Zebunisobegim
Bu qo’hna dunyoda muazzam Sharqdan chiqqan ne-ne mashhura-yu manzura ayollar bo’lgan. Ularning ruhiyatini xayolan birma-bir o’z ta’rif-u tavsiflarga ko’ra marjonday tizib qo’yish mumkin bo’lsa edi, gavharday yonib turgan Zebuniso begimga tegishli bo’lur edi.
Zebuniso begim! Bu nom zikr etilganda ko’z oldimizga ma’naviyati boy, hay ova ibo ila jahonni lol etgan go’zallar go’zali namoyon bo’ladi. Uning boshqalarga o’xshamaydigan otashnafas she’riyatini mutolaa qilar ekanmiz, qarshimizda nuktadon shoirayu, donishmand olima qad rostlaydi. Asarlari mazmunini chaqib ko’rishga urinsak, uning Haq taologa va albatta oddiy xalqqa yaqinligini his qilamiz"¦ Bu tarixiy siymo qaysi gulshanning bulbuli, qaysi chamanning atirguli? So’zsiz bu savol bizni ham tarix zarvaraqlarini moziy tilsimotlarini o’rganmoqqa da’vat etadi.
Zebuniso begim shoh Zahiriddin Muhammad Boburning pan nevarasi Abu Zafar Muhiyiddin Muhammad Avrangzeb (taxt bezagi) Olmagirning farzandi kamolasidir. Uning onasi Dilrasbonu Shohnavozxonning qizi bo’lib, Boburning Gulbadanbegim nomli mashhura qiziga borib tutashadi.
Ana shunday oilada Dehlida Zebunisobegim 1048- hijriy yil javvol oyi — 1639-yil melodiy fevral oyida tavallud topadi. Otasi Avrangzeb Olamgir (1618-1707) yoshligidanoq dindorligi bilan mashhur bo’lmoqqa harakat qilgan. Lekin bu yaxshi nom qozonish uchun qilingan urinishlar edi. Tarixda u o’ta zolim, taxt uchun kurashda otasi, og’a-inisiga beshafqatligi bilan nom qozongan xudbinlar xudbini edi"¦ U otasi Shoh Jahon (Shahzoda Hurram) tasarrufidagi Dekon viloyatining hokimi edi. Biroq u otasi Shoh Jahonga qarshi bir necha bor isyon ko’targan. 1657-yili Shoh Jahonning salomatligi zaiflashadi. U avvalo valiahd — katta akasi Doro Shukuhga qarshi borib, kichik akasi Shujo’ va ukasi Murod baxshlar bilan til biriktiradi. 1658-yili valiahdni asir olgan Avrangzeb Shoh jahonni taxtdan tushirib mahbus sifatida qasrda asraydi. Ko’p o’tmay Murod baxshni zindonga tashlaydi va o’sha yerda bo’g’ib o’ldirtiradi. Kichik aka Shoh Shujo’’ Birma tuprog’iga oila a’zolari bilan o’tib ketadi, o’sha yerda qaroqchilar qurboniga aylanishadi. Kichik akasi Doro Shukuhni dinsizliokda ayblab, shahar markazida tanasini boshidan judo qiladi, kesilgan boshni mahbuslikda azob chekayotgan bemor otasi oldiga kiritadi. Bu ko’rgulik, nadomatlar, 8 yillik uqubatlar oqibatida Shoh Jahon ko’r bo’lib, zulmatda bu dunyoni tark etadi. Avrangzeb Qur’onni yod bilar, bir qator she’rlarni yoddan ayta olar va o’zi ham uncha-muncha she’rlar bitgan edi. Ammo u qonxo’r, toshbag’ir hukmron bo’lib taxtni 49 yil boshqarib 89 yoshida Ahmadobod shahrida olamdan o’tadi. Ota-bobolaridan o’tib kelayotgan me’morlik, adabiyot, san’atga ixlosmandlik bu "œtaxt bezagi" ga yuqmagan edi. "œTazkiratul xavotun"da Avrangzebning 10 nafar farzandi bo’lganligi yoziladi. Ularning 5 nafari o’g’il, 5 nafari qiz bo’lgan. O’g’illari — Muhammad Sulton, Muazzam Shoh (keyinchalik Bahodir Shoh), A’zam Shoh, Muhammad, Amin Kom Baxt, qizlari- Badrinisobegim, Zebunisobegim, Ziynatnisobegim, Zubdatnisobegim va Mehrinisobegimlardir.
