Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346284 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 38 B


Robiya  20 Iyun 2008, 23:58:51

VAAL — Suriya va Finikiya diniy e"œtiqodida o"œluvchi va tiriluvchi tabiat xudosi. Uning o"œg"œli Aliyyan ham hurmatli xudolardan bo"œlgan.
VARA - Avestoda devor bilan o"œralgan to"œrtburchak makon.
VARNA - Zardushtiylarda g"œanimlar yashaydigan viloyat.
VAYSHILAR — Qadimgi hind diniy to"œplamiga ko"œra, uchinchi toifaga mansub xudo Braxmaning qovurg"œasidan yaratilgan dehqon, hunarmand va savdogarlar.
VEDA DINI — mil. avv. I mingyillikda Hindistonda vujudga kelgan din. Vedalar orqali ma"œlum. Hinduizm dini vujudga kelishining dastlabki bosqichi. Vedalar dinida dastlab tabiat kuchlari va hodisalari inson qiyofasiga o"œxshatib tasavvur etilgan. Vedalar dinida yaxshi va yomon xudolar, ruhlar haqida tasavvurlar asosiy o"œrin egalladi. Unda ko"œp xudolik hukmron bo"œlgan. Veda dinida sig"œinish marosimlari asosan xudolarga qurbonlik keltirish, ovqat, hayvonlar keltirish va turli urf-odatlarni bajarishdan iborat bo"œlgan. Keyinchalik kohinlarning alohida qatlami — brahmanlar ajralib chiqib diniy marosimlar tizimi murakkablashdi. Vedalar dining keyingi evoluyitsiyasi natijasida Brahmanizm vujudga keldi.
VEDALAR (sanskrtitcha bilim) — Hindiston yozma adabiyotining qadimgi yodgorligi. Mil. avv. II mingyillikning oxiri — I mingyillikning boshida yaratilib, vedalar to"œplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 qism: "œRigveda" (qasida, madhiya, duolar to"œplami), "œSamaveda" (qo"œshiqlar to"œplami), Ayurveda yoki Yajudveda (qurbonlik qilish yo"œllari), Atharvaveda (sehrli duolar to"œplami) yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha mingyilliklar davomida shakllanib qadimgi hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi.     
VISHNU - Hinduizmda Brahma va Shiva bilan birgalikda ilohiy uchlikni tashkil etuvchi xudolardan biri bo"œlib, olamni saqlab qoluvchi va muhofaza qiluvchi xudo hisoblangan. 

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2008, 00:01:13

XALD — qadimgi urartlarda tog"œ xudosi. Xald urartlarda oliy xudo deb hisoblanganligi bois uning nomi Urartu yozuvlarida birinchi bo"œlib tilga olinadi. Keyinchalik Xald urush xudosiga, podsho va davlatning homiysiga aylantirilgan. Nayza bilan qalqon jangovar Xaldning va uning yerdagi noibi (hukmdor)ning ilohiy hokimiyat ramzi hisoblangan. 
XAPI - Qadimgi Misrda Nil xudosi. Misrdagi  hayotning birlamchi manbai va posboni. 
XARAPPA MADANIYATI - Hind vоdiysi sivilizatsiyasi - jez dаvrigа оid yuksаk rivоjlаngаn  shаhаr mаdаniyati (mil. аvv. 2500-1800-yillаr). Hindistоnning  qаdimgi аhоlisi - drаvidlаr tоmоnidаn yarаtilgаn deb tаxmin etilаdi. Hindistоn vа Pоkistоnning Hind  dаryosi vоdiysi vа ungа qo"œshni vilоyatlаrdаgi ulkаn  hududgа (300 ming kv. km mаydоngа)  tаrqаlgаn. Xаrаppа sаvdо kоlоniyasi mаnzilgоhi, Shimoliy Аfg"œоnistоndа - Аmudаryoning so"œl qirg"œоg"œidаgi Sho"œrto"œqаy qishlоq xаrоbаsidаn аniqlаngаn. Xarappa madaniyati аhоlisi dengiz vа quruqlik оrqаli Mesоpоtаmiya vа O"œrtа Оsiyo bilan qizg"œin sаvdо аlоqаlаri оlib bоrgаn. Xarappa madaniyatining iqtisоdiy аsоsini sug"œоrmа dehqоnchilik, shuningdek, uy chоrvаchiligi vа hunаrmаndchilik tаshkil etgаn. Bu mаdаniyatgа оid 2 аsоsiy shаhаr - Mоxenjоdаrо vа Xаrаppаdа оlib bоrilgаn qаzishmа ishlаri shаhаrsоzlik sаn"œаti yuksаk dаrаjаdа tаrаqqiy  etgаnidаn. Xarappa madaniyati аhоlisining оriginаl yozuvni kаshf etgаni ushbu mаdаniyatning yorqin yutuqlаridаn biridir. Bu yozuv bitilgаn mingdаn оrtiq muhr, shuningdek, sоpоl vа metаll buyumlаr  tоpilgаn, lekin,  ulаrni hаnuzgаchа o"œqishgа muvаffаq bo"œlinmаgаn. Prоfessor Y. Knоrоzоv rаhbаrligidаgi оlimlаr tоmоnidаn mаtemаtik metоdlаr  qo"œllаnishi nаtijаsidа yozuv o"œngdаn chаpgа yo"œnаlgаni vа prоtоdrаvidlаrgа mаnsubligi аniqlаngаn. Xarappa madaniyatining hаlоkаtgа uchrаshi (hаsid-оriylаr istilоsi, ekоlоgik shаrоitning o"œzgаrishi, bezgаk epidemiyasi) sаbаblаri nоmа"œlum.
XATXOR — Qadimgi Misrda musiqa, go"œzallik va ishq ilohasi.
XETTLAR — Kichik Osiyoda qadimda yashagan xalq. Xett tilida so"œzlashgan. Shuning uchun ham odatda xettlar yoki ularning avlodlari Kichik Osiyoga Bolqon ("œg"œarbiy" nazariya) yoki Kavkaz orqali ("œsharqiy" nazariya) kelib joylashgan deb hisoblanadi. Qadimgi Xett podsholigida shaharlarning sharqqa xos uslubda qurilishi xettlarning Kavkaz orqali ko"œchib kelganini ko"œproq tasdiqlaydi. Anatoliyaning savdo markazlaridan topilgan akkad tilida yozilgan hujjatlarda xett tiliga mansub so"œzlar va shaxs nomlarining uchrashi, xettlarning mil. avv. 3-2-mingyilliklardan boshlab Kichik Osiyodan yashay boshlaganligini ko"œrsatadi. Mil. avv. 14-12-asrning boshlarida Xett podsholigida xett tili asosiy davlat tili bo"œlsa-da, xettlar boshqa etnik guruhlar bilan qo"œshilib keta boshlagan.
ХЕTT PОDSHОLIGI — Kichik Osiyodagi qadimgi davlat (mil. avv. 18-12 asr boshlari). Tarkibiga xettlar, xattlar va boshqalar etnik guruhlar kirgan. Xettlar podshosi Anitta davri (taxminan 18-asr)da Anatoliyaning ba"œzi viloyatalari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusa, Zalpuva shaharlarini bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Qadimgi xett sulolasining asoschisi — Labarna (17-asr boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davrida (17-asr o"œrtalari)da Kichik Osiyoning shimolidagi Salpa shahri va Kichik Osiyoning bir qancha janubi-sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga kochirgan. Xattusili I ning o"œg"œli Mursili I (17 asr oxiri) davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. 14-12-asrlarda Xett podsholari Shimoliy Suriya va Shimoliy Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan bo"œlgan. Podsho Suppiluliummas I (14-asrboshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shimoliy Mesopotamiyadagi qadimgi davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shimoliy Finikiyadagi qadimgi shahar-davlat)ni o"œz vassaliga aylantirgan. Mursili II hukmronligi (14-asr oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr o"œrtasida Suriya uchun kurash ketgan. 13-asr oxiri — 12-asr boshlarida Xett podsholigi o"œzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qadimgi Xett podsholigining oxirgi yirik podshosi Telepen (16-asr oxiri) bo"œlgan. Kichik Osiyoning sharqiga janub va g"œarbdan xalqlarning ko"œchib kelishi bilan podsholik barham topgan.     
XORAZMIYLAR - mil. avv. VII-VI asrlarda Amudaryo quyi oqimida yashagan o"œtroq elatlar. Ularning yurtlari Avestoda Xvarizam (Xvairizem), Behistun bitiklarida Xvarazmish, Arrian va Strabon asarlari (yunoncha)da Xorazmiya, lotinchada Xorasmiya, qadimgi forsiychada Uvarazmis deb nomlangan.   

