Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 300157 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 38 B


Robiya  03 Iyun 2008, 04:13:45

Qadimgi shaharlar

   Ilk davlatchilik taraqqiyoti qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog‘liq. Ko‘plab arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, bu shaharlarning ba’zilarini yoshi 2700 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Qiziltepa, Uzunqir, Erqo‘rg‘on va Ko‘zaliqir kiradi.
Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda O‘rta Osiyo xalqlari Qadimgi Sharq davlatlari o"œrtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Bunday holat qadimgi shaharlar rivojlanishiga imkon bergan. Qadimgi shaharlar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida yuzaga keldi. Ular hunarmandchilik va savdo markazlari edilar. 
Eng qadimgi shaharlarga xos asosiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o‘ralganligidir. Devorlar esa suv to‘ldirilgan chuqur xandaq bilan o‘ralgan. Bu mudofaa tizimi ancha mustahkam qal’alarda bo‘lib, ichki qal’a, aholi guzarlari, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo rastalari joylashgan qismlardan iborat bo‘lgan. Shahar atrofidagi soy va anhor bo‘ylarida dehqonlarning uy qo‘rg‘onlari joylashib, ular bog‘lar, ekinzorlar bilan o‘ralgan edi. Bunday uy-qo‘rg‘onlar Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizitepa) va Samarqand atrofida (Qo‘rg‘oncha) topib tekshirilgan.
Miloddan avvalgi VII-VI a.oid shaharlar orasida Afrosiyob maydoni jihatidan katta bo‘lgan. Uning maydoni 219 ga bo‘lib, Sug‘diylar unga miloddan avvalgi VI asrda asos solganlar. Sug‘diylar shaharning nomini dastlab «Smarakansa» deb ataganlar. Smarakansa — Sug‘dcha so‘z bo‘lib, «anjumanlar, uchrashuvlar o‘tkaziladigan joy» degan ma’noni bildirgan. Yunonlar «Marokanda», Xitoylar «Kan» deb atashgan. XI asrdan boshlab «Samarqand» deb atala boshlangan. 1220-yili Chingizxon bu shaharni vayron qilgan. 1370-yili Amir Temur bu shaharni shimoli sharq qismida qayta bunyod etadi. XVII asrdan boshlab sharq mualliflarining asarlarida qadimgi shahar harobalarini «Afrosiyob» yoki «Ko‘hna qal’a» deb atay boshlaganlar. 

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyun 2008, 04:22:09

Zardushtiylik
     
Zardushtiylik dini miloddan avvalgi1-ming yillik boshlarida O‘rta Osiyo va qadimgi Eronda yuzaga kelgan dindir. Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht ismidan olingan. Zardusht (mil. avv. taxm.  618-y. Xorazm — 554-y. Balx) Movarounnahr, Xuroson va Eron xalqlarining 1-voizi, ilohiyotchi, faylasuf, shoiridir. Zaratushtra nomi qadimgi Eron «Zarushtra» so‘zidan kelib chiqqan. «Zar»-bu oltin, «ushtra»-tuya yoki 3 xil ma’noda-«Oltintuyali», «Oltintuya egasi», «Tuyalar etaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Qadimgi pahlaviy tilida "œZardusht" so‘zi "œMagupta" deb atalgan. Pahlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "œmajus" shaklida qo‘llagan. Natijada o‘rta asrlardan beri "œZardusht" "œmajus", "œzardushtiylik" "œmajusiylik" sifatida qo‘llanib kelingan. Zardusht Spitama urug‘ining raisi Purushasp xonadonida tug‘ilgan. Onasining ismi Dugdova.  Zardusht 15 yoshgacha zamonasining donishmandi Barzin Kuras qo‘lida diniy qonunlar, tabiatshunoslik, voizlik, kalomi badi’ fanlari bo‘yicha ta’lim oladi, harbiy hunarlarni o‘rganadi. 16 yoshida Turon-Eron urushida qatnashadi. O‘z qavm va qabilalarining ko‘pxudolik udumlariga qarshi harakatiga qo‘shiladi va 19 yoshida yakka tangrining kashf etish maqsadida Sablon tog‘iga chiqib ketadi. 20 yil g‘orda yashaydi. Rivoyatlarga ko‘ra, Zardusht navro‘z kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik —"œXum" tayyorlashga kirishgan. Erta tongda u daryodan suv olish uchun qirg‘oqqa tushgan. Ko‘ziga qirg‘oqda turgan porloq xilqat-"œVohumana" ko‘rinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. U ezgu va ulug‘ xudo Axuramazda huzuriga boradi. Shu kundan boshlab Zardusht payg‘ambarga aylanadi. U bu paytda 40 yoshda bo‘lgan. Payg‘ambar forscha so‘z bo‘lib, «savobli ishlar habarchisi» ma’nosini anglatadi. Zardusht o‘z ta’limotini Xorazmda targ‘ib qilgan. Zardusht O‘rta Osiyodagi ko‘p xudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida tarqoq qabilalarni bosqinchilarga qarshi birlashtirish zururiyatidan bu ta’limotga asos solindi. Zardusht o‘z ta’limotida qabilalarni birlashtirishga chorladi. Biroq, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar va uning ta’limotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanini tark etib, qo‘shni davlat - Eronga ketadi, u yerning shohi Gushtasp va uning donishmand vaziri Jomaspni hayrihoxligiga erishadi, ular Zardusht ta’limotini qabul  qiladilar. Natijada bu ta’limot xalqlar o‘rtasida keng tarqala borgan. Yunonistonda uni alloma-munajjim sifatida ulug‘lab, Zoroastr deb, uning ta’limotini zoroastrizm deb ataganlar.
Eron hukmdori Gushtasp farmoniga ko‘ra, shahar va qishloqlarda yangi ibodatxonalar-otashkadalar qurila boshlanadi. Zardusht Balxda shunday qurilgan ibodatxona ochilishida ishtirok etadi va ibodat qilayotganda 77 yoshida g‘animlari ko‘pxudolik tarafdori Bratarvaxsh tomonidan o‘ldirilgan. Zardushtning Istavatr, Uravatr, Puruchitro ismli o‘g‘illari, Frini, Trini, Purichisto ismli qizlari bo‘lgan. Sahobalar uning ta’limotini kitobga joylab, «Avesto», ya’ni «qat’iy qonunlar» deb ataydilar. «Avesto» o‘n ikki ming qora mol terisiga tillo suvi bilan bitilgan.
"œAvesto" - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, shu dindagi xalqlarning shariat qonunlari majmuidir. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "œAvesto" O‘rta Osiyo, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-mingyillikni  1-yarmida vujudga kelgan. "œAvesto"da keltirilgan geografik nomlar buni tasdiqlaydi. "œAvesto"dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 16:41:20

