Muallif Mavzu: O;zbek adabiyotida katta yoqotish  ( 6817 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

gayrat17

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 69
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 388
  • Jins: Erkak
O;zbek adabiyotida katta yoqotish
« : 11 Dekabr 2007, 15:58:09 »

O‘zbek adabiyoti va madaniyati og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli adib va dramaturg Said Ahmad shu yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.
Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920 yili Toshkent shahrida tavallud topdi. 1937 yili o‘rta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U o‘z mehnat faoliyatini “Mushtum” jurnalida boshladi, so‘ng respublika radiosida, markaziy gazeta va jurnallar tahririyatlarida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qildi. 1962 yildan asosan ijod bilan shug‘ullanib, o‘zbek adabiyoti xazinasidan munosib o‘rin olgan ko‘plab yetuk asarlar yaratdi.

Adibning “Tortiq” nomli dastlabki hikoyalar to‘plami 1940 yili chop qilingan edi. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda nashr etilgan “Er yurak”, “Farg‘ona hikoyalari”, “Muhabbat” kabi kitoblarida yozuvchi xalqimizning azaliy fazilatlarini yuksak pardalarda tarannum etdi. Keyinchalik yaratilgan, xalqimiz hayotining turli murakkab davrlari yorqin aks ettirilgan “Qadrdon dalalar”, “Hukm” qissalari, “Jimjitlik” romani, ayniqsa, mashhur “Ufq” trilogiyasi kitobxonlar qalbidan chuqur joy oldi.
Said Ahmad o‘zbek adabiyotida hikoya janrining mohir ustasi sifatida ham tanilgan edi. Uning yuksak badiiy mahorat namunasi bo‘lgan ko‘plab hikoya va hajviyalari adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi.
Adib qalamiga mansub bo‘lgan dramatik asarlar, ayniqsa, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” pyesasi mamlakatimizda va chet ellardagi bir qator yetakchi teatrlarda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etib kelinmoqda.
Said Ahmad mustaqillik yillarida ham barakali ijodini davom ettirdi. Ulkan adib, hozirjavob publitsist sifatida yurtimizning ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etdi, ko‘plab iste’dod sohiblariga ustozlik qildi.
Bu davrda uning ma’naviy hayotimizda muhim voqea sifatida e’tirof etilgan “Yo‘qotganlarim va topganlarim”, “Qorako‘z Majnun”, “Kiprikdagi tong” singari yangi asarlari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Said Ahmadning adabiyotimiz va madaniyatimizni yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan, “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan edi.
Atoqli adib va ajoyib inson Said Ahmadning porloq xotirasi xalqimiz qalbida hamisha saqlanib qoladi.

Re: O;zbek adabiyotida katta yoqotish
« Javob #1 : 22 Mart 2008, 04:32:50 »
xech fikr bildirmabdi. taziya bildirib o'tsalaring xam bo'lardi

UighurDadxah

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 11
  • Jins: Erkak
  • UighurDadxah
    • Uyghurbiz
Re: O;zbek adabiyotida katta yoqotish
« Javob #2 : 25 Mart 2008, 15:12:54 »
kechikib xabar topib qolgan b'olsammi bu buyuk inson uchun qoyg'uli taziyamni bildiraman ! man bu mashhur O'zbek yozuvchisining hajviylarni << Shinjang Gazetasi >> din oqup bahrlanganman,
“Kelinlar qo‘zg‘oloni” ni Shinjang operasinin ijrasida ko'rganman !
Dadxohning dardiga darmon topilmas hechqachon ,
Qozi-kalonlar darding  néchük demas , ol bir chayon !

UighurDadxah

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 11
  • Jins: Erkak
  • UighurDadxah
    • Uyghurbiz
Re: O;zbek adabiyotida katta yoqotish
« Javob #3 : 25 Mart 2008, 15:16:10 »
Dadxohning dardiga darmon topilmas hechqachon ,
Qozi-kalonlar darding  néchük demas , ol bir chayon !

UighurDadxah

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 11
  • Jins: Erkak
  • UighurDadxah
    • Uyghurbiz
Re: O;zbek adabiyotida katta yoqotish
« Javob #4 : 25 Mart 2008, 21:11:56 »
Shinjang xalq neshriyotidagi  Abduvali Xalpatov  degan zod Said Ahmad hajviylaridan Uigurchilashtirar edi !
Dadxohning dardiga darmon topilmas hechqachon ,
Qozi-kalonlar darding  néchük demas , ol bir chayon !

11 sentyabr hamda katta oyin

Muallif muxbirBo'lim Yangiliklar

Javoblar: 22
Ko'rilgan: 22093
So'nggi javob 10 May 2011, 09:55:40
muallifi AbdulAziz
O`zbek kinosida aktyorlar yo`qmi

Muallif JaviKBo'lim Kino olami

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 8198
So'nggi javob 06 May 2010, 15:45:26
muallifi JaviK
Dunyodagi eng katta sir.

Muallif Abu YusufBo'lim Umumiy

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3641
So'nggi javob 30 Aprel 2014, 12:17:12
muallifi azizbek_mx
O`zbek filmlarini tanilishiga filmga ishlangan soundtreklarni o`rni haqida

Muallif JaviKBo'lim Kino olami

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 9395
So'nggi javob 02 Noyabr 2011, 17:29:01
muallifi AL_laziz87
Türkçe-Özbekçe Özbekçe-Türkçe Sözlük

Muallif AbdulAzizBo'lim Chet tillari

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8120
So'nggi javob 09 Yanvar 2009, 08:52:27
muallifi AbdulAziz