Muallif Mavzu: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...  ( 6139 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« : 16 Mart 2008, 07:30:15 »
Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan turib ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar»
(Ahzob surasi, 58).

Ya'ni, iymon ahliga hech bir gunoh-jinoyat qilmasalar-da ozor beradigan kimsalar o‘z ustlariga yolg‘on, bo‘hton va ulkan gunohni yuklab olgan bo‘ladilar.

«Ey iymon keltirganlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm, boshqa bir (mo‘min) qavmdan masxara qilib kulmasin, ehtimol (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollar ustidan masxara qilib (kulmasinlar) - ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. O‘zlaringizni (ya'ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo‘yib olmanglar. Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya'ni, mo‘min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalardir» (Hujurot surasi, 11).

Ya'ni, kimki masxaralab kulish, mazax qilish va laqab qo‘yishdan tavba qilmas ekan, ana o‘sha kimsalar o‘zlarini azobga giriftor qilganlari sababli haqiqiy zolimlardir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #1 : 16 Mart 2008, 07:30:26 »
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida Alloh nazdida eng yomon darajali kimsa - beodobligi-uyatsizligidan saqlanish maqsadida odamlar tark qilgan yoki odamlar o‘z holiga tashlab qo‘ygan kishidir» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonga musulmonning nomusi, moli va qoni haromdir. Taqvo shudir. Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir» (Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, uni tahqirlamaydi, yordamsiz tashlab qo‘ymaydi». So‘ng: «Taqvo mana bu yerdadir», deya ko‘kslariga uch marta ishora qildilar va: «Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir», dedilar (Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonni so‘kish fosiqlik, o‘ldirish esa kufrdir» (Muttafaqun alayh).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #2 : 16 Mart 2008, 07:30:35 »
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Falonchi ayol kechalari namoz o‘qib, kunduzlari ro‘za tutadi. Biroq tili yomon, qo‘shnilariga behayolik bilan ozor beradi», deyishgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Unda yaxshilik yo‘q, u do‘zaxda», dedilar (Hokim rivoyati, sahih hadis).

Boshqa bir sahih hadisda: «Mayyitlaringizning yaxshiliklarini zikr qilinglar, yomonliklaridan tilingizni tiyinglar», deyilgan (Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim bir kishini «kofir» yoki «Allohning dushmani» desa va u bunday bo‘lmasa, aytgani o‘ziga qaytib tushadi» (Muttafaqun alayh).

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Meni yuqoriga olib chiqishgach, bir qavm yonidan o‘tdim. Ularning tirnoqlari misdan bo‘lib, o‘z yuzlari va ko‘kraklarini timdalar edilar. «Ey Jabroil, ular kim?» deb so‘ragan edim, «Ular odamlarning go‘shtlarini yeydigan va nomuslariga tajovuz qiladigan kimsalardir», deya javob berdi» (Abu Dovud rivoyati).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #3 : 18 Mart 2008, 06:54:23 »
Fasl: Mo‘minlarning orasiga nifoq solishdan, shuningdek, hayvonlarni urishtirishdan ogohlantirish xususida

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Shayton arab yarim orolida o‘ziga namozxonlar ibodat qilishidan umidini uzdi. Biroq ular orasiga nifoq solishidan umidini uzgani yo‘q» (Muslim rivoyati).

Ikki odam orasiga nizo soladigan va ular o‘rtasida bir-biriga ozor beradigan gaplarni tashiydigan har kimsa shayton guruhidan bo‘lgan chaqimchidir, eng yaramas odamdir. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Sizlarga eng yomon, eng yaramaslaringiz kimlar ekanini xabar qilayinmi?! Ular chaqimchilik qilib yuruvchilar, yor-do‘stlar orasini buzuvchilardir» (Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Chaqimchilar jannatga kirmaydi» (Muttafaqun alayh).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #4 : 18 Mart 2008, 06:54:30 »
Chaqimchi - odamlar orasida, «falonchi sen haqingda undoq dedi, «falonchi bundoq qildi» kabi gaplarni tashuvchi kimsadir. Biron yomonlikdan ogohlantirish uchun yoki boshqa bir foydani ko‘zlab xabar keltirish bundan mustasno.

Jonivorlarni bir-biriga gij-gijlab urushtirish ham haromdir. Xo‘roz, qo‘chqor, it va boshqa barcha jonivorlarni urishtirishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytarganlar. Kim bu ishni qilsa, Alloh va rasuliga osiy bo‘ladi. Shuningdek, xotinni eriga, qulni xo‘jayinga qarshi qayrash ham harom.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Xotinni eriga va qulni xo‘jayiniga qarshi aldab yo‘ldan urgan kimsa bizdan emas» (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #5 : 30 Mart 2008, 08:03:46 »
Fasl: Odamlar orasini isloh etishga targ‘ib qilish xususida

«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan - agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar - hech qanday foyda yo‘qdir. Kim Alloh rizosini istab bu ishlarni qilsa, unga ulug‘ mukofot berajakmiz» (Niso surasi, 114).

Ummu Habiba roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Odam farzandining har bir kalomi o‘ziga ziyondir. Magar yaxshilikka buyurish yo yomonlikdan qaytarish yoki Allohni zikr qilish bundan mustasno» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, bir kishi Sufyon Savriyga yuqoridagi hadis haqida: «Bu hadis juda shiddatli ekanmi?!» deganida, u zot: «Alloh taoloning: «Ularning ko‘p maxfiy suhbatlarida hech qanday yaxshilik yo‘q. Magar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar orasini isloh qilishga...» degan kalomini eshitmaganmisan? Bu oyatga o‘sha hadis monanddir», deya javob berganlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #6 : 30 Mart 2008, 08:04:12 »
Hadisi sharifda aytiladiki: «Yaxshilikni oshirib yoki yaxshi gapirib odamlar orasini isloh qiladigan kishi yolg‘onchi emas» (Buxoriy rivoyati).

