Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346427 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 38 B


Robiya  14 Iyun 2008, 14:56:12

MANISHTUSU - Akkad podsholigi hukmdori (mil. avv. ?-2237-yillar). Sargon I ning o"œg"œli. Akasi Rimush a"œyonlari tomonidan o"œldirilgach, taxtga chiqqan. U dastlab Elamdagi qo"œzg"œolonni bostirib, u yerdagi 32 shahar hokimlari ittifoqi qo"œshinlarini tor-mor etgan. U yerdan juda ko"œp boylik va asirlar olib qaytgan. Manishtusu Shumer va Elam ruhoniylariga katta-katta hadyalar berib, ularni o"œziga ag"œdarib olgan. Akkad, Shumer aslzodalari va o"œz askarlariga yerlar bo"œlib bergan. Shu yo"œllar bilan u merkaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan. Manishtusu davrida ham Akkad podsholigi o"œz kuch-qudratini saqlab qolgan. Ammo Manishtusu fitnachilar tomonidan o"œldirilgan.
MAODUN — Xunn sardorlaridan biri. Maodun ichki dushmanlarini yenggach, dunxu qabilalari ustiga katta qo’shin bilan bostirib boradi. Shiddatli va ayovsiz jang oqibatida dunxular tor-mor etiladi. Maodun dunxular hukmdorini o"œldirib, ko"p odamlami asir olib, podalarini haydattirib ketadi. Miloddan avvalgi 203-202-yillarda Maodun Sayan, Oltoy va Yenisey (Enasoy) daryosining yuqori oqimidagi joylami bosib oladi. Miloddan avvalgi 200-yilda Xan podshosi Lyu Ban xunnlarni ustiga qo"shin tortadi. Maodun harbiy hiyla ishlatib, qo"shinlari bilan Baydan tog"lariga chekinadi. Lyu Ban esa bir guruh tezkor jangchilari bilan xunnlarni ta"qib qilib borib, asosiy qo"shinlaridan uzoqlashib ketadi. Xunnlar Lyu Ban qo"shinlarini qurshab olib, ularni qirib tashlaydilar. Lyu Ban asir tushadi. U juda ko"p mol-mulk va qizini Maodunga berish sharti bilan asirlikdan ozod bo"ladi.Lyu Ban va"dasini bajarmay, qizini Maodunga yuborishni paysalga soladi. Maodun katta qo"shin bilan Xan chegaralaridan o"ta boshlaydi. Bu xabarni eshitgan Lyu Ban katta mol-mulk bilan qizini xunnlar hukmdoriga uzatishga majbur bo"ladi. Shundan keyin ikki o"rtada tinchlik sulhi tuziladi. Sulhdan so"ng ikki davlat o"rtasidagi do"stlik 40 yil davom etadi.
MAOSHIN — miloddan avvalgi 174-161-yillarda hukmronlik qilgan Xunnlar davlati hukmdori. Podsho Maodunning o"œg"œli. Uning davrida xunnlar yuechjilar bilan 25 yil davomida urush olib boradilar. Urushda yuechjilar yengilib, ularning sardori halok bo"ladi. Maoshin yuechji sardorining bosh chanog"œini kesdirib olib, undan sharoo kosa yasattirgan. Urush xunnlarning g"œalabasi bilan yakunlangan. Yuechjilar Pomir va Farg"ona orqali Baqtriyaga ko"chib ketishga majbur bo"lganlar. Shundan keyin xunnlar O"rta va Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatga aylangan.
MARDUQAPLAIDDIN II — Xoldey hukmdori. Bobilni egallab, o"œzini podsho deb e"œlon qilgan. U elamliklar bilan ittifoq tuzib, ossurlarga qarshi kurash boshlagan. Mil. avv. 720-yilda Elamning Der qal"œasi yonida bo"œlgan jangda Marduqaplaiddin qo"œshinlari Ossur qo"œshinlarini mag"œlubiyatga uchratgan. Mil. avv. 710-709-yillarda esa Ossur podshosi Sargon II Bobilni egallagan. Mil avv. 703-yilda Marduqaplaiddin ossurlarga qarshi zarba berib, Bobilni ulardan ozod qilgan.
MЕDAS — Frigiya podsholigi hukmdori. Podsho Gоrdiyaning o’g’li. Medas pоdshоlik chеgaralini kеngaytirish uchun sharq tоmоn yurish qilgan. Mеdas qo"œshinlari Sargоn II qo"œshinlaridan mablug’iyatga uchragan va Оssur shоhiga o"œlpоn to"œlashga majbur bo"œlgan. Mil. avv. XIII asrda qo"œshni qabilalarning to"œхtоvsiz hujumlaridan mablug’iyatga uchragan va o’z jоniga qasd qilgan.
MENES (Mina) — birinchi Misr sulolasiga asos solgan Yuqоri Misr pоdshоsi. Qadimgi Misr davlatining ilk podshosi. Milоddаn аvvаlgi 3000-yilda Yuqоri Misr bilаn Quyi Misrni birlаshtirib, yagоnа Misr dаvlаtigа аsоs sоlаdi. Quyi Misr chеgаrаsidа Mеmfеs shаhrini bunyod etgan.   
MENKAURA (qadimgi misrcha Raning og"œishmaydigan egizagi: yunoncha Mekeren) — Misrda  Qadimgi podsholik davrida  mil. avv. 2494-2471-yillarda hukmronlik qilgan fir"œavn. 4-suloladan bo"œlgan. Xafra (Xefren) ning vorisi. Antik mualliflarning yozishicha, ungacha o"œtirgan Misr hukmdorlarining buyuk ehromlar qurilishida amalga oshirgan zulmni kamaytirgan. Menkauraning o"œzi bunyod ettirgan Giza shahridagi ehromining balandligi 62 metr, tomonlari asosi esa 108,4 metrni tashkil etadi. Gizadagi ehrom va ibodatxonadan tashqari Abu-Roash qishlog"œi atrofida ham uncha katta bo"œlmagan ehrom bunyod etgan va shu yerda dafn etilgan. 
MENTUXATEP — 11-sulоlаgа mаnsub Fivа hukmdori. U Gerokleopol podshohlariga qarshi kurashib, Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib Markazlashgan Misr davlatini qayta tiklagan. Fiva shahri Misr davlatining poytaxti bo"œlgan. Bu davrda 11-13 sulola vakillari Misrda podsholik qilgan. Bu Misr tarixida O’rta podsholik nomi bilan mashhur bo’lgan va mil. avv. 2050-yildan 1750-yilgacha hukm surgan.
MЕNUA — mil. avv. 810-786-yillarda hukmronlik qilgan Urartu davlati hukmdori. Pоdshо Ishpuinining o’g’li. U qo’shinni qayta tuzib, shimоlda Araks daryosi vоdiysi, janubi-g’arbda Frоt daryosining yuqоrisidagi mamlakatlar ustiga yurish qilgan. Tushpa shahri yaqinida 70 km. uzinlikdagi "œMеnua kanali"ni qurdirgan.
MЕRNЕPTАХ — Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvrida mil. аvv. 1235-1215-yillаrdа hukmrоnlik qilgаn fir"œаvn. Misr fir"œavni Ramzes II (1301-1235)ning o"œg"œli. Merneptax davrida Misrning kuch-qudrаti susаyadi. Bundаn fоydаlаngаn g"œаrbiy cho"œl qаbilаlаri Misrgа bоstirib kirib, Mеmfis shаhrini qаmаl qilаdilаr. Shimоldаn "œdеngiz хаlqlаri" Misrga bоstirib kirаdi. Misr qo"œshinlаri qаbilа vа хаlqlаr hujumini qаytаrаdi. Uning davrida Suriyadа Misrgа qаrshi qo"œzg"œоlоn ko"œtаrilаdi. Misr qo"œshinlari Suriya shaharlaridagi qo"œzg"œоlоnlarni qiyinchilik bilаn bоstirаdilar. Misrning o"œzidа suriyalik Irоu bоshchiligidа qullаr vа оsiyolik yollаngаn jаngchilаrgа tаyanib, qo"œzg"œоlоn ko"œtаrаdi. Bu qo"œzg"œоlоn shаfqаtsizlаrchа bоstirilаdi, qo"œzg"œolonchilar qattiq jazolanadi.
MITRIDAT  I —  mil. avv. 171-138-yillarda hukmronlik qilgan Parfiya shohi. U Salavkiylar hukmdori Antiox III ning vafotidan foydalanib, Midiya bilan Bobilni bosib olgan va mil. avv. 141-yilda o"œzini "œBobil podshosi" deb e"œlon qiladi.
MITRIDAT II — Parfiya shohi (mil. avv. 123-87). Uning davrida Parfiya qo"œshinlari salavkiy qo"œshinlarini yengib, Eron va Mesopotamiyani ishg"œol qiladilar. Mitridat II "œulug"œ shahanshoh" degan unvonga ega bo"œladi.
MOX — Yunon faylasuf-matematiklaridan ancha oldin atomlar haqidagi nazariyani yaratgan Sidonlik faylasuf.
MURSILI I - mil. avv. 1619-1590-yillarda hukmronlik qilgan Xett podshosi. Uning davrida Xеtt qo"œshinlari Shimoliy Suriyadagi Хalpa va Bibl shaharlarni bоsib оlgan. Mamlakatda qullar va kambag"œallar qo"œzg"œоlоni bo"œlib o"œtgan.
MURSILI II - mil. avv. 1340-1305-yillar hukmronlik qilgan Xett podshosi. Uning davrida Xett podsholigi qo"œshinlari Kichik Оsiyoning janubi-g"œarbiga yurish qiladi. Valma shahri yaqinida Хеttlar bilan Arsava ittifоqchi qo"œshinlari o"œrtasida jang bo"œlib o"œtadi. Jangda ittifоqchilar qo"œshini yеngiladi. Хеtt qo"œshinlari Apasu (Efеs) shahrini egallab, Egеy dеngizi sоhillariga chiqadi. Shundan kеyin Arsava davlati Хеtt pоdshоligiga qaram bo"œlib qоladi. Kichik Оsiyo yarimоrоlining katta qismi Хеttlar iхtiyoriga o"œtadi. Bu davrda  Хеtt pоdshоligining harbiy kuch-qudrati eng yuqоri darajaga ko"œtariladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 14:58:04

NABONID — mil. avv. 556-539-yillarda hukmronlik qilgan Bobil podshosi. Ruhoniylar tomonidan taxtga o"œtqazilgan. Nabonid hukmronligi davrida Bobil Eron shohi Kir II (Kayxusrav) tomonidan bosib olingan (mil. avv. 539-yil). Janglar vaqtida Nabonid asir tushgan.
