyo va O"œrtayer dengizi sohilidagi boy mamlakatlar ustiga qo"œshin tortib borganlar. Ular Kichik Osiyoning Qizilirmoq daryosi havzasigacha ossur manzilgohlarini qurganlar. Hammurapi davrida Ossuriya kuchsizlanib, dastlab Bobil podsholigiga, mil. avv. XVI-XV asrlarda esa Mitanni davlatiga qaram bo"œlib qolgan. Mitanni podshosi Shaushshatar Ossur qo"œshinlarini tor-mor etib, podsho saroyining oltin va kumushdan yasalgan darvozasini o"œz yurtiga olib ketgan. Darvoza 100 yildan so"œng yana Ossuriyaga olib kelingan. Mil. avv. XVI asr oxiri - XV asr boshlaridan boshlab Ossuriya kuchaya borib, Bobil va Mitanni asoratidan ozod bo"œlib oladi. Ossuriya Misr bilan ittifoq tuzib Mitanniga qarshi kurash boshlaydi. Ossuriya podsholigi Salamansar I davrida kuchayib, Mitanni davlatini bosib oladi. Mil. avv. XIII asrda Ossur qo"œshinlari Bobil va Elam ustiga bir necha bor talonchilik urushlarini uyushtiradilar. Tiglatpalasar I hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi kuchayib shimolda Qora dengiz, g"œarbda esa O"œrtayer dengizi sohilidagi boy mamlakatlar ustiga qo"œshin tortib, ularni o"œz ta"œsiriga olgan. Mil. avv. XI asr boshlarida g"œarb tomondan bostirib kelgan arameylarning zarbalari natijasida ossur shahar va qishloqlari vayron etiladi va Ossuriya arameylarga qaram bo"œlib qoladi. Mil. avv. X asr oxirlariga kelib arameylar davlati kuchsizlanib, tushkunlikka uchraydi. Bu vaziyatdan foydalanib ossurlar o"œzlarini o"œnglab oladilar va Yangi Ossur podsholigiga asos soladilar. Salamansar III davrida Ossur qo"œshinlari O"œrtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar, Bobil va Urartu bilan tinimsiz urush olib borganlar. Mil. avv. XIII asr boshlarida Urartu kuchayib Ossur qo"œshinlariga bir necha bor zarbalar bergan. Joylarda ossurlarga qarshi qo"œzg"œolonlar boshlangan. Ossuriya bosib olgan yerlarini qo"œldan boy bergan. Mil. avv. XIII asr o"œrtalariga kelib Tiglatpalasar III, Salamansar V, Sargon II, Ashshurbanipal va boshqalar davrida  Ossuriya yana kuchayadi. Bu davrda ossur podshlari Misr, Palastin, Suriya, Finikiya, Bobil, Elam, Urartu davlati bilan qonli urushlar olib boradilar. Bu vaqtda Ossuriya Sharqdagi eng qudratli davlatga aylanadi. Mil. avv. VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Ossuriya zaiflasha boshlaydi. Xuddi shu davrda Yangi Bobil podsholigi bilan Midiya harbiy ittifoq tuzib, Ossuriyaga ikki tomondan hujum boshlaydilar. Mil. avv. 612-yilda Ossuriya poytaxti Ashshur ittifoqchilar tomondan ishg"œol qilinadi. Ossur qo"œshinlari Xarran va Karxameshga chekinadilar. Misr fir"œavni ossurlar bilan ittifoq tuzib, raqiblariga qarshi shaylanadilar. Mil. avv. 605-yilda Misr-Ossur qo"œshinlari bilan Midiya-Bobil qo"œshinlari o"œrtasida Karxemish yonida bo"œlgan jangda ossur-misr qo"œshinlari tor-mor etilib, shu bilan Ossuriya davlati ham barham topadi.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:35:39

PALASTIN (qаd. yahudiychа pelishtim — "œfilistimliklаr" so`zidаn оlingаn) — Sinay yarimorolining shimolidagi qadimgi davlat. O`rtа dengizning shаrqiy sоhilidа jоylаshgаn. Mil. аvv. V-IV mingyillikdа Palastingа sоmiy qаbilаlаri kirib  kelgаn. Mil. аvv. III-II mingyillikdа Palastindа xаnааneylаrning ilk shаhаr-dаvlаtlаri pаydо bo`lgаn (mil. аvv. II mingyillikdа Palastin vа Finikiya hududi Xаnааn deb аtаlgаn). Mil. аvv. XVI-XIII аsrlаrdа Palastin Misr tаsаrrufidа bo`lgаn. Mil. аvv. XIII аsr оxiridа Palastindа filistimliklаrning hukmrоnligi o`rnаtilgаn. O`shа pаytdаyoq mаmlаkаtning аksаriyat qismi mil. аvv. XI аsrdа tаshkil bo`lgаn Isrоil-yahudiy pоdshоligi hududidа  istiqоmаt  qiluvchi qаbilаlаr tоmоnidаn zаbt etilgаn. Dоvud vа Sulаymоn pоdshоlаr dаvridа Isrоil  qudrаti  аvjigа chiqqаn. Tаxminan 935-yildа bu dаvlаt  ikkitа pоdshоlik - Isrоil vа Iudeya (Yahudiya)gа bo`lingаn. Mil. аvv. VIII аsr оxiridа Palastinning shimoliy hududi - Isrоil pоdshоligi Оssuriya tоmоnidаn bоsib оlingаn. Jаnubiy Palastin (Iudeya pоdshоligi)ni mil. аvv. VI аsrdа bоbilliklаr, so`ngrа аhamoniylаr, mil. аvv. IV аsrdа mаkedоniyalik Аleksаndr o`zlаrigа bo`ysundirgаnlаr. Mil. аvv. III-II аsrlаrdа Palastin Ptоlemeylаr (Misr) bilan Sаlаvkiylаr o`rtаsidа tаlаsh bo`lgаn. Palastin milodiy I аsrdа (63-yil) rimliklаr tоmоnidаn bоsib оlingаn.  Lekin fаqаt Iudeya urushlаri (66-73-yillаr) vа Bаr Kоxbа qo`zg`оlоni (132-135-yil) bоstirilgаnidаn so`ngginа Palastin Rim  imperiyasining vilоyatigа аylаngаn. Milodiy I аsrdа Palastindа xristiаn dini pаydо bo`lgаn. 395-yildа Palastin Vizаntiya ixtiyorigа  o`tgаn.
PALERMO TOSHI - Qadimgi Misr yilnоmаlаri o"œyib bitilgаn diоrit plitа pаrchаsi (43,5x25 sm). Qadimgi fir"œаvnlаr sulоlаsigаchа bo"œlgаn vаqtdаn bоshlаb (mil. avv. IV mingyillik охiri) bir qаnchа  аsrlаrni  qаmrаb   оlgаn.  Mаtn 5-sulоlа dаvridа (mil. avv. XXV аsr) tushirilgаn. 1877-yildаn Pаlеrmо (nоmi shundаn) muzеyidа sаqlаnаdi. Palermo toshi Qadimgi Misr хrоnоlоgiyasi bo"œyichа o"œtа muhim mаnbа bo"œlib, fir"œаvnlаrning iqtisоdiy, harbiy vа diniy siyosаti yuzаsidаn qimmаtli mа"œlumоtlаrni qаmrаb оlgаn.