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2008, 00:04:15

XUFU PIRAMIDASI — Misrdа qurilgаn eng kаttа vа hаshаmаtli piramida (yunonlar uni Xeops deb atashgan). Mil. avv. 2500-yilda qurilgan. Me"œmori Xemiun. Хufu mаqbаrаsining balandligi o"œz dаvridа 150 mеtrdаn оrtiq bo"œlgаn, hоzirgi pаytdа 146,6 mеtrni tаshkil etаdi, tоmоnlаri asosi 233 metr. Hufu piramidasini qurish uchun ikki million uch yuz ming dona tosh ishlatilgan. Maqbara qurilishiga tarashlab tayyorlangan toshlarning eng kichigi ikki tonna, kattasi esa o"œn besh tonnadan iborat bo"œlgan. "œTarix otasi" Gerodotning yozishicha, bu ehrom 30 yil mobaynida qurilgan ekan. Uning qurilishida 100 mingdan ortiq kishi doimiy ishlagan. Maqbara toshlari  shunchalik aniq-rasolik bilan kesilgan va taroshlanganki, ular o"œrtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan ham oshmaydi.  Hufu piramidasi "œDunyoning yetti mo"œjizasi"dan biri hisoblanadi.
XUNNLAR (gunnlar) - qadim zamonlarda Markaziy Osiyoning katta qismida yashagan ko"œchmanchi qabilalar.  Xunnlar O"œrta Osiyoning tub joy aholisi bo"œlib, ularning ajdodlari tosh asridan beri shu yerlarda istiqomat qilganlar. Mil. avv.  III-II mingyilliklarda xunnlarning ajdodlari ovchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug"œullanib tirikchilik o"œtkazganlar. Mil. avv. I mingyillikning birinchi yarmidan boshlab aholining asosiy qismi ko"œchmanchi chorvador bo"œlgan. Ular Xitoy madaniyatidan bahramand bo"œlganlar. Xunnlar janjun, jun, dunxi, yuechji kabi qabilalar bilan urushlar olib borib, ularni o"œzlariga itoat ettirganlar. Mil. avv.  IV asrlarda O"œrta Osiyoning shimolida xunn qabilalarining harbiy ittifoqi tashkil topgan. Xunn qabilalarining bu harbiy ittifoqi asta-sekin kuchayadi. Mil. avv.  III asr oxirlariga kelib xunn qabilalarining harbiy birlashmasi asosida Xunn ko"œchmanchilari davlati tashkil topadi. Xitoy tarixchisi Sim-Syanning yozishicha, xunnlarning harbiy sardori Shanyu deb atalar edi. Xunn sardorlaridan bin Maodun ichki dushmanlarini yenggach, dunxu qabilalari ustiga katta qo"œshin bilan bostirib boradi. Shiddatli va ayovsiz jang oqibatida dunxular tor-mor etiladi. Maodun dun-xular hukmdorini o"œldirib, ko"œp odamlami asir olib, podalarini haydattirib ketadi. Mil. avv. 203-202-yillarda Maodun Sayan, Oltoy va Yenisey (Enasoy) daryosining yuqori oqimidagi joylarni bosib oladi. Mil. avv. 200-yilda Xan podshosi Lyu Ban xunnlarni ustiga qo"œshin tortadi. Maodun harbiy hiyla ishlatib, Lyu Ban qo"œshinlarini qurshab oladilar va ularni qirib tashlaydilar. Lyu Ban asir tushadi. U juda ko"œp mol-mulk va qizini Maodunga berish sharti bilan asirlikdan ozod bo"œladi. Lyu Ban va"œdasini bajarmay, qizini Maodunga yuborishni paysalga soladi. Maodun katta qo"œshin bilan Xan chegaralaridan o"œta boshlaydi. Bu xabarni eshitgan Lyu Ban katta mol-mulk bilan qizini xunnlar hukmdoriga uzatishga majbur bo"œladi. Shundan keyin ikki o"œrtada tinchlik sulhi tuziladi. Sulhdan so"œng ikki davlat o"œrtasidagi do"œstlik 40 yil davom etadi. Xunnlar Maodun va uning vorisi Maoshin (mil. avv. 174-161-yillar) davrida yuechjilar bilan 25 yil davomida urush olib boradilar. Urushda yuechjilar yengiladilar. Shundan keyin xunnlar O"œrta va Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatga aylanadi. Xan podsholari xunnlardan qo"œrqib, ularga ko"œp miqdorda o"œlpon va sovg"œalar yuborib turganlar. Xitoy bozorlari xunn savdogariari uchun ochiq deb e"œlon qilingan. Mil. avv.  II asrning birinchi yarmi xunnlar davlatining eng kuchaygan davri bo"œlgan. Mil. avv. 123-yili xitoy qo"œshinlari xunnlarni Xan saltanatining shimoliy chegaralaridan surib chiqaradilar. Mil. avv. 12-119-yillarda xan qo"œshinlari Dunxuangacha bo"œlgan yerlarni bosib oladilar. Xunnlar esa xitoylarning g"œarb tomon yurishlariga qarshilik ko"œrsatadilar. Mil. avv. 119-yildagi bo"œlgan jangdan keyin xitoy qo"œshinlari xunn sardorining qarorgohini bosib oladi. Jangda 90 ming xunn askari va ko"œp xitoy askari halok bo"œladi. Miloddan awalgi 99-90-yillar orasida xunnlar bilan xitoylar o"œrtasida qattiq urushlar bo"œlib o"œtib, ko"œpincha xunnlar g"œolib chiqadilar. Xitoylar esa g"œarbda usunlar, sharqda uxuanlar va shimolda Yenisey bo"œyi qabilalari bilan harbiy ittifoq tuzib, mil. avv. 71-yili xunnlarga uch tomondan hujum boshlaydilar. Bu jang ittifoqchilaming g"œalabasi va xunnlarning mag"œlubiyati bilan tugagan. Mil. avv. 71-yilgi mag"œlubiyatdan so"œng Xunn davlati kuchsizlanib, mil. avv. 56-yili Shimoliy va Janubiy qismlarga bo"œlinib ketadi. Shanyu Xuxanye boshliq janubiy xunnlar Xitoyga tobe bo"œlib, ular bilan ellik yilcha tinch-totuv yashaganlar. Chji-chji boshliq shimoliy xunnlar g"œarb tomon siljiganlar. Lekin xitoy qo"œshinlari ularni ta"œqib qilib borib tor-mor etganlar. Milodning I asrida xunnlar o"œzlarini biroz tiklab olganlar. Ammo 87-93-yillarda xitoylar syanbi va dinliklar bilan ittifoq bo"œlib xunnlarni tor-mor keltirganlar. Xunnlar esa Sirdaryoning quyi qismi va Orol dengizining shimoliga borib joylashganlar. Keyingi asrlar davomida xunnlar Shimoliy Qozog"œiston orqali yurib, Idil va Don daryolaridan o"œtib Shimoliy Kavkazdagi alanlami o"œzlariga itoat ettirganlar. Xunnlar sardori Balamber 375-yil o"œz qo"œshinlari bilan Shimoliy Qora dengiz bo"œylarini egallagan. Shu yerda yashovchi gottlaming bir qismi xunnlarga tobe boiganlar va o"œzlarini osgotlar, ya"œni sharqiy gotlar deb ataganlar. Xunnlarga tobe bo"œlmagan gottlar Frakiyaga borib joylashib, o"œzlarini ves-gottlar deb ataganlar. 394-395-yillarda xunnlarning bir qismi Suriya va Kapadokiyaga bostirib kirganlar. Ular g"œarbga yurishni davom ettirib, Dunay daryosining yuqori qismidagi yerlarni bosib olganlar. Shu yerdan turib ular Sharqiy va G"œarbiy Rim saltanatiga ham tahdid solib turganlar. Attila davrida (434-453) Markaziy Yevropaning juda ko"œp qabilalari xunnlarga tobe bo"œlgan. 451-yilda xunnlar Galliyaga bostirib kirganlar. Ammo rimliklar, vesgottlar va franklarning birlashgan qo"œshinlari Katalaun yonidagi jangda xunnlarni yengib, ularni orqaga chekintirganlar. 453-yilda Attila vafot etgach, xunnlar davlati kuchsizlangan. Ularning 455-yili Pannoniyaga, 469-yili Bolqonga qilgan yurishlari mag"œlubiyat bilan tugagan. Shundan keyin xunnlar ittifoqi tarqalib, davlat mutlaqo kuch¬sizlangan. Xunnlar mahalliy aholiga qo"œshiiib ketganlar. Shu tariqa 7-8-asr hukm surgan Xunnlar davlati 5-asr oxirlariga kelib barham topgan.
XURMO DARAXTI — Mesopatamiyada uni "œhayot daraxti" deyishgan. Bir tup xurmo daraxti 50 kilogrammgacha hosil bergan.

