Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Rukhiya xonim yaxshimisiz?
Kechirasiz ,man bu yerga recep qoldirish uchun kiruvdim.
Pazandalik faqat qizlar uchunmas,bilsayiz, yigitlar uchun ham mumkin. Restoran, kafelarda asosan to'ylarda erkaklar ovqatlar,oshlarni qilishadi bilsayiz. Shunday qilib,bu taomni nomini bilmayman,to'g'risi.
Bu vazifa sizga Rukhiya xonim. Bu taomni juda sevaman, to'g'risi/
Kerakli masalliqlar, go'sht, hohlagan go'sht,faqat haloli demoqchiman, hohlagan sabzavotalrizdan oling va ozgina ziravorlardan.Demak ketdik. man o'zimning qanday masalliqlardan qilishimni yozaman.
qozon yoki kastryulkada mumkin, eng tagiga, idish tagidan balandligi 1-3 sm bo'lgan holda,biror nima qo'ying. Masalan man taxtacha topib,yo'nib,rekachalar yasab olganman. Cho'p ham bo'ladi,shaharda bo'lsayiz 4 ta qoshiq qo'yib, so'ngra ustidan manti qasqoncha yoki biron bir tekisroq, teshik-teshik narsa ham bo'ladi, yoki muzlatgichdan setsini olavering,keyin yuvib qo'yasiz.
Keyin ozgina suv solasiz , o'sha qasqonga yetkazmasdan.
Keyin go'shtni iloji boricha yupqaroq qilib kesib oling,yaxshilab tuzlang,agar tovuq yoki kurkaniki bo'lsa kesmasangiz bo'laveradi, qasqonchaning ustiga qo'yib chiqasizda, sabzini yupqaroq qilib uzunasiga kesib, go'sht ustidan terasiz., ustidan ta'bga qarab ziravorlardan sepasiz, zira,mayin qalampir,keyin to'g'ralgan bolgar qizil,yashil qalampirlarini ozroq yoyib chiqasiz,buni har bir qavatda ham qilsayiz bo'ladi.
Olovni boshida 15 minut,suv qaynab olguncha baland qiling,keyin o'rtacha qiling.
Keyin qopqoqni jipslab yopingda, o'rtacha olvda 10 minut dimlang,
Keyin sal yumshaga go'sht va masalliqlar ustidan ozgina, bir osh qoshiqda sirka tashlaysiz,hohlasangiz limonniki., ustidan to'g'ralmagan sarimsoq bo'laklarini yoyib chiqingda bo'lsa pomidorni aylana shaklidagi bo'laklarini, yo'qsa tomatdan foydalaning bir xilda yoyib surting,ustidanozroq,50 gramlarcha oq yog'dan aylantirib solib chiqasiz, agar g'shtda yog' bolsa kerakmas.
Keyin esa asosiy ish karamni maydalab to'g'rab, hohlasayiz, barglarini bittalab eng ustidan yopib chiqing, va ustidan qizillik uchun ozgina tomatni surtib chiqasiz. Va nihoyat qozonni qopqog'ini mahkam qilib yopasizda, 50 minut dimlab pishirasiz, unutmang masalliqlar qozon yoki idish ostiga tegmasligi kerak,va har 10 minutda 50 gramdan suv solib turing.
50 mindan keyin oching va qarang, agar birorta masalliq pishib ulgurmagan bo'lsa taxminlab qayta dimlang.
Keyin bemalol har bir masalliq alohida,alohida qilib tarelkalarga ulashavering,lekin hammasini aralashtirib yubormang.Unutmang pishirishda, qozon ostiga tegmasin masalliqlar. Va har bir masalliqni qo'ygandan so'ng tuzni seping, hisobni olib.
ana shunaqa qizlar, yigitlardayam bor pazandalikka qiziqish. Receptni qoidasi bilan bo'lmasada, shundoq yozaverdim, xafa bo'lmaysiz. Olloh barchanizga halol rizqlardan nasib etsin,Ovmin Ollohu akbar.