Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 261772 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 38 B


Robiya  23 Mart 2008, 16:59:28

Аhоlining tоifаlаrgа bo"œlinishi

O"œtrоq dеhqоnchilik аhоlisi оrаsidа yangi tоsh аsridа o"œzlаshtirilgаn hunаrlаrdаn biri kulоlchilik bo"œlgаn. Dаstlаb turli sоpоl buyumlаrni qo"œl yordаmidа lоy tаsmаlаridаn bir birigа yopishtirib yasаlgаnidаn u mo"œrt vа qo"œpоl bo"œlgаn. Kеyinchаlik kulоlchilik chаrхining kаshf etilishi sоpоl buyumlаrni оlоvdа pishirishning idishlаr turini ko"œpаytirish vа sifаtini оshirish imkоnini bеrаdi. Hunаrmаndchilik turlаri ko"œpаyib bоrgаn, milоddаn аvvаlgi IV mingyillikdа Оld Оsiyodа ilk mа"œdаn - misgа ishlоv bеrish bоshlаngаn. Mis qattiq bo‘lmaganligi sababli undan kamdan kam mehnat qurollari yasalgan, ko‘proq bezaklar tayyorlangan. Shuning uchun misni qo‘llash katta o‘zgarishlarga olib kelgani yo‘q va toshni siqib chiqara olmadi. Shu sababli misni qo‘llash bu davrni eneolit, yani mis-tosh asri deb ataladi.
Eneolit davrida sug‘orma dehqonchilik (Turkmanistonda), O‘zbekistonda dehqonchilik va chorvachilik paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda dehqonchilik tabiiy-geografik sharoiti qulay bo‘lgan tog‘ etaklarida yuzaga keldi. O‘zbekistonning ilk dehqonchilik ho‘jaligi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yerlari Nurota tog‘ining Qizilqumga qaragan shimoliy yon bag‘irlari rayonlarida va Farg‘ona vodiysining shimoliy sharqidagi tog‘ etaklarida joylashgan. Ibtidoiy dehqonchilik vujudga kelgan boshqa joy bu tekis oqib o‘tuvchi daryolar va uning qurib qolayotgan shahobchalarining havzasidagi yerlardir. Agar O‘rta Osiyoning janubiy tog‘ oldi rayonlarida dehqonchilik oziq-ovqatning topishi (yovoyi o‘simliklarni yig‘ish) negizida vujudga kelgan bo‘lsa, tekislikda oqib o‘tuvchi daryolarning vohalarida dehqonchilik O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarining dehqonlar bilan shimoliy viloyatlarning ovchi-baliqchilari o‘rtasidagi yaqin aloqalar o‘rnatilishi natijasida yuzaga keldi. Chorvachilik va dehqonchilikni birinchi bor ayollar kashf etganlar.
Eneolit davri manzilgohlari janubiy Turmanistonda (Anov, Namozgoh va Oltintepa), Zarafshonning yuqori oqimida va Orol bo‘yining sharqiy rayonlarida (Saksovul) topib o‘rganilgan. Saksovul makonida topilgan uy hayvonlarining suyaklari O‘zbekistonda chorvachilikning paydo bo‘lishi ilk dehqonchilik bilan birga paydo bo‘lganligini isbotlaydi.
Hunаrmаndchilikning tаrаqqiyoti ishlаb chiqаrishdа mеhnаt tаqsimоtigа yo"œl оchib kulоl vа to"œquvchilаr dаlаdа ishlаmаsdаn yasаgаn buyumlаrigа o"œz qo"œshnilаridаn: dоn, sаbzаvоt, sut оlа bоshlаdilаr. Shu tаriqа ilk mоl аyirbоshlаsh vujudgа kеlаdi. Mil.аvv. III mingyillikda Mеsоpоtаmiyadа yog"œоch оmоchdаn fоydаlаnishgа o"œtilаdi. Ho"œkizlаr qo"œshilgаn оmоchlаr yordаmidа yеr hаydаsh, ekinzоrlаrni kеngаytirish imkоnini bеrаdi. Hоsildоrlik оshib аhоli sоni ko"œpаyib, qishlоqlаr kеngаya bоrаdi.
Qishlоqlаrdа аstа-sеkin yangi tаrtiblаr o"œrnаtilа bоshlаnаdi. Jаmоаlаr yirik pаtriаrхаl («оtа» bоshqаruvi) оilаlаrigа bo"œlinаdi. Yer esа jаmоа mulkidаn аyrim оilаlаr mulkigа аylаnib to"œplаngаn hоsil hаm tаbiiy uni yеtishtirgаn оilаlаr оmbоrigа tushurilаdi. Аyrim оilаlаr bоyib bоshqаlаri turli sаbаblаrgа ko"œrа kаmbаg"œаllаshib bоrаdi. Shu tаrzdа mulkiy tаbаqаlаnish vа tеngsizlik pаydо bo"œlаdi.
Yirik аhоli mаnzilgоhlаridа qоn-qаrdоshlik jаmоаsidа turli urug"œ vаkillаri yashаydigаn qo"œshnichilik jаmоаsigа o"œtа bоshlаngаn. Mоl-dunyoning оilаlаr mulkining pаydо bo"œlishi esа qo"œshnilаrning qo"œqqisdаn hujumlаrini himоyalаnish uchun qishlоqlаrni chоqpаrlаr yoki dеvоrlаr bilаn o"œrаb оlish zаruriyatini tug"œdirаdi. Hаrbiy hаrаkаtlаrni оlib bоrish uchun qаbilаgа hаrbiy yo"œlbоshchi sаylаngаn. Hаrbiy yo"œlbоshchilаr ulаrning do"œstlаri vа hаmkоrlаri shuhrаt tоpib, ulаrni mаshhur jаngchilаr, zоdаgоn kishilаr sifаtidа ulug"œlаshgаn. Ulаr vа ulаrning fаrzаndlаridаn qаbilа sаrkаrdаlаri sаylаy bоshlаngаn. Urushdа аsir оlingаnlаr qаbilа bоshliqlаri zоdаgоn kishilаr qullаrigа аylаnа bоrаdi. Kеyinchаlik qаbilа bоshliqlаri yangi vujudgа kеlgаn dаvlаtlаr hukumdоrlаri, pоdshоlаrgа аylаnаdi.
Mil.аvv. III mingyillikda Оld Оsiyodа yangi iхtirо misgа ruh, qo"œrg"œоshin yoki qаlаyni qo"œshilishidаn оlinаdigаn jеz (bronza) kаshf qilinаdi. Jеzning iхtirо qilinishi, tоshdаn yasаlgаn mеhnаt qurоllаrini хo"œjаlikdаn surib chiqаrа bоshlаydi. Bronza davri O‘rta Osiyoda III mingyillik o‘rtalarida boshlandi va miloddan avvalgi II mingyillikka kelib o‘z rivojining yuksak darajasiga yetdi. Bu davrda sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligi keng yoyiladi, kulolchilik charxi, qo‘l tegirmoni, g‘ildirak, arava va yuk tashish vositalari kashf etiladi, xom g‘isht va paxsa uylar paydo bo‘ladi, katta inshootlarni qurish ishlari amalga oshiriladi, qoramol, yovvoyi ot, tuyalarni qo‘lga o‘rgatiladi va xonakilashtiriladi, chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Shu davrda ota huquqi qaror topadi va mustahkamlanadi, qarindoshlik otaga qarab olib borish boshlandi. Dehqonchilik qilish, chorvachilik va hunarmandchilikning vujudga kelishi bilan urug‘ni yetarli mahsulot bilan ta’minlash erkaklar qo‘liga o‘tadi. Mehnat qurollarini bronzadan yasalishi mehnat unumdorligi oshishiga olib keldi, Bu narsa o‘z navbatida ortiqcha mahsulotlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi, ya’ni birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti sodir bo‘ldi.

Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 17:06:02

Bronza davriga oid madaniy yodgorliklar Zarafshon, Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent vohalarida topib o‘rganilgan. O‘zbekistondagi ilk dehqonchilik manzilgohi Zarafshon vohasida miloddan avvalgi III-II mingyillikka oid Zamonbobo madaniyatidir. Xuddi shu davrga oid manzilgoh - Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Sarazm madaniyati topib o‘rganilgan. Bu madaniy yodgorlik Tojikiston hududida joylashgan.
II mingyillikka oid madaniy yodgorliklar Surxondaryo vohasidan topib o‘rganilgan. Ular Sopollitepa va Jarqo‘tan madaniyatlaridir. Bu madaniyatlarning ahamiyatli tomoni shundaki, Sopollitepa ipakchilik va paxtachilik tarixi; O‘zbekistonda 3,5 ming yillikni tashkil etishini, Jarqo‘tan esa O‘rta Osiyodagi eng qadimgi shahar harobasi ekanligi fan olamida isbotlangan.
Xorazm vohasidagi II mingyillikni o‘rtalariga tegishli madaniy yodgorlik Tozabog‘yob madaniyatidir. Bu madaniy yodgorlik Amudaryo havzasidagi dehqonchilik va chorvachilik madaniyati sifatida fanga kiritilgan. Shu zamindagi X-VIII asrga oid Amirobod madaniyati ham topib tekshirilgan. Bu madiniyatga tegishli Yakka Parson-2, Tagiskent yodgorliklari ham o‘rganilgan.
Miloddan avvalgi II mingyillikni oxiri - I mingyillikni boshidagi madaniy yodgorliklar Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyatiga tegishlidir. Bu madaniyatga oid manzilgohlar Samarqanddagi Afrisiyob, Yerqo‘rg‘on, Shahrisabzdagi To‘rtko‘l, Surxon vohasidagi Kuchuktepa, Maydontepa, Buyracha va Qizilcha manzilgohlari misolida o‘rganilgan.
Toshkent vohasidagi ilk dehqonchilik madaniyati Burg‘uluq madaniyati misolida o‘rganilgan. Bu madaniyat miloddan avvalgi IX-IV asrga oiddir.

Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 17:08:21

ilk Temir davriga o"œtilishi

O‘zbekistonda temir davriga o‘tish millodan avvalgi IX-VIII asrlarda, ilk temir davri miloddan avvalgi VII-IV asrlarda sodir bo‘lgan. Odamlar milloddan avvalgi 1mingyillik boshlarida temirdan mehnat qurollari va yarog‘lar yasashni o‘rgandilar. Temirdan biror buyum yasash ko‘p mehnat talab qilgan. Temir 15000, mis 10000, bronza 3000 eriydi. Shunga qaramasdan temir ularga qaraganda ko‘p afzaliklarga ega bo‘lib, ulardan qattiqroq edi. Dastlab temir buyumlardan xettlar millodan avvalgi XIV-XII asrlarda foydalanishgan. Temirdan dastlab zebu-ziynat buyumlar sifatida foydalanishgan. Bunday bezaklar dastlab Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘oni yodgorliklaridan topilgan. Temirning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi ibtidoiy jamoa tarixida buyuk texnik inqilob bo‘ldi. Temirdan ishlangan mehnat qurollari mehnat unumdorlgini oshirishga imkon yaratdi, temir aslaha tayyorlovchi temirchi paydo bo‘ldi. Ayniqsa, temirning ahamiyati dehqonchilikda va hunarmandchilik xo‘jaligining rivojlanishida katta edi. Temir ibtidoiy tuzumni buzib yubordi va xo‘jalikda tabaqalanishni tezlashtirdi. Temir chorvachilikni dehqonchilikdan uzil-kesil ajratdi, ko‘plab hayvonlarni egasi bo‘lgan aslzodalar paydo bo‘ldi. Xususiy mulkchilikni mustahkamladi, sinfiy jamiyatni keltirib chiqardi. Temirning ishlab chiqarishda kengroq qo‘llanilishi tufayli xo‘jalikda ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti yuz berdi, ya’ni hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Hunarmandchilikning qator sohalarida ixtisoslashuvning sodir bo‘lishi natijasida ilk shaharning belgilaridan biri sifatida bozor paydo bo‘ldi, tovar ayirboshlash yuz berishi natijasida ayrim shaxslar qo‘lida boyliklar to‘plana boshladi.
O‘rta Osiyoda eng qadimgi temir buyumlar Dalvarzintepa (Farg‘ona vodiysida), Anov (Turkmanistonda), Qiziltepa (Surxon vohasida), Daratepa (Qashqadaryo vodiysida) kabi manzillardan topilgan. Ularning eng qadimgisi miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga oiddir. Lekin buyumlarning ko‘pchiligi miloddan avvalgi VII-VI asrlarga taalluqlidir.
O‘rta Osiyoda Yevropadan farqli ravishda dehqonchilik sun’iy sug‘orish asosida taraqqiy etdi. Turkmanistonda IV-III mingyilliklarga oid anhor qoldiqlari, O‘zbekistonda esa millodan avvalgi II mingyillikka oid topib o‘rganilgan. Bu davrda O‘zbekistonning tog‘ oldi viloyatlarida asosan mayda sug‘orish tarmoqlari keng tarqalgan. Yer osti suvlaridan foydalanish uchun korizlar - yer osti kanallar qurganlar.
Urug‘ jamoasi hududiy qo‘shni jamoasiga aylandi. Qabilaviy harbiy ittifoqlar tashkil topa boshladi. Bu harbiy ittifoqlarning asosiy maqsadi qabila chegaralarini qo‘riqlash, yangi yerlarini o‘zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish edi. Qabilaviy harbiy ittifoqlarni obro‘li kishilardan saylanadigan urug‘ yoki qabila boshliqlari boshqargan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi to‘q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Miloddan avvalgi I mingyillik boshlarida O‘rta Osiyo aholisi 4 guruhga bo‘lingan: zodaganlar, harbiylar, ziroatchilar va hunarmandlar. Doimiy bo‘lib turadigan harbiy to‘qnashuvlar natijasida qabilalar harbiy demokratiya tamoyillari asosida yashay boshladilar va bunda urug‘-qabila boshliqlarining ta’siri kuchaydi. Harbiy demokratiya — davlatga o‘tish davrining boshqaruv shaklidir. Uni harbiylar va qabila boshliqlari boshqargan. O‘zbekistonda miloddan avvalgi IX-VIII asrlar ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlang‘ich davri edi. Bu jarayon aholi joylashgan yerlarni, dehqonchilik bilan mashg‘ul vohalarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zaruriyatidan kelib chiqqan. Vujudga kelayotgan davlat tuzilishiga aholining hududiy belgilar bo‘yicha bo‘linishi asos bo‘lgan.     
tarixiy shaxslar ko"œrsatkichi

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 15:19:30

I BO"œLIM

Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari

ARRIAN Flaviy (Arrianos) (taxm. 95-175-yillar o"œrtasi) —  yunon tarixchisi va yozuvchisi. Kichik Osiyodagi Nikomediya shahrida tug"œilgan; yunon faylasufi Epiktet qo"œlida o"œqigan. Rimda yashab, harbiy ta"œlim olgan. 131-137-yillarda Kappadokiya voliysi bo"œlib, alanlar hujumini qaytargan. Arrian senator, elchi va kohin ham bo"œlgan.  Falsafa, tarix, geografiya, harbiy va boshqa masalalarga oid asarlar yozgan (ko"œpi bizgacha saqlanmagan). Uning bizgacha yetib kelgan eng qimmatli asari Aleksandr (Iskandar Maqduniy)ga bag"œishlangan 7 kitobdan iborat "œIskandarning harbiy yurishlari" nomli kitobidir. Asarda Aleksandr Makedonskiyning Eron, O"œrta Osiyo va boshqa mamlakatlarga qilgan istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon etilgan. Arrianning "œHindiston", "œNearxning harbiy yurishi", "œEpiktet haqida estaliklar" hamda epiktet ta"œlimotiga bag"œishlangan "œQo"œllanma" kabi asarlari ham saqlangan. Uning "œParfiya tarixi", "œAlanlar tarixi", Vifiniya tarixi" va "œAleksandrdan keyingi ishlar" nomli asarlaridan ham parchalar yetib kelgan. U O"œrta Osiyo to"œg"œrisida ham qimmatli ma"œlumotlar yozib qoldirgan. Arrian Flaviyning  "œIskandarning harbiy yurishlari" asari nemis (Myuller; Leypsig, 1886-yil) hamda rus (Korenkov; Toshkent, 1912-yil va M. E. Sergeenko, M. — L. 1962-yil) tillarida nashr etilgan.   
DIODOR (mil. avv. 90-21-yillar) — yirik tarixchi olim; asli Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. Diodor "œTarixiy kutubxona" nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan to milodning I asr o`rtalarigacha bo`lgan tarixini yoritadi. Asarda Sharq xalqlari, shuningdek, O`rta Osiyo va O`zbekistonning qadimiy xalqlari (skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar va boshqalar), O`rta Osiyo — Eron munosabatlari haqida qimmatli ma`lumotlar bor. Diodorning mazkur asari ko`p jihatlari bilan ko`chirma hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko`p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog`lanmay qolgan. Shunga qaramay, Diodorning "œTarixiy kutubxona"si dalillarga boy va ilmiy ahamiyatga egadir. "œTarixiy kutubxona" to`la holda bizning zamonamizga yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi — Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5-kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (mil. avv. 500-449-y.y)dan to mil. avv. 301-yilgacha bo`lgan tarixini o`z ichiga olgan. 11-20-kitoblarigina saqlangan, xolos. Asar 1774-1775-yillari I. Alekseyev tomonidan (6 qismda) va 1874-1875-yillari F. G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
GERODOT (Xeradot, Herodotos) (mil. avv. 490 va 480-yillar orasi, Kichik Osiyoning janubi-g"œarbidagi Galikarnas — mil. avv. 425-yil, Afina yoxud Furiya, Janubiy Italiya) — mashhur Rim notig"œi Sitseron so"œzlari bilan aytganda "œTarix otasi" deb nom olgan yunon tarixchisi. Yoshligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarshi faol kurashgan va Galikarnasda shunday hokimiyat o"œrnatilgach, vatanini tark etishga majbur bo"œlgan. Bir necha vaqt Samos orolida yashagan. Mil. avv. taxminan 455-447-yillarda butun Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, Yunonistonning Bolqondagi shaharlari, Qora dengiz sohillari bo"œylab sayohat qilib, skiflar haqida ma"œlumot to"œplagan. Uzoq muddat Afinada yashagan; Gerodotning Afina demokratiyasining yo"œlboshchisi Periklga yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli ta"œsir qilgan. Gerodot taxminan 443-yilda Afinadan Furiyaga ko"œchib o"œtgan. Gerodotning asari shartli ravishda "œTarix" deb nom olgan bo"œlib, yunonlar tarixining eng muhim siyosiy voqeasi Yunon-Fors urushlari (mil. avv. 500-449-yillar)ga bag"œishlangan. Keyinchalik aleksandriyalik olimlar Gerodot asarini muzalar soniga qarab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalar (Klio, Evterna, Taliya, Melpomena, Terpsixora, Erato, Poligimniya, Uraniya, Kalliopa)dan birining nomi bilan atalgan. Gerodot "œTarix"ining asosiy g"œoyasini yunon dunyosining Sharq dunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. Gerodot Lidiya, Midiya, Ahamoniylar davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining o"œtmishi, dini, o"œziga xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik bilan bayon etib, tarixiy voqealarni keng tahlil qilgan. Asarning beshinchi kitobida Gerodot o"œzining asosiy maqsadi — yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga kirishgan. Antik adabiyotda birinchi bo"œlib skiflarning hayoti va turmush tarzlari Gerodot asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan, Gerodot O"œrta Osiyoda yashagan massagetlar haqida batafsil ma"œlumotlar keltirib, massagetlar malikasi To"œmarisning ahamoniylar podshosi Kir II bilan bo"œlgan jangini yuksak mahorat bilan bayon qilgan.                 