Zebunisobegim o’z zamonasining oqila, fozila ayollaridan Hafiza Maryambonu qo’lida tahsil olib, savodini chiqaradi. She’riyatga iste’dodini sezgan otasi unga yetuk olimlar Mullo Muhammad Ashraf Isfaxoniy va Mullo Javonni muallim qilib tayinlaydi.
Zebuniso yillar o’tib, zabardast shoira, yetuk olima, tanburni mohirona chertuvchi sozanda va xattot bo’lib yetishadi. U arab, fors tillarini puxta o’zlashtirib, mazkur tillarda she’rlar bitadi. Mantiq, tarix ilmini teran o’rganadi. Zebunisobegim Qur’onni bir necha marta husnixatda ko’chirgan va qiroatda o’qigan.
Zebunisobegim olimlarga, shoirlarga, san’at ahliga maosh to’lab turgan va hamma vaqt homiylik qilgan. "œOlimi Islom" tazkirasida Zebunisobegim otasi podshohlik qilib qozonolmagan shuhratni ilm va odob bilan qozonganligi alohida qayd etilgan. U bir qator shogirdlarga ma’rifat, odob, g’azaliyotdan dars bergan. Ularning orasida sharqning mashhur faylasuf shoir Mirzo Abdulqodir Bedilning qizi ham bo’lgan ekan.
1922-yilda chop etilgan "œKobul" jurnalining 10-sonida Zebunisobegimga oid ma’lumotlar yoritilgan ekan. Uning nafis bir devoni bo’lgan tasavvuf falsafasiga oid "œMunisul arvoh", "œZebot tasvir" ustozi xotirasiga bag’ishlangan "œZeb-an-nashoat" asarlari ham mashhur bo’lgan. "œFatvoyi olamgariy" ("œShariat qonunlari" majmuasi)ni fors tiliga o’girishga ham homiylik qilgan. Bu kabi sa’y-harakat, aqli donishlik uni zamonasining eng barkamol ziyolisi bo’lganligidan dalolatdir. Zebunisobegim otasi Avrangzebning maslahatchisi bo’lgan. Biroq qizining bir qator maslahatlariga, ayniqsa adabiyot va san’atga homiylik, adolatga va ma’rifatga qaratilgan undovlariga quloq solishni Avrangzeb istamas edi.
Hassos shoira, donishmand olima Zebunisobegimga umr yo’ldoshi bo’lmoqni istaganlar qancha edi?! Ha, oshiqlarning sanog’iga yetib bo’lmasdi. Bu ham tabiiy hol. Lekin Zebunisobegim ularning birontasini ham o’ziga munosib ko’ra olmagan. Nega? Nahotki, shu qadar mag’rur bo’lgan bo’lsa?! U holda she’riyatidagi o’ta kamtarona o’y-xayollar joizmidi?
"œYashil maysadan o’zga hech nima qabrimni yopmasin, toki g’ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyohning o’zi kifoyadir". Bu nima? Zebunisobegim o’zini g’aribu notavon his etishi tagida qanday mazmunlar bor?.. nega uning qalb manzilida baxtning chirog’I yonmagan. Shoiraga sevish va sevilish nasib etmaganmi?!
Juda ko’p manbalarda Zebunisobegimga tegishli bo’lgan pokiza ishq va uning zavoli haqida mulohaza-yu taxminlar bitilgan. Yoshligida shoira ham ajoyib bir yigitga ko’ngil qo’ygan. U Avrangzeb vazirlaridan yosh, xushxulq, shoirtabiat Oqilxon Roziy bo’lgan. Biroq podshoh o’z qizini shohlargagina munosib deb bilganidan bu muhabbatga qarshibo’lgan"¦
Kunlardan bir kun Avrangzeb har ikki yoshning uchrashuvidan xabar topadi. Zebunisobegim va Oqilxon Roziy bog’da mushoira qilishayotganda Avrangzeb paydo bo’ladi. Oqilxon podshohga ro’baro’ kelishdan qo’rqib, bog’ning narigi chetiga, Zebunisobegim ham o’zga bir joyga yashirinadilar. Oqilxon Roziy bog’ning eng so’nggi sarhadiga yetib kelganida kattagina qozonni ko’rib, shu qozon ichiga tushadi va qopqog’ini yopib ladi. Podshoh jaholat ichra qozon tagiga o’t yoqishni buyuradi, bir muddatdan keyin qopqoqni ochishganda Oqilxon Roziyning qoraygan jasadini ko’rishadi.