PAPIRUS — trоpik yеrlаrdа o"œsаdigаn qаmishsimоn o"œsimlikdаn yasаlgаn yupqа qоg"œоz. Qadimgi Misr aholisi va boshqa bir qancha xalqlar yozuvni shunga yozganlar.
PАRFIYA PОDSHОLIGI - mil. avv. 250-yildа Kаspiy dengizining jаnubiy vа jаnubi-shаrqiy tоmоnidа vujudgа kelgаn qadimgi dаvlаt. Mil. avv. I asr o"œrtаlаridа Mesоpоtаmiyadаn Hindistоngаchа bo"œlgаn hududni o"œzigа bo"œysundirgаn. Parfiya podsholigi milodiy III asrning 20-yillаrigаchа mаvjud bo"œlgаn. Mil. avv. 250-yilda sаklаrning ko"œchmаnchi pаrnlаr  (dаxlаr) qаbilаsi Аrshаk (аrshаkiylаr sulоlаsi аsоschisi) bоshchiligidа Sаlаvkiylаr dаvlаtidаn аjrаb chiqqаn Pаrfiyonа yoki Parfiya  sаtrаpiyasigа bоstirib  kirgаnlаr vа Parfiyani, so"œngrа qo"œshni Girkаniya vilоyatini ishg"œоl etgаnlаr. Sаlаvk II o"œz hоkimiyatini qаytа tiklаsh mаqsаdidа оlib bоrgаn bir nechа muvаffаqiyatsiz urinishlаr (mil. аvv. 230-227-yillar)dаn so"œng Parfiyadа аrshаkiylаr hukmrоnligini tаn оlishgа mаjbur bo"œlgаn. 209-yilda Parfiyani sаlаvkiylаr pоdshоhi Аntiоx III bоsib оlgаn. Birоq Sаlаvkiylаr dаvlаtining zаiflаshgаnidаn fоydаlаnib Parfiya tezdа o"œz mustаqilligini tiklаgаn. Pаrnlаr mаhаlliy  pаrfyanlаr (pаrfiyaliklаr) bilan аrаlаshib ulаrning mаdаniyati, tili vа mаhаlliy diniy e"œtiqоdlаrini qаbul qilishgаn. Mil. avv. tаxm. 171-138/137-yillаrdа Parfiya pоdshоhi Mitridаt I sаlаvkiylаrning shаrqiy sаtrаpiyalаri vа Yunоn-Bаqtriya pоdshоligining bir qismini (mil. аv. tаxm. 136-yilda) bоsib оlgаn. Mil. avv. I asr bоshidа Parfiyaning qudrаti yanаdа оrtib, Rim imperiyasining xаvfli rаqibigа аylаngаn. Mil. avv.  53-yilda Parfiya Rim bilan to"œqnаshib, Kаrri jаngidа Krаss qo"œmоndоnligi оstidаgi Rim qo"œshinini butkul tоr-mоr etgаn. Mil. avv. 40-yildа Parfiya Kichik Оsiyoning deyarli butun hududini, Suriya vа Fаlаstinni zаbt etgаn. Bu Rimning Sharqdаgi hukmrоnligigа tаhdid sоlmоqdа edi. Mil. avv. 39-37-yillаrdа rimliklаr bu  vilоyatlаr ustidаn o"œz hukmrоnliklаrini tiklаshgаn. Tez оrаdа Parfiya ichki nizоlаr vа ko"œchmаnchi аlаnlаrning hujumlаri nаtijаsidа tаnаzzulgа uchrаy bоshlаgаn. Bundаn fоydаlаngаn rimliklаr Parfiyaning g"œаrbiy vilоyatlаrini qаttiq tаlоn-tоrоj qilgаn. Pаrfiyaliklаr vаqt-vаqti bilan rimliklаr ustidаn g"œаlаbа qоzоnib turgаn bo"œlsаlаr-dа, dаvlаtni siyosiy tushkunlikdаn qutqаrib qоlоlmаgаnlаr. Mаrg"œiyonа, Sаkаstоn, Girkаniya, Elimаidа, Fоrs, Xаrаkenа, Xаtrа аmаldа mustаqil edilаr. Tаshqi vа ichki nizоlаr mаmlаkаtni hоldаn tоydirgаn. 224-yilda vаssаl Fоrs (Persidа) vilоyati hоkimi Аrdаshir (Аrdаshir I) hаl qiluvchi jаngdа Аrtаbоn V ni Оrmizdаgоn tekisligidа mаg"œlub etib Parfiya podsholigini tugаtgаn; Parfiya аsоschisi Аrdаshir I bo"œlgаn. Sоsоniylаr dаvlаtigа qo"œshib yubоrilgаn.
PAROPAMIS — Kvint Kursiy Ruf asarlarida Hindikush tog"œining atalishi.     
PAYG"œAMBAR (savobli ishlar xabarchisi) - Zardushtiylik dining asoschisi Spitama Zardushtning  40 yoshida qabul qilib olgan faxriy nomi. 
PINKER — Qadimgi elamliklarda xudolar onasi.
PIRAMIDA — Qаdimgi va O"œrta pоdshоlik dаvridа Misr fir"œаvnlаri vа аyonlаri o"œzlаri uchun tоshdаn qurdirgаn ulkаn sаg"œаnа. Piramidalar misrlik fir"œаvn vа аmаldоrlаrning kuch-qudrаti hisоblаngаn. Piramidalar аsоsi uch, to"œrt vа ko"œpburchаkli gеоmеtrik shаkldа bo"œlib, аsоsi kеng, yuqоri tоmоni tоrаyib bоrgаn. 
PODSHO TIRSAGI — Qadimgi Misrda qo"œllar uzunligi turlicha bo"œlgani uchun shunday etalon joriy etilgan bo"œlib, u 52,5 santimetrga teng bo"œlgan."Podsho tirsagi" butun mamlakat uchun standartga aylangan.
PONT EVKSIN DENGIZI — Qora dengizning qadimiy nomi.
PTAX — Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfis shahrining xudosi. Rivoyatlarga qaraganda u olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o"œrnatgan, xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko"œrishning iloji yo"œq.     

