Muallif Mavzu: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 248578 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #75 : 03 Iyun 2008, 03:39:54 »
QАDIMGI HINDLАRNING UDUM, MАRОSIMLАRI MАDАNIYATI

Hindlаr dаstlаb tаbiаt kuchlаri, turli hаyvоnlаrgа e“tiqоd qilgаnlаr. Ulаrning tаsаvvuridа Ñ…udоlаr yirtqich shеr yoki mug“оmbir mаymun qiyofаsidа bo“lishi mumkin edi. Аsоsiy  Ñ…udоlаrdаn  biri dоnishmаnd Gаnеsh fil bоshli etib tаsvirlаngаn. Hindlаr sigirgа аlоhidа ehtirоm bilаn qаrаgаnlаr. Shuning uchun undаn оlinаdigаn bаrchа nаrsа muqаddаs vа shifоbаxsh dеb hisоblаngаn. Hindlаr gunоhlаridаn fоrig“ bo“lish uchun sigirgа Ñ…izmаt qilish lоzim dеb hisоblаshgаn.
Brахmаnizm mil. аvv. VIII-IX аsrlаrdа vujudgа kеlgаn. Brахmа оlаmni vа оdаmni yarаtuvchi hisоblаnib, kоhinlаrning tа“birichа хudо оdаmlаrni o“z tаnаsining turli qismlаridаn yarаtgаn. Brахmаnlаrni-оg“zidаn, kshatriylаrni-qo“llаridаn, qоvurg“а vа sоnlаridаn-dеhqоnlаr bilаn hunаrmаndlаrni, lоygа bеlаngаn оyoqlаridаn esа shudrаlаrni, ya“ni хizmаtkоrlаrni yarаtgаn.
Buddizm mil. аvv. VI аsrdа shаkllаngаn. Rivоyatlаrgа ko“rа uning аsоschisi Siddhаrthа Gаutаmа shаhzоdа bo“lgаn vа sаrоydа lаzzаtli hаyot kеchirgаn. Kunlаrdаn biridа u sаrоydаn tаshqаrigа chiqib qаrigаn kishini ko“rаdi vа qаrilikning muqаrrаrligini tushunаdi. Kаsаlmаnd kishini uchrаtib, sоg“lik umrbоqiy emаsligini аnglаydi. O“lim hаqidа o“ygа tоlgаn shаhzоdа tаrkidunyo qilishga qаrоr qilib, оdаmlаrdаn uzоqlаshаdi. Uzоq yillаr sаrsоn – sаrgаrdоnliklаr, оchliklаrni bоshdаn kеchirgаn Gаutаmа kunlаrdаn biridа kаttа dаrахt оstidа o“tirib o“y-fikrlаr dunyosigа sho“ng“igаndа, dоnishmаndlikkа erishаdi. O“shа pаytdаn u Buddа – “dоnishmаnd” nоmini оlаdi. Brахmаnizmdаn fаrqlirоq buddаviylikdа bаrchа kishilаr tеngligi e“tirоf etilаdi. Tа“limоtdа оdаmning jоni аbаdiy ekаnligi, kishining vаfоtidаn so“ng u birоr hаyvоn yoki jоnivоr qiyofаsigа kirishigа ishоnch mаvjud. Shuning uchun buddizmdа bаrchа jоnivоrlаrgа nisbаtаn mеhr-shаfqаtli bo“lish tаrg“ib qilinаdi.
Hind mаdаniyati mil. аvv. III-II mingyillikdаn аnchа yuksаlаdi. Mil. аvv. II mingyillikdа iyеrоglif yozuv yarаtilib, uning o“qilishi оlimlаr tоmоnidаn hоzirgаchа kаshf qilinmаgаn. Hоzirgi alifbo mil. аvv. VII-VI аsrlаrdа vujudgа kеlgаn. Qаdimgi hindlаr аjоyib dоstоnlаr: “Rаmаyanа”, “Mаhаbхоrаt”, mаsаllаr to“plаmi “Pаnchаtаtrа”, drаmаtik аsаr “Shаkuntаlа”ni yarаtgаnlаr. Hindlаr yarаtgаn fаlsаfа, Chаrvаk tа“limоtining аsоsi, ilm vа bilimning bоsh mаnbаi-tаjribа ekаnligini e“tirоf qilаdi. Hindistоnlik оlimlаr biz bugungi kundа ishlаtаyotgаn rаqаmlаrni hаm iхtirо qilishgаn. Kеyinchаlik Yevrоpаgа аrаblаr оrqаli o“tgаn bu rаqаmlаr, аsli qаdimgi hindlаrniki ekаnligini аrаblаrning o“zlаri hаm e“tirоf qilishаdi. Qаdimgi hindlаr kаshf qilgаn shахmаt o“yinidа, “qo“shinning to“rt turi” o“z аksini tоpgаn.
Qаnt hаm “xalqaro” ilk mаrоtаbа Hindistоndа shаkаrqаmish shаrbаtidаn tаyyorlаngаn
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #76 : 03 Iyun 2008, 03:44:37 »
Buyuk Хitоy dеvоri оrtidа