                               Tarixiy shaxslar ko"œrsatkichi

                                Qadimgi Sharq va O"œrta Osiyo

AGAMЕNNОN — Yunon mifologiyasida Miken yoki Argos podshohi. Mil. avv. 1260-yilda yunоnlarning Trоya ustiga yurishida yunоn shahar-davlatlarining flоti va qo"œshiniga bоshliq bo"œlgan. "œIliada" dostonida tasvirlanishicha, Troyani qamal qilayotganda mardlik va jasorat ko"œrsatgan, biroq shuhratparasligi (kohin Appolonni haqorat qilishi, Axillis bilan arazlashuvi) umumiy ishga katta ziyon keltirar edi. Troya yengilgandan keyin troyalik malika Kassandra unga o"œlja bo"œlib tegdi, va Agamennnon unga uylandi. Lekin yurtiga qaytganida uni xotini  Klitemnestra va uning yori Egisf Agamennonni o"œldiradilar. Agamennon obraziga ko"œpgina yozuvchilar (Esxil "œAgamennon" fojiaviy asari, Yevripid va b.) murojaat etishgan.
AGUM — o"œzini "œto"œrt iqlim podshosi" deb e"œlon qilgan Bobil podshosi. Uning davrida Bobil podsholigi ravnaq topgan.
AJATASHTRU - Magadxa davlati hukmdori. Podsho Bimbasaraning vorisi. U butun Gang vohasi va Markaziy Hindistonda markazlashgan yirik davlat tashkil etdi. Uning hukmronlik yillarida mamlakat ilm-fan borasida yuksak cho’qqilarga chiqdi. Mamlakatda farovon hayotni bir qadar yo’lga qo’ydi.
AKKI — rivoyatlarga ko"œra, Akkad davlatiga asos solgan Sargon I ni (2316-2261) tashlandiq ahvolda yotganida topib olib, uni tarbiya qilgan suv tashuvchi meshkob.
AMENEMXET I — mil. avv. taxm. 2000-1970-yillarda hukmronlik qilgan Misr fir"œavni. 12-sulola asoschisi. Markazlashgan davlat hokimyatni kuchaytirish yo"œlida kurashgan. O"œg"œli Senusertga bag"œishlangan "œPantnoma"si saqlangan.
AMENEMXET III — mil. avv. taxm. 1849-1801-yillarda hukmronlik qilgan Misr fir"œavni. 12-suloladan. Yunon manba"œlariga ko"œra, Amenemxet III Fayyumdagi "œLabirint" deb nom olgan ulkan binoni bunyod etgan.
АMЕNХОTЕP II - Yangi pоdshоlik dаvridа hukmronlik qilgan Misr fir"œаvni. Uning davrida Misr Yaqin Shаrqdаgi qudrаtli dаvlаt bo"œlgаn.
АMЕNХОTЕP III - Yangi pоdshоlik dаvridа hukmronlik qilgan Misr fir"œаvni (mil. avv.  taxm. 1405-1367), 18-suloladan.  Uning davrida qadimgi Misr o"œz taraqqiyotining yuksak bosqichiga ko"œtarilgan. U o"œz hukmronligi davrida tinchlik siyosаtini qo"œllаb, qo"œshni mаmlаkаtlаr bilаn do"œstоnа sаvdо vа mаdаniy аlоqаlаrni kuchаytirgаn. Hukmrоnligining охiridа Misrning bоsib оlgаn mаmlаkаtlаr ustidаn o"œrnаtilgаn tа"œsiri susаya bоshlаgаn. Finikiya vа Pаlаstin Misrgа itоаt qilmаy qo"œygаn. Uning davrida Luqsorda Amon-Ra ibodatxonasi va Amenxotep III ning ulkan haykallari - "œMemnon ustunlari" bilan bezalgan ibodatxona qurilgan. Amenxotep III keyingi ibodatxonaga dafn etilgan.

