Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 297456 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Robiya  30 Iyul 2008, 16:28:29

MILODDAN AVVALGI 149-146-YILLAR — Uchinchi Puni urushi.
MILODDAN AVVALGI 146-YIL — Korinf va Karfagen shaharlarining  rimliklar tomonidan vayronaga aylantirilishi.
MILODDAN AVVALGI 146-YIL - Axeya ittifoqi davlatlari (Korinf, Megara, Agros va Peloponnesdagi bir qator davlatlar) rimliklarning jabr-zulmiga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtardilar. Qo"œzg"œolonchilar qarzlarni bekor qilinishini, soliqlarni kamaytirilishini va rimliklarning zo"œravonligiga barham berilishini talab qilganlar. Qo"œzg"œolonni bostirish uchun Rim legionlari qo"œzg"œolon markazi Korinfga hujum qilganlar va uni ishg"œol qilib o"œt qo"œyganlar. Axeya Ittifoqi tarqatib yuborilgan. Yunonistonning ko"œpgina shahar-davlatlari Rimga itoat ettirilgan.
MILODDAN AVVALGI 146-YIL - rimliklar Karfagen shahriga uzoq muddatlik qamaldan so"œng yorib kirgan. Olti kecha-kunduz davom etgan jangdan so"œng rimliklar shaharni vayron etgan, boyliklarini talagan va imoratlariga o"œt qo"œygan. Karfagenliklardan 50 ming kishi asir olinib, qul qilib sotilgan. Shunday qilib rimliklar Karfagenni yo"œ qilib, uning o"œrnida Rimga tobe bo"œlgan Afrika viloyatini tuzganlar. Karfagenliklarning mag"œlubiyati bilan uchinchi Puni urushi ham tugagan.
MILODDAN AVVALGI 139-YIL - Luzitaniya podshosi Viriat fitnachilar tomonidan o"œldirildi.
MILODDAN AVVALGI 138-132-YILLAR - Sitsiliyada qullarning birinchi qo"œzg"œoloni. Bu qo"œzg"œolonga Kleon va Yevn boshchilik qilgan. Qo"œzg"œolon Rutuliy boshliq Rim qo"œshinlari tomonidan katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Qo"œzg"œolon rahbarlaridan Kleon jangda halok bo"œlgan, Yevn esa asir olinib, zindonda qiynab o"œldirilgan.
MILODDAN AVVALGI 133-YIL - Tiberiy Grakx xalq tribuni lavozimiga saylandi.
MILODDAN AVVALGI 133-YIL - Ispaniyaga Rimning mashhur sarkardasi Publi Korneliy Ssision yuborildi. U shaharni qamal qilib, tashqi aloqalardan mahrum etgan. Rim askarlari shaharliklarni holdan toydirib, shaharga bostirib kirganlar va uni ishg"œol qilganlar. Rimliklar avval shaharni talaganlar, so"œng vayron qilib o"œt qo"œyganlar. Numansiyaga qarashli yerlarni rimliklarga bo"œlib berganlar. Ispan aholisining katta qismi qul qilib sotib yuborilgan. Ispaniyani bosib olinishi Rim davlatining chegaralarini Atlantikaning sharqiy sohillarigacha kengaytirgan. Shu davrda Rim Yevropadagi va jahondagi eng yirik va kuchli quldorlik davlatiga aylangan.
MILODDAN AVVALGI 133-123-YILLAR - Rimda aka-uka Grakxlar islohoti.
MILODDAN AVVALGI 132-130-YILLAR - Pergamda Aristanik boshchiligida katta qo"œzg"œolon bo"œlib o"œtdi. Qo"œzg"œolonda erkin kambag"œallar va qullar ishtirok etganlar. Ammo Aristanik qo"œzg"œoloni Rim konsuli Publiy Krass boshchiligidagi legionlar tomonidan bostirilgan. Aristanik asir olinib, qiynab o"œldirilgan.
MILODDAN AVVALGI 123-YIL - Gay Grakx xalq tribuni bo"œlish uchun o"œz nomzodini qo"œydi va bu lavozimga saylandi.
MILODDAN AVVALGI 121-YIL - Gay Grakx o"œz buyrug"œiga binoan quli tomonidan o"œldirilgan.
MILODDAN AVVALGI 99-55-YILLAR - Luketsiy Kar yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI 74-YIL - Rimda qurg"œoqchilik va ocharchilik boshlandi. Sitsiliya, Kichik Osiyo, Pergam va Shimoliy Afrika kabi viloyatlarda, shuningdek Italiyaning o"œzida norozilik kuchayib, qo"œzg"œolonlar boshlangan.
MILODDAN AVVALGI 74-71-YILLAR — Italiyaning Kapuya shahrida Spartak boshchiligidagi qo"œzgolon.
MILODDAN AVVALGI 73-YIL BOSHLARI - Spartak qo"œzg"œoloni ishtirokchilarining soni 10 mingga yetgan.
MILODDAN AVVALGI 73-YIL - Vezuviy tog"œida bo"œlgan ayovsiz jang natijasida Spartakchilar Klodiy boshchiligidagi Rim qo"œshinini tor-mor etdi va juda ko"œp o"œlja va qurol-yarog"œlarni qo"œlga tushirdi. Bu Spartak boshliq qo"œzg"œolonchilarning dastlabki g"œalabasi edi.
MILODDAN AVVALGI 71-YIL BAHORI — Burundiziy shahri yaqinida Spartak va Rim sarkardasi Krass qo"œshinlari to"œqnashdi. Jangda Spartak halok bo"œlgan, qo"œzg"œolonchilar esa Pompey qo"œshinlari tomonidan qirib tashlangan Bir necha ming asirlar xochlarga mixlab osildi. Qo"œzg"œolon ko"œtarganlarning alohida to"œdalari yana 10 yil kurashni davom ettirdi.
MILODDAN AVVALGI 70-60-YILLAR - O"œrtayer dengizida qaroqchilik kuchaygan. Qaroqchilar dengizda kema qatnoviga, dengiz savdosiga, ayniqsa Rimga chetdan g"œalla va boshqa mahsulotlar keltirilishiga juda katta zarar keltirganlar. Pompey dengiz qaroqchilariga qarshi kurash boshlagan va 3 oy ichida qaroqchilarning 120 ta qarorgohini yo"œq qilib, 10 mingdan ortiq qaroqchini qilichdan o"œtkazgan. O"œrtayer dengizi qaroqchilardan tozalanib, osoyishtalik o"œrnatilgan.
MILODDAN AVVALGI 62-YIL - Pompey Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya va boshqa joylardagi g"œolibona urushlardan so"œng Rimga qaytib keldi.
MILODDAN AVVALGI 60-YIL - Pompey, Krass va Sezarlar uchlik ittifoqini tuzib, Rimni birgalashib boshqarishga kelishib oldilar.
MILODDAN AVVALGI 59-YIL - Pompey va Krassning tavsiyasi bilan Sezar konsulikka saylanadi. Pompey, Krass va Sezar o"œzaro kelishib, Rim saltanatini uch qismga bo"œladilar. Krass Sharqdagi Suriya va unga tutash o"œlkalarga, Pompey Ispaniyaning ikki viloyatiga, Sezar esa Galliya va Illiriyaga noib etib tayinlanadi.