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2008, 00:16:11

ZAFARYOR   —  Qadimgi Xitoyda O"œrta podsholik ya"œni Chjou podsholigi hukmdorlari o"œz davlatlarini shu nomlar bilan atagan.
ZAND — "œAvesto"ning matnlariga yozilgan tafsirlar.
ZARDUSHTIYLIK (Zoroastrizm) - mil. avv. VII-VI asrlarda vujudga kelgan din.   Asoschisi - Zardusht. So"œnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, O"œrta Osiyo, xususan, Xorazm Zardushtiylik vatani bo"œlgan. O"œrta Osiyo, Eron, Afg"œoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va O"œrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qadimgi pahlaviy tilida "œZardusht" so"œzi "œMagupta" deb atalgan. Pahlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "œmajus" shaklida qo"œllagan. Natijada o"œrta asrlardan beri "œZardusht" "œmajus", "œzardushtiylik" "œmajusiylik" sifatida qo"œllanib kelingan. Zardushtiylikda otash va quyosh tangri Ahuramazdaning o"œg"œli deb hisoblangan. Nur, otash zardushtiylikning ramzi, timsolidir. Zardushtiylikda ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun zardushtiylik - mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham atalgan. Zardushtiylik  ta"œlimoti uning muqaddas kitobi - Avestoda bayon etilgan. Zardushtiylik ta"œlimoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorug"œlik va qorong"œulik, hayot va o"œlim o"œrtasidagi kurashga bog"œliq, deb tushuntiradi. Olamdagi hamma yaxshiliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu (Axriman) ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi kurashadi, lekin uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik va yomonlik o"œrtasidagi kurash olamdagi jarayonlar mazmunini tashkil etadi. Odam bu kurashda tanlash erkinligiga ega bo"œlgan, o"œz faolligi bilan dunyoda adolat tantanasiga ta"œsir eta oladigan shaxsdir. Avestoda ko"œchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi o"œrtasidagi qarama-qarshilik bayon etiladi, ko"œchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltiribchiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida rag"œbatlantiriladi. Zardushtiylik dinida olov gunohlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtiylikning axloqiy ta"œlimoti "œezgu fikr", "œezgu so"œz" va "œezgu amal"dan iborat muqaddas uchlikda o"œz ifodasini topgan. Zardushtiylik talabiga ko"œra, har bir inson tangrining yakkayu-yagonaligini e"œtirof etilshi, xoh ekak xoh ayol bo"œlsin ilm o"œrganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik, dehqonchilik, bog"œdorchilik bilan shug"œullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi - Zardushtiylikda e"œtiqod erkinligi mavjud bo"œlgan. Zardushtiylik insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, bir-biriga yaxshilik qilishga, yer yuzida tinch-totuv hayotni ta"œminlash uchun kurashga chorlagan, unda ma"œrifat zulmatga, adlat zulmga qarama-qarshi qo"œyilgan. Zardushtiylikda har bir inson butun kuchini o"œzini kamolatga yetkazish yo"œliga sarf etmog"œi lozim. Zardushtiylik  dinida murdani tuproqqa ko"œmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu din jonning o"œlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va do"œzaxni ham e"œtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtiylik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtiylik arshakiylar va sosoniylar podshohligi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtiylik 13 asr davomida ajam mamlakatlarida asosiy din bo"œlib kelgan. Arablar VII asrda o"œrtalari - VIII asr boshlarida Eron va O"œrta Osiyoni bosib olgandan keyin islom dini hukmron dinga aylangach zardushtiylar quvg"œin qilindilar.Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yast va Gilon viloyatlarida ularning soni 100mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115mingdan ziyodni tashkil qiladi.                     
ZARIASP - Baqtriya davlatining poytaxti Baqtra shahrining yunoncha nomi.
ZIKKURAT — Qadimgi Bobil va Ossuriyada ehromlar yonida xom g"œishtdan qurilgan ichki xonasiz zinasimon minora. Ayrim Zikkuratlar zina o"œrnida qiya yo"œlakli bo"œlgan. Qavatlarga zina (yoki yo"œlak)dan chiqib tushilgan, eng yuqori qavatda  rasadxonadan iborat bo"œlgan. Ur, Uruk, Nippur, Bobil, Akkad shaharlarida rasadxonalar bo"œlgan.
ZOROASTR (yunoncha "œastron" - yulduz) - Zardushtiylik dinining asoschisi Zardushtning yunoncha nomi.   
ZOROASTRIZM - Zardusht asos solgan Zardushtiylik dinining yunoncha nomi. 

