Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 269188 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 38 B


Robiya  13 Aprel 2008, 14:58:16

MACHAY G"œORI - Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan ibtidoiy odamlar manzilgohi (mil. avv. 12-6 mingyilliklar). Ko"œhitang tog"œi yaqinida, Machay daryoning o"œng qirg"œog"œida joylashgan. O"œ.Islomov tomonidan o"œrganilgan (1970-1971). Machay g"œorining balandligi 3,5 - 4 m, uzunligi 8 m, kengligi 10 m ga yetadi. Ikki madaniy qatlamdan iborat: ustki qatlam mezolit davriga, tepa qatlam so"œnggi mezolit va ilk neolit davriga oid. Machay g"œoridan mehnat qurollari, yovvoyi hayvonlarning suyaklari, oziq-ovqat qoldiqlari chiqqan; ushbu madaniy qatlamning qalinligi 40 sm ga yetadi, bu esa shu g"œorda uzoq vaqt davomida ibtidoiy odamlar yashaganidan dalolat beradi. Mehnat qurollari tayyorlashda yovvoyi hayvonlarning suyaklaridan foydalanilgan. Qurollarni (teshkichlar, kamon o"œqlari) tayyorlash jarayoni birmuncha tezlashdi. Bundan tashqari, toshdan tayyorlanishi juda qiyin bo"œlgan teshikli igna, ponasimon va tishli asboblar va boshqa qurollar kabi tamomila yangi qurol shakllaridan foydalaniladigan bo"œlgan. Tosh qurollar, paykonlar, botiq tig"œli qurollar, keskichlar va boshqa qurol turlarining soni ortgan.
MAYKOP QO"œRG"œONI — Kavkazda joylashgan qo"œrg"œon bo"œlib, undan  temirdan yasalgan bezaklar  topilgan.
MOJOKERTO — bundan 1 mln 500-1mln 200 ming yil ilgari yashagan pitekantroplarning bosh suyagi, bosh suyak qopqog"œi, son, jag"œ suyaklari va tishlari topilgan Indoneziyaning Yava orolidagi g"œor.

