Tarixdagi mashhur ayollar  ( 29922 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:45:31

Ey obshor, navgahar az bahri chisti?
Chin bar chabin figanda zi anduhi kisti?
Dardat chi dard bud, ki har shab, tamomi ro’z
Sarro ba sang mezadi-yu megiristi?

Andalib guldan kechar borib chaman ko’rsa meni,
Butparastlik qilmagay gar barahman ko’rsa meni.
So’z aro bo’ldim nihon xushbo’y gullar bargidek,
Kimki ko’rmoq istasa so’z ichra shan ko’rsa meni.

                           (M.Muinzoda tarjimasi)
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:46:14

Ushbu she'r va ruboiylar Zebinisobegimga tegishli

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:46:38

    Mohlaroyim Nodira

Mohlaroyim Nodira yuksak badiiy iste’dod sohibasi, dilkash, samimiy, ma’rifatparvar o’zbek ayolidir. U Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Anbar otin kabi o’zbek mumtoz shoiralari safining sardori bo’lgan.
Shoira 1792-yili Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida tug’ildi. O’tkir Zehnli Mohlaroyim otin oyi qo’lida ta’lim oldi, xususiy mutolaa bilan shug’ullandi. Sharq mumtoz adabiyotini jiddiy o’rgandi, she’rlar mashq qilib, yoshligidayoq shoira sifatida tanildi. Uning ulg’ayish yillari adabiyot ahli davrasida kechdi. 1808-yili Norbo’tabiyning o’g’li Umarxon bilan oila qurdi. 1810-yilgacha Marg’ilonda, undan keyin umrining oxirigacha Qo’qonda yashadi. Mohlaroyim Muhammadalixon va Sulton Mahmudxon ismli o’g’illar tarbiyaladi. Amiriy taxallusi bilan ajoyib she’rlar yaratgan Amir Umarxon 1822-yilda vafot etib, umr yo’ldoshi Nodirani yolg’izlatib ketdi.
Yirik shoir Amiriy bilan birga o’tkazgan hayot davri Nodira qismatining baxtli onlarini tashkil etdi. Bu davrda u turmush lazzatlaridan bahramand edi. Farzand tarbiyaladi, tabiat va hayot go’zalliklarini tarannum etuvchi ajoyib she’rlar yozdi. Biroq Amir Umarxonning nogahoniy o’limi tufayli Nodira nazmidagi shodlik va baxt tuyg’ulari o’rnini alam va ayriliq iztiroblari egalladi. Haqiqiy ishq tasviri kuchaydi, tasavvufiy ramzu timsollar kuchaydi, sog’incha va armon nolalari rivoj topdi. Mohlaroyim badiiy ijod bilan astoydil shug’ullandi. Nodira, Maknuna, Komila taxalluslari bilan she’rlar yozib, mukammal devon yaratishga muyassar bo’ldi.
Amir Umarxon vafotidan keyin Nodira davlat ishlarida ham bosh-qosh bo’ldi, bu borada o’g’li Muhammadalixonga homiylik qildi. U ijtimoiy umrini ezgu ishlarga safarbar etdi. Shoiraning mana bu dono so’zlari uning ijtimoiy faoliyatida o’zining amaliy ifodasini topdi:
Xusho oqilki, aylab yaxshilik bunyodini mahkam,
O’tar dayru foniydan o’zini neknom aylab.
Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o’tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi.
Mohlaroyim Nodira islom diniga samimiy e’tiqod qo’ygan, tasavvuf maslagiga mehr bog’lagan komil musulmon shoira edi. U islom va tasavvuf yo’nalishida katta kitoblar yaratmagan, tafakkur tarixida iz qoldurgulik kashfu karomatlar ko’rsatmagan bo’lsa-da, ijtimoiy faoliyatini bu ezgu yo’lda shu qadar fidoyilik bilan safarbar etdiki, uning sa’y-harakati bilan din hamda millat takomili uchun tabiiy sharoit vujudga keldi. Shoiraning amaliy faoliyati nazariy va ma’rifiy yutuqlar omili bo’ldi. Nodira ushbu tarixiy xizmatlarini devoni debochasida iftixor va qoniqish hislari bilan yozadi: "œUlamoyi din rivojlarig’a imdod yetkurdim, to shar’i sharif rivoj topti, zuhd ahliga ixlos va aqidatan zohir qildim, to din va millat kamol topti. Fazlu donnish qabilasiga shafqat va marhamatdin oncha inoyatlar ko’rguzdumkim,, e’tibor darajasig’a taraqqiy qildilar. Soyil va gadolarni talablarig’a yetkurib, karam va ehson eshikidin noumid yubormadim. Mushafi sharif va kutubi diniy va rasoyili yaqiniy ko’p yozdurdim. Barchasin xolisanlilloh vaqf qildim". Bunday iftixor izhori Nodira g’azallarida ham sado beradi:
Din Nodiradin kamol topdi,
Iqbol rafiqu mulki obod.
Yuqoridagi singari savob ishlarni amalgam oshirish Nodira faoliyatining qat’iy shioriga aylangan edi. Uning:
Aylag’il obod tavfiqu adolat mulkini,
Komila, mavlo yo’lida himmati mardona tut
bayti mazkur shiorning badiiy ifodasidi8r.
ammo nosoz ijtimoiy muhit Nodiraga vafo qilmadi. Jamiyatdagi ayovsiz kurash Mohlaroyim singari nodir san’atkorlarni o’z manfaati yo’lida qurbon qildi. Aqlu donnish va ezgu fazilatlar sohibi Nodirayi davron nomi bilan shuhrat qozongan shoira 1842-yili Qo’qon bosib olingan paytda Amir Nasrullo tomonidan o’g’illari Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon; mahramlari Xushholbibi, Norbibi, Oyshabibilar bilan birga qatl qilindi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:47:01

Jilva ko’rsatdi chu ul sarvi diloro bog’ aro,
Chashmi qumri bo’ldi bir chashmi tamosho bog’ aro.

