Muallif Mavzu: Ginnesning rekordlar kitobidan  ( 13939 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #15 : 17 Mart 2008, 14:42:09 »
ENG BOY XONANDA KIM?

Qo‘shiqchilik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak Enriko Karuzoning eng ko‘p haq to‘langan xonanda bo‘lganiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Karuzoning davlati 8 million oltin markaga teng bo‘lgan. Buncha miqdordagi pulni u kontsertlarida gonorar va plastinkalar savdosidan ulush sifatida ishlab topgan.

1988 yilda Maykl Jekson "Pepsi-Kola"ning atigi to‘rttagina reklama roligida 21 million dollar ishlagan.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #16 : 17 Mart 2008, 14:42:32 »
XITOY DEVORI UZRA YUGURISH...

Buyuk Xitoy devori uzra eng uzoq muddat yugurish 80 kun davom etgan. Xitoylik Yan Genxua oyoqlariga krossovka kiyib olib kuniga 30 kilometr yugurib, jami 2400 kilometr masofani bosib o‘tgan.

Boshqa bir xitoylik chopqir o‘z vatani shimolidan janubigacha kuniga 56 kilometrdan masofani yugurib o‘tgan. Xitoylik bu marafonchi 6200 kilometrni 110 kunda bosib o‘tgan.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #17 : 17 Mart 2008, 14:42:54 »
SHAHARMISAN SHAHAR!!!

Osiyodagi eng katta megapolis shahar va dunyoning eng axolisi zich shihri sifatida Yaponiya poytaxti Tokio e’tirof etilgan. BMT ma’lumotlariga qaraganda, 2000 yil mart oyida bu joyda 26,4 million kishi istiqomat qilgan.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #18 : 17 Mart 2008, 14:43:22 »
ENG ZILZILALI YIL

1964 yil eng ko‘p yer silkinishlari qayd etilgan yil sifatida tarixga kiritilgan. Xuddi shu yilda Xitoy, Gvatemala, Indoneziya, Turkiya, Italiya, Filippin va sobiq SSSRda zilzilalar ro‘y bergan.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #19 : 17 Mart 2008, 14:43:39 »
DUNYONING ENG UZUN ILONI

Janubiy Amerikada uchraydigan anakonda odatda o‘rtacha sakkiz metr uzunlikka ega bo‘ladi. Ammo kunlarning birida uzunligi 14 metr, kesimi diametri esa 82 santimetr keladigan anakonda qo‘lga tushirilgan.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #20 : 17 Mart 2008, 14:44:04 »
ENG KATTA CHOY PAKETCHASI...

Dunyodagi eng katta choy paketchasi 2002 yil 22 iyulda "Lipton Yellou leybl" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Uning uzunligi 3,18 metr, eni 2,21 metrni, og‘irligi esa 8,9 kilogrammni tashkil etgan. Uning ichida yetti kilogramm, ya’ni 3500 chashkaga yetarli choy bo‘lgan. Ushbu ulkan choy paketchasi Pokistonning Karachi shahrida namoyish qilingan.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #21 : 17 Mart 2008, 14:44:23 »
TUYAQUSH - JIRAFA BAHSI

Ko‘hna dunyo rekordlari ham o‘ziga hosligi bilan ajralib turadi. Misol uchun eng baland qush sifatida Katta Moa aytib o‘tilgan. Dinozavrlar zamondoshi bo‘lgan bu qushning boshi hozirgi jirafalar kallasi balandligida turgan. Yuguruvchi bu qushning balandligi 4,5 metr bo‘lib, og‘irligi 250 kilogrammga yetgan. Ular bundan 2 million yil muqaddam hozirgi Yangi Zelandiya hududlarida kun kechirgan.

Farida

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 715
  • Jins: Ayol
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #22 : 17 Mart 2008, 14:44:41 »
KIMNING SOCHI QALINROQ?

Malla sochlilarning boshida o‘rtacha 140 ming soch tuki bo‘larkan. Sariq sochlilarda esa nisbatan siyrakroq, ya’ni tahminan 90 mingtagacha soch tolasi bo‘lar ekan. Qora va qo‘ng‘ir sochlilarning boshida chamasi 100 mingdan 110 mingtagacha soch tolasi bo‘ladi.

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #23 : 26 Avgust 2011, 03:30:52 »
 ;D
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 674
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Re: Ginnesning rekordlar kitobidan
« Javob #24 : 26 Avgust 2011, 03:51:45 »

ENG QATTIQ QO‘RIQLANADIGAN QAMOQXONA

Bu — AQShdagi «Supermaks» qamoqxonasidir. U Kolorado shtatining Pueblo shahri yaqinidagi o‘rmonda joylashgan. Eng zamonaviy kuzatuv moslamalari bilan to‘liq jihozlangan ushbu qamoqxonaning po‘latdan yasalgan 1400 ta eshigi bo‘lib, ularning har biri masofadan turib boshqariladi. U yerda mahbuslar sutkasiga 23 soat o‘z kameralarida yotadilar. Faqatgina 1 soat vaqt ularga tikanli sim va qo‘riqlash minoralari bilan o‘ralgan qamoqxona ichida «sayr» qilish uchun beriladi. Shunda ham ular qo‘llari kishanlangan holda, qattiq kuzatuv ostida bo‘ladilar.

Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

 

Futbol olamidagi rekordlar

Muallif RobiyaBo'lim Futbol

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 21075
So'nggi javob 15 Fevral 2008, 13:57:17
muallifi Y_U_R_I_S_T