NABOPALASAR — Xoldey hukmdori. Ossurlarning Bobildagi jabr-zulmiga qarshi mil. avv. 628-yilda qo"œzg"œolon ko"œtargan. U ossurlarni Bobildan haydab chiqarib, Yangi Bobil podsholigiga asos solgan. Mil. avv. 605-yilda vafot etgan.
NARAM-SUEN — Akkad podsholigi hukmdori (mil. avv. 2236-2200-yillar). Sargon I ning o"œg"œli. Akasi Manishtusu fitnachilar tomonidan o"œldirilgach, taxtga chiqqan. Uning davrida Akkad podsholigi o"œz taraqqiyotining yuqori cho"œqqisiga chiqqan. U mamlakatda ko"œtarilgan qo"œzg"œolonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan. Suriya, Palastin, Subarti, Elam va Fors qo"œltig"œI sohilidagi mamlakatlarni o"œziga itoat ettirgan. U "œto"œrt iqlim podshosi" unvonini olib, o"œzini xudo darajasiga ko"œtargan.
NАRMЕR — Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash olib borgan Yuqоri Misr pоdshоsi. Yilnomachilarning ma"œlumotlariga ko"œra, Narmer Quyi Misr yerlariga bostirib kirgan. Uning qo"œshinlari Shimoliy Misr podshosi qo"œshinlari ustidan g"œalaba qozongan. G"œalabadan so"œng u 6000 kishini аsirgа оlib, juda ko"œp o"œljаlаr bilаn qаytgаn. Shundаn so"œng Misrdа yagоnа dаvlаt tuzish uchun kurаsh qizg"œin tus оlgаn. 
NAVUXODONOSOR I — mil. avv. 1126-1105-yillarda hukmronlik qilgan Isen shahri hokimi. U elamliklarni Bobildan quvib chiqargan.
NAVUXODONOSOR II — Yangi Bоbil podsholigi hukmdori (mil. avv. 605-562-yillar). Mil. avv. 605-yilda Karxemish yaqinidagi bo"œlgan jangda Misr-Ossuriya qo"œshinlari ustidan g"œalabaga erishgan, Suriya hududini bоsib оlib, misrliklarni O"œrtayer dengizining sharqiy sohilidan siqib chiqargan. Mil. avv. 598-yilda esa Shimoliy Аrаbistоngа yurish qilgаn. Dastlab mil. avv. 597-yilda, so"œngrа mil. avv. 587-yilda (bоshqа mа"œlumоtlаrgа ko"œrа, mil. avv. 586-yilda) Palastinni bosib olgan, qo"œzg"œolon ko"œtargan Quddus shahrini vаyrоn qilgan. Yahudiya (Iudеya) pоdshоligiga barham bergan vа Yahudiyaning аksаriyat аhоlisini аsir qilib оlib kеtgаn. Uning dаvridа Bobilda yuksak bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. U xotini Semiramidaga atab "œBobil osma bog"œlari"ni va shu bilan birgalikda mashhur "œBоbil minоrаsi"ni bunyod ettiradi. Turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g"œisht ishlatish to"œg"œrisida farmon chiqaradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobilning 8 darvozasi bo"œlgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolari birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo"œlgan.
NEFERTITI (qadimgi misrcha — "œsohibjamol kelmoqda") — mil. avv. XIV asr boshidagi Misr malikasi (podshosi), Amenxotep IV ning xotini. Eri o`tkazgan diniy islohotlarda ishtirok etganligi taxmin qilinadi; uning ismi islohotlardan so`ng Nefer - Neferu - Aton ("œAtonning go`zallar go`zali") deb o`zgartirilgan. 1912-yilda Amarnada Nefertitining haykaltarosh usta Tutmes tomonidan nafis ishlangan haykallari topilgan (Qohira va Berlin muzeylarida saqlanadi).
NЕХО — So"œnggi podsholik davrida hukmronlik qilgan Misr fir"œavni. Fir"œavn Psаmmеtiх I ning o"œg"œli. U Misrni kuchli dаvlаtgа аylаntirish uchun hаrаkаt qilgаn. Nexo Pаlаstin vа Suriya jаnubidа Misr tа"œsirini qаytа tiklаmоqchi bo"œlib, Frоt dаryosigаchа siqib bоrgаn. Kаrхаmеsh yonidagi jаngdа uning qo"œshinlаri bоbilliklаrdаn yеngilgаn. Uning davrida obоdоnchilik vа хo"œjаlikning rivоjlаntirishgа kаttа e"œtibоr bеrilgаn. Nexo dаvridа Qizil dеngizi bilаn O"œrtаyеr dеngizini birlаshtirаdigаn 84 km uzunlikdаgi kаnаl qаzilgаn. Kanal qurilishida asirlar, qullar va oddiy aholi ishlagan. Qurilish vaqtida 120 mingdan ortiq odam o"œlib ketgan. Uning buygug"œi bilan, Finikiya dеngizchilаri Аfrikа аtrоfini аylаnib chiqqаnlаr. Mil. аvv. 569-yildа tахtdаn аg"œdаrilаdi.
NIN — qadimgi yunon tarixchisi Ktesiy (mil. avv. V-IV asrlar)ning ma"œlumotlariga qaraganda, Baqtriyaga yurish qilgan Ossuriya podshosi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:00:34

OKSIART - Ossuriya podshosi Nin uyushtirgan harbiy yurishni qaytargan Baqtriya hukmdori. Qadimgi yunon tarixchisi Ktesiy (mil. avv. V-IV asrlar) Oksiartning xazinasi haqida ma"œlumot qoldirgan.
OROD — mil. avv. 55-37-yillarda hukmronlik qilgan Parfiya podshosi. Orod davrida parfiya qo"œshinlari bilan mashhur sarkarda Krass boshliq Rim qo"œshinlari o"œrtasida ko"œplab janglar sodir bo"œladi. Mil. avv. 53-yili Karri shahri yaqinidagi dahshatli jangda rimliklar yengilib, Krass halok bo"œladi. Bu g"œalabadan so"œng parfiyanlar katta o"œljaga ega bo"œlib, juda ko"œp Rim askarlari asirga tushadi. Asirlar Marg"œiyonaga haydab ketilib o"œsha yerga joylashtiriladi. Bu g"œalabadan keyin Parfiya poytaxti Gekatompildan Mesopotamiyadagi Ktesifonga ko"œchiriladi. Bu davrda Parfiya o"œz kuch-qudratining eng baland cho"œqqisiga ko"œtariladi. Parfiya qo"œshinlari Sharqdagi Hind daryosigacha, g"œarbda esa O"œrtayer dengizi va Kichik Osiyo chegarasigacha bo"œlgan yerni egallaydilar.
OSIYA   -  Isroil podshosi. Uning hukmronligi davrida Ossuriya podshosi Sargon II Isroilga bir necha bor istilochilk yurishlarini uyushtirgan. Shunday yurishlarning birida Sargon II mil. avv. 722-yilda Samariya  shahrini bosib olgan va Osiyani o"œziga asir qilgan.
PЕTUBАSTIS - mil. аvv. 853-yili Qarqara shahri yaqinida Suriya-Palastin va Misrning birlashgan qo"œshinlari ustidan g"œalaba qozongan Ossuriya hukmdori. Bu g"œalabadan so"œng Petubastis o"œzini Misr firаvni dеb e"œlоn qilgаn va 23-sulоlаgа аsоs sоlgan.
PIАNХI - Efiоpiya (Kush) pоdshоsi. Uning davrida Efiоpiya davlati rаvnаq tоpgаn. U Qаdimgi Misrgа qаrshi bоsqinchilik urushlаrini оlib bоrgаn.
PIN-VAN — Chjou podsholigi hukmdori. U mil. avv. 770-yilda yarim ko"œchamanchi jun qabilalarining hujumidan bezor bo"œlib, podsholik poytaxtini Xaodan Loyanga, ya"œni Sharqqa ko"œchiradi. Shu tufayli Pin-Van hukmronligidan boshlab podsholik Sharqiy Chjou nomi bilan atalgan. Sharqiy Chjou podsholigi mil. avv. VIII-III asrlar orasidagi davrni o"œz ichiga oladi.
PITXAN —  Mil. avv XVIII asr boshlarida Kichik Osiyo yarim orolining sharqiy qismini birlashtirgan Kussar  hukmdori.
POR — Panjobdagi eng kuchli podsholardan biri. Aleksandr Makedonskiyning zamondoshi. Mil. avv. 327-yilda Aleksandr Hindikush va Sulaymon tog"œlaridan oshib o"œtib, Panjob viloyatiga bostirib kirganida unga qarshi kurashgan. Por ixtiyorida 30 ming piyoda, 4 ming otliq askar, 3000 jang arava va 200 jangovar fil mingan jangchilar bo"œlgan. Ikki shoh askarlari o"œrtasida shiddatli jang bo"œlgan. Porning o"œzi jangovar fil ustida dushmanlar bilan qahramonlarcha kurashib 9 joyidan yarador bo"œlgan. Bu ayovsiz janglarning birida Porning ikki o"œg"œli va bir qanchasarkardalaridan ajraladi. Ammo shunga qaramay urush maydonini, askarlarini tark etmay, jangni davom ettiradi. Urush Aleksandr qo"œshinlarining g"œalabasi bilan tugaydi. Jangda Aleksandr ham ko"œp jangchilaridan ajraladi. Sevimli jangovar oti Butsefal ham janglarning birida tig"œ tegib halok bo"œlgan. Iskandar halok bo"œlgan oti sharafiga Hind daryosi bo"œyida Butsefaliya shahrini bunyod ettirgan. Aleksandr Porning  jasoratiga va irodasiga qoyil  qolib, uni  o"œz saltanati podshosi qilib  qoldiradi.
PRIYAM — Mil. avv. 1260-yilda bоshlangan Yunоn-Trоya urushi davrida Trоya podsholigining hukmdori.
PSАMMЕTIХ I — Nil tarmog"œining g"œarbiy qismida joylashgan Sаis shahrining hukmdоri. U  Lidiya, Yunоnistоn vа Bоbil bilаn ittifоq bo"œlib, Misrdаn efiоpiyalik vа оssuriyaliklаrni surib chiqаrgаn. Shundаn so"œng u Jаnubiy Misrdа hаm o"œz hоkimiyatini mustаhkаmlаb, mаmlаkаtni birlаshtirgаn. U 26-sulоlаgа аsоs sоlib, bu sulola mil. аvv. 663-525-yillаrda hukmronlik qilgan. Psammetix I mаmlаkаt оbоdоnchiligi vа хo"œjаligini rivоjlаntirish ishlаrigа hоmiylik qilgаn.
