TARIXIY SHAXSLAR
ADRIAN (76-138-yil) - Rim impеrаtоri (117-yildаn). Imperator Trayanning o"œgay o"œg"œli. Adrian bosqinchilik urushlarini to"œxtatib har qanday janjalli masalalarni muzokaralar yo"œli bilan hal etishni afzal ko"œrgan. U parfiyaliklar bilan yarashib, tinch-totuv yashashga harakat qilgan. Adrian davlat chegaralarini mustahkamlab, ular bilan tinch munosabatda bo"œlgan. Ammo qo"œshinni kuchaytirgan. Adrian davlatni boshqarish va sud ishlarini izga solish uchun idoralar sonini ko"œpaytirgan. U viloyatlardagi o"œlpon va soliqlar yig"œishni bekor qilib, eski soliq va qarzlar kechib yuborilgan. Adrian qullarni xo"œjayinlar tomonidan jazolanishlarini bekor qilib, ularni sud hukmi bilan jazolash tartibini joriy qilgan. 132-135-yillarda Quddusda bo"œlgan Simon boshliq yahudiylar qo"œzg"œolonini shafqatsizlik bilan bostirgan. Aholining ko"œpchiligi qul qilib sotib yuborilgan. Quddus rimliklarga qaram bo"œlib qolgan. Adrian saltanatning qishloq xo"œjaligi, madaniy va savdo-sotiq ishlariga ham katta e"œtibor bergan. Adrian Misr, Yunoniston va boshqa mamlakatlarga sayohat qilgan. Uning davrida Afinada Yangi Zevs ibodatxonasi qurilib, Afina akropoli qayta tiklangan. Frakiyada esa Adrionopol shahri bino qilingan. Adrian davrida Rim har jihatdan yuksalgan davlatga aylanadi. U 138-yili vafot etadi. Uni Rimdagi katta maqbaraga izzat-ikrom bilan dafn etganlar.
AGAFOKL (mil. avv. 360-289-yillar) - kulol, lashkarboshi, Sirakuza hukmdori (tirani, 317-yildan). So"œnggi tiraniya vakili. Mamlakatdagi oligarxiyani ag"œdarib tashlagan. 313-yilga kelib Sitsiliyadagi deyarli barcha yunon shaharlarini bosib olgan. Hokimligi davrida Sitsiliyaga egalik qilish uchun Karfagenga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 305-yili "œsitsiyalilar podshosi" unvonini olgan. 299-yilda Kerkiru oroli (Korfu)ni zabt etgan. Janubiy Italiyaga harbiy safarlari vaqtida vafot etgan. Agafokl hukmronlik yillari Sirakuzaning kuch-qudrati va madaniy ravnaqi yuksalgan davr bo"œlgan.
ALARIX I (Alaricus) (taxm. 370-410-yillar oxiri) — Vestgotlar qiroli (395-yildan). Frakiyaga bostirib kirgan, Afinani egallagan, Korinf, Argos, Spartani vayron qilgan. Sharqiy Rim imperiyasi imperatori Arkadiy Alarix I bilan sulh tuzib (396-yil), unga Illirikdagi armiya magistri unvonini bergach, vestgotlar federatlar sifatida Illirikka kelib joylashgan. 401-yilda Alarix I Italiyaga bostirib kirgan, biroq vandallardan bo"œlgan Rim sarkardasi Stilixon uni chekinishga majbur qilgan. 408-yilda Alarix I yana Italiyaga bostirib kirib, Rimni 3 marotaba qamal qilgan (qadimgi muarrixlar qamaldagi Rimdan Alarix I armiyasiga ko"œplab qullar qochib o"œtganligi haqida xabar berishadi); 410-yil 24-avgustda Alarix I Rimni egallab, 3 kun davomida talon-taroj qilgan. Rimning varvarlar tomonidan ilk marta olinishi (gallarning mil. avv. IV asrda Italiyaga qilgan istilosidan keyin) zamondoshlarda katta taassurot qoldirgan; bu g"œalaba varvarlar tomonidan G"œarbiy Rim imperiyasining uzil-kesil bosib olinishining boshlanishi edi. Alarix I Janubiy Italiyada Sitsiliya va Afrikaga yurish qilishga tayyorgarlik ko"œrayotib vafot etgan.
