VIER SALATI
Masalliqlar: 1 ta piyoz, 1 kosa qiyma, 4 ta kartoshka, 3 ta qizil sabzi, 3 ta qizil lavlagi, 3 ta bodring, 1 bog’ ukrop, 4 ta tuhum, 450 gr. mayonez va karam.
Tayyorlash: Qizil sabzi, qizil lavlagi va tuhum suvda qaynatib pishirilib olinadi. Qiyma esa piyoz bilan qovurib, pishirib olinadi. Kartoshka juda mayda somoncha shaklida to’g’rab, yog’da qovurib, pishirib olinadi. So’ng, qizil sabzi, qizil lavlagi va tuhum qirg’ichdan o’tkazib maydalanadi. Bodring va karom esa mayda somoncha shaklida to’g’raladi. Karam miqdori 1 kosa bo’lsa kifoya. Ukrop ham mayda to’g’raladi.
Yasash: Laganning (yoki ikkita taqsimchaning) o’rtasiga vaqtinchalik kichik bir idish qo’yiladi va atrofiga quyidagi ketma-ketlikda barcha masalliqlar tekis qilib solib chiqiladi: qovurilgan kartoshkaning hammasi, 1 qoshiq mayonez, karamning hammasi, ozroq tuz, 1 q. mayonez, qiymaning yarmi, 1 q. mayonez, bodringning yarmi, ukropning yarmi, ozroq tuz, 1 qoshiq mayonez, qizil sabzining hammasi, ozroq tuz, qolgan qiymaning hammasi, 1 q. mayonez, bodringning qolgan hammasi, ozroq tuz, 1 q. mayonez, tuhumning hammasi, ozroq tuz, 1 q. mayonez va nihoyat, eng ustiga qizil lavlagini solib barcha yerini yopib suvab chiqiladi. Uni yuzini mayonez yordamida bezatib, o’rtasi va chetlariga qolgan ukrop sepiladi va o’rtaga qo’yilgan idishcha olib tashlanadi.