Surmagun chashmi nazar soldi guliston ahlina,
Hasratidin qoldi nargis ko’zi shahlo bog’ aro.

Orazi gulgun ila qildi chaman sori xirom,
Gul yaqosin chok aylab bo’ldi rasvo bog’ aro.

Sarvi gulruxsorim ila bazmi ishrat deb bahor,
Sarvi birla guldin etdi jomi miyno bog’ aro.

Lola yanglig’ dog’ bo’ldi gul jamoli rashkdin,
Dog’liq gullardin o’ldi sayri sahro bog’ aro.

Naxli qildi qaddi xijlatidin bo’ldi suv sarvi ravon,
Ayladi favvoralar joriy saropo bog’ aro.

Sayr uchun qo’yg’ay qadam deb sabzayi xobidadin,
Har taraf bir farshi mahmaldur muhayyo bog’ aro.

Ko’rdi ul sarvu diloro qomati mavzunini,
Sarv qaddin qildi qumrilar tamanno bog’ aro.

Sen bukun xandonsan, ey gul, Nodira dildorsiz,
Yig’lamoqdindur bulutlardek muhayyo bog’ aro.

         

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:47:12

Fig’onkim gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin,
G’amim ko’p, ey ko’ngul, sen bexabarsen holi zorimdin.

G’uborim ishq vodiysida barbod o’ldi andog’kim,
Biyobonlarda Majnun to’tiyo izlar g’uborimdin.

Qizil qondur sirishkim za’farondur chehrayi olim,
Meni kim ko’rsa farq etmas, xazon birla bahorimdin.

Buzuldi ro’zgorim, xonayi ayshim xarob o’ldi,
Na rohat ko’rgamen emdi buzulg’on ro’zgorimdin.

Biyobonlarni izlab topmadim yorim so’rog’ini,
Berurman jon, sabo nogah xabar keltursa yorimdin.

Diyorim ahli mendin yorsiz begona bo’lmishlar,
Ki men ham yorsiz ozurdamen yor-u diyorimdin.

Gahi yirtib yaqo, gah qon yutub, gahi fig’on ettim,
Nalar o’tdi bu axshom, Nodira, joni figorimdin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:47:23

Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan muhabbat ixtiyor et.

Uzor-u qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarv-u gulini sharmsor et.

Labi maxmurdurmen jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i xumor et.

Analhaq mojarosin aylading fosh,
Kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duri ashku aqiqu xuni dilni
Kelur yoring ayoqiga nisor et.

Kuyub, ey Nodira, olam eliga
Muhabbat shevasini oshkor et.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:47:35

Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat.

Qildi choki pirohan dog’i dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglimda zaxmi ishq pinhon oqibat.

Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg’um debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg’on oqibat.

Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora bo’ldi hajr ilgida giribon oqibat.

Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko’yida na bo’ldi shayx San’on oqibat.

Baski, qon bo’ldi yurogim gavhari ashk o’rniga,
Qatra-qatra ko’zlarimdin tomdi marjon oqibat.

Ohkim, bo’ldi yana subhi nishotim shomi g’am,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.

Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli xayli mo’r o’ldi sulaymon oqibat.

Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim,
Navbahor o’tti, xazon o’ldi guliston oqibat.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:47:49

Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.

Tal’ating farrux, muborak makdaming,
Qildi kulbamni guliston, marhabo.

Xo’b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.

Bo’ldi mavzun qomatingdin munfail,
Sarvi nozi bog’i rizvon, marhabo.

Qilgasen ul moh mehrin oshkor,
Subh yang’lig’ pokdamon,marhabo.

Mujda kelturding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.

Kel beri, to xoki poyingni qilay,
To’tiyoyi chashmi giryon, marhabo.

Ravshan aylarman chirog’i ohni,
Ko’zlarimdur gavharafshon, marhabo.

Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charag’on, marhabo.

Qo’y kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.

Nodira har so’zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: "œMarhabo!"

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:48:01

Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Ul parivash vaslidin bo’ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.

Yor uchun ag’yor dardin tortaman,
Ko’rmadim bir yorni ag’yorsiz.

Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo bo’lmadi devorsiz.

Berma nisbat qaddiga, ey bog’bon,
Sarvdur bu bog’ aro raftorsiz.

Nodira ahvolidin ogoh bo’ling,
Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:56:16

Ayol oila bekasi, millat tarbiyachisi, davlat, siyosat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida faol xizmat qiluvchi zotdir. Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ayollarning hayot davomchisi sifatidagi o'rni qadrlangan, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatilgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida ayollar qadimdan siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotda katta rol o‘ynaganlar. Sharq ayollari ko‘p hollarda dono va adolatli maslahatlari, fikr-mulohazalari bilan saltanat ishlarida faol qatnashgan.
                                          Sahifada Sharqning buyuk ayollari haqida ma'lumotlar keltirdik.

Qayd etilgan