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 16:44:46

АMЕNХОTЕP IV - Yangi pоdshоlik dаvridа  hukmronlik qilgan Misr fir"œаvni (mil. avv.  1368-1351), Amenxotep III ning o"œg"œli. Uning davrida Misr dаvlаti kuchsizlаnib, qаrаm mаmlаkаtlаr uning tа"œsiridаn chiqib kеtа bоshlаgаn. Ko"œchmаnchi qаbilаlаr Misrgа bоstirib kirgаnlаr. Fiva kohinlari va eski zodagonlarning qudratini sindirish maqsadida ko"œp хudоlikni chеklаb, yakkа хudоlikni jоriy qilishgа uringаn. U diniy islohotchi sifatida chiqib Аmоn хudоsigа sig"œinishni bеkоr qilib, Аtоn - quyoshgа sig"œinishni jоriy qilgаn. Shu munosabat bilan  Misrda yangi pоytахt — Ахеtаtоn shаhri(hozirgi Amarna)ni bunyod etgаn. Bu shahar "œExnaton" deb atalgan. Uning ma"œnosi quyosh shu"œlasi demakdir. Amenxotep IV ham  o"œzini Exnaton nomi bilan atashni buyurgan. U yangi din — Quyosh ruhoniyni bo"œlib olgan. Ammo yangi din eski din ruhoniylari va aholi tomonidan qo"œllab-quvvatlanmagan.
ANDRAGOR — Salavkiylarning Parfiyadagi noibi. U o"œzini Parfiya podshosi deb e"œlon qilgan. Lekin Andragorning podsholigi uzoqqa bormagan.
ANITTA - Nеsa, Хattusa, Zalpuva kabi davlatlarni bоsib оlib, Хеtt pоdshоligiga asоs sоlgan hukmdоr.
ARAMU — mil. avv. XV-X asrlarda Urartu atrоfida birlashgan Van ko’li atrоfidagi qabilalar davlatining birinchi hukmdоri. U Оssur pоdshоsi Salamansar III ning Urartuga bоstirib kirgan qo"œshinlariga qattiq zarba bеrgan. Uning hukmdоrligi davrida (mil. avv. 864-845-yillar) Urartu mil. avv. IX asr o"œrtalarida mustaqil davlat darajasiga ko"œtarilgan.
ARDASHER I (Ardasher Papakon) (taxm. milodiy 180-239) — Erondagi sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki shohi. 224-239-yillarda hukmronlik qilgan. Ardasher I ning bobosi Soson Fors poytaxti — Istaxr shahridagi bosh ibodatxonaning kohini bo"œlgan. Ardasher I Parfiya podshosi Artabon V (209-224-yillar) ning vassali Darabgird (Forsdagi qal"œa) hokimi saroyida xizmat qilgan. Taxminan 200-yilda ushbu qal"œa hokimi bo"œlgan; tez orada butun Fors, Kirmon va Gey (hozirgi Isfahon) ni o"œziga tobe etgan hamda zodagonlar va ruhoniylar madadiga tayanib Artabon V ga qarshi chiqqan. 224-yil 28-aprelda Ormizdagon tekisligida parfiyaliklarga qaqshatqich zarba bergan, Parfiya podsholigi shundan so"œng tugatilgan. 226/227-yilda shahanshoh unvoni bilan toj kiygan. Alarix I ning Mesopotamiya va Armanistonga egalik qilish uchun Rim bilan Sharqda olib borgan urushlari natijasida Sosoniylar davlati hududi ancha kengaydi.
ARDIS  — mil. avv. 654-605-yillarda hukmronlik qilgan Lidiya podshosi. Pоdshо Gigеsning o’g’li. Uning davrida Lidiya nоzik siyosat qo"œllab, kimmеriylar bоsqini va Оssurlar asоratidan qutiladi. U Egеy dеngiziga chiqish uchun kurashlar оlib bоrgan.

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 16:48:28

ARGISHTI I — mil. avv. 786-764-yillarda hukmronlik qilgan Urartu davlati hukmdori. Pоdshо Mеnuaning o’g’li. Uning davrida Urartu pоdshоligi Оld Оsiyoda birinchi darajali eng kuchli va qudratli davlatga aylangan. Argishti I bоshchiligida Urartu qo"œshinlari Diyala daryosi sоhili va Bоbil chеgarasigacha kirib bоrganlar. Janubi-g’arb tоmоnda esa Frоt daryosining yuqоrisidagi mamlakatlar va Shimoliy Suriyaga yurish qilgan. Argishti I qo"œshinlari shimolda Sеvan ko"œli bilan Qоra dеngiz оralig’idagi mamlakatlarni o’ziga tоbе ettirgan. Uning davrida Kavkazortida yirik qal"œalar - Erebuni (Erevan yaqinida) va Argishtixinili bunyod etilgan.
ARYAPXATA — Qadimgi hind astronomi. U V asrdayoq yerni sharsimon ekanligini va yerning o"œziga tortish qonunini, ayni paytda u o"œz o"œqi atrofida aylanishini aytgan.
ARSHAK (? — mil. avv. 248/147) — mil. avv. 247-yilda salavkiylar noyibi Andragorning armiyasini tor-mor etib, Parfiyani bosib olgan parn-dax qabilalarining sardori va Arshakiylar sulolasining asoschisi.  Parfiyada parn-dax qabilalarining hukmronligi o"œrbatilganidan so"œng u Arshak I nomi bilan Parfiya taxtiga chiqadi (250-248/247-yillar). Rim tarixchisi Pompey Trog ma"œlumotlariga ko"œra, Arshakning kelib chiqishi saklardan bo"œlib, o"œta jasur va mard odam bo"œlgan ekan. Arshak aslida qabila boshlig"œiga berilgan unvondir. "œAr" (er) so"œzi botir, mard, bahodir, pahlavon demakdir; Arshak esa shaklarning botiri ma"œnosini anglatadi. Ba"œzi tarixchilar (V. G. Lukonin) Arshakni qadimiy pahlaviycha Kavi Arshan — bahodir kamonchi nomi bilan bog"œlaydilar. Arshak o"œz hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podshosi Feodot I bilan harbiy ittifoq tuzib, salavkiylar qo"œshinini tor-mor etadi.
АSАRХАDОN — Оssuriya pоdshоsi (mil. аvv. VII аsrning I yarmi). Uning dаvridа Оssuriya qo"œshinlаri Misrgа 3 mаrtа bоstirib kirgаnlаr, аhоlini qirg"œin qilib, Misr bоyliklаrini tаlаb, аhоlini bir qismini hаydаb kеtgаn. Asarxadon Efiоpiya-Misr pоdshоsi Tахаrkаni yеngib, o"œzini Ossuriya-Misr pоdshоsi dеb e"œlоn qilgаn. Shu tariqa Misrda ossurlarning hukmronligi o"œrnatilgan. Оssur pоdshоlаrining Misrdа hukmrоnligi mil.аvv. 671-655-yillаrni o"œz ichigа оlаdi.
ASTIAG — Midiya hukmdori Kiaksarning o"œg"œli. Mil. avv. 585-yili Kiaksar vafot etganidan so"œng, Midiya podsholigi taxtini egallagan. Uning davrida Bobil bilan Midiya o"œrtasidagi munosabat buzilib, qonli janglar bo"œlgan. Bu urushlar har ikki tomonni zaiflashtirdi. Forslar Kayxusrav II  (Kir II) boshchiligida qo"œzg"œlon ko"œtarib, mil. avv. 550-yili Astiag qo"œshinlarini tor-mor etadilar. Midiya davlati Eronga qo"œshib olinadi va barham topadi.
ASHOKA —  Qadimgi Hindistonning Maurya sulolasidan bo"œlgan podshohi (mil. avv. 268-231-yillar). Ashoka davlati deyarli butun Hindiston, hozirgi Afg"œoniston va Pokistonning bir qismini qamrab olgan. Buddizmga homiylik qilgan. Ashokaning hozirgacha saqlanib qolgan qoyatoshlarga, ustunlar va g"œor devorlariga o"œyib yozdirgan shaxsiy farmonlari ("œAshoka yozuvlari") qadimgi Hindiston tarixini o"œrganishda muhim tarixiy manba bo"œlib hisoblanadi.     
ASHSHURBANIPAL — mil. avv. 669-633-yillarda hukmronlik qilgan Ossuriya podshosi. Misr, Elam, Bobil bilan urush olib borgan. Ashshurbanipal hukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo"œlgan kutubxona jamlangan. "œAshshurbanipal kutubxonasi" 1849-1854-yillarda Nineviya joylashgan yerdan topilgan. Kutubxonadan nafaqat 30 ming nusxadan iborat lavha kitoblar balki, Misr, Urаrtu, Bоbil kabi davlatlarning хаritаlаri tоpilgаni diqqatga sazovordir. 

