Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346433 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 38 B


Robiya  23 Iyul 2008, 16:31:27


241. Quyidagi qaysi sanalar Olimpiada o"œyinlari tarixida muhim hisoblanadi?
1) mil. avv. 776-yil; 2) mil. avv. 394-yil; 3) 1877-yil; 4) mil. avv. 767-yil; 5) 1896-yil; 6) mil. avv. 435-yil.
A) 2, 3, 6
B) 1, 2, 5
S) 1, 3, 5
D) 1, 2, 3
E) 1, 4, 6

242. Qadimgi Yunonistondagi teatrlarda tomoshabinlar aktyorlarning kimlarni tasvirlayotganligini qanday qilib ajratib olishardi?
A) aktyorlarning niqoblariga qarab
B) tomosha boshlanishidan oldin aktyorlarning qaysi obrazda o"œynayotganligi tanishtirib chiqilardi
S) aktyorning harakatiga qarab
D) aktyorlar kiyib olgan kiyimiga qarab
E) aktyorlar taqib olgan qurollarga qarab

243. Qadimgi yunon haykaltaroshlarini aniqlang.
A) Aristofan va Dedal
B) Miron va Poliklet
S) Fidiy va Dedal
D) Fidiy va Poliklet
E) Sofokl, Yevripid, Aristofan

244. Yunonlarning Parfenon — iloha Afina ibodatxonasi peshtog"œining yuqori qismida nima tasvirlangan?
A) hayvonlar tasviri
B) gimnastika bilan shug"œullanayotgan bolalar tasviri
S) odamlar va xudolar siymosi
D) odamlar va tabiat tasviri
E) xudolar siymosi

245. Quyidagilarning qaysilari qadimgi yunon faylasuflari hisoblanadi?
1) Geraklit; 2) Kvint Kursiy Ruf; 3) Sima Szyang; 4) Diogen; 5) Demokrit; 6) Pompey Trog; 7) Aristotel; 8) Strabon; 9) Platon; 10) Rixtgofen; 11) Demosfen; 12) Sokrat.
A) 2, 3, 4, 6, 8, 10
B) 1, 2, 4, 5, 9, 11
S) 1, 3, 5, 7, 9, 11
D) 1, 4, 5, 7, 9, 12
E) 2, 3, 5, 7, 8, 11

246. Qadimgi yunon afsonalariga ko"œra, necha jasorat tufayli Gerakl Olimp tog"œidagi xudolar saltanatida faxrli o"œringa ega bo"œlgan?
A) o"œn ikki
B) yetti
S) to"œqqiz
D) to"œrt
E) o"œn besh

247. Quyidagi qaysi javobda Yunonistonning tarixiy shaxslari to"œg"œri ko"œrsatilgan?
1) Oktavian Avgust; 2) Gerakl; 3) Drakont; 4) Mark Antoniy; 5) Solon; 6) Filipp II; 7) Perikl; 8) Menes; 9) Demosfen; 10) Miltiad.
A) 1, 4, 5, 6, 7, 10
B) 3, 5, 7, 9, 10
S) 1, 3, 7, 10
D) 2, 3, 5, 7, 9
E) 2, 4, 6, 8, 10

