Tort rasmlari  ( 346345 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 24 B


zuhrahon  05 Oktyabr 2009, 20:30:27

Rulet

O`zbek xalqi mehmondo`st xalq. Aynan mehmon kutish va mehmonga borishni pishiriqlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Keling bugun Rulet pishirig`i haqida to`xtalib o`tsak.

Hamiriga:
3-4 ta tuhum.
200 gr shakar



200gr un.
1 qoshiq soda
3-4 qoshiq sut.

Tayyorlanishi:
Tuhum sarig`i va oqi birgalikda yaxshilab ko`pirtiriladi. So`ng shakar solinadi hamda ya`na bir hil massa hosil bo`lguncha ko`pirtiriladi.Sutga soda solib aralashtiriladi va un bilan birga solinadi, aralashtiriladi.
(Hamir suyuqroq bo`lishi kerak)

Listga protiven qog`ozini qo`yiladi.
Hamir listga qo`yiladi, baland past bo`lib qolmasligi uchun hamir qoshiq bilan tekislab olinadi.
5, uzog`i bilan 10 daqiqa davomida pishiriladi.
Issig`ida murabbo surtib qattiq qilib o`raladi. So`ng sochiq bilan tarang qilib o` rab qo`yiladi.
Agar smetanali krem bo`lsa hamirni o`zini o`raladi, sovugandan so`ng ehtiyotkorlik bilan ochib krem surtasiz.Ya`na qaytadan o`rab qo`yasiz. Bir oz muzlatgichga qo`yiladi.

Krem:
Istagan (ta`bga qarab) murabbo suriladi.
Yoki smetana va shakar ko`pirtiriladi.



Shirin kolbasachalar
Masaliqlar:
200gr sariyog`
2ta tuhum
500 gr pecheni
1 st shakar
3 qoshiq kakao

Tayyorlanishi:
Sariyog`ni eritib olovdan olgach, ustidan shakar va kakao qo`shing. Bu aralashma sovugach ko`pirtirilgan tuhumni qo`shib qorishtiring. Boshqa bir idishga pecheniyalarni tirnoqday kattalikda maydalab chiqiladi, so`ng aralashmani pecheniyaning ustidan quyib, yaxshilab aralashtiring. Stol ustiga selofan yoki plyonka yoyib pishiriqni uning ustiga to`king xamda kolbasa shaklida o`rang. Qotish uchun bu kolbasachani 8 soat muzlatkichga qo`yasiz. Dasturxonga parrak-parrak qilib tortasiz.



[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Oktyabr 2009, 20:32:17

 Apelsin va shokoladli muss.
Kerakli masalliqlar:
3 osh qoshiq kakao kukuni, 1 choy qoshiq tez eriydigan qahva, 2 ta tuxum (oqi va sarig`I ajratib olinadi), 1 ta apelsin, 4 osh qoshiqdan apelsin sharbati va qand upasi, 250 gr. Yog`sizlantirilgan mayin tvorog, 2 choy qoshiq vanilli shakar.

Tayyorlanishi:
1. Sirli idishda tuxum sariqlari, kakao kukuni, qahva, mayda qirg`ichda qirilgan apelsin po`stining yarmi va apelsin sharbati aralashtiriladi.
2. Aralashma muntazam aralashtirilib turilgan holda to quyilgunicha past olovda qizdiriladi (qaynashgacha olib borilmaydi). So`ng olovdan olib, sovutiladi.
3. Sovutilgan aralashmaga tvorog? Vanilli shaker va qand upasi qo`shiladi. Tuxum oqlari quyuq ko`pik hosil bo`lgunigacha ko`pirtiriladi va ehtiyotkorlik bilan shokoladli aralashmaga kiritiladi.
4. Muss maxsus krem idishlariga quyiladi va 1 soatga muzlatgichga qo`yiladi. Apelsin bo`laklari bilan bezatgan holda dasturxonga tortiladi.