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 14:59:22

NAMOZGOHTEPA — eneolit va bronza davriga oid qishloq xarobasi. Janubiy Turkmanistonning Kopetdog"œ etaklarida joylashgan. mаydoni 70 gа. 1949-1952-yillаrdа prоfessor B.А.Kuftin bоshchiligidаgi аrхеоlоglаr guruhi qаzishmаlаr оlib bоrgаn vа butun O"œrtа Оsiyo enеоlit vа bronza dаvrigа tеgishli аrхеоlоgik dаvriy sistеmаsi ishlаb chiqilgаn. 1950-yillаrning o"œrtаlаridаn bоshlаb yodgоrlikni kеng ko"œlаmdа o"œrgаnish ishi bilan V.M.Mаssоn bоshchiligidаgi Sаnkt-Pеtеrburg аrхеоlоglаr guruhi shug"œullаnib kеlgаn. Namozgohtepa mаdаniy qаtlаmlаri 6 tа хrоnоlоgik bоsqichlаrgа (Nаmоzgоh 1-6) bo"œlingаn. Ulаrdаn Nаmоzgоh 1-3 enеоlit dаvrigа, Nаmоzgоh 4-6 esа jеz dаvrigа оiddir. Nаmоzgоh-1  (ilk enеоlit)  dаvridа  аhоli  хоm g"œishtdаn  qurilgаn bir хоnаli uylаrdа yashаgаn. Nаmоzgоh-2 (o"œrtа enеоlit) dаvrigа  kеlib, uy-jоy  qurilishidа ko"œp хоnаli uylаr pаydо bo"œlаdi, bu dаvr qishlоqlаrining аtrоfidа mudоfаа dеvоrlаri qаd ko"œtаrа bоshlаgаn. Nаmоzgоh-3 dаvrigа kеlib (so"œnggi enеоlit), qishlоqlаrning hududi аnchа kеngаyadi, uy-jоy mаjmuаlаri qоshidа hоvlilаr pаydо bo"œlgаn. Nаmоzgоh-4 dаvri mаjmuаlаri Namozgohtepadа ilk jеz dаvrining bоshlаnishidаn guvоhlik bеrаdi. Dеhqоnchilik vа хоnаki chоrvаchilik хo"œjаligi, hunаrmаndchilikning turli sоhаlаri kеng rivоjlаnаdi. Nаmоzgоh-4 dаvrining so"œnggi bоsqichidа kulоllik chаrхi kаshf etilаdi. Nаtijаdа sоpоl ishlab chiqarish sоhаsidа shundаy sеzilаrli o"œzgаrishlаr yuz bеrаdiki, оqibаtdа O"œrtа Оsiyoning jаnubiy rayonnlаri o"œz tаrаqqiyoti bilan ko"œp jihаtdаn Qаdimgi Shаrq mаdаniyatigа yaqinlаshib qоlаdi. Nаmоzgоh-5 bоsqichidа bronza dаvrining gullаgаn pаllаsi bo"œlib, hаr sоhаdа rivоjlаnishning yuksаk dаrаjаsi kuzаtilаdi. Sоpоl idishlаrning turi vа хili ko"œpаyadi. Sоpоllаrning mutlаq аksаriyati nаqshsiz ishlаb chiqаrilаdi. Mе"œmоrchilikdа mоnumеntаl inshооtlаr qurish kеng tus оlаdi. Tоm mа"œnоdаgi ilk shаhаr shаkllаnаdi. Nаmоzgоh-5 dаvridа yuz bеrgаn ijtimоiy, iqtisоdiy vа mаdаniy o"œzgаrishlаr Nаmоzgоh-6 dаvridа yanаdа kеngrоq vа chuqurrоq dаvоm etаdi. Namozgohtepadа so"œnggi dаvr qаtlаmlаri kаm uchrаtildi. Buning bоisi, аynаn shu dаvrdаn e"œtibоrаn mеtrоpоliyalаrdаgi shаhаr hаyoti yangi mintаqаlаrgа ko"œchаdi (mаs., Murg"œоb vоhаsi vа Qаdimgi Bаqtriyagа).

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 15:00:37

OBIRAHMAT G"œORI - Muste madaniyatiga oid qadimgi manzilgoh. Toshkentdan 100 km shimoli-sharqda, Ko"œksuv tizmasi etagidagi Paltovsoyning o"œng qirg"œog"œida joylashgan. Obirahmat g"œorini A.R.Muhammadjonov va S.K.Nasriddinov topgan (1962-yilda). R.H. Sulaymonov tekshirgan. Obirahmat g"œori keng yoysimon shaklda bo"œlib, eni 20 m dan ortiq; u quruq va yorug"œ, sharqiy chekkasidagi qiyadan chuchuk suvli shalola oqib tushadi. G"œorning og"œzi janub tomonga qaragan. Obirahmat g"œorida uzoq vaqt davomida hosil bo"œlgan 21 madaniy qatlamning umumiy qalinligi 10 m. Obirahmat g"œoridan nayzasimon qurollar, nukleuslar, turli xildagi tosh keskichalr, ponasimon qurollar, bigizlar topilgan. Topilmalar O"œrta Osiyoda tosh davrining eng boy kolleksiyalaridan birini tashkil qiladi.
OBISHIR G"œORLARI - mezolit davriga oid g"œorlar. Farg"œona viloyati hududidagi So"œx daryosining qadimgi o"œzani Obishir soyning o"œng qirg"œog"œida joylashgan. O"œzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya inistitutining Farg"œona paleolit otryadi 5 ta g"œorni tekshirgan (1966-yilda). Obishir-1 va Obishir-5 da qazish ishlari olib borilgan. Ularning sanasi mil. avv. 8 mingyillikka oid. Obishir-1 ning eni 25,5 m bo"œlib, balandligi 12. G"œordan tosh qadama pichoqlar, mikroplastinkalar, parmalar, bigizlar, qirg"œichlar, nukleuslar topilgan. Obishir-5, Obishir-1 dan 200 m g"œarbda. Uning eni 8 m, balandligi 10 m. G"œorda 3 madaniy qatlam mavjud. Quyi qatlam antik davrga oid, qalinligi 1-1,20 sm. Undan so"œng qalinligi 30-40 sm lik mezolit davriga tegishli qatlam boshlanadi, unda tosh qurollar va hayvon suyaklari ko"œplab uchraydi. Uchinchi qatlam ham shu davrga taalluqli bo"œlib, qalinligi 3-4 m. Bu yerda tosh qurollar nisbatan ancha kam. Obishir-5 g"œori yashash uchun qulay bo"œlganligidan unda qadimda odamlar yashagan.         