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:32:57

IV BO"œLIM. MILODDAN AVVALGI VI —
MILODIY IV ASRLARDA O"œRTA OSIYO

Ahamoniylar davrida O‘rta  Osiyo
(miloddan avvalgi 540-330 yillar)
Mil. avv. VI asrda Eronda yashovchi xalqlar Kir II boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Ahomoniylar davlati hududi Eronni va Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib olish natijasida tashkil topgan. Ahomoniylar davlatiga Ahomoniylar vakili Kir II (mil. avv. 558-530) asos solgan. Ahomoniylar davlati dunyoning yirik bir mintaqasida tarqoq holda yashayotgan xalq va elatlarni siyosiy jihatdan birlashtirgan birinchi yirik jahon imperiyasidir. Bu davlat hukmdorlari tarixda birinchi bo‘lib butun dunyoni bosib olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan edilar. Ahamoniylar davlatini Ahamoniylar sulolasi boshqargan. Bu sulola qadimiy fors urug‘idan boshlanib, bu urug‘ asoschisi Axoman miloddan avvalgi 7 asrda Parsua deb nom olgan viloyatga ko‘chib kelgan fors qabilasining yo‘lboshchisi bo‘lgan. O‘rta  Osiyoda Ahomoniylar sulolasi mil. avv. 540-330-yillarda hukmronlik qilgan.
Kir II 545-540-yillarda Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oladi. Shunday qilib, Ahamoniylar O‘rta  Osiyoning o‘troq dehqonchilik aholisini birinchi bo‘lib bo‘ysundirgan edilar. Kir II ning O‘rta  Osiyoga yurishlarini qadimgi yunon tarixchisi Gerodot ta’riflagan.
Mil. avv. 530-yilda Kir II O‘rta  Osiyodagi massagetlarga qarshi yurish qiladi. Bu haqida Gerodot «Tarix» asarida forslarning Araks (Amudaryo) daryosidan kechib o‘tishi va massagetlar yerlarining ichkarisiga kirib borishi, To‘marisning o‘g‘li Sparganis boshchiligidagi massagetlarning bir qismi tasodifan forslardan mag‘lubiyatga uchrashi, To‘maris boshchiligidagi massagetlarning harakatlari natijasida forslarning butunlay qirib tashlanishi, podsho Kir jasadining jang maydonidan topilishi va uning kesilgan boshini qon bilan to‘lg‘izilgan meshga solinishi tasvirlangan.
Gerodot o‘zining asarida Kir II ning olib borgan janglari xususida so‘z yuritib, massagetlar va forslar o‘rtasidagi bu jang barcha janglardan ham dahshatli bo‘lganini ta’kidlaydi.
Kir II ning o‘g‘li Kambiz (mil. avv. 529-522) otasining bosqinchilik siyosatini davom ettiradi. Uning qo‘shinlari Misrni bosib oladi. Shunda Kambiz o‘z akasi Bardiyani o‘ldirib, hokimiyat tepasiga qonunsiz kelgani oshkor bo‘lib qoladi. Bu holdan foydalangan zardushtiylik kohini Gaumata o‘zini Bardiya deb e’lon qilib, taxtga o‘tiradi. Kambizni Eronga qaytayotganda yo‘lda o‘ldiradilar. Biroq, Gaumataning qismati ham shunday tugaydi. U mil. avv. 522-yilda o‘ldirilib, o‘rniga Ahamoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan Doro I  (mil. avv. 522-486) o‘tiradi.     
Mil. avv. 522-yilda Ahamoniylar taxtiga Doro I o‘tirishi bilanoq fors bosqinchilariga qarshi Parfiyada (miloddan avvalgi 522 yil 30.09-521 yilning yozi), Marg‘iyonada Frada boshchiligida (mil. avv. 522 yil 30.09.-10.12.) va saklar o‘lkasida Skunxa boshchiligidagi (miloddan avvalgi 519-yil) qo‘zg‘olon ko‘tariladi.
Doro I ning harbiy yurishiga qarshi tarixchi Poliyenning «Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning  harbiy jasorati diqqatga molikdir. Manbada hikoya qilinishicha, yilqi boquvchi Shiroq o‘z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni hiyla ishlatib, chalg‘itib, Qizilqumning halokatli jazirama  dashtlariga boshlab boradi va o‘z jonini qurbon qilib bo‘lsa-da, vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi. Shiroq - millat, yurt va vatanga fidoiylik, vatanparvarlikning yorqin timsolidir.
Doro I O‘rta  Osiyodagi Ahamoniylarga qarshi qo‘zg‘olon haqida Kirmonshoh shahri yaqinidagi Behistun qoyalariga rasm va bitiklarni yozdiradi. Behistun yozuvlari uch tilda — qadimgi fors, elam va bobil tillarida yozilgan. Bu yozuvlarda u zabt etgan mamlakat va xalqlar, jumladan O‘rta  Osiyodagi Xorazm, Sug‘diyona va Baqtriya  viloyatlari bilan barcha sak qabilalari sanab o‘tiladi.
O‘rta  Osiyo xalqlarining erk va ozodlik kurashlari ahamoniy hukmdorlarni bir qator islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. Jumladan, Doro I saroy zodagonlari huquqlarini cheklashga majbur bo‘lgan, mamlakatda o‘zining mutlaq hokimiyatini o‘rnatgan. Mamlakatni 20 ta «xshatra», ya’ni viloyatlarga bo‘lib idora qilgan. Viloyat boshlig‘i-satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan. Har bir viloyat ayg‘oqchisi bo‘lgan. Bu ayg‘oqchilar hukmdorning viloyatlardagi «ko‘zu-quloqlari» edi.
O‘rta  Osiyoning bosib olingan viloyatlari uch satraplikka bo‘lingan. Ular baqtriyaliklar, egllar, saklar, kaspiylar, parfiyaliklar, sug‘diylar va xorazmliklarning yerlari bo‘lgan. Har bir satraplik yillik xiroj to‘lagan va hasharlarga jalb qilingan. 12 satraplikka Baqtriya bilan Marg‘iyona kirgan bo‘lib, 360 talan yillik xiroj, 15 satraplikka saklar bilan kaspiylar kirgan bo‘lib, 250 talan yillik xiroj, 16 satraplikka Parfiya, Xorazm, So‘g‘d va Ariya kirgan bo‘lib, 300 talan yillik xiroj to‘lagan. Ahamoniylar Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasini bosib olmagan.
Ahamoniylar davrida O‘rta  Osiyo aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. Mil. avv. VI-IV asrlardagi yirik shaharlar Afrosiyob, Qiziltepa, Erqo‘rg‘on, Uzunqir, Qal’aliqir yirik hunarmandchilik markazlari bo‘lgan. Erkqal’a qalin va mustahkam mudofa devorlari bilan o‘ralgan. Zargarlik san’atining yuqori darajada rivoj topganiga Amudaryo xazinasining oltin va kumushlari yorqin misol bo‘la oladi. Bugun ular Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Amudaryo xazinasi buyumlarini 1877-yilda Qo‘bodiyonda mahalliy aholi topib olgan. Bu xazinaning 180 taga yaqin zargarlik buyumlari va ko‘plab tangalari bo‘lgan.
Ahamoniylar davrida ko‘pgina sharq xalqlarining siyosiy birligi, keng madaniy va iqtisodiy aloqalar rivojiga asos soldi. Bu davrda O‘rta  Osiyoda oromiy yozuvi tarqaladi. Oromiy yozuvi asosida 4 ta mahalliy yozuv ajralib chiqdi. Bular parfiya, sug‘d, baqtriya va xorazm yozuvlari bo‘lib, ular O‘rta Osiyoda arablar kelguncha saqlanib qoldi. Mil. avv. VI-IV asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi natijasida O‘rta Osiyo xalqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. Mil. avv. V-IV asrlarda O‘rta Osiyoda dastlabki Ahamoniylar tangalari tarqalgan.

