Turkcha taomlar.  ( 58154 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Rukhiya  16 Mart 2008, 14:08:15

بسم الله الرحمن الرحيم

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2009, 15:09:19

Qisir- ta'rifi





Aslida bu taom emas, Turk ayollarini "choylari" va "kunlari" mashxur. Huddi bizni ayollarni ikki-uch qo'shni bir-birinikiga kelib, suhbatlashganizday:)

Qisirni nomini 1 chi marta eshitganimda men ham hayron bo'lgandim, keyinchalik o'rganib ham ketdim:)
Lekin ilk kundan beri mazasini juda yaxshi ko'rganman. Sizlarga ham juda yoqadi, deb ishonaman. Nordongin,a achchiqqina....İshtaha ochadigan:)

Masalliqlar:

1. 5-6 dona yashil (taze) piyoz
2. yarim bog' petrushka
3. 4 tish sarimsoq (sarimsoq og'ir keladi, deb solmadim, hoxlasangiz soling)
4. 1 dona quruq piyoz (piyoz me'damga og'ir keladi, deb faqat yashilidan soldim)
5. 1 qoshiq pomidor tomati
6. 1 qoshiq qizil bolgarskiy tomati (menda bolgarskiy tomati yo'q edi, 1.5 qoshiq pomidor tomati soldim)
7. 2 stakan qaynoq suv
8. 1 choy qoshig'i tuz
9. 2 stakan ingichka bulgur(bizda asosan Turk marketlarida bo'lardi, bug'doyni mahsus ezilgani)
10. 1 qoshiq yalpiz
11. 2 qoshiq garmdordi (achchiqni yaxshi ko'rishingizga qarab ko'p yoki oz solishingiz mumkin)
12. 1 qoshiq murch
13. 1 piyola limon suvi
14. yarim stakan salat yog'i yoki zaytun yog'i.
15. 2 dona pomidor

Tayyorlanishi:

Yashil piyozni mayda qilib tog'rang. Petrushkani, piyozni, sarimsoqni ham mayda qilib tog'rang. Hammasini bir idishga solib, ustini yopingki qurimasin.

2 qoshiq tomatni (bolgarskiy va pomidor) 1 stakan qaynoq suvni ichida eriting. Bu suvni keng va chuqorroq idishni ichiga solgan ingichka bulgurni ustiga to'king, darrov orqasidan 1 stakan qaynagan suvni ichiga 1 choy qoshig'i tuzni solib uni ham bulgurni ustiga to'king. Orada bir aralashtirib bulgurni suvini shimib olishini ta'minlang. 15- 20 daqiqa usti yopiq holda tursin.

Yuqorida tog'ragan sabzavotlarni bulgurni ustiga solib aralshatiring.

Navbati bilan limon suvi, zaytun yog'i, yalpizni solib aralashtiring. Eng ohirida mayda tog'ralgan pomidorlarni solib yaxshilab alarshtiring. Masalliqlarni alarashtirib bo'lgandan keyin tatib ko'rin, istakak qarab tuz va yog' qo'shishingiz mumkin.

Osh bo'lsin.....

Qayd etilgan


Ansora  01 Yanvar 2010, 14:34:38

"Merjimek ko'ftesi"

Chechevitsa kotletlari




Masalliqlar:

1.   1 stakan (merjimek) chechevitsa
2.   1 litr suv
3.   2 stakan inje bulgur (bug’doyni mahsus maydalangani, Turk marketlarida albatta bo’ladi)
4.   2 dona o’rta kattalikda piyoz
5.   0.5 stakan salat yoki zaytun yog’i
6.   1.5 qoshiq qizil bolgarskiy tomati
7.   1,5 choy qoshig’i murch
8.   Xohlaganingiz qadar garmdori (men 1 choy qoshig’i soldim)
9.   2 qoshiq issiq suv
10.   1.5 qoshiq pomidor tomati
11.   Yarim bog’ petrushka
12.   5-6 dona yashil piyoz
13.   2 choy qoshig’i tuz
14.   Salat yaproqlari

Tayyorlanishi:

1.   1 stakan qizil merjimekni yuvib 1 litr suv bilan birga qozonda qaynating. Qozonning qopqog’ini yopmang, darrov toshadi. Merjimekler ezilib, ozgina suvi qolguncha qaynating. (Butun suvini tortib olsa ko’ftelar quruq bo’ladi)

2.   2 stakan inje bulgurni chuqur va keng idishga soling. Ustiga ozgina suvli pishgan merjimekni solib aralashtiring. İdishni ustini yaxshilab yopib, mejimeklar shishguncha (30-45 daqiqa) kuting.

