Zardushtiylik
Zardushtiylik dini miloddan avvalgi1-ming yillik boshlarida O‘rta Osiyo va qadimgi Eronda yuzaga kelgan dindir. Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht ismidan olingan.
Zardusht (mil. avv. taxm. 618-y. Xorazm — 554-y. Balx) Movarounnahr, Xuroson va Eron xalqlarining 1-voizi, ilohiyotchi, faylasuf, shoiridir. Zaratushtra nomi qadimgi Eron «Zarushtra» so‘zidan kelib chiqqan. «Zar»-bu oltin, «ushtra»-tuya yoki 3 xil ma’noda-«Oltintuyali», «Oltintuya egasi», «Tuyalar etaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Qadimgi pahlaviy tilida "œZardusht" so‘zi "œMagupta" deb atalgan. Pahlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "œmajus" shaklida qo‘llagan. Natijada o‘rta asrlardan beri "œZardusht" "œmajus", "œzardushtiylik" "œmajusiylik" sifatida qo‘llanib kelingan. Zardusht Spitama urug‘ining raisi Purushasp xonadonida tug‘ilgan. Onasining ismi Dugdova. Zardusht 15 yoshgacha zamonasining donishmandi Barzin Kuras qo‘lida diniy qonunlar, tabiatshunoslik, voizlik, kalomi badi’ fanlari bo‘yicha ta’lim oladi, harbiy hunarlarni o‘rganadi. 16 yoshida Turon-Eron urushida qatnashadi. O‘z qavm va qabilalarining ko‘pxudolik udumlariga qarshi harakatiga qo‘shiladi va 19 yoshida yakka tangrining kashf etish maqsadida
Sablon tog‘iga chiqib ketadi. 20 yil g‘orda yashaydi. Rivoyatlarga ko‘ra, Zardusht navro‘z kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik —"œXum" tayyorlashga kirishgan. Erta tongda u daryodan suv olish uchun qirg‘oqqa tushgan. Ko‘ziga qirg‘oqda turgan porloq xilqat-"œVohumana" ko‘rinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. U ezgu va ulug‘ xudo Axuramazda huzuriga boradi. Shu kundan boshlab Zardusht payg‘ambarga aylanadi. U bu paytda 40 yoshda bo‘lgan. Payg‘ambar forscha so‘z bo‘lib,
«savobli ishlar habarchisi» ma’nosini anglatadi. Zardusht o‘z ta’limotini Xorazmda targ‘ib qilgan. Zardusht O‘rta Osiyodagi ko‘p xudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida tarqoq qabilalarni bosqinchilarga qarshi birlashtirish zururiyatidan bu ta’limotga asos solindi. Zardusht o‘z ta’limotida qabilalarni birlashtirishga chorladi. Biroq, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar va uning ta’limotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanini tark etib, qo‘shni davlat - Eronga ketadi, u yerning shohi Gushtasp va uning donishmand vaziri Jomaspni hayrihoxligiga erishadi, ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada bu ta’limot xalqlar o‘rtasida keng tarqala borgan. Yunonistonda uni alloma-munajjim sifatida ulug‘lab, Zoroastr deb, uning ta’limotini zoroastrizm deb ataganlar.
Eron hukmdori
Gushtasp farmoniga ko‘ra, shahar va qishloqlarda yangi ibodatxonalar-otashkadalar qurila boshlanadi. Zardusht Balxda shunday qurilgan ibodatxona ochilishida ishtirok etadi va ibodat qilayotganda 77 yoshida g‘animlari ko‘pxudolik tarafdori Bratarvaxsh tomonidan o‘ldirilgan. Zardushtning
Istavatr, Uravatr, Puruchitro ismli o‘g‘illari,
Frini, Trini, Purichisto ismli qizlari bo‘lgan. Sahobalar uning ta’limotini kitobga joylab,
«Avesto», ya’ni
«qat’iy qonunlar» deb ataydilar. «Avesto» o‘n ikki ming qora mol terisiga tillo suvi bilan bitilgan.
"œAvesto" - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, shu dindagi xalqlarning shariat qonunlari majmuidir. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "œAvesto" O‘rta Osiyo, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-mingyillikni 1-yarmida vujudga kelgan. "œAvesto"da keltirilgan geografik nomlar buni tasdiqlaydi. "œAvesto"dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.