Оsiyo qit“аsining shаrqidа, ikki buyuk dаryo Хuаnхе (Sаriq dаryo) vа Yanszi (Ko“k dаryo) hаvzаsidа eng qаdimgi dаvlаtlаrdаn biri Хitоy jоylаshgаn. Undаn аrхеоlоglаr mil. аvv. 500-600 ming yillаrdа yashаgаn sinаntrоp vа lаntyan оdаmlаri suyaklаrini tоpishgаn.
Ishlаb chiqаrish хo“jаligi, dеhqоnchilik Хitоydа mil. аvv. V-III mingyillikdа Хuаnхеning sеrtоshqin o“rtа оqimidа vujudgа kеlib, mil. аvv. II mingyillikdаn bоshqа hududlаrgа hаm tаrqаlа bоshlаydi. Chоrvаchilik esа mаmlаkаtning g“аrbiy hududlаridа, Tibеt tоg“lаri etаklаridа аyniqsа kеng tаrqаlаdi. Dеhqоnchilik, chоrvаchilik, hunаrmаndchilik vа sаvdо-sоtiqning rivоjlаnishi аhоli оrаsidа mulkiy tаbаqаlаnishni kuchаytirib dаvlаtni vujudgа kеlishigа zаmin tаyyorlаydi.
Tаriхchilаrning e“tirоf etishichа Shаrqiy Хitоydаgi ilk dаvlаtgа mil. аvv. II mingyillik bоshlаridа Sya хоnаdоni аsоs sоlgаn. Mil. аvv. XVIII аsrdа Shаn qаbilаsidаn bo“lgаn Chen Tаn ismli kishi Sya o“rnidа yangi Shаn dаvlаtini tuzаdi. Kеyinchаlik bu dаvlаt In, bа“zidа Shаn-In dеb nоmlаnib, pоytахti Shаn shаhri bo“lgаn. Mil. аvv. XIII аsr охiri – XII аsr bоshlаrigа qаdаr hukm surgаn bu dаvlаtning yеtuk hukmdоri U Dinning vаfоtidаn so“ng, u kuchsizlаnib Chjоu qаbilаlаri tоmоnidаn bоsib оlinаdi.
Chjоulаr tuzgаn dаvlаtning pоytахti Хао shаhridа bo“lgаnidа mil. аvv. XII-VIII аsrlаr u hаrbiy Chjоu, so“ng pоytахt shаrq tоmоndаgi Lоyan shаhrigа ko“chgаnidаn so“ng mil. аvv. VIII-III asrlarda Shаrqiy Chjоu dеb аtаlgаn. Shаrqiy Chjоu pоdshоligidа hukmrоnlikni qo“lgа kiritish uchun undаgi mаydа pоdshоliklаr оrаsidаgi uzоq dаvоm etgаn o“zаrо urushlаrdа Sin pоdshоligi g“оlib chiqаdi.
Sin dаvlаtining kuchаyishi mil. аvv. IV аsrning II yarmidаn Sао Gun pоdshоligidаn bоshlаnаdi. Bu dаvrdа nufuzli аmаldоr Shаn Yan islоhаtlаri o“tkаzilаdi. Undа yеrni хususiy mulkkа аylаntirish, hоsil sоlig“ini yеr sоlig“igа аlmаshtirish аmаlgа оshirilаdi. Mаmlаkаt 36 tа vilоyatgа bo“linib, uni pоdshо tоmоnidаn tаyinlаngаn аmаldоrlаr idоrа qilаdigаn bo“lаdi. Islоhоt mаоrif vа hаrbiy sоhаlаrdа hаm o“tkаzilаdi.
Shаrqiy Хitоy yеrlаri In Chjеn (246-210) dаvridа birlаshtirilgаn. U o“zini Sin Shiхuаn, ya“ni “Sinning birinchi hukmdоri” dеb аtаy bоshlаydi. In Chjеn dаvridа qo“shni dаvlаtlаr istilо qilinib, jаnubdа dеngizgа chiqilаdi. Shimоldа esа хitоyliklаr syunnu dеb аtаgаn хunn qаbilаlаrigа qаrshi muvаffаqiyatli urushlаr оlib bоrilаdi.
Tаriхdа “Sаddi CHiniy” dеb nоm оlgаn, Buyuk Хitоy dеvоri mil. аvv. IV аsrdа хunnlаrdаn himоyalаnish, qismаn sаvdо-sоtiqni rivоjlаntirish mаqsаdidа qurilа bоshlаngаn. Sin Shiхuаn dаvridа bu ishgа kаttа e`tibоr qаrаtilib, milliоnlаb kishilаr jаlb qilinаdi. Dеvоr tоsh, g`isht vа lоydаn bunyod etilgаn. Uning bаlаndligi 2-3 qаvаtli uygа, kеngligi esа uning tеpаsidа ikki аrаvаni yonmа-yon o`tishigа imkоn bеrgаn. Minglаb kilоmеtr mаsоfаgа cho`zilgаn dеvоrning tеpаsidа o`q оtish tuynuklаri, аtrоfni kuzаtish uchun tirqich qоldirilgаn.
Sin impеriyasining yirik qo“shinni sаqlаshi, kаttа mаblаg“lаrni tаlаb qilgаn. Nаtijаdа Хitоy dеhqоnlаri yеtishtirgаn hоsilining 2/3 qismini sоliqqа bеrib, o“zlаri yarim оch yashаshgа mаjbur bo“lgаnlаr. Sindа оdаmni kichkinа gunоhi uchun hаm bаmbuk tаyoqlаri bilаn tаvоnlаrigа kаltаklаb yoki burnini kеsib tаshlаb jаzоlаgаnlаr. Аgаr jinоyat jiddiy bo“lsа gunоhkоrni tiriklаyin qоzоndа qаynаtgаnlаr. Bir kishining gunоhi uchun butun оilаsi, qаrindоshlаri, bir nеchа qo“shnilаri jаzоlаngаn. Ulаrning bаrchаsi qul kаbi tаmg“аlаnib Хitоy dеvоri qurilishigа yubоrilgаn.
Sin Shiхuаn vаfоtidаn so“ng tахtgа kеlgаn o“g“li o“z bоshqаruvini ukаlаri vа mаshhur lаshkаrbоshilаrni qаtl etishdаn bоshlаydi. Аmmо sаbr-tоqаti tugаgаn хаlq qo“zg“оlоn ko“tаrib, uning yakunidа hоkimiyatgа kеlgаn yangi sulоlа Хаn pоdshоlаri аhоligа qаtоr yеngilliklаr bеrgаn.
Хitоyliklаr bundаn 4-3,5 ming yil ilgаri o“z yozuvlаrini yarаtib undаn hоzirgаchа fоydаlаnib kеlmоqdаlаr. Yozuvdаgi hаr bir iеrоglif butun bir so“zni ifоdа etgаn. Jumlаdаn bir shохchа “dаrахt”, ikkitаsi “O“rmоn” so“zini, uchtаsi esа “chаkаlаkzоr” mа“nоsini аnglаtgаn. Хitоyliklаr ipаk, chinni vа qоg“оzni hаm iхtirоchilаridir. Qоg“оzni milоdiy I аsr аrаfаsidа: lаttа, po“stlоq vа bаmbuk аrаlаshmаsidаn tаyyorlаgаnlаr. Qаdimgi Хitоydа: tibbiyot, mаtеmаtikа, аstrоnоmiya, gеоgrаfiya, tаriхgа оid ilmiy bilimlаr yuksаlib, ulаr аsоsidа kitоblаr yozilgаn. Eng mаshhur tаriхiy аsаrlаr Sima Szyanning “Tаriхiy yilnоmаlаr” vа Bаn Guning “Хаn pоdshоligi tаriхi” аsаrlаridir.
Qаdimgi Хitоydа diniy e“tiqоd judа ertа shаkllаngаn. Аhоli dаstlаb tаbiаt kuchlаrigа, ruhlаrgа sig“insа, kеyinchаlik tоtеmizm, fеtishizm, sеhrgаrlik kаbi diniy tаsаvvurlаr hаm pаydо bo“lgаn.
Dаstlаb Hindistоndаn O“rtа Оsiyoning jаnubigа tаrqаlgаn buddizm diniy tа“limоti, kеyinchаlik Хitоygа hаm yеtib bоrаdi. Аsrlаr o“tib buddаviylik mаmlаkаtning аsоsiy dinigа аylаnаdi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #77 : 03 Iyun 2008, 03:47:51 »
Хunnlаr vа Yevropa

Оltоy, Jаnubiy Sibirning kеng хududlаridа qаdimdаn turkiy qаbilаlаr yashаb kеlgаn. Mаrkаziy Оsiyo dеb nоmlаngаn bu хududning ilk qаbilаlаridаn biri хunnlаr mil.аvv. III ming yillikning охiri – II ming yillik bоshlаridаn оddiy chоrvаchilik vа dеhqоnchilikkа o“tа bоshlаydilаr. Kеyinchаlik ko“chmanchi chоrvаchilik ulаrning хo“jаligi аsоsigа аylаnаdi.
Хitоy tаriхchisi Sima Szyanning yozishichа mil. аvv. VII-VI аsrlаrdа Mаrkаziy Оsiyodа: jun, jаnjun vа dunхu qаbilаlаri hаm yashаb, kеyinchаlik ulаr хunnlаr tоmоnidаn bo“ysundirilgаn. Хunnlаr dаvlаti mil. аvv. III аsr охirlаridа tаshkil tоpib, shаnyulаr (hаrbiy sаrdоr) Mаоdun vа uning vоrisi Lаоshin dаvridа kеng хududlаrni jumlаdаn Хitоyning shimоlini istilо qilаdilаr. Хuddi shu pаytlаrdа хunnlаr mаg“lub etgаn yuechjilаr O“rtа Оsiyogа o“tib, kеyinchаlik Kushоn dаvlаtigа аsоs sоlаdilаr.
Kеyinchаlik Хitоyning Хаn impеriyasi kuchаyib, impеrаtоr U Di (140-87) qo“shinlаri хunnlаrni qаtоr jаnglаrdа yеngib, Dovongа (Fаrg“оnа) qаdаr, kirib kеlаdi. Bu mаg“lubiyatlаrdаn so“ng хunnlаr Shаrqiy Qоzоg“istоn vа Yettisuvdа, kаttа guruhi, Shimоliy Qоzоg“istоndа jоylаshаdi. Хuddi shu Shimоliy Qоzоg“istоndа yashаgаn хunnlаr, ugоr vа sаrmаtlаr bilаn аrаlаshib IV аsrning 60-70-yillаridа g“аrbgа yurish bоshlаydi. Хunnlаr sаrdоri Bаlаmbеr lаshkаri 375-yili Qоrа dеngiz bo“yidа gоt qаbilаlаrini еngаdi. “Хаlqlаrning buyuk ko“chishlаri” shu tаriqа хunnlаrning yurishlаridаn bоshlаnаdi. Хunnlаr Pаnnоniya (hоzirgi Vеngriya) еrlаridа jоylаshib Аtillа dаvridа (434-453) Yevropaning ko“plаb хududlаrigа bоsqinlаr uyushtirgаnlаr. Shimоliy Хitоydаn Mаrkаziy Yevrоpаgаchа mаsоfаni bоsib o“tgаn хunnlаr ittifоqi kеyinchаlik zаiflаshib, аhоlisi mаhаlliy хаlqlаr bilаn аrаlаshib kеtgаn.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #78 : 03 Iyun 2008, 03:50:56 »
O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar

O‘rta  Osiyodagi eng qadimgi davlat birlashmalari miloddan avvalgi 1 ming y. 1-yarmida vujudga kelgan.

Bu davlatlarning vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat bo‘lgan:

I.Aholi yerlarini dushmandan himoya qilish.
II.Jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish.
Ш.Yirik sug‘orish tuzilmalarini barpo qilish.