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 15:26:02

KTESIY Knidlik (mil. аvv. V аsr охiri, Knid shahri - IV аsrning I yarmi) — yunоn tаriхchisi. Gerоdоt, Gippоkrаt, Ksenоfоntlаrning zаmоndоshi. U qadimgi fors shohi Artakserks II sаrоyidа 17 yil tаbiblik qilgаn. 401-yil Kunаks оstоnаsidаgi jаngda yarаlаngаn Аrtаkserksni dаvоlаgаn. Qоlgаn umrini оnа shаhri yoхud Spаrtаdа o"œtkаzgаn. Ktesiy «Erоn», «Hindistоn», «Dаryolаr hаqidа», «Tоg"œlаr hаqidа», «Оsiyo аtrоfidаgi dengiz sаyohаti» nоmli аsаrlаr muаllifi. Bulаrdаn eng muhimi «Erоn» - 23 kitоbdаn ibоrаt bo"œlib, uning dаstlаbki 6 kitоbi Оssuriya vа Midiya tаriхigа, keyingi 7 kitоb Erоn tаriхigа (Kir II, Kserks I ning o"œlimigаchа), qоlgаn 10 kitоb Erоnning 398-yilgаchа (Ktesiy fоrslаr sаrоyini tаrk etgunigаchа) bo"œlgаn tаriхini o"œz ichigа оlgаn. Ktesiyning bu аsаridа O"œrtа Оsiyodа yashаgаn qаdimgi хаlqlаr, ulаrning urf-оdаtlаri, ijtimоiy-iqtisоdiy аhvоli, hаrbiy sаn"œаti hаqidа hаm bir tаlаy qimmаtli mа"œlumоtlаr bоr. U yana Baqtriyaning Ossuriya bilan aloqalari haqida ham yozib qoldirgan. Ktesiy Suzаdа bo"œlgаn dаvridаn fоydаlаnib, fоrs tili оg"œzаki vа yozmа mаnbаlаri bilan tаnishgаn. Yunоnlаrgа uzоq Shаrq dаvlаtlаri, Erоn shоhlаri vа Yunоn-Erоn urushlаri to"œg"œrisidа ko"œp mа"œlumоtlаr yetkаzgаn.
KVINT KURSIY RUF (milodiy I-II аsrlar) - Qаdimgi Rim tаriхchisi vа ritоr (nоtiqlik sаn"œаtini o"œrgаtuvchi muаllim). Kvint Kursiy Rufning qаchоn tug"œilgаni vа vаfоt etgаni nоmа"œlum. Аsаrlаrining tiligа qаrаb tаriхchilаr uni Klаvdiy yoki Аvgust hukmrоnligi dаvridа yashаgаn dеb tахmin qilаdilаr. Kvint Kursiy Ruf mаkеdоniyalik Аlеksаndr vа uning hаrbiy yurishlаrigа bаg"œishlаngаn, hаrbiy tехnikа tаriхi nuqtаi nаzаridаn tаriхiy аhаmiyatgа egа 10 tа kitоbdаn ibоrаt «Buyuk Аlеksаndrning tаriхi» nоmli kаttа аsаr (tахminan milodiy 50-yil yoхud II аsr o"œrtаsi)ning muаllifi. Muallif Ptolemey Lag va Aleksandr Makedonskiyning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asaridan keng foydalangan.  Asarning 8 tа kitоbi sаqlаngаn. "œBuyuk Aleksandr tarixi" 1841-yili Myuztel, 1867-yili T. Nyoldeke va 1885-yili Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V. S. Sokolov tahriri ostida chop etilgan (Moskva 1963-yil).
POLIBIY (mil. avv. 201-120-yillar) — 40 kitobdan iborat "œUmumiy tarix" asari bilan mashhur bo`lgan yunon tarixchisi. Polibiyning tilga olingan asari Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Asar umumiy tarix yo`nalishida yozilgan. Afsuski, uning katta qismi saqlanmagan — bizgacha faqat 1-5-kitoblarigina yetib kelgan, xolos. Polibiyning "œUmumiy tarixi" daliliy ma`lumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Mazkur asarda Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) haqida, Antiox I ning Baqtriya podshosi Yevtidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma`lumotlar bor. "œUmumiy tarix"ning matni 1889-1905-yillar orasida 4 jildda Leypsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V. R. Paton; London, 1922-1827; ikkinchi nashri: London, 1957-1960) va ruscha (F. G. Mishchenko, 1-3-jildlari. Moskva, 1890-1899) tarjimalari mavjud.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 15:27:20