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 15:02:03

OLDUVOY (Olduvay, Oldoway) — 1959-yilda amerikalik arxeolog Luis Liki tomonidan topilgan  Sharqiy Afrika (Tanzaniya)dagi dara.  L. Liki bu yerdan zinjantrop odamining bosh suyagi bilan birga mayda hayvon suyaklari, to"œng"œiz, antilopa suyaklari va tosh qurollarini topdi. Zinjantrop avstrolipiteklar oilasining eng qadimgi vakili bo"œlib, u 1,5 - 2 million yil avval yashagan.  Olimlar zinjantropga «Homo habilis» -  «Ishbilarmon odam» deb nom berganlar. Chunki u eng sodda mehnat qurollarini yasay olgan, ya"œni toshni-toshga urib mehnat qila boshlagan.
PRJEZLYATITSA — arxantroplarning tishi, qadimgi hayvonlarning suyaklari va oddiy tosh qurollari topilgan Praga shahri (Chexiya) yaqinidagi joy.
QO"œSHILISH — Bo"œzsuv kanali bo"œyi (Toshkent shahri hududi)dan topilgan mezolit davriga oid yodgorlik (mil. avv. X-IX mingyilliklar).

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 15:04:10

SARAZM — Zаrаfshоn vоdiysining enеоlit vа ilk bronza dаvrigа оid qаdimgi dеhqоnchilik mаdаniyatigа tеgishli аrхеоlоgik yodgоrlik. Uning аsоsidа kеyinchаlik Sarazm qishlоg"œi tаrkib tоpgаn. U Zаrаfshоn dаryosining tоg"œlаr оrаsidаn kеng vоdiygа chiqish jоyidа, Оyimko"œl yonidа jоylаshgаn. Sug"œdshunоs оlim V.А.Livshitsning fikrigа ko"œrа, "œSarazm" аtаmаsi sug"œdchа "œsаrizаmin", ya"œni "œyеrning bоshlаnishi", "œvоhаning bоshlаnishi" dеmаkdir. Yodgоrlik yassi tеpаchаlаr ko"œrinishidа, 100 gеktаrgа yaqin jоyni egаllаgаn. Undа 1976-yildаn tаdqiqоt ishlаri оlib bоrilаdi. Аrхеоlоgik tаdqiqоt nаtijаlаrigа qаrаgаndа, Sarazm Zаrаfshоn vоdiysining eng qаdimgi bоbо dеhqоnlаri mаskаni bo"œlib, bu jоydа hаyot enеоlitning rivоjlаngаn bоsqichidаn tо ilk jеz dаvrigа qаdаr (yaqin 1,5 ming yil) dаvоm etgаn.  Sarazmdа arхеоlоgik qаzish ishlаri оlib bоrish natijasida vа 10 nuqtаdа qаdimgi qishlоq hаyotining dаvоmiyligini o"œrgаnish uchun shurflаr qаzildi. Nаtijаdа yodgоrlikdа 4 tа tаriхiy bоsqich аniqlаndi. Аrхеоlоgik mаtеriаllаr tаhliligа ko"œrа, 1-bоsqich (Sarazm-1) mil. avv. 3400-3200-yillаr, 2-bоsqich (Sarazm-2) mil. avv. 3200-2900-yillаr, 3-bоsqich (Sarazm-3) mil. avv. 2900-2700-yillаr,  4-bоsqich (Sarazm- 4) mil. avv. 2700-2000-yillаr bilan bеlgilаndi.
SELUNG"œUR G"œORI - Fаrg"œоnа vоdiysi So"œх tumаnidаgi qаdimgi mаnzilgоh. Selung"œur g"œori Fаrg"œоnа shahridаn tахminan 100 km jаnubi-g"œаrbidа, Hаydаrkоnning g"œаrbiy chеkkаsidа jоylаshgаn. Bu ulkаn g"œоrning chuqurligi 120 m, kеngligi 34 m vа bаlandlig 25 m. Аrхеоlоgik qаzish ishlаri 1980-yildаn buyon оlib bоrilyapti. G"œоrdа 20-40 sm qаlinlikdаgi bеshtа mаdаniy qаtlаm аniqlаndi. Ulаr birоn аrхеоlоgik qоldiqlаrsiz tоzа qаtlаmlаr (30-100 sm) bilan bo"œlingаn. Bu shundаn dаlоlаt bеrаdiki, ibtidоiy оdаmlаr mаzkur g"œоrdа 5 mаrtа yashаgаnlаr vа vаqt-vаqti bilan o"œz mаskаnlаrini uzоq muddаtgа tаrk etishgаn. Bu yеrdаn tоsh qurоllаr, hаyvоn suyaklаri qоldiqlаri vа аrхаntrоp tipidаgi оdаm qоldiqlаri (10 tа tish vа yеlkа suyagining  bo"œlаgi)ning bоy kоllеksiyasi tоpildi. Ushbu kоllеksiyadа qo"œl cho"œqmоri, yirik tоsh qirg"œichlаr vа pichоqlаr, ko"œp miqdоrdа o"œyib-kеrtib ishlаngаn tishsimоn qurоllаr mаvjud. Ulаr, аsоsаn, yashmа, krеmniyli chаqmоqtоsh, krеmniyli оhаktоshlаrdаn tаyyorlаngаn. Mаdаniy qаtlаmlаrdаn 32 turdаgi yirtqich, tuyoqli, mаydа sut emizuvchi vа kеmiruvchi hаyvоnlаrning suyak qоldiqlаri tоpilib, tаdqiq etilаdi. Tаdqiqоtlаr nаtijаsidа qаdimgi dаvr tаbiiy shаrоiti, iqlimi хrоnоlоgik dаvrini аniqlаshgа erishildi. Selung"œur g"œoridаn tоpilgаn mаtеriаllаr kоmplеks o"œrgаnilib, pаstki qаtlаmlаrining sаnаsi 1,5 mln. yil dеb bеlgilаnаdi. Bungа qаdаr O"œrtа Оsiyo, jumlаdаn, O"œzbеkistоn tаriхi o"œrtа pаlеоlit dаvridаn (mil. аv. 100 ming yildаn) bоshlаnаrdi.