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:34:15

Makedoniyalik Iskandarning yurishlari va yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurash

Mil. avv. 360-yilda Filipp II  Makedoniya taxtiga o‘tirdi. Kuchli armiya tuzib, Yunonistonni egallab olgan Filipp II 337-yilda Korinf shahridagi anjumanda o‘zini Yunoniston podshosi deb e’lon qildi. Bu davrda Ahamoniylar bilan Yunoniston o‘rtasida ziddiyatlar kuchaydi. Filipp II miloddan avvalgi 336-yilda forslarga qarshi urush e’lon qildi. Ammo shu yili uning  o‘ldirilganligi tufayli urush harakatlari to‘xtab qoldi. Taxtni Filipp II ning 20 yoshli o‘g‘li Iskandar egalladi.
Iskandar otasi Filipp II yo‘lini davom ettirdi. Ammo u dastlab mamlakat ichki hayotini mustahkamladi. Davlat hokimiyatiga qarshi bo‘lgan amaldorlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rdi. U Bolqon yarim orolida o‘z hokimiyatini mustahkamladi.
Mil. avv. 334-yilda Iskandarning qo‘shinlari forslarga qarshi yurish boshladi. Uch asosiy qattiq janglarda — mil. avv. 334-yilda Granik, mil. avv. 333-yilda Iss va mil. avv. 331-yilda Gavgamelda forslar mag‘lubiyatga uchradilar va makedonlar Ahamoniylar davlatining sharqiy chegaralariga yetib bordilar.
Mil. avv. 329-yilda Iskandar Hindiqush tog‘laridan o‘tib, Baqtriyaning markazi Baqtrani istilo qiladi. Baqtriya va Sug‘diyonaning hokimi Bess oxirgi ahamoniy podshosi Doro III ni o‘ldirishda qatnashib, o‘zini Artakserks IV - «ulug‘ podsho» deb e’lon qiladi va Sug‘diyonaning Nautaka viloyatiga qochib ketishga majbur bo‘ladi.
Bess Spitamen, Oksiart va Datafaron bilan ittifoq tuzib, yunonlarga qarshi kurashishga ahd qiladilar. Biroq, Bess o‘zini ulardan yuqori tutib, podsholarcha munosabatda bo‘lishni talab qilishi, ular o‘rtasida kelishmovchilikni keltirib chiqaradi. Ittifoqchilar Bessni Iskandarga topshirishga ahd qiladilar. Iskandar lashkarboshi Ptolemey Lagni Nautakaga yuboradi.
Nautaka va Maroqanda shaharlarini Iskandar zabt etadi. Maroqandada u o‘z harbiylarining bir qismini qoldirib, Sirdaryo tomonga yo‘l oladi. Ustrushonada 30 ming aholidan 22 ming aholini qirib tashlaydi, Kiropolisda qattiq janglarni olib boradi.
Shu davrda Spitamen boshchiligida yunon-makedonlarga qarshi kurash boshlanadi va Maroqandadagi askarlariga yordam berish maqsadida qo‘shinlarining bir qismini yuboradi. Bu qo‘shin Politimet (Zarafshon) jangida Spitamen tomonidan qirib tashlanadi. Iskandar uchun bu juda ham katta mag‘lubiyat edi. Spitamenga qarshi jiddiy tayyorgarlikni amalga oshirish maqsadida uning o‘zi asosiy kuchlari bilan Maroqandaga etib keladi, lekin Spitamen tezda g‘oyib bo‘ladi. G‘azablangan Iskandar Sug‘diyonadagi 120 ming tinch aholini qirib tashlaydi.
Mil. avv. 328-yilda Spitamen Baqtriyada va Quyi Zarafshonda yunon-makedonlarga qarshi hujum uyushtiradi, ammo bu janglar Spitamen uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanadi va u saklar bilan cho‘lga qochishga majbur bo‘ladi. Saklar Iskandar ularning yerlariga hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganidan habardor bo‘lib, Spitamenni o‘ldiradilar.
Spitamenning o‘limidan keyin xalq harakati susaygan bo‘lsa-da, lekin tamoman so‘nmadi. Iskandar hiyla ishlatib mahalliy hukmdorlardan Sug‘d qal’asining hokimi Oksiartning qizi Roksanaga uylanadi, mahalliy xalqqa o‘zini yaqin tutib, uning milliy urf-odatlarini qabul qiladi, milliy kiyimlarini kiyib yuradi. Shundan so‘nggina mahalliy hukumdorlarning bir qismi uning tomoniga o‘tadi va Iskandar o‘z niyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
Iskandar Baqtriya, Sug‘diyona va Ustushonaning bir qismini istilo qilib, mil. avv. 327-324-yillarda Hindistonni zabt etadi. Xorazm, Choch, Farg‘ona va saklar yurti mustaqil bo‘lib qoladi. U mil. avv. 323-yilda o‘z davlatining yangi poytaxti Bobil shahrida vafot etadi. Shunday qilib, makedoniyalik Iskandar olib borgan bosqinchilik va adolatsiz urushlar oqibatida O‘rta  Osiyoda Ahamoniylar zulmi yunon-makedon istilochilari zulmi bilan almashdi. O‘rta  Osiyoda zabt etilgan viloyatlar va shaharlarni boshqarish uchun yunon-makedon sarkardalari bilan birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. Masalan: Artaboz-Baqtriyada, Oksiart va Xoriyen Sug‘diyona viloyatlarida hokimlik qilar edilar.
Iskandarning harbiy yurishlari Sharq va G‘arb o‘rtasidagi keng savdo-sotiq hamda madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. O‘rta  Osiyo tarixida antik (lotincha antiquus - qadimgi) davr boshlandi. Yunonlar Qadimgi Sharqning juda ko‘p madaniy yutuqlarini qabul qiladilar va o‘zlarining madaniy ta’sirini ham mahalliy aholining madaniyatiga joriy etdilar. Makedoniyalik Iskandar o‘z saltanatida 70 dan ziyod shahar, jumladan Markaziy Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan. Ularning ba’zilari vayron etilgan So‘g‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘rnida, boshqalari esa tayanch qal’alar tarzida yangidan qurildi. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda va otliq askarlari joylashdi. Mil. avv. 324-yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniyaliya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va Sug‘diyona yoshlari hisobiga to‘ldiriladi. Iskandar va uning yaqin lashkarboshlarining o‘limidan so‘ng mahalliy hamda yunon madaniyatining qo‘shilish jarayoni, ya’ni ellinlashtirish boshlanadi.

