Muallif Mavzu: Чой, кофе, сок, коктейль ва бошқа ичимликлар...  ( 14495 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
Bexili kvas
maxsulotlar:
5 litr sovuq suv, 1kg bexi, 1 piyola
shakar, 25 gramm quruq
xamirturush.
Tayyorlanishi: Bexini yaxshilab
yuvib mayda bo'laklarga bo'linadi.
Sirlangan idishga solib ustidan suv
quyiladi, yarim soat o'rta olovda
qaynatgach sovutiladi. So'ng
suzg'ichdan o'tkazib shisha
idishlarga quyiladi. Ustiga shakar,
xamirturush solinadi qapqoq
yopib bijg'ishi uchun 10 soat
qorong'u , issiq joyda saqlanadi.

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
Kokteyl eng mazali ichimliklardan
biridir. Bananli kokteyl qanday
tayyorlanishini bilasizmi? Bu
kokteylni qilish juda oson.
Mahsulotlarini ham xohlagan
joydan topsak bo’ladi. Banan
hamma yerda sotiladi. Hozirgi
maslahatimizda ushbu
kokteylning qanday tayyorlanishi
haqida bilib olishingiz mumkin.
Buning uchun bizga kerak bo’ladi:
• Banan 2 ta
• Shakar 4 choy qoshiq
• Sirok 1 ta
• Sut 0,5 litr
• Stakan 2 ta
Tayyorlanishi:
• 2 dona bananni po’stini olib, bir
necha bo’laklarga bo’lamiz.
• So’ng kesilgan bananlarni
blendrga solib quyuq massa
holatiga keltiramiz.
• 4 choy qoshiq shakarimizni solib
blendrda aralashtirishda davom
etamiz.
• Keyin esa sirokni ham solib
aralashtiramiz.
• Qorishmamiz quyuqlashgani
uchun unga ozgina sut solamiz.
• Shundan so’ng uni qolgan sut
bilan aralashtiramiz.
• Tayyor bo’lgan suyuqlikni
stakanlarga quyamiz.
• Agar ozgina shokolad bo’lsa, uni
qirg’ichdan o’tkazib ustiga sepib
yuborsak bo’ladi.

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
Limonad tayyorlash
Limonad yoz faslining issiq
kunlarida xush keluvchi ichimlik
hisoblanadi. Lekin har kim ham uy
sharoitida uni tayyorlay olmaydi.
Ushbu maslahatda oddiy usulda
limonad tayyorlash sirlaridan
boxabar bo'lasiz.
Masalliqlar:
• 2 osh qoshiq limon suvi
• 3 osh qoshiq shakar
• 2 stakan gazli suv
• Yarimta limon
Tayyorlanishi:
• 1 ta bokalga 2 osh qoshiq limon
suvini solamiz.
• Ustidan gazli suv quyamiz.
• Bokalga bir parra limon solamiz.
• va didingizga qarab shakar
qo’shamiz.
• Yaxshilab aralashtiramiz.
Limonadimiz tayyor!

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
Mevalardan salqin ichimliklar

1. Olmadan...
1 kg olmani sharbat siqqichdan
o'tkazib, hosil bo'lgan suviga
ta'bga ko'ra shakar, 1 litr sovuq
suv va ozroq limon kislotasi
kukuni solib qaynating. 10
daqiqadan so'ng olovdan olib,
sovuting-da, dolchin kukuni sepib,
stakanlarga quyish mumkin.

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
2. O'rikdan...

1-2 kg o'rikni sharbat siqqichdan
o'tkazib, teng miqdorda sovuq suv
bilan aralashtiring. Ta'bga ko'ra
shakar solib, 15-20 daqiqa o'rta
olovda qaynating. Tayyor
bo'lgach, idishga solib,
muzlatkichga qo'ying.

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
3. Malinadan...

1,5 kg malinani sharbat
siqqichdan o'tkazib, ta'bga ko'ra
shakar va ozroq dolchin kukuni
bilan aralashtiring. 1 litr sovuq suv
qo'shib, 15 daqiqa olovga qo'ying.
Sharbat sovugach, muz bo'laklari
bilan dasturxonga tortish
mumkin.

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
4. Qorag'at mevasidan...

2 kg qorag'at mevasini 1 kg
shakar bilan aralashtirib, 1 soatga
qoldiring. So'ng mevasini olib
sharbat siqqichdan o'tkazing.
Shakarni qo'shib, 15 daqiqaga
olovga qo'ying. Sovugach, muz
bo'laklari solib, stakanlarga
quyiladi.

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
5. Uzumdan

Keraklicha qora uzum mevasini
cho'pidan ajratib, ikki qavatli
dokaga soling. So'ng dokani tugun
shaklida yig'ib, mevalarni asta
siqing. Hosil bo'lgan sharbatga
teng miqdorda sovuq suvni
aralashtirib, ta'bga ko'ra shakar
qo'shing. 15 daqiqa olovda
qaynatib, sovugach iste'mol qilish
mumkin.

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
6. Tarvuzdan...

1 ta kichik tarvuzni ikkiga bo'lib,
po'chog'idan ajrating. Bo'laklarga
bo'lib, danaklaridan tozalang-da,
sharbat siqqichdan o'tkazing.
Hosil bo'lgan sharbatni
stakanlarga quyib, muz
bo'laklaridan qo'shing.