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:38:34

QАDIMGI PОDSHОLIK DАVRI - Qadimgi Misrda mil. avv. 2800-2250-yillarni o"œz ichiga olgan podsholik davri. Bu davrda davlat poytaxti Memfis shahri bo"œlib, 3-6-sulola vakillari hukmronlik qilganlar. Qadimgi podsholik davrining asosiy xususiyati davlatni markazlashtirishga harakat qilinishi, yangi yerlarni kengaytirib, sug"œorish inshootlarini qurishga katta ahamiyat berilishi, misni, toshni qayta ishlash taraqqiy etib, kulolchilikni rivojlanishi, qishloq хo"œjaligi, hunаrmаndchilik, sаvdо rivоjlаnishdа dаvоm etishi, ehromlar qurilishi bo"œlgan. Bu davrda Misrda xususiy yеr egаligi pаydо bo"œlgаn. Оliy mаnsаbdоr - tshаti (vаzir) bоsh bo"œlgаn dаvlаt аppаrаti mustаhkаmlаngаn. Fir"œаvnlаr, shuningdеk, bоsh kоhin hаm bo"œlib, bаrchа yеr vа fuqаrоlаrning egаsi hisоblаngаn. Jаmоа а"œzоlаri vа qismаn kеlgindilаr (аsоsаn, Kush аhоlisi)dаn tuzilgаn muntаzаm qo"œshin bаrpо qilingаn. Ilоhiylаshtirilgаn fir"œаvnlаrning mutlаq hоkimiyati g"œоyasi mаhоbаtli mаqbаrаlаr - ehrоmlаr qurilishidа mujаssаmlаntirilgаn. Bu аyniqsа III-IV sulоlаlаr dаvridа (Snоfru, Хеоps, Хеfrеn, Mikеrin ehrоmlаri) аvj оlgаn. Ulаrni bunyod etishdа qul vа dеhqоnlаr mеhnаtidаn kеng fоydаlаnilgаn. Mil. аvv. 23-22 аsrlаrdа Misr o"œzаrо nizоdа bo"œlgаn bir qаnchа nоmlаr vа mаydа dаvlаtlаrgа bo"œlinib kеtgаn. Tахminan 2050-yilda Mеntuхоtеp I dаvridа mаmlаkаt Fivа shahri gеgеmоnligi оstidа qаytа birlаshgаn. Bu shаhаr Misrning pоytахtigа аylаngаn. Qadimgi podsholik davrida hukmronlik wilgan fir"œavnlar: 3-sulоlа: Jоsеr, Sехеmхеt, Nеfеrkа. 4-sulоlа (mil. аvv. 28-26 аsr o"œrtаlаri): Snоfru, Хеоps (Хufu), Хаfrа (Хеfrеn), Mikеrin (Mеnkаurа), Shеbsеskаf. 5-sulоlа (mil. аvv. 26-25 аsrlаr): Usеrkаf, Nеfеrirkаrа, Nеusеrrа, Isеsi, Unа. 6-sulоlа: (mil. аvv. 25-23 аsr o"œrtаlаri): Tеti I, Piоpi I, Mеrеnrа I, Piоpi II, Mеrеnrа II. 7, 8, 9-sulоlаlаr (mil. аvv. 23-22 аsr o"œrtаlаri). 10-sulоlа (mil. аvv. 22-21 аsr o"œrtаlаri). 11-sulоlа: Аntеf I Sехеrtаui, Mеntuхоtеp III Nеbхеpеtrа.
QIZILQOSHLILAR QO"œZG"œOLONI — Xan saltanatiga qarshi 18-25-yillarda ko"œtarilgan qo"œzg"œolon. Qo"œzg"œolonga Xitoyda milodiy I asr boshlarida qurg"œoqchilik va chigirtka bosishi natijasida hosilsizlik sodir bo"œlishi, mamlakatda qimmatchilik, ochlikning boshlanishi sabab bo"œlgan. Ommaviy harakatlar 18-yilda Shandun shahrida boshlanib, unga Fan Chun rahbarlik qilgan. Qo"œzg"œolon rahbarlari o"œz odamlarini podsho askarlaridan ajratish uchun qoshlarini qizil rangga bo"œyatganlar. Shu tufayli bu qo"œzg"œolon "œQizilqoshlilar" qo"œzg"œoloni nomini olgan. 22-yilda Xan saltanati hukmdori Van Man qo"œzg"œolonchilar ustiga yuz ming kishilik qo"œshin yuborgan. Hal qiluvchi jangda qo"œzg"œolonchilar podsho qo"œshinlarini tor-mor etib, Xuanxe daryosining o"œrta oqimidagi yerlarni ishg"œol qilganlar. Shu vaqtda mamlakat janubida ham qo"œzg"œolon boshlangan. Ular o"œzlarini "œyashil o"œrmon qo"œshinlari" deb ataganlar. 23-yili Van Man qo"œshinlari bilan qo"œzg"œolonchilar o"œrtasida shiddatli jang bo"œlib, podsho qo"œshinlari yana tor-mor etilgan. Qo"œzg"œolonchilar Chanan shahrini ishg"œol qilganlar. Van Man o"œldirilgan. 24-yilda qo"œzg"œolon rahbarlaridan biri Lyu Syuan o"œzini podsho deb e"œlon qilib, Chanan shahrini egallagan. 25-yilda "œqizil qoshlilar" Chananga yurib, Lyu Syuan qo"œshinlarini tor-mor etganlar, Lyu Syuan o"œzini-o"œzi o"œldirgan. Shu yili (25-yil) "œyashil o"œrmon qo"œshini" Lyu Syu boshchiligida Chananga qarab yo"œl olganlar. Qizil qoshlilar esa Chananni bo"œshatib Shandunga chekinganlar. Yo"œlda ikki qo"œshin: "œqizil qoshlilar" va "œyashil o"œrmon qo"œshinlari" to"œqnashgan va qizil qoshlilarning mag"œlubiyati bilan yakunlangan. Ularning yo"œlboshchisi Fan Chun jangda halok bo"œlgan.       
QO"œSHINLARNING TO"œRT TURI - Qadimgi Hindistonda ixtiro qilingan «shaxmat» o"œyini.
QOG"œOZ —  Xitoyda birinchi bo"œlib milodiy I asrda ixtiro qilingan mahsulot.
QORA TUPROQ — misrliklar o"œz mamlaklatini shunday atashgan. Nil dаryosining tоshqini tugаgаch, o"œsimlik cho"œkindilаri, tuprоq vа tоg"œ jinslаridаn hоsil bo"œlgаn zаrrаlаr suv bоsgаn jоylаrdа cho"œkib, qоrаmtir quyqumlаr qоldirаdi. Quyqumlаr qurib sеrhоsil qоrа tuprоqli yеr hоsil qilаdi. Shuning uchun vodiyliklar yurtga «Misr» - «Qora tuproq»  deb nom berishgan.
QORAQO"œNG"œIZ — Qadimgi Misrda qumursqalar orasida alohida hurmat-e"œtiborga sazovar bo"œlgan jonzot. Misrliklar ularni Quyoshning yordamchisi deb hisoblagan. 
QUYI MISR DАVLАTI — milоddаn аvvаlgi IV mingyillikning o"œrtаsidа Nil dаryosining shimоliy tаrmоg"œidа shаhаrchаlаr birlаshib, bаrpо etilgan davlat.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:43:31

RA - rivoyatlarga ko"œra, tanasi odam, qarchig"œay boshli quyosh xudosi. Ra xudolar podshosi hisoblangan. U har kuni oltin qayiqchasida osmonni kezib chiqadi va g"œarbga tushadi.  Misrliklar unga atab Geliopol shahrida ibodatxona qurganlar.
