Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346053 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 38 B


Robiya  03 Aprel 2008, 16:32:29

MADANIY QATLAM - arxeologiya yodgorliklarida odam faoliyati izlari bo"œlgan barcha qadimgi manzilgohlardagi yer osti qatlamlaridir. 
MADLEN MADANIYATI - Yevrоpаdаgi so"œnggi pаlеоlit dаvri (mil. аv. tахm. 15-8 mingyilliklаr) mаdаniyati. Frаnsiyadаgi Lа-Mаdlеn (La Mаdeleine) g"œоri nоmi bilan аtаlgаn. Tоsh kеskichlаr, suyak vа shохdаn yasаlgаn mеhnаt qurоllаri, g"œоr dеvоrlаrigа sоlingаn surаtlаr, suyak o"œymаkоrligi vа b. Хo"œjаligi - оvchilik, bаliqchilik.
MARHUMLAR KITOBI -  qadimgi misrliklar tarixini bayon etuvchi yozma manba.
MATRIARXAT (lotincha mater - ona va yunoncha arche - ibtido, hokimiyat) —  eng qadimgi tuzum rivijidagi bir bosqich bo"œlib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, uruqqa va oilaga ayol kishi sardorlik qilgan.
MEZOLIT («mezos» - «o`rta» va «litos» «tosh») - o`rta tosh asri; Paleolitdan neolitga o`tish davri (mil. avv. 12-7 mingyilliklar). Mezolitda hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos bo`lib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yo`q bo`lib, yangilari paydo bo`lgan. Inson hayotida katta o`zgarishlar sodir etilgan. Mezolitda o`q-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila bo`lib yashash imkoniyati tug`ilgan. Tosh, suyak, yog`ochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirg`ich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega bo`lishgan. Shu tariqa jamoa bo`lib yashashga barham berilgan. Mezolit davri odamlari ovchilik, baliqchilik, termachilik bilan shug`ullanganlar. Mezolit davrida O`rta Osiyo tabiatida muzlik davri tugaganligi sababli iqlim sernam bo`ldi. Bu davr xo`jaligi tarixidagi yangi xususiyatlaridan biri o`q-yoyning kashf etilishi munosabati bilan yakka ovchilari rolining o`sishidir. O`q-yoy insonni kundalik hayotida bir necha yuz mingyilliklar davomida hukmronlik qilib kelayotgan yirik hayvonlar tik jarlarga haydash, ularni  o`rab olib tutish ovchiligiga barham berdi. Ov jaryonida ko`pchilik tamonidan yirik hayvonlarni tutishga qaratilmay, mayda hayvonlarni tutishga moslashtirilgan. Ovdan keladigan daromad ham ko`paydi, u bilan bog`liq holda mehnat qurollari takomillashib bordi. Oqibatda xo`jaliknipg yangi turi paydo bo`ldi. Masalan: hayvon bolalarini qo`lga o`rgata boshladilar. Bu jamoaning zahiradagi ov o`ljasi edi. Birinchi uy hayvoni it edi. Ayrim olimlar it bilan deyarli bir vaqtda shimol bo`g`usi ham qo`lga o`rgatilganligini ta`kidlaydilar. Itlarning qadimgi suyak qoldiqlari mil. avv. 10 mingyillikka oid bo`lib, Old Osiyoda topib o`rganilgan. Mezolit davrida odamlar daraxtlarning egiluvchi novdalaridan turli xil  savatchalar to`qishib, ulardan baliq tutishda foydalana boshladilar. Bu davrda iqlimning iliqlashib, sernam bo`lishi  odamlarning hayotidagi doimiy o`troqlik turmush tarzi o`rnini daydi hayot egalashiga olib keldi. Bu davrda murakkab mehnat qurollari vujudga keldi.  O`zbekistonda o`rganilgan mezolit davri yodgorliklarini yoshi bir xil emas. Olimlar yodgorliklarda topilgan tosh qurollariga qarab, ularni uch guruhga bo`lishgan: 1) Qo`shilish yodgorligi (Toshkent)-mil. avv. 10-9 mingyillik; 2) Obishir yodgorligi (Farg`ona vodiysi)-mil. avv. 9-8 mingyilliklar; 3) Machay madaniyati (Surxondaryo)-milloddan avvalgi 7-6 mingyillik. 1912-yilda I. Fyodorov tomonidan Surxondaryoning Zarautsoy degan joyda dunyoga mashhur qoyatosh suratlari topilgan. U yerdagi rasmlar tosh davriga mansubdir. Unda yovvoyi ho`kiz va ov manzarasi tasvirlangan. Odamlar chizilgan suratlar bo`lajak ovga yordam berishiga ishoganliklari sababli qoyatosh suratlarda ko`pincha hayvonlar va ov manzarasini tasvirlaganlar. Ibtidoiy tasviriy san`at rivojiga insonning atrof muhitni bilish yoki dunyoni anglashga intilishi asos bo`ldi.