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2008, 00:20:02

O"œRTА PОDSHОLIK DАVRI - Qadimgi Misrda mil. avv. 2250-1584-yillarni o"œz ichiga olgan podsholik davri. O"œrta podsholik davrida markazlashgan davlat ancha kuchaygan, Misr Yaqin Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan Bu davrda Misr poytaxti Fiva, Ittaun, Avoaris shaharlari bo"œlgan. O"œrta podsholik davrida Fаyum vоhаsidа yirik irrigаtsiya ishlаri оlib bоrilgаn. Brоnzа (jеz) buyumlаri pаydо bo"œlgаn. Suriya, Krit, jаnubdа - Punt bilan аlоqаlаr kuchаygаn. Sеnusеrt  III dаvridа Kush (Nubiya)ning bir qismi Misrgа qo"œshib оlingаn. ХII sulоlаgа mаnsub dаstlаbki fir"œаvnlаr dаvridа o"œzаrо ichki nizоlаr dаvоm etmоqdа edi. Fаqаt Аmеnеmхеt III dаvridа (19 аsrning 2-yarmi) isyonkоr nоmаrхlаr bo"œysundirilib, mаrkаziy hоkimiyat mustаhkаmlаngаn. Ittаun shahri Misr pоytахtigа аylаngаn. Birоq mulkiy tаbаqаlаnishning kushаyishi kаmbаg"œаllаrning qo"œzg"œоlоnigа sаbаb bo"œlgаn, nаtijаdа tахm. 1750-yilda mаmlаkаt yanа pаrchаlаnib kеtgаn. Mil. avv. 1710-yilda Misrgа shimoli-shаrqdаn giksоslаr bоstirib kirib, mаmlаkаtning kаttа qismini dеyarli 130-yil (1710-1580) egаllаb turgаnlаr. Аvoаrisdа qo"œnim tоpgаn ulаrning pоdshоhlаri ХV vа ХVI sulоlаni tаshkil etishgаn. Fivаdа mаhаlliy hukmdоrlаr sаqlаnib qоlgаn (ХVII sulоlа). Ushbu sulоlаgа mаnsub fir"œаvnlаrdаn Sеkеnеnrа vа Kаmоs оzоdlik urushini bоshlаb yubоrishgаn, bu kurаsh ulаrning vоrisi ХVIII sulоlа аsоschisi Yaхmоs I (Аmаsis) tоmоnidаn muvаffаqiyatli yakunlаngаn. U tахm. 1580-yilda giksоslаrni Misrdаn quvib shiqаrgаn. Shundаn so"œng tiklаngаn Misr dаvlаti Yangi pоdshоlik dеb аtаlgаn. O"œrta podsholik davrida hukmronlik qilgan fir"œavnlar: 11-sulоlа: Mеntuхоtеp IV Sаnхkаrа (2015-2007), Mеntuхоtеp V Nеbtаuirа (2007-2000). 12-sulоlа (2000-1787): Аmеnеmхеt I (2000-1970), Sеnusеrt I (1970-1934), Аmеnеmхеt II (1934-1896), Sеnusеrt III (1884-1849), Аmеnеmхеt III (1849-1801). 13- sulоlа (1785-1700). 14-sulоlа (1680-yilgаshа). 15- vа 16-(giksоslаr) sulоlа (1700-?). 17-sulоlа (1680-1580): Sеnеnеnrа, Kаmesu.
SHAMASH - Qadimgi akkadliklarda quyosh xudosi. Oliy hakam, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan.
SHAN - Xitoyda mil. avv. XVIII asrda Chen Tan tomonidan asos solingan davlat. Mil. avv. XVII asrda Shan davlati  Shan-In deb atala boshlanadi. Mil. avv. XIII asrning 2-yarmida U-Din podsholigi davrida kuchaygan, mil. avv. XII asrda esa tushkinlikka uchragan. Mil. avv. 1027-yilda Chjou qabilalari U Van boshchiligida In davlatini tor-mor etgan. Shan davlati hukmdorlari: mil. avv.1766-1753-yillar — Chen Tan, mil. avv. 1753-1720-yillar — Tay-Szi, mil. avv.1720-1691-yillar — Vo-Din, mil. avv. 1691-1666-yillar — Tay-Gen, mil. avv.1666-1649-yillar — Sayo-Szya, mil. avv. 1649-1637-yillar — Yun-Szi, mil. avv. 1637-1562-yillar — Tay-U, mil. avv.1562-1549-yillar — Chjun-Din, mil. avv. 1549-1534-yillar — Vay-Jen, mil. avv. 1534-1525-yillar — Xe-Dan-szya, mil. avv. 1525-1506-yillar — Szu-I, mil. avv. 1506-1490-yillar — Szu-Sin, mil. avv. 1490-1465-yillar — Vo-Szya, mil. avv. 1465-1433-yillar — Szu-Din, mil. avv. 1433-1408-yillar — Nan-Gen, Mil. avv. 1408-1401-yillar — Yan-Szya, mil. avv. 1401-1373-yillar — Pan-Gen, mil. avv. 1373-1352-yillar — Syao-Sin, mil. avv. 1352-1324-yillar — Syao-I, mil. avv. 1324-1265-yillar - U-Din, mil. avv. 1265-1258-yillar — Szu-Gen, mil. avv. 1258-1225-yillar — Szu-Szya, mil. avv. 1225-1219-yillar — Lun-Sin, mil. avv. 1219-1198-yillar — Gen-Din, mil. avv. 1198-1194-yillar — U-I, mil. avv. 1194-1191-yillar — Tay-Din, mil. avv. 1191-1154-yillar — I, mil. avv. 1154-1122-yillar — Chjou-Sin.
SHANYU - Xitoy tarixchisi Sima Szyanning yozishicha, xunnlarning harbiy sardori shu nomda atalgan. Xunn sardorlari - shanyulari qattiq intizomli, qilich, kamon, nayza, dubulg"œa bilan qurollangan, tez harakat qiluvchi otliq qo"œshinga ega bo"œlganlar. Ular quyun kabi o"œz dushmanlari ustiga bostirib borib, ularni vahimaga solib qo"œyganlar.
SHER BOSHLI XUDO - Qadimgi Misrda sher boshli quturgan va vabo yuboruvchi urush xudosi.