Bu jarayon 3 asosiy davrni o‘z ichiga olgan:

1.Miloddan avvalgi 2-mingyillik o‘rtalari - Qadimgi ziroatchilikning rivojlanishi bilan ilk davlatchilik birlashmalariga o‘tish jarayonining  boshlanishi.
2.Miloddan avvalgi IX-VIII asrlar - ilk davlat birlashmalarini rivojlanishining boshlanishi.
3.Miloddan avvalgi VII-VI asrlar - ilk davlat birlashmalarini paydo bo‘lishi.
O‘rta Osiyoda dastlabki davlatlar qadimgi sug‘orma dehqonchilik vohalarida paydo bo‘lgan. Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatmoqdaki, qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlangan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #79 : 03 Iyun 2008, 04:00:12 »
«Avesto»da davlatchilikning shakllanishi quyidagicha bayon qilingan: Nmana-Vis-Varzana-Zantu-Daxyu, ya’ni, Oila-urug‘-hududiy qo‘shnichilik jamoasi-qabila-qabilalar ittifoqi. Vujudga kelayotgan davlat tuzilishiga hududiy belgilar bo‘yicha bo‘linish asos bo‘lgan.
Ilmiy adabiyotlarda O‘rta Osiyoda Ahamoniylar davrigacha mavjud bo‘lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so‘z yuritiladi:

I.Aryoshayyona - O‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi.
II.Aryonam Vayjo - Katta Xorazm.
III.Qadimgi Baqtriya.      

Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya O‘zbekistoning miloddan avvalgiVII-VI a. tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmalaridir. Eng qadimgi davlat birlashmalari quyidagi hududlarni o‘z ichiga olgan:
1.Qadimgi Xorazm - Amudaryoning quyi oqimi, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshovuz viloyatlarini o‘z ichiga olib, “Avesto”da bu davlat Xvarizam, Behustun yozuvlarida Xvarazmish, Arrian va Strabon asarlarida Xorasmiya, so‘g‘d yozuvlarida “quyoshli o‘lka” tarzida uchraydi.
2.Qadimgi Baqtriya - Marg‘iyona va So‘g‘diyona ham uning tarkibiga kirgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati, janubiy Tojikiston, shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan. Yozma manbalarda Baxdi(Avesto), Baqtrish(Behustun), Baqtriana(yunon-rim) shaklida uchraydi. Bundan tashqari “Avesto”da “baland bayroqli o‘lka”, yunon-rim asarlarida “ming shaharlar mamlakati” sifatida ham tilga olinadi.
3.Sug‘diyona – Baqtriya tarkibida bo‘lib, Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini o‘z ichiga olgan. Yozma manbalarida So‘g‘da(Avesto), Sug‘uda(Behustun), yunon-rim asarlarida So‘g‘diyona (Arrian, Strabon, Kursiy Ruf)  shaklida tilga olingan.
4.Qadimgi Xorazm, So‘g‘diyona va Qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg‘uloti sug‘orma dehqonchilik bo‘lib, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar. 
5.Sak va massagetlar - nisbatan ko‘p sonli bo‘lgan ko‘chmanchi chorvador xalqlardir. O‘z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun ular miloddan avvalgi VI asrda harbiy– qabila ittifoqiga birlashadilar.
   «Avesto»da ko‘chmanchi qabilalarni «tur» deb, ularni yashaydigan joyni esa «turon» deb atashgan.               
   
Saklar kelib chiqishiga ko‘ra uch asosiy guruhga bo‘lingan:

1.Saka tigraxauda -“uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar”, ular Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida yashagan.
2.Saka tiay-tara-daraya -“daryoning nariyog‘ida yashovchi saklar”, ular Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar.
3.Saka xaumovarka  - “xaomoni ulug‘lagan saklar”, ular Pomir va Farg‘onada yashagan.
Miloddan avvalgi1 ming y. 1-yarmida yashagan xalqlarimiz qon-qarindosh elatlar bo‘lib, ular bir-biriga o‘xshash tilda (qadimiy forsiyzabon) gaplashgan va yaqin madaniy an’analariga ega edilar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #80 : 03 Iyun 2008, 04:13:45 »
Qadimgi shaharlar

   Ilk davlatchilik taraqqiyoti qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog‘liq. Ko‘plab arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, bu shaharlarning ba’zilarini yoshi 2700 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Qiziltepa, Uzunqir, Erqo‘rg‘on va Ko‘zaliqir kiradi.
Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda O‘rta Osiyo xalqlari Qadimgi Sharq davlatlari o“rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Bunday holat qadimgi shaharlar rivojlanishiga imkon bergan. Qadimgi shaharlar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida yuzaga keldi. Ular hunarmandchilik va savdo markazlari edilar. 
Eng qadimgi shaharlarga xos asosiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o‘ralganligidir. Devorlar esa suv to‘ldirilgan chuqur xandaq bilan o‘ralgan. Bu mudofaa tizimi ancha mustahkam qal’alarda bo‘lib, ichki qal’a, aholi guzarlari, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo rastalari joylashgan qismlardan iborat bo‘lgan. Shahar atrofidagi soy va anhor bo‘ylarida dehqonlarning uy qo‘rg‘onlari joylashib, ular bog‘lar, ekinzorlar bilan o‘ralgan edi. Bunday uy-qo‘rg‘onlar Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizitepa) va Samarqand atrofida (Qo‘rg‘oncha) topib tekshirilgan.
Miloddan avvalgi VII-VI a.oid shaharlar orasida Afrosiyob maydoni jihatidan katta bo‘lgan. Uning maydoni 219 ga bo‘lib, Sug‘diylar unga miloddan avvalgi VI asrda asos solganlar. Sug‘diylar shaharning nomini dastlab «Smarakansa» deb ataganlar. Smarakansa – Sug‘dcha so‘z bo‘lib, «anjumanlar, uchrashuvlar o‘tkaziladigan joy» degan ma’noni bildirgan. Yunonlar «Marokanda», Xitoylar «Kan» deb atashgan. XI asrdan boshlab «Samarqand» deb atala boshlangan. 1220-yili Chingizxon bu shaharni vayron qilgan. 1370-yili Amir Temur bu shaharni shimoli sharq qismida qayta bunyod etadi. XVII asrdan boshlab sharq mualliflarining asarlarida qadimgi shahar harobalarini «Afrosiyob» yoki «Ko‘hna qal’a» deb atay boshlaganlar. 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #81 : 03 Iyun 2008, 04:22:09 »
Zardushtiylik
     
Zardushtiylik dini miloddan avvalgi1-ming yillik boshlarida O‘rta Osiyo va qadimgi Eronda yuzaga kelgan dindir. Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht ismidan olingan. Zardusht (mil. avv. taxm.  618-y. Xorazm – 554-y. Balx) Movarounnahr, Xuroson va Eron xalqlarining 1-voizi, ilohiyotchi, faylasuf, shoiridir. Zaratushtra nomi qadimgi Eron «Zarushtra» so‘zidan kelib chiqqan. «Zar»-bu oltin, «ushtra»-tuya yoki 3 xil ma’noda-«Oltintuyali», «Oltintuya egasi», «Tuyalar etaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Qadimgi pahlaviy tilida “Zardusht” so‘zi “Magupta” deb atalgan. Pahlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni “majus” shaklida qo‘llagan. Natijada o‘rta asrlardan beri “Zardusht” “majus”, “zardushtiylik” “majusiylik” sifatida qo‘llanib kelingan. Zardusht Spitama urug‘ining raisi Purushasp xonadonida tug‘ilgan. Onasining ismi Dugdova.  Zardusht 15 yoshgacha zamonasining donishmandi Barzin Kuras qo‘lida diniy qonunlar, tabiatshunoslik, voizlik, kalomi badi’ fanlari bo‘yicha ta’lim oladi, harbiy hunarlarni o‘rganadi. 16 yoshida Turon-Eron urushida qatnashadi. O‘z qavm va qabilalarining ko‘pxudolik udumlariga qarshi harakatiga qo‘shiladi va 19 yoshida yakka tangrining kashf etish maqsadida Sablon tog‘iga chiqib ketadi. 20 yil g‘orda yashaydi. Rivoyatlarga ko‘ra, Zardusht navro‘z kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik –“Xum” tayyorlashga kirishgan. Erta tongda u daryodan suv olish uchun qirg‘oqqa tushgan. Ko‘ziga qirg‘oqda turgan porloq xilqat-“Vohumana” ko‘rinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. U ezgu va ulug‘ xudo Axuramazda huzuriga boradi. Shu kundan boshlab Zardusht payg‘ambarga aylanadi. U bu paytda 40 yoshda bo‘lgan. Payg‘ambar forscha so‘z bo‘lib, «savobli ishlar habarchisi» ma’nosini anglatadi. Zardusht o‘z ta’limotini Xorazmda targ‘ib qilgan. Zardusht O‘rta Osiyodagi ko‘p xudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida tarqoq qabilalarni bosqinchilarga qarshi birlashtirish zururiyatidan bu ta’limotga asos solindi. Zardusht o‘z ta’limotida qabilalarni birlashtirishga chorladi. Biroq, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar va uning ta’limotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanini tark etib, qo‘shni davlat - Eronga ketadi, u yerning shohi Gushtasp va uning donishmand vaziri Jomaspni hayrihoxligiga erishadi, ular Zardusht ta’limotini qabul  qiladilar. Natijada bu ta’limot xalqlar o‘rtasida keng tarqala borgan. Yunonistonda uni alloma-munajjim sifatida ulug‘lab, Zoroastr deb, uning ta’limotini zoroastrizm deb ataganlar.
Eron hukmdori Gushtasp farmoniga ko‘ra, shahar va qishloqlarda yangi ibodatxonalar-otashkadalar qurila boshlanadi. Zardusht Balxda shunday qurilgan ibodatxona ochilishida ishtirok etadi va ibodat qilayotganda 77 yoshida g‘animlari ko‘pxudolik tarafdori Bratarvaxsh tomonidan o‘ldirilgan. Zardushtning Istavatr, Uravatr, Puruchitro ismli o‘g‘illari, Frini, Trini, Purichisto ismli qizlari bo‘lgan. Sahobalar uning ta’limotini kitobga joylab, «Avesto», ya’ni «qat’iy qonunlar» deb ataydilar. «Avesto» o‘n ikki ming qora mol terisiga tillo suvi bilan bitilgan.
“Avesto” - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, shu dindagi xalqlarning shariat qonunlari majmuidir. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, “Avesto” O‘rta Osiyo, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-mingyillikni  1-yarmida vujudga kelgan. “Avesto”da keltirilgan geografik nomlar buni tasdiqlaydi. “Avesto”dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #82 : 08 Iyun 2008, 16:41:20 »
                               Tarixiy shaxslar ko“rsatkichi

