PSIXOLOGIK TESTLAR!  ( 37698 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Y_U_R_I_S_T  09 Aprel 2008, 12:28:10

                                     ТЕСТ â„–6  «Турмушга чиқишга тайёрмисиз?»

Ушбу тестимиз қизларга мслжалланган. Сиз бу саволларни диққат билан сқиб чиқиб, уларга берилган жавоблардан сзингизга маъқулини танланг ва сз жавобларингизни қуйида келтирилган калит ёрдамида баҳолаб чиқинг.

1.   Турмуш қурганинггиздан кейин сз касбингизни сақлаб қоласизми?

а) 1-фарзанд туғилгач, ишга қайтаман;
б) бунга астойдил ҳаракат қиламан:
в) йсқ, менинг ишим қониқтирмайди.


2.   Фарзанд ксришни хохлайсизми?

а) снг ками 2 та:
б) йсқ:
в) хсжайиним хоҳлагани учун.


3.   Давраларда турмуш сртоғингиз бошқа аёл билан қизиқаётганини сезиб қолсангиз нима қилар сдингиз?

а) бошқа кишига ёқишга ҳаракат қиламан:
б) жанжал чиқараман:
в) бу қилиғи мени ажаблантиради, лекин мен сездирмасликка ҳаракат қиламан.


4.   Сиз рашкчимисиз?

а) ҳа:
б) унчалик смас:
в) сз турмуш сртоғимга ишонаман деб сйлайман.


5.   Жанжаллашиб қолганда ким паст келади?

а) мен:
б) у:
в) бир марта у, бир марта мен.


6.   Сиз ширин таомлар пиширишни схши биласизми?

а) бундай бслиш учун сқиб олиш керак:
б) фақат бир неча таомларниги биламан.
в) пиширишни жуда-жуда севаман.


7.   Бслажак турмуш сртоғингиздан сширадиган сирларингиз борми?

а) йсқ
б) баъзан;
в) баъзи бир нарсалар борки, мен улар ҳақида айтишга усламан.


8.  Сизнинг турмуш сртоғингиз футбол ишқибози бслсачи?

а) бу қизиқишини йсқотишга ҳаракат қиламан;
б) у томошага кетганида мен сз севган машғулотим билан шуғулланаман;
в) сзим ҳам ишқибоз бслиб оламан.


9.  Ота-онангиз никоҳи қандай?

а) чидаса бсладиган;
б) аъло даражада;
в) ажрашишган.


10. Сизнингча турмуш сртоғингиз ишга шснғиб кетиши мумкинми?

а) ҳа;
б) унинг ишлари билан қизиқмайман;
в) мансаб ҳаётда унчалик керак смас.


11. «Мода» деган тушунчага Сизларда ҳар хил қарашлар бслса, Сиз нима қилган бслар сдингиз?

а) ён берар сдим;
б) рози бслар сдим;
в) қарашларини сзгартиришга ҳаракат қилар сдим;


12.«Синаш никоҳлари»га муносабатингиз қандай?

а) рози бслмас сдим;
б) бир-бирларини снада сқинроқ срганиш деб тушунаман;
в) бу ҳақда бирон нима дес олмайман.


13. Сизнингча аёл киши турмуш қуришдан олдин бошқа сркаклар билан учрашиб юрган бслса, схшими ёмонми?

а) менимча бу керак;
б) йсқ
в) вазистга қараб


14. А­рингиз бошқа аёл билан учрашаётганини билиб (сезиб) қолсангиз, кечирар сдингизми?

а) ҳа;
б) йсқ;
в) вазистга қараб.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Aprel 2008, 12:43:26

                                           Тест калити:


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Aprel 2008, 12:44:17

А­нди балларни ҳисоблаб чиқинг.

14-23 балл- Балким вақт стиши билан Сиз ҳаётга бслган нуқтаи-назарингизни, дунёқарашингизни сзгартирарсиз. Ҳозирча сизларнинг ораларингизда низолар бслиб туради, чунки Сиз сзингизнинг бслажак турмуш сртоғингизга сргана олмайсиз. Асосан сабр-тоқатли бслинг, келгусида сз турмуш сртоғингизга ён беришга одатланишга ҳаракат қилинг.