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 16:52:02

BАKХОRIS — mil. аvv. 721-715-yillarda hukmrоnlik qilgаn Misr fir"œavni, 24 sulоlа vаkili. Misrni inqirоzdаn chiqаrish uchun bir qаnchа islоhotlаr o"œtkаzgan. Bu islоhotlаr Misrdаgi аhvоlni yaхshilаy оlmаgаn. Mamlakatda ahvol yomonlashib Misr mаydа hokimliklarga - nоmlаrgа bo"œlinib kеtgаn. Efiоpiya pоdshоsi Piаnхi vа uning vоrisi Shаbаkа dаvridа Misr Efiоp qo"œshinlаri tоmоnidаn bоsib оlinаdi. Mil. аvv. 715-yildа Misr va Efiop qo"œshinlari o"œrtasida bo"œlib o"œtgаn jаngdа Misr qo"œshinlаri tоr-mоr etilgan. Bаkхоris аsirgа оlinib, tiriklаyin o"œtgа tаshlаb kuydirilgan.
BAN GU — milodning 32-92-yillarida yashab ijod etgan mashhur xitoylik tarixchi. U "œXan podsholari tarixi" asarini yozgan. Unda Katta Xan podsholigi tarixi bayon etilgan.
BAN SIO — Qadimgi Xitoylik mashhur tabib. U tabobatga oid "œQiyinchilik haqida kitob" degan asar yozgan. U bemorlarni davolashda meva, o`simlik va hayvonlarning ayrim qismlaridan tayyorlangan sodda va murakkab dorilardan foydalangan.
BIMBASARA — mil. avv. 543-491-yillarda hukmronlik qilgan Magadxa davlati hukmdori. Uning davrida Magadha kuchayib Gang daryosidan Bengal qo’ltig’i bo’lgan hududlarni egallagan.
BINDUSARA -  miloddan avvalgi 293-268-yillarda hukmronlik qilgan Maurya davlati hukmdori. Uning davrida Maurya davlatining chegaralari kengayib, qudratli davlatga aylanadi.
BOBAK — Parfiya podsholigining tanazzulidan foydalanib, Eronning Staxr shahrida hokimiyatni o"œz qo"œliga olgan pors qabilalarining soson urug"œidan bo"œlgan hukmdori.
BOYS MERI — Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar o"œtkazgan olim. Ko"œp yillar davomida Hindistondagi zardushtiylik jamoalari hayoti va urf-odatlarini o"œrgangan. Meri Boys zardushtiylik bundan 3500 yillar ilgari Osiyo cho"œllari zaminida paydo bo"œlgani va boshqa dinlarning shakllanishi va rivojlanishiga ko"œrsatgan ta"œsiridan tashqari, oliyjanob din ekanligini, asrlar mobaynida quvg"œinlikka uchrasa-da, unga e"œtiqod qo"œyganlar sa"œy-harakati tufayli bizgacha yetib kelganligini ta"œkidlaydi. Bu haqda u o"œzining 4 tomlik "œZardushtiylar. E"œtiqodlari va urf-odatlari" kitobida hikoya qiladi.
BUDDA (sanskritcha — xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan) —  Buddizm asoschisi, bu dunyo tashvishlarini tark etib, "œoliy haqiqatga erishgan" Siddhartha Gautama (mil. avv. 623-544-yillar)ning ismi. Buddizmga taalluqli kitoblarda Gautama barcha xudolar, ruhlar va tabiat kuchlari ustidan hukmron buyuk va qudratli zot sifatida ta`riflanar ekan, uning bosib o`tgan yo`li bir emas, bir necha hayotlardan iborat bo`lgan deb uqtiriladi. Rivoyatlarga ko`ra, Gautamani Hindiston va Nepal chegarasidagi Kapilavastu shahri podshohining xotini Maxamayya ilohiy homiladorlikdan tuqqan. Dunyoga kelgan farzand shu zahotiyoq: "œMen barcha jonli maxluqlarning eng buyugiman. Bu mening oxirgi tug`ilishim", deb xitob qiladi. Buddizm diniy kitoblarida aytilishicha, Maxamayya o`g`li Gaumatani tug`gach, yetti kundan so`ng vafot etgan va xudolar osmonlaridan birida qayta tug`ilgan. Shahzoda Gautama pahlavon bo`lib o`sadi. 16 yoshida uni Yashodxaraga uylantiradilar. Ammo to`q, farovon turmush uni qoniqtirmaydi. 29 yoshida Gautama xotini va yaqindagina tug`ilgan o`g`lini tark etib, sayyor darveshlar — shramanlarga qo`shiladi. U 6 yil Ganga daryosi qirg`oqlarida zohidlik bilan hayot kechiradi va tana faolligini so`ndirish aqlning ozishiga olib kelishini anglagach, 35 yoshida 4 hafta (yoki 7 hafta)   davomida meditatsiya (butun ongini oliy haqiqatga erishish g`oyasiga qaratish) holatiga kiradi. Nihoyat, u maqsadiga erishadi va koinotning barcha sir-asroridan voqif bo`lgan Buddaga aylanadi. Budda insoniyat boshiga tushadigan azob-uqubatlar sabablarini o`rganish va insoniyatni ulardan xalos qilish uchun harakat qiladi. Shundan so`ng Budda 45 yil davomida qadimgi hind davlatlari Koshala va Magadxa bo`ylab o`z ta`limotini targ`ib qiladi va 80 yoshida vafot etadi.       