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 15:06:25

SOPOLLITEPA — Surхоndаryo vilоyatining (Muzrаbоd tumаni) Shеrоbоd cho"œlini kеsib o"œtgаn O"œlаnbulоqsоy yoqаsigа jоylаshgаn bronza (jеz) dаvrigа оid аrхеоlоgik yodgоrlik. U 1968-yilda аrхеоlоg L. Аlbаum tоmоnidаn tоpilgаn. 1969-1974-yillаrdа А. Аsqаrоv tоmоnidаn o"œrgаnilgаn. Sopollitepaning mаydоni tахminan 3 gektar. Uning 1 gektargа yaqin mаrkаziy qismi mudоfаа dеvоrlаri bilan  o"œrаb оlingаn. Sopollitepadа o"œtkаzilgаn qаzish jаrаyonidа 150 dаn оrtiq turаr jоy mаjmuаlаri va 158 tа qаbr оchilgаn. Sopollitepa manzilgohidagi qabrlarda odam jasadi o"œrnida mayday hayvon skeletlari uchratilgan, bundаy qаbrlаr kеnоtаf nоmi bilan аtаlаdi. Ulаrgа bеdаrаk yo"œqоlgаn mаrhum o"œrnigа jаmоа dаfn аn"œаnаsigа ko"œrа, uning tirik jоn mulkidаn bir qo"œyni o"œldirib ko"œmish lоzim tоpilgаn. Sopollitepa kеnоtаf qаbrlаrining dеyarli bаrchаsi erkаklаrgа tеgishli edi. Sopollitepa аhоlisi e"œtiqоdidа quyoshgа, оlоvgа sig"œinish o"œz аksini tоpgаn. Uning izlаri аyrim хоnаlаr mаydоnidа uchrаtilgаn sаndаl o"œtхоnаsi sifаtidа qаbul qilingаn tоzа kulli chuqurchаlаr edi. Bulаrning bаrchаsi оtаshpаrаstlаr e"œtiqоdigа аlоqаdоr bеlgilаr edi. Sopollitepa jаmоаsi mаzkur mаskаndа 150-200-yillаr chаmаsi yashаb, suv tаnqisligidаn, suvgа qulаy yangi unumdоr yеrlаr qidirib, Shеrоbоd dаryoning qаdimgi o"œzаni Bo"œstоnsоy sоhillаrigа ko"œchib kеtаdilаr. Bu vоqеаlаr mil. avv. II mingyillikning birinchi yarmidа sоdir bo"œldi. Sopollitepa dеhqоnlаri yangi jоyni o"œzlаshtirib, O"œzbеkistоn jаnubidа eng qаdimgi  shаhаrni bаrpо etаdilаr. U shаhаr O"œzbеkistоn tаriхidа Jаrqo"œtоn nоmi bilan аtаlib, uning prоtоshаhri Sopollitepa hisоblаnаdi.
TESHIKTOSH G"œORI — Muste madaniyatiga mansub neandertallarning makoni. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Turgandaryoning Zovtalashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. G"œorning shipi teshik, nomi ham shundan, kirish qismi shimoli-sharq tomonga qaragan bo"œlib balandligi 7 m, eni 20 m, uzunligi 21 m. Uning umumiy maydoni 300 kv m bo"œlib, shundan 100 kv m joyi neandertallar yashaganligidan guvohlik beruvchi arxeologik materiallarga ega. Teshiktosh g"œori yashash uchun qulayligi tufayli g"œorni vaqti-vaqti bilan suv bosib turishiga qaramasdan neandertal odamlar uni butunlay tark etmaganlar. G"œorni birinchi marta 1938-1939-yillarda A. P. Okladnikov o"œrgangan. Teshiktosh g"œori 5 ta madaniy qatlamdan iborat bo"œlib, bu manzilgoh bir necha marotaba tark etilganidan dalolat beradi. G"œorning har bir qatlamida bittadan va ba"œzilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib qolgan. Gulxanlar atrofida ko"œplab tog"œ echkisi, bug"œu, sirtlon, ayiq, quyon va har xil qushlarning suyak qoldiqlari, 3000 ga yaqin tosh buyum, tosh uchirindisidan tayyorlangan uchburchak shalkdagi 24 ta qurol, qirquvchi va tarashlovchi sifatida ishlatilgan 65 ta qirg"œich, paykonlar, tosh pichoqlar topilgan. Muste madaniyatiga oid bu xildagi qurollarning ko"œpchiligi qoramtir kremniyli ohaktosh yashma, kvartsit va boshqa vulqoniy tosh jinslardan yasalgan. Teshiktosh g"œori topilmalarining eng qimmatlisi 25 sm chuqurlikdan topilgan Teshiktosh odamidir.

