Ginnesning rekordlar kitobidan  ( 21891 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Farida  17 Mart 2008, 14:40:08

ENG KATTA SHAXMAT TOSHI QAYSI?

Dunyodagi eng katta shaxmat donasi shvetsiyalik Mats Allans tomonidan yasalgan "qirol" ekan. Uning balandligi - 4 metr, asosining diametri - 1,4 metrni tashkil etadi.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:40:28

ENG KO’P FARZANDLI ONANING BOLALARI NECHTA?

200 yildan ziyodroq vaqt ilgari rus ayoli 27 tug‘riq bilan jami 69 farzandni dunyoga keltirgan.

U to‘rt marta to‘rttadan, yetti marta uchtadan va 16 marta ikkitadan bola tuqqan. Eng ajablanarlisi u biron marta yakka farzand ko‘rmagan.

Farzandlari soni ko‘pligi jihatidan ikkinchi o‘rinni bundan 500 yil avval dunyodan ko‘z yumgan nemis ayoli band etgan. Uning Beniggeymdagi qabrtoshida 38 nafar o‘g‘il va 15 nafar qizning onasi bo‘lgani qayd etilgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:40:46

TISHLARIMDA TORTAMAN?!

Belgiyalik polvon Valter Arfol tishlari va jag‘i nelarga qodir ekanini isbotlab qo‘ydi. U umumiy vazni 223,8 tonna keladigan relsdagi sakkizta yo‘lovchi vagonlarini 3,2 metrga tishlari bilan tortishga muvaffaq bo‘lgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:41:17

"INTERNET-KAFE"MI YOKI "INTERNET-RESTORAN"?

2000 yilning 28 noyabrida Nyu-York (Amerika Qo‘shma Shtatlari)dagi Tayms-Skverda ochilgan "Izi Evrising" internet-kafe 648 kompyuter terminallari bilan jihozlangan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:41:53

QAYSI SAYYORA TEZ AYLANADI?

Hamma sayyoralar ichida Yupiter o‘z o‘qi atrofida eng tez aylanishi aniqlangan. Yupiter yuzasidagi nuqta yer hisobi bilan soatiga 500 kilometr tezlikda harakatlanar ekan. Yupiterda sutka atigi o‘n soatcha davom etadi.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:42:09

ENG BOY XONANDA KIM?

Qo‘shiqchilik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak Enriko Karuzoning eng ko‘p haq to‘langan xonanda bo‘lganiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Karuzoning davlati 8 million oltin markaga teng bo‘lgan. Buncha miqdordagi pulni u kontsertlarida gonorar va plastinkalar savdosidan ulush sifatida ishlab topgan.

1988 yilda Maykl Jekson "Pepsi-Kola"ning atigi to‘rttagina reklama roligida 21 million dollar ishlagan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:42:32

XITOY DEVORI UZRA YUGURISH...

Buyuk Xitoy devori uzra eng uzoq muddat yugurish 80 kun davom etgan. Xitoylik Yan Genxua oyoqlariga krossovka kiyib olib kuniga 30 kilometr yugurib, jami 2400 kilometr masofani bosib o‘tgan.

Boshqa bir xitoylik chopqir o‘z vatani shimolidan janubigacha kuniga 56 kilometrdan masofani yugurib o‘tgan. Xitoylik bu marafonchi 6200 kilometrni 110 kunda bosib o‘tgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:42:54

SHAHARMISAN SHAHAR!!!

Osiyodagi eng katta megapolis shahar va dunyoning eng axolisi zich shihri sifatida Yaponiya poytaxti Tokio e’tirof etilgan. BMT ma’lumotlariga qaraganda, 2000 yil mart oyida bu joyda 26,4 million kishi istiqomat qilgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:43:22

ENG ZILZILALI YIL

1964 yil eng ko‘p yer silkinishlari qayd etilgan yil sifatida tarixga kiritilgan. Xuddi shu yilda Xitoy, Gvatemala, Indoneziya, Turkiya, Italiya, Filippin va sobiq SSSRda zilzilalar ro‘y bergan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:43:39

DUNYONING ENG UZUN ILONI

Janubiy Amerikada uchraydigan anakonda odatda o‘rtacha sakkiz metr uzunlikka ega bo‘ladi. Ammo kunlarning birida uzunligi 14 metr, kesimi diametri esa 82 santimetr keladigan anakonda qo‘lga tushirilgan.

Qayd etilgan