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 16:59:20

D. D. KLАRK — mаshhur аrхеоlоg. Uning mа"œlumоtlariga qaraganda, Misrdа ibtidоiy оdаmlаr 80-90 ming yildan beri yashаb kеlаr ekan.   
DARЕTЕ —  Gоmеrgacha Frigiya "œIliada" sini  yozgan frigiylar shоiri.
DOVUD — 1000-965-yillarda hukmronlik qilgan Isroil podshosi. Isroil davlatini tuzgan Saulning kuyovi. U dastlab Palastinni birlashtirib Yahudiy podsholigini so"œngra, Saulning o"œg"œli Ishvaa"œlamni yengib Isroil-Yahudiy podsholigini tuzgan. Uning davrida Isroil-Yahudiy podsholigi kuchayib, ravnaq topgan.   
DYUPERRON Anketil (1734-1805-yillar) — "œAvesto"ni ilmiy tadqiq etish va avestoshunoslikni boshlab bergan fransuz olimi. U Parijdagi Sharq tillari maktabida tahsil ko`rgan. Muqaddas Avestoning sirli olamini o`rganish ishtiyoqida Hindistonga borgan. Hindistondagi parslar qavmi orasida 1755-yildan boshlab yashay boshlaydi. Hozirda Hindistondagi Bombey shahri yaqinida port shahar Suratda "œAvesto" kitobidan ko`chirma olib 1761-yilda Parijga qaytib keladi. U Oksforddagi (Angliya) Bodelian kutubxonasida saqlanayotgan pahlaviy tilidagi "œAvesto" nusxasini o`zi olib kelgan nusxalar bilan solishtirib chiqib o`z tadqiqotlarining yakuniy hisobotini 1762-yilda Parijdagi qirol kutubxonasiga (ya`ni hozirgi Fransiya milliy kutubxonasiga) topshiradi. Hindistondan yashirincha olib kelingan nusxaning fransuzcha tarjimasini "œZent-Avestoning taxminiy tarjimalari" nomi ostida (uch qismdan iborat) 1771-yilda chop ettiradi. 
DUN CHJO — Xan podsholigining so"œnggi hukmdori.
DUN CHJUN-SHU — mil. avv. I asrning ikkinchi yarmida Xan podsholigida bir necha islohotlar o"œtkazgan islohotchi. Katta yer egalarini qoralagan. Tuz va temirga nisbatan davlatning yakka hokimligini bekor qilishni taklif etgan. Yana u qullikni bekor qilishni, soliqlarni, harbiy va ortiqcha mehnat majburiyatlarini kamaytirishni talab qilgan. Biroq Dun Chjun-shu islohotlari aslzodalarning qarshiligiga uchrab amalga oshmagan. 
FALES — mil. avv. VI asrda yashagan miletlik mashhur matematik, fizik, astronom va faylasuf. Yunon tarixchisi Gerodotning ma"œlumotiga ko"œra u asli finikiyalik bo"œlgan.
FAN CHUN — milodiy 18-yilda Shandunda boshlangan "œQizil qoshlilar" qo`zg`oloniga rahbarlik qilgan. Qo`zg`olonga Xitoyda qurg`oqchilik va chigirtka bosishi natijasida sodir bo`lgan hosilsizlik sabab bo`lgan. Fan Chun boshchiligidagi qo`zg`olonga Podsho Van Man islohotidan norozi bo`lgan aslzodalar va katta yer egalari ham qo`shilganlar. Fan Chun o`z odamlarini podsho askarlaridan ajratish uchun qoshlarini qizil rangga bo`yatgan. Shu tufayli Fan Chun boshchiligida  boshlangan qo`zg`olon "œQizil qoshlilar" qo`zg`oloni nomini olgan. 22-yilda Van Man qo`zg`olonchilar ustiga yuz ming kishilik qo`shin yuborgan. Hal qiluvchi jangda Fan Chun qo`shinlari podsho qo`shinlarini tor-mor etib, Xuanxe daryosining o`rta oqimidagi yerlarni ishg`ol qilgan. Shu vaqtda mamlakat janubida ham qo`zg`olon boshlangan. Ular o`zlarini "œYashil o`rmon qo`shinlari" deb ataganlar. 24-yilda Lyu Syuan boshliq "œYashil o`rmon qo`shinlari" Chanan shahrini egallagan. Bunga qarshi Fan Chun 25-yilda Chananga yurib, Lyu Syuan qo`shinlarini tor-mor etgan. Shu yili (25-yil) "œyashil o`rmon qo`shini" Lyu Syu boshchiligida Chananga qarab yo`l olganlar. Qizil qoshlilar esa Chananni bo`shatib Shandunga chekinganlar. Yo`lda Fan Chun hamda Lyu Syu qo`shinlari  to`qnashgan va qizil qoshlilarning mag`lubiyati bilan yakunlangan. Fan Chun jangda halok bo`lgan.
GANDOSH — o"œzini "œto"œrt iqlim podshosi" deb e"œlon qilgan Kassit hukmdori.