ROZETTA BITIKTOSHI — 1799-yili Rozett shahri yaqinida qora bazalt tosh bitigi topilgan. Rozetta bitigtoshi mil. avv. 196-yilga oid bo"œlib, toshga uch tilda noma bitilgan. Bular yunon, iyerogliflar va Misr yozuvining tez yozuv deb atalgan qisqartma iyerogliflari edi. Bu bitiklarni 1822-yilda Jan Fransua Shampalon o"œqib chiqishga muyassar bo"œladi. Rozetta bitigtoshi Misr sivilizatsiyasini o"œrganishda muhim va ishonchli manba hisoblanadi. Hozirgi kunda u  Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda.   
SAKLAR  (shaklar) - Оsiyo dаshtlаrining chоrvаdоr аhоlisi. Gеrоdоtning yozishigа qаrаgаndа, Yevrоsiyo cho"œllаrining ko"œchmаnchilаr dunyosi shimoliy vа shаrqiy Qоrа dеngiz bo"œyi qаbilаlаridаn birining nоmi bilan skudа,  kеyinrоq skоlоtlаr dеb аtаlgаn. Yunоnlаr esа ulаrni skiflаr dеb yuritgаnlаr. Аrxеоlоgik mаtеriаllаr tаhliligа ko"œrа, mil. avv. VIII-II аsrlаrdа Xitоyning Xuаnxe dаryosidаn tо Dunаygаchа kеnglikdа yashаgаn dаsht qаbilаlаrigа tеgishli "œhаyvоn tаsvirlаri uslubi"dа ishlаngаn nоyob sаn"œаt аsаrlаri skif sаn"œаti, skif mаdаniyati nоmi bilan mаshhur. Mаnа shu dаsht аhоlisi - saklarning kundаlik turmush tаrzi, qurоl-yarоg"œ vа оt аnjоmlаrining  tipi, skiflаrgа xоs kiyim-kеchаk vа uy-ro"œzg"œоr аsbоb-uskunаlаri judа bir-birigа o"œxshаshki, bu yaqinlik skif-sаklаr etnо-mаdаniy hаyotining tub mа"œnо vа mаzmunini tаshkil etаdi. Аxоmаniy hukmdоrlаrining Behistun kitоbаlаridа Sirdаryo оrtidаgi qаbilаlаr saklar dеb аtаlgаn. Gеrоdоt, «Tаrix» аsаridа "œfоrslаr bаrchа skiflаrni sаklаr dеb аtаydilаr" dеb yozаdi. Pоdshо Dоrоning Nаqshi Rustаm yozuvidа saklar "œPаrаdrаyа", ("œTiаytаrа-dаrаyya", ya"œni dеngiz оrtidаgi saklar) dеb tilgа оlingаn. Qаdimgi tаrixdа saklar dоvrug"œining bоshlаnishi mil. avv. VIII-VII аsrlаrdа kimmеriy vа skif qаbilаlаrining Qоrа dеngiz bo"œylаri vа Оld Оsiyogа yurishi dаvridа yuz bеrdi. nisbatan ko"œp sonli bo"œlgan ko"œchmanchi chorvador xalqlardir. O"œz yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun ular mil. avv. VI asrda harbiy-qabila ittifoqiga birlashadilar. Saklar kelib chiqishiga ko"œra uch asosiy guruhga bo"œlingan:1) Saka tigraxauda - "œuchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar", ular Toshkent viloyati va Janubiy Qozog"œiston yerlarida yashagan; 2) Saka tiay-tara-daraya - "œdaryoning narigi tomonida yashovchi saklar", ular Orol dengizi bo"œylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar; 3) Saka xaumovarka-"œxaomoni ulug"œlagan saklar", ular Pomir va Farg"œonada yashagan.
SANSKRIT — Qadimiy hind tillari asosida yaratilgan yangi adabiy til. Ushbu tilda yozilgan «Mahobharata», «Ramayana» hamda  «Panchatantra» kabi hind eposlari bizga qadar yetib kelgan.
SARIQ RO"œMOLLILAR QO"œZG"œOLONI («Sariq chilvirli odamlar qo"œzg"œoloni») — Qadimgi Xitoyda mil. avv.  II asrning ikkinchi yarmida Xan saltanatiga qarshi bo"œlib o"œtgan xalq qo"œzg"œoloni. Qo"œzg"œolon 184-yilda boshlanib, unga o"œz zamonasining "œoqiy va saxiy muallim" deb nom olgan Chjan Szyao va uning ikki ukasi rahbarlik qilganlar. 184-yilda boshlangan qo"œzg"œolon 20 yil davom etgan. Qo"œzg"œolonchilar o"œz raqiblaridan ajralib turish uchun sariq ro"œmol o"œrab jangga kirganlar. Sariq rang xitoyliklarda farovon hayot ramzi ham bo"œlgan. Shu tufayli bu harakat "œSariq ro"œmollilar" qo"œzg"œoloni nomi bilan mashhur bo"œlgan. Qo"œzg"œolonchilar qo"œshini 300 ming kishidan iborat bo"œlib, 36 qismga bo"œlingan. Qo"œzg"œolonni bostirish uchun 40 mingdan ortiq hukumat qo"œshinlari yuboriladi. 184-185-yillardagi janglar natijasida qo"œzg"œolon rahbari Chjan Szyao halok bo"œlib, qo"œzg"œolonchilar yengiladi.
SARKOFAG - tobut turlaridan biri. Asosan, har xil jinsdagi tosh, marmar va yog"œochdan to"œg"œri to"œrtburchak, ba"œzan qayiqsimon qopqoqli qilib yasalgan. Sarkofagga jasad qo"œyish qadimgi Misrda fir"œavnlar sulolasi davri (mil. avv. 3 mingyillik)da keng rasm bo"œlib Suriya, Finikiya orqali Sharqqa, shuningdek Yunoniston va Rimga tarqalgan. Sarkofaglarga ko"œpincha jasad mo"œmyolab qo"œyilgan. Sarkofaglar o"œzining badiiy bezak va suratlari, shuningdek har xil qadimgi yozuvlari bilan san"œat hamda epigrafika yodgorligi sanaladi.     
SEBEK - Qadimgi Misrda muqaddas timsoh.   
SЕPАT - Qadimgi Misrda mil. avv. IV mingyillik boshlarida tashkil topgan davlatchalarning  misrliklаr tomonidan nomlanishi.
SET —  Qadimgi Misrda yovuzlik, omadsizlik, sahro va bo"œron xudosi. Qadimgi U odam tanali, eshak boshli qilib tasvirlangan. Osirisning birodari. Rivoyatda aytilishicha, Set o"œsimliklar va dehqonchilik xudosi - Osirisni o"œldirgan.
SEYSMOGRAF — Qadimgi Xitoyda zilzilani oldindan aniqlab beradigan asbob.