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 15:30:54

VALLON — 1958-yili hayvon suyaklari, tosh qurollar va ularning parchalari topilgan Fransiyadagi g"œor.
VERTESHSELLESH — arxantroplarning tishi, qadimgi hayvonlarning suyaklari va oddiy tosh qurollari topilgan Budapesht (Vengriya) shahri yaqinidagi voha.
XO"œJAKENT MAKONI - muste davri g"œorlari. Hozirgi Xo"œjakent qishlog"œi (Toshkent viloyati) yaqinidagi qoyatoshlar orasidan topilgan (1957-yilda). Bir-biriga yondosh 2 ta ungurdan iborat. 1-ungurdan 36 m kvadrat maydon ochilib, uning 1-2-qatlamlari ilk o"œrta asrlarga oid sopol idishlarning siniqlari va bir necha tosh qurollar, 3-quyi qatlamidan esa, muste davriga oid sariq harsangtosh bo"œlaklari va ko"œpgina tosh qurollar topilgan. 10 dan ortiq yirik tosh, shuningdek, mayda nukleuslar uchraydi. Xo"œjakent makonidan tosh parrakcha, qirg"œich, o"œchoq o"œrni, uning atrofida qoraygan toshlar va qadimgi hayvonlarning suyak qoldiqlari, 2-ungurdan esa har xil tosh qurollar va hayvon suyaklari topilgan. Xo"œjakent maydonida yashagan neandertallar ovchilik va termachilik bilan kun kechirgan.
ZAMONBOBO — so"œnggi bronza (jez) davriga oid mil. avv. III-II mingyilliklarda yashagan qadimgi chorvador o"œtroq dehqonlar manzilgohi va qabristoni. O"œzbekiston hududidagi dastlabki qishloq xarobasi. Buxoro viloyati Qorako"œl tumani markazidan 15 km shimoli-g"œarbda joylashgan Zamonbobo ko"œli sohilidagi makon. Zomonbobo turar joylari usti chayla qilib berkitilgan yerto"œlalardan iborat bo"œlgan. Yodgorlikda 45 ta qabr ochilgan. Qabristonda Y. G"œulomov (1950-1951, 1953-1954-yillar), A. Asqarov (1961, 1964-yillar) arxeologik qazish ishlari olib borgan. Qazuv ishlari natijasida tagi yassi va dumaloq, bezaksiz sopol idishlar, jez buyumlar, paykonlar, tosh o"œroq parchalari topilgan. Ilk bor bu yerdan mis ko"œzgulari va taqinchoqlar topilgan.
CHJOUKODYAN — arxeologlar kanadalik Blek va xitoylik (Pen-Ven) Chjun tomonidan arxantroplarga mansub odamlarning qoldiqlari, makonlari va mehnat qurollari topilgan Xitoydagi g"œor.