Qayd etilgan


Robiya  03 Aprel 2008, 16:35:27

MIKROLITLAR — mezolit va neolit davrida odam tomonidan yasalgan kichik tosh plastinkalar. Mezolit davrida mikrolitlar paykon, suyak yoki shoxdan yasalgan qurollarning tig"œi sifatida ishlatilgan. 
MONGOLOID IRQI  (Оsiyo-Аmеrikа irqi) - insоniyatning eng kаttа irqlаridаn biri. Bug"œdоy rаngligi, qаlin qоrа sоchi, yuz vа bаdаnidа tukning kаmligi, kichik burni, yonоq suyaklаrining bo"œrtib chiqqаnligi, yuzi yumаlоqdаn kеlgаnligi, qisiq ko"œzligi bilan хаrаktеrli. Shаrqiy Оsiyo, Indоnеziya, Mаrkаziy Оsiyo, Sibir, Аmеrikаdа tаrqаlgаn.
MUSTYE  MADANIYATI - ilk pаlеоlit dаvrining eng so"œnggi mаdаniyati (mil. аv. 150-40 mingyillik). XIX аsrning 60-yillaridа frаnsuz аrхеоlоgi G. Mоrtilyе Frаnsiyaning jаnubi-g"œаrbidаgi Lе-Mustyе (Le Mоustier) g"œоridаn suyak vа tоsh qurоllаr tоpgаnligi uchun shu nоm bilan yuritilаdi. Bu dаvrdа yashаgаn оdаmlаr nеаndеrtаllаr nоmi bilan fаngа kirgаn. Mustye madaniyati uchun gаrdishsimоn nuklеus vа 3 burchаkli tоsh pаrrаkchаlаr хоs  bo"œlib, ulаr yog"œоch yo"œnish, ishlаsh, kiyim vа qurоl tаyyorlаshdа ishlаtilgаn. Mustyе dаvridа nаyzаsimоn tоsh qurоl, o"œrоq, rаndа, qumtоsh yoki оhаktоshdаn yasаlgаn shаrlаr, Mustye madaniyatining охiridа esа kеskich аsbоblаr - qirg"œich, pichоq hаmdа suyak qurоllаr pаydо bo"œlgаn. Mustyе dаvridа оdаmning jismоniy qiyofаsi tаkоmillаshа bоrgаn. Qаdimgi оdаm (pitеkаntrоp vа sinаntrоp) o"œzgаrib, hоzirgi tipdаgi оdаmgа yaqinrоq bo"œlgаn nеаndеrtаl  shаkligа kirаdi. Bu оdаm miyasidа nutq mаrkаzi yuzаgа kеlаdi hаmdа uning jismоniy qiyofаsi o"œzgаrа bоrаdi, bu uning ish vаqtidа erkin hаrаkаt qilishini tа"œminlаydi. Оlоvni sаqlаb qo"œyishdаn  uni ishqаlаsh yo"œli bilan hоsil qilishgа o"œtilishi Must"œе dаvrining muhim yutug"œidir. Tоshni ishlаshdа lеvаlluа tехnikаsidаn fоydаlаnilgаn. Mustye madaniyatidа g"œоr vа оchiq mаnzilgоhlаrdа nеаndеrtаl  оdаmlаr yashаb, mаmоnt, аyiq, shimol bug"œusi kаbi hаyvоnlаrni оvlаb, istе"œmоl qilishgаn hаmdа tеrimchilik bilan shug"œullаngаn. Mustyе dаvri qаrоrgоhlаridа o"œchоq, kuygаn suyak vа qаbrlаr uchrаydi. Qаbrlаr vа ulаrdаn tоpilgаn buyumlаr dаfn mаrоsimlаridа diniy e"œtiqоdlаr tug"œilа bоshlаgаnini ko"œrsаtаdi. Mustye madaniyati yodgоrliklаri Yevrоpа, Аfrikа, Yaqin Shаrqdа, Rоssiyaning Yevrоpа qismidа, Kаvkаz, O"œrtа Оsiyo vа Qоzоg"œistоndа tоpib tеkshirilgаn. O"œzbеkistоndа - Surхоndаryo (Tеshiktоsh g"œоri), Sаmаrqаnd (Оmоnqo"œtоn g"œоri, Qo"œtirbulоq mаkоni, Zirаbulоq, Хo"œjаmаzgil mаkоni), Tоshkеnt vilоyati (Оbirаhmаt g"œоri, Ko"œlbulоq mаkоni, Хo"œjаkеnt mаkоni, Pаltоv), Fаrg"œоnа vоdiysi (Qаl"œаchа mаkоnlаri, So"œх dаryosidаgi mаkоnlаr), Nаvоiy vilоyati (Uchtut)dа Mustye madaniyati  yodgоrliklаri tоpilgаn vа tеkshirilgаn. Hоzirgi vаqtdа O"œrtа Оsiyodа nеаndеrtаl  zаmоndоshlаri yashаgаn mаkоnlаr 90 dаn оrtiq jоydа uchrаtilgаn.