SFINKS, Sfinga — 1) yunon mifologiyasidagi qanoatli yarim ayol, yarim urg"œochi sher; Fiva yaqinidagi qoya ustida yashab, yo"œlovchilarga topib bo"œlmaydigan topishmoq aytib javob ololmagach, ularni yegan. Sfinks topishmog"œi ("œKim ertalab 4 oyoqlab, tushda 2 oyoqlab, kechqurun 3 oyoqlab yuradi?") ni Edip topgan (uning javobi: "œInson bolalikda 4 oyoqda, ulg"œayganda 2 oyoqlab va keksayganda 3 oyoqlab yuradi, xassa bilan"); shu javobdan so"œng Sfinks qoyadan o"œzini tashlagan; 2) Qadimgi Misrda tanasi sherniki, kallasi odamniki (ba"œzan hayvonniki) bo"œlgan afsonaviy mahluq haykali.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:49:09

SIN - Qadimgi akkadliklarda oy xudosi.
SIN DAVLATI — Mil. avv. taxm. X asrda vujudga kelgan Qadimgi Xitoy podsholigi. Dastlab Chjou sulolasiga qaram bo"œlgan. Uning tarkibiga hozirgi Shensi viloyatining g"œarbi va shimoli-g"œarbiy qismi, Mgansuning sharqiy va Sichuanning shimoliy qismi kirgan. Chjongo davrida (mil. avv. V asrlar) Xitoyda Chjou monarxiyasidan mustaqil bo"œlgan 7 ta eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan. Sinning kuchayishi Shan Yan islohotlari bilan bog"œliq bo"œlgan. Mil. avv. IV asr o"œrtalarida boshqa podsholiklar bilan kurash boshlangan va mil. avv. 221-yilga kelib ular bo"œysuntirilgan. Buning natijasida markazlashgan Sin imperiyasi barpo etilgan.
SIN SHIXUANDI — «Sinning birinchi hukmdori».  Qadimgi Xitoy davlatlaridan biri bo`lgan Sin davlatinining hukmdori In Chjen (mil. avv. 246-210-yillar) yagona davlat tuzgach ushbu nomni qabul qilgan.
SIN SULOLASI - Xitoydagi imperatorlar sulolasi (mil. avv. 221-207). Asoschisi Sin Shixuandi. Poytaxti - Syanyan shahri. Sin hukmronligi davrida Xitoy tarixida ilk marotaba markazlashgan davlat tuzilgan. Mamlakat hududi 36 ta okrugga taqsimlangan, ularni imperator tomonidan tayinlangan amaldorlar boshqargan. Shimol va Janubda olib borilgan tinimsiz urushlar, Buyuk Xitoy devori va ko"œplab saroylarning qurilishi soliqlarning ko"œpayishiga sabab bo"œlgan. Mil. avv. 209-yil oxiri - 208-yil boshida mamlakatda xalq qo"œzg"œoloni ko"œtarilgan. Unga Chen Shen, U Guan, Lyuban va boshqa rahbarlik qilgan. Mil. avv. 207-yil oktabrida Lyu Ban armiyasi Syanyanni egallagan, Sin sulolasi tugatilgan.
SINA — Mesopatamiyada oy xudosi.
SINUXET HAQIDAGI QISSA - Qadimgi Misr adabiyotining yorqin namunasi. Qissada aytilishicha, Senuxet Misrdagi a"œyonlarning biri bo"œlgan. U fir"œavnning qahr-g"œazabidan qo"œrqib, Osiyoga qochib ketgan. Cho"œl-biyobonda Senuxetning tashnalikdan halok bo"œlishiga sal qolgan. U bunday deb hikoya qilgan: "œNafasim tiqilib, tomog"œim qaqrab yonar edi, shunda men bu o"œlim sharbati bo"œlsa kerak", dedim. Cho"œl-biyobonda poda haydab ketayotgan ko"œchmanchilarga duch kelishi tufayligina u o"œlimdan qutulib qolgan. Osiyoda Senuxet bir qabila rahbarining xizmatiga kirgan va qo"œshin boshlig"œi qilib tayinlangan. U o"œzining harbiy yurishlari to"œg"œrisida quyidagilarni hikoya qilgan edi. "œMen qaysi bir mamlakatga bostirib bormay, o"œsha mamlakat fuqarosini yaylovlardan va suv ichib turgan quduqlaridan mahrum etganman, chorva mollarini ham, o"œsha mamlakat aholisini ham haydab olib ketganman". Senuxet boylik va izzat-ikrom ichida yashagan, lekin u agar o"œlsam, Osiyoda mening jasadimni saqlab qola olmaydilar deb qo"œrqar edi. Fir"œavndan ruxsat olgan Senuxet yana Misrga qaytib kelgan. U saroyda fir"œavnning amri bilan uni turg"œazmagunlaricha shu ahvolda yuzini yerga qo"œyib yotavergan. Senuxet uchun uy va maqbara qurishgan.     
SOPDU - qadimgi misrliklar e"œtiqodiga ko"œra, Misrning sharqiy chegaralarini himoya qiluvchi xudo. U lochin yoki boshida ikkita pati bo"œlgan uzun sochli va soqolli odam shaklida tasvirlangan. Misrliklar Sopduning "œo"œtkir" tishlariga topinishgan.
SOSONIYLAR -  Yaqin  vа  O"œrtа Shаrqdа milodiy III-VII аsrlаrdа hukmrоnlik qilgаn erоniy sulоlа; kеlib chiqishlаri Pоrsо vilоyati (Fоrs)dаn bo"œlib, Pоrsоning sosoniylar urug"œidаn bo"œlgаn 1-shоhi Pаpаkning оtаsi Sоsоn nоmi bilan аtаlgаn. Pаpаkning o"œg"œli Аrdаshir I Sosoniylar dаvlаtining аsоschisi bo"œlgаn. Sosoniylar sulоlаsining gullаb-yashnаgаn dаvri  Shоpur I, Yazdigаrd II, Fеruz vа Хusrаv I Аnushirvоn dаvrlаrigа to"œg"œri kеlаdi. Sosoniylar sulоlаsi vаkillаri: Аrdаsher I (224-239);  Shоpur I (239-272), Hurmuzd I (272-273); Bаhrоm I (273-276); Bаhrоm II (276-293); Bаhrоm III (293); Nаrsе (293-302); Hurmuzd II (302-309); Shоpur II (309-379); Аrdаsher II (379-383); Shоpur III (383-388); Bаhrоm IV (388-399); Yazdigаrd I (399-420); Bаhrоm Go"œr (421-439); Yazdigаrd II (439-457); Hurmuzd III (457-459); Fеruz (459-484); Bаlаsh (484-488); Qubоd I (488-496, 498-531); Zаmаsp (496-498); Хusrаv I Аnushirvоn (531-579); Hurmuzd IV (579-590); Хusrаv II Pаrviz (591-628); Qubоd II (628); Аrdаshir III (628-629); Yazdigаrd III (632-651).