MILODDAN AVVALGI 58-YIL - Sezar gallarga ustiga yurish qildi va ularni mag"œlubiyatga uchratdi.
MILODDAN AVVALGI 55—YIL — Rim sarkardasi Krass Parfiyaliklar bosib olgan yerlarni Rim imperiyasiga qo"œshib olish uchun Sharqqa yurish qildi.
MILODDAN AVVALGI 55-54-YILLAR - Sezar Britaniya oroliga ikki marta yurish qildi.
MILODDAN AVVALGI 53-YIL - Rim sarkardasi Krass Mesopotamiyada parfiyaliklar bilan bo"œlgan jangda halok bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI 49-YIL — Yuliy Sezar yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yuborib, Rimda hokimiyatni egalladi.
MILODDAN AVVALGI 44-YIL — Sezar Yupiter bayrami kuni senat majlisida Kassiy va Brut boshliq rеspublikаchilаr fitnаsi nаtijаsidа o"œldirildi.   
MILODDAN AVVALGI 44-YIL - MILODIY 14-YIL — Rim imperiyasida Oktavyan Avgust hukmronligi.
MILODDAN AVVALGI 43-YIL - Oktavian, Antoniy va Lepidlardan iborat uchlar ittifoqi tashkil topdi.
MILODDAN AVVALGI 40-30-YILLAR - imperator tarafdorlari hamda respublikachilar tarafdorlari o"œrtasida kurash davom etdi. Bu mamlakatda navbatdagi fuqarolar urushining avj olishiga sabab bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI 42-YIL — Makedoniyadagi Filippa shahri yaqinida Oktavyan-Antoniy qo"œshinlari bilan Kassiy-Brut qo"œshinlari o"œrtasidagi jangda respublikachilar (Kassiy-Brut) qo"œshinlari tor-mor etildi. Jang vaqtida Kassiy o"œz chodirida o"œldiriladi, Brut esa o"œzini qilich tig"œiga tashlab halok bo"œladi. Shu jangdan so"œng Rim Oktavian, Antoniy va Lepidlar o"œrtasida taqsimlanadi. O"œrtayer dengizining sharqidagi o"œlkalar Antoniyga, Galliya, Illiriya va Ispaniya Oktavyanga, Shimoliy Afrika esa Lepid hukmronligiga topshiriladi. Italiya uchlik ittifoqi boshqaruvida bo"œlsa ham, u yerda Oktavyan hukmronlik qiladi.
MILODDAN AVVALGI 36-YIL — Rim sarkardasi Antoniy Parfiya podsholigi ustiga muvaffaqiyatsiz yurush qildi. Rim armiyasi og"œir talafotlarga uchraydi, Antoniy chekinishga majbur bo"œladi. 
MILODDAN AVVALGI 31-YIL - Yunoniston g"œarbidagi Axsiy burni yaqinidagi jangda Oktavian va Antoniy qo"œshinlari o"œrtasida hal qiluvchi dengiz jangi bo"œlgan. Jangda Oktavian floti g"œalabaga erishgan. Oktavian qo"œshinlari Suriya va Palastinni ishg"œol qilib, Misrga bostirib kirgan. Misr malikasi Kleopatra va Mark Antoniy o"œz jonlariga qasd qilganlar. Misr rimlik qo"œshinlar tomonidan bosib olinib, Rimga itoat ettirilgan. Shu bilan Rimdagi fuqarolar urushi tugab, Oktavyanning tanho hukmronligi boshlangan.
MILODDAN AVVALGI 30-14-YILLAR - Oktavyan Avgustning hukmronligi davrida Rimda senatorlar soni qisqartirildi, 75 legiondan 28 tasini qoldirdi. Jangchilarning xizmat muddati 20 yil etib belgilandi, Rim imperiyasi armiyasiningumumiy adadi 300mingga yetdi. Ko"œplab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi
MILODDAN AVVALGI 29-YIL — Oktavian Senatdan imperator unvoni hamda Avgust laqabini oldi, Rim imperiyasiga asos soldi. 
MILODDAN AVVALGI 14-YIL — Oktavian Rim yaqinidagi qarorgohi Nole shaharchasidagi qarorgohida vafot etdi. Avgustning jasadini unga bag"œishlab qurilgan maxsus maqbaraga dafn etadilar.   
37-41-YIL — Rim imperatori Gay Sezar-Kaliguli hukmronligi.
41-YIL - Rim imperatori Gay Sezar-Kaliguli fitnachilar tomonidan o"œldirildi. Senatning faoliyati kuchayib mamlakatni respublika deb e"œlon qilgan bo"œlsa-da, Rim taxtiga Klavdiy o"œtirdi.
54-YIL - Neron Rim imperatori deb e’lon qilindi.
54-120-YIL — Rim tarixchisi Korneliy Tasitning yashagan davri.
68-YIL - Rim imperatori Neron vafot etdi va mamlakatda taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Bu kurashda quldorlar, aslzodalar va lashkarboshilar faol ishtirok etib, ular o"œz nomzodlarini imperator deb e"œlon qilganlar. Mamlakat fuqarolar urushi girdobiga tortilgan.
69-YIL — sharqiy viloyatlarning aslzodalari Flaviy Vespasianni Rim imperatori etib saylaganlar.
MILODIY 70-YIL - Quddus sharining rimliklar tomonidan vayron etilishi.
79-81-YILLAR - Rimda Tit Flaviy hukmronligi.
MILODIY 79-YIL - Vezuviy otilishi. Pompey, Gerkulanum va Staviy kabi shahar va ko"œpgina qishloqlarni vayron bo"œlishi.
96-YIL - Rim imperatori Dominision o"œldirildi va senator Nerva imperator deb e’lon qilindi.
96-98-YILLAR — Rim imperiyasida Nerva hukmronligi.
MILODIY 98-117—YILLAR — Rimda kelib chiqishi ispanlardan bo"œlgan Trayan hukmronligi.
101-YIL - Rim imperatori Trayan Dakiya shohi Desebal bilan kurash olib borib, uni mag"œlubiyatga uchratdi. Trayan Desebal bilan sulh tuzib Dakiyaning ba"œzi joylariga Rim qo"œshinlarini joylashtiradi.
106-107-YILLAR - Rim imperatori Trayan Dakiyani qaytadan istilo qildi. Trayan Dakiyada yangi manzilgohlar ochib, u yerga Italiyadan odamlarni ko"œchirgan va harbiy istehkomlarni mustahkamlagan.
114-YIL — Rim imperatori Trayan Armanistonni egalladi.
115-YIL - Rim imperatori Trayan Mesopatamiyaga qo"œshin tortdi. Rim qo"œshinlari Parfiya poytaxti Ktesifonni egallab, Mesopotamiyani Rimga qo"œshib oladilar.