Qayd etilgan


Robiya  03 Aprel 2008, 16:52:06

NEANDERTAL — qadimgi qazilma odamlar, paleoantroplarning bir guruhi. O"œrta paleolit davrida — mil. avv. 100-40 ming yil ilgari yashagan. Neandertal skelet qoldiqlari (bosh miya qutisi, qovurg"œalarning bo"œlaklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856-yilda Neandertal vodiysida (Germaniya Federativ respublikasining Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan olingan), shuningdek, Osiyo va O"œrta Osiyo (Teshiktosh odami) va Afrikada topilgan. Neandertal bo"œyi uncha katta bo"œlmagan (160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan soda tuzulgan, ko"œzining ustida qalin bo"œrtig"œi bo"œlgan. Neandertal bundan 200-35 ming yil avval - vyurm muzligi davrida G"œarbiy Yevropada yashaganlar. Neandertal yashash uchun g"œorlarni o"œzlashtiradi, qo"œl cho"œqmor va nayza uchlarini yasaydilar; o"œzlariga hayvon terisidan kiyim qiladilar, olovdan foydalanadilar, mamont va boshqa yirik muzlik davri hayvonlarini ovlaydilar (Muste madaniyati). Olov yoqishni va undan foydalanishni bilishgan, to"œda bo"œlib yasashgan. Neandertallar hozirgi qiyofadagi odamga o"œtish bosqichidir.
NEGROID IRQI - katta ekvatоrial (nеgr-avstralоid) irqqa kiradi. Tanasining qоraligi, jingalak sоchligi, burnining kеngligi, lablarining qalinligi, prоgnatizm (jag"œ suyaklarining оldinga turtib chiqishi) хоsdir. Afrikada, Sahrоi Kabirning janubida tarqalgan. «negroid irqi» tеrmini ba"œzan ekvatоrial irqining sinоnimi sifatida qo"œllaniladi.
NEOLIT («neos» - «yangi» va «litos» - «tosh» - yangi tosh) - O`rta Osiyoda neolit davri mil. avv. VI-IV mingyilliklar bilan belgilanadi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishi sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar. Mezolit va neolit davrida odamlar mikrolit - toshdan mayda mehnat qurollari tayyorlashni o`rganadi. Shuningdek toshga ishlov berishning ilgari noma`lum bo`lgan usullari: silliqlash, qirtishlash va burg`ilashni ham o`rganadi. Ular endi mehnat qurollari yasashning yangi usullarini, chaqmoqtoshdan parrakchalar chiqarishni ham kashf etadi. Endi toshning keraksiz tomonlari urib tushirilmasdan, undan pichoqqa o`xshagan parrakchalar, qirg`ich, nayza uchlari charxlab olingan. Neolit davrida qabilalarning o`troq hayot tarziga o`tadi, doimiy yashash uchun manzilgohlar qura boshlaydilar. Guvaladan uylar qurish boshlanadi. Urug` jamoasining qarorgohlari shakllanadi. O`troq hayot tarzi va mehnat qurollarining takomillashuvi jamoalarning ziroat va chorvachilikka o`tishiga olib keladi, hunarmandchilikning rivoj topishiga asos bo`ladi. Neolit davri muhim kashfiyotlaridan biri kulolchilik, tikuvchilikva to`quvchilik bo`ldi. Neolit davrida aholining asosiy mashg`uloti ov, baliqchilik va termachilikdan iborat edi. O`rta Osiyoning janubiy viloyatlarida mil. avv. VI-V mingyilliklarda neolit davri qabilalari ziroatchilikka o`tadi. Markaziy, Shimoliy va Sharqiy viloyatlardagi qabilalar esa ov va baliqchilik bilan shug`ullanishda davom etadilar. Ziroatchilarning dastlabki qarorgohlari jilg`alar bo`ylab joylashgan. Shunday qadimiy makonlardan biri Chaqmoqli deb ataladi. Chaqmoqli O`rta Osiyoning aholisi ishlab chiqarish xo`jaligiga o`tgan dastlabki qishloqlaridan biri hisoblanadi. Neolit davri ilk dehqonlarining ikkinchi qarorgohi Joytun hisoblanadi. Joytun Turkmaniston janubidagi mil. avv. VI-V mingyilliklar makonidir. Bu manzilgohning ziroat usullari sodda bo`lishi qaramay O`rta Osiyo ziroatchiligi taraqqiyotiga asos bo`ldi. Neolit davri ovchi va baliqchilarning qadimgi yodgorligi Kaltaminordir. Kaltaminor mil. avv. V mingyillikning oxiri - IV mingyillikning boshlari oid. Bu yodgorligning ancha yaxshi saqlangan manzilgohlaridan biri - Jonbos-4 dir. Kaltaminor yodgorliklari xos mehnat qurolalari va kulolchilk buyumlari Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi hududlarda: Zarafshon va Amudaryoning quyi oqimlarida hamda Qizilqum sahrosida uchraydi. Neolit davrida matriarxat jamoasi gullab yashnagan. Urug`chilik tuzumidagi ayolning rahbarlik maqomi oilasining oziq-ovqat, turmush va farzandlar tarbiyasini ta`minlashdan iborat edi. Urug` ayollari termachilik va dehqonchilik bilan shug`ullanishgan.                                 
NMANA — "œAvesto"da katta patriarxal oila shunday nom bilan atalgan.
NUMIZMATIKA (lotincha numisma - tanga) — tangalarni tadqiq etish bilan shug"œullanuvchi fan; tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og"œirligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o"œrganadi. Numizmatika tushunchаsigа yanа qоg"œоz pullаrni o"œrgаnish (bоnistikа) vа mеdаl, jеtоn, оrdеn hаmdа nishоnlаrni o"œrgаnish (fаlеristikа) hаm kirаdi. Birinchi mеtаll tаngаlаr mil. аvv. VII аsrdа Kichik Оsiyoning Lidiya dаvlаtidа zаrb qilingаn. O"œrtа Оsiyodа birinchi tаngаlаr (kumushdаn) mil. аvv. III asrdа chiqаrilgаn. Uning yuzа qismi (аvеrsi)gа pоdshоning surаti, оrqа tоmоni (rеvеrsi)gа esа hаr хil хudоlаr, muqаddаs hаyvоnlаr tаsviri sоlingаn yoki pоdshоlаrning nоmi yozilib, tаmg"œаsi tushirilgаn. Numizmatika numizmаtik kоllеksiyadаn fаrq qilаdi. Tаngаlаrni kоllеksiya qilish XIV-XV asrlаrdа Itаliyadа pаydо bo"œlgаn. Ilmiy numizmatika fаni XVIII asrning 2-yarmidа vеnаlik Y. Х. Ekkеl  tоmоnidаn аsоslаngаn.
O"œZLASHTIRUVCHI XO"œJALIK - eng qadimgi odamlarning mashg"œuloti bo"œlib, tabiat in"œom etgan narsalarni terib-termachilik yoki ovchilik orqali iste"œmol qilganlar.