SHIROQ — jangnoma tipidagi afsonalardan biri. Syujeti tarixiy voqealar asosiga qurilgan. Afsonani birinchi marta mil. avv. XII asrda yashagan yunon tarixchisi Poliyen o"œzining harbiy hiylalar "œHarbiy hiylalar" degan asarida keltirgan. Asarda Shiroq — Sirak deb nomlangan. Afsonada sak qabilasidan chiqqan otboqar Shiroqning jasorati, tadbirkorligi va erksevarlik fazilatlari hikoya qilinadi. Shiroq o"œz qabilasi manfaatlarini himoya qilib, yakka o"œzi Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqadi va harbiy hiyla bilan uning qo"œshinlarini chalg"œitib, suvsiz, dasht-sahroga boshlab boradi va halokatga duchor qiladi. O"œzi halok bo"œlsada, qabiladoshlarini falokatdan qutqaradi. Qabila va xalq mudofaasi asarning bosh mavzui bo"œlib, bosqinchilarga qarshi kurash, mardlik va jasorat ko"œrsatish esa uning g"œoyaviy mazmunini tashkil etadi. Asarda bosqinchilik qoralanadi, tinchlik va ozodlik uchun kurash ulug"œlangan.     
SHIVA - Hinduizmda Brahma va Vishnu bilan birgalikda ilohiy uchlikni tashkil etuvchi xudolardan biri bo"œlib, u barcha mavjudotlarni yakson qiluvchi hisoblangan.
SHUDRALAR - Qadimgi hind diniy to"œplamiga ko"œra, so"œngi to"œrtinchi toifaga mansub bo"œlib, xudo Braxmaning tovonidan paydo bo"œlgan bo"œysundirilgan ajnabiylar, xizmatkorlar, qullar, o"œz urug"œ va qabilalalaridan ajralib kelgan kishilar. Ular zoti past kishilar bo"œlib, jamoaga yaqinlashtirilmagan.
SHUMERLAR (shumeriylar) - Janubiy Mesopotamiyada yashagan qadimgi xalq. Lingvistika va topomika ma"œlumotlariga ko"œra, shumerlar bu hududga mil. avv. 5-mingyillikdayoq kelib joylashishgan. Antropologik jihatdan shumerlar yevropoid katta irqining o"œrta dengiz va bolqon-kavkaz irqlariga mansub. Mil. avv. 3-mingyillik o"œrtalariga kelib shumerlar janubiy Mesopotamiyaning shatqida yashovchi  somiylar (akkadlar) bilan aralasha boshlaganlar. Mil. avv. 2-mingyillikning birinchi yarmida shumerlar va sharqiy somiylar yagona akkad xalqiga birlashganlar. Shumer tili mil. avv. 2-1 asrlarga qadar Mesopotamiyada fan va din tili bo"œlib qolgan. Shumerlar Mesopotamiyadagi qadimgi yozuv - mixxatni yaratganlar.     
CHANDALLAR («hazar qilinadiganlar») - Qadimgi hind diniy to`plamiga ko`ra, kastalardan birortasiga ham mansub bo`lmagan kishilar toifasi. Chandallar kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan. Uzoqdan ko`rinib ajralib turushlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun chandallar maxsus libos kiyib yurishlari lozim bo`lgan. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur bo`lishgan.
CHINVOT - Zardushtiylarda narigi dunyodagi qil ko"œprik.   
CHJANGO (Kurashayotgan podsholiklar) - Xitoyda Chjou sulolasi davri (mil. avv. 403-221). Mamlakatda hukmronlik qilish uchun eng yirik podsholiklar o"œrtasida kurash kuchaygan. Shuningdek, bu davr mamlakatning tez sur"œatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti bilan ajralib turadi. Chjango davrida podsholiklar o"œrtasida olib borilgan urushlar Sin imperiyasining barpo etilishi bilan yakunlangan.
CHJOU - Qadimgi Xitoy sulolasi va davri [mil. avv. 1027-256 (yoxud 249)] nomi. G"œarbiy Chjou (mil. avv. 1027-771) va Sharqiy Chjou [770-256 (yoxud 249)]. Sulolaga Chjou qabilasi sardori U Van tomonidan asos solingan. U Van 1027-yilda In davlatini tor-mor qilib Shimoliy Xitoydagi barcha qabilalar va hududlarni birlashtirgan. Mamlakatni boshqarish uchun qarindosh-urug"œlarga, van (podshoh)ning safdoshlari va ittifoqchilari udel (mulklar) ajratib berish usulidan foydalanilgan. Chjou zodagonlari harbiy drujinachilarga tayanib ish ko"œrgan, ular orasida begona qabilalar ko"œp bo"œlgan. Shuning uchun Chjou hukmronligi nafaqat ijtimoiy, balki qabilaviy zulmni ham kuchayishiga olib kelgan. Udellarning markaziy hukumat bilan kurashi va udellar o"œrtasidagi o"œzaro nizolar ularning ayrimlarini yo"œq bo"œlishiga va yangi podsholiklar - mustaqil yoki yarim mustaqil davlatlarning paydo bo"œlishiga olib kelgan. Mil. avv. VIII asrdan, Chunsyu davridan e"œtiboran Chjou vanlari hokimiyati zaiflashgan, mil. avv. VII-VI asrlarda mamlakatda amalda eng qudratli podsholiklar - "œgegemonlar" hukm sura boshlagan. Chjango davrida (mil. avv. V-III asrlar) mamlakatda hukmronlik qilish uchun kurashayotgan yettita kuchli podsholik ajralib chiqqan. Chjou sulolasi hokimiyati zaiflashib, u faqat Chjoularning urug"œlariga tegishli mulklarga tarqalgan, xolos. Ularni ham Sin podsholigi mil. avv. 256-249-yillarda bosib olgan. Chjou davrida mil. avv. VI asrdan boshlab temir tarqala boshlagan, bu ishlab chiqarish kuchlarini keskin oshishiga, yer haydashni yaxshilanishiga olib kelgan. Chjou davri bir qancha falsafa maktablari (konfutsiylik, daosizm va b.) vujudga kelishi, adabiyot, tasviriy va musiqa san"œatining tarqqiy etishi bilan ajralib turadi.