                                Qadimgi Sharq va O“rta Osiyo

AGAMЕNNОN – Yunon mifologiyasida Miken yoki Argos podshohi. Mil. avv. 1260-yilda yunоnlarning Trоya ustiga yurishida yunоn shahar-davlatlarining flоti va qo“shiniga bоshliq bo“lgan. “Iliada” dostonida tasvirlanishicha, Troyani qamal qilayotganda mardlik va jasorat ko“rsatgan, biroq shuhratparasligi (kohin Appolonni haqorat qilishi, Axillis bilan arazlashuvi) umumiy ishga katta ziyon keltirar edi. Troya yengilgandan keyin troyalik malika Kassandra unga o“lja bo“lib tegdi, va Agamennnon unga uylandi. Lekin yurtiga qaytganida uni xotini  Klitemnestra va uning yori Egisf Agamennonni o“ldiradilar. Agamennon obraziga ko“pgina yozuvchilar (Esxil “Agamennon” fojiaviy asari, Yevripid va b.) murojaat etishgan.
AGUM – o“zini “to“rt iqlim podshosi” deb e“lon qilgan Bobil podshosi. Uning davrida Bobil podsholigi ravnaq topgan.
AJATASHTRU - Magadxa davlati hukmdori. Podsho Bimbasaraning vorisi. U butun Gang vohasi va Markaziy Hindistonda markazlashgan yirik davlat tashkil etdi. Uning hukmronlik yillarida mamlakat ilm-fan borasida yuksak cho’qqilarga chiqdi. Mamlakatda farovon hayotni bir qadar yo’lga qo’ydi.
AKKI – rivoyatlarga ko“ra, Akkad davlatiga asos solgan Sargon I ni (2316-2261) tashlandiq ahvolda yotganida topib olib, uni tarbiya qilgan suv tashuvchi meshkob.
AMENEMXET I – mil. avv. taxm. 2000-1970-yillarda hukmronlik qilgan Misr fir“avni. 12-sulola asoschisi. Markazlashgan davlat hokimyatni kuchaytirish yo“lida kurashgan. O“g“li Senusertga bag“ishlangan “Pantnoma”si saqlangan.
AMENEMXET III – mil. avv. taxm. 1849-1801-yillarda hukmronlik qilgan Misr fir“avni. 12-suloladan. Yunon manba“lariga ko“ra, Amenemxet III Fayyumdagi “Labirint” deb nom olgan ulkan binoni bunyod etgan.
АMЕNХОTЕP II - Yangi pоdshоlik dаvridа hukmronlik qilgan Misr fir“аvni. Uning davrida Misr Yaqin Shаrqdаgi qudrаtli dаvlаt bo“lgаn.
АMЕNХОTЕP III - Yangi pоdshоlik dаvridа hukmronlik qilgan Misr fir“аvni (mil. avv.  taxm. 1405-1367), 18-suloladan.  Uning davrida qadimgi Misr o“z taraqqiyotining yuksak bosqichiga ko“tarilgan. U o“z hukmronligi davrida tinchlik siyosаtini qo“llаb, qo“shni mаmlаkаtlаr bilаn do“stоnа sаvdо vа mаdаniy аlоqаlаrni kuchаytirgаn. Hukmrоnligining охiridа Misrning bоsib оlgаn mаmlаkаtlаr ustidаn o“rnаtilgаn tа“siri susаya bоshlаgаn. Finikiya vа Pаlаstin Misrgа itоаt qilmаy qo“ygаn. Uning davrida Luqsorda Amon-Ra ibodatxonasi va Amenxotep III ning ulkan haykallari - “Memnon ustunlari” bilan bezalgan ibodatxona qurilgan. Amenxotep III keyingi ibodatxonaga dafn etilgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #83 : 08 Iyun 2008, 16:44:46 »
АMЕNХОTЕP IV - Yangi pоdshоlik dаvridа  hukmronlik qilgan Misr fir“аvni (mil. avv.  1368-1351), Amenxotep III ning o“g“li. Uning davrida Misr dаvlаti kuchsizlаnib, qаrаm mаmlаkаtlаr uning tа“siridаn chiqib kеtа bоshlаgаn. Ko“chmаnchi qаbilаlаr Misrgа bоstirib kirgаnlаr. Fiva kohinlari va eski zodagonlarning qudratini sindirish maqsadida ko“p Ñ…udоlikni chеklаb, yakkа Ñ…udоlikni jоriy qilishgа uringаn. U diniy islohotchi sifatida chiqib Аmоn Ñ…udоsigа sig“inishni bеkоr qilib, Аtоn - quyoshgа sig“inishni jоriy qilgаn. Shu munosabat bilan  Misrda yangi pоytахt – Ахеtаtоn shаhri(hozirgi Amarna)ni bunyod etgаn. Bu shahar “Exnaton” deb atalgan. Uning ma“nosi quyosh shu“lasi demakdir. Amenxotep IV ham  o“zini Exnaton nomi bilan atashni buyurgan. U yangi din – Quyosh ruhoniyni bo“lib olgan. Ammo yangi din eski din ruhoniylari va aholi tomonidan qo“llab-quvvatlanmagan.
ANDRAGOR – Salavkiylarning Parfiyadagi noibi. U o“zini Parfiya podshosi deb e“lon qilgan. Lekin Andragorning podsholigi uzoqqa bormagan.
ANITTA - Nеsa, Хattusa, Zalpuva kabi davlatlarni bоsib оlib, Хеtt pоdshоligiga asоs sоlgan hukmdоr.
ARAMU – mil. avv. XV-X asrlarda Urartu atrоfida birlashgan Van ko’li atrоfidagi qabilalar davlatining birinchi hukmdоri. U Оssur pоdshоsi Salamansar III ning Urartuga bоstirib kirgan qo“shinlariga qattiq zarba bеrgan. Uning hukmdоrligi davrida (mil. avv. 864-845-yillar) Urartu mil. avv. IX asr o“rtalarida mustaqil davlat darajasiga ko“tarilgan.
ARDASHER I (Ardasher Papakon) (taxm. milodiy 180-239) – Erondagi sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki shohi. 224-239-yillarda hukmronlik qilgan. Ardasher I ning bobosi Soson Fors poytaxti – Istaxr shahridagi bosh ibodatxonaning kohini bo“lgan. Ardasher I Parfiya podshosi Artabon V (209-224-yillar) ning vassali Darabgird (Forsdagi qal“a) hokimi saroyida xizmat qilgan. Taxminan 200-yilda ushbu qal“a hokimi bo“lgan; tez orada butun Fors, Kirmon va Gey (hozirgi Isfahon) ni o“ziga tobe etgan hamda zodagonlar va ruhoniylar madadiga tayanib Artabon V ga qarshi chiqqan. 224-yil 28-aprelda Ormizdagon tekisligida parfiyaliklarga qaqshatqich zarba bergan, Parfiya podsholigi shundan so“ng tugatilgan. 226/227-yilda shahanshoh unvoni bilan toj kiygan. Alarix I ning Mesopotamiya va Armanistonga egalik qilish uchun Rim bilan Sharqda olib borgan urushlari natijasida Sosoniylar davlati hududi ancha kengaydi.
ARDIS  – mil. avv. 654-605-yillarda hukmronlik qilgan Lidiya podshosi. Pоdshо Gigеsning o’g’li. Uning davrida Lidiya nоzik siyosat qo“llab, kimmеriylar bоsqini va Оssurlar asоratidan qutiladi. U Egеy dеngiziga chiqish uchun kurashlar оlib bоrgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #84 : 08 Iyun 2008, 16:48:28 »
ARGISHTI I – mil. avv. 786-764-yillarda hukmronlik qilgan Urartu davlati hukmdori. Pоdshо Mеnuaning o’g’li. Uning davrida Urartu pоdshоligi Оld Оsiyoda birinchi darajali eng kuchli va qudratli davlatga aylangan. Argishti I bоshchiligida Urartu qo“shinlari Diyala daryosi sоhili va Bоbil chеgarasigacha kirib bоrganlar. Janubi-g’arb tоmоnda esa Frоt daryosining yuqоrisidagi mamlakatlar va Shimoliy Suriyaga yurish qilgan. Argishti I qo“shinlari shimolda Sеvan ko“li bilan Qоra dеngiz оralig’idagi mamlakatlarni o’ziga tоbе ettirgan. Uning davrida Kavkazortida yirik qal“alar - Erebuni (Erevan yaqinida) va Argishtixinili bunyod etilgan.