[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Oktyabr 2009, 20:33:38

Shirin kolbasachalar
Masaliqlar:
200gr sariyog`
2ta tuhum
500 gr pecheni
1 st shakar
3 qoshiq kakao

Tayyorlanishi:
Sariyog`ni eritib olovdan olgach, ustidan shakar va kakao qo`shing. Bu aralashma sovugach ko`pirtirilgan tuhumni qo`shib qorishtiring. Boshqa bir idishga pecheniyalarni tirnoqday kattalikda maydalab chiqiladi, so`ng aralashmani pecheniyaning ustidan quyib, yaxshilab aralashtiring. Stol ustiga selofan yoki plyonka yoyib pishiriqni uning ustiga to`king xamda kolbasa shaklida o`rang. Qotish uchun bu kolbasachani 8 soat muzlatkichga qo`yasiz. Dasturxonga parrak-parrak qilib tortasiz.




[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Oktyabr 2009, 20:43:18

Jeleli tort
Masalliqlar:
Biskvit:
-6 ta tuxum
-2 st shakar
-2 st saryog'(tuzli saryog' ishlatilsa tuz solinmaydi, tuzsiz saryog' bo'lsa 1 chimdim tuz solinadi)
-2 choy-q baking powder
-2.5 st un

Kremi:
-4 ta tuxum
-0.5 st shakar kukuni
-1 osh-q un(to'la emas)
-1 paket jele(1/4 st suvda eritib olinadi)
-1/4 st sut
-tort ustiga sepish uchun yeryong'oq maydalangani va shakar upasi
                                                                                 
Tayyorlash:
Avval kremni tayyorlaymiz. Shakar upasi bilan tuxum sarig'ini yaxshilab aralashtirib, past olovda qaynab turgan sutga solib yaxshilab aralashtirib turiladi. Un solib quyuq qaymoq holiga kelguncha aralashtirib turiladi. Suvda eritilgan jeleni solib, past olovda quyilguncha yaxshilab aralashtirib turiladi. Ko'pirtirilgan tuxum oqini solib, aralashtiramiz.
                                                                                 
                                                                               
Tuxum oqi sarig'idan ajratilib, oqini yaxshilab ko'pirtiriladi. Shakar solib, yaxshilab ko'pirtiriladi.
Sarig'ini solib, aralashtiramiz. Keyin saryogni ham solib aralashtiriladi.
 Un solib aralashtirib, biskvit xamiridan sal quyuqroq bo'ladi.
                                                                                   
                                                                                   
Xamirni to'rtga bo'lib, har birini yog'langan listda 'convention oven'da 250Cda 10 minutda pishirib olinadi. Sirop uchun 0.5 st sut bilan 1/4 shakar bilan aralashtirib olamiz, uni pishgan biskvitning ustiga suramiz.
                                                                                   
                                                                                   
                                                                                   
Sirop surilgan har bir biskvitning ustiga jeleli kremni surib, taxlab chiqamiz. Eng ustki qavatiga yeryong'oq maydalangani bilan shakar upasini aralaashtirib, sepamiz. Tortimiz tayyor.
                                                                                   
                                                                                   
           


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Noyabr 2009, 11:14:22

yastiqli tort!

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Noyabr 2009, 12:17:09

judayam yegim kelib bu tortini ko'rib shundo yonimda turdi, lekin yeye omadim. ustiga mumkinmas dib yozib qo'yilipti ;D

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Noyabr 2009, 08:05:41

Xozir tort tayyorlaydiganlarga katalog qilib bervotgandi.
Shu tortlarni rasmini (o'ziyam 300 dan oshiq) chiqargunimcha mazam qochib qoldi  :D

Sizniyam bir mazez qochsin...  ;)







Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Noyabr 2009, 08:06:16


Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Noyabr 2009, 08:06:48


Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Noyabr 2009, 08:07:21


Qayd etilgan