Turli hil nonlar recipti.  ( 37824 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Chustiy  21 Fevral 2009, 08:44:59



"Гсштли нон"

Qayd etilgan


gashira  21 Fevral 2009, 17:17:16

salom xammaga man xozirgina a'zo buldim bu forumga zur ekan manga yokdi!

Qayd etilgan


gashira  21 Fevral 2009, 17:44:54

                                                 

                                           




Kerakli masalliqlar:
2ta tuhum
7dl suv
1dl yo'g(hidsiz)
1 ch.qq shakar
1-1,5 katta qq tuz
droja,yumshoq hamirga yetarli un.



Tayyorlanishi:
Avval undan boshqa barcha masalliqlar yaxshilar aralashtiriladi.So'ng yumshoq hamir bo'lguncha un solinadi va siqqli hamir bo'lguncha aralashtiriladi(qo'lda emas!!!)
Tayyor hamirni ustida un sepib,ustini qalin sochiq bn yopib iliq joyga 1 soatcha ko'pishga qo'yiladi.





Hamir o'ziga 2 baravar ko'tariladi.


Davomi pastda





Rukhiya mana shu erdagi retseptizga 7dl suv 1dl yog' deb yozgansiz,"dl" nima degani,oldindan raxmat

Qayd etilgan


Rukhiya  21 Fevral 2009, 20:04:38

 :as:
dl=деяилитр degani. Ya'ni 100gr.

Qayd etilgan


Rukhiya  22 Mart 2009, 12:26:15

                                           
 



O'zimizning mazzali O'zbek noni,patir desa ham bo'ladi.

Kerakli masalliqlar:

  • 400ml iliq sut
  • 1ta tuhum oqi
  • 4-5 katta qoshiq smetana yoki qaymoq
  • 75 gr margarin yoki saryog'
  • 1 katta qq quruq droja
  • 1-1,5 choy qq tuz
  • keraklicha un

Ustiga

  • 1ta tuzum sarig'i
  • sedona.


Tayyorlanishi:

Sut qo'l kuymasdigan darajada isitiladi.Sutga tuz,tuxum oqi,smetana va droja solib yaxshilab bir hil massa xosil bo'lguncha aralashtiriladi. So'ng qo'lga yopishmaydigan darajada bo'lgunga qadar un solinadi. Hamirga ishlov berib iliq joyga 5 daqiqa qo'yiladi.So'ng olib yana yaxshilab silliq bo'lguncha mushtlanadi.Xuddi shu holat ya'na tarkorlanadi. 30 daqiqaga oshirgani qo'yiladi. Ko'pgandan so'ng zuvalalarga bo'lib non yasaladi.





 Yasab bo'lingandan so'ng,ustini qalinroq narsa bn yopib  15 daqiqa ya'na qo'yiladi. Ustiga tuhum sarig'i surib 200gradusda avval tagini yaxshilab qizartirib,so'ngra usti qizargunga qadar pishirib olinadi.





Qayd etilgan


Hadija  22 Mart 2009, 21:17:38

MashaAlloh, o'zingizning ijodingizdanmi?

Duxovkada pishirilsa, orqasi qotib pishmiydimi? Chunki, 1-2 marta patir non pishirgandim, qotgandi-da.

Qayd etilgan


Rukhiya  23 Mart 2009, 20:48:20

MashaAlloh, o'zingizning ijodingizdanmi?

Duxovkada pishirilsa, orqasi qotib pishmiydimi? Chunki, 1-2 marta patir non pishirgandim, qotgandi-da.

Aha,o'zim qilganman. Bilmadim nima sababdan sizi noniz qotib chiqishini. Manda ham ba'zan shunaqa bo'lar edi.Qachonki  hamir o'ta yog'li bo'lsa, yasalgandan keyin darrov duxovkaga solinsa (ya'ni yasalgandan so'ng biroz oshtirilmasa),tuzi baland bo'lsa  va past olovda duxovkada ancha qolib ketsa ham qotadi. Man bilgan sabablar shu. Qilayotganizda shularga e'tibor beringchi...
Ya'na bilmadim nega?

Qayd etilgan


Chustiy  23 Mart 2009, 23:38:21

MashaAlloh, o'zingizning ijodingizdanmi?

Duxovkada pishirilsa, orqasi qotib pishmiydimi? Chunki, 1-2 marta patir non pishirgandim, qotgandi-da.

Nonni duhovkada pishirishda ikki hil holatda non qattiq chiqadi birinchisi hamir qattiq bo'lganda, ikkinchisi duhovka harorati past bo'lganda.
Sizniki wAllohu a'lam duhovkangizni harorati past, 200 bu kam ko'rsatgich 250 dan yuqoriga qo'ying agar hushyorroq bo'lsagiz 290-300 darajaga qo'ying duhovkani uzog'i bilan 15daqiqada pishadi agar duhovkangizni par(bug') berish funciyasi bo'lsa nonni duhovkaga solgandan keyin ko'tarilib biroz qizara boshlaganda bitta par bersagiz yanada yumshoqroq chiqadi inshaAlloh.

Qayd etilgan


Ansora  24 Dekabr 2009, 02:21:36

Bitta savol bor edi. Patir nonni tandirda pishirish usuli yozilgan ekan, huddi shu retsept bilan duxovkada ham pishirsa bo'ladimi?

Yoki duxovkada yog'li patir tayyorlanishini biladiganlar bormi?

Qotib qoladimi, deb qo'rqyabman to'g'risi. Chustiy, e'tibor berishim kerak bo'lgan nuqtalarni aytvoring iltimos.

Oldindan javob uchun rahmat.

Qayd etilgan


shmuslima  25 Aprel 2010, 02:35:07

O'zim duhovkada tayyorlagan oddiy non.



Hamiriga:1kosa iliq sut,tuz,drojja,1ta tuhumni oqi,sarig'i(ustiga surish uchun,un
2kosacha unga+drojja(1 ch.q.)+tuz+tuhum oqi solib ustidan 1 kosacha iliq sut quyilib o'rtacha yumshoqlikda hamir qoriladi.Agar un kamlik qilsa yana qo'shish mumkin.
Keyin hamir usti kleyonka bilan o'rab,yana qalinroq biror narsaga o'rab qo'yiladi.2-3 soatdan keyin hamir yaxshi ko'pchiganidan so'ng hoxlagan usulingizda yasab,ustiga tuhum sarig'i surib,pishirasiz.
Man buni elektr gazli duhovkada pishirdim.Avval 400*ga quydim va faqat ustini qizdiradigan holatga quydim,hamir ishib,sal qizaradigan holga kelgandan keyin 300*ga qo'yib,faqat pastini qizdiradigan holatga qo'ydim.5 min.lardan keyin(tagi ham qizargach)yana usti qizdiradigan holga qo'ydimda qizartirguncha turdi.
Judayam shirin va yumshoq chiqdi.Va rosa tez pishdi.
Eslatma:nonni qo'lda yasadim.hech qanday tahtali juva ishlatmadim.

Qayd etilgan