ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari  ( 136044 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


maknuna  27 Iyul 2006, 08:36:29

AL-MUQADDIM
 
Yo, Muqaddim, mansab berding ho'l bo'ldi dudoqlarim,
Yo, Muqaddim, sasing tinglab, lov yondi quloqlarim,
Yo, Muqaddim, siroti mustaqiymda Seni yodlab,
Yo, Muqaddim, og'madim- tutib turdi oyoqlarim!
 
AL-MO'OHHIR
 
Nur Ka'bai mukarramim osmondir, yo, Mo'ohhir,
Madinai Munavvarim dostondir, yo, Mo'ohhir,
Tepib turar ko'kragimning ichida, yo, Mo'ohhir,
Samarqandu mo'tabarim sarsondir, yo, Mo'ohhir!
 
AL-AVVAL
 
"Yo, Avval!",  degandi bobomning bobosi,
"Yo, Avval!", otamning  qalb urish sadosi,
"Yo, Avval!",umrimning ibtido, adosi,
"Yo, Avval!", qul bor-ki, bu so'zning gadosi!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:36:37

AL-OXIR
 
Qaydan kelib yana keturmiz qayon, yo, Oxir,
Soati yetganda qilasan ayon, yo, Oxir,
Boqiylik yarashar zotingga tanho,
Avvalu Oxirdan O'zingsan shayon, yo, Oxir!
 
AZ-ZOHIR
 
Yetti mulkim o'z o'rnida, Sen mohirsan, yo, Zohir,
Tafakkurim daryosida, Sen hozirsan, yo, Zohir,
Muhabbat ne, bilmoq istagan banda, yo, Zohir,
Seni sevsin, ko'ngul Zuhra, Sen Tohirsan, yo, Zohir!
 
AL-BOTIN
 
Aql chashma, Sen tubida ko'zisan, yo, Botin,
Dilim bulbul Sen tilida so'zisan, yo, Botin,
Ruhim Sensiz yashay olmas bir lahza, yo, Botin,
Ruhim iymon, Sen ilmida O'zisan, yo, Botin!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:36:59

AL-VOLIY
 
Yo, Voliy, yoshga sihat, keksalarga umr ber,
Yo, Voliy, bohsga aql, yuraklarga sabr ber,
Yo, Voliy, g'ariblarning burda nonin oldilar,
Yo, Voliy, razolatga botganlarga jabr ber!
 
AL-MO'TAOLI
 
Shubha dilni kemiradi, yo, Mo'taoli,
Gumon elni yemiradi, yo, Mo'taoli,
Sendan qaytgan nobakorlar nobakori,
Dinsizlikdan semiradi, yo, Mo'taoli!
 
AL-BARR
 
Yaxshilikni xayru ehsoningdan oldim, yo, Barr,
Muruvvatni mehru osmoningdan oldim, yo, Barr,
Yomonlikni ma'lun shaytondan oldi kum,
Omonlikni ilmu urfoningdan oldim, yo, Barr!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:37:07

AT-TAVVOB
 
Tavba chog'i hilu hildim, yo, Tavvob,
Gunohimni aqqol bildim, yo, Tavvob,
O'zing kechir, ostonangda tiz cho'kdim,
Tavba qildim, tavba qildim, yo, Tavvob!
 
AL-MO'NTAQIYM
 
Darra azoblari ne emish, yo, Mo'ntaqiym,
Arra azoblari ne emish, yo, Mo'ntaqiym,
Boshiga kelganlar angladi, yo, Mo'ntaqiym,
Zarra azoblaring ne emish, yo, Mo'ntaqiym!
 
AL-AVFUV
 
Xo'p gunohga to'ldim man, avf etarmisan, yo, Avfuv,
Ming pushayamon bo'ldim man, avf etarmisan,
Igna yashar yuragimning ostida, zardob yig'ib, yo, Avfuv,
Oh, qiynalib o'ldim man, avf etarmisan, yo, Avfuv!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:37:17

AR-RAUF
 
Yo, Rauf, daryolar qurib bitardi dardim tegirmonida,
Yo, Rauf, qoyalar nurab ketardi dardim selimonida,
Xayriyat, Sen, bardoshdan tomirimga qon quyding,
Yo, Rauf, bilmam dunyo netardi dardimning to'fonida!
 
MOLIKUL-MULK
 
Molikul-Mulk, Sen badavlat, men molsiz,
Molikul-Mulk, Sen basavlat, men holsiz,
Molikul-Mulk, Sen ne'matingdan ulush berding,
Molikul-Mulk, Sen saxiysan, men xasis!
 
ZUL-JALOLI VAL-IKROM
 
Yo, Zul-Jaloli val-Ikrom,
Dardli borki, Sen akrom,
Og'ir kunda Senga sig'indik,
Sihat yashahs qil  in'om!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:37:29

AL-MO'QSIT
 
Sahar uyg'onaman dilimda noming, yo, Mo'qsit,
Sajdaga borganda yo'limda noming, yo, Mo'qsit,
Vaqt ila savashib keladi oqshom, yo, Mo'qsit,
Uyquga ketaman tilimda noming, yo, Mo'qsit!
 