ARYAPXATA – Qadimgi hind astronomi. U V asrdayoq yerni sharsimon ekanligini va yerning o“ziga tortish qonunini, ayni paytda u o“z o“qi atrofida aylanishini aytgan.
ARSHAK (? – mil. avv. 248/147) – mil. avv. 247-yilda salavkiylar noyibi Andragorning armiyasini tor-mor etib, Parfiyani bosib olgan parn-dax qabilalarining sardori va Arshakiylar sulolasining asoschisi.  Parfiyada parn-dax qabilalarining hukmronligi o“rbatilganidan so“ng u Arshak I nomi bilan Parfiya taxtiga chiqadi (250-248/247-yillar). Rim tarixchisi Pompey Trog ma“lumotlariga ko“ra, Arshakning kelib chiqishi saklardan bo“lib, o“ta jasur va mard odam bo“lgan ekan. Arshak aslida qabila boshlig“iga berilgan unvondir. “Ar” (er) so“zi botir, mard, bahodir, pahlavon demakdir; Arshak esa shaklarning botiri ma“nosini anglatadi. Ba“zi tarixchilar (V. G. Lukonin) Arshakni qadimiy pahlaviycha Kavi Arshan – bahodir kamonchi nomi bilan bog“laydilar. Arshak o“z hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podshosi Feodot I bilan harbiy ittifoq tuzib, salavkiylar qo“shinini tor-mor etadi.
АSАRХАDОN – Оssuriya pоdshоsi (mil. аvv. VII аsrning I yarmi). Uning dаvridа Оssuriya qo“shinlаri Misrgа 3 mаrtа bоstirib kirgаnlаr, аhоlini qirg“in qilib, Misr bоyliklаrini tаlаb, аhоlini bir qismini hаydаb kеtgаn. Asarxadon Efiоpiya-Misr pоdshоsi Tахаrkаni yеngib, o“zini Ossuriya-Misr pоdshоsi dеb e“lоn qilgаn. Shu tariqa Misrda ossurlarning hukmronligi o“rnatilgan. Оssur pоdshоlаrining Misrdа hukmrоnligi mil.аvv. 671-655-yillаrni o“z ichigа оlаdi.
ASTIAG – Midiya hukmdori Kiaksarning o“g“li. Mil. avv. 585-yili Kiaksar vafot etganidan so“ng, Midiya podsholigi taxtini egallagan. Uning davrida Bobil bilan Midiya o“rtasidagi munosabat buzilib, qonli janglar bo“lgan. Bu urushlar har ikki tomonni zaiflashtirdi. Forslar Kayxusrav II  (Kir II) boshchiligida qo“zg“lon ko“tarib, mil. avv. 550-yili Astiag qo“shinlarini tor-mor etadilar. Midiya davlati Eronga qo“shib olinadi va barham topadi.
ASHOKA –  Qadimgi Hindistonning Maurya sulolasidan bo“lgan podshohi (mil. avv. 268-231-yillar). Ashoka davlati deyarli butun Hindiston, hozirgi Afg“oniston va Pokistonning bir qismini qamrab olgan. Buddizmga homiylik qilgan. Ashokaning hozirgacha saqlanib qolgan qoyatoshlarga, ustunlar va g“or devorlariga o“yib yozdirgan shaxsiy farmonlari (“Ashoka yozuvlari”) qadimgi Hindiston tarixini o“rganishda muhim tarixiy manba bo“lib hisoblanadi.     
ASHSHURBANIPAL – mil. avv. 669-633-yillarda hukmronlik qilgan Ossuriya podshosi. Misr, Elam, Bobil bilan urush olib borgan. Ashshurbanipal hukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo“lgan kutubxona jamlangan. “Ashshurbanipal kutubxonasi” 1849-1854-yillarda Nineviya joylashgan yerdan topilgan. Kutubxonadan nafaqat 30 ming nusxadan iborat lavha kitoblar balki, Misr, Urаrtu, Bоbil kabi davlatlarning хаritаlаri tоpilgаni diqqatga sazovordir. 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #85 : 08 Iyun 2008, 16:52:02 »
BАKХОRIS – mil. аvv. 721-715-yillarda hukmrоnlik qilgаn Misr fir“avni, 24 sulоlа vаkili. Misrni inqirоzdаn chiqаrish uchun bir qаnchа islоhotlаr o“tkаzgan. Bu islоhotlаr Misrdаgi аhvоlni yaхshilаy оlmаgаn. Mamlakatda ahvol yomonlashib Misr mаydа hokimliklarga - nоmlаrgа bo“linib kеtgаn. Efiоpiya pоdshоsi Piаnхi vа uning vоrisi Shаbаkа dаvridа Misr Efiоp qo“shinlаri tоmоnidаn bоsib оlinаdi. Mil. аvv. 715-yildа Misr va Efiop qo“shinlari o“rtasida bo“lib o“tgаn jаngdа Misr qo“shinlаri tоr-mоr etilgan. Bаkхоris аsirgа оlinib, tiriklаyin o“tgа tаshlаb kuydirilgan.
BAN GU – milodning 32-92-yillarida yashab ijod etgan mashhur xitoylik tarixchi. U “Xan podsholari tarixi” asarini yozgan. Unda Katta Xan podsholigi tarixi bayon etilgan.
BAN SIO – Qadimgi Xitoylik mashhur tabib. U tabobatga oid “Qiyinchilik haqida kitob” degan asar yozgan. U bemorlarni davolashda meva, o`simlik va hayvonlarning ayrim qismlaridan tayyorlangan sodda va murakkab dorilardan foydalangan.
BIMBASARA – mil. avv. 543-491-yillarda hukmronlik qilgan Magadxa davlati hukmdori. Uning davrida Magadha kuchayib Gang daryosidan Bengal qo’ltig’i bo’lgan hududlarni egallagan.
BINDUSARA -  miloddan avvalgi 293-268-yillarda hukmronlik qilgan Maurya davlati hukmdori. Uning davrida Maurya davlatining chegaralari kengayib, qudratli davlatga aylanadi.
BOBAK – Parfiya podsholigining tanazzulidan foydalanib, Eronning Staxr shahrida hokimiyatni o“z qo“liga olgan pors qabilalarining soson urug“idan bo“lgan hukmdori.
BOYS MERI – Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar o“tkazgan olim. Ko“p yillar davomida Hindistondagi zardushtiylik jamoalari hayoti va urf-odatlarini o“rgangan. Meri Boys zardushtiylik bundan 3500 yillar ilgari Osiyo cho“llari zaminida paydo bo“lgani va boshqa dinlarning shakllanishi va rivojlanishiga ko“rsatgan ta“siridan tashqari, oliyjanob din ekanligini, asrlar mobaynida quvg“inlikka uchrasa-da, unga e“tiqod qo“yganlar sa“y-harakati tufayli bizgacha yetib kelganligini ta“kidlaydi. Bu haqda u o“zining 4 tomlik “Zardushtiylar. E“tiqodlari va urf-odatlari” kitobida hikoya qiladi.
BUDDA (sanskritcha – xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan) –  Buddizm asoschisi, bu dunyo tashvishlarini tark etib, “oliy haqiqatga erishgan” Siddhartha Gautama (mil. avv. 623-544-yillar)ning ismi. Buddizmga taalluqli kitoblarda Gautama barcha xudolar, ruhlar va tabiat kuchlari ustidan hukmron buyuk va qudratli zot sifatida ta`riflanar ekan, uning bosib o`tgan yo`li bir emas, bir necha hayotlardan iborat bo`lgan deb uqtiriladi. Rivoyatlarga ko`ra, Gautamani Hindiston va Nepal chegarasidagi Kapilavastu shahri podshohining xotini Maxamayya ilohiy homiladorlikdan tuqqan. Dunyoga kelgan farzand shu zahotiyoq: “Men barcha jonli maxluqlarning eng buyugiman. Bu mening oxirgi tug`ilishim”, deb xitob qiladi. Buddizm diniy kitoblarida aytilishicha, Maxamayya o`g`li Gaumatani tug`gach, yetti kundan so`ng vafot etgan va xudolar osmonlaridan birida qayta tug`ilgan. Shahzoda Gautama pahlavon bo`lib o`sadi. 16 yoshida uni Yashodxaraga uylantiradilar. Ammo to`q, farovon turmush uni qoniqtirmaydi. 29 yoshida Gautama xotini va yaqindagina tug`ilgan o`g`lini tark etib, sayyor darveshlar – shramanlarga qo`shiladi. U 6 yil Ganga daryosi qirg`oqlarida zohidlik bilan hayot kechiradi va tana faolligini so`ndirish aqlning ozishiga olib kelishini anglagach, 35 yoshida 4 hafta (yoki 7 hafta)   davomida meditatsiya (butun ongini oliy haqiqatga erishish g`oyasiga qaratish) holatiga kiradi. Nihoyat, u maqsadiga erishadi va koinotning barcha sir-asroridan voqif bo`lgan Buddaga aylanadi. Budda insoniyat boshiga tushadigan azob-uqubatlar sabablarini o`rganish va insoniyatni ulardan xalos qilish uchun harakat qiladi. Shundan so`ng Budda 45 yil davomida qadimgi hind davlatlari Koshala va Magadxa bo`ylab o`z ta`limotini targ`ib qiladi va 80 yoshida vafot etadi.       