ALEKSANDR SEVER (Alexander Severus) (208-235-yillar) — 222-235-yillarda hukmronlik qilgan Rim imperatori. Severlar sulolasining so"œnggi vakili. Uning davrida Sosoniylar hukmdori Ardasher I 230-yilda Rim saltanatiga tegishli bo"œlgan Suriya va Kichik Osiyoni bosib olgan. 232-yilda Aleksandr Sever bu joylarni qayta Rimga qo"œshib olish uchun o"œz qo"œshini bilan Shimoliy Mesopotamiyaga kelgan va Ardasher I qo"œshinlari bilan uzoq vaqt mobaynida qonli urushlar olib borgan. U 235-yilda fitnachilar tomonidan o"œldirilgan.
AMAND — III asrning o"œrtalarida Galliyadagi "œbagaudlar" — oddiy dehqonlar, kolonlar va qullar tomonidan Elian bilan birgalikda imperator deb e"œlon qilingan. Amand Elian bilan dehqonlardan piyoda, podachi-chorvadorlardan otliq qismlar tuzib rimliklarga va mahalliy zodagonlarga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtargan. Bagaudlar mustahkamlangan shaharlarga hujum qilib, ularni bosib olganlar. Ular boy-badavlat kishilarning uylariga o"œt qo"œyib, mol-mulklarini talaganlar.
AMULIY — Lasiya podshosi Eneyning avlodlaridan biri. U akasi Numitorni Lasiya taxtidan ag"œdarib tashlaydi. Amuliy Numitorning qizi Silviya bilan xudo Mars nikohidan tug"œilgan ikki o"œg"œil - Romul va Remni bobosi Numitorning o"œchini oladi deb Tibr daryosiga tashlab yuboradi. Savat taxtga ilinib qoladi. Ularni ona bo"œri katta qiladi. Keyinchalik bir cho"œpon bolalarni topib tarbiya qilidi. Ulg"œayib mohir jangchi bo"œlishganidan so"œng qo"œzg"œolon ko"œtarib Amuliyni taxtdan ag"œdaradilar va o"œldiradilar.
ANDRISK — Makedoniyada rimliklarga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtargan hunarmand. U o"œzini Makedoniya podshosi Perseyning o"œgli Filipp deb e’lon qiladi. Frakiya va boshqa qo"œshni davlatlar qabilalar Andriskni qo"œllab-quvvatlaydilar. Qo"œzg"œolonchilar rimliklar bilan bir necha bor to"œqnashib, ularga qattiq zarbalar berib, hatto bir necha bor g"œalabaga erishganlar. Rim qo"œmondonligi senatdan yangi qo"œshin talab qiladi. Rim yangi qo"œshin jo"œnatgandan so"œng kurash yanada kuchayadi. Qattiq janglarning birida Andrisk qo"œshinlari rimliklardan yengiladi. Frakiyalik xoinlar esa Andriskni rimliklarga ushlab beradilar.
ANTONIY Mark (Marcus Antonius) (mil. avv. 83-30-yillar) — Rim siyosiy arbobi va sarkardasi. Mark Antoniy 58-yilda Falastin va Misrga qarshi yurishlarda shuhrat qozondi. 54-yilda Sezar bilan birga Galliya urushida ishtirok etdi. 42-yilda respublikachilar tor-mor qilinganidan keyin, Mark Antoniy sharqiy viloyatlarga hokim qilib tayinlandi. U yerda Misr malikasi Kleopatraga uylandi. Sharqdagi ko"œpgina yerlarni egallab, Kleopatraning bolalariga hamma viloyatlarni taqsimlab berdi. Mark Antoniyning bu ishlaridan norozi bo"œlgan senat unga qarshi urush e"œlon qildi. 30-yilda Aksiy burni yonida bo"œlgan jangda u Oktavyandan yengildi. Misrga qochib, u yerda o"œzini o"œldirdi.
ARISTANIK - mil. avv. 132-130-yillarda Pergamda ko"œtarilgan qo"œzg"œolon rahbari. Bu qo"œzg"œolonda erkin kambag"œallar va qullar ishtirok etganlar. Aristanik qulchilik bo"œlmagan davlat tuzishni maqsad qilib, unga "œGelipolis" — "œQuyosh shahri" deb nom qo"œyishni o"œz tarafdorlariga va’da qilgan. Ammo Aristanik qo"œzg"œoloni Rim konsuli Publiy Krass boshchiligidagi legionlar tomonidan bostirilgan. Aristanik asir olinib, qiynab o"œldirilgan.
ARKADIY FLAVIY (Arcadius Flavius) (taxm. 377 — 408-yil 1-may, Konstantinopol) — Sharqiy Rim (Vizantiya) imperatori. Rim impеrаtоri Feodesey I ning katta o"œg"œli. 395-yilda Feodesey Rimni ikki davlat: Sharqiy va G"œarbiy Rimga bo"œlib tashlaydi va Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya)ga Arkadiyni imperator etib tayinlaydi. Sharqiy Rim tarkibiga Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo, O"œrtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar va Misr kirgan.