Qayd etilgan


Robiya  09 Aprel 2008, 19:27:03

PALEOLIT (yunoncha «paleos» - «qadimgi» va  «litos» - «tosh») — eng qadimgi odamlar yasagan qurollar, asosan, toshdan bo`lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi shu nom bilan atalgan bo`lib, u quyidagi 3 davrga: ilk paleolit (Olduvoy — mil. avv. 3-2 mln. yillar; Ashel — mil. avv. 1 mln. — 100-mingyillklar), o`rta paleolit ( Muste — mil. avv. 100-40-mingyilliklar),  so`nggi paleolit (Orinyak; Solyutre; Madlen — mil. avv. 40-12-mingyilliklar) bo`linadi. 
PATRIARXAL OILA — erkak boshchilik qiladigan oila. Matriarxatdan patriarxatga o"œtish davrida vujudga kelib, birgalikda xo"œjalik yurgizuvchi qarindoshlarning bir qancha avlodidan tashkil topgan. Patriarxal oila, asosan, ilk xo"œjalik jamoasi bo"œlgan, uning iqtisodiy asosini yerga va ishlab chiqarish qurollariga umumiy egalik (ishlab chiqarishga ham, is"œtemolga ham) tashkil etgan.   
PATRIARXAT — eng qadimgi jamoa tuzumining bir davri bo"œlib, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo"œlgan, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan. Patriarxatning xo"œjalik faoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. Bu davrda ibtidoiy jamiyat yemirilib, uning so"œngi bosqichida mulkiy tabaqalanish va davlat yuzaga kelgan.
PETROGLIF (yunoncha petros — tosh, glife — o"œyish) - toshga o"œyib tushirilgan rasmlar.
PIRAMIDALAR MATNLARI  -  qadimgi misrliklar tarixini bayon etuvchi yozma manba.
PITEKANTROP (yunoncha pithekos - maymun va anthropos - odam) - eng qadimgi qazilma odamlar (taxm. 900 yil avval). Ilk paleolit davrida - 700-600 ming yil ilgari yashagan. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar.  1890-1891-yillarda golland shifokori E. Dyubua Yava orolidagi Solo daryosi yaqinidan 4-qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qadimgi ajdodiga mansub bosh miya qopqog"œi, son suyagi va uchta tishini topgan. 1973-yilda suyak bo"œlaklari va yigirmaga yaqin alohida tishlar topilgan. Pitekantrop bosh miya qopqog"œi va shakli kattaligi ko"œra odam va odamsimon maymun oralig"œida turadi. Pitekantropning miya hajmi 900 sm3ga yaqin (gorillaniki 500 sm3, hozirgi zamon odamlarida o"œrtacha 1400 sm3). Uning peshonasi nishab bo"œlib, shimpanzenikiga o"œxshaydi. Pitekantropning topilishi antropologiyada muhim voqea bo"œldi. Pitekantrop qo"œlda murakkab harakatlar bajarishgan va poda-poda bo"œlib yashagan. Qo"œlda murakkab harakatlar qilish mehnat harakatiga, poda-poda bo"œlib yashash esa, jamiyatning ilk kurtagiga kiradi.   
QADIMGI DUNYO TARIXI — yer yuzida odam paydo bo"œlganidan to milodiy 476-yilda G"œarbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealarni  o"œz qamroviga olgan davr tarixi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Aprel 2008, 19:31:16