POMPEY Trog (milodgacha I — milodning I asrlari o"œrtasi) — "œFilipp tarixi" asari bilan mashhur bo"œlgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Ossuriya podsholari zamonidan to Rim imperatori Avgust (mi. avv. 63-milodiy 14-yil) davrigacha dunyoda bo"œlib o"œtgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e"œtibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (mil. avv. 359-336-yillar) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan. Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma"œlum kitoblarga suyanib yozilgan; Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo"œlishi va tarixini keng yoritib bergan. Shuni ta"œkidlash kerakki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Lekin, Pompey Trogning tarixiy jarayon va uning taraqqiyotiga qarashlari idealistikdir, chunki u tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan. "œFilipp tarixi"da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va Sug"œdda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, Parfiya podsholigining tashkil topishi, parfiyaliklarning urf-odatlari; Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o"œzaro munosabatlariga oid muhim ma"œlumotlar mavjud. Pompey Trogning mazkur asari Yustin (II-III asr) tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935-yili chop qilingan. Asarning ruscha tarjimasi (tarjimonlar A.A Dekonskiy va M. I. Rijskiy) "œВестник древней истории" jurnalining 1954-yil 2-4 va 1955-yil 1-sonlarida bosilgan.
PTOLEMEY Klavdiy (taxm. 90-160-yillar) — Aleksandriyada yashab ijod etgan mashhur qomusiy olim. Ptolemey astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid yirik asarlar yozib qoldirgan. Ptolemeyga shon-shuhrat keltirgan asarlari "œAl`magest" ("œAl-majastiy") va "œGeografiya"dir. Ptolemeyning "œGeografiya"sida Girkaniya, Marg`iyona, Baqtriya, Sug`diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va Sug`diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek, o`sha mamlakatlar va ular bilan tutash o`lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma`lumotlar keltirilgan.         
SIMA SZYANG (Simо Chyan) (Bоlаlik dаvridаgi ismi - Zichjаng, Shyayang) (mil. avv. 145-yil, hоzirgi Хitoy Xalq Respublikasi (XXR)ning Shensi o"œlkаsi, Хаnchen shahri — mil. avv. tахm. 86-yil) — Qаdimgi Xitоy tаriхshunoslarining "œotasi"; Хitоyning birinchi umumlаshgаn tаriхi - «Shi szi» («Tаriхiy хоtirаlаr») asarining muаllifi. Хоn sаrоyining bоsh vоqeаnаvisi - Simа Txаnning o"œg"œli. Yoshligidаn mаmlаkаt bo"œylаb sаfаr qilib tаriх, urf-оdаtlаr vа хаlq hаyotigа оid mа"œlumоtlаr, rivоyatlаr vа hikоyalаr yig"œish bilan shug"œullаngаn. Mil. avv. 108-yildа Хаn imperiyasi sаrоyidа kоtiblаr mаhkаmаsi bоshlig"œi (tаyshilin) lаvоzimidа ishlаgаn. Mil. avv. 100-97-yillаr оrаlig"œidа hunlаr аsiri bo"œlgаn Li Lin ismli аmаldоrni jаzоdаn qutqаrish mаsаlаsidа o"œrtаgа tushgаnligi tufаyli qаmаlgаn. Mil. avv. 96-yildа qаmоqdаn оzоd etilgаn. Shundаn so"œng u хоqоn uchun tаyyorlаnаdigаn hujjаtlаrni yozish bilan shug"œullаnuvchi sаrоy kоtibiyati mаhkаmаsi bоshlig"œi (chjungshulin) lаvоzimigа tаyinlаngаn. Sаrоydа ishlаb yurgаn chоg"œidа оtаsi bilan tаriхiy аsаrlаr yozish bilan shug"œullаngаn. Mil. avv. I-аsrning 90-yillаridа - «Shi szi» («Tаriхiy хоtirаlаr») аsаrini yozib tugаtgаn. Аsаr 130 bоbdаn ibоrаt bo"œlib, Хitоyning qаdimdаn mil. avv. II-аsrning охirigаchа bo"œlgаn tаriхini o"œz ichigа оlаdi. Sima Szyang Хitоydа 1-bo"œlib vоqeаlаrni хrоnоlоgik bаyon etish («Аnnаllаr»), jаmiyat hаyotining turli tоmоnlаrini temаtik yoritish («Trаktаtlаr») vа biоgrаfik jаnrlаrni uyg"œun hоldа kоmpleks o"œrgаnish tаmоyilini qo"œllаgаn. Sima Szyangning  «Shi szi» asarining to"œla matni olti jild qilib 1959-yili Pekinda chop etilgan. Rus tiliga tarjima etilib,   (I. Y. Bichurin,     L. S. Basilyev, L. S. Perelomov, Y. L. Krol va boshqalar) chop etilgan. Uning bir qismi rus tilida  (N. Y. Bichurin, B. Uotson, F. Kirman va boshqalar) to"œliq ravishda E. Shavann (1865-1918) tomonidan fransuz tiliga tarjima qilinib, 1895-1905-yillarda (5 jildda) chop etilgan.  «Shi szi» ning ruscha tarjimasi ham tamomlandi (R.V. Vyatkin, V. S. Taskin); uning bir qismi to"œrt kitob bo"œlib 1972, 1975, 1984, 1986-yillari bosmadan chiqqan.
STRABON (mil. avv. 64/63 — milodiy 23/24) - atoqli yunоn geоgrаfi vа tаriхchisi. Asli amosiyalik (Pont podsholarining qarorgohlaridan); mo"œtabar va badavlat oiladan chiqqan; mashhur yunon faylasufi Aristotelning shogirdi; qariyb 80 yil umr ko"œrgan. Ko"œp sаyohаtlаr (Yunоnistоn, Kichik Оsiyo, Itаliya vа Misr) qilgаn. Аntik dаvr geоgrаfik bilimlаri yakuni bo"œlgаn «Geоgrаfiya» (mil. аv. 7-yil, 17 kitоbdаn ibоrаt) vа «Tаriхiy хоtirаlаr» degаn (bizgаchа yetib kelmаgаn) аsаrlаrining muаllifi. Аsаrdа G"œаrbiy vа Mаrkаziy Yevrоpа, Kichik Оsiyo, Shimoliy vа Shаrqiy Qоrа dengiz sоhillаri hаqidа geоgrаfik mа"œlumоtlаr to"œplаngаn. Shu bilan birgа аsаrdа ko"œplаb tаriхiy, etnografik mаishiy tаfsilоtlаr keltirilgаn, хususаn, Qrim yarim оroli vа Dnepr bo"œyigа kelib jоylаshgаn qаbilаlаr, skiflаr, rоksоlаnlаrning хo"œjаligi vа mаishiy turmushi hаqidа, Shimoliy vа Shаrqiy Qоrа dengiz sоhillаridа jоylаshgаn аntik shаhаrlаrning qurilishi, turmushi, хo"œjаligi, tаriхi, Bоspоr dаvlаtining tаriхi vа хo"œjаligi hаqidа qimmаtli mа"œlumоtlаr  bor. «Geоgrаfiya»dа, shuningdek, qаdimgi O"œrtа Оsiyo geоgrafiyasi, undа yashаgаn qаbilаlаr (sаklаr, pаrfyanlаr, bаqtriyaliklаr, dаhlаr vа b.) vа ulаrning urf-оdаti, tili, Buyuk ipаk yo"œli o"œtgаn jоylаr hаqidа mа"œlumоtlаr hаm juda qimmаtlidir. Strabonning mazkur asari 1844 va 1848-yillari Kramer va Myuller tarafidan nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd; Berlin, 1831-1834-yillar) hamda ruscha (F. G. Mishchenko; Moskva, 1879-yil, G. A. Stratanovich; Moskva, 1964-yil) tarjimalari ham mavjud.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 15:31:38