Qayd etilgan


Robiya  22 Iyun 2008, 17:45:30

Geografik nomlar

ABIDOS SHAHRI — Qadimgi Misrda yerosti saltanati xudosi Osirisning ibodatxonasi xarobalari topilgan shahar.
AFROSIYOB - Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat XVII asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sug"œd manbalarida Smarakanve deb atalgan bo"œlib. "œanjumanlar, uchrashuvlar o"œtkaziladigan joy" degan ma"œnoni bildirgan. Mil. avv. IV asrda Samarqand Aleksandr Maqduniy qo"œshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Marokanda sifatida eslatiladi. Marokanda Smarakvening yunoncha tarjimasi. Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutashgan keng bo"œsh tepaliklar bo"œlib, uning maydoni 219 ga. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand mil. avv. VIII-V asrlarda Sug"œdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini ko"œrsatadi. Mil. avv. 329-yilda shahar Aleksandr Maqduniy qo"œshinlari tomonidan vayron etigan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. avv. III-I asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. avv. III asrda shahar qo"œshaloq mudofaa devori bilan o"œrab olingan. Bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak yo"œli o"œtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan.
AKKAD (Agade) — Mesopotamiyadagi qadimgi shahar, hozirda Bog"œdodning janubi - g"œarbida. Aniq joylashgan yeri ma"œlum emas. Mil. avv. 24-22 asrlarda - Mesopotamiya va Elamdan tarkib topgan davlat markazi. Akkad nomi keyinchalik Janubiy Mesopotamiyaning butun shimoliy hududini anglatgan. Taxminan mil. avv. 2200-yilda yarim ko"œchmanchi gutiy qabilalar tomonidan yakson qilingan. Mil. avv. IV mingyillikda Mesopatamiyaning shimoliy qismiga borib o"œrnashgan xalq. Mil. avv. III mingyillikda oxirida shumerlarga akkadlar singishib ketib, butun Mesopatamiyani egallab oladi.
АХЕTАTОN - Yangi pоdshоlik dаvridаgi fir"œаvn Аmеnхotep IV bunyod etgаn va Misr pоytахti aylantirilgan shahar. Bu shаhаr "œEхnаtоn" dеb аtаlаgаn. Uning mа"œnоsi quyosh shu"œlаsi dеmаkdir.
ASHSHUR (Assur) - Mesopotamiyadagi qadimgi shahar (mil. avv. 4-mingyillik - mil. avv. 614), mil. avv. 2-mingyillik o"œrtalaridan Ossuriyaning poytaxti (hozirgi Iroqdagi Qal"œat - Sharqot xarobalari). Mudofaa inshootlari, ibodatxonalar, turar joy va savdo rastalari, mixxat yozuvi bilan bitilgan matnlar kutubxonasi topilgan.

Qayd etilgan


Robiya  22 Iyun 2008, 17:47:29

BAQTRA - Qadimgi shahar; Baqtriyaning markazi, hozirgi Vazirobod (Balx) shahri yaqinida joylashgan. Mil. avv. I mingyillik o"œrtalaridan ma"œlum. Rivoyatga ko"œra, zardushtiylik tarqalgan joy, keyinchalik Markaziy Osiyoda buddizmning yirik markazlaridan biri bo"œlgan. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf Baqtra shahri haqida shunday ma"œlumot beradi: "œBaqtriya markazi Baqtra Paropamis (Hindikush tog"œi) etagida joylashgan. Uning devorlari yonidan Baqtra daryosi oqib o"œtadi. Shaharga shu daryoning nomi berilgan".
BAQTRIYA (Baqtriyona, Baxtar zamin, Baktriya) - Amudaryoning yuqori va o"œrta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi O"œzbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatalari hamda Afg"œonistonning shimoliy qismini o"œz ichiga olgan. Shimolda Sug"œd, janubda va junubi-sharqda Araxosiya, Gandxara, g"œarbda Marg"œiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariasp) bo"œlgan. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf Baqtriya haqida shunday ma"œlumot beradi: "œBaqtriya tabiati boy va xilma-xil. Ba"œzi joylari daraxtzor, tok navdalarida shirin-shakar mevalari bor. Serhosil yerlar ko"œp sonli buloq suvlari bilan sug"œorilgan. Yeri yumshoq joylarga g"œalla ekiladi, qolgan yerlar yaylov uchun ajratiladi. Serhosil yerlarni odamlar makon qilishgan". Baqtriya mil. avv. VI-IV asrlarda Ahamoniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, so"œngra mil. avv. III asr o"œrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; mil. avv. II asrda toxarlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlangan.
BIBL (akkadcha Gubl, qadimgi yahudiycha Gebal; Livan) - Finikiyadagi qadimgi shahar. Mil. avv. IV-II mingyilliklarda savdo markazi, Adonis ma"œbudaga sig"œinish joyi. Finikiya va Rim davriga oid xarobalar saqlanib qolgan.
FINIKIYA - O"œrta dеngizning sharqiy sоhilidagi qadimgi vilоyat. Rivоyatlarga ko"œra, Finikiyaning ahоlisi Eritrеya dеngizi sоhillaridan kеlgan; ayrim finikiyalik tarixchilarning fikricha, finikiyaliklar Finikiyaning tub aholisidir. Mil. avv. V-IV mingyillikda Finikiya o"œzining qulay gеоgrafik jоylashuviga ko"œra, Mеsоpоtamiya va Nil vоdiysi ahоlisi bilan faоl savdо-sоtiq оlib bоrgan. Mil. avv. II mingyillik bоshlarida quldоrlik shahar-davlatlari: Ugarit (Ras-Shamra), Sidоn (Sayda), Bеruta (Bayrut), Arvad (Arad), Tir (Sur) va shu kabi boshqa davlatlar vujudga kеlib, ular mil. avv. XII asrgacha Misr fir"œavnlari qo"œl оstida bo"œlgan. Mil. avv. XIII asr оxiri - XII asrning bоshida Finikiya nihоyat Misr mustamlakasidan xalоs bo"œlgan. Mil. av. I-mingyillikda Finikiya O"œrta dеngiz sоhil bo"œyining Markaziy va G"œarbiy qismini egallab, bu yеrlarga ko"œplab finikiyalik savdоgarlar va qarоqchilar kelishi avj оlgan. Tasоs оrolida tеmir rudasi kоnlari оchilgan, Mеl"œkart xudоsi ibоdatxоnasi va kichik qishlоq bunyod etilgan. Atlantika оkеaniga tutashgan Shimoliy Afrika sоhillarida, Liks, Ispaniyaning janubiy qismida, Gadеs, Malaka, Sеksi, Abdеra, Sitsiliya, Mоtiya, Panоrm va Sardiyada Nоra shaharlari qad ko"œtargan. Finikiyada hunarmandchilik, savdо-sоtiq, kеmasоzlik juda taraqqiy qilgan; dеngiz yo"œllaridan kеng fоydalanilgan. Shaharlar o"œrtasida hukmrоnlik uchun kurashlar natijasida kuchsizlangan Finikiya mil. avv. VIII-VII asrlarda Оssuriyaga, mil. avv. VI asrda Bоbilga, mil. avv. 539-yildan 332-yilgacha ahamoniylar davlatiga bo"œysungan. Finikiya mil. avv. 332-yildan makеdоniyalik Alеksandr davlati, mil. avv. III asr o"œrtalaridan Salavkiylar davlati qo"œl оstida bo"œlgan. Shu vaqtdan bоshlab Finikiyada ellinlashtirish jarayoni kuchaygan. O"œrta dеngiz bo"œyidagi Dеlоs, Afina va boshqa shaharlarda finikiyalik savdоgarlarning faktоriyalari va uyushmalari paydо bo"œlgan. Mil. avv. II-I asrlarda Kiprda Yunоn-Finikiya pоdshоligi vujudga kеlgan. Mil. avv. 63-yildan bоshlab Fimikiya Rimning Suriya prоvinsiyasi tarkibiga kirgan. Asta-sеkin finikiyaliklar Suriyaning bоshqa ahоlisi tarkibiga singib kеtgan.
FIVA (yunoncha Thebai, misrcha Uaset) - Qadimgi Misrning eng yirik shaharlaridan va madaniy markazlaridan biri. Fiva mil. avv. 3 mingyillik o"œrtalaridan mal"œum. Misrning barcha hududlarini birlashtirgan 11-sulola fir"œavnlari davrida (mil. avv. 22 asr o"œrtasi - 20 asr) Fiva poytaxt bo"œlgan va O"œrta va Yangi podsholiklar davrida garchi fir"œavnlar boshqa shaharlarni o"œzlariga qarorgoh tutgan bo"œlsalar-da poytaxtligicha qolgan. Mil. avv taxm. 730-yilda Kush podshosi Pianxa Fivani bosib olgan. Osssuriya podshosi Ashshurbanipal mil. avv. 663-yilda Fivani vayron qilgan va mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markazi Shimolga ko"œchirilgan; Fiva o"œz rolini yo"œqotgan va mil. avv. 88-yilgacha, ya"œni Ptolemey IX Soter tomonidan vayron qilinmaguncha diniy markaz sifatida rol o"œynagan. Fivada arxeologik qazish ishlari 19 asrning 1-yarmidan turli mamlakatlar olimlari tomonidan olib boriladi. Fiva hududida yirik ibodatxonalar majmui, nekropollar, fir"œavnlar maqbaralari, fir"œavnning 2 ta ulkan haykali va boshqalar saqlanib qolgan.