 AL-JOMIY
 
Bor aylading osmonni, yo, Jomiy,
Bor aylading insonni, yo, Jomiy,
Osmon uchun Quyoshni, Inson uchun, yo, Jomiy,
Yor aylading Qur'onni, yo, Jomiy!
 
AL-G'ANIY
 
Yo'qdan borman-Sening ulking, yo, G'aniy,
Nafas olsam, Sening mulking, yo, G'aniy,
Kitobingni ko'zga surib, labga bosdim, yo, G'aniy,
Komil ruhim-Sening xulqing, yo, G'aniy!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:37:38

AL-MO'G'NIY
 
Kim kanbag'al, kim boydir, yo, Mo'g'niy,
Kim yulduzu kim oydir, yo, Mo'g'niy,
Farmon Sendan keladur, yo, Mo'g'niy,
Kim kamonu kim yoydir, yo, Mo'g'niy!
 
AL-MONIY
 
Murodiga yetmasa qazosi o'zidadir, yo, Moniy,
Aybi muqarrar bo'lsa jazosi O'zingdandir, yo, Moniy,
Tavbasiga tayansa, niyati sahih ekan, yo, Moniy,
Murodi hosil bo'lar, sazosi o'zidadir, yo, Moniy!
 
AD-DORR
 
Ham foniyda, ham boqiyda noring bor, yo, Door,
Ham zaminda, ham osmonda yoring bor, yo, Dorr,
Sen istasang g'azabingdan kimsa qochib qutulmas,
Ham beshikda, ham tobutda doring bor, yo, Door!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:37:46

AN-NOFI
 
Yaxshi istab, yomon bo'ldim, yo, Nofi!
Rangi-ro'yi somon bo'ldim, yo, Nofi!
Qo'llarimni ko'kka ochib, yo, Nofi!
Hukming ila omon bo'ldim,  yo, Nofi!
 
AN-NUR
 
Og'ochmidim, yona-yona kul bo'ldim, yo, Nur,
Oltinmidim, so'na-so'na pul bo'lay, yo, Nur,
Munavvar nur quchog'ida yaraldim, yo, Nur,
Inson bo'lay, Senga sodiq qul bo'lay, yo Nur!
 
AL-HODIY
 
Hidoyatsiz ko'cha-kuyda dol edim. yo. Hodi,
Qomat alif aslida bir zol edim, yo Hodi,
Lutfing ila shaytonlardan qutuldim, yo, Hodi,
Bugun inson, kecha asli loy  edim, yo, Hodi!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:37:55

AL-BADIY
 
Bir tomchidan mukammal jon yaratding, yo, Badiy,
Bir donadan nasiba-non yaratding, yo, Badiy,
Qullaringga ishonch seli yog'dirib, yo Badiy,
Har birini xalifa-xon yaratding, yo, Badiy!
 
 AL-BOQIY
 
Yomondan dog', yaxshidan bog' qoldirding, yo, Boqiy,
Guldan tikan, ummondan tog' qoldirding, yo, Boqiy,
Sen buyursang foniy baqo bo'lg'uvsi, yo, Boqiy,
Insondan nur, shaytondan zog' qoldirding, yo, Boqiy!
 
AL-VORIS
 
O'tmishim Sen, kelajagim ham O'zing, yo, Voris,
Hadaf olib yelajagim ham o'zing, yo, Voris,
Kimsa mendan hisob so'rab tolmasin, yo, Voris,
Men hisobni berajagim ham O'zing, yo, Voris!

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:38:04

AR-RASHID
 
Zamin tunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid,
Ko'zim kunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid,
Yo'l yo'qotib singanimda chil-chil bo'lib,
Qalbim xunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid!
 
AS-SABUR
 
Sabr tagi oltin, deydi bobolar, yo, Sabur,
Sabr so'ngdan oldin, deydi bobolar, yo, Sabur,
Sening sabr saltanating ummondir, yo, Sabr,
Sabr haqdin olgin, deydi bobolar, yo, Sabur!
 
AL-AHAD
 
Seni ikki, degan tilllar lol bo'lar, yo, Ahad,
Seni yo'qdir, degan ilm fol bo'lar, yo, Ahad,
Sen Vohidsan, lam yalid valam yulad,
Seni xayol degan kimsa  mol bo'lar, yo, Ahad!

ALLOH
 
Alloh, Seni sevoldim, go'zal tano kerakmas,
Alloh, Senga sig'indim, mansab mano kerakmas,
Alloh, Seni kuyladim, o'zga ma'no kerakmas,
Alloh, Senga intildim, dorulfano kerakmas

Qayd etilgan