24-32 балл- Сиз учун турмушга чиқиш бироз сртароқдир. Бу борада бир оз етилишингиз лозим. Балки бу борадаги, съни сзингизнинг турмушга тайёрлигингиз борасидаги иккиланишингиз бежиз смас. Умуман никоҳ  ҳар доим ҳам ажралиш смас. Сиз турмуш сртоғингизни тушунасиз, балки ҳаётда Сизга ҳаётий тажриба, сз кучингизга ишонч етишмаётгандир. Агар сз хатти-ҳаракатларингизни назорат қилиб борсангиз, Сиздан схши турмуш сртоқ чиқишига имконистингиз бор. Кспрок сқинг, бу билимлар кспроқ Сизга куч қсшади, сзингизни касб-хунарга йсналтиринг-бу Сизнинг мустақил бслишингизга ёрдам беради.

33-47 балл- Сизга «ҳа» деган одам бахтлидир. Сизнинг никоҳингизда қора булутлар пайдо бслмайди. (Сизнинг иштирокингизда, съни сиз туфайли смас, албатта). Лекин бу Сизнинг сз қизиқишларингиздан воз кечишингизни англатмайди. Сиз жуда ақлли, фаросатли одамсиз. Бу фазилатларингиз турмуш сртоғингизнинг шахсий қизиқишларига ёрдам беради. Шунинг билан биргаликда Сиз сз мустақиллигингизга сришасиз.

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 14:58:30

Siz qaysi sohada pul topa olasiz?

Qanday mashg’ulot sizni ko’proq qiziqtiradi? Arzimas ko’ringan kichik "œhobbi"ngiz tufayli kelajakda katta mavqe’ga erishishingiz yoki suygan mashg’ulotingizga e’tibor bermay, bir umr yoqtirmagan ishingiz bilan shug’ullanib o’tishingiz mumkin. Buning oldini olish uchun quyida taklif etilayotgan mulohazalarni diqqat bilan o’qing. Ma’qul kelganini "œ+" bilan belgilang.

1. Menga spektaklni tomosha qilishdan ko’ra, unda ishtirok etish yoqadi.
2. Xonaki hayvonlar boqishni yaxshi ko’raman.
3. Hamma ishni o’zim qilgim keladi.
4. Telefonda suhbatlashish — mening sevimli ishim
5. Har qanday sharoitda ham o’z fikrimda qolishga harakat qilaman.
6. Jamoada ishlashni xush ko’raman.
7. Tabiat bilan jiddiy qiziqaman.
8. Ish kundaligimga ko’pincha rasm chiqaman
9. Mening yozuvim chiroyli
10. Kuygan chiroqni oson almashtira va tuzata olaman.
11. Atrofdagilar meni optimist deb hisoblashadi.
12. Biror narsa yasashni yaxshi ko’raman.
13. Qo’limga ilingan har qanday texnikani kavlashtirib, ichidagi temir-tersaklar qanday joylashganini bilishga qiziqaman.
14. Ish stolim yog’ tushsa yalagudek toza va tartibli turadi.
15. Ko’pincha hayol surib, tasavvurimda nimalarnidir kashf qilaman.
16. Krossvordlar yechishga yaxshigina qobiliyatim bor.
17. Devorga u — bu narsa osish uchun birovga yalinib o’tirmayman. Mix va bolg’ani o’zim ham bemalol ishlata olaman.
18. Jamoa bo’lib o’ynaladigan sport turlari ko’proq e’tiborimni tortadi.
19. Aniq fanlar — men uchun
20. Insonlarga yordam berish uchun yaralganman.
21. Menda biror muammo paydo bo’lsa, maslahat so’rashdan tortinmayman.
22. Imkon qadar mustaqil bo’lishga harakat qilaman.
23. Hech kimga tobe bo’lmay ishlashni ma’qul ko’raman.
24. Menga nafas siqadigan xonada emas, tabiat qo’ynida bo’lish ko’proq yoqadi.
25. Maktabda boshqa fanlarga qaraganda biologiyadan yaxshi o’qirdim.
26. Meni olifta deb hisoblashadi.
27. Hech kimga aytolmagan fikrlarimni kundalikka tushiraman.
28. Siyosiy arbob bo’lishni orzu qilaman.
29. Ensiklopediya o’qish — sevimli mutolaam
30. Ko’pincha atrofdagilarga maslahat beraman.


Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 14:59:22

Jadval:

L                    H                  P                 A                K

2                    1                  24                25             28

4                    26               12                 16             22

6                    15                17                 29             30

18                  11                 3                   7               5

20                  8                  19                13              14

21                  27                23                10                 9

Sizga manzur bo’lgan mulohazalarni ushbu jadvaldagi raqamlar ustidan belgilang. Har bir ustundagi belgilangan raqamlar sonini sanab chiqing. So’ng qaysi ustundagi sonlar ko’proq belgilanganiga qarab, qayerda nima bilan shug’ullanishingiz mumkinligini aniqlashingiz mumkin.


Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:00:45

L — siz odam taniy olasiz. Sershovqin davralarda bo’lishni yoqtirasiz. Yaqinlaringiz sizga telefonda yotvolib suhbatlashadigan va hech kimga gap bermaydigan inson deb ta’rif berishadi. Maktabda siz doim tashkiliy ishlar boshida turgansiz. O’shandan buyon tantanali marosimlar hayotingizda muhim o’rin egallagan. Shuning uchun hech ikkilanmay aytish mumkinki, odamlar bilan ishlash aynan siz uchun.

Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Reklama vakili, menejer, prodyuser, psixolog, vrach, o’qituvchi, jurnalist.

H — didingiz nozikligi hammaga ma’lum. Shuning uchun atrofdagilar doim sizga quloq soladi. Miyangizda misli ko’rilmagan g’oyalar g’ij-g’ij. Hamisha yangi latifa yoki qiziq hikoya aytib bera olasiz. Sizni hayol surib o’tirgan holda tez-tez uchratish mumkin, chunki haqiqiy ijodkorsiz.

Qanday kasblarni tanlashingiz mumkin? Dizayner, san’atkor, vizajist

P — biror ishni boshlashdan avval, hammasini aql tarozisida o’lchab ko’rmaguncha ko’nglingiz joyiga tushmaydi. Yo’lingizda nimaiki uchrasa, uni san’at asariga aylantirishga intilasiz. Qo’lingizga tushgan har qanday narsa g’aroyib shakl kasb etadi. Sizdagi bu ishtiyoq, ayniqsa, tabiat qo’ynida ikki karra ortadi. Shuning uchun toza havoda ko’proq bo’lishingizga imkon beradigan soha — toza havoda ko’proq bo’lishingizga imkon beradigan sohani tanlab, sehrli qo’llaringizni istagancha ishga soling.

Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Fitodizayner, kosmetolog, inter’er bo’yicha dizayner, fermer, veterinar, arxitektor, trener.

A - har qanday narsani tuzata oladigan odam sifatida mashhursiz. To’g’ri-da, necha marta qo’lingizga tushgan buyumlarni ochib ko’rib, qismlarga ajratib chiqqansiz. Qiziquvchanligingiz ajoyib burningizni har joyga suqishingizga undaydi. Bundan siz hech hijolat tortmaysiz. Chunki sizni barcha yangi va noma’lum narsalar o’ziga ohanraboday tortadi.

Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Xususiy izquvar, psixoamalitik , yurist, marketolog, ekolog, tekshiruvchi, sinovchi.

K - sizda yetakchi bo’lishga hamma narsa bor. Ehtimol, maktabda sinf sardori yoki o’quv komitetining raisi bo’lgandirsiz. Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish va tashkiliy ishlarga jalb qila olish qobiliyatingiz tufayli misli ko’rilmagan cho’qqilarni zabt etishingiz mumkin. Siz uchun eng yaxshi yo’l — rahbarlik.

Qaysi kasblarni tanlashingiz mumkin? Siyosatchi, korxona egasi, advokat, firma direktori, prezident.


Qayd etilgan


Robiya  14 Avgust 2010, 15:41:53

MANFAATLARNI QANDAY HIMOYA QILASIZ?

Har bir tirik insonning o‘z manfaatlari bor. Lekin o‘tkinchi dunyoda o‘zidan ko‘ra boshqalarning manfaatlarini himoya qiladiganlar kam uchraydi.

Siz-chi? Siz uchun kimning manfaatlari ustunroq? Quyidagi savollarga javob berib, shularni aniqlab oling.

1. Muhim uchrashuvga otlanayapsiz-u, to‘satdan yaqin dugonangiz kirib, bir tanishi bilan tezda ko‘rishmasa bo‘lmasligini, ma’lum muddatga bolalariga qarab turishingizni aytib qoldi. Siz:

a) og‘ir xo‘rsinib, rozi bo‘lasiz;

b) keskin rad javobi berasiz;

v) chiqib ketayotganingizni aytib, yaxshisi, ertaga kelishini tayinlaysiz.

2. Ilm kishisi bo‘lmish tanishingiz qaysidir majlisda chiqish qilishi uchun nutq matnini yozib berishingizni iltimos qilsa:


a) hazil aralash, evaziga dam olish kunlari "Mersedes"ini berib turishini aytasiz;

b) xursand bo‘lib, rozilik bildirasiz;

v) unga eshittirmay g‘udranib qo‘yasiz.