Qayd etilgan


Robiya  24 Aprel 2008, 11:15:00

XRONOLOGIYA

3-3,5 MLN YIL ILGARI  - MILODIY IV-V ASRGACHA — eng qadimgi davr tarixi.
3-3,5 MLN YIL ILGARI — Yer yuzida odamzod paydo bo"œldi, tosh cho"œqmor quroli yaratilgan.
MILODDAN AVVALGI 3 - 2 MILLION YILLIKLAR — Olduvay davri.
2,5 MILLION YIL AVVAL - Afrika hududida (Tanzaniya) eng qadimgi odam (xomo xabilis) suyaklarining topilishi.   
2 MLN — 100 MING YIL - Yevropa arxantroplari yashagan.
1 MLN 500 - 1 MLN 200 MING YIL ILGARI -  Mojokertodan topilgan pitekantrop bola yashagan davr. 
1 MLN - 400 MING YILLAR ORALIG"œI - O"œzbekistonning Seleng"œur, Ko"œlbuloq, Bo"œriqazigan, Tandirqazigan, Guldara va boshqa joylaridan odamlarning suyak qoldiqlari va tosh qurollari topilgan.
700-600 MING YIL ILGARI - Pitekantroplar yashagan davr.
MILODDAN AVVALGI 700/500 — 100 MINGYILLIKLAR - O"œrta Osiyoda ilk paleolit davri. O"œrta Osiyo hududida odam hayotining ilk qadamlari aniqlangan.   
MILODDAN AVVALGI 700 MINGYILLIK - Yevropada ibtidoiy odamning paydo bo"œlishi.
MILODDAN AVVALGI 600-500 MINGYILLIKLAR - Xitoydagi Chjoukoutyan g"œoridan sinantrop suyaklarining topilishi.
MILODDAN AVVALGI 200 MINGYILLIK - Ko"œlbuloq manzilgohida ibtidoiy odamlar yashay boshladi. 
MILODDAN AVVALGI I MILLION - 100 MINGYILLIKLAR  — ilk paleolit davri.
MILODDAN AVVALGI 100-40 MINGYILLIKLAR  — o"œrta paleolit davrida neandertal qiyofali odamning tarqalishi. Odam tabiiy olovdan foydalanishni o"œrgandi.
MILODDAN AVVALGI 40-35-MING YIL   — urug"œ jamoasi paydo bo"œldi, Yer yuziga tarqalgan odamzod uchta katta irqqa — qaro, sariq va oq irqlarga bo"œlingan.
MILODDAN AVVALGI 40-12 MINGYILLIKLAR  — so"œnggi paleolit davrida toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o"œzgardi. Eng qadimgi diniy tasavvurlar paydo bo"œldi va irqlar vujudga keldi.  Bu davrda hozirgi qiyofadagi odam - kromanon odami yashagan. So"œnggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bu - turar joylar qurilishidir. Inson bu davrda hayvonlar terisidan kiyim-kechak tayyorlashni, olovni sun"œiy tarzda hosil qilishni o"œrganib oldi.
MILODDAN AVVALGI 35-30 MINGYILLIKLAR - ona urug"œi (matriarxat) davrining boshlanishi.
MILODDAN AVVALGI 35-12 MINGYILLIKLAR - tasviriy san"œatning vujudga kelishi.
MILODDAN AVVALGI 25-30 MING YILLIKLAR - odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi, parmalovchi mehnat qurollari va taqinchoqlar: munchoqlar, tumorlar uzuklar yasay boshladilar.

Qayd etilgan


Robiya  24 Aprel 2008, 11:16:17