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #86 : 08 Iyun 2008, 16:59:20 »
D. D. KLАRK – mаshhur аrхеоlоg. Uning mа“lumоtlariga qaraganda, Misrdа ibtidоiy оdаmlаr 80-90 ming yildan beri yashаb kеlаr ekan.   
DARЕTЕ –  Gоmеrgacha Frigiya “Iliada” sini  yozgan frigiylar shоiri.
DOVUD – 1000-965-yillarda hukmronlik qilgan Isroil podshosi. Isroil davlatini tuzgan Saulning kuyovi. U dastlab Palastinni birlashtirib Yahudiy podsholigini so“ngra, Saulning o“g“li Ishvaa“lamni yengib Isroil-Yahudiy podsholigini tuzgan. Uning davrida Isroil-Yahudiy podsholigi kuchayib, ravnaq topgan.   
DYUPERRON Anketil (1734-1805-yillar) – “Avesto”ni ilmiy tadqiq etish va avestoshunoslikni boshlab bergan fransuz olimi. U Parijdagi Sharq tillari maktabida tahsil ko`rgan. Muqaddas Avestoning sirli olamini o`rganish ishtiyoqida Hindistonga borgan. Hindistondagi parslar qavmi orasida 1755-yildan boshlab yashay boshlaydi. Hozirda Hindistondagi Bombey shahri yaqinida port shahar Suratda “Avesto” kitobidan ko`chirma olib 1761-yilda Parijga qaytib keladi. U Oksforddagi (Angliya) Bodelian kutubxonasida saqlanayotgan pahlaviy tilidagi “Avesto” nusxasini o`zi olib kelgan nusxalar bilan solishtirib chiqib o`z tadqiqotlarining yakuniy hisobotini 1762-yilda Parijdagi qirol kutubxonasiga (ya`ni hozirgi Fransiya milliy kutubxonasiga) topshiradi. Hindistondan yashirincha olib kelingan nusxaning fransuzcha tarjimasini “Zent-Avestoning taxminiy tarjimalari” nomi ostida (uch qismdan iborat) 1771-yilda chop ettiradi. 
DUN CHJO – Xan podsholigining so“nggi hukmdori.
DUN CHJUN-SHU – mil. avv. I asrning ikkinchi yarmida Xan podsholigida bir necha islohotlar o“tkazgan islohotchi. Katta yer egalarini qoralagan. Tuz va temirga nisbatan davlatning yakka hokimligini bekor qilishni taklif etgan. Yana u qullikni bekor qilishni, soliqlarni, harbiy va ortiqcha mehnat majburiyatlarini kamaytirishni talab qilgan. Biroq Dun Chjun-shu islohotlari aslzodalarning qarshiligiga uchrab amalga oshmagan. 
FALES – mil. avv. VI asrda yashagan miletlik mashhur matematik, fizik, astronom va faylasuf. Yunon tarixchisi Gerodotning ma“lumotiga ko“ra u asli finikiyalik bo“lgan.
FAN CHUN – milodiy 18-yilda Shandunda boshlangan “Qizil qoshlilar” qo`zg`oloniga rahbarlik qilgan. Qo`zg`olonga Xitoyda qurg`oqchilik va chigirtka bosishi natijasida sodir bo`lgan hosilsizlik sabab bo`lgan. Fan Chun boshchiligidagi qo`zg`olonga Podsho Van Man islohotidan norozi bo`lgan aslzodalar va katta yer egalari ham qo`shilganlar. Fan Chun o`z odamlarini podsho askarlaridan ajratish uchun qoshlarini qizil rangga bo`yatgan. Shu tufayli Fan Chun boshchiligida  boshlangan qo`zg`olon “Qizil qoshlilar” qo`zg`oloni nomini olgan. 22-yilda Van Man qo`zg`olonchilar ustiga yuz ming kishilik qo`shin yuborgan. Hal qiluvchi jangda Fan Chun qo`shinlari podsho qo`shinlarini tor-mor etib, Xuanxe daryosining o`rta oqimidagi yerlarni ishg`ol qilgan. Shu vaqtda mamlakat janubida ham qo`zg`olon boshlangan. Ular o`zlarini “Yashil o`rmon qo`shinlari” deb ataganlar. 24-yilda Lyu Syuan boshliq “Yashil o`rmon qo`shinlari” Chanan shahrini egallagan. Bunga qarshi Fan Chun 25-yilda Chananga yurib, Lyu Syuan qo`shinlarini tor-mor etgan. Shu yili (25-yil) “yashil o`rmon qo`shini” Lyu Syu boshchiligida Chananga qarab yo`l olganlar. Qizil qoshlilar esa Chananni bo`shatib Shandunga chekinganlar. Yo`lda Fan Chun hamda Lyu Syu qo`shinlari  to`qnashgan va qizil qoshlilarning mag`lubiyati bilan yakunlangan. Fan Chun jangda halok bo`lgan.
GANDOSH – o“zini “to“rt iqlim podshosi” deb e“lon qilgan Kassit hukmdori.
« So'nggi tahrir: 08 Iyun 2008, 17:03:51 muallifi Robiya »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #87 : 08 Iyun 2008, 17:08:00 »
GAUMATA (sohta Bardiya) – midiyalik mubod (kohin), ahomaniylar podshosi Kambiz (Kir II ning o“g“li) ga qarshi chiqqan. U o“zini Kambiz tomonidan yashirin ravishda o“ldirilgan Kirning kenja o“g“li – Bardiya deb atab, mil. avv. 522-yil taxtni egallab olgan. Doro I rahbarligidagi fitnachilar tomonidan taxtdan ag“darilib, qatl etilgan.
GIGЕS – mil. avv. 692-654-yillarda hukmronlik qilgan Lidiya podshosi. U o“z hukmronligi davrida Lidiyaga Frigiyaning bir qismi, Kari, Trоada va Misiyani qo“shib оladi. Giges Lidiyani Egey dеngizi sоhillari bilan bоg’lash uchun Milеt va Smirna ustiga yurish qiladi. Оssurlar bilan ittifоq tuzib, Kappadоkiyada kimmеriylar ustidan g’alaba qоzоnadi. Оssuriya shu yo“l bilan Lidiyani o’ziga tоbе qilishga uringan. Giges tоbelikdan qutilish uchun Misr va Bоbil bilan ittifоq tuzadi. Vaziyatdan fоydalangan kimmеriylar Lidiya ustiga yurishi qilgan. Janda Gigеs halоk bo“lgan.