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:35:22

                                                       Salavkiylar davlati
                                             (miloddan avvalgi 312-64 yillar)


Iskandar Zulqarnayn vafotidan so‘ng taxt vorisligi uchun uning lashkarboshilari o‘rtasida kurash avj olib ketdi. Natijada Iskandar davlati uch mustaqil davlatga bo‘linib ketdi: Makedoniya, Misr va Suriya (Salavkiylar) davlatlariga.
Mil. avv. 312-yilda Salavkiylar davlatiga Bobil satrapiyasining diodoxi  Salavk I Nikator (mil. avv. 358-280) asos solgan. Salavkiylar hukmronligi Kichik Osiyo, Suriya, Eron va O‘rta  Osiyoda o‘rnatildi. Salavkiylar hokimiyati Sharqdagi harbiy manzilgohlarda joylashgan yunon-makedon qurol aslahalari bilan qurollangan, mahalliy xalqlarning vakillari harbiy kuchlariga tayangan edi. Yunon-makedon hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Sharqda ko‘plab harbiy tayanch nuqtalarni barpo etish Iskandar davrida boshlangan edi. Iskandar O‘rta  Osiyoda 12 ta shaharga asos solgan edi. Salavk I Nikator asos solgan 75 ta shahar Salavkiylar davlatining asosiy tayanchi bo‘lgan.  Uning davlatidan o‘tgan xalqaro savdo yo‘llar ichki va tashqi savdoning kuchayishi va hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Salavkiylar davlati satrapliklarga bo‘linib, ularni strateglar boshqargan. Starteglar sobiq lashkarboshilardan tayinlangan bo‘lib, ular davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan shug‘ullangan.   
Mil. avv. 293-yilda davlatning sharqiy viloyatlariga Salavka va Spitamenning qizi Apamaning o‘g‘li Antiox hokim etib tayinlanadi. Salavka va uning o‘g‘li O‘rta  Osiyoga katta e’tibor bergan. Bu davrda qishloq ho‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq ancha rivojlangan. Bu hududlarda 75 ta shahar qurilgan. Antiox davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-oltin, kumush, mis drham va tetradrhamlar (pul birligi) zarb qilingan.
Ellinlashtirish jarayoni boshlanadi. Elinlashtirish — Sharqqa yunon madaniyatining yoyilishi jarayoni, aralash madaniyatining — yunon va mahalliy sharq madaniyatitning tashkil topish jarayoni. Salavkiylar davlati hududlariga ko‘chmanchi qabilalar tez-tez hujum qilib turar edi. O‘zi notinch bo‘lsada, Salavka Hindiston bilan urush harakatlarini olib borgan va engilgan. Bu hol salavkiylarning O‘rta   Osiyodagi obro‘siga salbiy ta’sir qildi. Salavkiylarga qarshi mahalliy xalq qo‘zg‘olonlar ko‘taradi. Ayniqsa bu qo‘zg‘olonlar mil. avv. 280-yilda Salavka vafotidan so‘ng kuchayadi. Mutloq hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan uning o‘g‘li Antiox mahalliy zodagonlarga tayanib, O‘rta  Osiyodagi qo‘zg‘olonlarni bostirgan. Antiox hukmronligi davri (mil. avv. 293-261-yillar)da g‘arbga qilgan harbiy yurishlari bilan shuhrat qozondi. Natijada sharqiy viloyatlar ma’lum darajada uning e’tiboridan chetda qoldi. Bu jarayondan foydalangan sharqiy viloyatlar mustaqillikka intilib, salavkiylarga qarshi chiqishlar uyushtirdilar. Natijada salavkiylar davlati parchalanib ketgan. Mil. avv. III asr o‘rtalari kelib dastlab Parfiya, so‘ngra Yunon-Baqtriya bu davlat tarkibidan ajralib chiqib, mustaqillikka erishdilar.
Antiox III davrida (mil. avv. 223-187) Salavkiylar davlati siyosiy jihatdan mustahkamlandi. Lekin mil. avv. 190-yili rimliklar bilan bo‘lgan urushda yengildi va u tanazzulga uchray boshladi. Hukmdorlar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar natijasida Salavkiylar davlati yanada kuchsizlana bordi va nihoyat Rim uni o‘z viloyatiga aylantirib oldi.   


Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:36:28

                       Yunon-Baqtriya podsholigi (miloddan avvalgi 250-130-yillar)