ATAMA VA TUSHUNCHLARLAR

ANIMIZM - (lotincha anima - jon, ruh) - jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bo"œlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, o"œz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush ko"œrish, gallyutsinatsiya, o"œlim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bog"œlangan u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bog"œliq ruh to"œg"œrisidagi tasavvurlar paydo bo"œlgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo"œlingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta"œsir ko"œrsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar.   
ANTROPOGENEZ — odamning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni.
ANTROPOLOG — qadimgi odamlarning qoldiqlarini sinchiklab tekshirib ko"œrib, ularning tashqi ko"œrinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro"œy bergan o"œzgarishlarni nazardan o"œtkazadigan olim.
ANTROPOLOGIYA -  qadimgi odamlar qiyofasini o"œrganuvchi fan.
ARXANTROPLAR (yunoncha archaios qadimgi va anthropos - odam) - evolyutsion taraqqiyoti darajasi va madaniyati xarakteriga ko"œra o"œzaro yaqin bo"œlgan qadimgi qazilma odamlar (Pitekantrop va sinantrop va b.). Bu odamlar bundan 800-1mln yil ilgari yashashgan.
ARXEOLOG — moddiy manbalar asosida tarixni o"œrganadigan olim.
ARXEOLOGIK MADANIYAT - bir tarixiy davrga oid, ammo turli hududlarda joylashgan arxeologik yodgorliklarning umumiy belgilarini ifodalovchi tushuncha.
ARXEOLOGIYA (yunoncha arxeos - qadimiy, logos - fan ya"œni "œqadimiylikni o"œrganadigan fan") - tarixni ashyoviy manbalar asosida o"œrganuvchi va ular bo"œyicha tarixiy o"œtmishni qayta tiklovchi qadimiyat to"œg"œrisidagi fan. Arxeologiya so"œzini mil. avv. IV asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar ma"œnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar XVIII asr boshidan boshlangan. XIX asr yirik arxeologik kashfiyotlar davri bo"œlib, arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi.
ASHEL MADANIYATI - quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh cho"œqmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, o"œtkir qilingan turli shakldagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Fransiyaning Am"œen shahri yaqinidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tuzumining quyi bosqichida g"œorlarda, daryo bo"œylaridagi pana yerlarda to"œdalashib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati G"œarbiy va Sharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. O"œrta Osiyoda Ashel madaniyatiga oid qarorgohlar Janubiy Qozog"œistonda (Qoratov), Toshkent vodiysida (Selung"œur) va boshqa joylarda uchraydi.       
ASHYOVIY MANBALAR — ko"œhna manzil-makon, qabr, rasm va boshqa buyumlar (yodgorliklar), turli mehnat qurollar, ro"œzg"œor buyumlar, taqinchoqlar, ziynat buyumlar, sopol idishlar va ularning parchalari, shuningdek uy-joy qoldiqlari kiradi.
AVSTROLIPITEK (janub maymuni) — maymunsimon odam vakili; 3-4 million yil ilgari yashagan. Odamzotning hayvonlar olami (maymun)dan odamlar dunyosiga o"œtishdagi qo"œyilgan birinchi qadami edi. 1924-yil Janubiy Afrikadan topib o"œrganilgan.
BIBLIYA (yunoncha Biblia - kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi ahdga bo"œlinadi. "œAhd" so"œzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi ahd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qadimgi davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi ahd esa faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dinni shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Bibliya mil. avv. VIII asr va milodiy II asr oralig"œida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. Bibliya eng qadimgi adabiy yodgorliklardan biri bo"œlib, diniy pand-nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliya tarkibiga kirgan Tavrot — Muso alayhisalomga, Zabur — Dovud alayhisalomga, Injil — Iso alayhisalomga nozil qilingan. Milodiy 364-yili Laodika sobori xristianlikda muqaddas va ilohiy deb topilgan asarlardan iborat Bibliyani rasman tasdiqladi. Unga kiritilmagan yoki undan farqlanadigan barcha diniy kitoblarni soxta deb e"œlon qildi va ularni o"œqishni taqiqladi. Jami 70 kitob (bo"œlim)ni o"œz ichiga olgan bibliyaning hozirgi matni XIII asrda kardinal Stefan Lengton uning matnlarini boblarga ajratganidan keyin yuzaga kelgan. XVI asrda matbaachi Rober Stefan bu boblarni bandlarga ajratib, unga so"œnggi tartib raqamlarini qo"œygan. Bibliyaning asosiy ko"œrsatmalaridan biri kishilarni yakkaxudolikka targ"œib qilishdir. Bibliya jahon bo"œyicha keng tarqalgan, asrlar mobaynida ko"œpgina xalqlarning ahloqi, ma"œnaviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir san"œatiga barakali ta"œsir ko"œrsatgan. U XIX asrgacha 400 dan ziyod, XX asr mobaynida esa yana 1400 (jami 1978) tilga to"œliq yoki qisman o"œgirilgan. O"œzbek tilida ayrim qismlari 1891, 1913-yillarda Leypsig shahrida arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1990-yillarda Bibliyani tarjima qilish instituti Stoggolm tomonidan kiril yozuvida chop ettirilgan. 1992-yilda mazkur institut Injil va Zaburni to"œliq holda va Tavrotdan "œIbtido" qismini bir kitobga jamlab so"œz boshi, lug"œat, jadvallar, xaritalar hamda rangli fotosuratlar bilan chop etgan.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 15:37:23