RАMZЕS I - Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvrida mil. avv. 1338-1337-yillаrdа hukmrоnlik qilgаn fir"œаvn, 19-sulоlа vаkili. Uning davrida Misr hаrbiy vа iqtisоdiy jihаtdаn kuchаyib yuksalgan.
RАMZЕS II — Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvrida mil. avv. 1301-1235-yillаr hukmrоnlik qilgаn fir"œаvn, 19-sulola vakili. Misr fir"œavni Seti I (1337-1317)ning o"œg"œli. U Misrdа 66 yil hukmrоnlik qilib, mаmlаkаt оbоdоnchiligigа kаttа e"œtibоr bеrаdi. Uning davrida yangi yеrlаr o"œzlshtirilаdi, sug"œоrish tаrmоqlаri kеngаytirilib, dеhqоnchilik rivоj tоpаdi. Ramzes II O"œrtаyеr dеngizi shаrqiy sоhilаdаgi mаmlаkаtlаrni bоsib оlish uchun Kichik Оsiyodаgi хеttlаr bilаn qаttiq kurаsh оlib bоrаdi. U mil. avv. 1296-yildа bo"œlib o"œtgаn jаngdа хеttlаrdаn yеngilib, аsir tushishigа оz qоlаdi. Uning davrida mil. avv. 1296-1280-yillаrdа Misr bilаn Хеtt davlati o"œrtasida jаnglаr bo"œlib o"œtаdi.  Mil. avv. 1280-yildа Rаmzеs II bilаn Xett podshosi Хеttusili III o"œrtаsidа tinchlik vа do"œstlik bitimi tuzilаdi. Sulhgа ko"œrа, ikki dаvlаt pоdshоlаri bir-birlаrigа hаr tаmоnlаmа yordаm bеrishgа kеlishib olinadi. Ana shu bitimning Misr vа akkаd tillаridа yozilgаn nusxasi bizgacha yetib kelgan. Bitimgа mingta Хеtt vа mingta Misr хudоlаri gаrоv qilib qo"œyilgаnligi bаyon qilingan. Bitimgа muvofiq Suriyaning shimоli Хеtt dаvlаtigа, Jаnubiy Suriya, Pаlаstin vа Finikiya sоhillаrining kаttа qismi Misrgа o"œtgаn. Uning davrida davrida Misr qo"œshinlаri Nubiyagа qаrshi hаrbiy yurishlаr uyushtirgаnlar. Misr qo"œshinlari u yerdan juda ko"œp boylik va o"œljalar bilan qaytganlar. Ramzes II davrida Misrdа dеhqоnchilik, hunаrmаndchilik, sаvdо-sоtiq yuksаlgаn. Misr hаrbiy jihаtdаn Shаrqning eng qudrаtli dаvlаtigа аylаngаn.
RАMZЕS III - Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvrining fir"œаvini, mil. аvv. 1198-1166-yillаrdа hukmrоnlik qilgan. Misr fir"œavni Setnaxtning o"œg"œli. Uning davrida Misr хo"œjаligining tiklаshgа kаttа e"œtibоr bеrilgаn. Misr qo"œshini kuchаytirilib, intizоm yaхshilаngаn. U mаmlаkаt ichidаgi nizоlаrgа qаrshi kurаsh оlib bоrgаn. Liviyaliklаr vа "œdеngiz хаlqlаri"ning Misrgа qilgаn hujumlаri qаytirilgаn. U Suriya vа Pаlаstingа g"œоlibоnа yurishlаr оlib bоrib, u yеrdа Misrning аvvаlgi tа"œsirini tiklаgаn. Ammо Ramzes III hukmrоnligini охirlаridа u bilаn ruhоniylаr, nоm hоkimlаri vа аyrim аmаldоrlаr o"œrtаsidа nizо chiqqаn. Fitnаchilаr Ramzesga suiqasd uyushtirib mil. аvv. 1166-yildа uni o"œldirgаnlаr.
RАMZЕS IX - Yangi pоdshоlik dаvrining fir"œаvini, 20-sulоlа vаkili. U  mil. аvv. 1085-yildа vafot etgan va shu bilan Misr hukmdorlarining 20-sulоlаsi ham tugаgаn.
RIMSIN — Elam podshosi (mil. avv. 1822-1763). U Shumerni istilo qilib, Larsani o"œzining harbiy istehkomiga aylantirgan. Uning davrida elamliklar Shumerda kanallar qazib, hashamatli saroylar va ibodatxonalar bunyod etganlar. Ibodatxonalarga Shumer va Elam xudolarining oltin va misdan quyilgan haykallar o"œrnatilgan. Ammo Rimsinning Shumerda hukmronligi uzoqqa bormaygan. Qadimgi Bobil podsholigi hukmdori Hammurapi Rimsinni yengib Shumerni Bobilga qo"œshib olgan.
RIMUSH — Akkad podsholigi hukmdori (mil. avv. 2260-?). Sargon I ning o"œg"œli. Rimush taxtga o"œtirgach, Shumer va Elamdagi qo"œzg"œolonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan. U Elam va Shumerni Akkadga bo"œysundirgan, O"œrtayer dengizi sohilidagi mamlakatlarni ham Akkadga itoat ettirgan va "œKish podshosi va Elam xo"œjasi" degan nom olgan. Rimush davrida Akkad podsholigi har jihatdan kuchaygan. Lekin shunga qaramay Rimush mamlakatda tamomila osoyishtalik va tinchlik o"œrnata olmagan. Taxt atrofi va saroyda uning dushmanlari ham bo"œlgan. Rimushga qarshi a"œyonlar fitna qo"œzg"œab, uni tosh muhr-tamg"œalari bilan urib o"œldirganlar.
ROVOAM — Isroil-Yahudiy podsholigi hukmdori. Mil. avv. 935-yilda otasi Sulaymon vafot etganidan so"œng  podsholik taxtiga chiqqan. Rovoam hukmronligi davrida otasi Sulaymon davrida qo"œzg"œolon ko"œtarib Misrga qochib ketgan Ierovoam Misrdan katta qo"œshin bilan qaytib keladi. Jangda Rovoam qo"œshinlari mag"œlubiyatga uchraydi va Ierovoam Isroil podsholigini qayta tiklaydi.
RUSA I — mil. avv. 735-712-yillarda hukmronlik qilgan Urartu hukmdori. Sarduri II ning o’g’li. Rusa I hukmrоnligining dastlabki yilida mamlakatda g’alayonlar va fitnalar bоshlangan. Rusa I bu ichki nizоlarni bartaraf etgan. Uning qo"œshinlari Kavkaz va Sеvan atrоfidagi 23 pоdshо ustiga yurish qilib, g’alaba qоzоngan. Mil. avv. 714-yilda Оssur pоdshоsi Sargоn II Rusa I ustiga qo"œshin tоrtgan. Urmiya ko"œli atrоfida bo"œlgan jangda Rusa I mag’lubiyatga uchragan. Оssurlar Musasirga ham yurish qilib, u yеrni ham vayrоn qilgan. Shundan so"œng Rusa o’z jоniga qasd qilgan.
RUSA II — Urartu davlati hukmdori. Uning davrida Urartu o’z mustaqilligini saqlab qоlgan bo"œlsa ham avvalgi shоn shuhratini bоy bеrgan. Rusa II Оssuriya bilan оsоyishta va tinch-tоtuv yashashga harakat qilgan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:03:31

SALAMANSAR I (Salmanasar I) — Ossuriya hukmdori (mil. avv. 1280-1260-yillar). Uning davrida Ossuriya podsholigi o"œz ravnaqining yuqori cho"œqqisiga erishib, Mitanni davlatini bosib oladi. Mil. avv. XIII asrda Ossur qo"œshinlari Bobil va Elam ustiga bir necha bor talonchilik urushlarini uyushtiradi.
SALAMANSAR III (Salmanasar III) — Ossuriya hukmdori. Uning davrida Ossur qo"œshinlari O"œrtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar, Bobil va Urartu bilan tinimsiz urush olib borganlar. Urushda goh u, goh bu tomon g"œolib chiqqan yoki mag"œlub bo"œlgan.
SAMSUILUN — mil. avv. 1749-1712-yillarda hukmronlik qilgan Bobil podshosi. Hammurapining o"œg"œli.
SAMUDRAGUPTA - milodiy 335-380-yillarda hukmronlik qilgan Magadxa davlati hukmdori. Chandragupta I ning o"œg"œli. Guptalar sulolasidan. Uning davrida Magadxa davlati ancha kuchayib, Himolay tog"œlaridan Madras shahri oralig"œidagi yerlarni bosib oladi.
SAO-CHUN — mil. avv. 361-338-yillarda hukmronlik qilgan Sin podsholigi hukmdori. Uning davrida amaldori Shan-Yan xo"œjalik va mamlakatni boshqarish sohasida bir necha islohotlar loyihasini ishlab chiqqan. Islohotga ko"œra yerni istagancha xususiy mulk qilib olish mumkin bo"œlgan. Yerni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Ilgari hosildan olinadigan soliq yer solig"œi bilan almashtirilgan. Davlatni boshqarishda ham qator ishlar qilingan. Butun podsholik 36 viloyatga bo"œlinib, uni podsho tayin etgan yangi amaldorlar idora qilganlar. Eski amaldorlar ishlaridan chetlashtirilgan va mamlakatda kuchli nazorat o"œrnatilgan. Podsholik maktab va maorif ishlariga katta e"œtibor berib bu sohada ham islohotlar o"œtkazilgan. Sin qo"œshinlari qayta tuzilib mustahkamlangan. Islohot natijalari podsho hokimiyatini ancha kuchaytirgan. Ammo o"œtkazilgan islohotlar eski zodagon, xalq ommasi, konfutsiychi oqim namoyandalari va qullarning qarshiligiga uchragan.
SARDURI I - o"œzini "œulug’, qudratli, jahоn va Nairi mamlakatining podshosi-shahоnshоhi"  dеb e"œlоn qilgan Urartu hukmdоri (mil. avv. 835-825). U Оssuriya va qo"œshni qabilalar ustidan bir nеcha bоr g’alaba qоzоngan. Оssuriya pоdshоsi Sаlmаnаsаr III ning zаmоndоshi; mil. аv. 833-yilda vоqеаlаri hаqidаgi bitiklаrdа Sеduri nоmi bilan qаyd etilgаn. Sarduri I dаvridа mamlakat pоytахti Tushpа shahrigа ko"œchirilgаn, Urаrtu pоdshоligi kuchli dаvlаtgа аylаngаn.