MILODDAN AVVALGI 12-7 MINGYILLIKLAR — mezolit (o"œrta tosh) davri boshlandi. Mezolit davrining boshlanishi iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida ancha o"œzgarishlar bo"œlishiga olib keldi. O"œq va yoy kashf etildi. O"œq va yoyning kashf etilishi bilan chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati paydo bo"œldi. It birinchi bo"œlib uy hayvoniga aylandi. Mezolit davrining oxirida Old Osiyoda xo"œjalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy omochli ziroatchilik va ibtidoiy chorvachilik vujudga keldi.
X-XI MING YIL MUQADDAM - Old Osiyoda dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi. Falastinda joylashgan Iyerixon dehqonchilik manzilgohi eng qadimiylardan biri hisoblanadi. 
MILODDAN AVVALGI VI-IV MINGYILLIKLAR —  neolit (yangi tosh) davrida inson ishlab chiqaruvchi xo"œjalikka - ziroatchilik va chorvachilikka o"œtdi. Ziroatchilik vujudga kelgan, loydan idish-tovoqlar yasalgan. Neolit davrida aksariyat qabilalar o"œtroq turmush tarziga o"œtib, doimiy turar joylar qura boshlagan. Paxsa imoratlar qurish boshlandi. Asta-sekin urug"œ jamoalarining o"œtroq manzilgohlari shakllanib bordi. O"œtroq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning ziroatchilik va dehqonchilik o"œtish imkoniyatini vujudga keltirdi. Otroqlikka o"œtilishi hunarmandchilik rivojiga zamin yaratdi. 
MILODDAN AVVALGI VI MINGYILLIK - O"œrta Osiyo (Janubiy Turkmaniston)da dehqonchilik va chorvachilik vujudga keldi. Sopol buyumlar yasash boshlandi.
MILODDAN AVVALGI VI-V MINGYILLIKLAR - Joytun madaniyati. O"œrta Osiyoda qadimgi dehqonlar va chorvadorlarning dastlabki o"œtroq makonlari. O"œrta Osiyoning janubiy viloyatlarida aholi ziroatchilikka o"œtdi.
MILODDAN AVVALGI V MINGYILLIK OXIRI - IV MINGYILIK BOSHLARI - Xorazmdagi neolit davri qadimgi ovchi va baliqchilarning manzilgohi Kaltaminor madaniyati.
MILODDAN AVVALGI IV MINGYILLIK -  Qadimgi Sharqda ilk davlatlar va shaharlar vujudga kela boshladi. O"œrta Osiyoda janubida sug"œorma dehqonchilik (irigatsiya asosida) vujudga keldi, xom g"œishtdan qurilgan ko"œp xonali uylar qurila boshlandi, buyumlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol buyumlar hayvonlar, qushlar va o"œsimliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI V-IV MINGYILLIKLAR - O"œrta Osiyo aholisi Qadimgi Sharqning turli o"œlkalari bilan yaqin aloqalarda bo"œlishi.
MILODDAN AVVALGI IV-III MINGYILLIKLAR — eneolit (mis tosh) davrida misdan yasalgan mehnat qurollari, yirik manzilgohlar va bir xonali uylar paydo bo"œldi. Anov madaniyati (Janubiy Turkmaniston): dastlabki xom g"œishtdan qurilgan uylar; dehqonlarning dastlabki ibodatxonalari; kulolchilik xumdonlari va naqshli sopol buyumlar (qush, hayvon va o"œsimlik naqshlari).   