BRONZA DAVRI — ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollari ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab keldilar. Mil. avv. IV mingyillikning boshlariga kelib, ayrim joylarda (O"œzbekiston yerlarida mil. avv. III mingyillik oxiri — II mingyillikda) turli zeb-ziynat bezaklarini, ba"œzi mehnat qurollarini misdan yasay boshlaydilar. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari mo"œrt va yumshoq bo"œlganligidan mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan va ma"œlum davrdan so"œng qalayni misga qorishtirib bronza (jez) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi ko"œpaydi, bronzadan keskirroq tig"œli qurol-yarog"œlar yasala boshladi. Ovchilik va terimchilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o"œzining dastlabki ahamiyatini yo"œqotdi. Ot, eshak, tuya va ho"œkizdan transport vositasi sifatida foydalanildi. Hayvonlarga qo"œshiladigan aravalar vujudga keldi. Bu davrda xo"œjalikning, asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi qismi, Farg"œona vodiysining shimoli-sharqiy qismi va janubiy Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qadimgi dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay bo"œlgan. Bu davrda O"œzbekiston janubi va Afg"œoniston shimolida rivojlangan Baqtriya dehqonchilik madaniyati vujudga keldi. O"œzbekistonda 3 ta asosiy dehqonchilik vohasi — Sherobod, Sho"œrchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qadimgi ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Bronza davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Mo"œlali, Jarqo"œton kabi urug"œ jamoasining turar joylari — qishloq qo"œrg"œonlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan. Xorazmda mil. avv. II mingyillikning 2-yarmida bronza davrining Tozabog"œyob madaniyati mavjud bo"œlgan. Bu madaniyat Burgut qal"œa vohasidagi Tozabog"œyob kanali yaqinidan topilgan. Bu madaniyat dehqonchilik va irrigatsiya tarmoqlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 makonlari, Ko"œkcha-3 va boshqa mozorqo"œrg"œonlar). Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak bo"œlgan. Yassi tubli chizma boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Bronza metallurgiyasi rivojlangan. Xorazmda so"œnggi bronza — ilk temir davriga Suvyorgan (mil. avv. II mingyillik) va Amirobod (mil. avv. I mingyillik boshi) madaniyatlariga mansub. Suvyorgan madaniyati 3 bosqichni (Qamishli, Bozorqal"œa, Qovinchi) o"œtgan. Urug"œ jamoalari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shug"œullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urug"œi an"œanalari kuchli bo"œlgan, lekin keyingi ikki bosqichda erkaklarning jamoadagi mavqei ortgan. Ayollar erlarga iqtisodiy jihatdan qaram bo"œla bordi. Katta oila jamoalarida ota huquqi qaror topib mustahkamlandi. Endi qarindoshlik otaga qarab belgilandi, urug"œlar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va huquqiy hukumronligi asosida qurilib, bolalar ota mulkiga merosxo"œr bo"œla boshladi. Farg"œona vodiysida so"œnggi bronza davriga mansub Chust madaniyati aholisining asosiy mashg"œuloti dehqonchilik, chorvchilikdan iborat bo"œlgan. Quyi Zarafshonning Zamonbobo madaniyati so"œnggi bronza davrining Andronovo madaniyatiga juda yaqindir. Andronovo madaniyatining yuqori bosqichiga mansub yodgorliklar Xorazmda, Toshkentdagi Ko"œkcha mozorida, Buxoro viloyatining Qorako"œl tumabnida, Urgut tumanining Mo"œminobod qishlog"œida, Chirchiq daryosi bo"œyida — Achichiqko"œl va Sergeli tepalarida topilgan. Toshkent vohasida so"œnggi bronza davri Burganli madaniyatida aksini topgan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa shiddat bilan yemirilib, qabilalar o"œrtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga keldi. Tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, mil. avv. II mingyillikning oxiri va I mingyillikning birinchi choragida O"œrta Osiyo hududida dastlabki qadimgi davlat tuzilmalarining paydo bo"œlishi kuzatiladi.                     
CHOPPERLAR — uchi bir tomonga qarab o"œtkirlangan qo"œpol tosh qurol.