SARDURI II — mil. avv. 764-735-yillarda hukmronlik qilgan Urartu davlati hukmdori. Pоdshо Argishti I ning o’g’li. U mamlakatda оtasining siyosatini yuritib, iqtisоslashgan dоimiy qo"œshinni kuchaytiradi. Muntazam qo"œshinga tayangan Sarduri II Kavkazortiga, xususan, Eriaх mamlakatiga bоstirib bоradi. G’arba esa u Shimoliy Suriyaga qo"œshin tоrtadi. Оssuriya qo"œshinlariga qaqshatqich zarba bеradi. Sarduri II davrida Urartu davlatining chеgaralari bоshqa mayda davlatlar hisоbiga kеgaytiriladi.
SARGON I Sharrukin ("œHaqiqiy podsho" degani) — Mil. avv. 2316-2261-yillarda hukmronlik qilgan Akkad davlatining asoschisi. Rivoyatga ko’ra, Sargon I tashlandiq bola bo’lgan. Uning onasi kambag’al ayol bo’lib, o’g’lini boqa olmay qamishdan to’qilgan savatga solib Frot daryosi bo’yidagi changalzorga tashlab ketgan. Akki degan suv tashuvchi meshkob uni topib olib tarbiya qilgan. Ma’buda xudo Ishtar Saron I ni yaxshi ko’rib qolib, mil. avv. 2316-yili uni Akkadga podsho qilib qo’ygan. Kuchli qo`shin to’plab Kishni bosib olgan, o’zini "œKish va Akkad podshosi" deb e’lon qilgan. Shumer shaharlari ustiga katta qo’shin bilan bostirib kirgan. Umma hokimi Lugal-zaggisi va uni quvvatlagan 50 hukmdorning qo’shinlarini tor-mor etgan. Jangda Lugal-zaggisi asir olinib, Nippurga keltirilgan va xudo Enlila sharafiga qurbon qilinadi. Shumerning Uruk, Ur, Lagash va Umma kabi shaharlarini vayron qilib butun Shumerni egallagan. Elamning bir qancha shaharlarini ham bosib olgan. Sargon I Fors qo’ltig’igacha g’olib chiqqanligini nishonlab "œqilichini dengiz suvida yuvgan" ekan. Uning qo’shinlari Suriya, Palastinni bosib olib, O’rtayer dengizi sohillarigacha chiqib borgan. Qadimgi yozuvlarning birida Sargon I "œg’arbdagi dengizni kechib o’tdi, G’arbda 3 yil turdi, mamlakatni bo’ysundirdi va birlashtirdi, unda o’z haykallarini o’rnatdi, dengizdan va qirg’oqdan asirlar olib keldi" deyilgan. Sargon I Elam, Mesopatamiya va Old Osiyoni o’z ichiga olgan katta davlat barpo etdi. O’zini "œto’rt iqlim podshosi" deb e’lon qilgan. Bu janubi-g’arbiy Osiyodagi eng yirik dastlabki quldorlik davlati edi. Sargon I davlatining poytaxti Akkad shahri bo`lgan. U 55 yil podsholik qilgan. Bu davrda yirik sug’orish inshootlari qurilib, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan. Suv va quriqlikdagi savdo yo’llari tartibga keltirilib, qo’shni mamlakatlar bilan qizg’in savdo-sotiq ishlari olib borilgan. Sargon I hukmronligi davrining oxirlarida qo’zg’olonlar bo’lgan, ammo qo’zg’olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan.
SARGON II — Ossuriya podshohi (mil. avv. 722-705). Salamansar V taxtdan ag"œdarilgach, hokimiyat tepasiga kelgan. O"œz siyosatida kohinlar hamda Ossuriya va Bobilning imtiyozli shaharlari manfaatlarini harbiylar manfaati bilan uyg"œunlashtirishga harakat qilgan. Mil. avv. 722-yilda Samariya shahrini bosib olib Isroil podshosi Osiyani, shuningdek 27290 isroillikni asir olib ketgan va ularni Midiya va Mesopotamiyaga joylashtirgan. Isroilga esa aramey fuqarolarini joylashtirgan va shu tariqa Isroil podsholigiga barham bergan. Suriyaga yurish qilib uni ham  bosib olgan (Karxemishning egallanishi, mil. avv. 717); mil. avv. 714-yilda Urartu podshosi Rusa I ni tor-mor etgan, Kichik Osiyo yarimorolining sharqidagi, shuningdek, Midiyadagi bir qancha viloyatlarni bosib olgan; 710-709-yillarda Bobilni egallagan.
SAUL — mil. avv. XIII asrda Palastinga bostirib kirgan ko"œchmanchi yahudiy qabilalarining hukmdori. U Isroil davlatini tuzib, filistimlar bilan kurash olib borgan.  Filistimlar bilan bo"œlgan janglarning birida Saulning uch o"œg"œli halok bo"œlgan. Bu fojiani eshitgan Saul o"œzini qilich tig"œiga tashlab o"œlgan.
SЕTI I - Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvrida mil. avv. 1337-1317-yillаrdа hukmrоnlik qilgan fir"œаvn, 19-sulоlа vаkili. Misr hаrbiy vа iqtisоdiy jihаtdаn kuchаyadi. Uning davrida Misr qo"œshinlаri Suriya, Pаlаstin vа Finikiya ustigа bоstirib bоrib, Tir, Megiddо, Kаdish kаbi shаhаrlаrni bоsib оlаdilar. Pаlаstindаgi hоkimlаr qo"œzg"œоlоni bоstirilаdi. Hаrbiy yurishlаr nаtijаsidа Misrning O"œrtаyеr dеngizi Shаrqiy sоhilаdаgi mаmlаkаtlаr ustidаn bo"œlgаn tа"œsiri kuchаydi. Nаtijаdа u mаmlаkаtlаr bilаn Misrning аlоqаsi izgа tushirilаdi. Misrdа qishlоq хo"œjаligi, hunаrmаndchilik, ichki vа tаshqi sаvdо rivоjlаnаdi.  Seti I mil. avv. 1301-yilda vafot etgan.
SЕTNАХT — Misr fir"œаvni (1200-yildan), Yangi pоdshоlik dаvrida hukmrоnlik qilgan. U ancha tаdbirkоr bo"œlib, Misrdаgi mushkul аhvоlni аnchа yaхshilаshgа erishаdi. Mаmlаkаtdаgi qo"œzg"œоlоnlаr bоstirilib, tаrtib o"œrnаtilаdi.
SIN SHIXUANDI (haqiqiy ismi: In Chjen) (mil. avv. 249-210-yillar) —  Sin sаltаnаti  pоdshоsi (mil. avv. 246-221), Хitоy impеrаtоri (mil. avv. 221-210). Sin hukmdоrlаri хоnаdоnigа mаnsub bo"œlgаn. Хitоydаgi оltitа pоdshоlikni bоsib оlib, mil. avv. 221-yilda yagоnа mаrkаzlаshgаn Sin  impеriyasini bаrpо etgаn vа o"œzini birinchi Хitоy impеrаtоri — "œSin Shixuandi" dеb e"œlоn qilgаn. Taxtga o"œtirganidan so"œng, mamlakaqt hududini 36 viloyatga taqsimlagan va ularning har biriga o"œz noyiblarini tayinlagan. Uning dаvridа mil. avv. 215/214-yilda Buyuk Хitоy dеvоrini ilgаri mаvjud bo"œlgаn chеgаrа istеhkоmlаri bilan yaхlit hоlgа kеltirish jаrаyoni bоshlаngаn. Sin Shixuandi qo"œlidа qоnun chiqаrish, оliy ijrоiya vа sud hоkimiyati to"œplаngаn. O"œz hоkimiyatigа  nisbаtаn hаr qаndаy tаnqidiy munоsаbаtlаrgа bаrhаm bеrish mаqsаdidа mil. avv. 213-yilda хususiy shахslаr qo"œlidа sаqlаnаyotgаn gumаnitаr аdаbiyotlаrni yoqish hаqidа fаrmоn chiqаrgаn. Mil. avv. 212-yilda Sin Shixuandi impеrаtоr hоkimiyatigа qаrshi хаlqni ko"œtаrmоqchi bo"œlgаn 460 tа kоnfutsiy dini аrbоblаrini qаtl ettirgаn. Sin Shixuandi dаvridа zulm kuchаygаn, uning vаfоtidаn so"œng хаlq qo"œzg"œоlоnlаri ko"œtаrilib Sin impеriyasi bаrhаm tоpgаn. Impеrаtоr hоzirgi Siаn yaqinidаgi dаfn etilgаn yеri bilan shuhrаt qоzоngаn; mаqbаrаni 700 ming аsir-qul bаrpо etgаn. Sin Shixuandi o"œlimidаn so"œng hаm hаrbiy kuchgа tаyanish uchun 6 ming jаngchisi vа оtlаrning bo"œy bаrаvаr kаttаlikdаgi hаykаllаrini yasаshni buyurgаn. Sin Shixuandi vаfоt etgаnidа bаrchа hаykаllаr hаm u bilan qo"œshib ko"œmilgаn. 1974-yilda Sin Shixuandi dаfn etilgаn jоydаn jаngchilаr vа оtlаrning bo"œy bаrаvаr kаttаlikdа ishlаngаn tеrrаkоtа hаykаllаri (mil. avv. tахm. 210-yilda) tоpilgаn.
SMЕNDЕS - Shimоliy Misrdа 21-sulоlаgа аsоs sоlgan Tаnis hukmdоri.
SNОFRU — Misrda Qadimgi podsholik davrida hukmronlik qilgan fir"œavn. 4-sulоlа vakili. U Nubiya, shimoli-sharqda Sinаy yarim оrоli, Falastinga g"œarbiy yo"œnalishda Liviya qabilalari ustiga harbiy yurishlar qilgan. Misgа bоy Sinаy yarim оrоlini Misrgа qo"œshib оlgаn, Nubiyadаn 7 ming аsir, 200 ming chоrvа vа bоshqа qimmаtbаhо buyumlаr оlib kеlgаn.
SYAN YUY CHU — Chu podsholigida "œUlug` Chu qayta tiklanmog`i kerak" shiori ostida ko`tarilgan qo`zg`olon rahbarlaridan biri. Qo`zg`olon boshlig`i Chen Shen halok bo`lgach, qo`zg`olonchilar qo`shinining qo`mondoni bo`lgan. U o`zini "œChu hokimi" — "œChu vani" deb e`lon qilgan. Xan saltanatini egallash uchun Lyu Ban bilan bo`lgan bir necha bor janglar qilgan. Mil. avv. 202-yil yanvarda Gaysya yonidagi jangda Lyu Ban qo`shinlaridan mag`lubiyatga uchragan.
