ATAMA VA TUSHUNCHLARLARANIMIZM - (lotincha anima - jon, ruh) - jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bo"œlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, o"œz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush ko"œrish, gallyutsinatsiya, o"œlim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bog"œlangan u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bog"œliq ruh to"œg"œrisidagi tasavvurlar paydo bo"œlgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo"œlingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta"œsir ko"œrsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar.
ANTROPOGENEZ — odamning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni.
ANTROPOLOG — qadimgi odamlarning qoldiqlarini sinchiklab tekshirib ko"œrib, ularning tashqi ko"œrinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro"œy bergan o"œzgarishlarni nazardan o"œtkazadigan olim.
ANTROPOLOGIYA - qadimgi odamlar qiyofasini o"œrganuvchi fan.
ARXANTROPLAR (yunoncha archaios qadimgi va anthropos - odam) - evolyutsion taraqqiyoti darajasi va madaniyati xarakteriga ko"œra o"œzaro yaqin bo"œlgan qadimgi qazilma odamlar (Pitekantrop va sinantrop va b.). Bu odamlar bundan 800-1mln yil ilgari yashashgan.
ARXEOLOG — moddiy manbalar asosida tarixni o"œrganadigan olim.
ARXEOLOGIK MADANIYAT - bir tarixiy davrga oid, ammo turli hududlarda joylashgan arxeologik yodgorliklarning umumiy belgilarini ifodalovchi tushuncha.
ARXEOLOGIYA (yunoncha arxeos - qadimiy, logos - fan ya"œni "œqadimiylikni o"œrganadigan fan") - tarixni ashyoviy manbalar asosida o"œrganuvchi va ular bo"œyicha tarixiy o"œtmishni qayta tiklovchi qadimiyat to"œg"œrisidagi fan. Arxeologiya so"œzini mil. avv. IV asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar ma"œnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar XVIII asr boshidan boshlangan. XIX asr yirik arxeologik kashfiyotlar davri bo"œlib, arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi.
ASHEL MADANIYATI - quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh cho"œqmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, o"œtkir qilingan turli shakldagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Fransiyaning Am"œen shahri yaqinidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tuzumining quyi bosqichida g"œorlarda, daryo bo"œylaridagi pana yerlarda to"œdalashib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati G"œarbiy va Sharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. O"œrta Osiyoda Ashel madaniyatiga oid qarorgohlar Janubiy Qozog"œistonda (Qoratov), Toshkent vodiysida (Selung"œur) va boshqa joylarda uchraydi.
ASHYOVIY MANBALAR — ko"œhna manzil-makon, qabr, rasm va boshqa buyumlar (yodgorliklar), turli mehnat qurollar, ro"œzg"œor buyumlar, taqinchoqlar, ziynat buyumlar, sopol idishlar va ularning parchalari, shuningdek uy-joy qoldiqlari kiradi.
AVSTROLIPITEK (janub maymuni) — maymunsimon odam vakili; 3-4 million yil ilgari yashagan. Odamzotning hayvonlar olami (maymun)dan odamlar dunyosiga o"œtishdagi qo"œyilgan birinchi qadami edi. 1924-yil Janubiy Afrikadan topib o"œrganilgan.
BIBLIYA (yunoncha Biblia - kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi ahdga bo"œlinadi. "œAhd" so"œzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi ahd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qadimgi davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi ahd esa faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dinni shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Bibliya mil. avv. VIII asr va milodiy II asr oralig"œida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. Bibliya eng qadimgi adabiy yodgorliklardan biri bo"œlib, diniy pand-nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliya tarkibiga kirgan Tavrot — Muso alayhisalomga, Zabur — Dovud alayhisalomga, Injil — Iso alayhisalomga nozil qilingan. Milodiy 364-yili Laodika sobori xristianlikda muqaddas va ilohiy deb topilgan asarlardan iborat Bibliyani rasman tasdiqladi. Unga kiritilmagan yoki undan farqlanadigan barcha diniy kitoblarni soxta deb e"œlon qildi va ularni o"œqishni taqiqladi. Jami 70 kitob (bo"œlim)ni o"œz ichiga olgan bibliyaning hozirgi matni XIII asrda kardinal Stefan Lengton uning matnlarini boblarga ajratganidan keyin yuzaga kelgan. XVI asrda matbaachi Rober Stefan bu boblarni bandlarga ajratib, unga so"œnggi tartib raqamlarini qo"œygan. Bibliyaning asosiy ko"œrsatmalaridan biri kishilarni yakkaxudolikka targ"œib qilishdir. Bibliya jahon bo"œyicha keng tarqalgan, asrlar mobaynida ko"œpgina xalqlarning ahloqi, ma"œnaviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir san"œatiga barakali ta"œsir ko"œrsatgan. U XIX asrgacha 400 dan ziyod, XX asr mobaynida esa yana 1400 (jami 1978) tilga to"œliq yoki qisman o"œgirilgan. O"œzbek tilida ayrim qismlari 1891, 1913-yillarda Leypsig shahrida arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1990-yillarda Bibliyani tarjima qilish instituti Stoggolm tomonidan kiril yozuvida chop ettirilgan. 1992-yilda mazkur institut Injil va Zaburni to"œliq holda va Tavrotdan "œIbtido" qismini bir kitobga jamlab so"œz boshi, lug"œat, jadvallar, xaritalar hamda rangli fotosuratlar bilan chop etgan.