Quyuq taomlar.  ( 37720 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Rukhiya  27 Fevral 2009, 12:03:30

 :as:
Chustiy, iltimos shularni tayyorlanishini ham yozing. Ko'pchilikga foydasi tegadi. InshAlloh..

Qayd etilgan


Zamiraxon  17 Mart 2009, 17:56:33

      Qiymali blinchik

To'rt kishilik masalliq: 250 gramm un, 3ta tuxum, 125 ml sut, tuz, bitta piyoz, bir bo'lak sarimsoq, uch osh qoshiq sariyog', 75 gramm pishloq, tuyulgan yong'oq, ko'kat, tuz, murch ta'bga ko'ra.
1. Un, tuxum, sut, tuz qo'shib yaxshilab uriladi.
2. Piyoz va sarimsoq mayda to'g'raladi. Qizib turgan sariyog'da pishiriladi. Ustidan ko'kat, tuz, murch va yong'oq solib dimlab qo'yiladi. Oxirida to'rtburchak shaklida to'g'ralgan pishloq solinadi. Pishloq biroz erigach, olovdan olinadi.
3. Blinchiklar qizigan tovada sariyog' solib pishirib olinadi.
4. Har bir blinchikka pishloqli qiyma solib rulet shaklida o'raladi va dasturxonga tortiladi.

Qayd etilgan


lolahon  18 Mart 2009, 15:58:22



         Пилав из булгура с томатами и баклажанами

1/4 стакана О.М. (оливковое масло)
2 луковицы мелкопорезанные,
2 стакана крупного булгура,
4 томата ( очистить и нарезать ),
1 ст.л. томатной пасты,
соль, перец свежемолотый,
1 ч.л. сахара,
1 ч.л. душистого перца,
1 ¾ стакана воды,
2 баклажана ( не очищая от шкурки, нарезать кубиками, обжарить)
1/2 стакана петрушки


Описание ::
Для этого блюда лучше выбрать булгур по-крупнее

В толстостенной кастрюле разогреваем масло и подрумяниваем лук. Добавляем булгур и жарим еще 2 минуты.
Добавляем томаты, томатную пасту и специи. Заливаем водой или бульоном, даем закипеть. Накрываем крышкой и варим на очень маленьком огне 20 минут ( пока не впитается жидкость ). Снимаем с огня и оставляем на 20 минут. Добавляем жареные баклажаны, петрушку. Смешиваем и подаем.
__________________


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


lolahon  18 Mart 2009, 16:09:31

Turk oshxonasi - Турецкая кухня

4 ta kotta baqlajon
4 dona qizil perec
1-2 qoshiq limon soki
2 katta qolish zaytun yog'i
3 dona kichkina pomidor
12 zaytun donalari
2 qoshiq to'gralgan kashnich
3 dona charliston garmdorisi (achchiqmas uncha)

Pereclarni va baqlajonni yuvib grillda yoki tovoqda quvirib oling. Sovuganidan keyin pereclarini tozalab, baqlajon maydaroq qilib to'grab olib limon soki va zaytun yog'ini ustiga to'kib, blenderda bitta aylantirvolasiz  turka ezgicdan o'tkazarkan.

Pamidorlarni va charston garmdorilarini kichkina to'rtburchak qilib, zaytunlarni halqa, halqa qilib to'g'rab oling. Ezgicdan chiqqan massani ustiga terib chiqing. Stolga tortayotganda ustiga kashnichni sepib torting

Qayd etilgan


Ansora  06 Dekabr 2009, 21:39:40

İzmir Ko'ftesi (İzmir kotleti)

Men 5-6 kishiga mo'l qildim. Kishi soniga qarab masalliqni ko'paytirishingiz yoki kamaytirishngiz mumkin.

Masalliqlar:

Kotleti uchun:

1. 500 gr qiyma
2. 1 dona piyoz (piyozni qirg'ichdan o'tkazasiz)
3. 1 dona tuxum
4. 1-2 siqim suvi qochgan nonni ich (yumshoq) qismi
5. tuz
6. zira
7. oz miqdorda murch
8. istakka qarab petrushka (3-4 dona)

Kotletni butun masalliqlarni chuqurroq idishga birma-bir solib yaxshilab yo'g'irasiz.
Keyin salat yog'ida pishishiga oz qolguncha qizartirib oling.

Yonidagi sabzavotlar:

1. 3-4 dona kartoshka
2. 3-4 dona bulg'or qalampiri
3. 3-4 dona pomidor

Kartoshka va bulg'or qalampirini yana pishishiga oz qolguncha yog'da qizartirib olasiz. Ezilmasligi kerak.

Pomidorni esa rasmda ko'rganingizday duxovkaga tergandan keyin joylaysiz, xom bo'lishi kerak.

Rasmda ko'rganingizday bir kotlet, bir kartoshka va bulg'or qalampiri, pomidor qilib terasiz. İstakka qarab 2-3 tish sarimsoqni mayda to'g'rab oralariga sepishingiz mumkin. 1 kosa qaynagan suvni ichiga oz miqdorda tomat solib masalliqlarni ustiga quying.

180 % oldindan isitilgan duxovkaga joylang. 40 daqiqada tayyor bo'ladi.

Yoqimli ishtaha.

İzmir kotletini rasmi" O'zimiz tayyorlagan taomlar! " mavzusining 49 chi sahifasida.




Qayd etilgan


ossiyobinti  07 Aprel 2011, 03:52:07

Assalamu alaykum!
Begodi! 1ta kichkina karami maydalab to'g'rimiza, 1ta kotta piyozniham to'g'ral olamiza. go'sht sharoitga solasiz. Man doim 1ta kartoshka to'g'rab solaman. Kopchilida eshitganimda solinmidi diyishgandi.


Oshgan hamirimizani dumaloq qilib oldim. keyin 10minut ustiga salafan yomiq qo'ysiz. Keyin bittadan olib qo'lizda yoyasiz, ustiga tayyor bolgan masaliqlarizi solamiza


keyin rasmdegide qilib tugib chiqamiza!

Qayd etilgan


ossiyobinti  07 Aprel 2011, 04:00:55

Qasqonlaga terib chiqamiza! man orasini ochiq qildim, pishvotganda ishadi, shunga kam kamdan soldim


Begodi tayyor, yoqimli ishtaha! pishgan vaqtida ola omadim buni neta oldim.


Qayd etilgan