Qayd etilgan


Robiya  22 Iyun 2008, 17:50:32

KICHIK OSIYO - Osiyoning g"œarbiy qismida joylashgan yarimorol. U 3 tomondan O"œrtayer, Egey, Marmar va Pont (Qora) dengizlari bilan o"œralgan. Kichik Osiyoning markaziy qismida Anato"œliya yassitog"œligi bo"œlib, atrofini Pont, Tavr va Antitavr tog"œlari o"œrab turadi. Bu o"œlka odamlarning hayot kechirishlari uchun yaxshigina qulayliklarga ega bo"œlgan. Shuning uchun bu yerda juda qadim zamonlardan boshlab kishilar yashab kelganlar. Keyinchalik yarimorolda xettlar, xurritlar, ossurlar va kashk kabi qabilalar yashaganlar. Lekin aholining asosiy qismini xettlar tashkil etgan. Mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmidan boshlab yarimorolda aхeylar, dеngiz хalqlari, frigiylar va kimmеriylar, erоniylar, yunоnlar hamda rimliklar kеlib jоylashganlar. Qadim zamonlardayoq Kichik Osiyoda Trоya, Lidiya, Frigiya va Хеtt kabi davlatlar tashkil tоpgan. Bular orasida Xett podsholigi qudratli davlat darajasiga ko"œtarilgan.
KO"œK NIL - Efiopiyaning qattiq yomg"œir yog"œadigan va cho"œqqilarida qor eriydigan tizma tog"œlaridan boshlanadi. Yog"œingarchilik mavsumi boshlanganda Ko"œk Nildagi suv miqdori keskin pasayib ketadi, bu hol Nilning toshishiga olib keladi.
KO"œKTEPA -  Zarafshon vohasidagi qadimgi shaharlardan biri.
KO"œZALIQIR - Qаdimgi Хоrаzmdа bo"œlgаn shаhаr-qаl"œа хаrоbаsi (mil. avv. I mingyillikning 1-yarmi). Jаyhun (Аmudаryo)ning  ko"œhnа o"œzаni bo"œyidа jоylаshgаn. 1939-yilda S. P. Tоlstоv bоshchiligidаgi Хоrаzm аrхеоlоgiya-etnоgrаfiya ekspеditsiyasi tоpgаn, 1950, 1953-1954-yillаrdа qаzish ishlаri оlib bоrgаn. Ko"œzaliqir uchburchаk shаklidаgi mаydоn tеvаrаgi bo"œylаb pахsаdаn qurilgаn usti yopiq bir nеchа qаtоr yo"œlаklаr (umumiy uzunligi 6-7 km)dаn ibоrаt turаr jоylаr bo"œlib, ulаrning ichkаrisigа yuqоridаgi tuynuklаr оrqаli kirishgаn. Birinchi qаtоrdаgi yo"œlаkning tаshqi dеvоri burjlаr bilan mustаhkаmlаngаn, yuqоri qismidа qаtоr shinаklаri bo"œlgаn. Yo"œlаklаrning ichi аlоhidа-аlоhidа turаr jоylаrgа bo"œlinmаgаnligi ulаrdа bir urug"œ yoхud o"œzаrо qаrindоsh urug"œlаr guruhi yashаgаnligini ko"œrsаtаdi. Ko"œzaliqir аhоlisi  o"œshа  dаvrlаrdаgi  muttаsil bоsqinlаrdаn o"œzlаrini hаmdа jаmоаning аsоsiy bоyligi - chоrvаni himоya qilish uchunginа аnа shundаy uzundаn-uzun, qоrоng"œu yo"œlаklаrdа yashаshgа mаjbur bo"œlgаn. Ko"œzaliqir ko"œp jihаtdаn Аvеstоdа tа"œriflаngаn vаrgа mоs kеlаdi. Ko"œzaliqirdаn skiflаrgа хоs jеz kаmоn o"œqlаri, kulоlchilik dаstgоhidа yasаlgаn turli sоpоl idish vа buyumlаr tоpilgаn. Аhоli Ko"œzaliqir tаshqаrisidа dеhqоnchilik vа chоrvаchilik bilan shug"œullаngаn hаmdа birоr хаvf-хаtаr tug"œilishi bilan mоllаrini ichkаrigа - mаzkur uchburchаk mаydоngа hаydаb kirgаn, o"œzlаri esа yo"œlаklаrdа turib dushmаnni dаf qilgаn.
LAGASH — Mil. avv. IV minyillik oxirida Mesopatamiyada vujudga kelgan shahar.
LIVIYA — Misr g"œarbidagi cho"œl va davlat.

