Quyuq taomlar.  ( 28814 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Rukhiya  16 Mart 2008, 14:05:41

                                   




بسم الله الرحمن الرحيم

Assalom alaykum Hurmatli forumdoshlar bir iltimos reciptlar joylashdan boshqa ortiqcha Komentlar qoldirmanglar!

Qayd etilgan


Rukhiya  16 Mart 2008, 14:11:21

                                       
"Dimlama"






Kerak bo‘ladigan masalliqlar:

-   1 kg qo‘y go‘shti va dumba yog‘i
-   500 g kartoshka
-   500 g pomidor
-   3 dona bulg‘or qalampiri
-   200 g piyoz
-   300 g karam
-   ukrop, kashnich urug‘i , sarimsoq piyoz va tuz

Go‘sht va dumba to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Shakli tuxumdan keladigan kartoshka tanlab olinib archiladi.

Qizib turgan qozonga dumba yog‘i uni ketidan esa tuz, zira va kashnich urug‘i solinib, ketidan go‘sht bo‘laklari terib chiqiladi. Uni ustiga ham xuddi shunday ziravorlar sepiladi.
Go‘sht ustidan kartoshka terib chiqilib, unga ham ziravorlar ta’bga ko‘ra sepiladi.
Oldindan to‘g‘rab qo‘yilgan pomidor, bulg‘or qalampiri, piyoz va karam esa ularning ustidan solinib uni ustidan sarimsoq piyoz boshligicha qo‘yiladi.
Usti yopilgan qozon past olovda 1 soatcha turadi.

Tayyor taom issiq holda salat bilan dasturxonga tortiladi.

Qayd etilgan


Rukhiya  16 Mart 2008, 14:13:49

"Kabob"

                                 



Kerak bo‘ladigan masalliqlar

-   1 kg qo‘y go‘shti
-   200 g dumba yog‘i
-   tuz
-   zira
-   maydalangan kashnich urug‘i
-   1 choy qoshiq qora yoki qizil maydalangan garimdori
-   2 choy qoshiq uzum sirkasi

Qo‘y go‘shti va dumba yog‘i 10-15 g atrofida to‘rtburchaksimon qilib maydalanadi. Unga maydalab to‘g‘ralgan piyoz, tuz, kashnich urug‘i va uzum sirkasidan ta’bga ko‘ra qo‘shiladi. Ayrim hollarda bu masalliqga limon suvi yoki maydalangan kivi qo‘shiladi, bu kabobni yumshoq pishishiga sabab bo‘ladi. Bular yaxshilab aralashtirib usti yopiq idishga solib qo‘yiladi. Masalliq o‘rtacha 4 soat shu holda turadi.

Yaxshilab tuz yegan masalliq sixga 6 donadan tiqib chiqiladi. Ikkita jaz va bitta dumba ketma ketligida tiqilishi maqsadga muvofiq.

Sixga tortilgan kabob, ko‘miri yoqib qo‘yilgan quraga terib chiqiladi. Olov bir tekisda yoyib chiqilgan bo‘lishi kerak. Agar yog‘ erib ko‘mir yonib ketsa, olovni suv bilan o‘chirish kerak.
Tayyor kabob issiq holda dumaloq qilib to‘g‘ralgan piyoz bilan dasturxonga tortiladi.

Qayd etilgan


Rukhiya  16 Mart 2008, 14:14:45

                                   
"Shahona tovuq"

Masalliqlar:


 Tovuq oyoqlari.
 Mayonez, kartoshka.
 Sir va ziravorlar.
Tovuq oyoqlarini taomni tayyorlashdan 1 kun avval  yaxshilab (мариновать) qilib qo'yiladi.
tayyor bo'lgandan so'ng:
Tovuq oyoqlari ustiga yupqa qilib kesilgan sirlar bir tikkisda terib chiqiladi so'ngra mayonez  suriladi. Kartoshka 1sm qalinlikda bo'lakchalarga bo'linadi. Lestga yog' surib tovuq  oyoqlari va kartoshkalar tekkisda yerib chiqiladi. (ustma ust bo'lib qolmasin)
Maslahat:
Sir albatta mayonez ostida bo'lishi shart mayonez sirni qurib qolmasdan yumshoq ushab turadi. Qizarguncha pishirilsa mazzasi yanada shirib bo'ladi.(duxovkada200gr)pishiriladi.



      YOQIMLI ISHTAXA!

Qayd etilgan


Rukhiya  18 Mart 2008, 01:31:45

Яичнас закуска с грибами




omlett uchun:
6ta tuhum
1,5 st sut
4 qq un
tuz


konservalangan yoki oddiy qo'ziqorin 200-300 г,
piyoz 2ta
tuz murch ko'katlar.

Tayyorlanishi:

Mekserda tuhum ko'pirtiriladi,sut va tuz , un qo'shib bir hil holatga kelguncha aralashtiriladi.
Tayyor bo'lgan hamirni tovada pishirib olinadi.
So'ng tayyor bo'lgan omlelarni to'rt burchak qb kesiladi.
Quziqorin pishgunga qadar yaxshilab qaynatiladi.(homini)
Piyoz mayda qb to'g'ralib yingil qovurilib olinadi.
So'ng qo'ziqorin va piyoz birga qo'shib 5 daqiqa qovuriladi.