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 17:08:00

GAUMATA (sohta Bardiya) — midiyalik mubod (kohin), ahomaniylar podshosi Kambiz (Kir II ning o"œg"œli) ga qarshi chiqqan. U o"œzini Kambiz tomonidan yashirin ravishda o"œldirilgan Kirning kenja o"œg"œli — Bardiya deb atab, mil. avv. 522-yil taxtni egallab olgan. Doro I rahbarligidagi fitnachilar tomonidan taxtdan ag"œdarilib, qatl etilgan.
GIGЕS — mil. avv. 692-654-yillarda hukmronlik qilgan Lidiya podshosi. U o"œz hukmronligi davrida Lidiyaga Frigiyaning bir qismi, Kari, Trоada va Misiyani qo"œshib оladi. Giges Lidiyani Egey dеngizi sоhillari bilan bоg’lash uchun Milеt va Smirna ustiga yurish qiladi. Оssurlar bilan ittifоq tuzib, Kappadоkiyada kimmеriylar ustidan g’alaba qоzоnadi. Оssuriya shu yo"œl bilan Lidiyani o’ziga tоbе qilishga uringan. Giges tоbelikdan qutilish uchun Misr va Bоbil bilan ittifоq tuzadi. Vaziyatdan fоydalangan kimmеriylar Lidiya ustiga yurishi qilgan. Janda Gigеs halоk bo"œlgan.
GILGAMISH (shumerchasiga Bilga-mis) — Urukning yarim afsonaviy hukmdori. Shumer va Akkadning epik an"œanalarinining qahramoni. Epik hikoyalarda aytilishicha, Gilgamish Luganbandining qahramoni va Ninsun xudosining farzandi hisoblanadi. "œNippurdagi podshohlar ro"œyxatida" (Ikki daryo oralig"œidagi sulolalar ro"œyxati)  Gilgamishning hukmronligi Urukning birinchi sulola davriga kiritiladi (mil. avv. XXVII-XXVI asrlar). Gilgamish bu sulolaning 5-podshosi hisoblangan. Shuningdek, Gilgamishni xudoning farzandligiga ishora qilinadi, uning hukmronligi "œpodsholik ro"œyxatida" 126 yilni tashkil etgan. Uning nomi Nippurdagi Tummal qabristonidagi yozuvda eslatiladi. Gilgamishning qilgan qahramonliklari haqida Shumerda yaratilgan 5 ta dostonda o"œz ifodasini topgan. Gilgamish hukmronligi davrida Uruk kuchayib, Kish hukmronligidan ozod bo"œlgan. Gilgamish va uning vorislari davrida Lagash, Nippur kabi shahar-davlatlar Urukka itoat etganlar. Gilgamishning hayoti ko"œplab afsonalarga burkangan.  Afsonalarning birida aytilishicha, Gilgamish dunyoga kelganidan keyin mamlakat hukmdori bo"œlmish bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan qo"œrqib, Gilgamishni jarga otib yuborishga buyruq beradi. Ammo jarga uchib ketayotgan Gilgamishni burgut tutib olib, bir bog"œbonga eltib beradi, bog"œbon uni mehr bilan parvarishlab tarbiyalaydi. Balog"œatga yetgan Gilgamish bobosidan hokimiyatni tortib oladi, o"œzi Uruk shahrini boshqara boshlaydi.
GORDIYA - Frigiya podsholigi hukmdori. Gordiya oddiy dehqon oilasidan chiqqan bo"œlib, hukmdorlar sulolasiga mansub bo"œlmagan. Shunga qaramasdan Gordiya frigiyaliklarning faxr-iftixoriga sazovor bo"œlgan.
GUDEA — Shumerni guteylar nomidan 20 yil boshqargan Lagash hokimi.
IEROVOAM — Isroil-Yahudiy podsholigi hukmdori Sulaymon davrida isroilliklar ko"œtargan qo"œzg"œolon rahbari. Sulaymonning qurilish, davlat xarajatlari va qo"œshin uchun soliq joriy qilishi qo"œzg"œolonga sabab bo"œlgan. Ierovoam boshchiligidagi qo"œzg"œolon shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ierovoam Misr fir"œavni Sheshonk huzuriga qochib ketgan majbur bo"œlgan. Mil. avv. 935-yilda Sulaymon vafot etadi va uning podsholik taxtiga uning o"œg"œli Rovoam o"œtirgan. Ierovoam Misrdan katta qo"œshin bilan qaytib kelib, Rovoam qo"œshinlarini yenggan va Isroil podsholigini tiklaydi.
IMXOTEP — Qadimgi Misrning afsonaviy tabibi. Mil. avv. 3600-yilda Memfis shahrida uning sharafiga maxsus ibodatxona qurilgan. Bu yerda bemorlarga tibbiy yordam berish uchun alohida xonalar ajratilgan.     
IRОU — Misr fir"œavni Mеrnеptах  hukmrоnligi dаvri (1235-1215)dа Misrdа qullаr vа оsiyolik yollаngаn jаngchilаrgа tаyanib qo"œzg"œolon ko"œtragan suriyalik sarkarda. Irou boshchiligidagi qo"œzg"œolonchilar boylar va ibodatxonalarning mulklarini talaganlar. Qo"œzg"œоlоn Misr qo"œshinlari tomonidan shаfqаtsizlik bilan bоstirganlar. Qo"œzg"œolonchilar qattiq jazolangan.
ISHPUINI — mil. avv. 825-810-yillarda hukmronlik qilgan Urartu hukmdori. Pоdshо Sarduri I ning o’g’li. Ishpuini Van ko"œli shimоlidagi jоylarni Urartuga birlashtirgan. Muassir davlatini pоdshоlikka qo"œshib qo’ygan. Urmiya ko’lining janubi-sharqidagi Manna pоdshоlgini bоsib оlib, Оssuriya chеgaralariga хavf sоlgan.
ISHVAA"œLAM — Isroil davlati hukmdori Saulning o"œg"œli. Otasi vafot etgach, Dovud bilan bir necha bor jang qilgan. Bu janglarda Dovud Ishvaa"œlamni mag"œlubiyatga uchratib, Isroil-Yahudiy podsholigini tuzgan.

