Piroglar va pishiriqlar.  ( 290402 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Rukhiya  16 Mart 2008, 18:50:53

                                   


بسم الله الرحمن الرحيم

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  18 Mart 2008, 18:39:31

Yong`oqli pirog

Kerakli masalliqlar:

200 gr. sariyog` yoki margarin, 1 ta tuxum, 200 gr. un.

Qorishma uchun:

 6 ta tuxum, 2/3 st. shakar, 150 gr. yong`oq.

Tayyorlanishi:

Muzlatkichdan olingan margarin qirg`ichdan o`tkaziladi. Tuxum va un solib, xamir qoriladi. 1 soat muzlatgichda tindiriladi. Tingan xamirning 3/2 qismini yoyib, yog`langan patnisga joylashtiramiz. Ustiga qorishmani bir tekisda surib chiqamiz. Qolgan xamirni yupqa yoyib, tasmachalar shaklida kesib chiqamiz. Tasmachalarni qorishma ustidan katakchalar hosil qilib joylashtiramiz. Chiroyli qizarib pishishi uchun ustidan tuxum sarig`ini suramiz.
Oldindan yoqib qizitilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishiriladi. Tayyor va sovutilgan pirogni bo`lakchalarga kesib, yuziga qand upasi sepiladi.
Qorishmani tayyorlash uchun tuxum sarig`ini shakar bilan yaxshilab ko`pirtiriladi va ko`pirtirilgan tuxum oqi, maydalangan yong`oq bilan yaxshilab aralashtiriladi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  18 Mart 2008, 18:43:31

Kremli pirog

Kerakli masalliqlar:

1,5 st. un, 4 osh qoshiq shakar, 100 gr. sariyog`, 2 ta tuxum, 0,5 st. smetana, ichimlik sodasi.

Krem uchun:

1 banka (400gr.) quyultirilgan sut, 150 gr. sariyog`, 3 osh qoshiq kakao.


Tayyorlanishi:

Sariyog`, shakar, tuxum, smetana aralashmasi shakar eriguncha yaxshilab aralashtiriladi, un bilan ichimlik sodasi solib, xamir qoriladi.
Xamir beshta bo`lakchaga bo`linadi. So`ngra har biri alohida-alohida pishirib olinadi. Har bir bo`lak yuzasiga krem surib, ustma-ust joylashtiramiz. Eng ustki qismi krem va yong`oq bo`lakchalari bilan bezatiladi.
Krem uchun: quyultirilgan sut qozoncha yoki kastryulkada 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Sovigandan keyin uy haroratida yumshatilgan sariyog`ga bir qoshiqdan aralashtiriladi, so`ng kakao solib bir xil qorishma hosil bo`lguncha aralashtiriladi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  18 Mart 2008, 18:52:48

Qulupnayli pirog



Kerakli masalliqlar:

2 st. un, 1/3 st. shakar, 150 gr. sariyog` yoki margarin, 2 ta tuxum sarig`i, 2 osh q. smetana, bir chimdim tuz, 500-700 gr. qulupnay.

Biskvit xamirga:

3 ta tuxum, 1/3 st. shakar, 1/3 st. un.

Tayyorlanishi:

Shakar, tuz aralashtirilgan unga uy haroratida yumshatilgan margarin, tuxum sarig`i, smetana aralashtirib xamir qoriladi.
Xamir 2 soatga issiqroq joyga qo`yiladi. Keyin uni yog`langan gaz patnisiga yoyib, chala pishirib olinadi. Sal sovugach, yuziga tozalangan qulupnay teriladi va ustidan biskvit xamiri quyiladi.


Pirogni pishirib olib, sovigandan keyin qand upasi sepiladi.
Biskvit xamirni tayyorlash uchun tuxum sarig`ini shakar bilan aralashtirib, ustiga ko`pirtirilgan tuxum oqini qo`shamiz va un solib aralashtiramiz.

Qayd etilgan


Sakina  11 Aprel 2008, 20:06:53

"Rulet"


Hamiriga.

3-4 ta tuhum.
200gr shakar
200gr un.
1 qoshiq soda
3-4 qoshiq sut.

Tayyorlanishi:


Tuhum sarig'i va oqi birgalikda yaxshilab ko'pirtiriladi. So'ng shakar solinadi ya'na bir hil massa hosil bo'lguncha ko'pirtiriladi.Sutga soda solib aralashtiriladi va  un bilan  birga solinadi,aralashtiriladi.
(Hamir suyuqroq bo'lishi kk)







Listga противень qog'ozini qo'yiladi.
Hamir listga qo'yiladi, ham baland bast bo'lib qolmasligi uchun hamir  qoshiq bn tekislab olinadi.
5-uzog'i 10 minur davomida pishiriladi.
Issig'ida murobbo surtib qattiq qilib o'raladi.So'ng sochiq bn tarang qilib o'rab qo'yiladi.
Agar smetanali krem bo'lsa hamirni o'zini o'raladi,sovugandan sung ihtiyotkorlik bn ochib krek surtasiz.Ya'na qaytadan o'rab qo'yasiz. Bir oz holadilnikga qo'yiladi. Muzlatadigan joyiga qo'ymilar ta'g'in muzlab qoladi.  ;)




Krem:

Istagan (ta'bga qarab) murobbo suriladi.
Yoki smetana va shakar ko'pirtiriladi.







