Ginnesning rekordlar kitobidan  ( 15540 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Farida  17 Mart 2008, 14:34:38

FUTBOL TARIXIDAGI ENG YIRIK HISOBLAR

1885 yilda Shotlandiya kubogida "Arbroth" va "Bon Accord" jamoalari orasidagi o‘yinda qayd etilgan hisob endi qaytarilmasa kerak. O’shanda jamoalar orasidagi hisob 36:0 bilan yakunlangandi.

Ikki terma jamoa orasidagi eng yirik hisob 1951 yilda Angliya Avstraliya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonganida 17:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda qayd qilingan. Bu kabi rekordlarning ikkinchi o‘rnini 1912 yilda Germaniya Rossiya terma jamoasi ustidan 16:0 hisobida ustunlikka erishganida qayd etilgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:35:14

ENG UZUN CHEGARA

Dunyodagi eng uzun chegara AQSh va Kanada o‘rtasidagi chiziqdir. Buyuk ko‘llar bo‘ylab o‘tgan, ammo Alyaska bilan chegarani hisobga olmaganida 6416 kilometr. Alyaska shtati bilan Kanada orasidagi chegara esa 2457 kilometrga cho‘zilgan. Shu masofani ham inobatga olinadigan bo‘lsa, AQSh va Kanada oralig‘idagi chegara 8963 kilometrga yetadi.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:35:24

TANADAGI ENG OG’IR YUK

2001 yilning 18 oktyabrida Ispaniya poytaxti Madrid shahrida Eduardo Armalo Lasaga og‘irligi 1399,8 kilogrammga teng beton plitani tanasida ko‘tarib turgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:35:47

QULOQDA KO’TARILGAN ENG OG’IR YUK

li Chjan Xua ismli kimsa bir qulog‘ida jami og‘irligi 50 kilogramm keladigan g‘ishtlarni ko‘tara olgan. G’ishtlar Lining qulog‘iga osilgan metall idishga solingandi.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:36:42

PIVO BOCHKALARINI ENG YUQORIGA OTISH

2001 yil 21 sentyabrda Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan "Rekordlar shousi"da finlyandiyalik Yuxa Rasanen pivo bochkasini 6,93 metr balandlikka irg‘itgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:37:56

PIVO BOCHKALARINI ENG YUQORIGA OTISH

2001 yil 21 sentyabrda Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan "Rekordlar shousi"da finlyandiyalik Yuxa Rasanen pivo bochkasini 6,93 metr balandlikka irg‘itgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:38:16

ENG YIRIK QIDIRUV TIZIMI

Internetdan foydalanuvchilarga juda yaxshi tanish bo‘lgan "Google" qidiruv tizimi uch milliarddan ortiq elektron sahifalarni o‘z ichiga olgan eng katta domiy yangilanib turuvchi veb-sahifalar mundarijasi hisoblanadi. Kompaniyani 1998 yil sentyabrda AQShlik Larri Peyj va Sergey Brinlar tashkil etgan. Ularning birinchi ofisi Amerikaning Kaliforniya shtatidagi Menlo-Parkdagi garaj bo‘lgan, umumiy ishchilar shtati to‘rttagina edi.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:38:36

ENG YIRIK BEPUL ELEKTRON POCHTA

Dunyodagi eng yirik bepul elektron pochta "Maykrosoft" kompaniyasining "Xotmeyl" tizimida 2003 yilning sentyabrida 200 milliondan ortiq kishi foydalangan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:38:56

INTERNETDAGI ENG KATTA JARIMA

Internetdagi huquqbuzarlik uchun solingan eng yirik miqdordagi jarima qancha, bilasizmi? Amerikadagi abortlarga qarshi "Nyurnberg fayllari" nomli sayt ochganlar va unda abortlarni amalga oshiruvchi shifokorlarning ismi-sharifi va manzili ko‘rsatilgan "Qidirilmoqda!" mazmunidagi yorliqlarni qo‘yganlar.

Sayt xo‘jayinlari 1999 yilning 3 fevralida yetkazilgan ma’naviy ziyon uchun 107,7 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘lganlar.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:39:11

FAZODAGI ILK TIRIK JONZOT TAQDIRI NIMA BO’LGAN?

1957 yil 3 noyabrida sobiq SSSRning ikkinchi sun’iy yo‘ldoshida Yer orbitasiga ko‘tarilgan Layka iti fazoga parvoz qilgan birinchi tirik jonzot edi. Layka kislorod tugagach, bo‘g‘ilib-qiynalib o‘lgan.

Faqatgina "Sputnik-5" o‘z yo‘lovchilarini Yerga tirik holda olib tushgan.

Qayd etilgan