116-117-YILLAR - Sharqiy viloyatlarda Rim zulmiga qarshi qo"œzg"œolon boshlandi. Parfiyaliklar qo"œzg"œolonchilar bilan birlashib rimliklarni mag"œlubiyatga uchratdilar. Bu mag"œlubiyat Rim imperatori Trayanni Italiyaga qaytishga majbur etdi.
117-YIL - Kichik Osiyoning Kilikiya viloyatida Trayan kasallanib vafot etdi.
117-138-YILLAR - Rimda Trayanning o"œgay o"œg"œli Adrianning hukmronligi.
132-135-YILLAR - Rim imperatori Adrian Quddusda bo"œlgan Simon boshliq yahudiylar qo"œzg"œolonini shafqatsizlik bilan bostirgan. Aholining ko"œpchiligi qul qilib sotib yuborilgan. Quddus rimliklarga qaram bo"œlib qolgan.
155-235-YILLAR — mashhur Italiya tarixchisi Dion Kassiyning hayoti va ijodi.
192-YIL - Rim imperatori Kommod fitnachilar tomonidan o"œldirildi.
193-211-YILLAR - Rim taxtini Shimoliy Afrikaning Ulug"œ Leptis shahridan chiqqan Septimiy Sever egalladi.
215-YIL - Rim imperatori Karakall Mesopatamiyaga bostirib kiradi. Parfiya podshosi Vologiz V rimliklarning talablarini bajaradi va urush to"œxtatiladi.
216-YIL - Rim imperatori Karakall Parfiyaga yangidan urush e"œlon qildi.
217-YIL - Rim imperatori Karakallga suiqasd uyushtirilib, u o"œldiriladi.
222-235-YILLAR — Severlar sulolasining so"œnggi vakili Aleksandrning Rim imperiyasida hukmronligi.
235-238 YILLAR - imperator Maksimning Rim imperiyasida hukmronligi.
238-284 YILLAR - Rim taxtiga 19 ta imperator va 30 dan ortq hukmdor kelib ketdi.
MILODIY 248-YIL - Rim 1000 yilligi nishonlanishi.
253-268-YILLAR - imperator Gallienning Rim imperiyasida hukmronligi.
270-275-YILLAR — Rimda imperatorlik qilgan Avrelian xalq harakatlarini bostirib, saltanat birligini tiklashga urinib ko"œrgan.
273-YIL - Imperator Avrelian qo"œshinlari Suriyadagi Palmira shahrini ishg"œol qilib, uni vayron qilganlar.
275-YIL — Rim imperatori Avrelianning dushmanlari fitna uyushtirib, uni o"œldirganlar.
276-282-YILLAR - Prob Rim imperatori deb e’lon qilindi.
282-YIL - Rim imperatori Probning faoliyatidan norozi bo"œlgan harbiylar uni o"œldirganlar.
284-305-YILLAR — Diokletianning Rim imperatori deb e’lon qilinishi.
306-337-YIL - Imperator Konstantinning Rim imperiyasida hukmronligi.
313-YIL - Rim imperatori Konstantin xristianlar homiysiga aylandi.
MILODIY 330-YIL — Imperator Konstantin Bosfor bo"œg"œozidagi Vizantiy shahrini Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qildi. 
MILODIY 333-YIL —  Imperator Konstantin Rimda xristianlikni davlatning boshqa dinlari bilan teng din deb farmon chiqargan.  Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va ochiq ibodat qilishga ruxsat berdi.
378-YIL - gotlar Konstantinopol tomon yo"œl oldilar. Adrionopol shahri yaqinida Rim imperatori Valentning saralangan qo"œshini bilan gotlar o"œrtasida shiddatli jang bo"œlib o"œtadi. Jangda gotlar g"œolib chiqib, imperator Valent va uning sarkardalari halok bo"œladi.
379-395-YILLAR — Rim imperiyasida Feodosiy hukmronligi.
395-YIL - Imperator Feodesey Rim imperiyasini ikki o"œg"œliga, G"œarbiy va Sharqiy qismlarga taqsimladi va Rim ikki qismga bo"œlinib ketdi. Sharqiy Rim imperiyasida imperatorning yagona hokimiyati saqlandi, G"œarbiy Rim imperiyasi alohida davlatlarga parchalana boshladi. 
402-YIL - gotlarning Italiyaga birinchi hujumi uyushtirildi. Vandal sarkardasi Stilixon boshchiligidagi Rim qo"œshinlari gotlarning hujumini qaytarganlar.
408-YIL - Alarix boshliq got qo"œshinlari Rimga bostirib kirib, uni talab qaytganlar.
410-YIL - gotlar Alarix boshchiligida Rimga uchinchi marta bostirib kirib, shaharni 3 kun talab, Italiya janubiga qarab qo"œshin tortganlar. Ular o"œrta va janubiy Italiyaning shahar va qishloqlarini talaganlar.
418-YIL — gotlar Ispaniyada vestgotlar poddsholigini tashkil etganlar.
429-YIL - Ispaniyani egallagan vandallar va alanlar Gibraltar bo"œg"œozi orqali Shimoliy Afrikaga o"œtib joylashganlar.
439-YIL - alanlar va vandallar poytaxti Karfagen bo"œlgan Alan-Vandal podsholigini tuzganlar.
451-YIL - rimlik va gall qabilalarining birlashtirgan qo"œshini Katalaun yaqinidagi jangda xunnlarni chekintirishadi.
452-YIL - Atilla boshliq xunn qo"œshinlari Italiyaga bostirib kirib, uning shimolidagi shahar va qishloqlarini talab, Dunay daryosi orqasiga qaytib ketganlar.
453-YIL — xunnlar hukmdori Atilla vafot etdi va unga tobe bo"œlgan qabilalar mustaqil bo"œlish uchun qo"œzg"œolon ko"œtargan. Shu bilan xunnlar ittifoqi ham tugab, ular mahalliy aholiga qo"œshilib ketganlar.
455-YIL — germanlarning vandal qabilalari Italiyaga bostirib kirib, Rimni ishg"œol qilib boyliklarini ikki hafta davomida talab, shaharni vayron qilganlar. Aholini shunchalik qirg"œin qilganlarki, vandallar hujumidan keyin Rimda 7 ming aholi qolgan. Rim o"œz tarixida hech qachon shunchalik vayronagarchilikka uchramagan edi. Rimni vayron qilinishi natijasida "œvandalizm" so"œzi vujudga kelgan. Bu so"œz insoniyat yaratgan moddiy va ma"œnaviy boyliklarni buzib, yo"œq qilish degan ma"œnoni bildiradi.
476-YIL - german qabilalarining sarkardasi Odoakr G"œarbiy Rimning so"œnggi imperatori 15 yoshli Romul Avgustulni taxtdan ag"œdarib tashlagan. Germanlar o"œz lashkarboshlari Odoakrni imperator deb e"œlon qilganlar. Ular imperator unvoni nishonini Sharqiy Rim imperiyasi poytaxti Konstantinopolga yuborganlar. G"œarbiy Rim imperiyasining qulashi bilan Qadimgi dunyo tarixi ham o"œz nihoyasiga yetgan.


Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:33:45

Qadimgi Rim


1. Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg"œuloti "¦
A) chorvachilik va baliqchilik bo"œlgan
B) dehqonchilik va chorvachilik bo"œlgan
S) ovchilik va dehqonchilik bo"œlgan
D) dehqonchilik va hunarmandchilik bo"œlgan
E)  baliqchilik va ovchilik bo"œlgan

2. Qaysi so"œz yunonchadan "œbuzoqchalar o"œlkasi" deb tarjima qilinadi?
A) Iberiya
B) Italiya
S) Apennin
D) Peloponnes
E) Karfagen

3. Italiya so"œzi qaysi tildan olingan va u qanday ma"œnoni anglatadi?
A) yunoncha, "œplebeylar o`lkasi"
B) lotincha, "œbuzoqchalar o`lkasi"
S) yunoncha, "œdonishmandlar vatani"
D) yunoncha, "œbuzoqchalar o`lkasi"
E) lotincha, "œburgutlar mamlakati"

4. Qaysi daryo Apennin yarimorolining eng yirik oqar suv manbai hisoblanadi?
A) Po daryosi
B) Dunay daryosi
S) Tibr daryosi
D) Reyn daryosi
E) Rubikon daryosi

5. Qadimda Apennin yarimorolining barcha qabilalari nima deb nomlangan?
A) etrusklar
B) lotinlar
S) italiklar
D) samniylar
E) sabiniylar 

6. Quyidagi javoblardan faqat Apennin yarimorolida istiqomat qilgan qabilalarni belgilang.
1) lotinlar; 2) amoriylar; 3) kassitlar; 4) sabiniylar; 5) guteylar; 6) lulubeylar; 7) etrusklar; 8) giksoslar; 9) samniylar.
A) 2, 4, 5, 7
B) 1, 3, 5, 6, 8
S) 1, 4, 7, 9
D) 1, 2, 6, 7, 9
E) 2, 3, 5, 7, 8

7. Qadimda Italiyaning g"œarbiy qismiga Kichik Osiyodan qaysi qabila ko"œchib kelgan?
A) sabiniylar
B) samniylar
S) lotinlar
D) lulubeylar
E) etrusklar

8. Qadimgi Italiyadagi etrusk qabilalarining asosiy mashg"œuloti nima bo"œlgan?
A) dehqonchilik
B) hunarmandchilik
S) baliqchilik
D) chorvachilik
E) ovchilik

9. Etrusklar kimlar?
A) Karfagen shahriga asos solgan ko"œchmanchi chorvador qabila
B) Rimning tub aholisi
S) Senatorlarning avlodlari
D) Kichik Osiyodan Italiyaning g"œarbiy qismiga ko"œchib kelgan qabila
E) diniy marosimlar o"œtkazilishi ustidan nazorat qilgan Rim ruhoniylari

10. Miloddan avvalgi VIII asrga kelib etrusklar "¦
A) sivilizatsiyasi barham topdi
B) 12 ta shahar-davlat tuzishdi
S) Rim Respublikasini barpo etishdi
D) konsul lavozimi ta"œsis etishdi
E) davlati barham topdi

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:34:29

11. Etrusklarning qadimgi Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalariga qarshi kurashiga ittifoqchi bo"œlgan davlatni toping. 
A) Sparta
B) Karfagen
S) Miken
D) Sardiniya
E) Luzitaniya

12. Qachon etrusk qabilalari Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshlagan?
A) miloddan avvalgi  V asr o"œrtalarida
B) miloddan avvalgi VI asr oxirida
S) miloddan avvalgi VII asrda
D) miloddan avvalgi  IV asrda
E) miloddan avvalgi VIII asr boshlarida

13. Etrusklar davlati qaysi davlat qo"œshinlari tomonidan tugatildi?
A) Yunoniston
B) Mesopotamiya
S) Misr
D) Xitoy
E) Eron