ASKANIY YUL - Lasiya hukmdori Eneyning o"œgli. U Alba-Longu degan shaharni barpo qilgan va unga podsholik qilgan.
ASKLEPIOD (mil. avv. 128-56-yillar) — Qadimgi Rimda tibbiyot ishlari bilan shug"œullangan mashhur yunonistonlik shifokor. U boshqa bir yunonistonlik olim Korneliy Sels bilan birgalikda 70 jildlik "œArteo" ("œSan"œat") nomli asar yozib qoldirgan. Bu asarning 8 jildi tabobat ilmiga bag"œishlangan edi. Asklepiod o"œzidan oldin o"œtgan mashhur tabiblarning asarlarini tartibga solgan. Korneliy esa bu to"œplamni o"œz tajribalari bilan boyitgan.
ATILIY REGUN MARK - Rim konsuli. Uning boshchiligida rimliklar mil. avv. 256-yilda 260 harbiy kema bilan Karfagen tomon yo"œl olgan. Eknom burnida Rim va Karfagen harbiy flotlari to"œqnashgan. Dengiz jangida Mark Atiliy Regun boshliq rimliklar g"œalaba qozonib, Karfagen tuprog"œida urush harakatlarini boshlab yuborganlar. Rim qo"œshinlari quruqlikda ham karfagenliklar ustidan g"œalabaga erishganlar. Bu g"œalabadan so"œng Mark Atiliy Regun boshliq qo"œshin Karfagenda qolib, qo"œshinning boshqa qismi Rimga qaytgan. Mil. avv. 255-yili Karfagenning yollanma askarlari Rim qo"œshinlariga hujum qilib, ularni tor-mor etgan. Mark Atiliy Regun asir tushib, qamoqxonada o"œlgan.
ATTILA Mundsuk o"œg"œli (Etsela, Otilaxon, Etille; laqabi "œXudoning g"œazabi") (? - mil. 453) — Xunnlar podshohi (434-453). Milodiy 433-yili Amakisi Rugila vafot etgach, birodari Bleda (Bilada) bilan birga taxtga o"œtirgan; lekin 445-yilda Bledani qatl etib, hokimiyatni yakka boshqargan. U o"œzining zafarli yurishlari bilan saltanat hududini nihoyatda kengaytirgan. Attila davlati Sharqda — Kavkaz, G"œarbda — Reyn daryosi, Shimolda - Daniya orolida, janubda — Dunay daryosining o"œng sohilini qamrab olgandi. Attila qudratli hukmdor bo"œlgan, shu tufayli ko"œpgina xalqlar o"œz ixtiyorlari bilan bo"œysunganlar. Uning qarorgohi Vengriyaning Tokay mavzesida bo"œlgan. Attila dastlab Dunayning quyi oqimidagi so"œl qirg"œoq yerlarni o"œz hokimiyatiga bo"œysundirgan. 447-yilda Vizantiya imperatorini juda katta to"œlovlar to"œlashga majbur etgan. 451-yili Trua shahri yaqinidagi kattalaun jangi bo"œlib o"œtadi. Attila kuchi bu jangdan so"œng ancha zaiflashib qolib, Germaniyaga qaytadi. U 433-yili vafot etadi. Uning vafoti bilan xunnlarning jahonshumul davlatining qudrati singan. Uning o"œg"œli Ernak davrida xunnlar barpo etgan davlat parchalanib ketgan.