Qayd etilgan


Robiya  24 Aprel 2008, 11:17:31

MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK - Ukraina hududida dastlabki ziroatchilar makonlari (Tripolskaya madaniyati).
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK O"œRTALARI — janubiy-g"œarbiy Eron, Mesopatamiyada jez qurollardan foydalanishni boshlanishi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI — II MINGYILLIK — Suriya, Kichik Osiyo, Kipr va Kritda jez qurollardan foydalanishni boshlanishi.
MILODDAN AVVALGI III-II MINGYILLIKLAR - O"œzbekiston aholisi bilan Qadimgi Sharq qabilalari o"œrtasida keng madaniy aloqalar boshlangan.
MILODDAN AVVALGI III-II MINGYILLIKLAR - bronza davrida kulolchilik charxi va g"œildirak kashf etildi, ot xonakilashtirildi. Buxoro viloyati Qorako"œl tumanidagi Zamonbobo ko"œli bo"œylarida yashagan chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy madaniyati - Zamonbobo hamda  qadim ziroatchilarining manzilgohi Sarazm yodgorligi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK - patriarxat davri boshlandi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK O"œRTALARI - bronza asosiy xom ashyoga aylanib qoldi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. O"œrta Osiyoning janubida dehonchilik, shimolda chorvachilik rivojlandi. Odamlar termachilik va ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o"œtdilar.
MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK - Sopollitepa, Jarqo"œton, Tozabog"œyob kabi yirik manzilgohlarning tashkil topishi; O"œzbekiston hududida ziroatchilikning joriy bo"œlishi,  xom g"œisht va paxsa manzillar qurilishi, ziroatchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi.
MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK — jezdan Misr, Yevropa va Hindistonda foydalanish boshlangan.
MILODDAN AVVALGI XIV-XII ASRLAR -  temirdan birinchi bo"œlib Kichik Osiyodagi xettlar, so"œngra qo"œshni mamalakatlar (Mesopotamiya, Eron va Kavkazorti) xalqlari foydalana boshladi.
MILODDAN AVVALGI I MINGYILLIK — Sharqda qadimgi dunyoning yirik davlatlari gullab yashnagan kezlarda, O"œrta Osiyo xalqlari bilan madaniy ta"œsir va ayirboshlash ayniqsa kuchayadi.
MILODDAN AVVALGI I MINGYILLIK BOSHI - O"œrta Osiyoda aholi 4 guruhga ajragan: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar.

Qayd etilgan