14. Apennin yarimorolidagi qaysi qabilalar kelib chiqishi yunonlarga yaqin qarindosh bo"œlgan?
A) venetlar, lotinlar, amoriylar   
B) kassitlar, sabiniylar, etrusklar
S) lotinlar, samniylar, sabiniylar
D) guteylar, samniylar, lulubeylar
E) giksoslar, venetlat, lotinlar

15. Qadimgi Rim nechta tepalik ustida joylashgan edi?
A) 6 ta
B) 3 ta
S) 7 ta
D) 2 ta
E) 5 ta

16. Rim shahri qaysi daryo bo"œyida tashkil topgan edi?
A) Rubikon daryosi
B) Dnepr daryosi
S) Reyn daryosi
D) Tibr daryosi
E) Po daryosi

17. Miloddan avvalgi 753-yilda "¦
A) Rim shahriga asos solindi
B) Rim Respublika deb yuritila boshlandi
S) Barcha fuqarolar qonun oldida teng bo"œldi
D) Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzildi
E) Xalq tribunlari "œveto" huquqiga ega bo`ldi

18. Miloddan avvalgi VI asrda yuz bergan voqealarni belgilang.
A) Rimda gladiatorlar jangi boshlandi; Kolizey amfiteatri bunyod etildi
B) Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzildi; etrusklar sivilizatsiyasi gullab-yashnadi
S) Rim shahriga asos solindi; panteon ibodatxonasi bunyod etildi 
D) Puni urushlari boshlandi; Rim Korsika va Saridiniyani bosib oldi
E) Rim shahri aholisi ko"œp shaharga aylandi; Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoylanish uchun qal"œa bunyod etildi

19. Qachon Qadimgi Rimdagi Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish uchun qal"œa bunyod etildi?
A) miloddan avvalgi IV asrda
B) miloddan avvalgi VI asrda
S) miloddan avvalgi III asrda
D) miloddan avvalgi  V asrda
E) miloddan avvalgi VII asrda
 
20. Rim rivoyatlariga qaraganda, Rim shahriga asos solgan aka-uka dunyoga kelishganida ularni Tibr daryosi bo"œyida o"œlsin deb tashlab ketishgan. Ana shu aka-ukaning ismi qaysi javobda to"œg"œri ko"œrsatilgan?
A) Sezar va Avgust
B) Romul va Neron
S) Morfey va Rem
D) Gilgamesh va Enkidu
E) Romul va Rem


Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:35:03

21. Qaysi hayvon Rimning timsoli hisoblanadi?
A) arslon
B) tovus
S) burgut 
D) bo"œri 
E) ajdaho

22. Miloddan avvalgi 509-yilda Rimda hukmronlik qilgan Tarkviniyning laqabini toping.
A) "œYengilmas quyosh"
B) "œDohiy"
S)  "œDonishmandlik yo`lboshchisi"
D) "œMag`rur"
E) "œOsoyishtalikni tiklovchi"

23. Miloddan avvalgi 509-yilda darg"œazab bo"œlgan aholi qo"œzg"œolon ko"œtarib, Tarkviniyni shahardan haydab yuboradi. Bunga sabab nima edi?
A) Tarkviniy davlat xazinasini o"œzlashtirib olishga urunishi 
B) Tarkviniy respublika tuzumini ag"œdarib tashlashi
S) Tarkviniy aholiga og"œir soliqlarni joriy qilishi 
D) Tarkviniy saylab qo"œyilgan hukmdorni o"œldirib hokimiyatni egallab olishi
E) Tarkviniy yakka xudolikni targ"œib qilishi

24. Ma"œlumki, qadimgi davrda rimliklar o"œz hukmdorlarini saylashardi. Hukmdorlar "¦
A) ayni paytda ham sudya edi 
B) ayni paytda ham harbiy boshliq edi
S) ayni paytda kohin ham bo"œlgan
D) ayni paytda ham konsul bo"œlgan
E) ayni paytda ham harbiy boshliq, sudya va kohin bo"œlgan
 
25. Qadimgi Rimda faoliyat ko"œrsatgan "œXalq majlisi"ning vakolatlari qaysi javobda to"œg"œri ko"œrsatilgan?
1) urush e"œlon qilgan, sulh tuzgan; 2) turli soliqlar va bojlarni joriy qilgan; 3) vakolatlari imperatornikiga teng bo"œlgan; 4) qonunlarni qabul va bekor qilgan; 5) barcha muhim mansabdor shaxslarni saylagan; 6) Davlat xazinasidan cheksiz foydalangan; 7) Zarur hollarda imperator nomidan farmon chiqargan.
A) 1, 3, 7
B) 1, 2, 4, 6
S) 2, 3, 5, 7
D) 1, 4, 5
E) 2, 4, 5, 6

26. "œSenat" so`zining ma`nosi nima?
A) "œmuqaddas dargoh" degan ma`noni anglatadi
B) "œdonishmandlik yo`lboshchilari" degan ma`noni anglatadi
S) "œoqsoqollar kengashi" degan ma`noni anglatadi
D) "œtarbiya maktabi" degan ma`noni anglatadi
E) "œimperator yordamchilari" degan ma`noni anglatadi
 
27. Patritsiylar kimlar?
A) Rimning oddiy xalqi
B) Korsika orolida yashagan qabilalar
S) senatorlarning avlodlari
D) Vesta ibodatxonasidagi muqaddas olovni saqlagan kohinlar
E) diniy marosimlar o"œtkazilishi ustidan nazorat qilgan kohinlar

28. Qadimgi Rimning oddiy xalqi nima deb nomlangan? 
A) patritsiylar
B) plebeylar
S) kandidalar
D) meteklar
E) liktorlar

29. Rim davlati qachon respublika deb yuritila boshlangan?
A) mil. avv. VI asr oxirida
B) mil. avv. V asrda
S) mil. avv. IV asrning 2-yarmi
D) mil. avv. VII asr boshida
E) mil. avv. VI asrda

30. Qadimgi Rim boshqaruvida faqat kimlar ishtirok eta olardi?
A) diktatorlar
B) avgurlar
S) plebeylar
D) patritsiylar
E) shaharda yashovchi fuqarolar

