Muallif Mavzu: Tarixdagi mashhur ayollar  ( 27828 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #15 : 18 Mart 2008, 18:44:10 »
Garchi man Layli asosam dil chu Machnun dar havost,
Sar ba sahro mezanam, lekin hayo zanchiri post.

Bulbul az shogirdiyam shud hamnishini gul ba bog’,
Dar muhabbat komilam, parvona ham shogirdi most.

Dar nihon xunam, ba zohir garchi rangi g’ozaam,
Rangi man dar man chun rangi surx andat hinost.

Baski bori g’am burun andohtam bar ro’zgor,
Choma nili kard, inak bin, ki pushti o’ dutost.

Duxtari shoham valekin ro’ ba faqr ovardaam,
Zebu zinat bas haminam: nomi man Zebunnisost.

     
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #16 : 18 Mart 2008, 18:44:28 »
Layli zotidan esam-da, dilda Majnuncha havo,
Tog’u tosh kezgum kelur, lekin yo’lim to’sgay hayo.

Mendan o’rgandi-yu bo’ldi gulg’a bulbul hamnishin,
Mengadur parvona ham shogirdu, ishqimdur raso.

Zohirimdur g’ozarang, ammo nihonim qon erur,
O’z ichida saqlagandek qip-qizil rangin hino.

Baski qo’ydim men falakning yelkasiga g’am yukin,
Kiydi motam to’nini-yu, bo’ldi qaddi ham duto.

Shoh qizi bo’lsam-da, qildim faqr yo’lin ixtiyor,
Bas menga bu zebu ziynatkim, otim Zebuniso.

                                       (M.Muinzoda tarjimasi)

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #17 : 18 Mart 2008, 18:44:48 »
Dur bod az tan sare k- oroishi dore nashud,
Bishkanad daste, ki ham bar gardani yore nashud.

Dar qiyomat sar chi son berun kunad az chaybi xok?
Sinan on kas, ki dog’I lola ruxsore nashud.

Dar nazar shohid nadori dida az olam bipo’sh,
Ko’r beh chashme, ki lazzatgiri didore nashud.

Sad bahor oxir shudu har gul ba farqe cho girift,
G’unchai dog’i dili mo zebi dastore nashud.

Hayf bar ammomai zohid ba chandin nechutob,
Rishtai tasbeh gashtu tori zunnore nashud.

Har matoero xaridorest dar bozorho,
Pir shud Zebunniso, o’ro xaridare nashud.

         
             

             

   Tandan ajralsin u bosh, gar loyiqi dor o’lmasa,
Sinsin ul qo’l, yor bo’yniga agar bor o’lmasa.

Ul kishi qanday ko’targay tongla mashhar boshini,
Gar uning ko’ksida dog’i lolaruxsor o’lmasa?

Bu jahondin ko’zni yum, ko’z oldida yor o’lmagach,
Ko’r bo’lmoq yaxshidur, ul ko’zi xummor o’lmasa.

Yuz bahor oxir bo’lib, har chakkadan joy oldi gul,
Hayfdir bizning gulimiz zebi dastor o’lmasa.

Hayf zohid sallasigakim, bu pechu tob ila
Tasbehiga ip bo’lib, zunnor uchun tor o’lmasa.

Har matog’a bor xaridor husnning bozorida,
Ne uchun Zebuniso qarib, xaridor o’lmasa?
                                 (D. Muhammadqulov tarjimasi)

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #18 : 18 Mart 2008, 18:45:02 »
                 Ruboiylar

Man az dahani mor shakkar metalabam,
Az xonai ankabut par metalabam.
Az Sinai narrai sher shir metalabam,
Az mardi barahnapoy zar metalabam.


     

     

   Men ilon og’zidan shakkar talabman;
O’rgumchak og’zidan men par talabman.
Erkak sher ko’ksidan sut talab qilsam,
Oyoq yalanglardan siym-zzar talabman.

    (Sh. Shomuhammedov tarjimasi)

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #19 : 18 Mart 2008, 18:45:16 »
bul az gul bigzarad gar dar chaman binad maro,
Butparasti kay kunad gar barahman binad maro?
Dar suxan pinhon shudam monandi bo’ dar bargi gul,
Mayl didan har ki dorad dar suxan binad maro.
 