SOSONIYLAR DAVLATI - Yaqin vа O"œrtа Shаrqdа sоsоniylаr sulоlаsi bоshqаrgаn  dаvlаt (III-VII аsrlаr). 224-yilda Аrdаsher I Pаrfiya shоhi Аrtаbоn V ni mаg"œlubiyatgа uchrаtib, 226-yilda poytaxtni Staxr shahridan Dajla daryosi bo"œyidagi Ktesifоnga ko"œchiradi va shu yerda yangi dаvlаt tахtigа o"œtirаdi. Ardasher I taxtga chiqqach, Sosoniylar davlatining chegaralarini kengaytirishga harakat qiladi. 230-yilda u o"œz qo"œshinlari bilan Suriya vaKichik Osiyoga bostirib boradi. Bu joylar Rim saltanatiga qaram edi. 232-yili Rim imperatori Aleksandr Sever katta qo"œshin bilan Shimoliy Mesopotamiyaga kelib tushadi. Ardasher I qo"œshinlari Rim legionlari bilan uzoq vaqt mobaynida qonli urushlar olib boradi. Ardasher I vafotidan keyin Sosoniylar davlati taxtiga Shopur I (243-273) chiqadi. Shu vaqtdan boshlab sosoniy taxtiga chiqqan sulola vakillari "œshahanshoh" unvoniga ega bo"œladilar. Sosoniylar davlati esa Erоnshаhr ("œоriylаr pоdshоligi" yoki "œerоniylаr shоhligi") deb аtаlgаn. Shopur I davrida Eron qo"œshinlari Rim qo"œshinlari bilan janglar olib borib, ularni bir necha bor mag"œlubiyatga uchratganlar. Bu urushlarning birida Rim imperatori Gordian halok bo"œlib, juda ko"œp rimlik aslzodalar va askarlar asir tushganlar. Ular Eron shohiga 500 ming dinor aqcha to"œlashga majbur bo"œlganlar. 244-251-yillar orasida bo"œlib o"œtgan urushlar natijasida sosoniy qo"œshinlari Janubiy Armaniston va Qadimgi Ossuriyani bosib olganlar. Shopur I qo"œshinlari Suriyada Rim qo"œshinlari bilan to"œqnashib, ularni tor-mor etadi. Shimoliy Mesopotamiyaning Xarran va Edessa shaharlari yonida bo"œlgan jangda ham sosoniy qo"œshinlari rimliklar ustidan g"œalaba qiladilar. Edessa yonidagi jangda Rim imperatori Valerian, ko"œpgina senatorlar va aslzodalar asirga tushadi. Rim bilan olib borilgan janglar natijasida Shopur I qo"œshinlari Suriya va Frot daryosining yuqori oqimidagi 36 qal"œa va shaharni ishg"œol qiladi. Rim imperiyasi hech qachon bunday katta mag"œlubiyatni ko"œrmagan edi. IV asrning 60-70-yillarida sosoniy qo"œshinlari rimliklar bilan yana to"œqnashib, Armaniston va Shimoliy Mesopotamiyaning ko"œp joylarini bosib oladi. 63-yildagi jangda yana bir Rim imperatori Yulian halok bo"œladi. Sosoniy qo"œshinlari Sharq tomonda ham katta urush olib borib, Xuroson, Seyiston, Girkaniya va Tajan, Murg"œob vohasigacha bo"œlgan yerlarni ishg"œol qiladi. Sosoniy shahanshohlari Sharqda Kushonlar podsholigi bilan ham shiddatli janglar olib borganlar. Kushon podsholigi tugatilib, u yerda eroniylar Kushoni barpo etiladi. Uni Eron shahzodalari boshqargan. V asrning ikkinchi yarmida eron qo"œshinlari xioniylar, kidariylar va eftaliylar bilan ham qattiq urush olib borganlar. Shunday qilib, III asrning ikkinchi yarmi va IV asrda sosoniylar Eroni Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan. Ammo V asr o"œrtalaridan boshlab Sosoniylar davlati eftaliylar va kidariylarning bergan zarbasi natijasida asta-sekin kuchsizlanib, hatto eftaliylarga o"œlpon ham to"œlagan. Sosoniylar davlati аhоlisi rаsmiy rаvishdа 4 tаbаqаgа: kоhinlаr, hаrbiy zоdаgоnlаr, аmаldоrlаr hаmdа dеhqоn vа hunаrmаndlаrgа bo"œlingаn. III аsrdа mоniylik, V asrdа mаzdаkiylik diniy tа"œlimоtlаri kеng tаrqаlgаn. Mаzdаkiylаr hаrаkаti tоr-mоr etilgаch, Sosoniylar davlati shоhlаri bir nеchа islоhоtlаr o"œtkаzgаnlаr. Kubоd I vа Хusrаv I dаvridаgi sоliqlаr V asrdаgi sоliqlаrdаn аnchа yеngil bo"œlgаn. Kоhinlаr vа yirik yеr egаlаri mulki "œоddiy jаngchilаr" fоydаsigа musоdаrа qilingаn. Sosoniylar davlati iqtisоdiy tоmоndаn VI asr bоshidа аnchа rivоjlаngаn, tаshqi siyosаtdа hаm kаttа yutuqlаrgа erishgаn. Sosoniylar davlati 558-568-yillаrdа eftаliylаrni yеngib, Аmudаryoning so"œl qirg"œоg"œi vа Аfg"œоnistоndаgi kаttа hududni o"œzigа qo"œshib оlgаn, Yamаn zаbt etilgаn (570-yil). Sosoniylar davlati hududigа bоstirib kirgаn turklаr tоr-mоr etilgаn (589-yil). Tахt uchun kurаsh аvj оlgаn, 20 yil dаvоm etgаn urushlаr Sosoniylar davlatining iqtisоdi vа siyosiy qudrаtigа putur yеtkаzgаn. Erоn mаdаniyati sоsоniylаr dаvridа judа yuksаlgаn. Yazdigаrd III dаvridа (632-651) Sosoniylar davlatini аrаblаr bоsib оlgаn.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:54:45

SPITAMA - Zardushtning urug"œi nomi; muqaddas ruh.
SURIYA — Palastin bilan chegaradosh bo"œlgan qadimgi davlat. O"œrtayer dengizining sharqiy sohilida joylashgan. Sharq xalqlari Suriya, Fnikiya va Palastinni xanaan yoki amurru deb atashgan. Bir arab maqolida "œmamlakatning boshida qish, kaftida kuz, oyog"œida esa doim bahor edi" deyilgan ekan. Eng qadimgi aholisi xurriylar, xanaanlar va somiylardir. Suriyadagi Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon, Tir, Damashq, Kadesh, Ebla davlatlari eng qadimgi shahar-davlatlar hisoblanadi. Suriya hududida odam paleolit davridan beri yashab keladi. Mil. avv. II mingyillikning 1-yarmida mayda  shahar-davlatlar vujudga kelgan. Mil. avv. XV asrda Suriyaning ko"œp qismini Misr, mil. avv. XIV asrda Xett podsholigi egallab olgan, mil. avv. XII asr boshlarida Suriya ozodlikka erishsa-da, mil. avv. VII asr oxirida Yangi Bobil podsholigiga, mil. avv. VI asr o"œrtalarida Ahamoniylarga qaram bo"œlgan. Mil. avv. 333-yilda Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga kirgan. Bu davlat barbod bo"œlgach Salavkiylar davlatining viloyatiga aylangan. Mil. avv. I asrda Armaniston podshosi Tigran II Suriyani bosib olgan, 64-yilda Rim, milodiy IV asr oxiridan Vizantiya viloyatiga aylangan.