Bengal tili asoschisi Bonkimdor Chottopadxay (1838-1894)ning "œRodj Singx" asarida Oqilxon Roziy boshqa boshqa bir nom — Muborak Ali sifatida talqin etiladi. Otashin oshiq Zebunisobegimsiz yashay olmasligini e’tirof etadi. Buni nogahon eshitib qolgan shoh Avrangzeb unga bitta jazo — ilonlar chaquvini ravo ko’radi. Taomilga ko’ra ko’zoynakli ilon(kobra) turgan qafasning eshigi ochilib unga o’sha "œgunohkor" ro’baro’ keltiriladi. Muborak Ali mardona turib ilonga oyog’ini tutadi. Ilon chaqadi, ikkinchi qafasdagi ilonni ham keltirishadi. Har ikkala ilon zahridan Muborak Ali ko’karib, hushidan ketadi va olamdan o’tadi"¦
"œHunar va mardum" deb nomlangan Eron jurnalida yana bir rivoyatnamo hikoya keltiriladi. Unda Avrangzebning yeti vazirlaridan biri Oqilxon Roziy yosh, sho’x, suxandon, shoirtabiat bo’lgan. Taqdir taqazosi bilan Zebunisoga ko’ngil qo’yadi. Ammo mustabid ota bunday oshiqlikka tish-tirnog’i bilan qarshi bo’ladi. Mish-mishlar ko’payadi, biroq dalilsiz jazo bo’lmas.
Kunlardan bir kun saroyga, devonga navbatchilik odatiga ko’ra Oqilxon Roziy ham yetib keladi. Biroq xuddi shu kuni uni ta’qib etishlarini bilgan oqilxon betobligini ro’kach qilib saroyga chiqa olmasligini aytadi. Zebunisobegim esa bu kunni intiqlik bilan kutgan edi.
Yuqoridagi rivoyatlar bejiz dunyoga kelmagan. Zebunisobegimning qalbini zabt etgan kishisi bo’lgan. Biroq uni kuyovlikka loyiq topmagan ota oshig’ini qatl ettirgan.
Oqilxonning o’limidan so’ng Zebunisobegim qalbida o’zga bir rafiq, o’zga muhabbatga joy qolmaydi"¦
U g’azallarining birida kamtarona ushbu misralarni tuzadi:
Har matog’a bor xaridor bu jahon bozorida,
Ne uchun Zebuniso qarib xaridor o’lmasa.
"œOlami islom" jurnalida Zebunisobegimga aloqador she’rning mazmuni quyidagicha talqin etiladi. Eron shahzodalaridan biri husnu latofatli Zebunisobegim ta’rifini eshitib g’oyibona oshiq bo’lib o’z she’riy maktubini yuboradi.
Zebunisobegim unga shunday javob qilgan. Mazmuni: "œagar bulbul meni chamanda ko’rsa, gul bahridan kechardi; agar barahman meni ko’rsa edi, butga sajda qilmas edi. Gul o’z husnini yaproqlariga yashirganday, men ham so’zda yashiringanman, kimning xohishi meni ko’rmoq bo’lsa, meni so’zda ko’rsin". Bu chindan ham shahzodani mot eta olgan javob edi.
Zebunisobegim shu tariqa 63 yil umr ko’rib, bu foniy dunyoda hamdard yor topa olmadi. Jismu tani Dehlidagi "œZarziriy" qabristonidan mangu panoh topdi. Uning g’azallari adabiyot ixlosmandlariga albatta tanish, allaqachon hofizu hofizalar tiliga ko’chgan"¦
Layli zotidan esamda, dilda Majnuncha havo,
Tog’u tosh kezgum kelur, lekin yo’lim to’sgay hayo.
deb boshlanadigan g’azal nihoyasida shunday misra qizil ipday yonib turadi:
Shoh qizi bo’lsam-da qildim faqr yo’lin ixtiyor,
Bas menga bu zebu-ziynat kim otim Zebuniso.
Naqadar buyuklik va naqadar kamtarlik. She’r qalb manzilida