RIGVEDA - Qadimgi Hindiston yozma adabiyotining qadimgi yodgorligi — Vedalarning bir qismi. Vedalar 4 ta qismdan: "œRigveda" (qasida, madhiya, duolar to`plami), "œSamaveda" (qo`shiqlar to`plami), "œAyurveda" yoki "œYajurveda" (qurbonlik qilish yo`llari), "œAtharvaveda" (sehrli duolar to`plami) yetib kelgan. Vedalar ichida eng qadimgisi bo`lmish Rigveda 10 kitob (mandala)dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qo`shiqlar, madhiyalar, to`qilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning baxt-saodati ana shu kuchlarga bog`liq holda tasavvur qilingan., Rigvedaga ko`ra, Indra — momaqaldiroq ilohi, Mitra — Quyosh tangrisi, Varuna — Osmon ma`budi, Agni — Olov ma`budi, Yama — ajal, o`lim keltiruvchi, Sama — Oy ma`budasi, Rita — Koinot tartibini anglatadi. "œRigveda" qo`shiqlarini to`plovchilar rishi (ilohiy qo`shiqlarni to`quvchi donishmand)lar deb atalgan. Regveda kitobida qadimgi dunyo falsafiy tafakkurining o`ziga xos badiiy ifodasi ko`rinadi. Unda qadimgi hindlar olam sirlari haqida fikr yuritadi. Masalan, hech narsaga tayanmagan va yopishtirilmagan Quyosh nega qulab tushmaydi? Kechasi Quyosh qayoqqa ketadi, u qayerda? Shamol qayerda tug`ilib, qayerga boradi? Olamning asosini nima (yoki nimalar) tashkil etadi? Rigvedada bu va boshqa ko`plab bunday muammolar ko`tarilgan.         
SINANTROP (lotincha Sina - Xitoy va yunon antropos - odam) - eng qadimgi odamlar (arxantroplar)ga mansub qazilma odamlar. Ilk paleolit davrida - mil. avv. 600-500 ming yil oldin yashagan. Juda ko"œp suyaklari (kalla qutisi, pastki jag"œlar parchalari, oyoq va qo"œl suyaklari) o"œrta pleystotsen qoldiqlaridan ilk bor 1927-1937-yillarda Xitoydan topilgan (nomi shundan olingan).  Sinantrop  morfologik jihatdan pitekantroplarga yaqin, lekin ulardan miya hajmining kattaligi (1000 sm3 ga yaqin), peshonasining birmuncha kengligi bilan farq qiladi. Sinantropning suyak qoldiqlari bilan birga ular foydalangan, ilk paleolit davriga mansub sodda tosh qurollar, ularning olovdan foydalanilganiga guvohlik beruvchi kul va hayvonlarning kuygan suyak qoldiqlari topilgan. 
SIVILIZATSIYA - eng qadimgi shaharlar va davlatlarning tashkil topish davri; odamlar belgilangan qonunlarga rioya qilib yashagan shaharlar va davlatlar rivojlangan davrda moddiy va ma"œnaviy madaniyating ancha yuksak darajasidir.
SOLYUTRE MADANIYATI — Fransiya va Shimoliy Ispaniya hududidan topilgan so"œnggi paleolit (taxm. mil. avv. 18-15-mingyilliklar)ga oid madaniy yodgorlik. Uning nomlanishi dastlab topilgan joy Fransiyaning Solyutre (Sona va Luara departamenti) manzili nomidan olingan. Bu davrning asosiy xususiyati chaqmoqtoshdan nayzaning uchini yasalishi edi. Xo"œjaligi ovchilik bo"œlgan.
SUG"œORMA DEHQONCHILIK — O"œrta Osiyo janubida (irrigasiya asosida) vujudga kelgan dehqonchilikning turi. Eneolit davrining kashfiyoti.
TARIX — "œIstoriya" degan yunoncha so`zning arabcha aytilishi bo`lib, uzoq-yaqin o`tmishda sodir bo`lgan "œtadqiqot", "œvoqealar bayoni" degan ma`noni bildiradi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Aprel 2008, 19:34:58

