Piroglar va pishiriqlar.  ( 241678 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:12:29

< QORAVOY > pechen'esi.

Kerakli masaliqlar:

3 st un.
200 gm margarin.
1 st smetana.
3 oshqoshiq kakao.
0,5 choyqoshiq istemol sodasi.
2 st shakar upasi.
1 st maydalangan eryong'oq yoki
yong'oq mag'zi.
1 plitka shokolad.
2 tomchi uksus.
Tayyorlanishi:
idishga un solib margarinni
qirg'ichdan o'tkazib urvoq
tayyorlab olamiz.
Keyin kakao, soda, uksus, 1 st
shakar upasi solib xamir qoriladi.
K.n yong'oq yoki eryong'oqni solib
yana xamirga ishlov beramiz.
Xamir 10-15 daqiqa tingach,
yong'oqdan sal kattaroq qilib
zuvalachalarga bo'lib olamiz.
Shokoladni no'xotdan sal kattaroq
bo'laklarga bo'lib, zuvalacha
ichiga solib yumaloq qilib, listga
teriladi va 200 darajada 40 daqiqa
davomida pishirib olamiz va
issiqligida shakar upasiga belab
olamiz. Qoravoy tayyor.:)

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:14:50

Malinali pirog
Kerak mahsulotlar:
8 osh qoshiq un, 1 st. shakar, 250
gr. margarin, 1 ta tuxum, bir
chimdim tuz va ichimlik
sodasi.
Ustiga: 2 st. malina, 1 st.
smetana, 2 ta tuxum, 2 osh q.
shakar.
Tayyorlanishi:
Yumshoq pechenye xamiri
yog`langan tovaga yoyiladi, ustiga
malina terib chiqiladi. Qorishma
tayyorlash uchun smetana, tuxum
va shakar ko`pirtirilib, ustidan
quyiladi. Qizdirilgan gaz pechida,
o`rta olovda 20-25 minut
davomida pishiriladi.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:16:47

Uzumzor pirogi
Zarur masalliqlar:

xamiriga:
200 gr un, 100 gr
margarin, 50 gr shakar, 1 dona
tuxum, yarimta limon qirindisi va
sharbati, tuz.

ichiga solishga: 300 gr uzum, 150
gr shakar, 100 gr maydalangan
yong'oq, 50 gr pechenye uvog'i, 1
osh qoshiq kraxmal, dolchin.

Tayyorlanishi:
1. Margarinni to'rtburchak
shaklda to'g'rang. Un, margarin,
shakar, limon sharbati va
qirindisini aralashtiring. Tuz sepib,
tuxumni ham qo'shing. Xamirni
aylana shaklda yoyib, 40 daqiqaga
muzlatkichga qo'ying.
2. Uzumga shakar sepib, 20
daqiqaga qo'ying. Maydalangan
yong'oq, qolgan shakar, pechenye
uvog'i va dolchinni aralashtiring.
3. Xamirni aylana shaklda yoyib,
yog'langan qolipga soling. 180
darajada qizdirilgan gaz pechiga
qo'ying. 20 daqiqa o'tgach, pirogni
gaz pechidan olib, yong'oqli
aralashmaning yarmini va ustidan
uzumni soling. Keyin qolgan
yong'oqli aralashmani solib, yana
20 daqiqa gaz pechiga qo'ying.
Pishgach, bo'laklarga bo'lib, uzum
mevalari bilan bezatib,
dasturxonga torting.:)

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:18:00

"Limonzor" shirinligi

Zarur masalliqlar:
500 gr yog'li
tvorog, 80 gr un, 130 gr shakar,
50 gr sariyog', 2 dona tuxum, 1
chimdim tuz, yarimta limonning
sharbati va qirindisi, 1 osh qoshiq
kraxmal.
Tayyorlanishi:

1. Sariyog'ni to'rtburchak shaklda
to'g'rang. Un, 30 gr shakar va
sariyog'ni qo'shib, xamir qoring.
So'ng sellofanga o'rab, yarim soat
muzlatkichda tindiring. Gaz
pechini 200 darajagacha qizdiring.
2. Xamirni yoyib, har birining
diametri 6 sm bo'lgan 4 dona
aylanacha kesib oling. Ularni
sariyog' surtilgan qolipchalarga
soling.
3. Tuxum oqini tuz bilan
ko'pirtiring. Sarig'ini 100 gr
shakar bilan oppoq bo'lguncha
ko'pirtirib, tvorog, limon sharbati
va qirindisi hamda ko'pirtirilgan
tuxum oqini qo'shib aralashtiring.
Tayyor massani xamir ustiga
joylang. Gaz pechida 35-40 daqiqa
pishadi. Tayyor bo'lgach, pechdan
chiqarib sovuting.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:19:51

Apelsinli desert

Zarur masalliqllar:

300 gr un, 225 grdan
maydalangan bodom va sariyog',
200 gr shakar, 4 dona apelsin, 2
dona tuxum, 3 choy qoshiq
yumshatgich (razrixlitel).
Tayyorlanishi:

1. 4 ta 300 ml.lik chuqur
qolipchani yog'lang. Apelsinlarni
ustidan qaynoq suv quyib,
quriting. 2 donasini archib,
sharbatini chiqaring. Qolganini
ingichka aylana shaklida kesib,
idishlarni chetiga joylashtiring.
2. Bodom, sariyog' va shakarni
yaxshilab aralashtiring. Tuxumni
ko'pirtirib, uni ham qo'shing. Un,
yumshatgich, apelsin po'chog'i va
100 ml. apelsin sharbatini ham
solib, krem holiga kelguncha
aralashtiring.
3. Idishlarga masalliqlarni solib
200 darajada qizdirilgan gaz
pechiga yarim soatga qo'ying.
Kuymasligi uchun 20 daqiqadan
so'ng idishlarni alyumin folga
bilan yoping. Desertni yupqa
stakanlarga solib, dasturxonga
torting.

Qayd etilgan