AVGUST Oktavyan (mil. avv. 63-yil — milodiy 14-yil) — Rim imperatori (mil. avv. 27-yil milodiy 14-yil), Yuliy Sezarning nabira jiyani, uning vasiyatiga ko"œra o"œg"œil qilib olingan. Oktavyan Avgust huquqi cheklanmagan hokim bo"œlib olgach, mil. avv. 27-yilda senat unga Avgust (muqaddas kishi; xudolar tomonidan sharaflangan) degan faxriy unvon bergan. Sezarning o"œlimidan so"œng boshlangan fuqarolar urushi (mil. avv. 43-31-yillar)ni Aksiy yonidagi jangda Rim sarkardasi Mark Antoniy va Misr malikasi Kleopatra ustidan g"œalaba qozonish bilan yakunlagan. Oktavyan Avgust prinsipat ("œprinceps" — senat qatnashchisi) deb ataluvchi siyosiy rejimga asos solgan. Bu davlat tuzumi respublika shaklidagi monarxiyaga o"œxshaydi. Unda ilgarigidek senat va respublika lavozimlari saqlanib qolgan. Ammo butun hokimiyat Oktavyan Avgust qo"œl ostiga o"œtgan. Xalq majlisining ta"œsiri tugagan. Oktavyan Avgust mamlakatning yirik quldorlari va Rim armiyasiga tayanib ish ko"œrgan. U qo"œshin sonini 300 mingga yetkazgan. Rimda tungi soqchilar va o"œt o"œchiruvchilar guruhi tuzulib faoliyat ko"œrsatgan. U shahar aholisiga homiylik qilib, kambag"œallarga non, g"œalla, pul ulashgan vas irk tomoshalari uyushtirgan. U tasodifan qul qilinganlarni ozod qilish uchun senat qarorini chiqartirgan. Italiyaning Rimdan boshqa shaharlarida yashovchi aslzodalarga Rim fuqarosi nomi berilgan. Oktavyan davrida me"œmorchilik, madaniy va diniy ishlarga ham alohida e"œtibor berilgan. Oktavyan davridan boshlab Apenin yarim oroli Italiya deb atala boshlangan. Oktavyan davrida Rim qo"œshinlari Italiyadan shimoli-sharqda joylashgan Dunaybo"œyi qabilalarini Rimga itoat ettirganlar. Bundan tashqari Sitsiliya, Sardiniya va Korsika orollari ham rimliklar tomonidan bo"œysuntiriladi. Oktavyan davrida Rim saltanatining yerlari Ispaniyadan Suriyagacha, Galliyadan Shimoliy Afrikagacha bo"œlgan yerlarni o"œz ichiga olar edi. Oktavyan Avgust o"œz tashqi siyosatida g"œarbga nisbatan bosqinchilik siyosati yurgizgan bo"œlsa, sharqqa nisbatan diplomatik muzokaralar yordamida Rim davlatining hokimligini yoyishga intilgan. Oktavyan hukmronligining so"œnggi yillarida Rim saltanati asta-sekin zaiflashadi. Rimga tobe bo"œlgan joylarda ozodlik va mustaqillik uchun qo"œzg"œolonlar boshlanadi. Bu davrda Rim istilochilik urushlaridan voz kechib, o"œz-o"œzini mudofaa qilishga o"œtadi. Mil. avv. 14-yilda Oktavyan Avgust Rim shahri yaqinidagi Nole shaharchasidagi qarorgohida vafot etadi. Avgustning jasadini unga bag"œishlab qurilgan maxsus maqbaraga dafn etadilar. Keyinchalik "œavgust" nomi imperatorlar unvonini anglatuvchi terminga aylangan.
AVRELIAN, Lutsiy Domitsiy (214-275-yillar) — 270-275-yillarda hukmronlik qilgan Rim imperatori. Dunay legionlari tomonidan imperator deb e"œlon qilingan. Taxga o"œtirishi bilanoq xalq harakatlarini bostirib, saltanat birligini tiklashga urinib ko"œrgan. Uning qo"œshinlari gotlarni Dunay bo"œylaridan haydab yuborib, Italiyaga bostirib kirmoqchi bo"œlgan qabilalarning hujumlarini qaytargan. Avrelian Rimni varvarlardan himoya qilish maqsadida shahar atrofini qalin mudofaa devoir bilan o"œrattirgan. 273-yilda Avrelian qo"œshinlari Suriyadagi Palmira shahrini ishg"œol qilib, uni vayron etganlar. Galliya hokimi Tetrik bagaudlar harakatining kengayib ketishidan qo"œrqib Avrelianga itoat etgan. Avrelian "œosoyishtalikni tiklovchi" degan iftixorli unvon olgan. U saltanat birligini saqlash maqsadida "œYengilmas quyosh" degan yangi din joriy etgan. Hammani shu xudoga — dinga sig"œinishini talab qilgan. Bu dinga e"œtiqod qilmaganlar ta"œqib qilingan va jazolangan. Bundan Avrelianning dushmanlari foydalanib fitna uyushtirganlar va 275-yilda Avrelianni o"œldirganlar.
AVRELIY Mark (121-180-yillar) — Rim imperatori (161-yildan). Antoninlar sulolasidan. Senatorlar tabaqasiga suyangan. Armanistonda Rim hukmronligini tiklagan. Parfiyaliklar bilan bo"œlgan urushda (161-166) Mesopotamiyani bosib olgan. 166-180-yillarda Markoman urushi olib borgan. So"œnggi stoitsizm vakili ("œO"œylar" falsafiy asari muallifi).