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 17:23:27

JЕR — Ilk pоdshоlik dаvridа hukmdоrlik qilgаn Misr fir"œаvni. Uning dаvridа Misr qo"œshinlаri Nubiya, Sinаy yarim оrоligа bir nеchа marta bostirib kirganlar. Ular bu mamlakatlardan ko"œplab asir va behisob boyliklar olib qaytganlar.
JOSER (Jeser) - mil. avv. 2780-2760-yillarda hukmronlik qilgan Misr fir"œavni. 3-sulola asoschisi. Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib, qudratli saltanat tuzgan, poytaxti Memfis shahri. Sakkara shahrida zinapoya shaklida ehrom bunyod etgan. Joser ehromidan keyin, Misr ehromlarini qurish boshlangan. 
KAMBIZ I — Parsua qabilasilarining hukmdori (mil. avv. 600-559-yillar). Ahamoniylar sulolasidan. Uning davrida parsua qabilalari Midiya podsholigiga itoat etganlar. Kambiz bilan Midiya shohi Astiagning qizi o"œrtasidagi nikohdan Kayxusrav II (Kir II) dunyoga kelgan.
KAMBIZ II (Kambis, Cambyses; forschada Kamubjiya) — mil. avv. 529-522-yillarda Eron hukmdori. Ahamoniylar sulolasidan. Kambiz II o"œzining faoliyati davrida itoat ettirilgan mamlakatlar va Erondagi isyonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi. U mil. avv. 525-yilda Pelusiya jangida Misr qo"œshinlarini tor-mor etgan va Misrni o"œziga tobe qilib olgan. Shu vaqtdan boshlab Kambiz II 27-sulolaga asos solib o"œzini ham Eron podshosi, ham Misr fir"œavni deb e"œlon qiladi. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Kambiz II Misrdaligida o"œz akasi Bardiyani o"œldirib, hokimiyat tepasiga qonunsiz kelgani oshkor bo"œlib qoladi. Bu holdan foydalangan zardushtiylar kohini Gaumata o"œzini Bardiya deb e"œlon qiladi va uni podsho qilib ko"œtaradilar. Bundan xabar topgan Kambiz II isyonni bostirish uchun Eronga qaytayotganida mil. avv. 522-yili Gaumataning tarafdorlari tomonidan yo"œlda o"œldiriladi.
KАMЕSU — 17-sulоlаgа mаnsub Fivа hukmdori. Uning davrida Misrning giksоsоlаrgа qаrshi оzоdlik kurаshi kuchаyadi. Kamesu mirslik amaldorlarni o"œz saroyiga chaqirib, ularga giksoslarni mamlakatdan haydash kerakligini uqtirgan. U amaldorlar oldida nutq so"œzlab, oxirida "œMening maqsadim Misrni qutqarish va osiyoliklarni yer bilan yakson qilishdir", deb xitob qilgan. Kamesu boshlagan  kurash ozodlik urushiga aylangan va ayovsiz janglardan so"œng Misr qo"œshinlari giksoslar ustidan g"œalaba qozongan. Og"œir janglar vaqtida Kamesu juda ko"œp tan jarohati olgan. O"œsha vaqtdagi sаlnоmаlаrdа Kamesu Misrni giksоslаr zulmidаn оzоd qilish uchun kurаsh оlib bоrgаn qаhrаmоn sifаtidа mаdh etilаdi.
KAYXUSRAV I — Parsua qabilalarining dastlabki hukmdori. Uning davrida parsua qabilalari Ossuriya podsholigiga qaram bo"œlgan.
KASHTARITI — mil. avv. 672-yilda ossurlarga qarshi kurashda midiyaliklarga rahbarlik qilgan sarkarda. U ossurlarni Midiyadan haydab chiqargan. Kashtariti Midiyadagi mayday davlatchalarni birlashtirib yagona davlat tuzishga bel bog"œlagan va qo"œshni davlatlarga istilochilik yurishlarini uyushtirgan. U mil. avv. 753-yilda ossurlar ustiga qo"œshin tortgan. Ossurlar skiflarni unga qarshi kurashga ko"œndiradilar. Midiya qo"œshinlari ossur va skiflarning ikki tomondan yuz bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladilar. Bu jangda Kashtariti halok bo"œlib, Midiya mil. avv. 653-625-yillar orasida skiflar ta"œsirida qoladi.
KIAKSAR (yunoncha Kuaxares, eroniycha - Uvaxshaqtra) — Shimoliy Eron va Eron Ozarbayjoni hududida shakllangan Midiya davlatining podshohi (mil. avv. 625-585-yillar). Kiaksar davrida Midiya Old Osiyoning yirik davlatiga aylangan. Skiflarning Old Osiyo shimolidagi hukmronligiga barham bergan. Bobil bilan ittifoqda Ossuriya davlatini yo"œq qilgan (612-605-yillar); Mani, Urartu yerlarini va Kichik Osiyo sharqiy qismini (509-585-yillar) Midiya hududiga qo"œshib olgan. Lidiya bilan urush olib borib, mil. avv. 585-yilda sulh shartnomasini tuzgan. Unga ko"œra, Midiyaning g"œarbiy chegarasi Galis daryosi (hozirgi Qizil Irmoq) bo"œylab belgilangan.   
KOLIDASA — V asrda yashab ijod etgan Qadimgi hind dramashunosi. U yozgan drama asarlaridan eng mashhuri "œShakuntala"dir.   