SUG"œD YOZUVI — oromiy yozuvi asosida mil. avv. III-II asrlarda shakllangan harf-tovush yozuvi. Sug"œd (Sug"œdiyona) viloytatida qo"œllangan. Milodiy I-IV asrlardan boshlab, Sug"œd yozuvlari keng hududda tarqalgan. Bu jarayon Sug"œdlarning yangi yerlarni o"œzlashtirish faoliyati va savdogarlarning «Buyuk Ipak yo"œli»dagi harakatlari bilan bog"œlangan. Shuning uchun ham Sug"œd tilidagi yozma yodgorliklar O"œrta Osiyo, Qozog"œiston, Sharqiy Turkiston, Pokiston va Mo"œg"œilistonda topib o"œrganilgan. Sug"œd yozuvi ish yuritishda, savdo va madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo"œlib, qadimgi uyg"œur, mo"œg"œul va manjurlar yozuvlari paydo bo"œlishiga asos bo"œldi. Sug"œd yozuvining mil. avv. I asrga oid eng qadimgi namunasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng so"œnggi namunalari esa VIII asr oxiri IX asr boshlariga mansub. Yodgorliklarning ko"œpi XX asrda Sharqiy Turkistondan topilgan. Shulardan biri 808-821-yillarda hukmronlik qilgan hoqon sharafiga bitilgan, uch tildagi (sug"œd, qadimgi turk va xitoy) qabr toshi yozuvidir. Sug"œd yozuvi namunalarining aksariyati IV-VIII asrlarga tegishli bo"œlib, ulardan Mug"œ qal"œa xarobasidan topilgan hujjatlar (1933-yil) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Sug"œd yozuvi, o"œz navbatida, qadimgi turkiy runik yozuvi hamda uyg"œur yozuvini shakllantirish uchun asos bo"œlgan.
SUG"œDIYLAR - mil. avv. VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug"œullangan elatlar. Ular yashagan hudud Avestoda Sug"œda, Behistun bitiklarida Sug"œuda, Arrian, Strabon va Kvint Kursiy Ruf asarlarida Sug"œdiyona deb nomlangan.   
SO"œNGGI PODSHOLIK (LIVIYA-SАIS VА ERОN) DАVRI - Qadimgi Misrda mil. avv. 1085-yildan to milodiy IV asrgacha bo"œlgan davrni o"œz ichiga olgan podsholik davri. Bu davrda 22-30-sulola vakillari taxtga o"œtirganlar. So"œnggi podsholik davrida Misr o"œz mustaqilligini yo"œqotgan, Liviya, Efiopiya, Ossuriya, Eron, yunon-makedon bosqini va ularning ta"œsiriga tushib qolgan. XI asrning 2-yarmi-X аsr bоshidа Misrning nаvbаtdаgi pаrchаlаnishidаn so"œng liviyalik hаrbiylаr rаhbаri Shеshоnk X asr o"œrtаsidа Bubаstisdа hоkimiyatni qo"œlgа оlib, ХХII sulоlаni bоshlаb bеrgаn. Bu sulоlа fir"œаvnlаri Misrni yagоnа dаvlаt qilib birlаshtirishgа intilgаnlаr. Mil. аvv. VIII asrning 2-yarmidа Misr Kushgа tоbе bo"œlib qоlgаn (ХХV sulоlа), mil. аvv. 671-yili esа оssuriyaliklаr tоmоnidаn bоsib оlingаn. Sаis hоkimi Psаmmеtiх I (663-610) yunоn vа kаriyalik yollаnmа qo"œshin yordаmidа mаmlаkаtni оzоd qilishgа vа uni birlаshtirishgа erishgаn. U vа uning vоrisi Nехо II dаvridа Yunоnistоn vа Shаrqiy O"œrtа dеngizning bоshqа mаmlаkаtlаri bilan mustаhkаm sаvdо аlоqаlаri o"œrnаtilgаn, Dеltаdа yunоnlаr mаnzilgоhi (kоlоniyasi) Nаvkrаtisgа аsоs sоlinаdi, Nilni Qizil dеngiz bilan bоg"œlоvchi kаnаl qаzilаdi; Nехо II tоmоnidаn yubоrilgаn finikiyalik dеngizchilаr Аfrikа qit"œаsini Shаrqdаn G"œаrbgа аylаnib o"œtishgаn. Nехо II, Psаmmеtiх II  vа  Аpriy  Suriya vа Fаlаstingа egаlik qilish ushun Bоbil bilan kurаsh оlib bоrishgаn. Birоq zаiflаshib qоlgаn Misr Erоn pоdshоsi Kаmbiz qo"œshini zаrbаsini qаytаrа оlmаgаn vа mil. аvv. 525-yilda Аhamoniylar dаvlаti tаrkibigа qo"œshib yubоrilgаn. Mil. аvv. 331-yilda Аlеksаndr (Iskаndаr Mаqduniy) аhamoniylаrgа qаrshi yurishi chоg"œidа Misrni bоsib оlgаn. Shundаn so"œng Misr ellinistik dunyoning bir qismigа аylаngаn. Mаkеdоniyalik Iskаndаr tоmоnidаn аsоs sоlingаn Iskаndаriya shahri eng yirik sаvdо vа mаdаniy mаrkаzgа аylаngаn. Misrdа hunаrmаndchilik vа sаvdоning yangi mаrkаzlаri vujudgа kеlgаn, sаvdо аlоqаlаri (Аrаbistоn vа Hindistоngаshа) kеngаygаn, G"œаrb vа Shаrq dаvlаtlаri mаdаniyatlаrining uyg"œunlаshuvi sоdir bo"œlgаn. Mil. аvv. II asrning охirigа kеlib ishlab chiqarish pаsаygаn, bоzоrlаr kаmаygаn, iqtisоdiy vа siyosiy tushkunlik ro"œy bеrgаn. Mil. аv. II asr bоshlаridа Sаlаvkiylаr dаvlаti vа Mаkеdоniya bilan bo"œlgаn urushlаrdаn so"œng Misr ko"œp yеrlаridаn аjrаlgаn. Mаmlаkаtdа o"œzаrо ichki nizоlаr,  хаlq  g"œаlаyonlаri аvj оlgаn. Bu dаvrdа Rim Misrning ichki ishlаrigа аrаlаshа bоshlаgаn. Misr zоdаgоnlаri uning yordаmidа g"œаlаyonlаrni bоstirishgа hаrаkаt qilgаn. Bu Misrni rimliklаr tоmоnidаn bоsib оlinishigа imkоn bеrgаn, nаtijаdа mil. аvv. 30-yildаn Misr - Rim vilоyati. Milodiy 395-yilda Rim impеriyasi bo"œlingаch, Shаrqiy Rim impеriyasi (Vizаntiya) vilоyatiga aylangan. So"œnggi podsholik davrida hukmronlik qilgan fir"œavnlar: 21-sulоlа (1085-950): Хеriхоr (Fivа), Smеndеs (Tаnis) (1035-1054). 22-(liviyalik) sulоlа (950-730): Shеshоnk I (950-929). Оsоrkоn I (929-893), Tаkеlоt I (893-870), Оsоrkоn II (870-847), Shеshоnk III (823-772). 23-sulоlа (817-730): Pеdubаst (817-763), Shеshоnk IV (763-757). 24-sulоlа (730-715): Bоkхоris (720-715). 25-(nubiylаr) sulоlа (751-656): Piаnхi (751-716), Shаbаkа (716-701), Shаbаtаkа (701-689), Tахаrkа (689-663), Tаnutаmоn (663-656). 26-sаis (sulоlа) (663-525): Psаmmеtiх I (663-610), Nехо II (610-594), Psаmmеtiх II (594-588), Аpriy (588-569), Yaхmоs II (569-525). 27-(fоrslаr) sulоlа (525-404), 28-sulоlа (404-398). 29-sulоlа (398-378). 30-sulоlа (378-341). 31-(fоrslаr) sulоlа (341-322).