     
Ne uchun faryod chekursan, so’zlagil, ey sharshara?
Anduhi birla yuzingga kim ajin solmish, qara?
Ne edi dardingki dard chekding tunu kunlar aro,
Bosh urib toshlarga yig’larsan, nechun bu manzara?
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #20 : 18 Mart 2008, 18:45:31 »
Ey obshor, navgahar az bahri chisti?
Chin bar chabin figanda zi anduhi kisti?
Dardat chi dard bud, ki har shab, tamomi ro’z
Sarro ba sang mezadi-yu megiristi?

Andalib guldan kechar borib chaman ko’rsa meni,
Butparastlik qilmagay gar barahman ko’rsa meni.
So’z aro bo’ldim nihon xushbo’y gullar bargidek,
Kimki ko’rmoq istasa so’z ichra shan ko’rsa meni.

                           (M.Muinzoda tarjimasi)
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #21 : 18 Mart 2008, 18:46:14 »
Ushbu she'r va ruboiylar Zebinisobegimga tegishli
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #22 : 18 Mart 2008, 18:46:38 »
    Mohlaroyim Nodira

Mohlaroyim Nodira yuksak badiiy iste’dod sohibasi, dilkash, samimiy, ma’rifatparvar o’zbek ayolidir. U Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Anbar otin kabi o’zbek mumtoz shoiralari safining sardori bo’lgan.
Shoira 1792-yili Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida tug’ildi. O’tkir Zehnli Mohlaroyim otin oyi qo’lida ta’lim oldi, xususiy mutolaa bilan shug’ullandi. Sharq mumtoz adabiyotini jiddiy o’rgandi, she’rlar mashq qilib, yoshligidayoq shoira sifatida tanildi. Uning ulg’ayish yillari adabiyot ahli davrasida kechdi. 1808-yili Norbo’tabiyning o’g’li Umarxon bilan oila qurdi. 1810-yilgacha Marg’ilonda, undan keyin umrining oxirigacha Qo’qonda yashadi. Mohlaroyim Muhammadalixon va Sulton Mahmudxon ismli o’g’illar tarbiyaladi. Amiriy taxallusi bilan ajoyib she’rlar yaratgan Amir Umarxon 1822-yilda vafot etib, umr yo’ldoshi Nodirani yolg’izlatib ketdi.
Yirik shoir Amiriy bilan birga o’tkazgan hayot davri Nodira qismatining baxtli onlarini tashkil etdi. Bu davrda u turmush lazzatlaridan bahramand edi. Farzand tarbiyaladi, tabiat va hayot go’zalliklarini tarannum etuvchi ajoyib she’rlar yozdi. Biroq Amir Umarxonning nogahoniy o’limi tufayli Nodira nazmidagi shodlik va baxt tuyg’ulari o’rnini alam va ayriliq iztiroblari egalladi. Haqiqiy ishq tasviri kuchaydi, tasavvufiy ramzu timsollar kuchaydi, sog’incha va armon nolalari rivoj topdi. Mohlaroyim badiiy ijod bilan astoydil shug’ullandi. Nodira, Maknuna, Komila taxalluslari bilan she’rlar yozib, mukammal devon yaratishga muyassar bo’ldi.
Amir Umarxon vafotidan keyin Nodira davlat ishlarida ham bosh-qosh bo’ldi, bu borada o’g’li Muhammadalixonga homiylik qildi. U ijtimoiy umrini ezgu ishlarga safarbar etdi. Shoiraning mana bu dono so’zlari uning ijtimoiy faoliyatida o’zining amaliy ifodasini topdi:
Xusho oqilki, aylab yaxshilik bunyodini mahkam,
O’tar dayru foniydan o’zini neknom aylab.
Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o’tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi.
Mohlaroyim Nodira islom diniga samimiy e’tiqod qo’ygan, tasavvuf maslagiga mehr bog’lagan komil musulmon shoira edi. U islom va tasavvuf yo’nalishida katta kitoblar yaratmagan, tafakkur tarixida iz qoldurgulik kashfu karomatlar ko’rsatmagan bo’lsa-da, ijtimoiy faoliyatini bu ezgu yo’lda shu qadar fidoyilik bilan safarbar etdiki, uning sa’y-harakati bilan din hamda millat takomili uchun tabiiy sharoit vujudga keldi. Shoiraning amaliy faoliyati nazariy va ma’rifiy yutuqlar omili bo’ldi. Nodira ushbu tarixiy xizmatlarini devoni debochasida iftixor va qoniqish hislari bilan yozadi: “Ulamoyi din rivojlarig’a imdod yetkurdim, to shar’i sharif rivoj topti, zuhd ahliga ixlos va aqidatan zohir qildim, to din va millat kamol topti. Fazlu donnish qabilasiga shafqat va marhamatdin oncha inoyatlar ko’rguzdumkim,, e’tibor darajasig’a taraqqiy qildilar. Soyil va gadolarni talablarig’a yetkurib, karam va ehson eshikidin noumid yubormadim. Mushafi sharif va kutubi diniy va rasoyili yaqiniy ko’p yozdurdim. Barchasin xolisanlilloh vaqf qildim”. Bunday iftixor izhori Nodira g’azallarida ham sado beradi:
Din Nodiradin kamol topdi,
Iqbol rafiqu mulki obod.
Yuqoridagi singari savob ishlarni amalgam oshirish Nodira faoliyatining qat’iy shioriga aylangan edi. Uning:
Aylag’il obod tavfiqu adolat mulkini,
Komila, mavlo yo’lida himmati mardona tut
bayti mazkur shiorning badiiy ifodasidi8r.
ammo nosoz ijtimoiy muhit Nodiraga vafo qilmadi. Jamiyatdagi ayovsiz kurash Mohlaroyim singari nodir san’atkorlarni o’z manfaati yo’lida qurbon qildi. Aqlu donnish va ezgu fazilatlar sohibi Nodirayi davron nomi bilan shuhrat qozongan shoira 1842-yili Qo’qon bosib olingan paytda Amir Nasrullo tomonidan o’g’illari Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon; mahramlari Xushholbibi, Norbibi, Oyshabibilar bilan birga qatl qilindi.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #23 : 18 Mart 2008, 18:47:01 »
Jilva ko’rsatdi chu ul sarvi diloro bog’ aro,
Chashmi qumri bo’ldi bir chashmi tamosho bog’ aro.

