Mehmon (hikoya). Aldirdas Potsyus  ( 3415 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  17 Mart 2008, 13:16:42

Aldirdas POTSYUS,
Litva yozuvchisi.

MEHMON

Eshik ochilib, xonaga ko`k kamzulli bola kirib keldi. U shunday baqaloq ediki, go`yo yurib emas, dumalab kirganday bo`ldi.
— Salom, tanishib qo`yaylik, Men Rimasman. Sizlarnikiga mehmonga keldim.
Gitis xursand bo`lganidan sakrab, chapak chalib yubordi.
— Juda zo`r-ku. Mening ikkita poygachi moshinacham bor. Ke, o`ynaymiz. — mehmonga manzirat qildi Gitis.
Rimas esa o`yinchoqlarga qiyo ham boqmay xonani kuzatardi.
— Gilamlaringiz yo`qmi? — so`radi hayron bo`lib.
Gitis boshini tebratib javob berdi:
— Biz gi-lamni yoqtirmaymiz. Ular chang to`playdi.
Rimas kinoyali kulim-siradi:
— Gilam sirayam chang to`plamaydi-da, balki xonani bezaydi.
Gitis tortishib o`tirmadi. U mehmonning ketidan yurar, o`ynash uchun payt poylardi. Rimas bo`lsa biror narsa qidirganday javonni ochdi.
— Bizning javonda oltita billur qadah bor, — deb qo`ydi Rimas.
— Bizning esa yog`och qoshiqlarimiz bor. Qo`lda yasalgan. Yarmarkadan olganmiz.
Mehmon bu yaxshi yo yomonligining farqiga borolmaganligi uchun indamadi.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 13:16:51

— Biznikiga mehmonlar kelganda, ularga dasturxon tuzatamiz, — deb qoldi Rimas.
— Biz ham, — tasdiqladi Gitis.
— Unda nega meni mehmon qilma-yapsan?
— Sen katta emassan-da. Faqat katta-largina mehmon qilinadi.
— Hech-da! Kichkinalarni ham har xil shirinliklar bilan siylashadi, ular ham mehmon-da, — deya Rimas stolga yaqin bordi.
— Mayli! — Gitis oshxona tomonga chopqilladi va zumda qulupnay to`la tarelka bilan qaytdi. Qulupnaylar saralab olinganday, qip-qizil, katta-katta edi.
— Yarmini biz yeymiz, yarmini oyimga qol-diramiz, — ogohlantirdi Gitis.
Bolalar ro`parama-ro`para o`tirib olishdi. Qulupnaylar cho`g`day tovlanib, ko`zni qamashtiradi. Ikkisining ham qo`llari, xuddi bellashayotganday, idishdan og`izga, og`izdan idishga tez-tez borib kela boshladi. Hash-pash deguncha idishning tagi ko`rinib qoldi.
Gitis yeyishdan to`xtab, xo`rsindi. Rimas esa stul suyanchig`iga yaslanvolib lablarini yaladi:
— Biz mehmonga tortilgan qulupnay ustiga shakar sepamiz!
— Bo`pti, biz ham shunday qilamiz, — rozi bo`ldi Gitis.
U chopib borib, oshxonadan qanddon olib keldi. Cho`g`day qulupnaylar ustini oppoq, qorday shakar qopladi.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 13:17:02

— Bo`ldi! — deya saxiy mezbonni to`xtatdi Rimas. — Shakarning ozi yaxshi.
Yana mehmondorchilik davom etdi.
Idishda barmoq bilan sanarli qulupnay qolgandi, Rimas tumshayib oldi: unga Gitis qulupnaylarni tanlab-tanlab, katta-kattalarini yeyayotgandek tuyuldi.
— Voy-bo`, bunaqa kattalarini yema, yorilasan!
— O`zing-chi?
— Men?.. Men o`rganib qolganman! — dedi Rimas og`zi to`la qulupnay bilan.
— Men ham o`rganib qolganman, — dedi xafa bo`lganini yashirmay Gitis.
Shu payt Gitis qulupnaylarning yarmini oyisiga qoldirmoqchi bo`lganini esladi. To`g`ri, u mehmon kelib qolishini bilmagandi. Mehmonni esa ziyofat qilish kerak.
Bo`shagan idishdan qulupnayning xushbo`y hidi anqir, bolalar esa jimgina o`tirishardi.
Jimlikni Rimas buzdi:
— Biz mehmonlarimizni pishiriqlar va choy bilan siylaymiz.
— Pishiriqlar bilan? — angraydi Gitis.
So`ngra stuldan sirpanib tushdi-da, yana oshxonaga ketdi. Hammayoqni ag`dar-to`ntar qilib tashladi, biroq izlagan narsasini topa olmadi. Qaytib kelganida qo`lida bir shisha asal va ikkita qoshiqcha bor edi.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 13:18:24

Yana mehmondorchilik boshlandi.
Endi qo`llar bilan qoshiqlar ham avvalgi yo`sinda harakat qila boshladi. Asalning mazasi o`tkir ekanmi, banka yarimlaganda mehmon yutolmay qoldi.
— Men endi ketay, — qo`z-g`aldi Rimas.
Gitis o`yinchoqlarini ko`z-ko`z qilgisi kelsa-da, tag`in ularda mehmonga o`yinchoq sovg`a qilish odati bo`lsa-chi, degan o`yda Rimasni eshikkacha jimgina kuzatib qo`ydi.
Biroq ostonaga yetgach, Rimas to`xtadi. Mezbonga jiddiy tikilib dedi:
— Biz mehmonni kuzatayotganimizda, ularga esdalik uchun biror narsa sovg`a qilamiz.
"œAytmovdimmi!" cho`chib ketdi Gitis. Nahotki Rimas uning mashinachasinimi, samokatinimi olib ketsa? U boshini egganicha, indamay turaverdi. Shu payt to`satdan ko`zi Rimasning botinkasiga tushdi: loy, hammayoqda oyoq izi. Gitisning jahli chiqib ketdi.
— Biznikiga kelgan mehmonlar oyoq kiyimini almashtiradi, agar buni istamasa, biz unga latta tutqazamiz, marhamat qilib oyoq izlarini artib chiqsin, — dedi qichqirguday bo`lib.
Ko`k nimchali, bo`g`irsoq bolakay o`zining loyga bulg`angan botinkasiga qarab qo`ydi. Keyin yelkasini qisgancha, qo`lini eshik tutqichiga uzatdi.
— Mezbonlik qilishni bilmas ekansan. Senikiga boshqa kelmayman! — dedi eshikdan chiqaturib.
— Kerak emas, kelmasang kelma! — ostonadan qichqirib qoldi Gitis. — Kelmadi, deb yig`lamayman ham!
Rimas avvaliga sekin yurdi keyin tezlashdi, so`ng yugura boshladi. U yugurayotganda yum-yumaloq koptokka, haqiqiy futbol to`piga o`xshardi.

Ruschadan Farhod TOLIB tarjimasi.

Qayd etilgan