Qayd etilgan


Robiya  03 Aprel 2008, 16:20:09

DAH"œYA — "œAvesto"da bir qancha qabilalar ittifoqi shunday nomlangan.
DAVRLASHTIRISH — insoniyat  tarixining bir-biridan tubdan farq qiluvchi davrlarga bo"œlinish.
ENEOLIT (lotincha «eneus» - «mis» va yunoncha «paleos» - «tosh») - mis-tosh asri. IV-III mingyilliklarda tosh bilan birga misning ishlatilgan davri. Eneolit davrida metall ishlab chiqarish odamlarning moddiy va ma`naviy madaniyatiga katta ta`sir qildi. Mil. avv. IV mingyillikda Qadimgi Sharqda shahar va davlatlar, O`rta Osiyo janubida esa sug`orma dehqonchilik vujudga keldi. Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshladi; sopol idishlar hayvon, qush, o`simlik shaklidagi naqshlar bilan bezatildi. Eneolit davrining ko`plab manzilgohlari Turkmaniston janubi (Anov, Namozgoh, Oltintepa)da va Zarafshonning yuqori oqimlarida topib o`rganilgan. 
ENG QADIMGI URUG"œCHILIK TUZUMI — insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo"œlgan, hamma odamlar hamkorlikda mehnat qilgan davr.
EPIGRAFIKA (yunoncha epigrahe - bitik) — qadimgi bitiklarni o"œrganish bilan shug"œullanuvchi yordamchi tarix fani.
ETNOGRAF — hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlab qolgan ko"œpgina udumlari, xo"œjalik va madaniy an"œanalarini o"œrganuvchi olim.
ETNOGRAFIYA - elshunoslik, ya"œni o"œtmishda va hozirda yashayotgan odamlarning urf-odatlari, xo"œjaligi, moddiy va ma"œnaviy madaniyatni o"œrganuvchi fan.
FARG"œONATROP — olimlar Farg"œonaning Seleng"œur g"œoridan topilgan odam suyagi qoldiqlariga shunday nom berishgan. Ilk tariximizning tamal toshlari ilk bor ajdodlarimiz tomonidan Selung"œur g"œorida qo"œyilgan bo"œlib, uning yoshi 1 mln 200 ming yil bilan belgilanadi. Bizning tariximiz Selung"œur g"œorida paydo bo"œlgan arxantroplardan boshlanadi. O"œrta Osiyo xalqlarining ajdodlari ilk bor Farg"œona vodiysida paydo bo"œlgan va azaldan ularning avlodlari uzluksiz yashab kelmoqda.
FITESHIZM (portugalcha fetico, fransuzcha fetiche - sehrli narsa, tumor) - g"œayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar - fetishlarga sig"œinish. Sig"œinish obyektlari, ya"œni fetishlar - tosh, tayoq, ko"œzmunchoq, tumor va har qanday buyum bo"œlishi mumkin. Fiteshizm dinining qadimgi unsurlaridan biri. Barcha ibtidoiy xalqlarda bo"œlgan.

Qayd etilgan


Robiya  03 Aprel 2008, 16:26:56

GENELOGIYA - alohida insonlarni kelib chiqishi, qarindoshlik aloqalari, bir oila ajdodlarini o"œrganish bilan shug"œullanadi.
GEYDELBERG ODAMI — 1907-yili Germaniyaning Geydelberg shahri yaqinidagi Mauer qishlog"œidan topilgan  pitekantroplarga yaqin bo"œlgan qazilma odam. Qadimligi 400 ming yilga yaqin. Unda iyak bo"œlmay, tuzilishi xuddi maymunnikiga, ammo tishlarining tuzilishi odamnikiga o"œxshaydi. Jag"œ suyagi bilan birgalikda sut emizuvchi hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan.   
HARBIY DEMOKRATIYA — ilk davlatchilikka o"œtish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan bir boshqaruv shakli.
HOMO HABILIS - "œIshbilarmon odamlar".  Zinjantroplar eng sodda mehnat qurollarini yasay olgani ya`ni toshni-toshga urib mehnat qilgani uchun unga olimlar ushbu nomni berishgan.
HOMO SAPIENS - "œAql-idrokli, ongli odamlar". Ushbu nom so`nggi paleolit odami kromanyonga berilgan. Ularning ongi , tili rivojlangan bo`lib , bir-birlari bilan burro-burro so`zlashganlar.
IBTIDOIY TO"œDA — turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan qadimgi odamlar jamoasi.
ISHLAB CHIQARUVCHI XO"œJALIK — ancha vaqt urug"œni o"œsimlik va hayvon yegulik mahsulotlari bilan ta"œminlab kelgan ziroatchilikva chorvachilikdir. Zirotchilik termachilikdan boshlangan, chorvachilik esa ov va hayvonlarni qo"œlga o"œrgatishdan kelib chiqqan.
JARQO"œTON OTASHKADASI - Surxondaryo viloyati Jarqo"œton shahri xarobasidagi otashparastlar ibodatxonasi. O"œrta Osiyo va O"œrta Sharqdagi eng qadimiy otashkada hisoblanadi. Jarqo"œton otshkadasida A.Asqarov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya tadqiqot ishlarini olib borgan (1973-yildan). Jarqo"œton otashkadasining tarhi to"œgri to"œrtburchak bo"œlib, devor (qalinligi 4,5 m) bilan o"œralgan. Unda doira shakldagi 6 sajdagoh, 5 muqaddas quduq, tabarruk ashyolar saqlanadigan maxsus xona boshqa xo"œjalik xonalari bo"œlgan.
KOHINLAR — qadimda diniy marosimlarni olib borgan, xudolar va odamlar o"œrtasida vositachi  hamda qurbonlik bag"œishlaydigan ruhoniylar.
KROMANYON («homo sapiens» - «ongli odam») — so`nggi paleolit davrining hozirgi (neantroplar) ko`rinishida bo`lgan qazilma odamlarning umumlashma nomi. 40-12-ming yil ilgari yashagan. 1868-yilda Fransiyaning g`oridan topilgan (nomi shundan). Dunyoning barcha qismida kromanyonga oid suyak qoldiqlari topilgan. Kromanyonning yuz tuzilishi hozirgi zamon odamiga o`xshaydi. Ular taxm. 140 ming yil muqaddam paydo bo`lishgan.   
LINGVIST — tilshunos olim, u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo"œsinda shakllanganini tushunish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etuvchi olim.
LINGVISTIKA — qadimgi va hozirgi tillarni o"œrganuvchi tilshunoslik fani.

Qayd etilgan