Yunon-Baqtriya podsholigiga salavkiylarning Baqtriyadagi eparxi (noibi) Diodot asos solgan. Baqtriyadagi mahalliy va yunon zodagonlariga tayangan Diodot I mil. avv 250-yilda O‘rta  Osiyoda salavkiylarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonidan foydalanib, Baqtriyani salavkiylar davlatidan ajratib oldi va o‘zini Baqtriya podshosi deb e’lon qildi. Hukumdorlar yunon zodagonlaridan bo‘lgani uchun bu davlat tarixda Yunon-Baqtriya podsholigi nomini olgan. Uning tarkibiga Baqtriya, Sug‘d, Marg‘iyona, Choch va Dovon viloyatlarining bir qismi kirgan. Poytaxti qadimgi Zariasp - Balx shahri bo‘lgan.
Parfiyani qo‘lga kiritish maqsadida Diodot I salavkiylar tomonidan turib Arshak I ga qarshi kurashgan bo‘lsa, o‘g‘li Diodot II Parfiya bilan ittifoq bo‘lib, salavkiylarga qarshi urush olib borgan. Diodot I davlat hokimiyatini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan, Diodot II esa buni aksini qilgan. Natijada mil. avv. 230-yilda Diodot II taxtdan tushirilib, hokimiyat Sug‘d  hokimi bo‘lgan Yevtidem I qo‘liga o‘tadi. Mil. avv. 208-206-yillarda Yevtidem O‘rta  Osiyo satrapliklarini qaytarib olish maqsadida yurish qilgan salavkiylar podshosi Antiox III bilan shiddatli janglar olib borgan. Mil. avv. 208-yilda Antiox III Oh daryosining quyi oqimida - Marg‘iyonada Yevtidemning otliq askarlarini tor-mor qilib, Zariasp shahrini qamal qiladi. Mil. avv. 206-yilda ular o‘rtasida sulh tuziladi. Sulhga ko‘ra, Antiox III Yevtidemning shohligini tan oladi. Yunon-Baqtriya podsholigining eng kuchaygan davri Yevtidem va uning o‘g‘li Demetriy hukmronlik yillariga (mil. avv. III asrning 2-yarmi va II asrning 1-yarmi) to‘g‘ri keladi. Demetriy davrida (mil. avv. 199-167) davlat chegaralari har jihatdan kengayib, taraqqiy eta boshlaydi. Uning nomi bilan tangalar zarb qilinadi, davlat boshqaruvida islohatlar o‘tkazadi, davlatni mayda hokimliklarga bo‘lib boshqarishni joriy qiladi, mahalliy aslzodalarni davlat boshqaruviga keng jalb qiladi. Demetriy davrida bir qator harbiy qal’alar quriladi, ana shunday qal’alardan biri Termiz shahridir. Bu shahar o‘z joylashgan mavqeiga ko‘ra davlatning iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan. Davlat chegaralarining Hindiston hisobiga kengayishi munosabati bilan Demetriy davlatining markazini janubga — Taksilaga ko‘chiradi. Demetriyning Hindistonga yurishidan foydalanib, mil. avv. 175-yilda uning sarkardasi Yevkratit Baqtriyada davlat to‘ntarishini amalga oshirib, hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi. Unga qarshi otlangan Demetriy jangda halok bo‘ladi (mil. avv. 167-yil).
Yevkratit davrida (mil. avv. 167-155) Parfiya podshosi Mitridat I (mil. avv. 171-138) Marg‘iyonani bosib oladi. Xuddi shu vaqtlarda Sug‘diyona Yunon-Baqtriya davlatidan ajralib ketdi. Mil. avv. 155-yilda Yevkratit o‘z o‘g‘li Geliokl tomonidan o‘ldiriladi. Geliokl davrida (mil. avv 155-130) faqat Baqtriya viloyatinigina o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Mil. avv. II asr o‘rtalarida bu davlatning harbiy-siyosiy qudrati orqaga keta boshladi. Bundan foydalangan yuechji qabilalari mil. avv. 140-130-yillar Yunon-Baqtriya podsholigini bosib oldilar.
Termiz, Taxti-Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobdan topilgan arxeologik qazilmalar Yunon-Baqtriya davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu davlatda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, madaniyat va savdo ancha rivojlangan. Davlat bir necha viloyatlarga bo‘lingan edi. Yagona hukmdor podsho bo‘lgan, viloyat hokimlari unga bo‘ysunganlar. Yunon-Baqtriya davlatida har xil tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan.   


Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:38:13

                    Qadimgi Xorazm (miloddan avvalgi IV asrdan-milodiy IV asrgacha)

Mil. avv. IV asrda Xorazm ahamoniylardan mustaqil davlatga aylandi. Mil. avv. 328-yilda Xorazm podshosi Farasman 1500 askari bilan Iskandarning huzuriga kelib, Qora dengiz bo‘yi qabilalari ustiga yurish qilmoqchi bo‘lsa, bu yurishda unga yordam qilmoqchi ekanligini bildiradi. Tarixiy manbalarda Farasmandan keyingi Xorazm podsholari haqida biron bir ma’lumotlar yo‘q. Miloddan avvalgi III- milodning I asrdaqadimgi xorazmda shahar hayoti, iqtisodiyoti, madaniyati yuksak rivojlangan. Bu davrda zarb etilgan tangalarda Yunon-Baqtriya va Parfiya tangalariga taqlid qilib chiqarilgan Qang‘ tangalari uchraydi. Bu davrda Xorazm Qang‘ tarkibida bo‘lgan. I asrdan — III asrgacha esa Kushon tarkibida bo‘lgan. Arxeologlar numizmatika (tangashunoslik) ma’lumotlariga asoslanib shunday xulosaga kelganlar. III asrdan Xorazm podsholarining tasviri tushirilgan tangalar paydo bo‘ladi. Bu kumush va mis tangalarda Arsumaxa, Vazamar tasvirlari tushirilgan. Bu davrda Xorazm qudratli davlat bo‘lgan. Xorazm davlatining xo‘jaligi asosini dehqonchilik tashkil etgan. Shahar qurilishi, kulolchilik, qurolsozlik, to‘qimachilik va zargarlik yuksak darajada rivoj topgan. Xorazmda o‘ziga xos madaniyat vujudga kelgan. Jonbosqal’a, Qo‘yqirilganqal’a yodgorliklari o‘ziga xos madaniyat namunalaridir. Qo‘yqirilganqal’adan (mil. avv. IV asr — mil.I asr)  aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan. Astronom olimlar fikriga ko‘ra, Qo‘yqirilganqal’a ulkan rasadxona bo‘lgan. Jonbosqal’a (mil. avv. IV asr — mil.II asr) Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidagi Sulton Uvays tog‘i janubiy sharqida joylashgan. Jonbosqal’a 200x170 m iborat bo‘lib, xom g‘isht va paxsadan qilingan qalin va qo‘sh devorlar bilan o‘ralgan. Devorlarining balandligi 10-11 m, qalinligi 1-13 m, ular o‘rtasidagi 2,8 m kenglikda yo‘lak bo‘lib, tashqi devorda shaxmat taxtasi tarzida ikki qator qiya shinaklar bo‘lgan. Qal’ani ichida otashparastlarning ibodatxonasi-otashkada, 300 dan oshiq uy va kichik hovlilar bo‘lgan. Topilgan turli rangdagi marjon-munchoqlar orasida Suriya, Misr, Shimoliy Qora dengiz bo‘yi shaharlaridan keltirilganlari ham uchraydi. 
Tuproqqal’a ham milodning II-III asrlarida qurilgan ulkan inshoot bo‘lgani aniqlangan.  Arxeologlar Jonbosqal’ani "œhaykalchalar muzeyi", Tuproqqal’ani "œbehisob tangalar muzeyi" deb atashgan. Tuproqqal’aning maydoni17,5 gk bo‘lib, 3 gk ortiqroq maydonida ko‘shk-Xorazm podsho saroyi joylashgan. Podsho saroyi ko‘shkning markazida joylashgan bo‘lib, 80x80 m teng.  Bu qal’ada podsha arxivi ham topilgan. Arxiv 100 ga yaqin hujjatlardan iborat bo‘lib, 26 tasini o‘qish mumkin bo‘lgan. Topilgan hujatlarni mazmuniga ko‘ra ikki guruhga bo‘lish mumkin: soliqqa doir hujjatlar, yog‘ochga yozilgan (18 tasi), xo‘jalikka oid hujjatlar, teriga yozilgan. Tuproqqal’a qadimgi Xorazmning poytaxti bo‘lgan.   
Xorazm Sug‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va sahro ko‘chmanchilari bilan tashqi savdo munosabatlarini olib borgan. Mil. avv. I asrda va milodning I asrda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan.
Xorazmda O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuvlar topilgan. Oybuyirqal’a (mil. avv.V-IV asr) yodgorligida xum sirtiga chekilgan mahalliy yozuv topilgan.  Qo‘yqirilganqal’ada (mil. avv. IV-III asr) ham ba’zi yozuv namunalari topib o‘rganilgan. Bu manba yagona «asparak»-«otliq», «chavandoz» so‘zidan iborat. Xorazmdagi Tuproqqal’ada oromiy yozuvi asosidagi butun arxiv hujjatlar topilgan.
Milodning I asrida Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqilgan bo‘lib, bu taqvim VIII asrgacha amalda bo‘lgan.
Toponomik ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm so‘zining ma’nosi quyidagilarni bildiradi: Xvarri yeri (S.P. Tolstov), Oziq-ovqatga boy mamlakat (nemis olimi K.E. Zasxau), Quyoshli o‘lka (so‘g‘d), Qorasoch (qadimgi turkiy)