TEMIR ASRI — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqarish xo"œjaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan so"œng insoniyat hayotida sodir bo"œlgan tarixiy bosqich. Bu davr xo"œjalikda temir metallurgiyasi yuzaga kelishi, tarqalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. «Temir davri» atamasi, garchi antik dunyoda tos, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan bo"œlsa-da, fanda XIX asrning o"œrtalarida daniyalik arxeolog K. Y. Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. avv. III mingyillikning 1-yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. avv. II mingyillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. avv. XI asrdan boshlab Palastin, Suriya, Kichik Osiyo, Zakavkaze, Hindiston va Xitoyda xo"œjalik va harbiy qurol-aslahalar yasashda temirdan keng foydalanganlar. Mil. avv. IX-VII  asrlarga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kash etilib, uni po"œlatga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab bo"œladi. O"œzbekistonda temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doir tadqiqotlar S. P. Tolstov, A. I. Terenojkin va Y. G"œulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. O"œzbekiston hududida temir davri yodgorliklari mil. avv. VIII-VI asrlarga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent  viloyatlari va Farg"œona vodiysida o"œrganilgan; Ko"œzaliqir, Qal"œaliqir va Dilgilja singari qadimgi qal"œa va qishloq, shahar xorabalari, Tagisken va Uygarak qabriston-qo"œrg"œonlari, Bo"œkantov qoyatosh sur"œatlari tekshirilgan. Temir davrida qadimgi Xorazm hududlarida dastlabki yirik sug"œorish inshootlari vujudga kelgan. 1960-1970-yillаrdа Surхоndаryodа Kuchuktеpа, Jоndаvlаt vа Qiziltеpаning quyi qаtlаmlаri, Pаchmоqtеpа, Qizilchаtеpа  yodgоrliklаri o"œrgаnildi. L. I. Аlbаum Kuchuktеpаdаn mil. avv. VI-IV аsrlаrgа оid uy-jоy qоldiqlаri, kulоlchilik, tеmirdаn yasаlgаn uy-ro"œzg"œоr vа dеhqоnchilik buyumlаrini tоpgаn. 1960-yillаrdа Buхоrо vilоyatidа Хаzоrа yodgоrligi vа Sаrmichsоy pеtrоgliflаri tеkshirildi. Qаshqаdаryodа temir davrigа оid Chimqo"œrg"œоn yodgоrligi (1972-yilda) o"œrgаnildi. 1973-yildа Chоrdаrа istеhkоmi (Kоnimех tumаni) vа Rоmushtеpа (Jоndоr tumаni) tеkshirildi. Temir davrigа mаnsub аrхеоlоgik yodgоrliklаr Tоshkеnt vilоyatidа Burgаnliktеpа, Qоvunchitеpа, Tuyabo"œg"œiztеpа vа Burchmullа хаzinаsi, Fаrg"œоnа vоdiysidа esа, Eylаtоn yodgоrligi vа Оqtоsh qаbristоni аsоsidа o"œrgаnilgаn. 1980-1990-yillаrdаn Ko"œktеpа (Sаmаrqаnd vilоyati), Yerqo"œrg"œоn vа Uzunqir (Qаshqаdаryo vilоyati) kаbi mil. avv. VII-VI аsrlаrgа оid nоdir оbidаlаrdа аrхеоlоgik qаzishlаr o"œtkаzildi.
TESHIKTOSH ODAMI - Teshiktosh g"œoridan topilgan neandertallar vakilining suyak qoldig"œi. A.P.Okladnikov o"œrgangan (1938-1939-yillar). Ko"œpgina tadqiqotchilar fikricha, Teshiktosh odami suyak qoldiqlari 8-9 yoshdagi bolaniki bo"œlgan. Bola dafn qilingan joy atrofida tog"œ echkisining bir necha juft shoxi yotgan. Marhumni qabrga turli buyumlar bilan ko"œmish, dastlabki diniy tasavvuralarning paydo bo"œla boshlaganligidan dalolat beradi. Teshiktosh odami kalla suyagining hajmi katta (1490 sm kub), uning qopqog"œi pitekantrop yoki sinantropnikiga nisbatan balandroq. Biroq hozirgi bolalarnikidan pastroq. M. M. Gerasimov kalla suyagi asosida Teshiktosh odamining yuz tuzulishini tiklagan (1949-yillar). 1973-yilda antropolog V. P. Alekseyev Teshiktosh odamini to"œla o"œrganib, skelet qiz bolaga tegishli bo"œlib, u inson evolyutsiyasining neandertal fazasiga mansub ekanligi va Yevropa yoki Old Osiyo guruhiga kirishini bildirgan.     
TOTEMIZM (Shimoliy Аmеrikа indеyslаrining оjibvе qаbilаsi tilidаgi «оtоtеm» - «uning urug`i» so`zidаn) - ibtidоiy diniy e`tiqоdlаrning ilk shаkllаridаn biri. U kishilаrning mа`lum guruhi bilan hаyvоn vа o`simliklаrning muаyyan turlаri (bа`zаn tаbiаt hоdisаlаri, jоnsiz nаrsаlаr) o`rtаsidа g`аyritаbiiy аlоqа, qоn-qаrindоshlik bоr dеgаn e`tiqоdgа аsоslаnаdi. Hаyvоnlаr, o`simliklаr, jоnsiz prеdmеtlаr tоtеm hisоblаngаn. Tоtеmlаr (ko`pinchа hаyvоnlаr) оv qilinmаgаn, o`ldirilmаgаn, go`shti yеyilmаgаn, ulаr go`yo kishilаrning qudrаtli himоyachisi hisоblаngаn. Qаbilа, urug` hаr bir а`zоsining hаyoti vа fаrоvоnligi tоtеmgа bоg`liq dеb qаrаlgаn. Ulаr o`z tоtеmini qаrindоshi, аkаsi, оtаsi, do`sti dеb hisоblаgаn. Hаr bir qаbilа, urug` o`z tоtеmining nоmi bilan аtаlgаn. Tоtеmistik e`tiqоd vа mаrоsimlаr muаyyan ko`rinishdа ko`p xаlqlаrdа, аyniqsа, Аvstrаliyadаgi qаbilаlаrdа sаqlаnib qоlgаn.   
URUG"œ - birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo"œlgan qarindoshlar uyushmasi.
URUG"œ JAMOALARI — so"œngi paleolitning kashfiyotlaridan biri bo"œlib, unda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga bo"œlingan. Bu urug"œga oqsoqol sardorlik qilgan, urug"œ a"œzolari bitta manzilgohda yashagan.
URUG"œCHILIK JAMIYATI — Matriarxat (ona urug"œi) va patriarxat (ota urug"œ) davrlari. Bunda asosiy ishlab chiqarish vositalari bo"œlgan yer, yaylov, ov qilinadigan joy va shu kabilarga qon-qardoshlik jamoasiegalik qilgan.   
VARZANA — "œAvesto"da hududiy qo`shnichilik jamoasi shunday nomlangan.
VIS — "œAvesto"da urug` jamoasi shunday deb atalgan. Avestoda yozilishicha, katta patriarxal oila — "œnmana"lar  visni tashkil etgan.
XRONOLOGIYA - zamon o"œlchovi haqidagi fan; turli-tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Aprel 2008, 19:39:02

