ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari  ( 135759 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 B


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:11:13

88.  G‘aniy.
Behojat. Uning hech kimga va hech narsaga hojati tushmaydi.

89.  Mug’niy.
Behojat qiluvchi. U zot o’z bandalaridan xohlaganini behojat qilib qo’yadi.

90.  Mone’.
Man’ qiluvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:11:45

91.  Zorr.
Xohlaganiga zarar qiluvchi.

92.  Nofe’.
Manfaat beruvchi.

93.   Nur.
O’zi o’zi ila zohir bo’lgan va o’zgalarni zohir qilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:12:29

94. Hodiy.
Hidoyat qiluvchi. U zot o’z fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Ya’ni, Alloh kimni to’g’ri yo’lga hidoyat qilsa, albatta, o’z xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.

95. Badiy’.
O’xshashi yo’q narsalarni keltiruvchi.

96. Boqiy.
Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik yetmaydi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:13:05

97. Voris.
Mavjudotlar yo’q bo’lganda ham boqiy qoluvchi zot.

98. Rashiyd.
To’g’ri yo’lga irshod qiluvchi.

99. Sabur.
O’ta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

Qayd etilgan