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:39:02

                     Qang‘  davlati (miloddan avvalgi III asrdan-milodiy III asrgacha)

Mil. avv. III asr boshlarida saklarning tashqi harbiy hujumlaridan ximoyalanish zarurati tufayli Qang‘ davlati tashkil topgan. Bu jarayon yunon-makedon hukmronligiga qarshi kurashlar davridan boshlangan. Dastlab uning hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan. Keyinchalik Qang‘ davlati hozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryo havzasi yerlarini egallagan.
Mil. avv. II asr oxiri - I asr boshlarida Qang‘ davlatining eng rivojlangan davridir. Qang‘ davlati bu davrda Xorazm, Sug‘d va Ural tog‘ oldi yerlarini o‘ziga bo‘ysundirib, bu davlatlarning ichki boshqaruviga aralashmagan, faqat yillik o‘lpon olib turgan. Qang‘ davlatining ikki poytaxti bo‘lib, uning hukmdorlari yozni O‘trorda, qishlovni esa Qanqada o‘tkazar edilar. Qanqa Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on  tumanidagi Qang‘xa shahar xarobasi o‘rnida joylashgan bo‘lib, unga mil. avv. III asrda asos solingan. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan.
Dovon davlati bilan do‘st davlat bo‘lgan. Mil. avv. 104-101-yillarda Xitoy-Dovon mojarolariga aralashib, xitoyliklarga katta talofat yetkazganlar.
Davlat boshqaruvida Oliy Kengash ahamiyati katta bo‘lgan. Oliy Kengash hukmdor bilan bamaslahat ish yuritgan. Qang‘liklar o‘troq va yarim o‘troq hayot kechirganlar. Ular asosan dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik, ma’lum bir qismi esa ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan.
Qang‘liklarda madaniyat va san’at ham yuksak darajada rivojlangan. Mil. avv. II-III asrlarga oid Xitoy manbalarida qang‘liklarning mohir sozanda, maqomchi va bastakor bo‘lganliklari, ularning mashhur raqqosalari to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Qang‘ va qang‘liklar to‘g‘risida, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti xaqida arxeologik qazilma yodgorliklar ham keng ma’lumot beradi. Bu borada ayniqsa Qovunchi madaniyati, Qang‘ xarobasi, Choshtepa yodgorliklari katta ahamiyat kasb etadi.
Toponomik ma’lumotlarga ko‘ra, Qang‘ so‘zi quyidagi ma’nolarni bildiradi:
«Mardonovor», «Jasurlik» (vizantiyaliklar), «Xorazm» (S. P. Tolstov), «Arava» (Rashididdin, XIII asr o‘rtalari), «Kanal» (K. Shoniyozov).


Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:41:13

                     Farg‘ona davlati (miloddan avvalgi III asrdan-milodiy II asr)
   