Kesib olingan omlettlarni tarelkaga qo'yib  ustiga qovurib olingan masalliqni solinadi..
Ukrop, kashnik yoki (свежими овос‰ами) bezash mumkin.

Qayd etilgan


Rukhiya  19 Mart 2008, 17:50:11

Азу по-татарски



Masalliqlar:

go'sht 500 gr
piyoz 1-2 dona
tuzlangan bodring  1-2 dona,
кartoshka - 6-8 dona,
chesnok - 1-2 bo'lakcha
ketchup yoki tomat  1-2 katta qoshiq
лavrobiy list
tuz
murch

Tayyorlanishi:


Go'shtni yuvib  uzun qib to'g'raladi  va qozonda yog' solib engil qovuriladi
So'ng piyozni yarim aylana shaklida to'g'rab go'sh bn qovuriladi. Piyoz yumshaguncha.



Tomat pasta va mayda qilib yoki qirg'izdan(katta tomonidan) chiqarilgan bodring  va ozgina suv yoki bulion solib   dimlanadi.



Alohida tovaga yog' solib salomka qb to'g'ralgan kartoshka qovuriladi.
Kartoshka pishay dib qolganda uni qozonga solib tuz, murch, lavroviy list va mayda to'g'ralgan chesnok qo'shiladi. So'ng ihtiyotkorlik bn barcha masalliqlarni aralashtirib to go'sh yumshoq bb pishgunga qadar dimlanadi.

Qayd etilgan


Mars  19 Mart 2008, 18:08:24

Rukhiya Rosa zo'ru ko'rinishi mehmonga chaqirsangiz bo'larkan meni.

Qayd etilgan


Rukhiya  19 Mart 2008, 18:18:56

Бефстроганов



Состав

mol go'sht 500 gr
piyoz - 2 dona
smetana - 3/4 stakan
tomat pasta yoki ketchup  - 1-2 osh qq
un 1 osh qoshiq
tuz
murch

Tayyorlanish:

Go'shtni maxsus bolgachada urib yumshatiladi. Yupqa salomka qilib to'g'raladi.

Piyoz mayda to'grab yog'da qovuriladi.
Qachonki piyoz qavurib bo'linsa unga go'sh qb tuz, murch  sepiladi  baland olovda 5-6 daqiqa aralshtirib qovuriladi.



Olovni juda past qilib so'ng 5-7 q-a dimlanadi.
So'ng g'shtga 1 qoshiq un solib yana 2-3 daqiqa qovuriladi..
Go'shta smetana solib va qaynaguncha aralashtirib turiladi. Tomat yoki ketchup solib aralashtiriladi va yana 3-4 daqiqa dimlanadi.

Bezatilishi:
Pyuriy bilan qo'shib iste'mol qilsa ham bo'ladi.
Ukrop, kashnich bn bezashilar mumkin.

Qayd etilgan


Rukhiya  20 Mart 2008, 17:38:20

Tuhum barak.




2-3 kishiga.

Masalliq:
Un
tuhum 3-4ta
tuz
murch
bir oz yog'

Hamir:
Un bilan 1ta tuhum ozgina tuz (1 qq suv) solib hamir qilinadi. Hamir tindirib qo'yiladi.

Hamir ichiga:
2-3 ta tuhumni aralashtirib  tuz,murch,(ta'bga qarab biror bir zelin) solib aralashtiriladi.

Tingan hamirni o'rtacha qalinlikda yoyib doira shaklda kisib olinadi. So'ng hamirni yarmigacha yaxshilab qo'lda yopiladi , ochiq qolgan joyidan esa ihtiyotkorlik bn tuhum quyilibdi. Hamma tarafini yaxshilab oqib ketmaydigan qilib tugiladi.
Qaynab turgan suvga tugub bo'lish bn darrov solib 5-6 daqida qaynatib olinadi.
Hamma hamirni pishirib bo'lgandan so'ng alohida tavaga yog' solib ikki tarafini yingilgina qizrtirib olinadi.
(Asli bu taom qovurilmaydi) man qovurib  qildim holos. Istaganlar qovurmasligi mumkin. Ustiga smetana solib yeyiladi agar qovurilmasa.

Taomda ta'blaringga qarab qayla tayyorlasalaring ham bo'ladi.



PS: Usmonga yuqoridagi yozuvlarni yozib berganlari uchun tashakkur!

Qayd etilgan


Rukhiya  21 Mart 2008, 00:28:41

"Sabzavotli perog"
(Iroqlar  taomi )



Nachinka:
2 ta kartoshka
1 ta yoki yarimta.bakgarskiy
1 kichik pomidor
makka(pishirilgan yoki konservalangan)
tuz
murch.
zelin.(ta'bga ko'ra)


Hamir:
Un,tuz,suv.

Tayyorlash:
-------------------------------------------------------------

-------------------------------------------------------------
Ichiga solish uchun kartoshkani qaynatib olib eziladi. So'ng pomidor, balgarskiy, makka, tuz, murch solib aralashtiriladi. Oddiy hamir qilib to'rtburchak yoyiladi va turt burchak qilib kesiladi. Masalliqlarni ichida solib tovada yoki duhovkada pishiriladi.

Qayd etilgan