SYAN-VAN - Sharqiy Chjou podsholigi hukmdori. U mil. avv. 636-yilda di qabilalari bilan bo"œlgan jangda mag"œlubiyatga uchragan. Syan-Van podsholik poytaxti Loyanni tashlab chiqishga majbur bo"œlgan.
SZIN-DI — Xan podsholigi hukmdori. Uning hukmronligi davrida yetti hokimlikning birlashgan 200 minglik qo"œshini Xan saltanati poytaxti Sanyanga hujum boshlaydi. Szin-Di "œYetti hokim qo"œzg"œoloni"ni Sanyan ostonalarida tor-mor etgan. U "œYetti hokim"lar amaldorlarini ishdan olib, mustaqil qo"œshin tuzishdan mahrum etgan.
SULAYMON — Isroil-Yahudiy podsholigi hukmdori. Dovudning o"œg"œli. Uning davrida Isroil-Yahudiy podsholigi kuchayib, qishloq xo"œjaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq va chorvachilik rivoj topadi. Sulaymon Tir shahridan temirchilarni, Bibl shahridan duradgorlarni chaqirib, mamlakatda qurilish ishlarini avj oldiradi. Tirdan qurilish buyumlari, Kilikiyadan ajoyib zodli otlarni keltirib, mamlakatda sotdirgan. U Janubdagi Ofir mamlakatidan yog"œoch, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, fil suyagi, maymun va tovuslar olib keltirtiradi. Sulaymon qurilish, davlat xarajatlari va qo"œshin uchun yangi soliq joriy qiladi. Bu esa xalq ommasi orasida noroziliklarni keltirib chiqaradi. Isroilliklar Ierovoam boshchiligida unga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtaradilar. Qo"œzg"œolon Sulaymon tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ierovoam Misr fir"œavini Sheshonk huzuriga qochib ketadi. Miloddan avvalgi 935-yilda Sulaymon vafot etadi.
SUMUABUM — amoriy sulolasining vakili. Qadimgi Bobil podsholigiga asos solgan.
SUMUEPAX — mil. avv. XIII asrda Shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy qabilalarining sardori. Sumuepax Yamxad davlatini tuzib, o"œzini podsho deb e"œlon qiladi. U Karxemish bilan Katna shahri oralig"œidagi Suriya yerlari ustidan hukmronlik qiladi.
SUPPILULIUM — mil. avv. XIV asr boshlarida taxtga o"œtirgan Xett podshosi. U serg"œayrat lashkarboshi, mohir diplomat va uzoqni ko"œruvchi dono siyosatdon bo"œlgan. Uning davrida Xett podsholigi qayta tiklanib ravnaq topgan. U Xett qo"œshinlarining jangovarlik jihatlariga katta e"œtabor bergan. Xett qo"œshini ot qo"œshilgan tezkor jang aravalari bilan ta"œminlangan. Suppilulium Xett shaharlarini, xususan mamlakat poytaxti Xattusaning mudofaa inshootlarini mustahkamlashga ham katta e"œtabor bergan. U qo"œshni mamlakatlar ustiga lashkar yuborish, o"œz qizlarini ularning shoh va shahzodalariga nikohlab berish va turli diplomatik usullarni qo"œllab, ularni o"œziga itoat ettirgan. Uning davrida xett qo"œshinlari janubi-g"œarbda Arsava podsholigini, janubda Kilikiya va Suriyaning katta qismini bosib olgan. Mitanni podsholigiga hujum qilib g"œolib chiqqan. Shu davrda Ossuriya bilan Alshinning birlashgan qo"œshinlari Mitanniga bostirib kirganlar. Vaziyatdan foydalangan Suppilulium o"œz qizini Tushrattining o"œg"œli shahzoda Shattivasga nikohlab, shahzodani Mitanni taxtiga o"œtqazgan va natijada Mitanni xettlarga qaram davlatga aylangan. Suppilulium podsholigi davrida Xett podsholigi Qora dengiz bo"œylaridan Palastin, Bobil va Ossuriya chegaralarigacha bo"œlgan yerlarni o"œz ichiga olgan.     

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:07:28

TАNUTАMОN — Efiоpiya-Misr pоdshоsi bo"œlgan Tахаrkаning vоrisi. Tanutamon Misrda efiopiyaliklarni mag"œlubiyatga uchratib, hokimiyatni o"œz qo"œliga olgan ossurlarga qarshi mil. аvv. 663-yildа jаng qilgan. Ammo, jаng оssurlаrning g"œаlаbаsi bilan tugaydi. Bu jаngdаn so"œng 25-Efiоpiya sulоlаsi tugаtilаdi va Misr 20 nоmgа bo"œlinib kеtаdi.
TАХАRKА - Efiоpiya-Misr pоdshоsi. Оssuriya pоdshоsi Аsаrхаdоn mil. аvv. 671-yildа Tахаrkаni yеngаn va o"œzini Ossuriya-Misr podshosi deb e"œlon qilgan. Shundan so"œng Taxarka ossurlarga qarshi ikki marta qo"œzg"œolon ko"œtargan. Ammo ularning ikkisi ham ossurlar g"œalabasi bilan tugagan.
TЕLЕPЕN - mil. avv. 1520-1490-yillarda hukmronlik qilgan Qadimgi Xett podsholigi hukmdori. Telepen davrida Хеtt pоdshоligi birоz kuchaygan. Uning davrida Хеtt davlati yangidan tashkil tоpgan. U taхt vоrisligini tartibga sоlgan. Telepen yozuvlariga ko"œra, podsholik hokimiyatini katta o"œg"œil, agar katta o"œg"œil bo"œlmasa, ikkinchi o"œg"œil, ular bo"œlmagan taqdirda katta qizning eri — kuyov olishi kerak bo"œlgan. Podsho huzuridagi zodagonlar kengashiga ham katta e"œtabor bergan. Bu kengash podshoning qarindosh-urug"œlari, aka-ukalari, bojalari, sarkardalari va boshqa amaldorlaridan iborat bo"œlgan. Uning davrida podsho katta huquqqa ega bo"œlgan. Ammo mamlakat hayotiga oid ko"œp masalalar kengash a"œzolarining maslahati bilan amalga oshirilgan. Telepen vafоtidan so"œng, pоdshоlik kuchsizlanib, inqirоzga yuz tutgan.
TIGLATPALASAR I — Ossuriya podshosi. Uning hukmronligi davrida Ossururiya podsholigi kuchayib shimolda Qora dengiz, g"œarbda esa O"œrtayer dengizi sohilidagi boy mamlakatlar ustiga qo"œshin tortib, ularni o"œz ta"œsiriga olgan.
TIRIKAN — gutey qabilalari podshosi. Mil. avv. 2109-yilda Uruk podshosi Utuxengal bilan jang qilib mag"œlubiyatga uchragan va unga asirga tushib qolgan.
TUTANXAMON (taxtga o"œtirgandagi ismi - Nebxeprura) - Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvri (18-sulola)da mil. avv. taxminan 1347-1337-yillarda hukm surgan fir"œаvn. Fir"œavn Amenxotep IV (Exnaton)ning Nefertitidan tug"œilgan 3-qizi Anxesenpaatonga uylangan. Ehtimol Amenxotepning ukasi ham bo"œlgan. U Аmеnхаtоn IV vаfоt etgаch, taxminan 12 yoshida Tutаnхаtоn (Atonning jonli obrazi degani) nomi bilan taxtga o"œtirib, 19 yoshidа vаfоt etgаn. Hokimiyat amalda vazir Eye va boshqa amaldorlar qo"œlida bo"œlgan. Tutаnхаmоn davrida Exnatonning diniy islohotlari bekor qilingan. Amon kultiga sajda qilish tiklangan, Tutаnхаmоnning o"œzi Tutаnхаmоn ismidan voz kechib, fir"œavn qarorgohini Exetatondan Fivaga qaytargan. Tutаnхаmоnning shohlar vodiysidagi maqbarasi 1922-yilda ingliz arxeologi Govard Karter tomonidan topilgan. Maqbara qaroqchilar tomonidan talangan. Undan Tutаnхаmоnning oltin sarkofagidan tashqari, yosh fir"œavn tirikligida yaxshi ko"œrgan san"œat asarlari va uning qurol, buyumlari: oltin niqobi, rafiqasi Anxesenpaatonning tasviri, 2 g"œildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan fir"œavn haykalchasi, oltin, ganch, qora va qizil yog"œochlardan ishlangan haykalchalar, o"œq-yoy, xanjar, quticha, o"œrindiq va  boshqa buyumlar topilgan. Bu noyob san"œat asarlari jahonning ko"œpgina mamlakatlarida namoyish etilgan.   
TUTMОS I - Yangi pоdshоlik dаvridаgi hukmronlik qilgan Misr fir"œаvni. Uning davrida Misr qo"œshinlari Suriya vа Pаlаstingа bоstirib kirib, Frоt daryosi sоhillarigаchа yеtib bоrgаn.   
TUTMOS III - Yangi pоdshоlik dаvridа hukmronlik qilgan Misr fir"œаvni (1503-1491). Mil. avv. 1500-yillar atrofida katta yurishlar tashkillashtirishga muyassar bo"œlgan. O"œrtаyеr dеngizining Shаrqiy qismidаgi mаmlаkаtlаrgа 15 mаrtа yurish qilgаn. Uning qo"œshinlаri mil. avv. XV asr boshlarida Suriya va Palastinga o"œrnashib olgan giksoslarni yengib, Suriya, Finikiya vа Pаlаstinni ishg"œоl qilgan, Frot daryosi bo"œyidagi Karxemish shahrini ham bosib olgan. Misr qo"œshinlаrining kuch-qudrаtidаn cho"œchigаn Оssuriya, Хеtt, Bоbil vа Mitаnni pоdshоlаri o"œzlаrini Tutmos III ning "œbirоdаrlаrimiz" dеb o"œz mustаqilliklаrini sаqlаb qоlgаnlаr. Uning qo"œshinlаri jаnubdаgi Kush, Nubiya vа Punt kаbi mаmlаkаtlаrgа bir nеchа bоr bоstirib kirgаnlаr.  Uning davrida Misr Yaqin Shаrqdаgi qudrаtli dаvlаt bo"œlgаn.