3. Sizga yoqqan erkak bugun restoranga taklif qila olmasligini, puli kamroq ekanini aytsa:

a) qachon boyisa o‘shanda uchrashishingizni aytib, jo‘nab qolasiz;

b) O‘zingiz uni restoranga taklif qilib, xarajatlarni to‘laysiz;

v) uni no‘noqlikda ayblaysiz.

4. Boshlig‘ingiz ishdan keyin qolib, qo‘shimcha ish olishingizni so‘rasa:

a) hamkasb dugonangizdan boshqa xonadan turib, boshliqqa: "Xolasi kasal ekan, kasalxonaga ketdi", deb qo‘yishini so‘raysiz;

b) indamay rozi bo‘lasiz;

v) boshliqni mehnat qonunlarini buzayotganlikda ayblaysiz.

5. Bolalikda siz quyidagi qahramonga o‘xshashni istardingiz:

a) Zolushka;

b) Qizil Shapkacha;

v) Qor malikasi.

6. Dugonalaringizdan biri kutilmaganda sizdan o‘zini olib qocha boshlasa:


a) qattiq qayg‘uga botasiz va nima qilib bo‘lmasin, qaytadan uning e’tiborini tortishga intilasiz;

b) unga ichingizdagi bor gaplarni aytib-aytib olasiz;

v) siz ham undan voz kechasiz va o‘sha dugonasiz ham hayotda bemalol yashash mumkin, deya hisoblaysiz.

7. Eringiz sizni o‘zingizga umuman yoqmaydigan ziyofatga olib bormoqchi:

a) bugun yolg‘iz qolmoqchi ekaningizni aytib, taklifini rad etasiz;

b) rozi bo‘lasiz va u bilan birga borasiz;

v) do‘st tanlashda umuman didi yo‘qligini yuziga solasiz. U ham bormasligini, siz bilan birga bo‘lishini talab qilasiz.

8. Dugonalaringiz sizni sayohatga taklif etishsa:

a) ular bilan bajonidil birga bo‘lasiz;

b) hozir borgingiz kelmayotganini, sayohatni orqaga surib turishlarini so‘raysiz;

v) takliflarni zarda aralash rad etasiz.

9. Eringiz siz yoqtirgan ovqatni xush ko‘rmasa:


a) shu ovqatdan bir umrga voz kechasiz;

b) aynan shu ovqatni tez-tez tayyorlaysiz. Eringiz ko‘nikib ketmaguncha to‘xtamaysiz;

v) bu ovqatni faqat o‘zingiz uchun tayyorlaydigan bo‘lasiz.

10. Uydagilar yoki dugonalaringiz bilan orangizda janjallar kelib chiqsa:

a) albatta, o‘zingizni ayblaysiz;

b) ularni ayblaysiz;

v) hech kimni ayblamaysiz.

11. Do‘konda to‘satdan sotuvchi sizni haqorat qildi:


a) indamaysiz, chidaysiz;

b) uning ishi ham oson emasligini aytib, uni tinchlantirasiz;

v) xuddi shunday haqorat bilan javob qaytarasiz.

12. Ishga joylashayotib:

a) maosh qanchaligini ochiqchasiga surishtira olmasdingiz;

b) boshliq bilan savdolashardingiz;

v) qulay sharoit yaratib berishlarini oshkora talab qilardingiz.

NATIJALAR:

Agar siz 1a, 2b, 3b, 4b, 5a, 6a, 7b, 8a, 9a, 10a, 11a, 12a javoblarni tanlagan bo‘lsangiz, har biriga 2 balldan, 1v, 2a, 3a, 4a, 5b, 6v, 7a, 8b, 9v, 10v, 11b, 12v javoblarning har biri uchun 1 balldan hisobingizga yozib qo‘ying.

16 va undan ortiq ball. Sizning atrofdagilar bilan munosabatlardagi shioringiz: "Men o‘z manfaatlarimdan voz kechib, sizlarning manfaatlaringizni himoya etaman". Sizdan boshqalar o‘z maqsadlari yo‘lida osongina foydalana bilishadi.

9-15 ball.
Siz, avvalo, o‘z manfaatingiz, undan so‘ng boshqalar manfaatini himoya etasiz. O‘zingizdan qaysidir maqsad yo‘lida foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaysiz.

9 va undan kam ball. Sizni o‘zingizdan boshqa hech kim qiziqtirmaydi. Siz bilan til topishish juda mushkul.

Qayd etilgan