Qayd etilgan


Robiya  22 Iyun 2008, 17:51:37

MEGIDDO SHAHRI — Qadimgi Suriya va Palastindagi shahar bo"œlib, ushbu shahar ibodatxonasida Tutmos III ning yurishi to"œgrisidagi bitiklar saqlanadi.
MEMFIS («Xekou Ptax» ya`ni «Xudo ruhining qal`asi») - Quyi Misr chegarasida joylashgan va podsho Mina tomonidan mamlakat poytaxtiga aylantirilgan qadimgi shahar. Memfis shahri Qadimgi Misrning Ilk hamda Qadimgi podsholik davrlarida davlat poytaxti bo`lib, mil. avv. 28-23 asrlarda Misrning yirik diniy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va hunarmandchilik markazi bo`lgan.
MESOPOTAMIYA (yunoncha Ikki daryo oralig"œi yoki Ikkidaryolik) — Fors qo"œltig"œiga quyiluvchi Frot va Dajla daryolarining o"œrta va quyi oqimidagi hudud (G"œarbiy Osiyo). Mesopotamiyaga Mesopotamiya pasttekisligi va Jazira kiradi. Qadimgi Sharqning eng madaniy markazlaridan biri hisoblangan. Mil. avv. IV-III mingyillikda Mesopotamiya hududida ilk sinfiy davlatlar paydo bo"œlgan. Mil. avv. III mingyillikning oxirida Mesopotamiyada Akkad, Ur va boshqa shu kabi qadimgi davlatlar mavjud edi. Mil. avv. II mingyillikning boshlarida Mesopotamiyaning janubida Bobil davlati paydo bo"œlgan. Keyinchalik Mesopotamiya Ossuriya davlati (mil. av IX-VII asrlar), Yangi Bobil podsholigi (mil. avv. VII-VI asrlar), Ahamoniylar davlati (mil. avv. VI-IV asrlar), Yunon-Makedon podsholigi (mil. avv. IV asr), Salavkiylar davlati (mil avv. IV-II asrlar), Parfiya (mil. avv. III-milodiy III asr) tarkibiga kirgan.
MOXENJODARO (sindxi tilida - o"œliklar tepaligi) — Hindistondagi eng qadimgi sivilizatsiya. Xarappa madaniyati (Pokiston)ning asosiy markazlaridan birining xarobasi (mil. avv. 3-2 mingyilliklar). Sindning markaziy shahri. 1922-yilda hind arxeologi R. Banerji ochgan. Keyinchalik ingliz arxeologlari J.Marshall, E Makkey va R.Uiller tomonidan tekshirilgan. Qazishma ishlar natijasida unda ko"œchalar bilan ajratilgan mavzelarda pishgan g"œishtdan qurilgan uylar topilgan. Moxenjodaroning mustahkam mudofaa devorlari bilan himoyalangan arki bo"œlgan. Moxenjodaro aholisi mohir kulol, zargar va sangtarosh bo"œlgan. Moxenjodaro yirik hunarmandchilki va savdo markazi bo"œlgan, metall va toshga ishlov berish, kulolchilik tarqqiy etgan. Unda umumshahar kanalizatsiyasi va suv ta"œminoti tizimi bo"œlgan. Uylari pishiq g"œishtdan 2-3 qavat qilib qurilgan. Qazishlar Moxenjodaro Qadimgi Hindiston, Misr, Mesopotamiya bilan bir qatorda qadimgi madaniyat o"œchog"œi bo"œlganligini tasdiqlaydi. Moxenjodaroni o"œrganish asosida Xarappa madaniyatining asosiy bosqichlari va uning xarakterli belgilari aniqlandi.

Qayd etilgan


Robiya  22 Iyun 2008, 17:53:13

NIL - dunyodаgi eng uzun dаryo. Janubdan shimolga uning uzunligi 6670 kilometrni tashkil etadi. U asosan Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan davlatlar - Sudan va Misr hududlari bo"œylab oqadi. Nilning har yilgi toshqini daryo qirg"œoqlari bo"œylab ingichka lentasimon cho"œzilgan, jazirama, quruq va giyohsiz sahro bilan qurshalgan serunum vodiy paydo bo"œlishiga olib kelgan. Dastlabki odamlar bu vodiyga ming yillar muqaddam ko"œchib kelib joylashganlar. Nil daryosi asosan ikkita manba - Oq Nil va Ko"œk Nildan suv bilan ta"œminlanadi. Gеrоdоt: "œMisr  - Nil tuhfаsi" degan edi.
NINEVIYA (Ninua, Ninn) — Qadimgi Ossuriyadagi shahar (hozirgi Iroqdagi Mosul shahri yaqinida). Mil. avv. taxm. V mingyillikda asos solingan. Mil. avv. III mingyillikdan mixxat hujjatlarida qayd etilgan. Savdo yo"œllari kesishgan yerda joylashgani uchun Old Osiyoning tarixida muhim rol o"œynagan. Mil. avv. IX asrdan ossuriy shohlar qarorgohi. Nineviyaning yuksalishi va ravnaq topishi, uni Ossuriya davlati va "œjahonning" poytaxtiga aylanishi mil. avv. VIII-VII asrlarga oiddir (Sinaxerib va uning vorislari davrida). Nineviyaning shimoliy qismida Sinaxeribning "œjanubi-g"œarbiy saroyi" va ichki qismi devorlari harbiy, ov va maishiy sahnalarni aks ettirgan juda ko"œplab bareleflar bilan bezatilgan. Ashshurbanipalning hashamatli "œshimoliy saroyi" joylashgan. Ashshurbanipal saroyida davlat arxivi va podshoh kutubxonasi bo"œlgan. Kutubxonada 20 mingdan ziyod kitob - mixxat sopol jadvalchalar bo"œlgan. Nineviyaning janubiy qismida Ishtar ma"œbudasining markaziy sajdagohi - Emishmish ibodatxonasi (mil. avv. III mingyillikdan boshlab qayd etilgan) va podsho Asarxaddon saroyi qurilgan. Nineviya shahrini "œQon ustidagi shahar" yoki "œarslonlar uyasi" deb ta"œriflashgan. Mil. avv. 612-yilda Nineviya Yangi Bobil podshosi Nabopalasar va Midiya podshosi - Kiaksar tomonidan yer bilan yakson qilingan. Rimliklar Nineviya o"œrnida Claudia Ninus harbiy kaloniyasi (manzilgoh)ni barpo etganlar. Nineviya xarobalari Kuyunjik shahar xarobasida o"œtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan.
OLTINTEPA - jez davriga oid shahar xarobasi (mil. avv. 3-2 mingyillik). Turkmaniston janubidagi Meana qishlog"œi yaqinida joylashgan. 1929-yilda A.A.Semenov topgan. 1930-yillarda A.A.Marushenko, 1949-yildan M.E.Masson boshchiligidagi ekspeditsiya tekshirgan. Oltintepa shimoli-sharqdan janubi-g"œarbga cho"œzilgan bo"œlib, balandligi 20 m ga yetadi. Oltintepa qadimgi dehqonchilik madaniyatiga oid yodgorlikdir. Oltintepaning atrofi qalinligi 2 m g"œisht devor bilan o"œralgan bo"œlib, ichida aholi yashaydigan massivlar, kulolchilik mahallasi bo"œlgan. Keng va uzun yo"œllar, bir necha xumdonlar, mahobatli uy qoldiqlari, diniy inshootlar, zikkurat, mozorlar topilgan. Bu topilmalar qadimgi O"œrta Osiyo dehqonchilik bilan shug"œullanuvchi o"œtroq qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini o"œrganishda muhim ahamiyatga ega.
ОQ NIL - Ugandadagi Viktoriya ko"œlidan oqib chiqadi. Oq Nil sokin oqadi, Nildagi suv sathi o"œzgarishiga ta"œsir o"œtkazmaydi. Aprel va may oylarida Nilda suv eng quyi nuqtagacha pasayganida suvning 85 %i Oq Nildan oqib kiradi.

Qayd etilgan