Yoqimli ishtaha!





Qayd etilgan


Hanifa  18 May 2008, 00:03:33

Assalomu alaykum!Sakina opa siz yozhan risept buyicha rulet kilirdim,juda zur chikdi,olloh rozi bulsin sizdan

Qayd etilgan


Rukhiya  27 May 2008, 19:23:50

Kärleksmums

##################################################
                                                                                                                                       
                                                                                                                                       
##################################################

Masalliqlar:
150 g saryog'
2 ta tuhum
3 dl shakar
11⁄2 dl sut
4 dl un
3 osh qq kakao
1 osh qq soda
1 osh qq vanil socker

Shokolad krem:
100 g sarog'
2 dl smetana yoki qaymoq
4 osh qq shakar
2 choy qq un
2 osh qq kakao
kokos kukuni (bo'lmasa shart emas)

Tayyorlanishi:

 
Kastrullda saryog' eritiladi.  Tuhum va shakar ko'pirtiriladi. Sut va saryog' aralashtiriladi. Un kakao, soda va vanil socker birga aralashtiriladi.  So'ng ihtiyotkorlik bn tuhumni ham qo'shamiz.  Mahsus qog'ozga hamirimizni tahminan 30X40 cm balandlikda qo'yiladi.

Pishirish: 225*, 15-20 min.

Krem:
Saryog' kastrullda eritiladi , so'ng  qaymoq, shakar, un va kakao qo'shiladi.5 daqiqa quyulguncha qaynatiladi. Tayyor pishirib olgan beskvitga surtiladi. Ustidan kakos ushoqlari sepiladi.

Taxminan 30 bo'lak bo'ladi:

Maslahatim: iste'mol qilishdan oldin, biroz krem shimgincha kutish kk. Krem qancha ko'p tursa shunchalik mazzalik bo'ladi.

Qayd etilgan


Rukhiya  06 Iyun 2008, 18:13:08

двойной пирог с шоколадом

СОСТАВ
150г шоколада, при желании 1~2 горсти изюма и орехов
ЛЕСОЧАОЕ ТЕСТО
80~100г сливочного масла, 0,5 стакана сахара, 3 желтка, 1 стакан муки
БИСКВИТАОЕ ТЕСТО
3 белка, 0,5 стакана сахара, ~2/3 стакана муки


Лесочное тесто
Масло комнатной температурс‹ растереть с сахаром.
Втереть желтки.




Добавить муку.
Должно получитьсс мсгкое, липкое, таюс‰ее в руках тесто.
Тесто вс‹ложить в форму (d=22~24см), припорошить мукой и руками разровнсть по дну и бокам.
Шоколад мелко нарезать или натереть на крупной терке.
Вс‹ложить слоем на тесто.
Лри желании в шоколаднс‹й слой можно добавить одну-две горсти крупно молотс‹х орехов или изюма.
Бисквитное тесто
Белки взбить миксером, постепенно добавлсс сахар. (Белки не должнс‹ взбитьсс до "жестких пиков", а стать льюс‰ейсс пенистой массой).
Всс‹пать муку (сначала всс‹пать 0,5 стакана муки, а потом, если получаетсс жидкас консистеняис, добавить ес‰е от 1/6 до 1/4 стакана муки).
Массу аккуратно перемешать ложкой плавнс‹ми движенисми снизу вверх.



Бисквитное тесто равномерно вс‹ложить поверх шоколада так, чтобс‹ не бс‹ло прогалин. Если бортики из песочного теста слишком вс‹сокие, загнуть их на пирог.





Лоставить в разогретую до t=180~200°C духовку на 20 минут. Духовку осторожно приоткрс‹ть, форму затснуть фольгой и оставить допекатьсс на 5~7 минут.




Qayd etilgan


Ansora  04 Iyun 2010, 01:43:32





Olmali tart yoki Elmalı turta

Masalliqlar:

Hamiri uchun:

1 paket margarin 250 gr (xona issiqligida erigan)

4 qoshiq shakar

1 paket 8 gr karbonat- pishevaya soda

Olganichalik un

Turtani ichi uchun:

3 dona olma

4 qoshiq shakar

0.5 qoshiq tarchın (O’zbekchasi nima bilmadim, İnglizchasi- Cinnamomum)

Tayyorlanishi:

Hamir masalliqlarini aralashtirib yumshoqqina hamir qoring. Hamirni ikkiga bo’lib, bir qismini muzlatgichga solib yarim soat kuting.
3 dona olmani qirg’ichdan o’tkazib, shakar va tarchinni aralashtiring. Tashqarida qolgan hamirni dumaloq duxovka idishini yog’lab idishga yoying. Ustiga qirilgan olmani suvini biroz suzib yoying. Muzlatgichdagi hamirni olib, uzun uzun qilib yoyib, olmani ustidan katakchalar shaklida terib chiqing. 180 daraja duxovkada usti qizarguncha (35-40 daqiqa) pishiring. Tart sovugandan keyin shakar pudrasi seping. Yoqimli ishtaha. 

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  05 Iyun 2010, 11:06:53


0.5 qoshiq tarchın (O’zbekchasi nima bilmadim, İnglizchasi- Cinnamomum)

:as:
Adashmasam,долчин.

Qayd etilgan