Farg‘ona vodiysining qadimgi davri tarixi yetarlicha o‘rganilmagan. Mil. avv II-I asrlar Xitoy manbalarida Farg‘ona vodiysi tarixi haqida ba’zi ma’lumotlar bor. Ana shu ma’lumotlarda Farg‘ona Dovon  podsholigi deb atalgan. Dovon davlati taxminan miloddan avvalgi III a. paydo bo‘lgan.
Mil. avv. II asr Xitoy manbalari ma’lumotlarida ta’kidlanishicha, Farg‘onada 300 ming aholi yashagan. Vohada 70 ta shahar bo‘lgan, poytaxti Ershi shahri edi.
Qadimshunoslarning tadqiqotlari natijasida Farg‘onada ko‘p sonli uy-qo‘rg‘onlar, qishloq va shahar xarobalari topib o‘rganilgan. Sho‘rabashat (O‘zgan yaqini), Uchqo‘rg‘on (Namangan viloyati) singari shaharlar atrofidagi aholisi yerni ishlash, sholi va bug‘doy yetishtirish, bog‘dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishganlar. Hunarmandchilik keng rivojlangan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning o‘rni katta bo‘lgan. Ularga nisbatan hurmat kuchli bo‘lgan.
Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Szyanning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Dovon ayniqsa o‘zining samoviy otlari bilan mashhur bo‘lgan. Farg‘onaliklar ot ustida turib kamon otishga juda mohir va jasur bo‘lganlar.
Dovon davlati Xitoy, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan.
Mil. avv. 104-101-yillarda Xitoy qo‘shinlari Dovonga yurishlar qilib, Ershi shahrini qamal qiladilar. Shu paytda Qang‘ davlatining qo‘shinlari yordamga kelib, xitoyliklarga qarshi kurashda faol qatnashdilar. Xitoy lashkarlari sulhga rozi bo‘lib, Dovonni tashlab chiqadilar.
Olimlarning aniqlashicha, milodning II asr Farg‘ona davlati barham topdi va uning yerlari Kushon podsholigiga qo‘shib olindi.
Farg‘ona so‘zi quyidagi ma’nolarni bildirgan: "œkichik viloyat" (hind), "œtog‘ oralig‘idagi vodiy", "œatrofi berk soylik" (fors).


Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:47:38

                          Kushon davlati  (miloddan avvalgi I asr-milodiy IV asr)

Spitamen qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng mil. avv. IV asr oxirlarida asli O‘rta  Osiyoda yashagan massaget qabilalarining katta bir qismi Sharqiy Turkistondan to Mo‘g‘uliston chegaralarigacha bo‘lgan hududlarga ko‘chib ketganlar. Xitoy manbalarida o‘sha massagetlar yuechjilar nomi bilan atalganlar. Mil. avv. 176-yilda xunlar yuechjilarni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. Mil. avv. 140-130-yillarda yuechjilar Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar va «Katta yuechji» davlat uyushmasiga asos soladilar. Bu davlat uyushmasiga beshta hokimlik bo‘ysunar edi. Guyshuan, Xyumi, Shuanmi, Xisi va Xuanmi ana shular jumlasidandir. Guyshuan qabilasi yabg‘usi Kudzula Kadfiz boshqa to‘rta hokimlikni ham o‘ziga tobe qilib o‘z davlatini Kushon davlati sifatida e’lon qildi. Bu davlatning markazi Dalvarzintepa edi. Podsho Kudzula Kadfiz davrida Kushon davlati hududi ancha kengayib, davlat tarkibiga Janubiy Tojikiston, Afg‘oniston va Kashmir yerlari qo‘shib olindi. Uning davrida kushonlarning o‘z pullari bo‘lmagan. Rim va Parfiya davlatlari tangalariga taqlid qilib pullar chiqarilgan. Bu davrda davlat tili yunon tili bo‘lgan.
Vima Kadfiz davrida (51-78-yillar) Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlari hisobiga kengayadi. Pul islohoti o‘tkazilib, Kushon davlatining puli joriy qilinadi. Pullar oltin, kumush va misdan zarb qilinadi. Oltin pullar tashqi savdo uchun zarb qilingan. Bitta oltin pulning og‘irligi 8 gr bo‘lgan. Davlat tillari yunon va hind tillari bo‘lgan.
Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka davrida (78-100-123-yillar) davlat ulkan saltanatga aylandi. Kushon davlati Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o‘z ichiga olgan. Kanishka zamonida poytaxt Peshovarga ko‘chiriladi. Qadimgi dunyo tarixida mashhur bo‘lgan Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari kabi Kushon podsholigi ham yirik qudratli davlatlardan biriga aylanadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, O‘zbekiston hududining asosiy qismi (Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona vohalari) Kushon davlati tarkibiga kirmagan. 
Kushonlar sulolasi yozma manbalar asosida va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o‘rganilgan. Kushonlar ilk tangalarining bir tomonida Yunon-Baqtriyaning so‘nggi podshosi Germey tasviri, ikkinchi tomonida esa kushonlar yag‘busi tasviri tushurilgan.
Bu davrda ayniqsa Termiz, Samarqand, Naqshob, Buxoro, Choch, Dalvarzin va Peshovar shaharlari rivojlandi. Xitoy va Rim bilan savdo aloqalari kengaydi. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari hazinasi, O‘rta yer dengizi atrofidagi hududlarda esa Kushon tangalari topilgan.
Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunonlar yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo‘lgan. Kushon davrida me’morchilik va tasviriy san’at yuksak darajada rivojlangan. San’at namunalari yodgorliklari Ayritom, Eski Termiz, Dalvarzintepa va Xolchayondan topilgan. Ular jahon miqyosida mashhur bo‘lgan san’at obidalaridir. Ayritom Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan. Ayritomdan qo‘shnay, chiltor, ud, nog‘ora chalayotgan sozandalar va gulchambarlar, meva solingan idishlar ko‘tarib olgan yigit-qizlar ifodalangan frizlar, budda ibodatxonasi xarobasi topilgan. Dalvarzintepa qadimgi shahar xarobasi bo‘lib, Surxondaryodagi Sho‘rchi shahridan 10 km shimoli-sharqda joylashgan. Dalvarzintepa ikki qismdan iborat bo‘lgan: qudratli mudofaa devori bilan o‘rab olingan shoh saroy qal’asi va shaharning o‘zi. Shahar ham mudofaa istehkomi tizimiga ega bo‘lib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilganlar. Dalvarzintepadan 36 kg keladigan hududda 115 ta oltin buyumlari bo‘lgan noyob xazina va fil suyagidan ishlangan dunyodagi eng qadimgi shaxmat donalari, ulug‘vor haykallari bo‘lgan ibodatxona topilgan. Bu yerda 1989-yildan boshlab yapon mutaxasislari bilan hamkorlikda keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Eski Termiz shahri hududida Qoratepa yodgorligi ochilgan. Bu erdan budda ibodatxonasi topilgan. Shu yodgorlik yaqinida Fayoztepada ham budda yodgorligi o‘rganilgan. Fayoztepa budda ibodatxonasi va o‘quv maktabi bo‘lgan. Shuningdek Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston va Tojikistondan ham san’at yodgorliklari topib o‘rganilgan.
Kushon davlati davrida suv tegirmoni, chig‘ir turlari kashf etilgan, yerga ishlov berish qurollari takomillashtirilgan. 
Kushon davlatining tinimsiz urushlar olib borishi uning inqirozga uchrashiga olib keldi. IV asrga kelib Kushon podsholigi asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi.   