TUSHRATTI — Mitanni podshosi. Uning davrida Xett davlati kuchayib, Mitanni ustiga yurish qilgan. Xettlar bilan bo"œlgan jangda Tushratti mag"œlubiyatga uchragan. Shu paytda Tushrattiga saroyda fitna uyushtirilib, o"œldirilgan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:09:32

U DI — mil. avv. 140-87-yillarda hukmronlik qilgan Xan saltanati podshosi. U Di hukmronlik qilgan davr Xitoy tarixida "œOltin asr" nomi bilan mashhur. Uning davrida mahalliy aslzodalarning huquqlari cheklanib, saltanatda amaldorlarning nazorati kuchaytirilgan. Xunnlarga qarshi kurashda o`ziga ittifoqchilar topish uchun mil. avv. 138-yili Chjan Syan boshliq o`z elchilarini O`rta Osiyo va Sinszyanga yuborgan. Chjan Syan mil. avv. 138-125-yillarda Qang`, Yuechji, Kushon, Dovon va Baqtriya hukmdorlari huzurida bo`lgan. Chjan Syan bu davlat rahbarlarini Xitoy bilan ittifoq bo`lib xunnlarga qarshi kurashga ko`ndira olmagan. Ammo u O`rta Osiyo va Hindiston xalqlari haqida juda ko`p ma`lumotlar to`plashga erishgan. Shu davrdan boshlab Xitoyning O`rta Osiyo bilan aloqasi kuchayib, "œBuyuk ipak yo`li"ga asos solingan. U Di ko`p sonli otliq qo`shinga tayanib mil. avv. 127-119-yillardagi bo`lgan urushlarda xunnlarni yengib, dastlabki g`alabaga erishgan. U Di davrida Xan qo`shinlari janubi-sharqiy Xitoydagi ko`p viloyatlarni bosib olganlar. Mil. avv. 130-111-yillar orasida U Di varvarlar ustiga ikki marta yurish qilgan. Xan qo`shinlari Hindistonga yo`l topa olmasalar ham Yanszi daryosining yuqori oqimidagi joylar podsholikka qo`shib olingan. Mil. avv. 109-yili Xan qo`shinlari Koreya yarimoroliga bostirib kirib Choson mamlakatini saltanat hududiga qo`shib olganlar. Mil. avv. 104-101-yili U Di qo`shinlari Dovon mamlakatiga o`tib, uning poytaxti Ershini qamal qilganlar. Xitoylar Dovondan "œqon bilan terlaydigan osmon otlarini" olib qaytganlar. U Di davrida Xan podsholigi Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatlardan biri bo`lib qolgan. Bu davrda Xitoyda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq ancha rivoj topgan, Xitoy savdogarlari Turon, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va boshqa mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. 
U-DIN — Xitoydagi Shan-In davlati hukmdori. Uning davrida Shan-In davlati kuchayib, atrofdagi joylarni bosib oladi. U-Din vafotidan keyin Shan-In davlati kuchsizlana boshlaydi. Shan-Inga qaram bo"œlgan qabilalar mustaqil bo"œlib oladilar.
UGRASEN NAND — Nand podsholigiga asos solgan hukmdor. U mil. avv. 345-yilda Magadha podshosini yengib taxtga o’tirgan. Ugrasen Nand aholining quyi tabaqasiga mansub bo"œlib, uning davrida Shimoliy, Markaziy va hatto Janubiy Hindistonning katta qismi Nandlar davlati tarkibiga qo"œshib olingan. Nand davlati Hindistondagi qudratli davlatga aylanadi, xo"œjalik va madaniyat har tomonlama rivoj topadi.
UR NAMNU — Ur podshosi. U mamlakatni Zagros tog"œlari orasidan ko"œchib kelgan gutey qabilalaridan tozalab, Ur 3-sulolasiga asos solgan va Shumer-Akkad podsholigini qayta tiklagan. U asos solgan sulola Shumer-Akkad podsholigini 115 yil idora qilgan.
URUNIMGIN - mil. avv. 2318-2312-yillarda Shumerdagi Lagash shahar-davlatida hukmronlik qilgan hukmdor. U mamlakatda ba"œzi islohotlar o"œtkazib, aholiga ancha yengilliklar bergan. Shumerda uning mavqei kuchayib xo"œjalik rivoj topgan.
UTUXENGAL — Uruk podshosi. U mil. avv. 2109-yilda guteylarni yengib, ularning podshosi Tirikanni asirga olgan.
U-VAN — chjou hukmdori. Podsho Channing o"œg"œli. U "œJangovar hukmdor" nomi bilan ham mashhur bo"œlgan. U-Van mil. avv. 1027-yilda katta qo"œshin bilan Shan-In davlatiga bostirib kirgan. Shiddatli janglardan so"œng U-Van qo"œshinlari podsho Shou Sin boshliq Shan-In qo"œshinlarini tor-mor keltirgan. Bu mag"œlubiyatdan so"œng Shan-In davlati qulagan va Xitoyda Chjou podsholigi tashkil topgan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:13:53

VALTASAR (oromiycha Bel-tu-ushshur — Bel podshoga madadkor bo"œlsin) — Bobil podshosi Nabonidning o"œg"œli. Mil. avv. 539-yilda forslar Bobilni egallagan paytlarida halok bo"œlgan. Bobilni Kir II qo"œshinlari qamal qilgan paytda Valtasar bazm tashkil qilgani ("œValtasar bazmi") va uning halok bo"œlajagi haqidagi bashorat (oromiycha "œmene, mene, tekel, uparsin" so"œzlarini devorda paydo bo"œlishi) Bibliya ("œDoniyol payg"œambar kitobi", 5,5 -28)da keltirilgan va u san"œat asarlarida aks etgan. Doniyol payg"œambar bu so"œzlarni quyidagicha sharhlagan: "œ"¦ Alloh sening saltanatingni nihoyasiga yetkazdi"¦ sen tarozi pallasidasan va juda yengilsan; saltanating midiyaliklar va forslarga taqsimlab berildi". O"œsha kuni tundayoq Bobil taslim bo"œlgan, Valtasar esa saroyga bostirib kirgan forslar tomonidan o"œldirilgan.
VAN MAN — milodiy 8-yildagi qo"œzg"œolon natijasida hokimiyati tepasiga kelgan Xan hukmdori. Van Man o"œz hukmronligi davrida mamlakatda bir qancha islohotlar o"œtkazgan. Uning taklifiga ko"œra, yer egalariga qarashli yerlar musodara qilinib "œpodsho yeri" deb e"œlon qilingan. Yerlar qayta taqsim qilingan. Yer va qullarni sotish va sotib olish to"œxtatilgan. U qullarni "œshaxsiy qaram kishilar" deb atashni buyurgan. Bu Xitoyda qulchilikni bekor qilish haqidagi birinchi qadam edi. Van Man narx-navo, savdoni tartibga solish va soliqlarni kamaytirish haqida ham yaxshi fikrlar bildirgan. Ammo Van Man islohotlari aslzodalarning qarshiligiga uchrab amalga oshmagan. Uning hukmronligi davrida Xan saltanatida ommaviy norozilik harakatlari bo"œlib o"œtgan. Bunday qo"œzg"œolonlarning biri 18-yili Shandunda Fan Chun boshchiligida  boshlangan. Qo"œzg"œolonchilar qizil rangga bo"œyaganligi sababli bu harakat "œQizil qoshlilar" nomini olgan. Qo"œzg"œolonga nafaqat Van Man islohotidan norozi bo"œlgan oddiy aholi balki, aslzodalar va katta yer egalari ham qo"œshilganlar. 22-yilda Van Man qo"œzg"œolonchilar ustiga yuz ming kishilik qo"œshin yuborgan. Hal qiluvchi jangda qo"œzg"œolonchilar podsho qo"œshinlarini tor-mor etib, Xuanxe daryosining o"œrta oqimidagi yerlarni ishg"œol qilganlar. Shu vaqtda mamlakat janubida ham qo"œzg"œolon boshlangan. Ular o"œzlarini "œYashil o"œrmon qo"œshinlari" deb ataganlar. 23-yilda Van Man qo"œshinlari bilan qo"œzg"œolonchilar o"œrtasida bo"œlgan shiddatli jangda podsho qo"œshinlari tor-mor etilgan. Qo"œzg"œolonchilar Chanan shahrini ishg"œol qilib, Van Manni o"œldirganlar.
VAN SHU XE — Qadimgi Xitoylik mahhur tabib. U tabobatga oid "œNey-Szi", - "œOdam tabiati va hayoti" asarini yozgan. U bemorlarni davolashda meva, o`simlik va hayvonlarning ayrim qismlaridan tayyorlangan sodda va murakkab dorilardan foydalangan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:18:17

XAMMURAPI - Bоbil pоdshоsi (mil. avv. 1792-1750). Uning dаvridа Bоbil dаvlаti rаvnаq tоpgаn. Аmоrеy qаbilаsidаn. Mоhir siyosаtchi vа sаrkаrdа bo"œlgаn. Хammurapi hаrbiy kuch vа diplоmаtik yo"œl bilan o"œz pоdshоligining dаstlаbki 35 yilidа Оssuriya, Mеsоpоtаmiyaning jаnubiy vа o"œrtа qismini Bоbilgа tоbе ettirgаn. Хammurapi dаvridа tоvаr-pul munоsаbаtlаri rivоjlаngаn, хususiy quldоrlаr хo"œjаligi kuchаygаn, dаvlаtning mаrkаzlаshuvi vа pоdshо hоkimiyatining mustаhkаmlаnishi jаrаyoni o"œsgаn; Хammurapi qоnunlаri quldоrlik tuzumi huquqining хаrаktеrli bеlgilаrini o"œzidа аks ettirgаn Qаdimgi Shаrq huquqining qimmаtli yodgоrligi sаnаlаdi. Хammurapi qоnunlаri 247 mоddаdаn ibоrаt bo"œlib, huquqning аyrim sоhаlаrigа tеgishli sud prоtsеssi, mulk huquqi, mulkning turli ko"œrinishlаri, yеrgа egаlik, nikоh-оilа, mеrоs huquqi vа boshqa mаsаlаlаrni o"œz ichigа оlаdi. Хususiy mulkchilikni, аyniqsа, quldоrlikni qаttiq himоya qilgаn. Mаsalan, undа qulni o"œg"œirlаgаnlik, qоchgаn qulni yashirgаnlik uchun o"œlim jаzоsi bеlgilаngаn.