Surmagun chashmi nazar soldi guliston ahlina,
Hasratidin qoldi nargis ko’zi shahlo bog’ aro.

Orazi gulgun ila qildi chaman sori xirom,
Gul yaqosin chok aylab bo’ldi rasvo bog’ aro.

Sarvi gulruxsorim ila bazmi ishrat deb bahor,
Sarvi birla guldin etdi jomi miyno bog’ aro.

Lola yanglig’ dog’ bo’ldi gul jamoli rashkdin,
Dog’liq gullardin o’ldi sayri sahro bog’ aro.

Naxli qildi qaddi xijlatidin bo’ldi suv sarvi ravon,
Ayladi favvoralar joriy saropo bog’ aro.

Sayr uchun qo’yg’ay qadam deb sabzayi xobidadin,
Har taraf bir farshi mahmaldur muhayyo bog’ aro.

Ko’rdi ul sarvu diloro qomati mavzunini,
Sarv qaddin qildi qumrilar tamanno bog’ aro.

Sen bukun xandonsan, ey gul, Nodira dildorsiz,
Yig’lamoqdindur bulutlardek muhayyo bog’ aro.

         
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #24 : 18 Mart 2008, 18:47:12 »
Fig’onkim gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin,
G’amim ko’p, ey ko’ngul, sen bexabarsen holi zorimdin.

G’uborim ishq vodiysida barbod o’ldi andog’kim,
Biyobonlarda Majnun to’tiyo izlar g’uborimdin.

Qizil qondur sirishkim za’farondur chehrayi olim,
Meni kim ko’rsa farq etmas, xazon birla bahorimdin.

Buzuldi ro’zgorim, xonayi ayshim xarob o’ldi,
Na rohat ko’rgamen emdi buzulg’on ro’zgorimdin.

Biyobonlarni izlab topmadim yorim so’rog’ini,
Berurman jon, sabo nogah xabar keltursa yorimdin.