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:48:50

                             Buyuk Ipak yo‘li (miloddan avvalgi II asr-milodiy XVI asr)
 
Har bir davlatning iqtisodiy taraqqiyoti darajasini belgilaydigan ko‘rsatkichlaridan asosiysi uning savdo aloqalarida ishtirokidir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatgina boshqa davlatlar bilan teng aloqa o‘rnata oladi.
O‘rta  Osiyo xalqlarining asrlar davomida «Buyuk Ipak yo‘li» deb atalgan xalqaro savdo yo‘lida istiqomat qilganliklari va keng miqyosda iqtisodiy aloqalar olib borganliklari ularning turli sohalarda erishgan yutuqlaridan dalolat beradi.
Buyuk Ipak yo‘li tashkil topmasdan avval mil. avv. III-II mingyillikda Yaqin va O‘rta Sharqda Badaxshon la’liga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan «La’l yo‘li», Eron Ahamoniylari davrida esa «Shoh yo‘li» mavjud bo‘lgan.
Buyuk ipak yo‘li fanga «Ipak yo‘li» nomi bilan 1877-yilda nemis olimi K. Rextgofen tomonidan kiritilgan. Ilgari u «G‘arbiy meridian yo‘l» deb atalgan. Xitoyda yetishtirilgan ipak xom ashyosi va ipakdan to‘qilgan matolar mazkur yo‘l orqali Qadimgi Xitoyning Sian shahridan boshlanib 12 ming km uzunlikdagi masofaga cho‘zilgan va Sharq bilan g‘arbni bog‘lagan. Sharq bilan G‘arb madaniyati o‘zaro yaqinlashdi, shu tufayli  madaniyatlararo umumiy o‘xshashliklar vujudga keldi. Podsholar va hukmdorlar bu yo‘l orqali o‘zaro elchilar almashganlar, bir-birlariga qimmatbaho sovg‘a-salomlar in’om etganlar.
Buyuk ipak yo‘liga asos solinishida Xitoy elchisi Chjan Syanning xizmatlari katta. U Xitoy imperatori Vu Di topshirig‘iga ko‘ra xunnlarga qarshi kurashda ittifoqchi topish uchun jo‘natiladi. Chjan Syan o‘tgan yo‘l bo‘ylab mil. avv. II asrda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan karvon yo‘liga asos solinadi. Bu yo‘l mil. avv. II asrdan milodiy XVI asrgacha Sharqni G‘arb bilan bog‘lovchi asosiy savdo yo‘li edi. Buyuk ipak yo‘li Xitoy, Hindiston, Eron, O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq va O‘rtayer dengizi mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan.
Buyuk Ipak yo‘li orqali Xitoydan ipak, chinni idishlar, choy va boshqa mahsulotlar chet mamlakatlariga chiqarilgan. Ular ichida ipak asosiy mahsulot bo‘lganligi sababli savdo yo‘li «Buyuk Ipak yo‘li» nomini olgan. O‘rta  Osiyodan Xitoyga turli xil gazlamalar, qo‘y terisi, qurol, qimmatli toshlar, otlar olib borilgan.
Buyuk Ipak yo‘li davlatlar o‘rtasida faqat iqtisodiy aloqalar vositasi bo‘lib qolmasdan madaniy, ilmiy va diplomatik munosabatlar uchun ham xizmat qilgan.
Xalqaro savdoda Xitoy bilan aloqada bo‘lgan davlatlar orasida Sug‘diyona va Baqtriya muhim o‘rin tutgan. Sug‘dlarning qadimdan yaxshi diplomat va savdo sohasida mohir ekanliklari ma’lum. Ular tijorat ishlarida faol qatnashish bilan cheklanmasdan, Sug‘diyonadan anchagina uzoqda ham savdo-sotiq olib boradigan manzillar tashkil etganlar. Ana shunday manzillar Sharqiy Turkiston, Xitoy, Yaponiyada qurilgan.
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli savdo yo‘llari yo‘nalishida katta o‘zgarishlar yuz beradi. Endi G‘arbning Sharq bilan savdosi quruqlikdagi eski karvon yo‘llaridan suv yo‘llariga ko‘chadi. Shu sababli Buyuk Ipak yo‘li tushkunlikka uchrab boradi.
Hozirgi kunda Buyuk Ipak yo‘lining yana tiklanib, kelajak uchun xizmat qilishi tobora namoyon bo‘lib bormoqda. 1993-yilda Bryussel uchrashuvida TRASEKA — Yevropani Osiyo bilan birlashtiruvchi Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagini barpo etish masalasi ko‘rib chiqilib, bu masala yuzasidan deklaratsiya qabul qilindi. 1996-yil 13-mayda Seraxs manzilida O‘rta  Osiyo va Eron temir yo‘llarining birlashtirilishi bu ulug‘vor loyihani amalga oshirish yo‘lidagi muhim voqea bo‘ldi. 1998-yil 8-sentabrda Bokuda Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada Yevropa — Osiyo yo‘nalishini rivojlantirishdagi xalqaro transport to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 

Qayd etilgan