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:36:36

31. "œRespublika" so`zi qanday ma`noni anglatadi?
A) xalq ishi
B) xalq yig"œilishi
S) aslzodalar hokimiyati 
D) oqsoqollar kengashi
E) yakka hokimlik

32. Qadimgi Rim Xalq majlisining qarorini qaysi organ tasdiqlar edi?
A) Oliy kengash
B) Parlament
S) Kongress
D) Senat
E) Konsul

33. Rim respublikasi davrini eslang. Uning boshqaruvida faqat kimlar ishtirok eta olardi?
A) Rimning barcha fuqarolari
B) harbiy qo"œshin qo"œmondonlari
S) senatorlar
D) zadogan quldorlar
E) konsullar
 
34. Qadimgi Rimda nima uchun oddiy kishilar konsul bo"œla olmasdi?
A) davlat lavozimiga saylanish uchun mablag"œliklari bo"œlmagani uchun
B) davlat ishlarida faqat zodagonlar ishtirok etganliklari sababli
S) davlatga xizmat qilish evaziga haq to"œlanmaganligi sababli
D) konsullikka faqat harbiy boshliqlardan saylanganligi sababli
E) konsul faqat patritsiylardan saylanganligi sababli

35. "œKandida" nima?
A) Rimda saylov kuni liktorlikka o"œz nomzodini qo"œygan badavlat quldorlar kiygan libos
B) Rimda saylov kuni diktatorlikka o"œz nomzodini qo"œygan badavlat quldorlar kiygan libos
S) Rimda saylov kuni tribunlikka o"œz nomzodini qo"œygan badavlat quldorlar kiygan libos
D) Rimda saylov kuni senatorlikka o"œz nomzodini qo"œygan badavlat quldorlar kiygan libos
E) Rimda saylov kuni konsullikka o"œz nomzodini qo"œygan badavlat quldorlar kiygan libos

36. Hozirgi "œkandidat", ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so`z qaysi iboradan kelib chiqqan?
A) kandida
B) senat
S) patritsiy
D) plebey
E) liktor
   
37. Qadimgi Rimda konsullikka o"œz nomzodini qo"œygan badavlat quldorlar qanday rangli libos kiyganlar?
A) qizil
B) qora
S) sariq
D) oq
E) yashil

38. Qadimgi Rimda bevosita davlatni boshqargan mansabdor shaxs nima deb atalgan?
A) diktator
B) tribun
S) konsul
D) arxont
E) liktor

39. Qadimgi Rimda qonunlar qayerda muhokama etilar edi?
A) xalq sudida
B) xalq majlisida
S) senatda
D) shahar markazida
E) bozorda

40. Qadimgi Rimda qonunlar qaysi organ tomonidan qabul qilingan?
A) Senat
B) Xalq majlisi
S) Xalq sudi
D) Xalq tribuni
E) Beshyuzlar kengashi

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:40:10

41. Qadimgi Rimda urush yoki xalq qo"œzg"œoloni boshlanganida qaysi lavozimlar tayinlangan?
A) tribun va diktator
B) konsul va diktator
S) xalq tribuni va liktor
D) konsul va piyoda qo"œshinlar boshlig"œi
E) diktator va otliq qo"œshinlar boshlig"œi

42. Qadimgi Rimda diktator o"œzi egallagan cheklanmagan hokimiyatni qancha muddat idora etgan?
A) 3 oy
B) 6 oy
S) 9 oy
D) 1 yil
E) muddati cheklanmagan

43. Qadimgi Rimda konsulnining faxriy qorovuli nima deb atalgan?
A) goplit
B) metek
S) avgur
D) liktor
E) kolon

44. Qadimgi Rimda har bir konsulni necha kishidan iborat fahriy qorovul qo"œriqlab turar edi?
A) 10 kishi
B) 14 kishi
S) 12 kishi
D) 8 kishi
E) 16 kishi

45. Quyidagilardan qaysi biri Qadimgi Rimdagi konsullar faoliyatiga taalluqli emas?
1) Ikki nafar konsul muhim masalalarda maslahatlashgan; 2) "œVeto" huquqidan foydalangan; 3) Rimliklarni sud qilgan; 4) Plebeylar manfaatini himoya qilgan; 5) Harbiy davrlarda qo`shinga qo`momdonlik qilgan; 6) Yil davomida Rim respublikasini boshqargan; 7) Xalq qo`zg`olonlarini bostirishga rahbarlik qilgan; 8) Har yili Xalq majlisiga hisobot berib turgan.
A) 1, 3, 5
B) 2, 4, 7
S) 2, 3, 5, 7
D) 1, 2, 4, 6, 7
E) 1, 5, 7, 8

46. Qadimgi Rim konsullarining jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida "¦
A) o"œz huzurlarida doimo jallod o"œz qilichi bilan shay holda turgan.
B) o"œz huzurlarida ikki jangchi qurol-yaroqlari bilan turgan.
S) konsullar doimo xanjar bilan yurgan.
D) konsullar qo"œshiga qo"œmondonlik qilgan.
E) liktorlar yelkalariga o"œrtasida boltaca sanchilgan qayishqoq arqonchalardan bog"œlama taqib yurishgan.

47. Ma’lumki, Qadimgi Rimda konsullar ikki nafar bo"œlgan. Ular muhim masalalar yuzasidan qaror qabul qilishdan avval "¦
A) bir-birlari blan maslahatlashib olishi kerak edi.
B) patritsiylar bilan mastlahatlashib olishi kerak edi.
S) Senat bilan maslahatlashib olishi kerak edi.
D) Xalq majlisi bilan maslahatlashib olishi kerak edi.
E) alohida-alohida qaror qabul qilib, Senat tasdig"œiga kiritishar edi.