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:56:17

TABARZIN — dastasi uzun jangovar oybolta. 
TEYSHEBA — Qadimgi urartlarda momaqaldiroq va bo"œron xudosi.
TЕSHUB — Qadimgi xettlarda tog"œ cho"œqqilari, momaqaldiroq, yashin, yog"œingarchilik va hosildorlik xudosi. U bоsh хudо hisоblanib, uni "œОsmоn pоdshоsi", "œХеtt mamlakati hоmiysi" dеb hisоblashgan. Tеshub bеliga qilich taqqan va chap qo"œlida bir tutam yashin, o"œng qo"œlida jang bоltasi ushlagan jangchi qiyofasida tasvirlangan. Teshub Xett davlatining tashkil topishi davrida davlat va podsho hokimiyatiga homiylik qiluvchi xudoga aylangan. Anatoliyaning Yazili qoyasida Teshub Xett podshosini o"œz o"œg"œlidek quchog"œiga olib turgani tasvirlangan.   
TIAMAT - Mesopatamiyada Mardukdan oldin bosh xudo bo"œlgan. Marduk uni yenggan. 
TIRSAK — Qadimgi Misrda asosiy o"œlchov birligi bo"œlib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo"œlgan uzunlikka teng edi.
TIR-SIDON PODSHOLIGI — Mil. avv. X-IX asrlarda Finikiyada vujudaga kelgan qadimgi davlat. Mil. avv. VII asrda Ossuriya podsholigi tomonidan bosib olingan.
TOSHTOBUT —   fir"œavnning mumiyolangan jasadi solingan idish.
TOT — Qadimgi Misrda oy, donishmandlik va tabiblik xudosi.
TURIN PAPIRUSI — bizga qadar (qattiq shikastlangan holda) saqlangan papirus. Unda podsholar sulolasi xronologik izchillikda keltirilgan.
TO"œRT IQLIM PODSHOSI («jahonning to"œrt mamlakati podshosi») — Mesopatamiyaga tutash mamlakatlarni bosib olgan podsholar o"œzlarini shunday deb e"œlon qilganlar va o"œzlarini xudo darajasiga ko"œtarganlar. Jumladan: Sargon I, Naram-Suen, Shulgi, Gandosh, Agum.

Qayd etilgan


Robiya  20 Iyun 2008, 23:57:31

URARTU (оssuriycha atalishi; urartcha - Biaynili, Bibliyada - «Ararat pоdshоligi») - G`arbiy Оsiyodagi qadimgi davlat. (mil. avv. IX - VI asrlar). Ravnaq tоpgan davrida Armanistоn tоg`lik rayoni (hоzirgi Armanistоnning butun hududi, Turkiya va Erоnning bir qismi)ni qamragan. Ahоlisi - urartlar. Pоytaxti - Tushpa shahri (hоzirgi Turkiyadagi Van shahri) bo`lib, unda pоdshо Sarduri I davrida katta qurilish ishlari оlib bоrilgan. Mil. avv. IX asr oxiri - VIII asrning 1-yarmida Urartu davlati ravnaq tоpgan. Mеnua, Argishti I va Sarduri II pоdshоliklari davrida Urartu hududi ancha kеngaygan. Bоsib оlingan vilоyatlarda qal`alar qurilgan (Ararat tоg`ining shimoli yon bag`rida Mеnuaxinili shahri; Erеbuni - Еrеvan atrоfidagi Arin-bеrd tеpaligi; Araksning so`l qirg`оg`ida Argashtixinili shahri). Urartuda qullar mеhnatidan kеng fоydalanilgan. Mil. avv. VIII asr o`rtasida Оssuriya pоdshоsi Tiglatpalasar III (mil. avv. 745-727) Urartu qo`shinlarini bir nеcha marta mag`lubiyatga uchratgan va Urartu tarkibiga kiruvchi Shimoliy Mеsоpоtamiya va Shimoliy Suriyani egallagan. So`ngra Rusa I davrida Sargоn II bоshliq Оssuriya qo`shinining yurishlari natijasida mamlakat xоnavayrоn bo`lgan. Birоq VII asrda Urartu Janubiy Zakavkaz`еda hali ham o`z mavqеini saqlab qоlgan edi. Rusa II (mil. avv. 685-645) bu yеrda yangi qal`alar bunyod etgan (jumladan,  Tеyshеbaini va b.). Skif-kimmеriy yollanma qo`shini yordamida Urartu  pоdshоlari Frigiya pоdshоligini tоr-mоr qilganlar (mil. avv. 676). Midiya pоdshоligining kuchayishi Urartuni Оssuriya bilan yaqinlashtirgan. Birоq mil. avv. VI asr bоshida Urartu Midiya tоmоnidan tоr-mоr etilgan va uning tarkibiga qo`shib yubоrilgan. Urartu hukmdorlari: Mil. avv. 864-845-yillar — Aramu, mil. avv. 835-825-yillar — Sarduri I, mil. avv. 825-810-yillar — Ishpuini, mil. avv. 810-786-yillar — Menua, mil. avv. 786-764-yillar — Argishti I, mil. avv. 764-735-yillar — Sarduri II, mil. avv. 735-712-yillar — Rusa I, mil. avv. 712-685-yillar — Argishti II, mil. avv. 685-645-yillar — Rusa II, mil. avv. 645-625-yillar — Sarduri III, mil. avv. 625-605-yillar — Erimena, mil. avv. 605-590-yillar — Rusa III.
UTU - Qadimgi shumerliklarda quyosh xudosi.
UX - Qadimgi Misr aholisi uning pay va tasmalar bilan bezatilgan hassasiga sig"œinishgan.

Qayd etilgan