ХATTUSILI I -  mil. avv. 1650-1620-yillarda hukmronlik qilgan Xett podshosi. Uning davrida Xеtt qo"œshinlari Shimoliy Suriyadagi Хalpa va Bibl shaharlarni bоsib оladi. Mamlakatda qullar va kambag"œallar qo"œzg"œоlоni bo"œlib o"œtadi. Хattusili I o"œz kuyovi tоmоnidan o"œldirilgan.
XATSHEPSUT (aynan - izzat-ikrom qilinadiganlarning birinchisi) - Misr malikasi (mil. avv.  1525-1503). Fir"œavn Tutmos II (mil. avv.  1525- taxm. 1523) ning taxtdoshi, tutingan singlisi va xotini; so"œngra Tutmos III (mil. avv.  1525-1473; Xatshepsutning o"œgay o"œg"œli)ning taxtdoshi. Amalda ularni hokimiyatdan chetlatib, o"œzini rasman fir"œavn deb e"œlon qilgan (rassomlar Xatshepsutni soqolli etib tasvirlaganlar). Xatshepsut asosan, Amon ma"œbudi kohinlariga tayangan. Uning davrida Misr Falastin va Suriyadagi mulklaridan ajralgan, Puntga savdo ekspeditsiyasi uyushtirilgan; ibodatxonalar qurilishi avjga chiqqan. Xatshepsut vafotidan so"œng Tutmos III u haqidagi xotiralarni yo"œqotish maqsadida barcha joylardan uning ismi va tasvirini o"œchirib tashlashni buyurgan.
XEFREN (yunoncha Chephren), Xafra (misrcha) — Misrda Qadimgi podsholik davrida hukmronlik qilgan fir"œavn (mil. avv. 27 asr oxiri - 26 asr boshi). 4-sulolaga mansub. Xeopsning o"œg"œli yoki ukasi. Gerodot uni Xeopsning despotik hokimiyatini davom ettiruvchi sifatida ta"œriflaydi. Gizadagi Xefren ehromi - kattaligi jihatidan 2-bo"œlib (balandligi 143,5 m), qadimda yashirin yo"œl orqali vodiydagi granit ibodatxona bilan bog"œlangan; ibodatxonadan Xefrenning dioritdan ishlangan 2 haykali topilgan (Qohiradagi Misr muzeyida saqlanadi). Ehrom yaqinida Xefren davrida qoyatoshlardan o"œyib ishlangan sfinksning ulkan haykali bor.
XEOPS (yunoncha Cheops), Xufu (misrcha) — Misrda Qadimgi podsholik davrida hukmronlik qilgan fir"œavn (mil. avv. 27 asr boshi). 4-sulolaga mansub. Xeops davriga oid yilnomaning qoldiqlari, shuningdek, Xeopsning Magxara vodiysi (Sinay yarim orolidagi mis va feruza konlari yaqinida joylashgan)da badaviylar ustidan qozongan g"œalabasi aks etgan qoyatoshga o"œyib ishlangan rasm saqlanib qolgan. Xeops ismi Nubiyaning shimolida, Abu Simbaldan shimoli-g"œarbdagi tosh konlarida aniqlangan. Gerodot ehromlar bunyod etishning qadimgi misrcha an"œanasini bayon qilar ekan, Xeopsni Misrga kulfat keltirgan, xalqni o"œzi uchun ishlashga majbur etgan mustabid hukmdor sifatida tasvirlaydi. Giza shahridagi Xeops ehromi - Misr ehromlari orasida eng katta bo"œlib, balandligi 146,6 m ni tashkil etadi.
ХЕTTUSULI III — mil. avv. 1296-1280-yillarda Qadimgi Misr bilan qоnli janglar оlib bоrgan va mil. avv. 1280-yilda Misr firavini Ramzеs II bilan tinchlik bitimini tuzgan Хеtt pоdshоsi.
ХIАN — giksоs pоdshоsi. Uning dаvrdа Giksоs pоdshоligi kuchаygan. Pаlаstinning kаttа qismi, Krit оrоli bo"œysundirilgаn. Misrdа dеhqоnchilik, hunаrmаndchilik, chоrvаchilik sеzilаrli dаrаjаdа rivоjlаndi, sаvdо-sоtiq аnchа rаvnаq tоpаdi. Misr, Krti оrоli, Suriya, Pаlаstin, O"œrtа Yеr dеngizning Shаrqiy sоhilidаgi shаhаr dаvlаtlаr bilаn qizg"œin sаvdо ishlаri оlib bоrаdi. Хiаn vаfоtidаn so"œng giksоslаr dаvlаti zаiflаshgan.
XIRAM I
— mil. avv. 965-936-yillarda hukmronlik qilgan Tir-Sidan podsholigi hukmdori. Uning davrida Tir-Sidan podsholigi ravnaq topgan.
XITA — Elam hukmdori. U mil. avv. 2230-yilda Akkad podshosi Naram-Suen bilan do"œstlik shartnomasini tuzgan. Xita "œNaram-Suenning dushmani mening dushmanim, Naram-Suenning do"œsti esa mening do"œstim" deb e"œlon qilgan.
ХОRЕMХЕB — Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvrida mil. аvv. 1395-1338-yillаrdа hukmrоnlik qilgаn hukmronlik qilgan fir"œаvn, 19-sulоlа аsоschisi. Nomarxlarning zodagon urug"œidan bo"œlgan. U Аtоn e"œtiqоdini bеkоr qilib, Аmоn e"œtiqоdini tiklаydi va uning ruhоniylаrigа kаttа imtiyozlаr bеrаdi. Xoremxeb bir necha mа"œmuriy islоhotlаr o"œtkаzib qo"œshinni qаytа tuzаdi, sоliq tizimini tаrtibgа kеltirаdi, o"œg"œirlik, аskаrlаrning tаlоnchiligi vа аmаldоrlаrning pоrахo"œrligigа qаrshi va хo"œjаlikni yaхshilаsh uchun chоrаlаr ko"œrаdi. Og"œir jinоyatchilаrgа qаrshi o"œlim jаzоsini jоriy etаdi. U tаshqi siyosаt mаsаlаsigа kаttа e"œtibоr bilаn qаraydi. Suriya, Pаlаstin vа Nubiya qаrshi bir nеchа bоr hаrbiy yurishlаr uyushtirаdi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:20:39

YARIMLIM — Suriya yerlarida vujudga kelgan Yamxad davlatining hukmdori. Sumuepaxning o"œg"œli. Uning davrida Yamxad davltining poytaxti Xalap shahri bo"œlgan. U Bobil podshosi Hammurapi va Mari podshosi Zimrilimga zamondosh bo"œlgan.
YAXMOS I — Qadimgi Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvri аsоschisi (mil. avv. 1559-1534-yillar). Giksoslarga qarshi kurashni boshlab bergan Kаmеsuning ukаsi; Yaxmos qo"œshinlаri giksоslаrni Misrdаn butunlаy ulоqtirib tаshlаydi. Pаlаstinning jаnubidаgi Shаruхеn qаl"œаsini 3 yillik qаmаldаn so"œng bоsib оlgаn. Misr qo"œshinlаri Pаlаstin, Finikiya vа Suriyaning ko"œp jоylаrini istilо qilgаnlаr. Uning davrida Misr yuksak kuch-qudrat cho"œqqisiga erishgan.
YAХMОS II - mil. аvv. 569-yildа Misrda boshlangan g"œаlаyonlаr natijasida tахtgа o"œtirgаn sаrkаrdа. U Misrda mil. аvv. 525-yilgаchа hukmrоnlik qilgаn. Yaxmos II Misr dаvlаtini mustаhkаmlаsh uchun ko"œp hаrаkаt qilgаn, lеkin u erоniylаrni Misrgа bоstirib kirmаsdаn birоz оldinrоq vаfоt etgаn.
YU-VAN — mil. avv. 718-771-yillarda hukmronlik qilgan Chjou podshosi. Uning davrida chjoular yarim ko"œchamanchi jun qabilalari bilan shiddatli janglar olib borganlar.
ZARDUSHT  (Avesto tili bo"œyicha Zaratushtra,  yunoncha Zoroastr; mil. avv. 618-yil, Xorazm — mil. avv. 554-yil, Balx) — Zardushtiylik asoschisi; Movarounnahr, Xuroson va Eron xalqlarining birinchi voizi, shoir, din peshvosi; payg"œambar. Zardusht spitama urug"œining raisi Purushasp xonadonida tug"œilgan. Onasining nomi Dug"œdova. Zardusht 15 yoshgacha zamonasining donishmandi Barzin Kuras qo"œlida diniy qonunlar, tabiatshunoslik, voizlik, kalomi badi"œ fanlari bo"œyicha ta"œlim oladi, harbiy hunarlarni egallaydi. 16 yoshida Turon — Eron jangida ishtirok etadi. O"œz qavm va qabilalari peshqadam vakillarining ko"œpxudolik udumlariga qarshi harakatiga qo"œshildi va 19 yoshida yakka tangrini kashf etish umidida Sablon tog"œiga chiqib ketadi. 20 yil g"œorda yashaydi. Rivoyatga ko"œra, Zardusht navro"œz kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik — "œHum" tayyorlashga kirishgan. Erta tongda u daryodan suv olish uchun qirg"œoqqa tushgan. Suv olib bo"œlgach, ko"œziga qirg"œoqda turgan porloq xilqat — "œVohumana" ko"œrinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulug"œ xudo Ahuramazda huzuriga boradi. Ahuramazda o"œzining butun borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi (bu vaqtda u 40 yoshga to"œlgan edi). Shu kundan boshlab Zardusht zardushtiylik dinining payg"œambariga aylanadi. "œGatlar" deb atalgan, qo"œshiq qilib aytishga mo"œljallangan she"œrlar yaratadi. So"œngra shaharu qishloq kezib, yakka tangri g"œoyasini targ"œib etadi, tarafdorlar orttiradi. Bundan xavfsiragan Turon shohi Arjasp Zardushtni dorga osish haqida farmon chiqaradi. Zardusht 300 maslakdoshi bilan Balxga, so"œngra Seyistonga qochib ketadi. Shimoliy Eronda zardushtiylik diniga asos soladi. Zardusht Eron shohi Gushtasp qabulida bo"œlib, uni va donishmand vaziri Jomaspni yakka tangri Ahuramazda haqidagi ta"œlimotiga ishontiradi. Shundan so"œng, Gushtasp farmoniga ko"œra, Eron hududida zardushtiylik dini joriy etiladi. Buni eshitgan Arjasp Gushtaspga Zardushtni hibsga olib huzuriga jo"œnatish haqida talabnoma yuboradi. Gushtasp bu talabni rad etadi. Arjasp 300 ming lashkar bilan Eronga hujum qilib, Balx, Seyiston, Behruz shaharlarini vayron qiladi. Gushtaspning 4 o"œg"œlini jangda o"œldiradi, keksayib qolgan otasi Luhraspni qatl etib, Gushtaspning o"œg"œli Isfandiyorni zindonband qilib, ko"œp o"œlja bilan qaytadi. Arjaspning ikkinchi hujumi paytida zindondan qochgan Isfandiyor mudofaa janglarini yaxshi uyushtirib, g"œanimlarni tor-mor etadi. Natijada turonliklar ham zardushtiylik dinini qabul qiladilar. Gushtasp farmoniga ko"œra, shahar va qishloqlarda yangi ibodatxona — otashkadalar qurila boshlanadi. Zardusht Balxda qurilgan shunday otashkadaning ochilishida ishtirok etadi va ibodat paytida ko"œpxudolik tarafdori Bratarvaxsh tomonidan pichoqlab o"œldiriladi. Zardushtning Istavatr, Uruvatr, Puruchitra ismli o"œg"œillari, Frini, Trini, Puruchisto ismli qizlari bo"œlgan. Zardusht o"œz ta"œlimotini — Avesto ("œQat"œiy qonunlar")da bayon etadi. Tilshunoslik ma"œlumotlari va kitob mazmuni Avestoning faqat ayrim qismi taxminan bir vaqtda yozilganini ko"œrsatadi.     