GILGAMISH (shumerchasiga Bilga-mis) – Urukning yarim afsonaviy hukmdori. Shumer va Akkadning epik an“analarinining qahramoni. Epik hikoyalarda aytilishicha, Gilgamish Luganbandining qahramoni va Ninsun xudosining farzandi hisoblanadi. “Nippurdagi podshohlar ro“yxatida” (Ikki daryo oralig“idagi sulolalar ro“yxati)  Gilgamishning hukmronligi Urukning birinchi sulola davriga kiritiladi (mil. avv. XXVII-XXVI asrlar). Gilgamish bu sulolaning 5-podshosi hisoblangan. Shuningdek, Gilgamishni xudoning farzandligiga ishora qilinadi, uning hukmronligi “podsholik ro“yxatida” 126 yilni tashkil etgan. Uning nomi Nippurdagi Tummal qabristonidagi yozuvda eslatiladi. Gilgamishning qilgan qahramonliklari haqida Shumerda yaratilgan 5 ta dostonda o“z ifodasini topgan. Gilgamish hukmronligi davrida Uruk kuchayib, Kish hukmronligidan ozod bo“lgan. Gilgamish va uning vorislari davrida Lagash, Nippur kabi shahar-davlatlar Urukka itoat etganlar. Gilgamishning hayoti ko“plab afsonalarga burkangan.  Afsonalarning birida aytilishicha, Gilgamish dunyoga kelganidan keyin mamlakat hukmdori bo“lmish bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan qo“rqib, Gilgamishni jarga otib yuborishga buyruq beradi. Ammo jarga uchib ketayotgan Gilgamishni burgut tutib olib, bir bog“bonga eltib beradi, bog“bon uni mehr bilan parvarishlab tarbiyalaydi. Balog“atga yetgan Gilgamish bobosidan hokimiyatni tortib oladi, o“zi Uruk shahrini boshqara boshlaydi.
GORDIYA - Frigiya podsholigi hukmdori. Gordiya oddiy dehqon oilasidan chiqqan bo“lib, hukmdorlar sulolasiga mansub bo“lmagan. Shunga qaramasdan Gordiya frigiyaliklarning faxr-iftixoriga sazovor bo“lgan.
GUDEA – Shumerni guteylar nomidan 20 yil boshqargan Lagash hokimi.
IEROVOAM – Isroil-Yahudiy podsholigi hukmdori Sulaymon davrida isroilliklar ko“targan qo“zg“olon rahbari. Sulaymonning qurilish, davlat xarajatlari va qo“shin uchun soliq joriy qilishi qo“zg“olonga sabab bo“lgan. Ierovoam boshchiligidagi qo“zg“olon shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ierovoam Misr fir“avni Sheshonk huzuriga qochib ketgan majbur bo“lgan. Mil. avv. 935-yilda Sulaymon vafot etadi va uning podsholik taxtiga uning o“g“li Rovoam o“tirgan. Ierovoam Misrdan katta qo“shin bilan qaytib kelib, Rovoam qo“shinlarini yenggan va Isroil podsholigini tiklaydi.
IMXOTEP – Qadimgi Misrning afsonaviy tabibi. Mil. avv. 3600-yilda Memfis shahrida uning sharafiga maxsus ibodatxona qurilgan. Bu yerda bemorlarga tibbiy yordam berish uchun alohida xonalar ajratilgan.     
IRОU – Misr fir“avni Mеrnеptах  hukmrоnligi dаvri (1235-1215)dа Misrdа qullаr vа оsiyolik yollаngаn jаngchilаrgа tаyanib qo“zg“olon ko“tragan suriyalik sarkarda. Irou boshchiligidagi qo“zg“olonchilar boylar va ibodatxonalarning mulklarini talaganlar. Qo“zg“оlоn Misr qo“shinlari tomonidan shаfqаtsizlik bilan bоstirganlar. Qo“zg“olonchilar qattiq jazolangan.
ISHPUINI – mil. avv. 825-810-yillarda hukmronlik qilgan Urartu hukmdori. Pоdshо Sarduri I ning o’g’li. Ishpuini Van ko“li shimоlidagi jоylarni Urartuga birlashtirgan. Muassir davlatini pоdshоlikka qo“shib qo’ygan. Urmiya ko’lining janubi-sharqidagi Manna pоdshоlgini bоsib оlib, Оssuriya chеgaralariga Ñ…avf sоlgan.
ISHVAA“LAM – Isroil davlati hukmdori Saulning o“g“li. Otasi vafot etgach, Dovud bilan bir necha bor jang qilgan. Bu janglarda Dovud Ishvaa“lamni mag“lubiyatga uchratib, Isroil-Yahudiy podsholigini tuzgan.
« So'nggi tahrir: 08 Iyun 2008, 17:12:03 muallifi Robiya »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #88 : 08 Iyun 2008, 17:23:27 »
JЕR – Ilk pоdshоlik dаvridа hukmdоrlik qilgаn Misr fir“аvni. Uning dаvridа Misr qo“shinlаri Nubiya, Sinаy yarim оrоligа bir nеchа marta bostirib kirganlar. Ular bu mamlakatlardan ko“plab asir va behisob boyliklar olib qaytganlar.
JOSER (Jeser) - mil. avv. 2780-2760-yillarda hukmronlik qilgan Misr fir“avni. 3-sulola asoschisi. Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib, qudratli saltanat tuzgan, poytaxti Memfis shahri. Sakkara shahrida zinapoya shaklida ehrom bunyod etgan. Joser ehromidan keyin, Misr ehromlarini qurish boshlangan. 
KAMBIZ I – Parsua qabilasilarining hukmdori (mil. avv. 600-559-yillar). Ahamoniylar sulolasidan. Uning davrida parsua qabilalari Midiya podsholigiga itoat etganlar. Kambiz bilan Midiya shohi Astiagning qizi o“rtasidagi nikohdan Kayxusrav II (Kir II) dunyoga kelgan.
KAMBIZ II (Kambis, Cambyses; forschada Kamubjiya) – mil. avv. 529-522-yillarda Eron hukmdori. Ahamoniylar sulolasidan. Kambiz II o“zining faoliyati davrida itoat ettirilgan mamlakatlar va Erondagi isyonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi. U mil. avv. 525-yilda Pelusiya jangida Misr qo“shinlarini tor-mor etgan va Misrni o“ziga tobe qilib olgan. Shu vaqtdan boshlab Kambiz II 27-sulolaga asos solib o“zini ham Eron podshosi, ham Misr fir“avni deb e“lon qiladi. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Kambiz II Misrdaligida o“z akasi Bardiyani o“ldirib, hokimiyat tepasiga qonunsiz kelgani oshkor bo“lib qoladi. Bu holdan foydalangan zardushtiylar kohini Gaumata o“zini Bardiya deb e“lon qiladi va uni podsho qilib ko“taradilar. Bundan xabar topgan Kambiz II isyonni bostirish uchun Eronga qaytayotganida mil. avv. 522-yili Gaumataning tarafdorlari tomonidan yo“lda o“ldiriladi.
KАMЕSU – 17-sulоlаgа mаnsub Fivа hukmdori. Uning davrida Misrning giksоsоlаrgа qаrshi оzоdlik kurаshi kuchаyadi. Kamesu mirslik amaldorlarni o“z saroyiga chaqirib, ularga giksoslarni mamlakatdan haydash kerakligini uqtirgan. U amaldorlar oldida nutq so“zlab, oxirida “Mening maqsadim Misrni qutqarish va osiyoliklarni yer bilan yakson qilishdir”, deb xitob qilgan. Kamesu boshlagan  kurash ozodlik urushiga aylangan va ayovsiz janglardan so“ng Misr qo“shinlari giksoslar ustidan g“alaba qozongan. Og“ir janglar vaqtida Kamesu juda ko“p tan jarohati olgan. O“sha vaqtdagi sаlnоmаlаrdа Kamesu Misrni giksоslаr zulmidаn оzоd qilish uchun kurаsh оlib bоrgаn qаhrаmоn sifаtidа mаdh etilаdi.
KAYXUSRAV I – Parsua qabilalarining dastlabki hukmdori. Uning davrida parsua qabilalari Ossuriya podsholigiga qaram bo“lgan.
KASHTARITI – mil. avv. 672-yilda ossurlarga qarshi kurashda midiyaliklarga rahbarlik qilgan sarkarda. U ossurlarni Midiyadan haydab chiqargan. Kashtariti Midiyadagi mayday davlatchalarni birlashtirib yagona davlat tuzishga bel bog“lagan va qo“shni davlatlarga istilochilik yurishlarini uyushtirgan. U mil. avv. 753-yilda ossurlar ustiga qo“shin tortgan. Ossurlar skiflarni unga qarshi kurashga ko“ndiradilar. Midiya qo“shinlari ossur va skiflarning ikki tomondan yuz bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladilar. Bu jangda Kashtariti halok bo“lib, Midiya mil. avv. 653-625-yillar orasida skiflar ta“sirida qoladi.