3.   Merjimekler tayyor bo’lguncha 2 dona piyozni yarim stakan yog’da qovuring. Piyozlar o’lgandan keyin ustiga tomatlarni soling. Murch, garmdorini ham aralashtiring. Ohirida 2 qoshiq qaynagan suvni tovaga solib 1-2 daqiqa qaynating.

4.   Bu qorishmani ham merjimekni ustiga soling. Butun masalliqlarni aralashtirib, idishning ustini yana yoping.

5.   Yashil piyozni yuvib mayda to’g’rang. Yarim bog’ petrushkani ham maydalab tog’rang.

6.   Chuqur idishimizdagi qorishmaga 2 choy qoshig’i tuzni aralashtirib 10 daqiqa davomida yaxshilab qoring.  To’g’ragan piyoz va petrushkani ham qorishmaga aralashtiring va yana 2 daqiqa qoring. Tayyor bo’lgan qorishmadan yong’oq kattaligida bo’laklar olib kotletga o’hshatib shakl bering.

7.   Servis tarelkangizni ostiga salat yaproqlarini solib, ustiga kotletlarni tizing.

Yoqimli ishtaha : )



Qayd etilgan


Ansora  03 Yanvar 2010, 17:41:25

A.alaykum. Bugun sizlarga Turkiyada Muharram oyida tayyorlanadigan shirinlik (taomi desak ham bo'ladi, chunki qozonda huddi ovqatday tayyorlanadi) haqida ma'lumot beraman. İsmi ASHURE Birinchi marta Ashureni 4 chi kursdaligimda bir Turk o'qituvchimizni uylarida yegandim. 10-15 talabani uylariga chaqirib bizga talaba uchun ziyofat o'rnida tushki ovqat bergandilar:) Menga Ashure juda yoqqandi, har ne qadar oldin bunday lazzat bilan qarshilashmagan bo'lsam ham hech begonasiramadim:)
Ashure Turkiyadagi ishonishlarga ko'ra Haz. Nuh Payg'ambarning to'fondan so'ngra kemasida qo'liga ilingan yeguliklarni hammasini qozonga solib tayyorlagan taomi, deb bilinadi. Muharram oyida tayyorlanishining sabablaridan biri esa Haz. Huseyin va Karbalo voqeasi bilan bog'liq.
Huddi biz Arafa kuni bir-birimizga osh tarqatganday bu yerda faqat Ashure shirinligi kichkina kosalarda tarqatiladi. 1 hafta ichida 3 qo'shnim olib keldi, men ham mazalariga baho berib o'tiribman, inshalloh eng yaqin paytda men ham tayyorlayman, hali hech pishirmadim.



Qayd etilgan


Ansora  03 Yanvar 2010, 17:43:27

Masalliqlar:

1.   3 stakan mahsus ashura bug’doyi
2.   Yarim stakan guruch
3.   Yarim stakan fasol (quritilgani)
4.   Yarim stakan no’xat
5.   ¼ stakan danaksiz mayiz
6.   5-6 dona quritilgan anjir
7.   2-3 tilim apelsin qobig’i
8.   1 qahva krujkasi gul suvi
9.   1 paket vanilin 8 gr
10.   2-3 hovuch findik yoki yong’oq mag’izi
11.   2 qoshiq Hindiston yong’og’i maydasi
12.   5-6 stakan shakar
13.   Anor, ezilgan pista

Tayyorlanishi:

1.   Oqshomdan bug’doy, fasol va no’xat tozalanib yuviladi. Ayri-ayri idishlarda ivitiladi.
2.   Bug’doy, guruch va maydalab to’g’ralgan apelsin qob’ig’i birgalikda qaynatiladi.
3.   Qozonga yaxshilab pishirilgan no’xat va fasol solinadi va bir muddat qaynatiladi.
4.   Shakar solinadi. So’ngra yuvilgan mayiz solinadi.
5.   Olovdan olmasdan 5-10 daqiqa oldin mayda to’g’ralgan anjir, gul suvi va vanilin solinadi.
6.   Kosalarga solinib, maydalangan findik, Hindiston yong’og’i va anor, ezilgan pista bilan bezaladi.