Ummu Gulsum aytganlar: «Uch o‘rindan tashqari odamlar gapiradigan biron narsada (yolg‘onga) ruxsat berilganini eshitmadim». Uch o‘rin - urush, odamlar orasini isloh qilish va erning xotiniga yoki xotinning eriga oilani saqlab qolish uchun gapirishida ruxsat berilgan.

Sahl ibn Sa'd Soidiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Amr ibn Avf qabilasi orasiga sovuqchilik tushgani xabari keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari hamrohligida ular orasini isloh qilish uchun yo‘lga tushdilar» (Buxoriy rivoyati).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #7 : 30 Mart 2008, 08:04:45 »
Rivoyat qilishlaricha, namozga borish, nizolashganlar orasini isloh qilish yoki musulmonlar orasida joiz qasam ichishdan ko‘ra afzalroq amal yo‘q.

Yana rivoyat qilishlaricha, kimda-kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh uning ishini isloh qiladi, gapirgan har bir so‘zi evaziga bir qul ozod qilganlik savobini beradi va u gunohlari kechirilgan holda qaytadi.

Tavfiq Allohdan. Ey Allohim, bizga lutf-marhamating ila muomala qil. Ey rahmlilarning rahmlisi, O‘zing bizni afv ayla.

Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiyning "Kaboir" (Gunohi kabiralar) kitobidan
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

otash_2004

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 13
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #8 : 23 Aprel 2008, 20:53:04 »
Assalomu alaykum. Musulmon odam birovni ogiz tuldirib suksa ayoli bilan urtasiga taloq tushadi deb eshitganman. Iltimos shu haqda fikrlaringizni bildirsangiz.
Alloh sizdan rozi bulsin!!!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #9 : 14 Sentyabr 2009, 17:38:10 »
Azizlar, yana o'tgan gaplarni qo'zg'yabdi, demanglar-ku,faqat bir-birimizning iymonlarini musaffolashtirib turish ham savob, deb o'ylagan nihatda Abdulazizning bundan ancha oldin yuqorida yozgan mavzularini diqqatingizga havola qilyabman. Bularni aslida tez tez o'qib turishimiz kerak. Bu foydali gaplar u qulog'imizdan kirib bu qulog'imizdan chiqib ketmasin, miyamizga singdirib olaylik. Eng boshda o'zimga taalluqli:)

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #10 : 14 Sentyabr 2009, 17:45:16 »
Ollohim, bizlarni bu sinov dunyoingda yuzi qoralardan bo'lib qolishdan sen saqla! Yuqoridagi oyat, hadislarni o'qib dahshatga tushmaslik mumkin emas.
Qani endi bu muborak so'zlarga diqqat etsak, Vatanimizda boshqacha manzara bo'lardi. Eng asosiysi haq-huquq masalasida yana ham diqqatli harakat etgan bo'lardik. İslomiyat dunyoga insonlarning yagona "shamchirog'i" bo'lib kelganligini keltirilgan misollardan ham angalshimiz mumkin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #11 : 14 Sentyabr 2009, 17:49:56 »
Eyy Yaratgan Egam, og'zimdan behuda gap chiqishidan sen meni qo'ri. Har bir so'zni salmog'i bilan so'zlashni menga nasib et. Musulmon bo'lib tug'ildik, Musulmon bo'lib o'lishni sen bizlarga nasib qil. Shu Ulug' Ayyom kunlaringda, Bu kunlarning qadrini bilgan qullaringning gunohlarini sen avf et, bizlarni ham ulaning haqqi hurmati affeyla...

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...
« Javob #12 : 15 Sentyabr 2009, 04:28:00 »
 :as:

Allohim ..........
haddan oshishlikdan asra..........haqqim yo'q yo''llardan yurmayin haqqim yo'q ishlarni qilmayin .........
sen yaratgan mahluqotlarga ,andalaringga ozor berishimdan saqlagin ,bilmagan bo'lsam kechir .
avvalgi ,keyingi ,yashirin va oshkor o'ngu so'ldagi gunohlarimizni mag'firat qil .....
arzimasamda
arzimasamda........

rabbim,
ey,rahmon,
biru bor,
Hay va Qayyum bo'lgan Allohim 
Jannatingga dahldorlardan merosho'rlardan ayla ,
kavsarga yetishtir ,rasuling muhabbatlariga qondir qalblarni va seni sevishlikni ,va sen sevganlar bn birga bo'lishlikni nasib ayla .
omiin.

 

Darsxona bo`limida dars kiritish va savol berish qoidalari

Muallif MaxCmdBo'lim Darsxona

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 8690
So'nggi javob 27 Sentyabr 2006, 08:33:35
muallifi MaxCmd
O'z joniga qasd qilish: nima uchun?

Muallif Shoxjahon12Bo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 10057
So'nggi javob 15 Fevral 2010, 12:36:12
muallifi Shoxjahon12
Bemorlikning fazli va unga sabr qilish haqida.

Muallif Salmoni ForsiyBo'lim Islom

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3759
So'nggi javob 26 Iyun 2012, 22:37:59
muallifi Maysara
Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 4975
So'nggi javob 12 Sentyabr 2012, 07:12:25
muallifi Mahdiyah
Forumni upgrate qilish

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 182
Ko'rilgan: 60400
So'nggi javob 26 Mart 2014, 20:25:56
muallifi AbdulAziz