Salatlar.  ( 101500 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Mashhura  15 Iyul 2008, 16:13:39

QULUPNAYLI DESERT

Masalliqlar: 400 gr. qulupnay, 250 gr. shakar, 0,5 litr smetana yoki muzqaymoq.
Tayyorlash usuli: Qulupnaylar bargidan tozalanib, chayiladi va muzlatkichga qo‘yiladi. So‘ngra ularni smetana yoki muzqaymoqqa qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Smetanaga qulupnay aralashtirilganda, albatta, shakar solish kerak bo‘ladi. Tayyor desertni sovuq holda iste’mol qilgan ma’qul.

Qayd etilgan


Mashhura  15 Iyul 2008, 16:14:54

TVOROGLI PECHENE

Masalliqlar: 200 gr. un, 250 gr. tvorog, 130 gr. shakar, 125 gr. sariyog‘, 1 ta tuxum, bir chimdim ichimlik sodasi.
Tayyorlash usuli: Yumshatilgan sariyog‘ shakar bilan aralashtiriladi, ko‘pirtirilgan tuxum solib yana aralashtiriladi. Ezilgan tvorog, un va ichimlik sodasi solib xamir qoriladi. Xamir yoyilib, turli shaklli pechenelar qirqib olinadi va gaz duxovkasida pishiriladi.

Qayd etilgan


Mashhura  15 Iyul 2008, 16:16:08

Assorti salati
 200 gr pishloq 200 gr brinza 1 tovuq oyog’i (suvda pishgan) 1 banka konservalangan makkajo’xori 2 ta svejiy bodring 1 kosa kartoshka fri (kartoshkani mayda qilib to’g’raysiz, xuddi gugurt cho’piga o’xshab, keyin 2-3 marta sovuq suvda chayib tashlab, keyin yog’da pastroq olovda pishirib olinadi) 250 gr mayonez Ta’bga ko’ra tuz.
Resept
Pishloq va brinza kvadrat shaklida to’g’raladi. Bodring va tovuq oyog’i somoncha shaklida to’g’raladi. Keyin hamma masalliqlar ketma-ketlikda aralashtirilib oxirida tuz va mayonez qo’shasiz. Tayyor bo’lgan salatni 20-30 daqiqaga muzlatgichga qo’yib qo’yamiz.

Qayd etilgan


G_u_l_i  29 Yanvar 2009, 09:13:42

Qo`ziqorinli salat.


kerakli mahsulotlar:
Qo`zirorin tuzlangan(solyoniy)
Kartoshka 3-4 dona
Sabzi 1-2 dona
Piyoz(hom) 1 dona
Kukuruz
Yashil no`xat
Tuxum 2 ta
Salat bargi 2-3 barg
mayonez
Tayyorlanishi:
Qo`zirorin,kartoshka(qaynatilgan),sabzi(qaynatilgan),tuxum(qaynatilgan) ni to`rtburchak qilib to`graymiz,piyozni,salat barglarini parrak-parrak qilib to`grab,ustiga kukuruz,yashil no`xot,mayonez,ta`bga ko`ra tuz solib aralashtiramiz.


Yo`qimli ishtaha!

Qayd etilgan


Muhseena  29 Yanvar 2009, 19:52:36

Qo`ziqorinli salat.



kerakli mahsulotlar:
Qo`zirorin tuzlangan(solyoniy)
Kartoshka 3-4 dona
Sabzi 1-2 dona
Piyoz(hom) 1 dona
Kukuruz
Yashil no`xat
Tuxum 2 ta
mayonez
Tayyorlanishi:
Qo`zirorin,kartoshka(qaynatilgan),sabzi(qaynatilgan),tuxum(qaynatilgan) ni to`rtburchak qilib to`graymiz,piyozni parrak-parrak qilib to`grab,ustiga kukuruz,yashil no`xot,mayonez,ta`bga ko`ra tuz solib aralashtiramiz.
Yo`qimli ishtaha!



Ko'rinishi zo'r,o'rtojon.Qo'lin dard ko'rmasin.

Qayd etilgan


G_u_l_i  09 Fevral 2009, 07:41:29



Ovoshnoy salat s sirom
Masalliqlar:
pomidor, salat bargi, kukuruz, sir va mayonez.
Tayyorlanishi:
Hamma masalliqlarni to`rtburchak qilib to`g`rab ustiga kukuruz, mayonez va tuz solib aralashtiramiz!
Man masalliqlarni o`lchamay ishlatdim boricha!
Yoqimli ishtaha!


Qayd etilgan


siddiqa  09 Fevral 2009, 07:51:34



Ovoshnoy salat s sirom
Masalliqlar:
pomidor, salat bargi, kukuruz, sir va mayonez.
Tayyorlanishi:
Hamma masalliqlarni to`rtburchak qilib to`g`rab ustiga kukuruz, mayonez va tuz solib aralashtiramiz!
Man masalliqlarni o`lchamay ishlatdim boricha!
Yoqimli ishtaha!


 
o'zingga o'hshab salatlaringam ajoyibaaaa!!!!

Qayd etilgan


Chustiy  21 Fevral 2009, 21:40:22

Salat bo'lsa salatda  ;D



"Греческий салат"

Qayd etilgan


Chustiy  27 Fevral 2009, 03:06:48


Qayd etilgan


Chustiy  27 Fevral 2009, 03:27:07


Бахор ойида кспроқ тановвул қилишни тавсис стиладиган салатлардан бири десак муболға қилмаган бсламиз

Qayd etilgan