48. Rim respublikasida qaysi lavozim egasi qashshoq rimliklar manfaatini himoya qilgan?
A) diktator
B) senator
S) konsul
D) xalq tribuni
E) liktor

49. Xalq tribunining vazifalari qaysi javobda to"œg"œri ko"œrsatilgan?
1) Yil davomida Rim respublikasini boshqargan; 2) Qashshoq rimliklar manfaatlarini himoya qilgan; 3) Harbiy davrlarda qo"œshinlarga qo"œmondonlik qilgan; 4) "œVeto" huquqidan foydalana olgan; 5) Aholini sud qilgan; 6) Har yili Xalq majlisiga hisobot bergan.
A) 1, 5
B) 1, 4
S) 2, 4
D) 3, 6
E) 2, 3

50. "œVeto" so`zi qanday ma`noni anglatadi?
A) roziman
B) boshqaraman
S) hukm qilaman
D) taqiqlayman
E) bajaraman


Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:41:47

51. Qadimgi Rimda kimlar "œveto" huquqidan foydalangan?
A) Liktor
B) Konsul
S) Diktator
D) Senator
E) Xalq tribuni

52. Qadimgi Rim qonunchiligiga oid asosiy xususiyatni aniqlang.
A) qonunlar og"œzaki bo"œlgan
B) qonunlar imperatorning cheksiz hokimiyatini ta"œminlar edi
S) qonunlar plebeylar va patritsiylar tomonidan yaratilgan
D) qonunlar pergamentga yozilar edi
E) qonunlar mohiyatini diniy tushunchalar tashkil etardi

53. Ma"œlumki, Qadimgi Rimda Senat qonunlarni o"œnta mis plastinada chekib yozgan va hamma ko"œrishi uchun uni osib qo"œygan. Ushbu qonunlar kimlarning talabiga binoan yozilgan?
A) pontifiklar
B) avgurlar
S) plebeylar
D) patritsiylar
E) konsullar

54. Qadimgi Rimda senat tomonidan o"œnta mis plastinada chekib yozilgan qonunlar nima sababdan patritsiylarni qanoatlantirmadi?
A) negaki, ular Yunoniston hukmdori Solonning qonunlariga asoslangan bo"œlib, kambag"œal aholi manfaatlarini himoya qilar edi
B) chunki, ular Afina arxonti Drakontning qonunlariga asoslangan bo"œlib, shaharlik aholi manfaatlarini himoya qilar edi
S) chunki, ular Bobil podshosi Hammurapining qonunlariga asoslangan bo"œlib, quli va yeri ko"œp bo"œlgan zodagonlarning manfaatini himoya qilar edi
D) negaki, ular Ahamoniylar hukmdori Doro I ning qonunlariga asoslangan bo"œlib, faqat hukmdorning manfaatlarini himoya qilar edi
E) chunki, ular Misr fir"œavni Ramzes II ning qonunlariga asoslangan bo"œlib, qo"œshni xalqlar bilan kelishib yashashni taqazo qilar edi

55. Qachon Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat"œi nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilingan?
A) mil. avv. VI asr oxirida
B) mil. avv. V asr boshida
S) mil. avv. III asrda
D) mil. avv. IV asr o"œrtalarida
E) mil. avv. VII asrning 2-yarmida

56. Quyidagi atamalardan faqat Qadimgi Rimga tegishli bo"œlganini belgilang.
1) zikkurat; 2) kandida; 3) goplit; 4) podsho tirsagi; 5) liktor; 6) plebey. 7) diadoh; 8) konsul; 9) veto; 10) ilot
A) 1, 2, 5, 7, 10
B) 1, 3, 4, 6, 7
S) 2, 5, 6, 8, 9 
D) 2, 3, 6, 8, 9
E) 1, 4, 5, 7, 10

57. Qadimgi Rimda nima sababdan patritsiyar 12 jadvaldan tashkil topgan yangi qonunlarni qabul qillishga majbur bo"œladilar?
A) patritsiylarni avvalgi qonunlar qoniqtirmaganligi sababli.
B) plebeylardan iborat bo"œlgan Rim qo"œshinlari isyon ko"œtarib, o"œz qonunlariga ega bo"œlgan yangi shahar barpo etish da’vosi bilan chiqanligi sababli.
S) patritsiylar va plebeylar o"œzaro kelishuvlari sababli.
D) konsullarning keskin noroziligi sababli.
E) Xalq majlisining avvalgi qonunlarni bekor qilganligi sababli.

58. Mozaika — bu "¦
A) Rim armiyasida eng yirik jangovar birlik
B) Rimdagi eng baland tepalik
S) qurbonlik baxshida etiladigan ko"œtarma joy
D) yer yuzining odamlar yashaydigan qismi
E) shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan rasm

59. Ho"œl suvoqqa ishlangan rasmlar nima deb ataladi?
A) metek
B) ritorika
S) freska
D) akvuduk
E) mozaika

60. Shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan rasm nima deb ataladi?
A) freska
B) akveduk
S) mozaika
D) ritorika
E) altar

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:42:23

61. Qadimgi Rimda shohona koshona uy-joylar nima deb atalgan?
A) akveduk
B) freska
S) villa
D) mozaika
E) forum

62. Qadimgi Rimda shahar markazi nima deb atalgan?
A) Forum
B) Villa
S) Freska
D) Mozaika
E) Altar

63. Qadimgi Rim forumida nimalar joylashgan edi?
A) senat, xalq maydoni va akveduk
B) yig"œilish joyi, ibodatxona va kolizey
S) liktor, akveduk va altar 
D) bozor maydoni, yig"œilish joyi va ibodatxona
E) kolizey, ibodatxona va yig"œilish joyi

64. Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar nima edi?
A) yog"œoch
B) togu
S) qul
D) zaytun
E) kandida

65. Qadimgi Rimda qanday qilib odamlarning jamiyatdagi mavqeini bilib olishgan?
A) kiyib yuradigan libosi orqali
B) istiqomat qilgan uyi orqali
S) qancha quli borligiga qarab
D) qancha yeri borligiga qarab
E) A va S javob to"œg"œri
 
66. "œTogu" nima?
A) ho"œl suvoqqa ishlangan rasm
B) Rimning qasos va intiqom ilohasi
S) qurbonlik baxshida etiladigan ko"œtarma joy
D) Vesta ibodatxonasining muqaddas olovi
E) o"œg"œil bolalarning 14 yoshigacha kiygan pushti yo"œllik libosi

67. Qadimgi Rimda o"œg"œil bolalar necha yoshigacha pushti yo"œllik "œtogu" kiyishgan?
A) 9 yoshigacha
B) 7 yoshigacha
S) 10 yoshigacha
D) 14 yoshigacha
E) 12 yoshigacha