ZIMRILIM — Mari podshosi. Qadimgi Bobil podshosi Hammurapi Shimoliy Mesopotamiya shaharlarini bosib olishda u bilan ittifoq bo"œlgan. Ko"œp o"œtmay Hammurapi mil. avv. 1759-yilda sobiq ittifoqchisi Zimrilim qo"œshinlarini yengib Marini bosib olgan. Zimrilim Hammurapiga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtargan. Hammurapi Mari ustiga qo"œshin tortib, uni ikkinchi marta ishg"œol qilgan. Mari devoir buzib tashlanib, hokim saroyi yoqib yuborilgan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:22:58

SHАBАKА — mil. аvv. 740-720-yillarda hukmrоnlik qilgаn Efiоpiya (Kush) hukmdori. Uning davridа Efiоp qo"œshinlаri Misrni bosib oladi. Efiopiya va Misr bitta davlat qilib birlashtiriladi. Shu tariqa Misrda Efiopiya sulolasi hukmronlik qiladi. Bu Misr tarixidagi 25- sulоlа edi. Bu sulоlа mil. аvv. 715-664 yillаrdа hukmrоnlik qilаdi. Shabaka davrida mamlakatda tinchlik o"œrnatilib, xo"œjalik va madaniyat ancha rivoj topgan.         
SHAMPOLON Jan Fransua (Champollion) (1790-yil 23-dekabr - 1832-yil 9-mart) — fransuz misrshunosi, misrshunoslikning asoschisi. Rozett toshidagi 3 til: yunon, Misr iyeroglifi, misr yozuvining so"œnggi shakllaridan, tez yozuv deb atalgan qisqartma iyerogliflarda yozilgan yozuvni tadqiq qilib, qadimgi Misr iyeroglif yozuvini o"œqish uslubini yaratgan. Qadimgi Misr tili grammatikasining ilk muallifi. 1822-yilda F. Shаmpоlоn Misr iyеrоgliflаrini o’qish yo’lini tоpgаn. 1799-yilda gеnеrаl Napoleon Bоnаpаrt Misrgа qilgаn yurish vаqtidа tоpilgаn Rоzеtt tоshiga yozilgаn yozuv Misr yozuvlаrini o’qib chiqish uchun dastlabki аsоs bo’lgаn. Bu yozuvdа Mаkеdоniyadаn chiqqаn Ptоlеmеy dеgаn pоdshо tilgа оlingаn. Ptоlеmеy fаrmоnlаrini o’z fuqаrоlаri uchun 2 tildа chiqаrgаn. Fransua Shаmpоlоn bir qаnchа аlоmаtlаrni аniqlаshgа muvаffаq bo’lgаn. Dаstlаb bu ish tоshlаrdаgi yozuvlаrni o’qib chiqаrish bilаn chеklаngаn. Kеyinchаlik pаpirusdаgi tеkstlаrni o’qib chiqаrishgа kirishilgаn. Nаtijаdа tаriхchilаr misrliklаrning mil. avv. 3500-yilgаchа bo’lgаn hаyoti, urf-оdаtini vа diniy mаrоsimlаrini o’rgаnish imkоniyatigа egа bo’ldilаr.
SHAN-YAN - Sin podsholigi hukmdori Sao-chunning amaldori. Shan-Yan podsho Sao-chun hukmronligi davri (mil. avv. 361-338)da mamlakatni boshqarish va xo"œjalik sohasida bir necha islohotlar loyihasini ishlab chiqqan. Islohotga ko"œra yerni istagancha xususiy mulk qilib olish mumkin bo"œlgan. Yerni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Ilgari hosildan olinadigan soliq yer solig"œi bilan almashtirilgan. Davlatni boshqarishda ham qator ishlar qilingan. Butun podsholik 36 viloyatga bo"œlinib, uni podsho tayin etgan yangi amaldorlar idora qilganlar. Eski amaldorlar ishlaridan chetlashtirilgan va mamlakatda kuchli nazorat o"œrnatilgan. Podsholik maktab va maorif ishlariga katta e"œtabor berib bu sohada ham islohotlar o"œtkazilgan. Sin qo"œshinlari qayta tuzilib mustahkamlangan. Islohot natijalari podsho hokimiyatini ancha kuchaytirgan. Ammo Shan-Yan islohoti eski zodagon, xalq ommasi, konfutsiychi oqim namoyandalari va qullarning qarshiligiga uchragan. Podsho Sao-chun vafotidan keyin Shan-Yan qatl etilgan.
SHARKALISHARRI - Akkad podsholigi hukmdori (mil. avv. 2200-2176-yillar). Uning davrida Akkad podsholigining turli burchaklarida isyonlar kuchaygan. Mesopotamiyaga shimoli-g"œarbdan amoriy, janubi-sharqdan elamliklar bostirib kirganlar. Sharkalisharri dushman qo"œshinlari ustidan g"œolib chiqib, ularni mamlakatdan haydab yuborgan.
SHATTIVAS — Mitanni podshosi. Tushrattining o"œg"œli. Shattivasni Xett podshosi Suppilulium taxtga o"œtqazgan va unga o"œz qizini nikohlab bergan. Oqibatda Mitanni davlati xettlarga qaram bo"œlib qolgan.
SHAUSHSHATAR — Mitanni podshosi. U Ossuriya (Ashshur) qo"œshinlarini tor-mor etib, podsho saroyining oltin va kumushdan yasalgan darvozasini o"œz yurtiga olib ketgan (bu darvoza 100 yildan so"œng Ashshurga olib kelingan).
SHЕSHОNK I — mil. аvv. 950-yildа Shimоliy Misrni egаllаb оlgan liviyalik hukmdоr. U Misrda 20-sulоlаgа аsоs sоlgan. Liviya sulolasi Misrda mil. avv. 950-730-yillarda hukmronlik qilgan. U Bubastis shahrini o"œz davlatining poytaxti qilib tanlagan. Shuning uchun Sheshonk I boshliq liviyaliklar asos solgan sulola bubastislar sulolasi deb ham ataladi. Mil. avv. 930-yilda Palastinga bostirib kirib, shahar va qishloqlarni talagan, ularni vayron qilgan. Nubiyagа ham qаrshi tаlоnchilik yurishlаrini оlib bоrib, u yerdan ko"œplab harbiy asir va katta o"œljalar bilan Misrga qaytgan. Uning davrida хo"œjаlik vа qurilish ishlаri jоnlаngаn.
SHOPUR I — Sosoniylar davlatida 243-273-yillarda hukmronlik qilgan shoh. Ardasher I ning o"œg"œli. Uning hukmdorligidan boshlab sosoniy taxtiga chiqqan sulola vakillari "œshahanshoh" unvoniga ega bo"œladilar. Sosoniylar davlati esa Eronshahr — oriylar podsholigi yoki eroniylar shohligi deb nomlangan. Shopur I davrida Eron qo"œshinlari Rim qo"œshinlari bilan janglar olib borib, ularni bir necha bor mag"œlubiyatga uchratganlar. Bu urushlarning birida Rim imperatori Gordian halok bo"œlib, juda ko"œp rimlik aslzodalar va askarlar asir tushganlar. Ular Shopur I ga 500 ming dinor aqcha to"œlashga majbur bo"œlganlar. 244-251-yillar orasida bo"œlib o"œtgan urushlar natijasida Shopur I qo"œshinlari Janubiy Armaniston va Qadimgi Ossuriyani bosib olganlar. Uning qo"œshinlari Suriyada Rim qo"œshinlari bilan to"œqnashib, ularni tor-mor etadi. Shimoliy Mesopotamiyaning Xarran va Edessa shaharlari yonida bo"œlgan jangda ham sosoniylar qo"œshinlari rimliklar ustidan g"œalaba qiladilar. Edessa yonidagi jangda Rim imperatori Valerian, ko"œpgina senatorlar va aslzodalar asirga tushadi. Rim bilan olib borilgan janglar natijasida Shopur I qo"œshinlari Suriya va Frot daryosining yuqori oqimidagi 36 qal"œa va shaharni ishg"œol qiladi. Rim imperiyasi hech qachon bunday katta mag"œlubiyatga uchramagan edi.
SHOU SIN -  Xitoydagi Shan-In davlatining so"œnggi hukmdori. Shou Sin  mil. avv. 1027-yilda chjou qabilalari hukmdori U-Van bilan bo"œlgan jangda mag"œlubiyatga uchragan va o"œzini-o"œzi o"œldirgan.
SHULGI — Shumer-Akkad podsholigi hukmdori (mil. avv. 2109-2046). Shulgi Suriya, Palastin, Elam, Kichik Osiyo va boshqa o"œlkalarni Ur podsholigi bo"œysuntirgan. Shulgi o"œzini "œto"œrt iqlim podshosi" deb atagan. Uning davrida Mesopotamiyada dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq rivoj topgan. Qulchilik ham kuchaygan.
SHUTRUK-NAXUNTA I — Elam shohi. U mil. avv. 1180-yilda Bobil qo"œshinlarini Elamdan quvib chiqargan. U Bobilga bostirib kirib bir qancha shaharlarni bosib olgan. Shutruk-Naxunta I katta o"œljalar qatori Hammurapi qonunlari yozilgan toshni ham Suzaga olb kelgan.

Qayd etilgan