Qayd etilgan


Ansora  04 Yanvar 2010, 19:52:54




İsmaloqli kotlet

Masalliqlar:

1.    500 gr qiyma
2.   2 tilim qotgan nonning ichini ivitigandan keyin suvini siqib oling
3.   2 qoshiq zaytun yog’i
4.   1 choy qoshig’i tuz
5.   1 qoshiq qatiq
6.   1 dona tuxum

İchi uchun:

1.   1 dona piyoz
2.   500 gr ismaloq

Tayyorlanishi:

1.   İsmaloqlarni yaxshilab yuvib to’g’rang. Mayda to’g’ralgan piyoz bilan birga qovuring.
2.   Kotlet masalliqlarini aralashtirib qoring. Tuxum kattaligida parchalarga bo’lib, dumaloq shaklga keltiring va bosh barmog’ingiz bilan o’rtasini oching.
3.   Kotletning orasiga 1 choy qoshig’i ismaloqdan solib kotletni ustini yoping. Yog’langan listga kotletlarni terib 200 daraja duxovkada45 daqiqaga yaqin  pishiring.

Qayd etilgan


Ansora  04 Yanvar 2010, 20:21:15



Mitti pitsalar

Hamir masalliqlari:

1.   1 stakan qatiq
2.   1 stakan salat yog’i
3.   0.5 qoshiq tuz
4.   4-4.5 stakan un
5.   1 paket soda (8 gr)


Pitsaning usti uchun masalliqlar:

1.   100 gr kolbasa
2.   100 gr sosiska
3.   4 dona bolgarskiy (uzuni bo’lsa yana yaxshi)
4.   1 qoshiq suv
5.   0.5 qoshiq tomat
6.   1.5 stakan qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq
7.   2 dona pomidor


Tayyorlanishi:

1.   Hamir masalliqlarini aralshtirib hamirni qoring.
2.   Sosiska, kolbasa, bolgarskiy va pomidorni maydalab to’g’rang.
3.    Bu masalliqlarni 2 qoshiq suv, 0.5 qoshiq tomat va 1 stakan pishloq bilan aralashtiring.
4.   Qorgan hamiringizdan yong’oq kattaligida bo’laklar ayiring. Barmoqlaringiz bilan biroz dumaloq shaklda yoyib o’rtasini oching va masalliqdan soling. Butun hamirni masalliq bilan to’ldirgandan keyin ustiga 0.5 stakan qirilgan pishloq seping. 175 daraja oldindan isitilgan duxovkada 20-30 daqiqa pishiring.   

Qayd etilgan


Ansora  04 Yanvar 2010, 20:38:42




Rasmda ko'rganingiz taomlarni tayyorlanishi haqida ma'lumot berib borishga harakat qilaman inshalloh. Savollar bo'lsa marhamat  : )

Qayd etilgan


registan  04 Yanvar 2010, 21:05:51




Rasmda ko'rganingiz taomlarni tayyorlanishi haqida ma'lumot berib borishga harakat qilaman inshalloh. Savollar bo'lsa marhamat  : )

Manda savol bor edi, maylimi so'rasam?

Huv anavi og'zi yopiq idishning ichida nima bor?  ;D

Qayd etilgan


Ansora  04 Yanvar 2010, 21:08:12

Zaytun yog'i. Bilasiz, odatda salatlarni yog'i keyin solinadi  : )
Dasturxonda tuz, murch, garmdori, limon suvi va zaytun yog'i bo'ladi.

Har kim istakka qarab solaveradi bularni.

Qayd etilgan