Uzumzor pirogi
Zarur masalliqlar:
xamiriga: 200 gr un, 100 gr
margarin, 50 gr shakar, 1 dona
tuxum, yarimta limon qirindisi va
sharbati, tuz.
ichiga solishga: 300 gr uzum, 150
gr shakar, 100 gr maydalangan
yong'oq, 50 gr pechenye uvog'i, 1
osh qoshiq kraxmal, dolchin.
Tayyorlanishi:1. Margarinni to'rtburchak
shaklda to'g'rang. Un, margarin,
shakar, limon sharbati va
qirindisini aralashtiring. Tuz sepib,
tuxumni ham qo'shing. Xamirni
aylana shaklda yoyib, 40 daqiqaga
muzlatkichga qo'ying.
2. Uzumga shakar sepib, 20
daqiqaga qo'ying. Maydalangan
yong'oq, qolgan shakar, pechenye
uvog'i va dolchinni aralashtiring.
3. Xamirni aylana shaklda yoyib,
yog'langan qolipga soling. 180
darajada qizdirilgan gaz pechiga
qo'ying. 20 daqiqa o'tgach, pirogni
gaz pechidan olib, yong'oqli
aralashmaning yarmini va ustidan
uzumni soling. Keyin qolgan
yong'oqli aralashmani solib, yana
20 daqiqa gaz pechiga qo'ying.
Pishgach, bo'laklarga bo'lib, uzum
mevalari bilan bezatib,
dasturxonga torting.