KIAKSAR (yunoncha Kuaxares, eroniycha - Uvaxshaqtra) – Shimoliy Eron va Eron Ozarbayjoni hududida shakllangan Midiya davlatining podshohi (mil. avv. 625-585-yillar). Kiaksar davrida Midiya Old Osiyoning yirik davlatiga aylangan. Skiflarning Old Osiyo shimolidagi hukmronligiga barham bergan. Bobil bilan ittifoqda Ossuriya davlatini yo“q qilgan (612-605-yillar); Mani, Urartu yerlarini va Kichik Osiyo sharqiy qismini (509-585-yillar) Midiya hududiga qo“shib olgan. Lidiya bilan urush olib borib, mil. avv. 585-yilda sulh shartnomasini tuzgan. Unga ko“ra, Midiyaning g“arbiy chegarasi Galis daryosi (hozirgi Qizil Irmoq) bo“ylab belgilangan.   
KOLIDASA – V asrda yashab ijod etgan Qadimgi hind dramashunosi. U yozgan drama asarlaridan eng mashhuri “Shakuntala”dir.   
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari
« Javob #89 : 14 Iyun 2008, 14:54:20 »
KRЕZ (Croesus) (mil. avv. 595-546-yillar) – Lidiya pоdshоligining so“nggi hukmdоri (560-546). Krez yunonlarning Efes, Milet va boshqa shaharlarini va Galis daryosigacha bo“lgan Kichik Osiyoning deyarli butun g“arbiy qismini bosib olgani uchun podshohlik hududi anchagina kengaygan. Krezning boyligi tillarda doston bo“lgan, u haqida ko“plab afsonalar yaratilgan. Krezning ellinlar (yunonlar)ni juda qadrlagan, shu tufayli Yunon ibodatxonalariga (Delfa, Efes) behisob sovg“alar yuborib turish bilan Lidiyani Yunon madaniyatiga qo“shishga intilgan. Krez erоniylar bоsqinidan хimоyalanish uchun Yunоnlar, Misr va Bоbil bilan ittifоq tuzadi. Forslar shohi Kir II bilan Pteriya yaqinida (Kappadakiya) bo“lgan jangda mag“lubiyatga uchragan, Lidiya poytaxti Sardi bosib olingan, Krez esa asir tushgan (546-yili). Krez davlati Ahamoniylar davlatiga qo“shib olingan. Ba“zi ma“lumotlarga ko“ra (Gerodot va boshqa ko“pgina yunon tarixchilari), Krez gulxanda yondirishga hukm qilingan, biroq Kir II tomonidan avf etilgan; boshqa xabarlarga ko“ra (qadimgi sharq mixxat manbalari), qatl etilgan.
KUTIK-INSHUSHINAK – mil. avv. XXII asr boshlarida Elamni birlashtirib, uni yagona davlatga aylantirgan Elam hukmdori.
LABОRNA (Tabоrna)  – mil. avv. 1680-1650-yillarda hukmronlik qilgan Xett podshosi. U Qоra dеngizning janubiy sоhillarigacha bo“lgan yеrlarni istilо qilib, mamlakatni birlashtirishni охiriga yеtkazgan va pоytaÑ…tni Nеsadan Ð¥attusasga ko“chirgan.
LUGAL-ZAGGISI – Shumer podsholigining asoschisi. Dastlab Shumerdagi Umma shahar-davlati hokimi bo“lgan. So“ngra u katta qo“shin to“plab Ur, Uruk, Larsa, Lagash, Adab hamda Nippur kabi shahar-davlatlarni o“ziga itoat ettirib Shumer podsholigini tashkil etgan. Uning davrida mamlakat xo“jaligi ancha ravnaq topgan. Ammo Shumer podsholigining mustaqilligi uzoq davom etmagan. Akkadda o“z hokimiyatini mustahkamlab olgan Sargon I (2316-2261) Shumer shaharlari ustiga katta qo“shin bilan bostirib kirgan. Sargon I qo“shinlari Lugal-zaggisi va uni quvvatlagan 50 hukmdor qo“shinlarini tor-mor etgan. Jangda Lugal-zaggisi asir olinib, Nippurga keltirilgan va xudo Enlila sharafiga qurbon qilingan.
LYU BAN – mil. avv. 207-206-yillarda Qadimgi Sin podsholigida boshlangan dehqonlar qo“zg“olonining rahbari; Xan saltanati hukmdori. Lyu Ban boshchiligidagi qo“zg“olonchilar mil. avv. 207-yilda Sanyan shahrini ishg“ol qilgan, mil. avv. 206-yili uni “Xan hokimi” – “Xan vani” deb e“lon qiladilar. Qattiq janglar natijasida har ikki tomondan ham ko“p odam o“lib, yarador bo“ladi. Sin Shi Xuandining o“g“li qo“zg“olonchilar qo“liga asir tushib, o“ldirilgan. Shu davr ichida Xan saltanatini egallash uchun Lyu Ban bilan Syan Yuy o“rtasida qonli janglar boshlanadi. Nihoyat, mil. avv. 202-yilning yanvarida Gaysya yonidagi jangda Lyu Ban qo“shinlari Syan Yuy qo“shinlari ustidan g“alaba qozonadi. Shu bilan Xitoyda Sin saltanati tugatilib, Xan saltanati o“rnatiladi. Lyu Ban Xan taxtiga o“tirgach, o“zini Gao-Szu deb atashlarini buyuradi. U o“z boshqaruvining dastlabki yillarida xalqqa ko“p yengilliklar bergan. Keyinchalik esa u sinlarning boshqaruv tizimidan foydalanadi. U Xanga itoat etmagan podsholiklar bilan qattiq kurash olib boradi. Mil. avv. 200-yilda u o“z qo“shinlari bilan xunnlar ustiga bostirib borgan. Uning qo“shinlari xunnlardan mag“lubiyatga uchragan. Lyu Ban-Gao-Szuning o“zi asir tushib, asirlikdan mo“jiza tufayli qochib qutulgan.   
LYU SYU – Xan podsholigi hukmdori (milodiy 25-yildan). Xan podsholigida “Yashil o`rmon qo`shinlari” ko`tarilgan qo`zg`olon natijasida taxtga o`tirgan. U o`zini podsho deb e`lon qilganidan so`ng poytaxtni Chanandan Loyanga ko`chirtirgan. Xan sulolasiga mansub bo`lgan. Lyu Syudan boshlab kichik Xan sulolasi davri boshlangan. Bu sulola 25-220-yillar orasida Xitoyda hukmronlik qilgan. Lyu Syu Guan U-Di nomi bilan podsholikni 25-57-yillarda boshqargan. U aholiga ko`p yengilliklar berib, soliqlarni kamaytirgan va ko`plab qullarni ozod etgan. Uning davridan boshlab qullarni behuda o`ldirish va tamg`a bosish bekor qilingan. Lyu Syu va uning vorislari mamlakatda osoishtalik o`rnatib, xunnlarga qarshi g`olibona yurish qilganlar.
LYU SYUAN - milodiy 22-yilda Xan podsholigi janubida boshlangan qo“zg“olon rahbarlaridan biri. Qo“zg“olonchilar o“zlarini “Yashil o“rmon qo“shinlari” deb ataganlar. 24-yilda Lyu Syuan o“zini podsho deb e“lon qilib, Chanan shahrini egallagan. 25-yilda “qizil qoshlilar” Chananga yurib, Lyu Syuan qo“shinlarini tor-mor etganlar, Lyu Syuan o“zini-o“zi o“ldirgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 165012
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 187
Ko'rilgan: 244809
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 12:19:15
muallifi Robiya
Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 87668
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar

Muallif muxbirBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 1393
Ko'rilgan: 497498
So'nggi javob 08 Oktyabr 2008, 19:19:41
muallifi asilbek
O'qishga kiruvchilar uchun yordam

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 40
Ko'rilgan: 33011
So'nggi javob 12 Fevral 2009, 18:02:29
muallifi Abdullоh