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 14:54:20

KRЕZ (Croesus) (mil. avv. 595-546-yillar) — Lidiya pоdshоligining so"œnggi hukmdоri (560-546). Krez yunonlarning Efes, Milet va boshqa shaharlarini va Galis daryosigacha bo"œlgan Kichik Osiyoning deyarli butun g"œarbiy qismini bosib olgani uchun podshohlik hududi anchagina kengaygan. Krezning boyligi tillarda doston bo"œlgan, u haqida ko"œplab afsonalar yaratilgan. Krezning ellinlar (yunonlar)ni juda qadrlagan, shu tufayli Yunon ibodatxonalariga (Delfa, Efes) behisob sovg"œalar yuborib turish bilan Lidiyani Yunon madaniyatiga qo"œshishga intilgan. Krez erоniylar bоsqinidan хimоyalanish uchun Yunоnlar, Misr va Bоbil bilan ittifоq tuzadi. Forslar shohi Kir II bilan Pteriya yaqinida (Kappadakiya) bo"œlgan jangda mag"œlubiyatga uchragan, Lidiya poytaxti Sardi bosib olingan, Krez esa asir tushgan (546-yili). Krez davlati Ahamoniylar davlatiga qo"œshib olingan. Ba"œzi ma"œlumotlarga ko"œra (Gerodot va boshqa ko"œpgina yunon tarixchilari), Krez gulxanda yondirishga hukm qilingan, biroq Kir II tomonidan avf etilgan; boshqa xabarlarga ko"œra (qadimgi sharq mixxat manbalari), qatl etilgan.
KUTIK-INSHUSHINAK — mil. avv. XXII asr boshlarida Elamni birlashtirib, uni yagona davlatga aylantirgan Elam hukmdori.
LABОRNA (Tabоrna)  — mil. avv. 1680-1650-yillarda hukmronlik qilgan Xett podshosi. U Qоra dеngizning janubiy sоhillarigacha bo"œlgan yеrlarni istilо qilib, mamlakatni birlashtirishni охiriga yеtkazgan va pоytaхtni Nеsadan Хattusasga ko"œchirgan.
LUGAL-ZAGGISI — Shumer podsholigining asoschisi. Dastlab Shumerdagi Umma shahar-davlati hokimi bo"œlgan. So"œngra u katta qo"œshin to"œplab Ur, Uruk, Larsa, Lagash, Adab hamda Nippur kabi shahar-davlatlarni o"œziga itoat ettirib Shumer podsholigini tashkil etgan. Uning davrida mamlakat xo"œjaligi ancha ravnaq topgan. Ammo Shumer podsholigining mustaqilligi uzoq davom etmagan. Akkadda o"œz hokimiyatini mustahkamlab olgan Sargon I (2316-2261) Shumer shaharlari ustiga katta qo"œshin bilan bostirib kirgan. Sargon I qo"œshinlari Lugal-zaggisi va uni quvvatlagan 50 hukmdor qo"œshinlarini tor-mor etgan. Jangda Lugal-zaggisi asir olinib, Nippurga keltirilgan va xudo Enlila sharafiga qurbon qilingan.
LYU BAN — mil. avv. 207-206-yillarda Qadimgi Sin podsholigida boshlangan dehqonlar qo"œzg"œolonining rahbari; Xan saltanati hukmdori. Lyu Ban boshchiligidagi qo"œzg"œolonchilar mil. avv. 207-yilda Sanyan shahrini ishg"œol qilgan, mil. avv. 206-yili uni "œXan hokimi" — "œXan vani" deb e"œlon qiladilar. Qattiq janglar natijasida har ikki tomondan ham ko"œp odam o"œlib, yarador bo"œladi. Sin Shi Xuandining o"œg"œli qo"œzg"œolonchilar qo"œliga asir tushib, o"œldirilgan. Shu davr ichida Xan saltanatini egallash uchun Lyu Ban bilan Syan Yuy o"œrtasida qonli janglar boshlanadi. Nihoyat, mil. avv. 202-yilning yanvarida Gaysya yonidagi jangda Lyu Ban qo"œshinlari Syan Yuy qo"œshinlari ustidan g"œalaba qozonadi. Shu bilan Xitoyda Sin saltanati tugatilib, Xan saltanati o"œrnatiladi. Lyu Ban Xan taxtiga o"œtirgach, o"œzini Gao-Szu deb atashlarini buyuradi. U o"œz boshqaruvining dastlabki yillarida xalqqa ko"œp yengilliklar bergan. Keyinchalik esa u sinlarning boshqaruv tizimidan foydalanadi. U Xanga itoat etmagan podsholiklar bilan qattiq kurash olib boradi. Mil. avv. 200-yilda u o"œz qo"œshinlari bilan xunnlar ustiga bostirib borgan. Uning qo"œshinlari xunnlardan mag"œlubiyatga uchragan. Lyu Ban-Gao-Szuning o"œzi asir tushib, asirlikdan mo"œjiza tufayli qochib qutulgan.   
LYU SYU — Xan podsholigi hukmdori (milodiy 25-yildan). Xan podsholigida "œYashil o`rmon qo`shinlari" ko`tarilgan qo`zg`olon natijasida taxtga o`tirgan. U o`zini podsho deb e`lon qilganidan so`ng poytaxtni Chanandan Loyanga ko`chirtirgan. Xan sulolasiga mansub bo`lgan. Lyu Syudan boshlab kichik Xan sulolasi davri boshlangan. Bu sulola 25-220-yillar orasida Xitoyda hukmronlik qilgan. Lyu Syu Guan U-Di nomi bilan podsholikni 25-57-yillarda boshqargan. U aholiga ko`p yengilliklar berib, soliqlarni kamaytirgan va ko`plab qullarni ozod etgan. Uning davridan boshlab qullarni behuda o`ldirish va tamg`a bosish bekor qilingan. Lyu Syu va uning vorislari mamlakatda osoishtalik o`rnatib, xunnlarga qarshi g`olibona yurish qilganlar.
LYU SYUAN - milodiy 22-yilda Xan podsholigi janubida boshlangan qo"œzg"œolon rahbarlaridan biri. Qo"œzg"œolonchilar o"œzlarini "œYashil o"œrmon qo"œshinlari" deb ataganlar. 24-yilda Lyu Syuan o"œzini podsho deb e"œlon qilib, Chanan shahrini egallagan. 25-yilda "œqizil qoshlilar" Chananga yurib, Lyu Syuan qo"œshinlarini tor-mor etganlar, Lyu Syuan o"œzini-o"œzi o"œldirgan.

Qayd etilgan