68. Qadimgi Rimda kimlar oppoq togu kiyishar edi?
A) senatorlar va imperatorlar
B) konsullar va diktatorlar
S) patritsiylar va kohinlar
D) 14 yoshga kirgan o"œg"œil bolalar hamda senatorlar
E) 14 yoshga to"œlmagan o"œg"œil bolalar va senatorlar

69. Kundalik hayotda madad va homiylik istab ko"œproq kimlarga murojaat etishgan?
A) kohinlarga
B) o"œz xudolariga
S) xalq tribunlariga
D) senatorlarga
E) Vestachi kohinalarga
 
70. Qadimgi yunonlarning urush xudosi Ares rimliklarning qaysi xudosiga to"œg"œri keladi?
A) Yupiterga
B) Marsga
S) Fortunaga
D) Veneraga
E) Neptunga

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:47:37

71. Qadimgi Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi qaysi xudo hisoblanadi?
A) Mars
B) Yupiter
S) Yustitsiya
D) Fortuna
E) Venera

72. Qadimgi rimliklar qaysi xudoga Rim davlatining homiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turadi deb e"œtiqod qilishgan?
A) Marsni
B) Fortunani
S) Venerani
D) Yupiterni
E) Yustitsiyani

73. Quyidagi qaysi javobda rimliklarning dengiz xudosi to"œg"œri ko"œrsatilgan?
A) Morfey
B) Baxus
S) Neptun
D) Diana
E) Fortuna

74. Morfey — bu "¦
A) rimliklarning ov xudosi
B) rimliklarning uyqu xudosi
S) rimliklarning taqdir ilohasi
D) rimliklarning olov va temirchilar xudosi
E) rimliklarning bahor va sevgi xudosi

75. Qadimgi rimliklar e"œtiqodida Diana "¦
A) ov xudosi hisoblangan
B) uyqu xudosi hisoblangan
S) dengiz xudosi hisoblangan
D) urush xudosi hisoblangan
E) taqdir ilohasi hisoblangan

76. Rimliklar qaysi xudoni olov va temirchilar xudosi deb hisoblashgan?
A) Vulkanni
B) Morfeyni
S) Baxusni
D) Dianani
E) Fortunani

77. Qadimgi rimliklarning bahor va sevgi xudosi qaysi javobda to"œg"œri ko"œrsatilgan?
A) Diana
B) Yustitisiya
S) Venera
D) Morfey
E) Mars

78. Quyidagi qaysi javobda rimliklar xudolarining ta"œrifi noto"œg"œri berilgan?
A) Venera — bahor va sevgi xudosi
B) Neptun — dengiz xudosi
S) Yustitsiya — odil sudlov ilohasi
D) Baxus — urush xudosi
E) Fortuna — taqdir ilohasi

79. Quyidagi qaysi qatorda rimliklar xudolarining ta"œrifi to"œg"œri berilgan?
A) Morfey — ov xudosi
B) Mars — dengiz xudosi
S) Venera — taqdir ilohasi
D) Yustitisiya — odil sudlov ilohasi
E) Fortuna — bahor va sevgi xudosi

80. Qadimgi rimliklar e"œtiqod qilgan Yustitsiyaning o"œng qo"œlidagi qilich nimani timsoli sanalgan?
A) adolat timsoli
B) g"œalaba timsoli
S) jazo timsoli
D) ishonch timsoli
E) qasos timsoli

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:48:11


91. Ma"œlumki, qadimgi rimliklar e"œtiqodiga ko"œra hayvonlar go"œshtining bir qismi altarga kiydirilgan. Ular nima sababdan shunday qilishgan?
A) chorvadorlarning chorva mollarini turli kasalliklardan saqlab qolishi uchun 
B) dehqonlarning mo"œl hosil olishi uchun
S) urushga ketayotgan jangchilarga omad keltirishi uchun
D) Rim shahrida qashshoqlarni kamayishi uchun
E) xudo qovurilgan go"œsht isini hidlashi uchun

92. Qadimgi rimliklar e"œtiqodida xudolarining asosiy yeguligi nima bo"œlgan?
A) asal
B) meva
S) nektar
D) quymoq
E) pishirilgan go"œsht

93. Qadimgi Rimda kimlar diniy marosimlar o"œtkazilishi ustidan nazorat qilgan? 
A) pontifiklar
B) avgurlar
S) danaylar
D) Vestachi kohinalar
E) diadohlar

94. Pontifiklar kimlar?
A) fol ochuvchi kohinlar
B) Vesta ibodatxonasidagi muqaddas olovni saqlovchi kohinalar
S) diniy marosimlar o"œtkazilishi ustidan nazorat qilgan kohinlar
D) qurbonlik o"œtkazishga haqli bo"œlmagan kohinlar
E) hukmdorlarni 70 kun davomida mumiyolagan kohinlar

95. Qadimgi Rimda bayramlar taqvimi hamda marosimlar tantalari tartibini kimlar tuzgan?
A) avgurlar
B) pontifiklar
S) Vestachi kohinalar
D) senturiylar
E) danaylar

96. Qadimgi rimliklar e"œtiqodiga ko"œra kimlar xudolar bilan maslahatlashib uzil-kesil xulosa beradi deb hisoblashgan?
A) Konsullar
B) Pontifiklar
S) Avgur
D) Buyuk pontifik
E) Vestachi kohinalar

97. Qadimgi Rimda 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylarni ifoda etuvchi pontifiklar hay"œatiga kim rahbarlik qilar edi?
A) Konsul
B) akveduk
S) Avgur
D) Vestachi kohina
E) Buyuk pontifik

98. Qadimda rimliklar barcha muhim ishlarni nimadan boshlashgan?
A) qurbonlik keltirishdan
B) fol ochishdan
S) xudolarga ibodat qilishdan
D) Xalq majlisida ishtirok etishdan
E) xudo Yupiterga atab bayram o"œtkazishdan
 
99. Qadimgi Rimda qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks-sadoga qarab fol ochgan kohinlar nima deb nomlangan?
A) liktorlar
B) pontifiklar
S) furiyalar
D) avgurlar
E) senturiylar

100. Qadimgi Rimda xonadon o"œchog"œi ilohasi nima deb atalgan?
A) Vesta
B) Vulkan
S) Baxus
D) Morfey
E) Fortuna

Qayd etilgan