Diyorim ahli mendin yorsiz begona bo’lmishlar,
Ki men ham yorsiz ozurdamen yor-u diyorimdin.

Gahi yirtib yaqo, gah qon yutub, gahi fig’on ettim,
Nalar o’tdi bu axshom, Nodira, joni figorimdin.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #25 : 18 Mart 2008, 18:47:23 »
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan muhabbat ixtiyor et.

Uzor-u qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarv-u gulini sharmsor et.

Labi maxmurdurmen jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i xumor et.

Analhaq mojarosin aylading fosh,
Kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duri ashku aqiqu xuni dilni
Kelur yoring ayoqiga nisor et.

Kuyub, ey Nodira, olam eliga
Muhabbat shevasini oshkor et.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #26 : 18 Mart 2008, 18:47:35 »
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat.

Qildi choki pirohan dog’i dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglimda zaxmi ishq pinhon oqibat.

Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg’um debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg’on oqibat.

Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora bo’ldi hajr ilgida giribon oqibat.

Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko’yida na bo’ldi shayx San’on oqibat.

Baski, qon bo’ldi yurogim gavhari ashk o’rniga,
Qatra-qatra ko’zlarimdin tomdi marjon oqibat.

Ohkim, bo’ldi yana subhi nishotim shomi g’am,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.

Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli xayli mo’r o’ldi sulaymon oqibat.

Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim,
Navbahor o’tti, xazon o’ldi guliston oqibat.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #27 : 18 Mart 2008, 18:47:49 »
Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.

Tal’ating farrux, muborak makdaming,
Qildi kulbamni guliston, marhabo.

Xo’b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.

Bo’ldi mavzun qomatingdin munfail,
Sarvi nozi bog’i rizvon, marhabo.

Qilgasen ul moh mehrin oshkor,
Subh yang’lig’ pokdamon,marhabo.

Mujda kelturding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.

Kel beri, to xoki poyingni qilay,
To’tiyoyi chashmi giryon, marhabo.

Ravshan aylarman chirog’i ohni,
Ko’zlarimdur gavharafshon, marhabo.

Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charag’on, marhabo.

Qo’y kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.

Nodira har so’zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: “Marhabo!”
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #28 : 18 Mart 2008, 18:48:01 »
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Ul parivash vaslidin bo’ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.

Yor uchun ag’yor dardin tortaman,
Ko’rmadim bir yorni ag’yorsiz.

Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo bo’lmadi devorsiz.

Berma nisbat qaddiga, ey bog’bon,
Sarvdur bu bog’ aro raftorsiz.

Nodira ahvolidin ogoh bo’ling,
Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Tarixdagi mashhur ayollar
« Javob #29 : 18 Mart 2008, 18:56:16 »
Ayol oila bekasi, millat tarbiyachisi, davlat, siyosat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida faol xizmat qiluvchi zotdir. Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ayollarning hayot davomchisi sifatidagi o'rni qadrlangan, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatilgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida ayollar qadimdan siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotda katta rol o‘ynaganlar. Sharq ayollari ko‘p hollarda dono va adolatli maslahatlari, fikr-mulohazalari bilan saltanat ishlarida faol qatnashgan.
                                          Sahifada Sharqning buyuk ayollari haqida ma'lumotlar keltirdik.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Soliha ayollar! Ibrat oling!

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 48
Ko'rilgan: 21059
So'nggi javob 07 Sentyabr 2006, 08:40:54
muallifi Munira xonim
Ayollar va erkaklarning muammolari

Muallif MargilanetsBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 24
Ko'rilgan: 18517
So'nggi javob 23 Oktyabr 2010, 10:43:22
muallifi _IYMONA_
Mashhur yettiliklar

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5148
So'nggi javob 02 Mart 2009, 16:09:02
muallifi ALLOH_BIZNI_KECHIRSIN_
Erkaklarni asrang,ayollar!

Muallif ikbaljohnBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 45
Ko'rilgan: 20323
So'nggi javob 14 Avgust 2010, 13:23:32
muallifi Ansora
Siz mashhur kishi bilan uchrashib qoldingiz...

Muallif RobiyaBo'lim Madaniyat

Javoblar: 270
Ko'rilgan: 102988
So'nggi javob 05 Mart 2013, 09:20:52
muallifi Muxsiya