YEVROPOID IRQI (Yevrosiyo irqi) — insoniyatning asosiy katta irqlaridan biri. Terisining tiniqligi, baland bo"œyi, uzunchoq boshi, ko"œk ko"œzi, mayin va jingalak sochlari, serjunligi (erkaklarda), oldinga turtib chiqqan ingichka burni, yupqa labi, ortognatizim (yuz va jag"œ suyaklarining oldinga turtib chiqmaganligi) va boshqa belgilari bilan ajralib turadi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Old Osiyo, Shimoliy Hindistonda tarqalgan; yevropaliklarning ko"œchib borishi natijasida Amerika, Avstraliya va Janubiy Afrikaga ham tarqalgan.       
YOZUV — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o"œrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo"œlgan (tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo"œlganiga esa 4-5 ming yillar bo"œlgan). Yozuv og"œzaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo"œshimcha aloqa vasitasi bo"œlsa-da, unga qaraganda ko"œp afzalliklarga ega. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Ayniqsa, tilning insoniyat qo"œlga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so"œz san"œati durdonalari va boshqa qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Rasm yozuv ya"œni piktografiya yozuv yaratish yo"œlidagi birinchi qadam bo"œlgan. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san"œat ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Toshlarga, suyaklarga, g"œor devorlariga o"œyib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar — bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir. Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimgi davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuv (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo"œlgan deyish mumkin. Rasmlarning soddalashuvi, ularning o"œzlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning og"œzaki til bilan doimiy bog"œlanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab beradi. Yozuv belgilari ideografik, ierogifik belgilar sifatida muayyan so"œzlarning ifodachilariga aylanadi, bu yozuv "œso"œz yozuvi" yoki "œlogografik yozuv" nomi bilan umumlashtiriladi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr ieroglifikasi, shumer mixxatlari, xitoy ieroglifikasi va b.) mil. avv. IV mingyillikning oxiridan II mingyilliklarning boshlarigacha bo"œlgan davrda shakllangan. Yozuv tizimlari dastlab Qadimgi Sharqda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo"œg"œin yozuvi bo"œlib, u mil. avv. II mingyilliklarning o"œrtalarida paydo bo"œlgan. Tildagi so"œzlar soniga qaraganda bo"œg"œinlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo"œg"œin yozuvi logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko"œradi. Harf-tovush yozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo"œlgan. Bu yo"œnalishdagi ilk yozuv finikiy yozuvidir. Finikiy alifbosining paydo bo"œlishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olg"œa qo"œyilgan qadam bo"œlgan. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon mil. avv. IX asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo"œlgan qo"œshni xalqlar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni o"œz tillariga moslashtirib olganlar. Hozirgi kunda bizga ma"œlum bo"œlgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning 4/5 qismidan ko"œprog"œi finikiy yozuvidan kelib chiqqan.
ZANTU — "œAvesto"da qabila shunday nom bilan yuritilgan.
ZARAUTSOY RASMLARI — O"œzbekiston hududidagi eng qadimgi qoyatosh rasmlari. Hisor tizmasining janubi-g"œarbida. Ko"œhitang tog"œining sharqiy yon bag"œridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy san"œatning nodir namunalari. Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100-110 km shimoli-g"œarbda. 1912-yilda I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog G. Parfyonov (1940-45), keyinchalik A. Roginskaya (rassom), A. Formozov, A. Kabirovlar tomonidan o"œrganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarida kontur va soyauslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan.  Zarautsoy rasmlarida odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarniov qilish manzarasi tasvirlangan.  Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi cho"œchqa, burama shoxli echki, hasharot va b.), turli buyumlar (o"œq-yoy, nayza, o"œroqsimon qurollar), niqoblangan odamlar va boshqa o"œziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan Zarautsoy rasmlari ibtidoiy san"œatning noyob yodgorligi sifatida yodgorliklarni muhofaza qilish "œqizil kitob"iga kiritilgan.
ZINJANTROP (ishbilarmon odam) - ilk paleolit davrida - 1,5 - 2 million yil avval yashagan avstrolipiteklar oilasining eng qadimgi vakili. Zinjantropning bosh skeletini ilk bor arxeolog Luis Liki 1959-yilda Olduvoy darasi (Tanzaniya)dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga ko"œra dastlab Homo urug"œiga kiritgan va ekspeditsiya uchun mablag"œ ajratgan Boysi sharafiga Boysi zinjantrop deb atagan. Lekin zinjantropning morfologik tuzilishi uning hatto tosh qurol ham yasashi mumkin emasligini ko"œrsatdi, shuning uchun uni Boysi janub odami (Zinjanthropus boisei) deb nomlagan. Zinjantropning bosh skeleti bo"œylab pushtacha o"œtgan, kichik oziq tishlari yirik oziq tishlariga nisbatan mayda bo"œlgan. Dag"œal o"œsimlik bilan oziqlangan. Olimlar zinjantropga «Homo habilis» -  «Ishbilarmon odam» deb nom berganlar. Chunki u eng sodda mehnat qurollarini yasay olgan, ya"œni toshni-toshga urib mehnat qila boshlagan.
ОRIN"œYAK MADANIYATI - G"œаrbiy Yevrоpаdаgi so"œnggi pаlеоlit dаvri mаdаniyati. Frаnsiyadаgi (Yuqоri Gаrоnnа dеpаrtаmеnti) Оrin"œyak (Аurignak) g"œоri nоmidаn оlingаn. Оrin"œyak madaniyatidа tаsviriy sаn"œаtning eng qаdimiy turi hаykаltаrоshlik pаydо bo"œlgаn. Оrin"œyak madaniyatining ilk dаvridа yormа tехnikа tаkоmillаshgаn. Ushbu dаvr оdаmlаri hоzirgi zаmоn оdаmi tipigа (Hоmo Sapiens) tеgishli bo"œlgаn.

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 14:48:28

Geografik nomlar

ALTAMIR G"œORI - Ispaniyadagi g"œor bo"œlib, bu yerdan so"œnggi paleolitga oid bir necha qoya suratlari topilgan.
IYERIXON — O"œlik dengizning shimoli-g"œarbida, Iordan daryosi vodiysida joylashgan shahar. Mil. avv. VII-II mingyillikda Palastindagi eng qadimiy dehqonchilik manzilgohi. Neolit va bronza davriga oid manzilgoh qoldiqlari, mustahkam qo"œsh devori bo"œlgan shahar xarobasi (mil. avv. XVIII-XVI asrlar), maqbaralar ochilgan. Mil. avv. II mingyillikning oxirlarida yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga ko"œra, Iyerixonning devorlari dushman karnaylari sadosidan ("œiyerixon karnaylari") qulab tushgan.   
JARQO"œTON — qadimgi shahar xarobasi (mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmi). Sherobod tumani (Sherobod daryo irmog"œi Bo"œstonsoy o"œzanining chap sohili)da joylashgan. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi. Jarqo"œton aholisi sug"œoma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug"œullangan. O"œzbekiston Fanlar Akedimiyasi Arxeologiya inistitutining A. Asqarov rahbarligida ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1973-yildan). Jarqo"œton (maydoni 100 ga) mudofaa devori bilan o"œralgan markaziy qo"œrg"œon, otashparastlar ibodatxonasi, qabriston (maydoni 20 ga), bir necha dahalardan iborat bo"œlgan.  Jarqo"œtonda turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritiladigan ustaxonalar, 100 dan ortiq qabrlar ochib o"œrganilgan. Jarqo"œton ashyolariga o"œxshash yodgorliklar Surxondaryo viloyatidan tashqari Janubiy Tojikiston, Turkmaniston va Shimoliy Afg"œoniston, Eron hududlarida uchraydi.

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 14:50:45

JOYTUN MADANIYATI - O"œrta Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi o"œtroq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri (mil. avv. 6-5 mingyillik). Ashxoboddan 30 km shimolda joylashgan qadimgi o"œtroq dehqonlar qishlog"œi xarobasi nomidan olingan. 1952-yildan Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan. 10 dan ortiq yodgorliklar (Chag"œillitepa, Pessejiktepa, Chopontepa, Nayzatepa, Joytun va b.)ni tekshirgan. Bu urug"œdoshlik manzilgohlarining har biri 0,5-2 ga maydonni egallagan. 3 madaniy qatlamdan iborat iborat Joytun manzilgohi (Joytun madaniyati shu nomdan olingan) to"œla o"œrganilgan. Uning maydoni 0,5 ga, yuqori qatlami 35-40 xonadan, o"œrta qatlami 29 xonadan iborat. Joytun madaniyati Kaspiy bo"œyidagi mezolit davri madaniyati asosida vujudga kelgan. U ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining jahondagi noyob obidalaridan biri.             
KAPOVAYA MAG"œORASI — Boshqiristondagi eng qadimgi davrga oid qoya rasmlar saqlanadigan manzilgoh.

Qayd etilgan


Robiya  13 Aprel 2008, 14:56:46

KO"œLBULOQ MAKONI - qаdimgi tоsh (pаlеоlit) dаvrigа tеgishli ko"œp mаdаniy qаtlаmli yodgоrlik. Ko"œlbuloq makoni Qizilоlmаsоyning Jаrsоy o"œzаni sоhiligа jоylаshgаn Ko"œlbulоq yaqinidаn (1962-yilda) tоpilgаn. Ko"œlbuloq makonini аrхеоlоgik jihаtdаn o"œrgаnish ishlаri 1963-1983 yillаrdа аrхеоlоg M. R. Qоsimоv tоmоnidаn dаvоmli, kеng ko"œlаmdа оlib bоrilgаn. Uning mаdаniy qаtlаmlаri 19 m gаchа chuqurlikdа o"œrgаnib chiqilsа-dа, qаzishmаlаr zаrаng qаtlаm (mаtеrik) gаchа yеtkаzilmаgаn. Shungа qаrаmаy, Ko"œlbuloq makoni аjdоdlаrimizning qаdimgi tоsh dаvridа bir nеchа yuz ming yillаr dаvоmidа uzluksiz yashаgаn turаr jоy mаkоni bo"œlib, u fаqаt O"œrtа Оsiyodа emаs, bаlki O"œrtа Shаrq mintаqаlаri yodgоrliklаrining yoshini аniqlаshdа nоyob tаyanch yodgоrlik hisоblаnаdi. Ko"œlbuloq makonining yuqоri qаtlаmlаri 1,5-2 m qаlinlikdа so"œnggi pаlеоlit dаvrigа оid bo"œlib, u 600 m2 mаydоndа o"œrgаnilgаn. Qаzishmа chuqurlаshgаn sаri uning mаydоni qisqаrib bоrgаn. Ko"œlbuloq makonining yaqin 11 m qаlinlikdаgi o"œrtа qаtlаmlаri must"œе dаvrigа оid bo"œlib, uning оstidаn 0,7-0,8 m qаlinlikdаgi tоzа qumli lоy qаtlаmi tоpilgаn. Uning оstidаn esа 5 m qаlinlikdаgi аshеl dаvrigа tеgishli quyi qаtlаm оchilgаn. Tаdqiqоtchilаr fikrigа qаrаgаndа, Ko"œlbuloq makonidа, аjdоdlаr hаyoti quyi paleolitning so"œnggi bоsqichidаn tо yuqоri paleolitning охirigаchа dаvоm etgаn, ya"œni Ko"œlbulоqdа hаyot bundаn rоsа 600-700 ming yil аvvаl bоshlаnib, tо mil. аvv. 40-mingyillikkаchа dаvоm etgаn. Ko"œlbuloq makonining hаr bir dаvr qаtlаmlаridаn judа bоy tоsh qurоllаr vа tеgishli hаyvоn suyaklаri tоpilgаn. Must"œе vа yuqоri pаlеоlit qаtlаmlаridаn esа o"œchоq qоldiqlаri, kuygаn hаyvоn suyaklаrining pаrchаlаri tоpilgаn. Tоsh qurоllаrgа bеrilgаn ishlоv tехnikаsigа ko"œrа, Ko"œlbulоq tоsh «industriyasi» o"œzigа хоs sifаtlаrgа egа bo"œlib, pаlеоlitshunоs mutахаssislаr ungа Ko"œlbulоq mаkоn-ustахоnаsi mаqоmini bеrgаnlаr.
LANTYAN — 1963-1964-yillarda xitoylik arxeologlar Pekin shahri yaqinidan 900 km janubi-g"œarbda, Xuanxe  sohilida joylashgan shu nomli mavzedan  sinantropga mansub makon topganlar.
LASKO — so"œnggi paleolit davriga oid qoya tosh suratlar (pеtrоgliflаr) topib o"œrganilgan Fransiyadagi g"œor.

Qayd etilgan